(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 208-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/208/0326-son)
Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisida Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan oʻz arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatlarda va shakllarda tegishli arxivlarga muntazam ravishda taqdim etilishini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi:
arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari mulkdorlari uchun oʻz arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek hujjatlarni arxiv saqloviga topshirish bosqichida hujjatlarni toʻgʻri tartibga keltirishni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin;
arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini va keyinchalik ularning tizimli ravishda hisobga olinishini uch oy muddatda taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda) 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-aprel,
101-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga 1-ILOVA
Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
1. Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarini jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini taʼminlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom davlat va nodavlat arxivlariga (keyingi oʻrinlarda arxivlar deb ataladi), shuningdek idoraviy arxivlarga tatbiq etiladi.
II. Asosiy tushunchalar
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv;
arxiv koʻchirmasi — arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi soʻzma-soʻz bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari koʻrsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim boʻlgan matnli, qoʻlyozma va mashinada oʻqiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
arxiv kolleksiyasi — bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, obyekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga koʻra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha boʻlgan alohida hujjatlar yigʻindisi;
arxiv nusxasi — tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari koʻrsatilgan arxiv hujjatining soʻzma-soʻz bayon etilgan nusxasi;
arxiv maʼlumotnomasi — yuridik kuchga ega boʻlgan va soʻrovnoma asosidagi hujjatli maʼlumotga ega boʻlgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari koʻrsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
arxiv fondi — yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan oʻzaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;
kelib chiqishi shaxsiy (oila, urugʻ) arxiv fondi — ayrim shaxs, oila, urugʻ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi;
saqlov birligi/hisob birligi — jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati;
arxivni jamlash manbai — arxiv hujjatlari bilan fondga tegishliligiga koʻra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi;
arxiv hujjatlaridan foydalanish — arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
kataloglar — arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavzu yoki soha boʻyicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv maʼlumotnomasi;
jamlash — arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam toʻldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yoʻnalishi va darajasi boʻyicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan toʻldirib borishga doir ishlar majmui;
ilmiy-maʼlumotnoma apparati (IMA) — arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bogʻliq, oʻzaro toʻldiruvchi arxiv maʼlumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-maʼlumotnoma tizimi);
sharhlar — arxiv hujjatlarining alohida komplekslari tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan maʼlumotlardan iborat boʻlgan, ularning manbashunoslik tahlili bilan toʻldirilgan arxiv maʼlumotnomalari;
birlashtirilgan arxiv fondi — bir-biri bilan tarixiy va/yoki mantiqiy aloqalarga ega boʻlgan ikki yoki undan ortiq tashkilotlar, shuningdek oʻzaro tarixiy va/yoki mantiqiy bogʻliq aloqalarga ega boʻlgan fuqarolarning faoliyati jarayonida paydo boʻlgan arxiv hujjatlaridan iborat arxiv fondi;
yigʻmajild (hujjat)lar roʻyxati — saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun moʻljallangan arxiv maʼlumotnomasi;
foydalanuvchi — arxiv hujjatlaridan zarur maʼlumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini (mavjudligini) tekshirish — saqlanayotgan arxiv hujjatlarining haqiqatda mavjudligini aniqlash va yoʻqolgan hujjatlarni topishni tashkil etish uchun ularni aniqlash, konservatsion-profilaktik va texnik ishlash lozim boʻlgan arxiv hujjatlarini hisobga olishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar majmui;
yoʻl koʻrsatkich — muayyan tartibda foydalanuvchining arxiv fondlari tarkibi va mazmuni bilan umumiy tanishtirishga moʻljallangan arxiv fondlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan arxiv maʼlumotnomasi;
sugʻurta nusxa — alohida qimmatli yoki noyob hujjatning boshqa moddiy manbadagi, asl nusxada mavjud boʻlgan axborotni oʻqish yoki koʻrish (eshitish) imkonini beruvchi koʻchirma nusxasi;
arxiv hujjatlarining mavzuli sharhi — foydalanuvchining soʻrovi yoki arxivning tashabbusiga koʻra maʼlum mavzu boʻyicha arxiv hujjatlari, saqlov birliklari/hisob birliklarining sanasi va arxiv shifrlari koʻrsatilgan holda tuzilgan qisqa yoki izohlangan sarlavhalari roʻyxati;
topografik koʻrsatkichlar — arxiv saqlovxonasida hujjatli materiallarning joylashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxati;
koʻrsatkichlar — arxiv hujjatlarida keltirilgan predmet nomlarining ular haqidagi maʼlumotlar arxiv shifrini koʻrsatgan holda, alifboli, tizimli yoki boshqa biron-bir belgisiga qoʻra tuzilgan arxiv maʼlumotnomalari;
tartibga keltirish — arxiv roʻyxatlarini tuzish, yigʻmajildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishni oʻz ichiga olgan hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlash va arxivlarda saqlash uchun tayyorlash, shuningdek arxiv roʻyxatlarini tuzish boʻyicha ishlar majmui;
arxiv hujjatlarining hisobi — arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda kelib tushishi, mavjudligi va holatini belgilangan birliklar asosida aniqlash hamda ularni hisob hujjatlarida aks ettirish boʻyicha tizimli monitoring olib borish;
fondlashtirish — arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv fondlarining davriy chegaralarini aniqlash boʻyicha ishlar majmui;
ekspert komissiyasi (EK) — korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) — davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
arxiv hujjatlarini saqlash — arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlashga doir chora-tadbirlar majmui.
elektron nusxa — anʼanaviy asosdagi (qogʻoz, video, audio kasseta, kinolenta va boshqalar) hujjatlarni raqamlashtirish orqali ularning yaratilgan elektron shakli, asl nusxada mavjud boʻlgan axborotni oʻqish yoki koʻrish (eshitish) imkonini beruvchi elektron koʻchirma nusxasi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
III. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlash
1-§. Arxiv hujjatlarini fondlashtirish
3. Fondlashtirish boʻyicha ishlar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
arxivlarning arxiv hujjatlarini jamlash manbalarida — yigʻmajildlar nomenklaturasi asosida yigʻmajildlarni shakllantirish jarayonida va hujjatlarni arxivga topshirish uchun tanlab olishda;
arxivlarda — tartibga keltirilmagan holda topshirilgan arxiv hujjatlarini roʻyxatlashda, qoniqarsiz tuzilgan roʻyxatlarni qayta ishlashda, birlashgan arxiv fondlari va arxiv kolleksiyalari tuzishda, fondlashtirishdagi xatolarni tuzatishda amalga oshiriladi.
4. Arxiv hujjatlarining fondga mansubligini aniqlash ularni tegishli fond tashkil etuvchining arxiv fondiga kiritishdan iborat.
Kiruvchi arxiv hujjatlari ularni qabul qilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishli boʻladi.
Chiquvchi (beriladigan) nusxalar hisoblanadigan arxiv hujjatlari ularning muallifi boʻlgan fond tashkil etuvchisining arxiv fondiga tegishli boʻladi.
Ichki muomaladagi arxiv hujjatlari ular tashkil etilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishlidir.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
5. Tashkilot qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda uning vazifalari yangi tashkil etilgan tashkilotga berilganda ish yuritishda tugallangan yigʻmajildlar qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan tashkilot fondi tarkibiga kiritiladi, tugatilmagan yigʻmajildlar esa uning vorisi boʻlgan tashkilot fondiga kiritiladi.
Shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari tarkibidan tashkilotning arxiv hujjatlari tegishli arxiv fondlariga, agar mazkur arxiv fondi tegishli arxivda saqlanayotgan boʻlsa va tashkilotning arxiv hujjatlari shaxsiy kelib chiqish arxiv fondini tashkil etuvchi fuqaroning faoliyatiga bogʻliq boʻlmasa, ajratiladi va tegishli arxiv fondiga qoʻshiladi.
6. Tashkilotning arxiv hujjatlaridan iborat yagona arxiv fondini quyidagilar tashkil qiladi:
vakolatxonalar va filiallarning arxiv hujjatlari;
tashkilot tarkibida tuzilgan maslahat organlarining arxiv hujjatlari;
boshlangʻich jamoat tashkilotlarini tuzishda yaratilgan arxiv hujjatlari;
tugatuvchi tashkilotning arxiv hujjatlari.
Tashkilot huzurida faoliyat yurituvchi jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari va boshqalar)ning arxiv hujjatlari ushbu jamoat tashkilotining roʻyxatdan oʻtkazilgan davridan boshlab arxivga topshirilgan hujjatlari mustaqil arxiv fondini tashkil etadi yoki tegishli tashkilotning arxiv fondi tarkibiga birlashgan arxiv fondini tashkil etgan holda kiritiladi.
7. Birlashgan arxiv fondi quyidagi arxiv hujjatlaridan shakllanadi:
muayyan hududda faoliyat yuritayotgan maqsad va vazifalari bir turdagi tashkilotlar;
muayyan hududda faoliyat yuritayotgan rahbarlik organi va unga boʻysunuvchi tashkilotlar;
faoliyat obyekti boʻyicha birlashgan tashkilotlar;
bir-birini ketma-ket almashtirgan tashkilotlar, agar avvalgi tashkilotning funksiyalari vorislariga toʻliq yoki qisman oʻtkazilgan va oʻtkazilayotgan boʻlsa;
ikki yoki undan koʻp boʻlgan shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari, agar fuqarolar oʻzaro qarindoshlik, kasbiy, ijodiy, mehnat faoliyati boʻyicha bogʻliq boʻlsa.
8. Arxiv kolleksiyasi umumiy xususiyatga ega boʻlgan, alohida ajratilgan arxiv hujjatlaridan iborat holda arxivga kelib tushadi yoki arxivda shakllanadi. Boshqa bir arxiv, tashkilot yoki fuqaro tomonidan topshirilgan, tarixiy tarkib topgan arxiv kolleksiyasi qayta fondlashtirilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
9. Arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyasi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari qayta fondlashtirilmaydi. Fondlashtirish jarayonida xatoga yoʻl qoʻyilganda, arxiv hujjatlarini qidirib topish ishlarini murakkablashtiruvchi alohida hollarda arxiv hujjatlari qayta fondlashtirishga istisno tariqasida yoʻl qoʻyiladi.
10. Arxiv hujjatlari jamlash manbaining tashkil topish davri va huquqiy mavqeyidan kelib chiqqan holda arxivlarga mavjud arxiv fondining toʻldiruvchi qismi yoki yangi arxiv fondi sifatida qabul qilinadi.
Fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchilari saylov komissiyalarining arxiv hujjatlaridan birlashgan arxiv fondlarini shakllantirishga yoʻl qoʻyiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
11.Yagona arxiv fondini quyidagi arxiv hujjatlari tashkil etadi:
davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining joylardagi tarmoq boshqarmalari va boʻlimlarining arxiv hujjatlari;
sud hokimiyati va prokuratura organlarining arxiv hujjatlari.
Maʼmuriy tuzilmalarning oʻzgarishi (ularning birlashtirilishi, ajratilishi, shuningdek shahar joylashuvi mavqeyining oʻzgarishi) munosabati bilan tashkil etilgan davlat hokimiyatining arxiv hujjatlari yangi arxiv fondini tashkil etadi.
Hududiy tashkilotlar chegaralarining oʻzgarishi tegishli davlat hokimiyati organlarining arxiv hujjatlari tarkibidan yangi arxiv fondini tashkil etishga asos boʻlmaydi.
12. Tashkilotlar qayta tashkil etilganda yangi arxiv fondlari tashkil qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
tashkilotlarning maqsadli yoʻnalishlari, faoliyat ixtisosligi va vazifalari oʻzgarganda;
tashkilotlar ularning mulkchilik shaklini oʻzgartirgan holda qayta tashkil etilganda (xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish, davlat mulkiga aylantirish va h.k.).
Mulkchilik shakli oʻzgargan tashkilotlarning mulki va yangi tashkil etilgan tashkilot(lar) – huquqiy voris(lar)ning arxiv hujjatlaridan, huquqiy voris sanalgan tashkilot(lar) arxiv hujjatlarini davlat mulkiga topshirgan holatlarda, birlashgan arxiv fondlarini shakllantirishga yoʻl qoʻyiladi.
13. Quyidagi holatlarda yangi arxiv fondini tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
tashkilot faoliyati yoki funksiyalarining hududiy chegarasi kengayganda yoki qisqarganda;
tashkilotdan bir nechta yangi tashkilot ajralib chiqganda va ularga birinchi tashkilotning alohida funksiyalari berilganda;
tashkilotning boʻysunishi, uning tuzilishi, qayta nomlanishi yoki nomiga oʻzgartirish kiritilishi birlamchi funksiyalarining oʻzgarishiga olib kelmaganda;
tashkilotning mulkchilik shakli oʻzgarmasdan uning muassisi (muassislari) oʻzgarganda.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]
14. Tugatilish natijasida, shu jumladan, favqulodda holatlar va tabiiy ofatlar natijasida oʻz faoliyatini toʻxtatgan tashkilotlarning arxiv hujjatlari, keyinchalik ular oldingi funksiyalari bilan qayta tashkil etilganda, yagona arxiv fondini tashkil etadi.
15. Quyidagilar arxiv fondining davriy chegaralari hisoblanadi:
davlat boshqaruv organi, davlat hokimiyati organi, tashkilotlar tashkil etilishi (roʻyxatdan oʻtkazilishi) va tugatilishining normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan rasmiy sanalari. Davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, tashkilotning tashkil etilishiga oid rasmiy sanalar belgilangan bir nechta normativ hujjatlar mavjud boʻlganda tashkil etilganlik sanasi sifatida eng avval qabul qilingan hujjatda koʻrsatilgan sana qabul qilinadi;
birlashgan arxiv fondi — birlashgan arxiv fondi tarkibiga hujjatlari kiritilgan tashkilotlarning eng ilgari tuzilgan (roʻyxatdan oʻtkazilgan) va eng oxirgi tugatilgan faoliyat davri sanasi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari — fuqaro, oila yoki urugʻ aʼzolarining tugʻilgan va vafot etgan sanalari (birlashgan arxiv fondiga oʻxshash);
arxiv kolleksiyasi — eng qadimgi va eng oxirgi hujjat sanalari.
2-§. Arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini tashkil etish
16. Arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlari saqlov birliklari boʻyicha tashkil etiladi.
Arxiv fondida saqlov birliklari arxiv hujjatlarini tizimlashtirish sxemasiga muvofiq tizimlashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
17. Arxiv fondidagi arxiv hujjatlarini tizimlashtirish sxemasi arxiv fondida saqlov birliklarini ichki tashkil etish uchun asos boʻladi va yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxat(lar)i bilan mustahkamlanadi.
Arxiv fondi doirasida saqlov birliklarini tizimlashtirish tizimlashtirish sxemasining boʻlim (boʻlinma)lari boʻyicha quyidagi bir yoki bir nechta xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
davriy (saqlov birliklari mansub boʻlgan davrlar yoki sanalar boʻyicha);
funksional, sohaviy, mavzuli, mavzuli-masalali (tashkilotning funksiyalarini, saqlov birligi mavzusiga oid boʻlgan mavzu yoki masalalarni hisobga olgan holda);
nominal (ish yuritish shakliga koʻra — hujjatlarning xili va turi boʻyicha);
korrespondentlik (tashkilot va shaxslar oʻrtasidagi yozishmalar natijasida shakllangan yigʻmajildlar boʻyicha);
geografik (hujjatlarning mazmuni, ularning muallifi, sharhlovchilari bilan bogʻliq boʻlgan muayyan hududlar, aholi punktlari va boshqa geografik obyektlar);
mualliflik (tashkilotlar nomlari yoki shaxslarning familiyalari boʻyicha).
Audiovizual, foto, fono va elektron hujjatlar saqlov birliklarini tizimlashtirishda qoʻshimcha ravishda obyektli va format xususiyatlaridan foydalaniladi.
Saqlov birliklari ketma-ketlikda arxiv fondi barcha yoki alohida guruhlar arxiv hujjatlari uchun maqsadga muvofiq boʻlgan xususiyatlar boʻyicha tadrijiy guruhlanadi.
Shaxsiy tarkib hujjatlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari arxiv fondlari tarkibidagi ilmiy-texnika hujjatlari, nashriyotlardagi qoʻlyozmalar, tibbiyot muassasalaridagi kasallik varaqalari, nazorat funksiyalari yuklangan tegishli vakolatli organlarning fondlaridagi tekshirish dalolatnomalari alohida guruhlarga ajratiladi va ajratib tizimlashtiriladi.
Oila, urugʻ arxiv fondi arxiv hujjatlari alohida fuqarolar boʻyicha, har bir fuqaroning hujjatlari — tasniflash sxemasining boʻlimlari boʻyicha tizimlashtiriladi. Oilaning arxiv fondida birinchi navbatda taniqli shaxsning hujjatlari, soʻng oilaning boshqa aʼzolarining hujjatlari qarindoshlik darajasiga koʻra tizimlashtiriladi. Urugʻning arxiv fondi arxiv hujjatlari kelib chiqish ketma-ketligi boʻyicha joylashtiriladi, bunda butun urugʻga tegishli boʻlgan hujjatlar (shajara jadvallari, mulkiy-xoʻjalik hujjatlari) ilgariroq joylashtiriladi.
Birlashgan arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari fond tashkil etuvchining ahamiyatiga koʻra ularning yaratilish davri va alfavit boʻyicha joylashtiriladi. Bir xil turdagi tashkilotlar arxiv fondi uchun tizimlashtirishning umumiy sxemasi qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxiv kolleksiyasi doirasida bir xil turdagi arxiv hujjatlari mualliflik xususiyati boʻyicha saqlov birliklari tashkilot nomi va fuqarolar familiyasi boʻyicha alfavit tartibida guruhlanadi. Mavzu xususiyatiga koʻra tuzilgan arxiv kolleksiyasi arxiv hujjatlari mavzu va masalaning ahamiyati yoki davriga koʻra guruhlanadi.
