1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6207-son Farmoni va 2021-yil 3-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi PQ-5053-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. 2021-yil 1-maydan boshlab:
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilsin;
tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
qimmatli qogʻozlar amaliyoti bilan shugʻullanuvchi investorlar hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini tartibga solish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, professional ishtirokchilarning mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish va malaka guvohnomalarini berish;
qimmatli qogʻozlarni chiqarish va roʻyxatdan oʻtkazish, ular yuzasidan hisobot berish hamda qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni hisobga olish reyestrini yuritish talablarini belgilash;
oʻz mablagʻlari yetarli darajada boʻlishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklovchi koʻrsatkichlarni oʻrnatish;
qimmatli qogʻozlar bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan maʼlumotlar oshkoraligini taʼminlash orqali jamoatchilikni xabardor qilish;
kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qilish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
5. 2023-yil 15-sentabrdan boshlab quyidagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yoʻnaltirilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
fond birjasida qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshirishda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan yigʻim;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish]
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning dastlabki chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻlanadigan yigʻim;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni yiriklashtirish jarayonida ularning nominal qiymati oshirilganda emitent tomonidan toʻlanadigan yigʻim;
qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va (yoki) avval roʻyxatdan oʻtgan qimmatli qogʻozlarning chiqarilishiga oʻzgartirishlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻim;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
qimmatli qogʻozlar bozorida operatsiyalarni oʻtkazish huquqini beruvchi malaka attestatini olishga talabgorlarni (jismoniy shaxslarni) attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻim;
qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini amalga oshirishi uchun litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻim;
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan undiriladigan boshqa yigʻimlar.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
6. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yil 1-mayga qadar:
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasining hamda rivojlantirish jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkazilishini;
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi mol-mulkining Moliya vazirligiga topshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
7. Moliya vazirligining Kapital bozorini rivojlantirish departamenti Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 107-uy manziliga joylashtirilsin va ushbu bino birinchi qavatining chap qanoti va tegishli yertoʻla qismi Moliya vazirligiga operativ foydalanish huquqi asosida biriktirilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamentining hududiy shuʼbalari xodimlari Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmalarining hozirgi joylashuvi boʻyicha binolarda (xonalarda) joylashtirilishini taʼminlasin.
8. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-aprel,
PQ-5073-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 07/21/5073/0335-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)