Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son “Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
“Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimiga boʻlgan majburiy talablarni oʻrnatadi.”;
oltinchi xatboshidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborishi va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olgan boʻlishi (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun);
v) investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborishi va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olgan boʻlishi (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun)”;
“d” kichik banddagi “malaka guvohnomasiga” degan soʻzlar “malaka sertifikatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning
“g” kichik bandidagi “pasport maʼlumotlari” degan soʻzlar “pasport maʼlumotlari yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.