Tasniflash sxemasi boʻyicha saqlov birliklari quyidagi tartibda guruhlanadi:
saqlov birliklari ishlab chiqarishda boshlangan yoki tashkilot (uning tarkibiy qismi)ga boshqa tashkilotdan uning tarkibiy qismidan ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kelib tushgan davriga taalluqli deb hisoblanadi;
rejalar, hisobotlar, smetalar va ularga doir materiallardan iborat boʻlgan saqlov birliklari, ular tuzilgan sanadan qatʼi nazar, qaysi yil uchun moʻljallangan boʻlsa — oʻsha davrga tegishli boʻladi, uzoq muddatli rejalar ular amal qilayotgan yilga, ushbu davrga tegishli hisobotlar esa — hisobotning oxirgi yiliga taalluqli boʻladi;
ishlab chiqarishda bir boʻlinmada boshlangan va davom ettirish uchun boshqa boʻlinmaga berilgan saqlov birliklari ular yakunlangan boʻlinmaga tegishli boʻladi;
yil yoki xronologik davr doirasida saqlov birliklari tashkilot funksiyasining ahamiyati (yoki hujjatlarining ahamiyati, turi va xilma-xilligining mantiqiy oʻzaro bogʻliqligi) boʻyicha joylashtiriladi;
shaxsiy yigʻmajild hisoblangan saqlov birliklari ishdan boʻshagan yillar boʻyicha va familiyalar alfaviti boʻyicha tizimlashtiriladi.
Tizimlashtirishning oxirgi (tugallovchi) bosqichida saqlov birliklari guruhi ahamiyati yoki davri boʻyicha taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
18. Kinohujjatlar va videohujjatlar turlari boʻyicha — filmlar, maxsus nashrlar, kinojurnallar, alohida kino va telesyujetlar boʻyicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi kinohujjatlar va videohujjatlar uchun alohida roʻyxat tuziladi.
Fotohujjatlar turlari boʻyicha — turli xil rang va hajmdagi negativlar, slaydlar (diapozitivlar), pozitivlar, fotonashrlar, fotoalbomlar, diafilmlar boʻyicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi fotohujjatlar uchun alohida roʻyxat tuziladi.
Fonohujjatlar axborotning ovozli yozuvi turi boʻyicha fonografik, grammofon, shorinofon, optik, magnit, lazer boʻyicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi fonohujjatlar uchun alohida roʻyxat tuziladi.
Elektron hujjatlar axborot manbalari (magnit tasmalar, lazer va qattiq disklar, kompakt-disklar, disketalar) boʻyicha tizimlashtiriladi; fond ichida – taqdim etilgan axborot formati boʻyicha va yozib olingan axborot xususiyatiga koʻra tizimlashtiriladi.
3-§. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlashni tashkil etish
19. Arxivni arxiv hujjatlari bilan jamlash quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
birinchi bosqich — jamlash manbalarini aniqlash va roʻyxatini tuzish;
ikkinchi bosqich — arxivlarda saqlash uchun topshirilishi kerak boʻlgan arxiv hujjatlari tarkibini aniqlash;
uchinchi bosqich — arxiv hujjatlarini saqlovga qabul qilish.
20. Arxiv hujjatlari bilan rejali va maqsadli ravishda jamlash maqsadida arxivda jamlash manbalari roʻyxatlari tuziladi.
Jamlash manbalari roʻyxatlari har yili yil boshida aniqlashtiriladi va har besh yilda kamida bir marta, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzarxiv” agentligi deb ataladi) Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining ekspert-tekshiruv komissiyasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivlari ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi bilan kelishilgandan soʻng qayta tasdiqlanadi. Asosiy jamlash manbalari tarkibi va/yoki soni oʻzgarganda, navbatdan tashqari qayta tasdiqlash amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF)ning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan davlat boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar davlat arxivlarini asosiy jamlash manbalarining asosiy roʻyxatiga “Oʻzarxiv” agentligi belgilagan tartibda kiritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
21. Arxivning har bir jamlash manbaiga arxiv kuzatuv yigʻmajildi yuritadi, unga jamlash manbaining huquqiy maqomi va faoliyatini ochib beruvchi hamda arxivning faoliyati va ish yuritishida hujjatlarni tashkil etishni koʻrsatib beruvchi hujjatlar kiritiladi. Arxivning jamlash manbaiga kiritilgan fuqarolarga ham kuzatuv yigʻmajildi yuritilishi mumkin. Unga fuqaroning arxiv hujjatlari tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Jamlash manbalari bilan olib borilgan ishlar hisobini yuritish maqsadida arxiv hisob-maʼlumot kartotekalari va maʼlumotlar bazasini tashkil etishga haqlidir.
22. Nodavlat tashkilotlari va jismoniy shaxslar tomonidan arxiv hujjatlarini doimiy yoki depozitar saqlov uchun arxivga topshirish saqlash va foydalanish shartlari aniqlashtirilgan holda, bitim (shartnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
Arxivda saqlash uchun tanlab olingan hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi qaror tashkilotning ekspert komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
4-§. Jamlash manbalaridan arxiv hujjatlarini qabul qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
23. Arxivlarga tashkilotlardan hujjatlarni qabul qilish arxiv va tashkilot rahbari imzolagan reja-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Arxivlarda saqlash uchun hujjatlarni qabul qilish ular tegishli ETK tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha tartibga keltirilgandan soʻng amalga oshiriladi. Hujjatlarni saqlovga qabul qilishda hujjatlarning mavjudligi, fizik holati va ilmiy-texnikaviy ishlov berish sifati tekshirib olinadi.
Arxivlarga arxiv hujjatlarini saqlash uchun qabul qilib olish topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi jamlash manbaiga qaytarib beriladi.
Arxivga xorijdan olingan arxiv hujjatlarini qabul qilib olish mulkdor yoki koʻrsatilgan hujjatlar egasi hamda arxiv oʻrtasidagi arxiv hujjatlarining asl nusxasi yoki koʻchirma nusxalarini sotish, inʼom etish, almashish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada berilayotgan arxiv hujjatlaridan foydalanish shartlari kelishib olinishi mumkin. Hujjatlarni qabul qilish hujjatlarni saqlovga qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat arxivlariga arxiv hujjatlari saqlov turidan qatʼi nazar, Yagona milliy arxiv axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida qabul qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-avgust)
24. Idoraviy arxivga doimiy, vaqtinchalik va shaxsiy tarkib boʻyicha yigʻmajildlar roʻyxatlar boʻyicha topshiriladi.
Roʻyxatning har bir nusxasi oxirida arxivga haqiqatda qabul qilingan yigʻmajildlar soni raqamlar va soʻz bilan koʻrsatiladi, unda mavjud boʻlmagan yigʻmajildlar raqamlari, yigʻmajildlarni topshirish-qabul qilish sanasi, shuningdek idoraviy arxiv xodimi va hujjatlarni topshirgan shaxsning imzosi boʻladi.
10 yildan kam saqlanadigan hujjatlarni tashkilotning tarkibiy boʻlinmalarida saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur yigʻmajildlar idoraviy arxivga tashkilot rahbarining qarori boʻyicha topshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
25. MAFning davlatga tegishli qismiga kiritilgan davlat arxivi jamlash manbalaridan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlarni vaqtinchalik saqlash muddati tugagandan soʻng qabul qilinadi.
Arxivning jamlash manbalari iltimosiga koʻra amaliyotda hujjatlardan foydalanish ehtiyoji mavjud boʻlganda yoki arxivning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda hujjatlarni qabul qilish imkoniyati boʻlmaganda MAF hujjatlarining vaqtinchalik saqlash muddatlari istisno tarzida uzaytirilishi mumkin. Arxivlarning jamlash manbalari uchun koʻrsatilgan muddatlarni uzaytirish ETK qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Nodavlat tashkilotlarida MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismiga kiritilgan hujjatlarni vaqtinchalik saqlash muddatlari arxiv va mulkdor yoki koʻrsatilgan hujjatlar egasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan aniqlanadi.
MAF hujjatlarini muddatidan oldin qabul qilish, shuningdek vaqtinchalik saqlash faqat arxiv saqlovxonasida boʻsh joylar mavjud boʻlganda, shartnoma asosida jamlash manbalarining rasmiy iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilish saqlash uchun hujjatlarni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (1-ilova) va topshirish roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi.
26. Arxiv hujjatlari arxivlarga tartibga keltirilgan holda, tegishli ilmiy-maʼlumotnoma apparati va alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sugʻurta nusxalari bilan birga qabul qilinadi. Arxiv hujjatlarini saralab olish, doimiy saqlash uchun topshirishga tayyorlash va topshirish, shuningdek ularni tartibga keltirish va tashish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar ushbu hujjatlarni topshiruvchi jamlash manbalarining hisobidan amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlarini tartibga keltirish “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
27. Arxiv hujjatlarini qabul qilishda ularning fizik, sanitariya-gigiyenik, texnik holatlari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sugʻurta nusxalari, shuningdek ularning toʻliqligi tekshiriladi.
28. MAF hujjatlari arxivga ETK tomonidan tasdiqlangan yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlari asosida, shaxsiy tarkib hujjatlari ETK tomonidan maqullangan yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlari asosida, vaqtinchalik saqlash muddatlari oʻtib ketgan arxiv hujjatlari esa — topshirish roʻyxatlariga asosan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Yigʻmajildlarni qabul qilish alohida-alohida amalga oshiriladi, alohida qimmatli yigʻmajildlar esa varaqma-varaq tekshirib olinadi. Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining barcha nusxalarida arxiv hujjatlarining arxivga qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatida koʻrsatilgan saqlov birliklari yoʻq boʻlgan taqdirda qaytadan yangi yakuniy yozuv yoziladi. Mavjud boʻlmagan yigʻmajildlar va hujjatlarning raqamlari hamda sabablari hujjatlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasida koʻrsatiladi. Jamlash manbalari saqlovga topshirilmagan yigʻmajildlarni qidirish chora-tadbirlarini koʻradi.
Arxiv hujjatlarini qabul qilish ikki nusxada tuzilgan arxiv hujjatlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (1-ilova) bilan rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi arxivda, ikkinchisi esa — jamlash manbaida qoladi. Arxiv hujjatlari bilan birga arxivga uch nusxada yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati topshiriladi.
Jamlash manbalaridan ilk bor arxiv hujjatlarini qabul qilishda tashkilot va arxiv fondi toʻgʻrisida tarixiy maʼlumotnoma ham topshiriladi, keyinchalik u jamlash manbaining nomi, tuzilishi va funksiyalaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirib boriladi.
29. Arxivga va MAF tarkibiga fuqarolardan hujjatlar inʼom, vasiyat, oldi-sotdi shartnomalari va sud qarori boʻyicha qabul qilinadi.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni arxivga qabul qilish ETK qarori asosida amalga oshiriladi va shaxsiy kelib chiqish hujjatlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi (2-ilova).
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni arxivga qabul qilish yoki sotib olish rad etilganda va hujjatlar qimmatliligi ekspertizasidan soʻng ularning ayrim qismlari qaytarib berilganda hujjatlarni qaytarib berish toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi arxivda qoladi, ikkinchisi - hujjatlar (yoki ularning ayrim qismlari) bilan birga mulkdor yoki egalik qiluvchiga qaytariladi.
30. Audiovizual hujjatlar quyidagicha komplektda saqlovga qabul qilinadi:
kinohujjatlar (filmlar, maxsus nashrlar) — tasvir negativi, fonogramma negativi, fonogrammaning magnit originali, pozitiv nusxa, shovqin va musiqaning magnit fonogrammasi, joriy pozitiv tasvir, rangli kinohujjatlar uchun oʻrnatish roliklari va pasporti (ayrim hollarda hujjatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan tarzda toʻliq boʻlmagan komplekt qabul qilinadi);
fotohujjatlar — negativ, nazorat foto nashri;
fonohujjatlar va videohujjatlar — original va nusxa.
Bir vaqtning oʻzida matnli ilova hujjatlar qabul qilinadi:
kinohujjatlar uchun — montaj varaqlari, annotatsiyalar, tugallangan asarlar uchun ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, texnik holati toʻgʻrisida dalolatnomalar, rang va yorugʻlik yozuvlari pasportlari;
fotohujjatlar uchun — annotatsiya;
fonohujjatlar uchun — ilova hujjatlari; videohujjatlar uchun – texnik holati toʻgʻrisida dalolatnoma.
Elektron hujjatlar saqlovga ularni oʻqish imkonini beruvchi dasturiy vositalar (agar arxivda shunday turdagi dasturiy vositalar boʻlmasa), shuningdek zarur ilova hujjatlari bilan birga qabul qilinadi.
31. Arxiv tomonidan zamonaviy va oʻtmish voqeligini tasvir etish maqsadida tayyorlangan tashabbusli axborot natijasida yaratilgan hujjatlar (anketalar, fotografiyalar, xotiralar yozuvlari, suhbat, musohaba va h.k.) MAF tarkibiga kiritiladi va ETK tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar roʻyxatiga kiritiladi. Ushbu hujjatlar saqlovga qabul qilish va topshirish dalolatnomasi asosida rasmiylashtiriladi.
5-§. Tugatilgan tashkilotlardan hujjatlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
32. Tugatilgan tashkilotlardan vaqtinchalik saqlash muddati tugamagan MAF va boshqa turdagi arxiv hujjatlarini qabul qilish mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tugatilganda ularning faoliyati natijasida tashkil topgan boshqaruv, shaxsiy tarkib hujjatlari, shuningdek vaqtinchalik saqlash muddati tugamagan arxiv hujjatlari tugatish komissiyasi (tugatuvchi) va arxiv oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida, tartibga keltirilgan holda arxivga qabul qilinadi. Tugatish bosqichida arxiv hujjatlarini tartibga keltirish zaruriyati boʻlsa ularni tartibga keltirish tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan tashkil etiladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi — tegishli davlat arxivlariga, davlatga tegishli boʻlmagan qismi — nodavlat arxiviga yoki tegishli davlat arxiviga topshirilishi kerak.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
6-§. Arxivning jamlash manbalari bilan oʻzaro hamkorligi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
33. Arxiv jamlash manbalari bilan birgalikda ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomalarda unga berilgan vakolatlarga muvofiq taxminiy va sohaga oid yigʻmajildlar nomenklaturasini, idoraviy arxiv va arxiv jamlash manbalari ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni kelishib oladi.
Arxiv jamlash manbaining MEK (EK) ishida ishtirok etadi.
Arxiv “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan jamlash manbalarida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobini yuritish, saqlash va foydalanishni tashkil etish tartibiga rioya etilishini tekshirishda qatnashadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
34. Arxiv oʻz vakolatlari doirasida vaqtinchalik saqlanuvchi MAF hujjatlarini shakllantirish va but saqlanishini taʼminlash maqsadida oʻz jamlash manbalarining ish yuritish, arxiv va tegishli yoʻnalish boʻyicha ekspert xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ushbu maqsadda arxiv koʻrsatib oʻtilgan sohalarda uslubiy va amaliy yordam, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda arxiv xizmatlari koʻrsatadi.
IV. Arxiv hujjatlari hisobi
1-§. MAF ning davlat hisobi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
35. Arxiv arxiv hujjatlarining davlat hisobini amalga oshiradi va arxiv ishi boʻyicha yuqori boshqaruv organiga MAF hujjatlarining markazlashgan hisobini yuritish uchun hisob maʼlumotlarini taqdim etadi.
36. Davlat hisobiga arxivdagi jami saqlanuvchi arxiv hujjatlari, shu jumladan elektron hujjatlar ushbu arxivlar uchun moʻljallanmagan va yoʻnaltirilmagan, sugʻurta fondidagi arxiv hujjatlarining nusxasi va foydalanish fondining nusxasi, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati mansubdir.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
37. Arxiv hujjatlarining hisobi saqlash birliklari/hisob birliklariga arxiv shifrining tarkibiy qismi boʻlgan hisobga olish raqamlarini berish orqali amalga oshiriladi.
Arxiv shifri arxivning qisqartirilgan nomi (uning rasmiy abbreviaturasi)dan keyin koʻrsatiladigan quyidagi raqamlardan iborat boʻladi: arxiv fondi, roʻyxati, saqlov birligi/hisob birligi. Uning hisobini taʼminlash va identifikatsiyalash maqsadida arxiv shifri har bir saqlov birligi/hisob birligiga kiritiladi.
Sugʻurta fondining saqlash birligi/hisob birligi arxiv shifri arxiv nomi, sugʻurta fondining roʻyxat raqami, sugʻurta fondi hisob birligi raqami “SF” indeksini qoʻshgan holda tashkil topadi.
38. Arxiv hujjatlarining asosiy hisob birliklari, maʼlumot manbaining turlaridan va identifikatsiyasini berishning texnik usulidan qatʼi nazar, quyidagilar hisoblanadi:
arxiv fondi;
arxiv kolleksiyasi;
saqlov birligi.
Faqat birlamchi qayta ishlov berilgan shaxsiy kelib chiqish hujjatlari hujjatlar boʻyicha hisobga olinadi.
39. Arxivda arxiv hujjatlarining hisobini olib borish markazlashtirilgan maxsus boʻlinma tomonidan olib boriladi yoki maxsus ajratilgan xodimga yuklanadi. Saqlovxonada hujjat hisobini yuritish uchun masʼul xodim tayinlanadi.
Arxiv hujjatlarining hisobini yuritish tartibi, hisob hujjatlarining yordamchi turlari, arxivning hisob hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi rahbarning buyrugʻi asosida muvofiqlashtiriladi.
Hisob hujjatlariga yozuvlar faqat hisobni olib borish uchun masʼul xodim tomonidan kiritiladi.
2-§. Arxivda arxiv hujjatlarining hisobini tashkil etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
40. Arxiv hujjatlarining tashkiliy tartibga keltirilganligi va ularning manzilli qidiruvini amalga oshirish imkoniyati, ularning mavjudligi va holati ustidan nazorat arxivdagi arxiv hujjatlarining soni va tarkibi belgilangan hisob birliklarida hisob hujjatlaridagi mavjud soni va tarkibini koʻrsatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari, shu jumladan elektron hujjatlar belgilangan ushbu arxiv uchun roʻyxatlanmagan va yoʻnaltirilmagan, shuningdek arxiv hujjatlarining sugʻurta nusxalari, foydalanish fondi nusxalari, hujjatlar va yigʻmajildlar roʻyxatlari;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
saqlov muddati 10 yildan ortiq boʻlgan, vaqtincha saqlanadigan hujjatlar, shuningdek idoraviy arxivda vaqtinchalik saqlovdagi doimiy saqlanadigan hujjatlar;
MAF hujjatlari, shuningdek arxivning jamlash manbalarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib hujjatlari.
