Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2007-yil 17-iyuldagi 18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1703, 2007-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud eʼlon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot;”;
“ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK)/ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK) — arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;”.
2.
3-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻriqnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli Oʻzbekiston milliy arxivlarining ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalarining ekspert-tekshiruv komissiyasi bilan kelishiladi.”.
3.
4-banddagi “ETKga” degan abbreviatura “ETK (ETUK)ga” degan abbreviaturalar bilan almashtirilsin.
4.
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Axborot resurslarining arxiv nusxalari mazkur resursni yaratish uchun qoʻllaniladigan dastur vositalari, dasturiy taʼminot va EH uchun elektron raqamli imzoning ochiq kaliti Bilan birga tegishli Oʻzbekiston milliy arxivi ETUK yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari ETKsi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha davlat arxiviga topshiriladi.”.