Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:”.
a) 1-bandning
toʻqqizinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalari” degan soʻzlar “Moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “20 foizidan” degan soʻzlar “25 foizidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)
8-banddagi “emitentning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitalining 20 foizidan” degan soʻzlar “emitent ustav kapitalining 25 foizidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Foizli, diskontli, yutuqli, seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) va maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar chiqarilishi mumkin.”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Seriyali (obligatsiyaviy dasturga asoslangan) obligatsiyalar toʻlov muddati davriy ravishda tegishli emissiya qarori (risolasi) bilan belgilangan muddatlarda yuzaga keladigan obligatsiyalar hisoblanadi.”;
d)
1 va
1a-ilovalarning 11.7-bandidagi “baholash faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning raqami, berilgan sanasi va litsenziyaning amal qilish muddati, koʻrsatilgan litsenziyani bergan organ.” degan soʻzlar “baholovchi tashkilotning professional jamoat birlashmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va berilgan sanasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e)
2v-ilovaning 7 va 10-bandlaridagi “pasport maʼlumotlari” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.