42. Hujjatlar hisobi arxiv hujjatlariga (saqlov birliklariga/hisob birliklariga) arxiv shifrlarining tarkibiy qismi hisoblanadigan hisobga olish raqamlarini berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Arxiv shifri har bir saqlov birligiga uni identifikatsiyalash va hisobga olish maqsadida beriladigan belgidir.
Arxiv shifri quyidagi elementlardan iborat boʻladi:
arxivning qisqartirilgan nomi (uning rasmiy abbreviaturasi);
arxiv fondi, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati, saqlov birliklari, hisob birliklarining raqamlari.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Audiovizual hujjatlar hisob birliklarining arxiv shifri tarkibiga komplekt elementining (harfli va raqamli) belgilari, negativ oʻlchami, ovozli axborot manbaining turi, elektron hujjatlarning saqlov birliklari — yozuv formati va axborot manbaining turi, elektron hujjatning arxiv shifri tarkibiga arxiv fondi raqami, roʻyxatga olish raqami, roʻyxatdagi elektron hujjatning tartib raqamidan iborat boʻlgan tarkibiy kod kiritiladi.
(42-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
43. Arxivlarda arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi va sxemasi ishlab chiqiladi.
Arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi:
markazlashtirilgan va har bir saqlovxonada hisob hujjatlari va hisob maʼlumotlar bazalari tarkibini aniqlaydi;
hisobga olish ishlarini bajarishning ketma-ketligini taʼminlaydi.
Chizma shakldagi arxiv hujjatlarini hisobga olish sxemasi hisobga olish tartibini belgilaydi.
Arxivdagi arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi va sxemasi rahbarning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
44. Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlaridan tashqari, hisob hujjatlari xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan va ular foydalanuvchilarga berilmaydi.
45. Hisob hujjatlari belgilangan tartibda saqlanadi.
3-§. Arxiv hujjatlarining hisob birliklari
46. Manbaning turi, maʼlumotni biriktirish usuli va texnikasidan qatʼi nazar, arxiv fondi va hisob birligi arxiv hujjatlarining asosiy hisob birliklari hisoblanadi.
Audiovizual va elektron hujjatlar hisob birliklari boʻyicha ham hisobga olinadi.
Faqat dastlabki ishlov berilgan shaxsiy kelib chiqish arxiv hujjatlari hujjatlar yoki varaqlar boʻyicha hisobga olinadi.
Tartibga keltirilmagan (tarqoq) arxiv hujjatlarining 150 ta varagʻi shartli ravishda bitta saqlov birligi sifatida hisobga olinadi.
47.Saqlov birliklari arxiv hujjatining manbai turidan kelib chiqqan holda aniqlanadi, xususan:
qogʻozli asosdagi arxiv hujjatlari uchun — yigʻmajild – alohida muqovaga, papkaga biriktirilgan alohida arxiv hujjatlari;
kinohujjatlar uchun — tasviriy va/yoki ovozli maʼlumotlar yozilgan kinoplyonka yoki magnit tasmasining alohida fizik oʻrami;
fotohujjatlar uchun — alohida fizik kadr (negativ, dubl-negativ, pozitiv, slayd (diapozitiv), panorama usulidagi bir nechta kadrlar, fotoiz, diafilm oʻrami, fotoalbom;
ovozli hujjatlar uchun — alohida fizik kinoplyonka, magnit yoki qogʻoz tasma oʻrami, kasseta, mumli, ovozli axborot yozilgan disk;
videohujjatlar uchun — alohida fizik magnit tasma, kasseta, tasvirli va ovozli axborot yozilgan disk;
elektron hujjatlar uchun — bir yoki bir nechta elektron hujjatlar yozilgan alohida fizik manba.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
48. Arxivda asosiy va yordamchi hisob hujjatlari yuritiladi. Asosiy hisob hujjatlari barcha arxivlar uchun majburiy hisoblanadi. Yordamchi hisob hujjatlarining tarkibi va shakli arxiv tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
49. Arxivning asosiy hisob hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
hujjatlarning kelib tushishini hisobga olish kitobi (3-ilova) — arxivga kelib tushuvchi, shuningdek aniq xronologik davr uchun saqlashga topshirilgan har bir hujjatning soni va tarkibini, ularni roʻyxatlash holatini hisobga olish uchun;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
fondlar roʻyxati (4-ilova) — saqlashga qabul qilingan arxiv fondlarini, ularga raqam berish, saqlovdagi va saqlovdan chiqarilgan arxiv fondlari sonini hisobga olish uchun;
fond varagʻi — arxiv fondi doirasida yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati soni va tarkibini, ularni raqamlashni, arxiv hujjatlarining soni va tarkibini, roʻyxatlash holati, har bir yigʻmajild (hujjat) roʻyxatlari va umuman arxiv fondi boʻyicha oʻzgarishlar dinamikasi, arxiv fondi nomidagi oʻzgarishlarni belgilash uchun;
audiovizual hujjatlarning hisob varagʻi — belgilangan turdagi audiovizual hujjatlarning sonini, audiovizual hujjatlarning roʻyxatlarini raqamlash va hisobga olish, ulardagi oʻzgarishlar dinamikasini hisobga olish uchun;
yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati — arxiv hujjatlarining alohida va jamlangan hisobi, ularni tizimlashtirish tartibini belgilash, shu roʻyxatga kiritilgan arxiv hujjatlarining tarkibi va hajmidagi oʻzgarishlarni hisobga olish uchun (5, 6-ilovalar);
rasmiylashtirishda yoki ularga ilovalardagi mavjud qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan yigʻmajildlarni hisobga olish inventar daftari — shunday yigʻmajildlarning tarkibi va holatini alohida va jami hisobini yuritish uchun;
arxiv saqlovxonasi pasporti — ushbu arxiv saqlovxonasidagi arxiv fondlari va arxiv hujjatlarining jami hisobini yuritish uchun;
noyob hujjatlarning hisob va roʻyxat varagʻi;
alohida qimmatli hujjatlardan iborat boʻlgan fondlar roʻyxati;
alohida qimmatli yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati yoki alohida qimmatli yigʻmajildlar raqamlari roʻyxati;
alohida qimmatli yigʻmajildlar (hujjatlar)ning roʻyxatlari reyestri;
sugʻurta fondi va foydalanish fondining kelib tushishini hisobga olish daftari;
sugʻurta fondining roʻyxati;
fond yigʻmajildi — har bir arxiv fondiga, birlashgan arxiv fondi va arxiv kolleksiyasi uchun yuritiladigan, jamlash manbai (fond tashkil etuvchi) va arxiv fondining tarixi boʻyicha hujjatlar majmui, audiovizual va elektron hujjatlarning fondi tashkil qilinmaganda – tashkilot-hujjat topshiruvchining yigʻmajildi;
yigʻmajild ishonch varagʻi — yigʻmajilddagi varaqlar sonining hisobini yuritish uchun (7-ilova).
Arxivning yordamchi hisob hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
fondlarning harakati haqidagi kartochkalar va kitoblar, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati, boshqa arxivlarga yuborilgan hujjatlarni hisobga olish daftarlari, yoʻq qilishga ajratilgan hujjatlar fondlarini hisobga olish daftari, hujjatlarni turlariga qarab hisobga olish daftarlari va boshqalar.
Arxiv hujjatlarni hisobga olish tizimiga kiruvchi boshqa yordamchi hisob hujjatlarini yuritishga haqlidir.
Yordamchi hisob hujjatlari qogʻozda va/yoki elektron manbalarda yuritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
50. Hisob hujjatlarini yuritish “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilangan talablarga va boshqa standart normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
4-§. Arxiv hujjatlarining kelib tushishi va chiqishini hisobga olish
51. Arxiv hujjatlarining arxivga tushishini hisobga olish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
saqlash uchun hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (1-ilova);
shaxsiy kelib chiqish hujjatlarini saqlash uchun qabul qilish dalolatnomasi (2-ilova).
Arxiv hujjatlari arxiv ishlarining alohida turlarini amalga oshirish natijalari boʻyicha ham hisobga qoʻyiladi.
Arxivga qabul qilingan barcha arxiv hujjatlari hujjatlarning kelib tushishini hisobga olish daftariga kiritiladi. Arxiv fondiga kelib tushgan barcha hujjatlar arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi, arxiv kolleksiyasi fondlar roʻyxatiga yoziladi (4-ilova), unga fond varagʻi, fond varagʻiga koʻrsatkich kartochkasi toʻldiriladi va fond yigʻmajildi ochiladi. Audiovizual hujjatlarga kino, surat va ovozli va video hujjatlarni hisobga olish varagʻi toʻldiriladi. Dastlab tushgan har bir yigʻmajild (hujjatlar)lar roʻyxati roʻyxatlar reyestrida hisobga olinadi.
Tegishli hisob maʼlumotlari belgilangan tartibda maʼlumotlar bazasiga ham kiritiladi.
52. Arxiv hujjatlarini arxivdan chiqarishni hisobga olish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
saqlanishi kerak boʻlmagan hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish haqidagi dalolatnoma (8 - ilova);
tuzatib boʻlmas darajada yaroqsizlangan hujjatlar haqidagi dalolatnoma;
hujjatlarni saqlovga topshirish-qabul qilish haqidagi dalolatnoma (1 - ilova);
qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqidagi dalolatnoma (9 - ilova);
hujjatlarni egasiga qaytarish dalolatnomasi;
asl saqlov birligidagi hujjatlarni olish haqidagi dalolatnoma.
Arxiv hujjatlari alohida arxiv ishlarini olib borish natijasida ham hisobdan chiqariladi (53-bandga qarang).
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxivdagi asosiy va yordamchi hisob hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar kiritiladi. Bunda:
yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatidagi barcha arxiv hujjatlari chiqarilganda ushbu roʻyxat raqami boshqa yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlariga berilmaydi va u ochiq qoladi, roʻyxatlar reyestrida esa tegishli belgi qoʻyiladi;
arxiv fondi chiqarilganda fondlar roʻyxati (4-ilova)ning “Chiqarilganlik haqidagi belgi” ustunida arxiv fondi qayerga chiqarilganligi va uning chiqib ketganligi haqidagi dalolatnoma koʻrsatiladi.
Arxiv fondi bir arxivdan boshqasiga oʻtkazilayotganda 2 nusxada yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati va fond yigʻmajildi beriladi. Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining bir nusxasi hujjatni topshirgan arxivda qoladi va dalolatnomaga ilova sifatida (1 - ilova) arxiv fondini topshirgan arxivning fondiga qoʻshiladi.
Arxiv fondning barcha arxiv hujjatlarni yoʻq qilishga ajratilayotganda yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining bir nusxasi va fond varagʻi fond yigʻmajildiga joylashtiriladi. Fond yigʻmajildi arxivning arxiv fondiga qoʻshiladi.
53. Arxivning arxiv hujjatlari soni quyidagilar natijasida oʻzgaradi:
hisob hujjatlarini tekshirish natijasida arxivda saqlanayotgan hujjatlar sonini sanashda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar aniqlanganda;
hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish vaqtida hisobga olinmagan, liter yoki tushirib qoldirilgan saqlov/hisob birliklari raqamlari aniqlanganda;
hujjatlarni taʼmirlash natijasida bitta yigʻmajild bir nechta yigʻmajildlarga ajratilganda;
arxiv hujjatlarini roʻyxatlash, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlarini takomillashtirish jarayonida, hisob/saqlov birliklarini qoʻshish yoki ajratish mumkin boʻlganda.
Koʻrsatib oʻtilgan ishlar natijasida quyidagilar hisob hujjatlariga va maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirishlar kiritishga asos boʻladi:
hisob hujjatlaridagi texnik xatolar haqidagi dalolatnoma;
mazkur fondga, arxivga tegishli boʻlmagan, hisobga olinmagan va boshqa hujjatlarning topilganligi haqidagi dalolatnoma;
yigʻmajildlarni ajratilishi, birlashtirilishi va ularga yangi hujjatlar kiritilishi haqidagi dalolatnoma;
hujjatlarni roʻyxatlash, roʻyxatlarni qayta ishlash haqidagi dalolatnoma.
V. Arxivlarda arxiv hujjatlarini saqlash
1-§. Arxiv hujjatlarining saqlanishini taʼminlash boʻyicha umumiy talablar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
54. Arxivda arxiv hujjatlarini saqlash meʼyoriy sharoitlarni yaratish, meʼyoriy tartiblarga rioya etish va arxiv hujjatlari saqlovini toʻgʻri tashkil etish, yoʻqolishi va oʻgʻirlanishini bartaraf etuvchi, shuningdek ularning normal fizik holatini saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi orqali taʼminlanadi.
Arxiv hujjatlarini saqlashning meʼyoriy sharoitlari quyidagilar asosida taʼminlanadi:
arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;
arxiv binolari va xonalarida maqbul (meʼyoriy) yongʻinga qarshi, qoʻriqlash, harorat va namlik, yorugʻlik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish;
arxiv hujjatlarini saqlash va joyini oʻzgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qoʻllanish.
55. Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binoda (yoki binoning alohida xonalarida), yongʻin kelib chiqishi xavfi boʻlgan obyektlar (neft ombori, AYQSH, avtoturarjoy, garaj va shunga oʻxshash boshqa joylar) va havoni ifloslantiruvchi sanoat obyektlaridan (agressiv gazlar, sement changi va boshqalardan) uzoqda joylashtiriladi.
Arxiv binosi arxivning hujjatlarni saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish boʻyicha belgilangan va maʼmuriy-xoʻjalik, texnik, maishiy xarakterdagi vazifalarni bajarishga moʻljallangan, xonalarni oqilona joylashtirish talablariga mos asosiy va yordamchi xonalar kompleksidan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Asosiy turdagi xonalarning tarkibi, joylashuvi, jihozlanishi arxiv hujjatlarining ular bilan ishlashning barcha uchastkalarida saqlanishini, ishlar texnologiyasi talablariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek arxiv tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro oqilona hamkorligini taʼminlashi lozim. Asosiy maqsaddagi xonalarga quyidagilar kiradi:
arxiv saqlovxonasi;
arxiv xodimlarining ish xonalari;
arxiv hujjatlarini qabul qilish va vaqtincha saqlash, maqbul iqlim yaratish uchun xonalar;
zararlangan arxiv hujjatlarini izolyatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya qilish xonalari;
arxiv hujjatlarini changdan tozalash, muqovalash va taʼmirlash xonalari;
arxiv hujjatlari (mikro, ksero, foto nusxalarini olish, fototaʼmirlash va boshqalar)dan nusxa olish va taʼmirlash, plyonkani qayta ishlash va audiovizual hujjatlarni texnik nazoratdan oʻtkazish xonalari;
hisob hujjatlarini saqlash xonalari;
oʻquv zali majmui (yigʻmajildlarni berish maydonlari, maʼlumot-qidiruv vositalari - vaqtinchalik saqlovxonalar bilan);
ilmiy-maʼlumotlar kutubxonasi;
metodik kabinet;
koʻrgazma zali.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxivlarni moslashtirilgan bino va xonalarda joylashtirish binolar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng amalga oshiriladi. Ekspertiza binoning yongʻinga chidamlilik darajasini, asosiy konstruksiyalari va qavatlar orasidagi toʻsiqlarni ularning potensial yuklamani hisobga olgan holdagi mustahkamligini, bino xonalarining holatini (qavatlarda, yertoʻlada, chordoqda), isitish va ventilyatsiya tizimining mavjudligi va holatini aniqlaydi. Ekspertiza arxiv vakillari ishtirokida, tegishli organ va xizmatlar vakillarini jalb etgan holda oʻtkaziladi. Ekspertiza yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Arxivni mustahkam boʻlmagan, yogʻochdan qurilgan, asosiy, yertoʻla va chordoq xonalari zax boʻlgan, pech yordamida isitiladigan binolarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Arxiv hujjatlarini saqlash uchun moʻljallangan moslashgan binolardagi xonalar shu binoning boshqa xonalaridan ajratilgan boʻlishi kerak. Arxiv hujjatlarini umumiy ovqatlanish xizmati, oziq-ovqat omborlari, yongʻin chiqish xavfi kuchli boʻlgan hamda agressiv moddalar yoki yongʻin chiqishi xavfi mavjud va kimyoviy texnologiyalar qoʻllaniladigan binolarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
56. Arxiv saqlovxonasi maksimal darajada arxivning laboratoriya, ishlab chiqarish, maishiy xonalaridan uzoqda joylashtirilishi va ular bilan umumiy ventilyatsiya kanallariga ega boʻlmasligi kerak. Arxiv saqlovxonalarida suv taʼminoti va kanalizatsiya, suvni texnologik va maishiy chiqarish quvurlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Arxiv saqlovxonasi tabiiy yoki sunʼiy ventilyatsiyaga ega boʻlishi kerak. Konditsionerlash tizimlari havoning almashish darajasi 2-3 boʻlgan havoni retsirkulyatsiyalash, muqim harorat va namlik rejimini taʼminlashi, havoni changdan va agressiv aralashmalardan tozalash, shuningdek zamonaviy ixchamlik va tejamkorlik talablariga javob berishi kerak.
57. Arxiv joylashgan bino, arxiv saqlovxonalaridagi yongʻinga qarshi rejim Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin xavfsizligiga oid tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
58. Arxivni qoʻriqlash tartibi muhandis-texnik mustahkamligini taʼminlash, arxiv binosini (xonasini) signalizatsiya vositalari bilan jihozlash, xonalarni muhrlash, xizmat xonalarining kalitlarini saqlashni taʼminlash boʻyicha kompleks choralar orqali taʼminlanadi.
Arxiv saqlovxonalari va arxiv hujjatlari doimiy yoki vaqtincha saqlanadigan xonalar, shuningdek moddiy boyliklar, binodan avariya va zaxira chiqish yoʻllari, kunu-tun qoʻriqlash posti boʻlmagan hollarda esa — asosiy kirish yoʻli qoʻriqlash signalizatsiyalari bilan albatta jihozlanishi va muhrlanishi lozim.
Arxiv saqlovxonalaridan vaqtincha berilgan arxiv hujjatlari, hisob hujjatlari, ilmiy-maʼlumot apparati saqlanadigan xonalar muhrlanmaydigan boʻlsa — shu hujjatlar saqlanadigan metall shkaflar, seyflar muhrlanishi lozim.
Arxiv hujjatlari doimiy yoki vaqtincha saqlanadigan arxiv saqlovxonalari va boshqa xonalar buzib ochilishga qarshi, texnik jihatdan mustahkam, yuqori maxfiylikka ega qulflar oʻrnatilgan eshiklar bilan jihozlanadi.
Kalitlarning hamma nusxalari (maxsus maxfiylik tartibi oʻrnatilgan xonalardan tashqari) arxiv xonalari qulflariga moʻljallangan kalitlarni hisobga olish jurnalida hisobga olinadi, uni yuritish arxiv rahbarining buyrugʻi bilan masʼul mansabdor shaxsga yuklanadi. Mazkur jurnalda xonalarning har biriga mansub kalitlar qaysi xodimda borligi oʻsha xodimning mazkur kalit nusxasini olganligi toʻgʻrisidagi tilxati bilan belgilanadi.
Arxivning barcha xonalari kalitlari ikki komplekt boʻlgan qulflar bilan taʼminlanishi, kalitlarning bittasi arxivning qoʻriqlash xizmatida doimo boʻlishi kerak.
Ish vaqtida va ishdan tashqari vaqtda kalitlarning saqlanish tartibi, qoʻriqlash xizmatidan kalitlarni olish, qoʻriqlash xizmatiga kalitlar va xonalarni topshirish belgilangan tartibda tasdiqlangan arxivni qoʻriqlash tartibi haqidagi yoʻriqnomada belgilanadi.
Ish vaqtida xodimlar arxiv saqlovxonasida ishlamayotgan boʻlsa saqlovxonalar qulflangan boʻlishi kerak. Ish vaqtida arxiv saqlovxonalarining kaliti saqlovxona mudiri yoki uning oʻrnidagi shaxsda boʻladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxiv saqlovxonasiga ushbu arxiv saqlovxonasi mudiri va xodimlari, shuningdek arxiv rahbari va uning oʻrinbosarlari, fondlarning bosh saqlovchisi kirish huquqiga ega. Kerak boʻlganda yangilanadigan, arxiv saqlovxonasiga kirish huquqiga ega shaxslar roʻyxati qoʻriqlash postida boʻlishi kerak. Arxivning boshqa xodimlari arxiv saqlovxonasiga faqat boʻlim mudiri yoki uning oʻrnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi. Boshqa shaxslar, istisno hollarda, faqat arxiv rahbarining yozma ruxsati va boʻlim mudiri yoki uning oʻrnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi.
Arxiv hujjatlarini, qimmatli materiallar, ilmiy-maʼlumotnoma kutubxonasi kitoblari, shuningdek ilmiy-maʼlumotnoma apparatini arxivdan olib chiqishga faqat belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnoma bilan ruxsat etiladi.
59. Havo almashinish tizimlari bilan jihozlangan qogʻoz asosidagi arxiv hujjatlari saqlanadigan arxiv saqlovxonalarida meʼyordagi harorat va namlik taʼminlanadi: harorat 17 — 19 °C, havoning nisbiy namligi 50 — 55%.
Audiovizual va elektron hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun amal qilinishi shart boʻlgan havoning harorat-namlik koʻrsatkichlari quyidagi jadvaldagi normalarga muvofiq boʻlishi kerak:
Hujjatning turi
Harorat, C
Havoning nisbiy namligi: %
oq-qora
rangli
oq-qora
rangli
Kinoplyonkadagi hujjatlar:
nitroasos
+10 dan yuqori emas
-5 dan yuqori emas
40 — 50
40 — 50
xavfsiz asos
+15 dan yuqori emas
-5 dan yuqori emas
40 — 50
40 — 50
fotohujjatlar:
oyna
+15 dan yuqori emas
-5 dan yuqori emas
40 — 50
40 — 50
plyonka
+15 dan yuqori emas
-5 dan yuqori emas
40 — 50
40 — 50
fotoqogʻoz
+15 dan yuqori emas
-5 dan yuqori emas
40 — 50
40 — 50
Magnit tasma va elektron manbalardagi hujjatlar
+8 — +18
45 — 65
Iqlimni boshqarib boʻlmaydigan arxiv saqlovxonasida harorat-namlik rejimini maqbullashtirish chora-tadbirlari maqbul isitish va xonani shamollatish, shuningdek havoni namlash va quritishning mexanik usullarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Harorat (+/- 5S) va havo nisbiy namligining (+/- 10%) keskin oʻzgarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Havo nisbiy namligi 70 — 90% gacha oshib boradigan harorat-namlik rejimining uzoq muddat (3 kun va undan ortiq) buzilishi kuzatilganda uni meʼyorlashtirish (intensiv shamollatish, arxiv saqlovxonasini quritish) choralari koʻriladi.
Arxiv hujjatlarini texnik jihatdan qayta ishlash jarayonida ularni vaqtinchalik saqlash (2 oygacha) harorati 20 +/-5 S, havoning namligi 50 +/-20 % boʻlgan, harorat-namlik rejimini muvofiqlashtirib boʻlmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi.
Harorat-namlik rejimi xona va tashqaridagi harorat konditsionerlar oʻrnatilgan xonalarda – 1 haftada 1-martadan kam boʻlmagan, muvofiqlashtirilmagan harorat mavjud boʻlgan arxiv saqlovxonalarida – 1 haftada 2-marta, tartib buzilganda esa – 1 kunda 1-marta harorat-namlik holatini tizimli oʻlchash orqali nazorat qilinadi.
Nazorat-oʻlchash asboblarining koʻrsatkichi, shuningdek asboblar koʻrsatkichlarining toʻgʻriligini tekshirish va ularning buzilishi holati aniqlanganda harorat-namlik rejimini meʼyorlashtirish boʻyicha koʻrilgan choralar ham maxsus roʻyxatga olish jurnallarida qayd etiladi.
Nazorat-oʻlchash vositalari nomenklaturasi, shuningdek xona va tashqaridagi havo parametrlarini oʻlchash va roʻyxatga olish tartibi amaldagi meʼyoriy va uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi.
60. Arxiv hujjatlarini saqlash qorongʻi xonalarda amalga oshiriladi. Bu arxiv hujjatlarini muqovalar, papkalar, qutilar, yopiq turdagi shkaflar, stellajlarda, shuningdek belgilangan yorugʻlik shartlariga rioya etgan holda taʼminlanadi.
Arxiv saqlovxonasini yoritish tabiiy va sunʼiy boʻlishi mumkin; arxiv hujjatlari derazali va derazasiz xonalarda joylashtirilishi mumkin. Derazasiz xonalarda arxiv saqlovxonasini joylashtirishga belgilangan tartibda havo almashishi uchun sunʼiy yoki tabiiy havo ventilyatsiyasi mavjud boʻlganda ruxsat etiladi.
Arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga derazada yorugʻlikni tarqatuvchi oynalar yorugʻlikni avtomatik ravishda boshqaruvchi vositalar, himoya filtrlari, jalyuzlar, pardalar va shu kabilar oʻrnatilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Arxiv hujjatlarini tabiiy yoki sunʼiy yorugʻlikning salbiy taʼsiridan himoya qilish arxivning barcha xonalarida arxiv hujjatlari bilan ishlashning barcha turlarida amalga oshiriladi.
61. Saqlovxonalardagi sanitariya-gigiyenik sharoit tozalik va tartibga rioya etish, hasharot, kemiruvchilar va mogʻor, chang paydo boʻlishining oldini olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Arxiv saqlovxonalarida nam vositalar bilan tozalash, har yili chang yutgich vositasi yordamida stellajlar, shkaflar, saqlash vositalari (quti, bogʻlam, papkalar)dagi changlarni tozalash ishlari muntazam ravishda olib borilishi shart. Bunda devorning pastki qalin qismiga yaqin joylashgan stellajlar, pol, plintuslar, deraza tokchalari suvli antiseptik moddalar bilan artib tozalanadi.
Arxiv saqlovxonalariga ustki kiyim-boshlarda, toza boʻlmagan oyoq qiyimlarda kirish, u yerda keraksiz narsalarni, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, shuningdek chekish taqiqlanadi.
Arxiv saqlovxonalarida barqaror mikroiqlimning shamollatilmaydigan zonalari paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan erkin havo sirkulyatsiyasi taʼminlanadi. Arxiv hujjatlarini yerda, deraza tokchalarida va tartibsiz holda saqlash taqiqlanadi.
Issiq kunlarda arxiv xonalarining ochiluvchi derazalari koʻpi bilan 0,5 mm diametrli toʻrlar bilan qoplanadi, shuningdek tashqi devor, shift va pollardagi ventilyatsiya teshikchalari ham himoya toʻrlari bilan qoplanadi.
Arxiv hujjatlarida boʻlishi mumkin boʻlgan mogʻor va hasharotlarni aniqlash maqsadida har yili ikki marta (isitish davri boshlanishi va tugallanishida) arxiv hujjatlari majburiy ravishda entomologik va mikologik tekshirishdan oʻtkaziladi. Biologik zararkunandalar aniqlanganda arxiv hujjatlari saqlanadigan xonalar va vositalarda tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Sanitariya-gigiyena ishlarini amalga oshirish uchun sanitariya kunlari rejalashtiriladi.
§ 3. Arxiv saqlovxonalarini saqlash vositalari bilan jihozlash
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
62. Arxiv saqlovxonalari turgʻun yoki koʻchma temir stellajlar bilan jihozlanadi. Yongʻin va biologik zararkunandalarga qarshi vositalar bilan qayta ishlangan va yaroqli holatdagi yogʻoch stellajlardan ham foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Yordamchi yoki maxsus jihoz sifatida temir shkaflar, seyflar, shkaf-stellajlar, shuningdek temir toʻsiqlar va tokchali turgʻun otsek-bokslardan ham foydalanish mumkin.
Kinohujjatlar, rulonli mikrofilmlar gorizontal shaklda archa turidagi temir yoki plastik qutilarda yoki turgʻun stellajlarda saqlanadi. Triatsetat asosidagi yonuvchi kinohujjatlar qattiq yopilmaydigan kino tasmalardan chiquvchi sirka kislotasi toʻplanishining oldini olish uchun teshikli temir yoki plastik qutilarda saqlanadi.
Videohujjatlar vertikal holatda qutilarda saqlanadi.
Magnit qatlamli ferromagnit temir stellajlarda arxiv hujjatlarini saqlash mumkin emas; poʻlat stellajlardan ayrim hollarda magnitlanmagan va stellajlarning konturlari birlashtirish (stellajning temirli qismini yaxshi joylashtirish maqsadida elektr simi bilan birlashtirish)da foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Tabiiy yoritiluvchi arxiv saqlovxonalarida ochiq turdagi stellaj va shkaflar devorning deraza tomoniga perpendikulyar ravishda oʻrnatiladi. Derazasiz arxiv saqlovxonalarida stellajlar va shkaflar xonaning xususiyati, jihoz konstruksiyasi va uni joylashtirish meʼyorlarini hisobga olgan holda oʻrnatiladi. Binoning tashqi devorlari va isitish manbalariga yaqin holatda stellajlar, shkaflar va boshqa qurilmalarni oʻrnatish mumkin emas.
Turgʻun stellajlar va shkaflar arxiv saqlovxonalarida quyidagi meʼyorlarga amal qilgan holda oʻrnatiladi:
stellajlarning qatorlari orasidagi masofa (asosiy oʻtish yoʻli kengligi) — 120 sm;
stellajlar oraligʻidagi masofa (oʻtish yoʻli) — 75 sm;
binoning tashqi devori va devorga parallel joylashgan stellajlarning oʻrtasidagi masofa — 75sm;
tashqi devor bilan stellaj yoki shkafning yon tomoni oraligʻidagi masofa — 45 sm;
pol bilan stellajning pastki tokchasi (shkaf) oraligʻidagi masofa — kamida 15 sm, yon pastki qavatda — kamida 30 sm.
Tortib chiqariladigan qutilardan iborat boʻlgan jihozlar uchun, oʻtish masofalari ularning turi va hajmini hisobga olgan holda moʻljallanadi.
Qogʻozli manbalardagi arxiv hujjatlari temir stellajlar va shkaflarda gorizontal yoki vertikal shaklda, qutilarda va boshqa turdagi saqlash vositalarida (papka, futlyarlar va shu kabilarda) saqlanadi.
Audiovizual yoki elektron saqlov birliklari germetizatsiyalanmagan individual qutilarga joylashtiriladi. Bunda quti ichida arxiv hujjatining erkin holatda boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-§. Arxiv saqlovxonasida hujjatlar saqlovini tashkil etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
63. Arxiv saqlovxonasida arxiv hujjatlari saqlovini tashkil etish hujjatlarni oqilona joylashtirish, ularning harakati va fizik holatini nazorat qilish, sugʻurta fondini va hujjatlardan foydalanish fondini tashkil etish maqsadida hujjatlardan nusxa koʻchirish, zararlangan yoki oʻchgan hujjatlarning birlamchi va birlamchi holatga yaqin fizik holatini tiklash (taʼmirlash) tadbirlari tizimini oʻz ichiga oladi.
64. Arxiv hujjatlari saqlovxonasida arxiv hujjatlari ularni saqlash, shuningdek tezkor qidiruvini va kompleks hisobini yuritish ishlarini taʼminlashni nazarda tutgan holda joylashtiriladi.
Arxiv fondlarini joylashtirish arxiv rahbari tomonidan tasdiqlanadigan reja (sxema) asosida amalga oshiriladi. Zarur hollarda reja (sxema) arxiv fondlarini har bir stellaj boʻyicha raqami koʻrsatilgan holda taqsimlashni nazarda tutadi. Reja (sxema) arxiv hujjatlarining hisobini yuritadigan boʻlimda yoki hisob uchun masʼul boʻlgan xodimda, uning tegishli boʻlimlari esa - arxiv saqlovxonasida saqlanadi.
65. Arxiv hujjatlari alohida saqlash tartibi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi: maxfiy; noyob va alohida qimmatli; oʻzida yoki ilovalarida qimmatbaho metallga va toshlarga ega boʻlgan; nitroasosda boʻlgan; biologik zararkunandalar shikast yetkazgan; arxivga depozitar saqlash uchun shartnoma asosida berilgan va MAF tarkibiga kiritilmagan.
(65-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Arxiv hujjatlarini alohida saqlashga moʻljallangan joy va maydon arxivni arxiv hujjatlari bilan jamlashning real imkoniyat va istiqbollaridan kelib chiqqan holda arxiv tomonidan belgilanadi.
Maxfiy hujjatlarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylikni taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Maxfiy va maxfiyligi oshkor etilgan arxiv hujjatlarining vaqtincha birgalikda saqloviga maxfiyligi oshkor etilgan hujjatlarni saqlash uchun joy yetmagan istisno hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzida yoki ilovalarida mavjud boʻlgan metall va toshlardan iborat noyob arxiv hujjatlari arxiv fondlari tarkibidan chiqarib olinadi va seyflarda saqlanadi. Ajratib olingan hujjat oʻrniga karta – oʻrinbosar va zarur boʻlganda, arxiv hujjatlarining nusxasi qoʻyiladi.
Audio va elektron hujjatlar ularning manbalari uchun normativ saqlash rejimlariga koʻra alohida xonalarda saqlanadi.
Bitta saqlovxonada har xil turdagi, lekin bir xil saqlanish tartibiga ega boʻlgan hujjatlar joylanishi mumkin (masalan, magnit tasmasidagi va magnit bilan oʻralgan disk manbaidagi arxiv hujjatlari; kinoplyonkadagi, mikroformadagi va boshqa arxiv hujjatlari).
66. Foydalanish fondi nusxalar manbai turiga qarab joylashtiriladi.
Qogʻozli foydalanish fondining nusxalari (shu jumladan fotonusxalar), odatda, qogʻozdagi hujjatlarning aslidan alohida, stellajlarda yoki shkaflarda arxiv fondlari va yigʻmajildlari tartibida saqlanadi.
Plyonka manbali foydalanish fondi nusxalari belgilangan rejimlar asosida joylashtiriladi.
Har bir byuksga bir yigʻmajild yoki uning bir qismi tushirilgan plyonkaning boʻlagi solib qoʻyiladi. Istisno tartibida, hujjat kichik hajmga ega boʻlgan taqdirda plyonkaning bir qismida uchtadan koʻp boʻlmagan yigʻmajildning nusxasi boʻlishi mumkin.
67. Arxivning asosiy va qoʻshimcha hisob hujjatlari ajratilgan xonada yoki hisob uchun masʼul boʻlgan xodimning xonasida saqlanadi.
Arxiv saqlovxonasining asosiy va qoʻshimcha hisob hujjatlari saqlovxonada yoki saqlovxona xodimlari xonasida saqlanadi.
Hisob hujjatlarining saqlovini taʼminlash va foydalanish uchun javobgarlik tegishli boʻlinmada va umuman arxiv boʻyicha mazkur ishlarni amalga oshiradigan xodimlar zimmasiga yuklanadi.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining birinchi nusxalari ajratilgan xonada yoki arxiv hujjatlari hisobi uchun masʼul boʻlgan xodimning ish xonasida, qogʻozli manbadagi asl nusxa hujjatlarini saqlash rejimiga majburiy rioya qilgan holda saqlanadi.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining ikkinchi nusxalari ajratilgan saqlovxonaning stellajiga yoki shkafiga joylashtiriladi.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining uchinchi nusxalari oʻquv zaliga joylashtiriladi.
5-§. Arxiv xonalarini stellajlar, shkaflar va tokchalarni raqamlashtirish tartibi. Topografik koʻrsatkichlarni yuritish va yorliqlarni rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
68. Arxivning barcha xonalari ( binolar, qavatlar, saqlovxonalar, xonalar) , shuningdek stellajlar, seyflar, shkaflar va tokchalari raqamlashtiriladi.
Har bir alohida xonada stellajlar va shkaflar xonaga kirishdan chapdan oʻnga qarab alohida raqamlashtiriladi. Stellaj va shkaflardagi tokchalar yuqoridan pastga va chapdan oʻngga qarab raqamlashtiriladi.
Hujjatlarning saqlovxonada joylashuvi va qidiruvini takomillashtirish maqsadida fondlar va stellajlarning topografik koʻrsatkichlari yuritiladi. Topografik koʻrsatkichlar kartochka yoki varaq shaklida, zarur miqdorda tuziladi.
Fondlar boʻyicha topografik koʻrsatkichning kartochkasi har bir arxiv fondi uchun alohida tuziladi. Ushbu kartochkalar arxiv fondlarining tartib raqami boʻyicha joylashtiriladi. Stellajlar boʻyicha topografik koʻrsatkichning kartochkasi har bir stellaj uchun alohida tuziladi. Ushbu kartochkalar har bir saqlovxonadagi stellajlar tartib raqami boʻyicha yuritiladi. Topografik koʻrsatkichlarning bir nusxasi hisob uchun masʼul xodimda, ikkinchisi – saqlovxonada saqlanadi.
Topografik koʻrsatkichlarni qogʻozli manbada yoki avtomatlashtirilgan ravishda, belgilangan rekvizitlarga muvofiq yuritish mumkin.
Arxiv hujjatlarining joylashishidagi oʻzgarishlar oʻz vaqtida topografik koʻrsatkichlarning har bir nusxasida, shuningdek arxiv fondlarini joylashtirish rejasi (sxemasi)da koʻrsatiladi.
69. Arxiv hujjatlarining har bir birlamchi vositasi (quti, papka va boshqalar) uchun arxiv fondining nomi va raqami, hujjatlarning roʻyxati, yigʻmajildning tartib raqami koʻrsatilgan yorliq yopishtiriladi.
Yorliqlardagi yozuvlar topografik usulda, tush yoki suvga chidamli maxsus qora siyoh bilan yoziladi. Shtamplar va shu kabi vositalardan foydalanishga ham yoʻl qoʻyiladi.
6-§. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish, topilmagan hujjatlar qidiruvini tashkil etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
70. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish reja asosida, shuningdek bir yoʻla (navbatdan tashqari) amalga oshiriladi.
Arxivlarda davriy reja asosida arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish:
noyob hujjatlar boʻyicha — har yili;
qogʻozli alohida qimmatli hujjatlar boʻyicha — 5 yilda bir marta;
audiovizual va elektron hujjatlar boʻyicha — 5 yilda bir marta;
nitroasosdagi kinohujjatlar boʻyicha — 2 yilda bir marta oʻtkaziladi.
Qolgan arxiv hujjatlarining mavjudligini tekshirishning davriyligi arxiv hujjatlarining foydalanilishi jadalligiga va hisobini yuritish holatiga qarab, lekin har 15 yilda kamida bir marta (davlat arxivida 10 yilda bir marta) etib belgilanadi.
(70-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Maxfiy hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Idoraviy arxivda arxiv hujjatlarining mavjudligini tekshirish 5 yilda 1-marta amalga oshiriladi.
Tabiiy ofatlar, koʻchishlar va boshqa holatlar natijasida arxiv hujjatlarining yoʻqolishi yoki zararlanishi holati ehtimoli boʻlganda, shuningdek arxiv saqlovxonalari mudirlari almashganda arxivdagi barcha hujjatlarning yoki alohida qismlari (guruh)larining mavjudligi va holatini navbatdan tashqari bir yoʻla tekshirish amalga oshiriladi.
71. Hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish ishlarining boshida quyidagi hisob hujjatlarini solishtirish ishlari amalga oshiriladi:
tekshiriladigan arxiv fondlarida hisob hujjatlarining toʻliqligini aniqlash va solishtirish koʻrsatkichlarini taqqoslash;
yigʻmajildlar (hujjatlar)ning roʻyxati asosida saqlash birliklarini raqamlashtirish tartibini aniqlash va ularning yakuniy maʼlumotlarini tuzish ishlarining toʻgʻriligini tekshirish.
Hisob hujjatlari va ularning mavjudligini tekshirish mustaqil ish turi sifatida oʻtkazilishi ham mumkin.
Davlat arxivida arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirishni, qoidaga koʻra, ikki nafar xodim oʻtkazadi.
Arxiv hujjatlari ichki roʻyxatlar boʻyicha hisobga olingan saqlov birliklarining mavjudligi tekshirilganda hujjatlarning mavjudligi ichki roʻyxat bilan solishtirib tekshiriladi, shuningdek broshyuralanmagan (tikilmagan) holda saqlanishi kerak boʻlgan hujjatlarning saqlov birliklaridagi hamma varaqlarning mavjudligi tekshiriladi. Noyob hujjatli saqlov birliklari albatta varaqma-varaq tekshiriladi.
Oʻquvxonalariga va arxivning ishchi xonalariga berilgan hujjatlar umumiy asosda tekshiriladi, ularning shifrlari oʻrindosh-kartalar va arxiv saqlovxonalaridan berilgan hujjatlarni qayd etish daftarlari boʻyicha aniqlanadi. Vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan arxiv hujjatlari hujjatlarni berish daftarlari va dalolatnomalari boʻyicha tekshiriladi va ular mavjud hujjatlar hisoblanadi.
72. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirishda quyidagilarga rioya etish zarur:
hujjatlarning stellajlarda va birlamchi saqlov vositalari (qutilar, bogʻlamlar, jildlar va shu kabilar)dagi joylashuv tartibini saqlash;
tekshirilayotgan vaqtda mazkur arxiv fondining notoʻgʻri qoʻyilgan saqlov birliklarini joylariga qoʻyish;
tekshirilayotgan fonddan (arxiv hujjatlari majmuidan) boshqa fondlarga tegishli, notoʻgʻri tushib qolgan saqlov birliklarini olib, saqlovchiga berish;
mogʻor yoki boshqa biologik zararkunandalar bilan zararlangan saqlov birliklarini tezda ajratish uchun chiqarib olish;
yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatiga kiritilmagan saqlov birliklarini ajratib olish, keyinchalik ularni arxiv rahbariyati belgilagan muddatlarda qayta ishlash va roʻyxatlash uchun arxiv fondi (arxiv hujjatlari majmui) oxiriga joylashtirish.
73. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish mobaynida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
hisobga olinmagan saqlov birliklarini yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatiga, hisob daftariga kiritish;
yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati va boshqa hisob hujjatlariga biron-bir belgilar qoʻyish, tuzatish yoki yozuvlar kiritish.
74. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish natijalari va tekshirishda topilgan kamchiliklar arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish varagʻida hamda arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish dalolatnomasida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish varagʻi bevosita tekshiruv mobaynida, qoidaga koʻra, har bir roʻyxat uchun alohida tuziladi. Hajmi uncha katta boʻlmagan arxiv fondlarini tekshirish hamma yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatiga bitta tekshiruv varagʻi tuzishga yoʻl qoʻyiladi. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish davomida tekshiruv varagʻi ustunlarida koʻrsatilmagan kamchiliklar topilganda, shuningdek aniqliklar va qoʻshimcha rekvizitlar kiritiladi. Tekshirish varaqlariga yalpi tartibda, arxiv fondi doirasida har bir tekshirish boʻyicha tartib raqami va bajaruvchilar tomonidan imzo qoʻyiladi.
Tekshirish varagʻi (varaqlari) asosida arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish dalolatnomasi bilan birga, zarurat boʻlganda, quyidagi hujjatlar tuziladi:
hisob hujjatlaridagi texnik xatolar toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
topilgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
hujjatlarning tuzatib boʻlmas darajada zararlanganligi haqidagi dalolatnoma (10 – ilova) va boshqa dalolatnomalar.
Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish tugagandan soʻng yigʻmajildlar (hujjatlar) (hisob va roʻyxatlash daftari) oxiriga “tekshirilgan” shtampi, sana, tekshiruvni oʻtkazgan shaxsning lavozimi koʻrsatiladi va imzosi qoʻyiladi.
Yigʻmajildlar (hujjatlar, hisob va roʻyxatlash daftari)ning yakuniy yozuvida, belgilangan tartibga muvofiq chiqarilgan saqlov birliklarining hisobga olinmagan literli va tartib raqamlari aniqlangan taqdirda yakuniy yozuv qaytadan tuziladi.
Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish mobaynida joyida yoʻq boʻlgan saqlov birliklarining hammasiga topilmagan hujjatlar arxiv hisobvaragʻi tuziladi. Topilmagan arxiv hujjatlari kartotekasi qogʻozli manbada yoki avtomatlashtirilgan tartibda, topilmagan arxiv hujjatlari hisobvaragʻi rekvizitlariga muvofiq, markazlashtirilgan tarzda yuritiladi.
75. Arxiv hujjatlarining fizik holatini tekshirish natijalari arxiv hujjatlarining fizik (texnik) holatini hisobga olish kartotekasi (daftari)ga yoziladi.
Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish barcha hisob hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng tugallangan hisoblanadi.
Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holati tekshirib boʻlingandan soʻng hujjatlar solingan qutilar muhrlanadi.
76. Hujjatlar mavjudligi va holatini tekshirish jarayonida topilmagan hujjatlarning qidiruvi ularning yoʻqligi aniqlangan vaqtdan boshlab tashkil etilib, bir yil davomida bevosita arxivda va boshqa tashkilotlarda olib boriladi. Arxiv rahbariyati arxivning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbarining bildirishnomasiga asosan qidiruv muddatini uzaytirish huquqiga ega.
Qidiruv davomida topilgan arxiv hujjatlari saqlovchiga beriladi, u ularni joyiga qoʻyadi. Tekshirish varagʻida topilmagan arxiv hujjatlari kartotekasining “Izoh” ustuniga topilgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. U arxiv saqlovxonasi mudiri tomonidan imzolanadi.
Yoʻqolishi sabablari hujjatlar bilan tasdiqlangan arxiv hujjatlari belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Qidiruv jarayonida topilmagan arxiv hujjatlariga qidiruv yoʻllari tugagan hujjatlar topilmagani haqidagi dalolatnoma (9-ilova) va qidiruv oʻtkazilgani haqida mufassal maʼlumotnoma yoziladi, dalolatnoma va maʼlumotnomalar arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish haqidagi dalolatnoma bilan birgalikda, bunday hujjatlarni hisobdan chiqarish haqida yakuniy qaror qabul qilish uchun “Oʻzarxiv” agentligiga taqdim etiladi.
Arxiv hujjatlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror arxiv direktorining buyrugʻi bilan, “Oʻzarxiv” agentligining yozma ruxsati asosida rasmiylashtiriladi.
Topilmagan arxiv hujjatlarining arxiv hujjatlari kartotekasida hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi belgi qoʻyiladi.
77. Yil davomida berilgan hujjatlarning mavjudligi va holatini toʻliq yoki tanlab tekshirishlar arxiv rahbariyati tomonidan belgilangan muddatlarda, muntazam ravishda oʻtkaziladi. Mazkur tekshirishlar natijasi:
yigʻmajildning mavjudligi tasdiqlanganda — hujjatlarning mavjudligini tekshirishni tashkil etish uchun masʼul xodimning axborot xati tarzida;
hujjatli asossiz biron-bir yigʻmajild boʻlmaganda — belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxiv hujjatlarining asossiz yoʻqligi aniqlanganda ularning tezkor qidiruvi amalga oshiriladi. Qidirish natijasiz boʻlganda mavjud boʻlmagan arxiv hujjatlari ularni qidirishni davom ettirish uchun topilmagan hujjatlar kartotekasiga kiritiladi.
7-§. Arxiv hujjatlarining texnik va fizikaviy-kimyoviy holatini tekshirish
78. Arxiv hujjatlarini fizik holatini tekshiruvdan oʻtkazmay qabul qilish va joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kelib tushgan arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlash arxiv saqlovxonasida, tashuv qutisidan chiqarib olib stellajlar va stollarga joylashtiriladi. Kelib tushgan arxiv hujjatlarini tartibga keltirilmagan holatda qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Arxiv hujjatlarini, shuningdek ularning sugʻurta nusxasining fizik va texnik holatini baholash arxiv hujjatlari arxivga qabul qilingan vaqtdan boshlab 3 oydan kechikmay amalga oshiriladi.
Qogʻozli manbadagi arxiv hujjatlarining fizik holatini baholash natijasida:
biologik zararkunandalar bilan zararlangan;
yuqori darajada namiqqan;
qogʻozi va matni shikastlangan;
chang bosgan arxiv hujjatlari aniqlanadi.
Bu hollarda yigʻmajildlar, papkalar va qutilardagi barcha tegishli boʻlmagan predmetlar, metall, karton, qogʻoz qutilar, skrepkalar va boshqalar olib tashlanadi.
Audiovizual va elektron hujjatlarning, shuningdek ularning sugʻurta nusxalarining texnikaviy holatini baholashda moddiy manbadagi maʼlumotni oʻqib olish imkoniyati, kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan texnik tavsifga muvofiqlik aniqlanadi. Ayni bir vaqtda kinohujjat asosining turi aniqlanadi. Nitroasosdagi arxiv hujjatlari barqarorligi jihatidan darhol tekshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
79. Nuqsonlarning mavjudligi aniqlanganda nuqsonlar xarakteri va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish haqida dalolatnoma tuziladi. Nuqsonlarni bartaraf etish jamlash manbai hisobidan amalga oshiriladi.
Biologik zararkunanda (hasharot, kuchli mogʻor) bilan shikastlangan holda tushgan arxiv hujjatlari sanitariya-gigiyenik qayta ishlov berish (dezinfeksiyalash, dezinseksiyalash) uchun yuboriladi.
Namiqqan arxiv hujjatlari aniqlanganda ular toʻliq namsizlangungacha albatta akklimatizatsiya qilinadi. Akklimatizatsiya (namiqish darajasiga qarab) qabul qilish va vaqtincha saqlash xonasida 7 — 14 sutka mobaynida, intensiv havo ventilyatsiyasi vositasida va saqlov birligini ochiq holda stollar va stellajlarga joylashtirib amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlarining qogʻoz va matni sifati ularning holatini umumiy baholash uchun tanlab tekshiriladi.
Kelib tushgan arxiv hujjatlarini changdan tozalash maxsus xonada, tortib chiqariladigan qutili shkaflar yordamida va sanitariya-gigiyena tartibiga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Qutilar, papkalar, muqovalar, yigʻmajildlar muqovasi changdan tozalanishi shart.
Kelib tushgan audiovizual va elektron hujjatlar boʻyicha quyidagi ishlarni bajarish lozim:
magnit tasmasidagi arxiv hujjatlarini tozalash va aylantirish;
arxiv fotohujjatlari va disk asosidagi arxiv hujjatlarini ifloslanishdan tozalash;
belgilangan harorat — namlik sharoitlarida akklimatizatsiya qilish;
joylash.
80. Plyonka va disk asoslardagi audiovizual va elektron hujjatlar arxiv saqlovxonasiga joylashtirishdan oldin 20 +/- 3 °S haroratda va 35 +/- 15% nisbiy havo namligida ochiq qutida, rangli kino va fotohujjatlar 35 +/- 15% nisbiy namlikda akklimatizatsiya qilinadi. Kinohujjatlar va oʻralgan mikrofilmlar kamida 10 sutka, magnit tasmasidagi va disk manbaidagi arxiv hujjatlari kamida 3 sutka, fotohujjatlar va mikroF.I.Olar kamida 24 soat akklimatizatsiyalanadi.
81. Arxiv hujjatlarining fizikaviy-kimyoviy va texnik holatini saqlash jarayonida tekshirish zararlangan va fizik yoki kimyoviy holati potensial xavfli boʻlgan arxiv hujjatlarini aniqlash maqsadida:
maqsadli tartibda;
arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirishda;
arxiv hujjatlarini saqlovxonadan berishga tayyorlash vaqtida hamda boshqa arxiv hujjatlarini bittalab (varaqlar boʻyicha) koʻrib chiqish paytida amalga oshiriladi.
82. Arxiv hujjatlarining fizik holatini maqsadli tekshirish ishlari ularning ahamiyatliligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ekstremal holatlarda shikastlangan barcha arxiv hujjatlarining jismoniy holati maqsadli tekshiruvdan oʻtkaziladi. Nazorat tekshiruvi natijasiga koʻra arxiv hujjatlari boʻyicha restavratsiya yoki konservatsiya ishlarini amalga oshirish uchun xulosa chiqariladi va shunga qarab ularning keyingi nazorat tekshiruvi muddatlari belgilanadi.
83. Qogʻozli manbadagi arxiv hujjatlarining jismoniy holatini saqlash jarayonida tekshirish namiqqan; biologik zararkunandalar (mogʻor, hasharotlar) shikastlagan; qogʻozi va matni nuqsonli arxiv hujjatlarini ajratib olish maqsadida oʻtkaziladi.
Namiqqan arxiv hujjatlari (yigʻmajildlar, yigʻmajildlar guruhlari) darhol ajratib olinadi, navbatdan tashqari ishlanadi (quritiladi, akklimatizatsiya qilinadi). Arxiv hujjatlarining aksariyati namiqqanda arxiv saqlovxonasini quritish, saqlash rejimini normallashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Biologik zararkunandalar (mogʻor, hasharotlar) shikastlagan arxiv hujjatlari darhol izolyatsiya qilinadi.
Qogʻoz va matndagi nuqsonlar yigʻmajildlar varaqlab koʻrib chiqilayotganda vizual aniqlanadi. Nuqsonlar uslubiy qoʻllanmalarga muvofiq yagona harf — raqamli indeksatsiya asosida, qogʻoz (harfli indeksatsiya) va matn (raqamli indeksatsiya) nuqsonlarining namunaviy belgilariga koʻra tasniflanadi.
84. Audiovizual va elektron hujjatlarning texnik holatini tekshirish quyidagilarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi:
upakovkalarning holati;
standart rakordlarning mavjudligi;
perforatsion yoʻlaklar va yopishgichlar hamda ular yuzasining texnikaviy holati;
ifloslanganligi va mexanik shikastlanganligi;
nitroasosining mustahkamligi;
eni 35 va 16 mm boʻlgan magnit tasmalari va kinoplyonkalarning perforatsiyasi;
fizik–mexanik tavsiflar (qayishganlik, emulsiyasining yoki ishchi qatlamining koʻchishi);
kimyoviy va biologik shikastlanishlarning mavjudligi (mikroorganizmlar, hasharotlar va kemiruvchilar zararlaganligi, tuzlarning kristallashish izlari va kimyoviy fotografik ishlov mahsulotlarining yoyilishi);
fono va videohujjatlarning elektroakustik tavsiflari;
videokanaldagi videohujjatlar parametrlari;
kino, foto, video hujjatlar tasvirining sifati;
elektron hujjatlarni ifodalovchi parametrlar darajasi;
elektron hujjatlarda “viruslar” mavjudligi;
magnitsizlangan hududlarning hamda mashinali manbalar ayrim hududlarining mexanik shikastlanganligi;
metall gramoriginallar yuzasida korroziya mavjudligi;
85. Arxiv hujjatlarining texnik holatini tekshirish qaytarilgan nurda tashqi tomonidan koʻrib amalga oshiriladi.
Fonohujjatlarning elektroakustika xususiyatlarini (chastota buzilishini, kopireffekt darajasini, fon va shovqinlar darajasini va shu kabi nuqsonlarni) tekshirish maxsus uskunadan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Videohujjatlarning texnikaviy holatini tekshirish nazorat-oʻlchov apparatlari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron hujjatlarning texnik holatini tekshirish maxsus apparatlar va arxiv hujjatlarining tegishli turlari bilan ishlashga moʻljallangan dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
8-§. Qoniqarsiz fizik holatda boʻlgan va tiklab boʻlmaydigan darajada shikastlangan Milliy arxiv fondi hujjatlarini aniqlash
86. Moddiy manbalari hujjatlar jismoniy holatining butligiga xavf soladigan darajada shikastlangan MAF hujjatlari qoniqarsiz jismoniy holatda deb hisoblanadi.
MAF hujjatlarini qoniqarsiz jismoniy holatda deb hisoblash va shoshilinch tartibda maxsus ishlov berishni tashkil etish uchun ularni maxsus hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror arxiv rahbari tomonidan, restavratorning va arxiv hujjatlarini saqlash uchun masʼul boʻlinma rahbarining ekspert xulosasi asosida qabul qilinadi.
87. Moddiy manbalarining jismoniy holatini tiklab boʻlmaydigan va ulardagi hujjatli axborotdan foydalanib boʻlmaydigan hujjatlar tuzatib boʻlmaydigan darajada zararlangan arxiv hujjatlari deb eʼtirof etiladi.
Tuzatib boʻlmaydigan darajada zararlangan hujjatlarni tan olish va hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror:
Oʻzbekiston milliy arxivlari uchun – “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan;
(87-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
tegishli hududlar uchun – hududiy arxiv ishi boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
Qaror arxiv rahbariyatining arxiv hujjatlari saqloviga javobgar boʻlgan taʼmirlovchi va boʻlinma rahbarining ekspert xulosasiga va tuzatib boʻlmaydigan darajada zararlangan hujjatlarning dalolatnomasiga (10-ilova) asosan qabul qilinadi. Mazkur qaror asosida arxiv rahbarining tuzatib boʻlmaydigan darajada zararlangan arxiv hujjatini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Tuzatib boʻlmaydigan darajada zararlangan alohida qimmatli hujjatlarni va hisobdan chiqarish va yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
88. Qogʻozli manbadagi arxiv hujjatlarining fizik va texnik holati hisobini olib borish quyidagilarda:
arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish dalolatnomasi va varagʻida;
manbai zararlangan arxiv hujjatlarining hisob kartochkasida;
matni zararlangan arxiv hujjatlarining hisob kartochkasida;
arxiv hujjatlarining jismoniy holati boʻyicha hisob kartotekasi (daftari)da amalga oshiriladi.
89. Audiovizual hujjatlarning fizik va texnik holati hisobi quyidagilarda:
kinohujjatning texnik holati boʻyicha hisob kartochkasida;
fotohujjatning texnik holati boʻyicha hisob kartochkasida;
fonohujjatning texnik holati boʻyicha hisob kartochkasida;
videohujjatning texnik holati boʻyicha hisob kartochkasida amalga oshiriladi.
Qoniqarsiz fizik holatdagi MAF hujjatlarini hisobga olish uchun maxsus daftar yuritiladi. Arxiv hujjatlarining fizik va texnik holatlarini hisobga olish boʻyicha boshqa hujjatlarga ham tegishli belgilar qoʻyiladi.
Arxiv hujjatlarining fizik va texnik holati haqidagi hisoblar qogʻoz manbada yoki nazorat-hisob hujjatlarining belgilangan rekvizitlariga muvofiq, avtomatlashtirilgan holatda amalga oshirilishi mumkin.
9-§. Arxiv hujjatlariga fizikaviy-kimyoviy va texnikaviy ishlov berish
90. Arxiv hujjatlariga fizikaviy-kimyoviy va texnikaviy ishlov berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
arxiv hujjatlarining tez eskirishi va buzilishining oldini olish;
ularning xossalarini, texnik tavsiflarini va mustahkamligini tiklash;
hujjatli axborotlarni yanada mustahkam manbalarda koʻpaytirish.
Quyidagilar qogʻozli manbadagi arxiv hujjatlariga ishlov berishning asosiy turlari hisoblanadi:
bioprofilaktika, biohimoya va biologik zararkunandalarni yoʻqotish bilan bogʻliq choralar majmui sifatida arxiv saqlovxonalarini va arxiv hujjatlarini dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya qilish;
asl arxiv hujjatlarining mustahkamligi va xossalarini tiklash boʻyicha ishlar va texnologik operatsiyalar majmui sifatida taʼmirlash (taʼmirlash-konservatsiya ishlovi berish);
alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sugʻurta nusxalari va foydalanish fondini yaratish maqsadida arxiv hujjatlarini koʻpaytirish;
oʻchib borayotgan va sust kontrast matnli arxiv hujjatlarini fototaʼmirlash;
mustahkam boʻlmagan va zararlangan manbali asl nusxalarni hujjatdagi axborot va boshqalarni saqlab qolish uchun manba nusxalariga almashtirish;
arxiv hujjatlarini muqovalash;
arxiv hujjatlarni changdan tozalash;
arxiv hujjatlarini avariya-qutqaruv ishlari rejimida, shuningdek quritish, dezinfeksiya, dezinseksiya, muzlatish, taʼmirlash, koʻpaytirish, dezaktivatsiya va maqsadli qayta ishlashning boshqa turlarini qoʻllagan holda qayta ishlash.
Audiovizual va elektron hujjatlarga manbaning fizik holatidan kelib chiqib, quyidagi taʼmirlash va konservatsiya-profilaktika ishlovi beriladi:
magnit tasmadagi arxiv hujjatlari:
maxsus tozalovchi qurilmada yuzani changdan va iflos qismlardan tozalash;
qurigan va koʻchgan yopishgichlarni almashtirish;
ikki taraflama 2 — 2,5 m. magnit tasma bilan himoyalangan magnit tasma oʻramlarini rasmiylashtirish;
arxiv hujjatlarini tashish va saqlashda harorat-namlikning oʻzgarib ketishi hisobiga yuzaga kelgan magnit tasma oʻramlaridagi ichki kuchlanishni olib tashlash maqsadida qayta oʻrash;
disk manbalaridagi arxiv hujjatlari:
changdan tozalash;
antistatik bilan artish;
kinohujjatlar, mikroformalar va kinofilmlarga fonogrammalar:
changdan tozalash;
mumini, yogʻini va boshqa iflosliklarni yoʻqotish;
perforatsiyalarni taʼmirlash;
dagʻal, tirnalgan yamoq va yopishtirgichlarni almashtirish;
91. Arxiv hujjatlariga fizik-kimyoviy va texnik ishlov berish ishlari rejali va rejadan tashqari ishlarga boʻlinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxiv hujjatlariga rejali ishlov berish ularning turli qimmatli guruhlarga mansubligini hisobga olgan holda belgilangan ketma-ketlikda, arxiv hujjatlarining fizik holati xususiyatlarini tekshirish natijalariga koʻra, arxiv imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ustuvorlik alohida qimmatli va noyob hujjatlarga beriladi.
Rejadan tashqari ishlarga arxiv hujjatlarining olov, suv, kimyoviy yoki radioaktiv boʻlgan moddalar bilan lokal yoki yoppasiga zararlanishi bilan bogʻliq boʻlgan avariya-qutqaruv vaziyatlarida bajariladigan ishlar kiradi. Arxiv hujjatlari va ularning saqlanish joylari biologik zararkunandalardan zararlanganda ularni ajratib olish, izolyatsiya qilish, ularga sanitariya ishlovi berishning tezkor choralari koʻriladi.
Arxiv hujjatlariga fizikaviy-kimyoviy va texnikaviy ishlov berish nomenklaturasi va oʻtkazish tartibi sohaga oid meʼyoriy va uslubiy hujjatlar asosida belgilanadi.
VI. Arxivlarda arxiv hujjatlaridan foydalanish
1-§. Arxivning ilmiy-maʼlumotnoma apparati
92. Har bir arxivda ilmiy-maʼlumotnoma apparati (keyingi oʻrinlarda IMA deb ataladi) shakllantirilishi va doimiy ravishda rivojlantirilishi kerak.
Arxiv hujjatlaridan foydalanishni taʼminlash uchun arxiv tomonidan foydalanuvchiga maʼlumotnoma-qidiruv vositalari (arxiv hujjatlarini va ulardagi mavjud hujjatli axborotni qidirib topishga moʻljallangan arxiv maʼlumotlari toʻplamlarida berilgan arxiv hujjatlari tavsiflari majmui) taqdim etiladi.
93. IMA tarkibiga arxivda yuritilishi majburiy boʻlgan arxiv maʼlumotlari toʻplamlari (yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlari, yoʻlkoʻrsatkichlar, tizimli katalog) va qoʻshimcha arxiv maʼlumotlari toʻplamlari (koʻrsatkichlar, sharhlar) kiradi.
Arxivda arxivning IMA tizimining tahlili va hisobining holati qogʻozli manbada (IMA holatini hisobga olish daftari, kartotekada) va/yoki avtomatlashtirilgan tartibda olib boriladi.
Davlat arxivlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida “Oʻzarxiv” agentligida MAF noyob hujjatlari davlat reyestri yuritiladi va uni shakllantirish, yuritish hamda undan foydalanishni tashkil etish tartibi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
94. Arxiv hujjatlarini roʻyxatlash (arxiv maʼlumotlar toʻplamlari uchun axborotlarni shakllantirish) uch bosqichda olib boriladi: arxiv fondi, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjati. Zarur hollarda roʻyxatlash arxiv fondlari guruhlari boʻyicha, saqlov birligi /hisob birligi guruhlari, toʻplamlar, arxiv hujjatlari guruhlari, qismlari boʻyicha olib boriladi.
Arxiv maʼlumotlar toʻplamining asosini quyidagi majburiy elementlardan tarkib topgan tavsiflash maqolasi tashkil etadi:
axborotni identifikatsiyalash maʼlumotlari (arxiv hujjatlari, arxiv fondi, saqlov birligi/hisob birligining nomi va uning toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
axborotning tarkibi va mazmuni haqidagi maʼlumotlar;
axborotlardan foydalanish va ularni kirib koʻrish shartlari haqidagi maʼlumot;
arxiv fondi tarixi boʻyicha maʼlumotlar (arxiv fondi darajasi uchun).
Zarur hollarda arxiv fondi darajasi tavsiflash maqolasiga hujjatlar asl nusxasining joylashgan joyi, fond tashkil etuvchining arxiv hujjatlarining boshqa arxiv fondlari va boshqa saqlov joylarida mavjudligi, bibliografiya haqida qoʻshimcha axborotlar kiritiladi.
95. Arxiv fondi darajasidagi arxiv maʼlumotlar toʻplamining tavsiflash maqolasiga arxiv fondining nomi, unga oid maʼlumotlar, fondga oid tarixiy maʼlumotnoma, arxiv hujjatlari tarkibi va mazmuni haqida izoh, foydalanish shartlari toʻgʻrisida axborot, bibliografiya kiritiladi.
96. Arxiv fondi haqidagi maʼlumotlar quyidagilardan iborat boʻladi:
arxiv shifri elementi (fond raqami);
hujjatlar turlari boʻyicha arxiv fondining saqlov birligi va /yoki hisob birligidagi hajmi;
har bir hujjat turi boʻyicha arxiv hujjatlarining chegaraviy sanasi;
fond ichidagi mavjud ilmiy-maʼlumotnoma apparatining roʻyxati.
97. Fondning tarixiy maʼlumotnomasi fond tashkil etuvchining va arxiv fondining tarixi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Fond tashkil etuvchining tarixi boʻyicha maʼlumotlarga uning tashkil etilgan sanasi, nomining oʻzgarishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi, idoraviy tegishliligi, tarkibi va funksiyalari, avvalgi tashkilot nomi va huquqiy vorisi haqidagi axborotlar kiradi.
Shaxsiy kelib chiqish arxiv fondining fond tashkil etuvchi haqidagi maʼlumotlariga shaxsning qisqacha tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, taxallusi, nikohgacha boʻlgan familiyasi, hayotidagi sanalar, kasbi, ishi va ijtimoiy faoliyati haqidagi maʼlumotlar) kiritiladi. Oilaviy arxiv fondi uchun oʻxshash maʼlumotlar uning har bir qarindoshi boʻyicha beriladi. Birlashgan arxiv fondi uchun umumiy tarixiy maʼlumotnoma tuziladi.
Arxiv fondining tarixi haqidagi maʼlumotlarga quyidagilar kiradi:
arxivga kelib tushgan sanasi, arxiv hujjatlarining hajmi va chegaraviy sanalari, ularning saqlanish darajasi;
shakllantirish, roʻyxatlash va tizimlashtirish xususiyatlari;
arxiv fondining tarkibi va hajmidagi oʻzgarishlar va ularning sabablari haqidagi maʼlumotlar, boshqa tashkilotlar va shaxslar arxiv hujjatlarining mavjudligi (fondlar kiritilishi);
arxiv fondiga oid ilmiy-maʼlumotnoma apparatining tarkibi.
Arxiv kolleksiyalari uchun quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
arxiv kolleksiyalarining yaratilish vaqti, shartlari va sabablari haqida;
arxiv kolleksiyasini shakllantirish prinsiplari haqida;
kolleksiyaning arxivga kelib tushishiga qadar joylashgan joyi haqida;
tuzuvchi haqida.
Fondning tarixiy maʼlumotnomasiga oʻzgartirishlar arxiv fondi hajmi oʻzgarganda, shuningdek fond tashkil etuvchi qayta tashkil etilganda, tarkibi va vazifalari oʻzgarganda va shu kabi hollarda kiritiladi.
98. Arxiv fondining arxiv hujjatlari tarkibi va mazmuni haqidagi annotatsiyasiga hujjatlarning turi va ularning fond tashkil etuvchi faoliyatining yoʻnalishi, mavzularning xronologiyasi va geografik (maʼmuriy-hududiy) chegaralarini aks ettirgan mavzulari boʻyicha qisqacha umumlashtirilgan tavsifi kiradi.
99. Arxiv fondining arxiv hujjatlarini kirib koʻrish va undan foydalanish shartlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan kirib koʻrish va ulardan foydalanish chegaralangan arxiv hujjatlarining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
alohida qimmatli, shu jumladan noyob hujjatlar asl nusxalarining hamda fizik holati qoniqarsiz boʻlgan MAF hujjatlari mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
foydalanish fondining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar kiradi.
100. Arxiv fondi bibliografiyasiga mazkur fond boʻyicha chop etilgan maʼlumotnomalar roʻyxati va ular asosida bajarilgan fondlar boʻyicha hujjatli nashrlar kiradi.
saqlov birligi/hisob birligi sarlavhasi, ular haqidagi maʼlumotlar;
asllik/nusxaliligi, manba turi (yoki eshittirish usuli), tili, tashqi xususiyatlari, arxiv hujjatlarini kirib koʻrish va ulardan foydalanish haqidagi koʻrsatma.
Tavsiflash maqolasi zarur hollarda arxiv fondining va uning tarkibiy qismining (yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati) nomi, alohida arxiv hujjatlarining yoki ularning saqlov birligi/hisob birligi bilan berilgan guruhining izohi bilan toʻldiriladi.
102. Boshqaruv hujjatlari saqlov birligi, shaxsiy kelib chiqish arxiv hujjatlarining saqlov birligi sarlavhasi quyidagilardan iborat boʻladi:
arxiv hujjatlarining turi, arxiv hujjatlari olingan yoki yuborilgan muallifi(lari), manzili(lari), korrespondent(lari);
savol yoki mavzu, voqea, dalil, joy nomi, koʻrsatilgan hujjatlar mazmuni tegishli boʻlgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
voqealar sanalari.
Zarur maʼlumotlar boʻlmaganda sarlavhaga “muallifi aniqlanmagan” degan tushuntirish maʼlumoti kiritiladi.
Kinovideohujjatning hisob birligi sarlavhasi filmning, maxsus koʻrsatuv, kinojurnal yoxud kino yoki telesyujetda aks ettirilgan voqeaning muallif qoʻygan nomini, ishlab chiqish va/yoki suratga olish sanasini, rejissor va/yoki operatorning familiyasi, ismi va otasining ismini oʻz ichiga oladi.
Fonohujjatning hisob birligi sarlavhasi fonohujjatning nomi va janri, nomi, aks ettirilgan voqeaning nomi, joyi va sanasini oʻz ichiga oladi. Fonohujjatning nomi boʻlmaganda telekoʻrsatuv yoki radioeshittirish, chiqishlar, suhbatlar va boshqalarning asosiy mazmuni koʻrsatiladi.
Adabiyot va sanʼat asari yozuvi boʻlgan fonohujjatning hisob birligi sarlavhasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi: asarning nomi va janri, matnning qoʻshtirnoqqa olingan birinchi qatori — agar fotohujjat muallif qoʻygan nomga ega boʻlmagan va oldin nashr etilmagan asar boʻlsa; asarning oʻzi va uning qayta ishlangani, qayta joylashtirilishi, tarjimasining muallifi va/yoki ijrochilarining familiyasi, ismi va otasining ismlari, fonohujjat tili.
Fotohujjatning saqlov birligi sarlavhasi fotoalbom, slayd, negativ nomi va tasvirining tavsifi, muallifning familiyasi, ismi va otasining ismlari, tasvirga olingan joyi va sanasini oʻz ichiga oladi.
103. Saqlov birligi/hisob birligi haqidagi maʼlumotlar quyidagilardan iborat boʻladi:
saqlov birligi/hisob birligining hajmi: qogʻozli manbadagi arxiv hujjatlari uchun – varaqlar soni; kinovideofonohujjatlar uchun (turiga qarab) – hisob birligidagi saqlov birligi yoki saqlov birligidagi hisob birligi soni, metraji, xronometraji, eshittirish vaqti (daqiqa va soniyalarda); fotohujjatlar uchun – saqlov birligini tashkil qiluvchi negativlar soni; fotoalbomlar uchun – fotosuratlar soni;
arxiv hujjatlarining chegaraviy sanalari: audiovizual hujjatlar uchun — yozish yoki qayta yozish sanasi.
104. Arxiv IMAni tashkil etishda faqat arxiv maʼlumotlar toʻplamining tavsiflash maqolasini tuzish emas, balki ularning har bir turi va shaklini tayyorlash xususiyatlari hisobga olinadi.
105. Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati saqlov birligi/hisob birligining tavsiflash maqolasi, yakuniy yozuv, yigʻmajildning tasdiq varagʻi (7-ilova) va roʻyxatga maʼlumotlar toʻplamidan iborat boʻladi.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining maʼlumotlar apparatiga quyidagilar kiradi:
titul varagʻi:
mundarija, soʻz boshi;
qisqartmalar roʻyxati;
arxiv shifrlarining (roʻyxatni qayta ishlashda) oʻzgartirish jadvallari;
koʻrsatkichlar.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatining titul varagʻida arxivning toʻliq nomi va arxiv fondining nomi va raqami, roʻyxatning nomi va raqami, roʻyxatga kiritilgan arxiv hujjatlarining chegaraviy sanalari joylashtiriladi.
Soʻz boshi har bir yigʻmajild (hujjat) roʻyxatiga yoki arxiv fondining barcha roʻyxatlariga umumiy tuziladi. Soʻz boshida fond tashkil etuvchi va arxiv fondining qisqacha tarixi, arxiv hujjatlari tarkibi va mazmunining izohi (saqlov birligi/hisob birligi turlari va shakllari, mazmuni boʻyicha bir xil guruhlar boʻyicha ajratilib), roʻyxatga maʼlumot apparati tarkibi haqidagi maʼlumot beriladi. Arxiv fondining har bir roʻyxatiga alohida soʻz boshi tuzishda fond tashkil etuvchi va arxiv fondi tarixi haqidagi umumiy maʼlumotlar birinchi roʻyxatning soʻz boshiga joylashtiriladi.
Zarur hollarda yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatiga umumiy va maxsus koʻrsatkichlar tuziladi.
106. Arxiv zarur hollarda yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatini takomillashtirishi va qayta ishlanishini tashkillashtiradi.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatini takomillashtirish — roʻyxatning axborotdorligini oshirish, saqlov birligi/hisob birligi sarlavhalarini (ularning tizimlashtirilganligini oʻzgartirmasdan) aniqlashtirish, roʻyxatga zarur maʼlumotlar apparatini tuzish boʻyicha ishlar majmuidir.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatini qayta ishlash — arxiv hujjatlarini izlash va hisobga olish talablariga javob bermaydigan eski roʻyxat oʻrniga yangi roʻyxatni tuzishdir. Roʻyxatni qayta ishlash quyidagilardan iborat boʻladi:
saqlov birligi/hisob birligining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazgan holda ularning fondga tegishliligini aniqlashtirib oʻrganish;
saqlov birligi/hisob birligi sarlavhalarini aniqlashtirish yoki tuzish;
chegaraviy sanalarni belgilash va aniqlashtirish, yangi tizimlashtirish sxemasi boʻyicha saqlov birligi/hisob birligini qayta tizimlashtirish va roʻyxat uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar apparatini tuzish.
Roʻyxatni qayta ishlashda saqlov birligi/hisob birliklari arxiv shifrlarining yangi va eski koʻchirma jadvali tuziladi.
Qayta ishlangandan soʻng yigʻmajildlar (hujjatlar)ning eski roʻyxatini yoʻq qilish taqiqlanadi. Eski roʻyxatlar yangi roʻyxatlar boʻyicha alohida saqlanish birliklari huquqida qayd etiladi va oʻzining sarlavhasi ostida yangi roʻyxatning oxirgi raqamidan keyin joylashtiriladi va unga “Roʻyxat qayta tuzilgan. Qarang: roʻyxat №... raqamda” belgisi yoziladi.
107. Yoʻlkoʻrsatkich arxiv fondi darajasida tavsiflash maqolasi va maʼlumotlar apparatidan tashkil topadi.
Quyidagilar yoʻlkoʻrsatkich turlari hisoblanadi:
arxiv (arxivlar) fondlari boʻyicha yoʻlkoʻrsatkich;
arxiv (arxivlar) fondlari boʻyicha qisqacha maʼlumotlar toʻplami;
arxiv (arxivlar) fondlari boʻyicha mavzuli yoʻlkoʻrsatkich.
Shu bilan birga, yoʻlkoʻrsatkichlar arxiv (arxivning ichki) va arxivlararo turlariga boʻlinadi.
Yoʻlkoʻrsatkich turi va tuzilishi sxemasi uning maqsadli vazifasiga qarab aniqlanadi.
Arxiv (arxivlar) fondlari boʻyicha yoʻlkoʻrsatkichning asosiy qismi arxiv fondlari yoki arxiv fondi guruhlarining tavsiflash maqolalaridan tashkil topadi. Arxiv (arxivlar) fondlari boʻyicha yoʻlkoʻrsatkichga barcha ochiq arxiv fondlari haqidagi maʼlumotlar kiritilishi kerak. Ayrim arxiv fondlari izohlanmaydigan arxiv fondlari roʻyxati tarzida berilgan boʻlishi mumkin.
Arxiv (arxivlar) fondlari boʻyicha qisqacha maʼlumotlar toʻplamining asosiy qismi arxiv fondlari yoki arxiv fondlari guruhlariga tavsiflash maqolalarining tizimlashtirilgan roʻyxatidan iborat boʻladi.
Qisqa maʼlumotlar toʻplamlari izohlangan va izohlanmagan turlarga boʻlinadi. Izohlangan qisqacha maʼlumotlar toʻplamining tavsiflash maqolalari fond tashkil etuvchining barcha qayta nomlanishi bilan arxiv fondi nomidan, arxiv fondi haqidagi maʼlumotlardan va ushbu fondning arxiv hujjatlariga qisqacha izohdan tashkil topadi. Izohlanmagan qisqacha maʼlumotlar toʻplamining tavsiflash maqolalari arxiv fondining nomi va uning haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
108. Arxiv (arxivlar) fondi boʻyicha mavzuli yoʻlkoʻrsatkichning asosiy qismi arxiv fondlari va ularning qismlariga aniq mavzu boʻyicha tavsiflash maqolalarining tizimlashtirilgan roʻyxatidan tashkil topadi.
109. Har xil turdagi yoʻlkoʻrsatkichning maʼlumotlar apparatiga titul varagʻi, mundarija, soʻz boshi, qisqartmalar roʻyxati, ilovalar, koʻrsatkichlar kiradi. Yoʻlkoʻrsatkichga umumiy bibliografiya tuziladi.
Koʻp qismli yoʻlkoʻrsatkichlar nashrlarida maʼlumotlar apparati umuman nashr uchun va alohida qismlar uchun tuziladi.
110. Kataloglar arxiv katalog tizimini tashkil etadi. Arxivning kataloglar tizimi tarkibi arxiv hujjatlari tarkibi va mazmuni, ulardan tez-tez foydalanilishi, arxiv fondlarining ishlab chiqilganlik darajasi, boshqa arxiv maʼlumotlar toʻplamlarining turlari mavjudligi va sifati bilan belgilanadi.
Tizimli va nomli kataloglar kataloglar tizimining asosiylari hisoblanadi.
Kataloglarning tavsiflash maqolalari quyidagilardan iborat boʻladi:
tuzuvchining familiyasi va tavsiflash maqolasining tuzilgan sanasi.
Katalog boʻlimlari orasidagi katalog boʻlimlarining boshqa arxiv maʼlumotlar toʻplamlari bilan aloqalarini oʻrnatish uchun havolalar tizimi qoʻllaniladi.
111. Koʻrsatkichlar quyidagilarga boʻlinadi:
fondga tegishliligi boʻyicha — fondning tarkibidagi, fondlararo, arxivlararo koʻrsatkichlar;
maʼlumot mazmuni boʻyicha — mavzuli, predmetli (umumiy va maxsus), xronologik koʻrsatkich.
Nomli va geografik koʻrsatkichlar predmetli koʻrsatkichning turlari hisoblanadi.
Koʻrsatkichlar arxivning IMA tizimidagi mustaqil arxiv maʼlumotlari boʻlishi yoki boshqa turdagi arxiv maʼlumotlarining yordamchi maʼlumotlar apparati turiga kirishi mumkin.
Har xil turdagi koʻrsatkichning tavsiflash maqolasi predmetli tushuncha (rukn) va arxiv shifridan tashkil topadi.
Koʻrsatkichda oʻxshash predmetli tushunchalar orasida aloqa oʻrnatish uchun havolalar tizimi qoʻllaniladi.
112. Sharhlar fondlar sharhlari va mavzuli sharhlarga boʻlinadi.
Fond sharhi bitta arxiv fondining arxiv hujjatlari tarkibi va tuzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Mavzuli sharh muayyan mavzu boʻyicha bitta yoki bir nechta arxivlarning bir yoki guruh arxiv fondlari arxiv hujjatlarining tarkibi va tuzilishi toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Sharhning maʼlumot apparatiga titul varagʻi, mundarija, soʻz boshi, qisqartmalar roʻyxati, koʻrsatkichlar kiradi. Mavzuli sharhga unda keltirilgan fondlar roʻyxati va sharh mavzusi boʻyicha bibliografiya tuzilgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
113. Arxiv maʼlumotlari toʻplamlari arxivda tezkor va keng koʻlamli qidiruvni tashkil etish imkonini taʼminlash va hujjatli maʼlumot taqdim etish uchun avtomatlashtirilgan usulda (shu jumladan masofadan foydalanish usulida) olib borilishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan IMAni maʼlumotlar bilan boyitishni arxiv maʼlumotlar toʻplamining arxiv fondi darajasidagi tavsiflash maqolalari mazmuni, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjati hamda kalit soʻzlar va rubrikatorlardan iborat boʻladi.
Avtomatlashtirilgan IMAni yuritishda “mavzu”, “personal”, “geografiya” soʻzlari kalit soʻzlarning turlari hisoblanadi. Zarur hollarda kalit soʻzlarning boshqa turlari tuzilishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan IMAda hujjatli axborotlarni tarkiblashtirish va qidirish uchun indekslari boʻlgan tizimli va mavzuli tushunchalar sxemalari rubrikatorlar hisoblanadi.
2-§. Arxiv hujjatlarini arxiv saqlovxonalaridan berishga umumiy talablar
114. Arxiv hujjatlari arxiv saqlovxonalaridan quyidagi holatlarda:
arxiv saqlovxonasi (hujjatlar saqlovini taʼminlash boʻlimi) mudirining yozma ruxsatnomasi boʻlganda — arxivning oʻquv zalidagi foydalanuvchilarga va arxiv xodimlariga arxivning ishchi xonalarida xizmat maqsadlari uchun;
arxiv rahbari yoki uning oʻrinbosarining yozma ruxsatnomasi boʻlganda — fond tashkilotchilariga, sud, huquq-tartibot organlari va boshqa organ vakillariga ulardan kafolat xati boʻlgan taqdirda vaqtinchalik ishlatish uchun;
tashkilotlarga — koʻrgazma oʻtkazishga shartnoma hamda arxiv rahbarining tegishli buyrugʻi mavjud boʻlganda koʻrgazma uchun;
arxiv laboratoriyasi xodimlariga, maxsus tashkilotlarga — maxsus tashkilot bilan tegishli shartnoma boʻlganda sugʻurta va foydalanish fondini tashkil etish boʻyicha ishlarni tashkil etish va arxiv hujjatlariga maxsus ishlov berish uchun beriladi.
115. Foydalanish fondiga ega boʻlgan arxiv hujjatlari arxiv saqlovxonalaridan berilmaydi.
Ilmiy roʻyxatlanmagan va texnik rasmiylashtirilmagan arxiv hujjatlari arxiv saqlovxonalaridan foydalanish va sugʻurta fondini tashkil etish ishlarini olib borish uchun berilmaydi.
Alohida qimmatli hujjatlarning asl nusxalarini, shuningdek noyob hujjatlarni hamda jismoniy holati qoniqarsiz boʻlgan MAF hujjatlarini arxiv saqlovxonalardan berish istisno holatlarda faqat arxiv rahbarining yozma ruxsati bilan berilishi mumkin.
116. Arxiv hujjatlarini arxiv saqlovxonalaridan berish va ularni qaytarib olish, shu jumladan arxiv saqlovxonalaridan ularni berishdan avval va qaytarib olishda arxiv hujjatlarining holati va mavjudligini varaqma-varaq tekshirishni arxiv saqlovxonasi xodimi amalga oshiradi. Arxivning oʻquv zalidan foydalanuvchilar tomonidan arxiv hujjati qaytarilayotganda hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirishni arxivning oʻquv zali xodimi amalga oshiradi.
117. Arxiv saqlovxonasidan arxiv hujjatini berishdan oldin uning varaqma-varaq mavjudligi va holatini majburiy tekshirish quyidagilarga taalluqlidir:
noyob va alohida qimmatli hujjatlar;
rasmiylashtirilishida yoki ilovalarida qimmatbaho toshlar va metallar boʻlgan arxiv hujjatlari;
broshyuralanmagan arxiv hujjatlari;
avval arxiv saqlovxonasidan berilmagan yigʻmajildlar va tasdiqlov varaqlariga ega boʻlmagan arxiv hujjatlari;
kolleksionerlar qiziqishini uygʻotuvchi dastxatlar, chizma hujjatlar, pochta va gerb belgilari, muhrlar, manzili koʻrsatilgan, markali konvertlar va boshqa arxiv hujjatlari.
Varaqma-varaq tekshirilishi lozim boʻlgan boshqa yigʻmajildlar tarkibi ekspert-uslubiy komissiya xulosasi asosida arxiv rahbari tomonidan belgilanadi.
Varaqma-varaq tekshiruv oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgi tasdiqlov varagʻiga qoʻyiladi (7-ilova).
Arxiv saqlovxonasidan beriladigan saqlov birliklari va yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxati oʻrniga karta-oʻrinbosar qoʻyiladi.
118. Arxiv saqlovxonasidan beriladigan arxiv hujjatlarida arxiv shifri, raqamlangan varaqlar, tasdiqlov varagʻi (7-ilova) va hujjatlardan foydalanish varagʻi (11-ilova) boʻlishi kerak.
119. Arxiv saqlovxonasidan arxiv hujjatlarini berishga tayyorlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
arxiv hujjatlarini olish;
yigʻmajildlar (hujjatlar)ning arxiv shifrini, sarlavhasini (annotatsiyalarni) yigʻmajildlar (hujjatlar)ning roʻyxati (hisobga olish va roʻyxatlash daftari) bilan solishtirish;
arxiv yigʻmajildlarini varaqma-varaq tekshirish — belgilangan holatlarda.
Arxiv hujjatlarining arxiv shifrini va yigʻmajildlar (hisob va roʻyxat daftari) bilan solishtirish yigʻmajild muqovasi va titul varagʻining toʻgʻri rasmiylashtirilganligini, audiovizual, elektron hujjatlarni birlamchi saqlash vositalarini, saqlov birliklarining sarlavhasi va shifrining toʻgʻri tuzilganligini tekshirishni nazarda tutadi. Agar tuzatishlar koʻplab kiritiladigan boʻlsa muqova va titul varagʻi almashtiriladi, avvalgi muqovasi esa zarur hollarda saqlab qolinadi.
Yigʻmajildlardan chiqarilgan alohida arxiv hujjatlarini arxiv saqlovxonasidan berishga tayyorlashda ushbu hujjatlar har bir varagʻining orqa betida arxiv hujjatining matnidan boʻsh boʻlgan joyga arxiv shifri koʻrsatilgan shtamp qoʻyiladi.
3-§. Arxiv hujjatlari beriladigan muddatlar va ularni rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
120. Arxiv saqlovxonalaridan arxiv hujjatlari quyidagi muddatlarga beriladi:
oʻquv zalida foydalanuvchilarga va arxiv xodimlariga — bir oygacha (ikki haftadan koʻp muddatga berilmaydigan alohida qimmatli hujjatlardan tashqari);
sud, huquqni muhofaza qilish organlariga va boshqa vakolatli organlarga — olti oygacha.
Koʻrgazma uchun arxiv saqlovxonasidan beriladigan arxiv hujjatlari koʻrgazmalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan muddatga beriladi.
Arxiv hujjatlarini sugʻurta fondi, foydalanish fondi va maxsus ishlov berish uchun berish muddati arxivning ish rejasi va tegishli ishlarning boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Arxiv hujjatlarini berishda muddatlarni uzaytirish arxiv rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
121. Arxiv hujjatlarini arxiv saqlovxonasidan berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxasini arxiv saqlovxonasidan berish boʻyicha har bir arxiv saqlovxonasi boʻyicha va qanday maqsadlarda berish boʻyicha alohida daftarlarda yoki elektron tarzda roʻyxatga olinadi.
(121-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Arxiv hujjatlarini arxiv oʻquv zaliga berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlarini berish boʻyicha buyurtma (talabnoma) asosida rasmiylashtiriladi va arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini arxivning oʻquv zaliga berish daftarida yoki elektron tarzda roʻyxatga olinadi va uni arxivning oʻquv zali xodimi imzolaydi. Foydalanuvchining bajarilgan buyurtmasi (talabnomasi) arxiv hujjatlari bilan birga arxivning oʻquv zaliga yuboriladi va foydalanuvchining shaxsiy yigʻmajildida saqlanadi.
(121-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxiv hujjatlarini xizmat maqsadlari uchun arxiv xodimiga berish tegishli boʻlinma rahbari tomonidan imzolanadigan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatini berish toʻgʻrisidagi buyurtma (talabnoma) asosida rasmiylashtiriladi. Buyurtma (talabnoma) arxiv hujjatlarini olgan xodim tomonidan har bir olingan saqlov birligi uchun imzo qoʻyadigan arxiv saqlovxonasidan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini xizmat xonalariga berish daftarida roʻyxatga olinadi. Buyurtma (talabnoma) arxiv saqlovxonasida saqlash muddati tugagunga qadar saqlanadi.
Arxiv hujjatlarini arxiv laboratoriyasiga berish tegishli ishlarni amalga oshirishga buyurtma bilan rasmiylashtiriladi va arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini arxiv saqlovxonasidan laboratoriyaga berish daftarida roʻyxatga olinadi, laboratoriya xodimi tomonidan hujjat olinganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyiladi. Buyurtma laboratoriyada va arxivning tegishli boʻlinmasida hisobga olinadi hamda arxiv hujjatlari bilan ishlashning barcha bosqichlarini nazorat qiluvchi hujjat sifatida xizmat qiladi.
Arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanishga berish arxiv saqlovxonasidan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini vaqtincha foydalanishga berish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladigan arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
122. Foydalanish fondidan arxiv hujjatlarining nusxalarini berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlarini berishga buyurtma (talabnoma) bilan rasmiylashtiriladi va markazlashtirilgan holda yoki har bir arxiv saqlovxonasi boʻyicha alohida yuritiladigan foydalanish fondini berish daftarida yoki elektron tarzda roʻyxatga olinadi.
(122-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
123. Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlari besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Yagona nusxada boʻlgan, markazlashgan holda saqlanayotgan yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlarini berish, qoidaga koʻra, bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga, arxiv rahbari yoki uning oʻrinbosarining ruxsati bilan amalga oshiriladi va arxiv hujjatlarining aslini berishdagi kabi tartibda rasmiylashtiriladi.
Yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatlarini berish arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini, yigʻmajildlar (hujjatlar) roʻyxatini berishga buyurtma (talabnoma) bilan rasmiylashtiriladi va arxiv hujjatxonalaridan arxiv hujjatlarini, foydalanish fondi nusxalarini berish daftarida yoki elektron tarzda roʻyxatga olinadi, unga roʻyxatni olgan arxiv xodimi yoki foydalanuvchi imzo qoʻyadi.
(123-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
4-§. Berilgan arxiv hujjatlarining saqlanishini nazorat qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
124. Arxiv hujjatlari berilganligi toʻgʻrisidagi daftarni solishtirish yilning har choragida yoki yarim yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Daftarni solishtirish natijasida arxiv hujjatlarini qaytarish muddati buzilganligi holatlari boʻlsa, uning sabablari aniqlanadi va arxiv hujjatlarini qaytarish choralari koʻriladi. Agar arxiv hujjatlarini arxiv saqlanadigan joyga qaytarish muddatlari ulardan foydalanish davom etayotganligi bilan bogʻliq boʻlsa, arxiv hujjatlarini berish qaytadan rasmiylashtiriladi. Arxiv hujjatlarini qaytarish sababsiz kechiktirilgan taqdirda ularni arxiv saqlovxonalariga darhol qaytarish choralari koʻriladi.
125. Arxiv hujjatlarining saqlanishini nazorat qilishda arxiv hujjatlarining saqlovini taʼminlashga masʼul boʻlim arxiv saqlovxonasidan berilgan arxiv hujjatlarining saqlov holatini tekshirishni amalga oshiradi. Tekshirish reja asosida yoki zarur hollarda arxiv rahbari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
126. Arxiv hujjatlari arxiv saqlovxonasiga qaytarilganda belgilangan tartibda ularning varaqlar boʻyicha jismoniy holatini tekshirish amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini berish toʻgʻrisidagi daftarda arxiv hujjatlari qaytarilganligi toʻgʻrisida ularning xodimlari yoki fond tashkil etuvchilari ishtirokida belgi qoʻyiladi. Agar qaytarilgan arxiv hujjatlariga zarar yetkazilganligi aniqlansa, bu haqda arxiv saqlovxonasi xodimi va hujjatni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadigan erkin shakldagi dalolatnoma tuziladi va u koʻrib chiqish uchun arxiv rahbariga taqdim etiladi.
127. Arxiv foydalanuvchilarni arxiv hujjatlarining saqlovi taʼminlanishi uchun javobgar ekanliklarini va arxiv hujjatlari bilan ishlash qoidalariga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq rioya etishlarini maʼlum qilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
128. Arxiv hujjatlari oʻgʻirlangan yoki zararlangan, shu jumladan ularning matniga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa (bu — arxiv hujjati zararlangan deb hisoblansa), arxiv darhol tegishli ariza bilan arxiv joylashgan joy boʻyicha ichki ishlar organiga va “Oʻzarxiv” agentligiga murojaat qiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zararning toʻlanishi choralarini koʻradi.
5-§. Foydalanuvchilarning soʻrovlarini bajarish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
129. Foydalanuvchining soʻrovi talabnomada yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun — familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili va/yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu (masala) va soʻralayotgan maʼlumotning xronologiyasi koʻrsatilgan boʻlsa arxiv tomonidan koʻrib chiqiladi va bajariladi.
Foydalanuvchining soʻrovi arxiv boshligʻi yoki vakolatli shaxs (shaxslar) tomonidan koʻrib chiqiladi, tegishli boʻlim yoki bevosita ijrochiga bajarish uchun yuboriladi va soʻrov predmetiga taalluqli arxiv hujjatlari va/yoki bosma nashrlar boʻyicha bajariladi.
Arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari tarkibiga aloqasi boʻlmagan soʻrov roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 5 kun mobaynida, zarur arxiv hujjatlari saqlanayotgan boshqa arxivga yoki tashkilotga, foydalanuvchiga maʼlum qilgan holda bajarish uchun joʻnatiladi yoki foydalanuvchiga tegishli tavsiyalar beriladi.
Soʻrov foydalanuvchining elektron pochtasi va/yoki pochta manzili koʻrsatilgan holda arxivga Internet orqali kelib tushganda foydalanuvchiga uning soʻrovi koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki koʻrib chiqilmasligi asoslangan holda maʼlum qilinadi. Koʻrib chiqishga qabul qilingan murojaat (soʻrov) qogʻozga chiqariladi yoki elektron baza mavjud boʻlsa — unga qoʻshiladi va keyinchalik u bilan ishlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchining soʻroviga javob Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida yoki soʻrov-murojaat yozilgan tilda beriladi.
Arxiv jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni qabulxonada yoki maʼlumot berish stolida amalga oshiradi va belgilangan shaklda ularning hisobini olib boradi. Arxivning rahbariyati va masʼul xodimlari jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va ularning soʻrovlarini koʻrib chiqishni tashkil qilishga shaxsan javobgardirlar.
(129-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
130. Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining oʻz funksiyalarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlgan mavzuli soʻrov 20 ish kunida, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar ushbu Nizomning 131-bandida belgilangan muddatda koʻrib chiqiladi. Bunday soʻrov bepul bajariladi.
Mavzuli soʻrovlar toifasiga mulkiy huquqlar, turar joylar, alohida faktlar, voqealar, evakuatsiyani, shuningdek, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) kiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning mavzuli soʻrovlari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga muvofiq bajariladi.
Xorijiy davlatlardan kelib tushadigan soʻrovlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan arxiv hujjatlari boʻyicha soʻrovlar ijrosini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq bajariladi.
(130-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
131. Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrov arxiv tomonidan belgilangan tartibda bajariladi.
Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovni arxivda bajarish muddati roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab:
ish haqi toʻgʻrisidagi soʻrov umumiy tartibda 20 ish kuni, tezlashtirilgan tartibda 10 ish kuni;
ish staji toʻgʻrisidagi soʻrov umumiy tartibda 5 ish kuni, tezlashtirilgan tartibda 3 ish kuni;
oʻquv muassasalarida oʻqiganlikni tasdiqlash toʻgʻrisidagi soʻrov 2 ish kuni;
yuridik shaxsni qayta nomlash, mukofotlanganlikni tasdiqlash 5 ish kunini tashkil etadi.
Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi takroriy soʻrovni bajarishda yoki foydalanuvchining iltimosiga koʻra arxiv maʼlumotnomasi qayta tayyorlanayotganda, arxiv maʼlumotnomasiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi arxiv hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi va qoʻshimcha maʼlumotlar aniqlanganda, ularni takroriy berilayotgan maʼlumotnomaga kiritiladi.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
6-§. Arxiv maʼlumotlarini, arxiv koʻchirmalarini va arxiv nusxalarini rasmiylashtirish
132.Arxiv maʼlumotnomasi (12-ilova) va arxiv koʻchirmasi hujjatga “Arxiv maʼlumotnomasi”, “Arxiv koʻchirmasi”belgisi bilan tuziladi.
133. Arxiv maʼlumotnomasidagi matn hodisalarning xronologik ketma-ketligi boʻyicha, arxiv hujjatlarining turlarini va ularning sanalarini koʻrsatgan holda beriladi. Arxiv maʼlumotnomasida arxiv hujjatlaridan iqtibos keltirishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Agar boshqa maʼlumotlarning mos kelishi shaxs va faktlarning arxiv hujjatlarida koʻrsatilganlariga mos kelishiga shubha uygʻotmasa soʻrovda bayon etilgan maʼlumotlar bilan arxiv hujjatlaridagi maʼlumotlarning mos kelmasligi ularni arxiv maʼlumotnomasiga kiritishga toʻsqinlik qilmaydi. Arxiv maʼlumotnomasida bu maʼlumotlar arxiv hujjatlarida qanday keltirilgan boʻlsa xuddi shunday yoziladi, mos kelmagan, aniq boʻlmagan nomlar, ismi, familiyasi va otasining ismi koʻrsatilmaganligi yoki ulardan faqat birining borligi maʼlumotnomadagi matnda qavsda koʻrsatiladi (“Hujjatda shunday”, “Matnning asl nusxasida shunday”).
Bir necha tashkilotlar, taʼlim muassasalarida ishlaganlik, oʻqiganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bitta arxiv maʼlumotnomasiga kiritiladi.
Arxiv maʼlumotnomasi boʻyicha izohlarda tushunarsiz yozilgan, muallif tomonidan kiritilgan tuzatishlar, asl nusxasidagi matnga zarar yetganligi hollari koʻrsatiladi (“Asl nusxada shunday”, “Matnda tushunarsiz”).
Arxiv maʼlumotnomasi matniga oʻzgartirishlar, tuzatishlar, sharhlar, arxiv maʼlumotnomasini tuzishga asos boʻlgan arxiv hujjatlari mazmuni boʻyicha ijrochining shaxsiy xulosalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Arxiv maʼlumotnomasi oxirida maʼlumotnomani tayyorlashda foydalanilgan arxiv hujjatlari saqlov birliklarining arxiv shifrlari va betlari raqamlari, bosma nashrlar keltiriladi. Arxiv maʼlumotnomasi matnida arxiv hujjatlarining saqlov birliklari arxiv shifrlari va betlari raqamlarining har bir fakt va hodisa yozilgandan soʻng keltirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hajmi bir betdan ortiq boʻlgan arxiv maʼlumotnomasi betlari tikilishi, raqamlanishi va arxiv muhri (yuridik shaxs boʻlmagan idoraviy arxivlar uchun – tegishli tashkilot muhri) qoʻyilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi koʻzda tutilgan arxiv maʼlumotnomasi arxiv rahbari tomonidan (yuridik shaxs boʻlmagan idoraviy arxivlar uchun — tegishli tashkilot rahbari tomonidan) tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanilishi koʻzda tutilgan arxiv maʼlumotnomasi arxiv rahbari tomonidan imzolanadi va unga muhr (yuridik shaxs boʻlmagan idoraviy arxivlar uchun — tegishli tashkilot muhri) qoʻyiladi.
(133-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Zarur hollarda arxiv maʼlumotnomasiga maʼlumotnomada keltirilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi arxiv hujjatlari nusxalari yoki ulardan koʻchirmalar ilova qilinadi.
Soʻrov ijrosini taʼminlash uchun arxivda arxiv hujjatlari boʻlmagan taqdirda arxiv blankasida soʻrov mavzusiga oid arxiv hujjatlarining tarkibi toʻliqmasligi toʻgʻrisida javob tayyorlanadi. Zarurat boʻlganda, javob muhr bilan tasdiqlanishi mumkin.
(133-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Soʻralayotgan maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan arxiv hujjatlarining yoʻqolganligi, shikastlanganligi (yongʻin, suv bosishi va boshqa favqulodda holatlarda) hujjatlar asosida tasdiqlanganda arxiv bu haqda, zarur hollarda, arxivning muhri qoʻyilgan maʼlumotnoma beradi.
(133-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
134. Arxiv koʻchirmasida arxiv hujjatining nomi, raqami va sanasi toʻliq koʻrsatiladi. Soʻrov boʻyicha maʼlumotlarning hammasi arxiv hujjatlaridan koʻchirilishi lozim. Har bir koʻchirmaning boshi va oxiri hamda matnda tushirib qoldiriladigan ayrim soʻzlar koʻpnuqtalar bilan belgilanadi.
Arxiv koʻchirmasi matni izohlariga matn aslining tushunarsiz yozilgan, muallif tomonidan tuzatishlar kiritilgan, matnning buzilishi oqibatida oʻqib boʻlmaydigan qismlari va boshqalar toʻgʻrisida maʼlumot kiritiladi. Asl nusxadagi aniqligiga shubha boʻlgan alohida soʻzlar va ifodalar “Matnning aslida shunday”, “Hujjatda shunday” deb izohlanadi. Arxiv koʻchirmasi matnidan soʻng arxiv hujjati saqlov birligining arxiv shifri va varaqlar raqami koʻrsatiladi.
Soʻrovlar boʻyicha berilgan arxiv koʻchirmalarining aynanligi arxiv rahbari yoki vakolatli shaxsning imzosi va arxiv muhri (yuridik shaxs boʻlmagan idoraviy arxivlar uchun – tegishli tashkilot muhri) bilan tasdiqlanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
135. Arxiv nusxasining har bir varagʻi orqasiga arxiv hujjati saqlov birliklarining arxiv shifri va varaqlarning raqamlari qoʻyiladi. Arxiv nusxasining hamma varaqlari tikiladi va tikish joyida arxiv rahbari yoki vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborishga moʻljallangan arxiv nusxasi muhr va arxiv rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
136. Arxiv maʼlumotnomasi, arxiv koʻchirmasi, arxiv nusxasi va soʻrovlarga javoblar oddiy xat sifatida pochta yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
(136-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
MDHga qatnashchi davlatlarga yuborilishi moʻljallangan arxiv maʼlumotnomasi, arxiv koʻchirmasi, arxiv nusxasi, soʻralgan maʼlumotlarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi javoblar bevosita ariza beruvchilarning manzillariga yoki elektron manzillariga arxiv tomonidan yuboriladi.
(136-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
MDHga qatnashchi boʻlmagan davlatlarga yuborilishi moʻljallangan arxiv maʼlumotnomasi, arxiv koʻchirmasi, arxiv nusxasi, soʻralgan maʼlumotlarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi javoblar rasmiylashtiriladi va soʻrovlar (anketalar, shaxsiy arizalar va shu kabilar) bilan birga belgilangan tartibda “Oʻzarxiv” agentligiga yuboriladi.
Fuqaro yoki uning ishonchli vakili arxivga shaxsan murojaat qilganda arxiv maʼlumotnomasi, arxiv koʻchirmasi va arxiv nusxasi fuqaroga uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat koʻrsatilgan holda; ishonchli vakilga – belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma koʻrsatilgan holda beriladi. Arxiv maʼlumotnomasini va arxiv koʻchirmasini oluvchi ularning nusxalariga yoki ularga qoʻshimcha xatlar orqasiga ularni olgan sanasini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.
Ijtimoiy-huquqiy mazmundagi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha hujjatlar soʻralgan chet eldan tushgan soʻrovlar ijrosi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(136-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/706/1497-son)
7-§. Arxiv oʻquv zalida foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
137. Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish uchun arxivda ovozli hujjatlarni eshitish, arxiv hujjatlarining mikronusxalari, audiovizual va elektron hujjatlar bilan ishlash uchun maxsus qurilmalar bilan jihozlangan xona mavjud boʻlgan oʻquv zali, koʻrish uchun moʻljallangan zal faoliyat koʻrsatadi. Alohida ajratilgan xona mavjud boʻlmasa foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish arxiv xodimining nazorati ostida xizmat xonasida amalga oshiriladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxivning oʻquv zalida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi, ularning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi. Arxiv foydalanuvchilarni ushbu Nizom bilan tanishtirishi shart. Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, arxiv ularga xizmat koʻrsatish vaqti va navbatini belgilashi mumkin.
(137-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/706/1497-son)
Foydalanuvchi tomonidan arxiv hujjatlari oʻgʻirlanganda yoki arxiv hujjatlariga, texnik jihozlarga va mulkka zarar yetkazilgan hollarda arxiv oʻzi joylashgan hududdagi ichki ishlar organlariga va “Oʻzarxiv” agentligiga murojaat qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, yetkazilgan zararni qoplashning boshqa choralarini koʻradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
138. Foydalanuvchilarning buyurtmalariga koʻra arxivning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda arxiv hujjatlarining kseronusxalari, mikronusxalari, fotoizlari, kinonusxalari, videonusxalari, ovozli hujjatlar nusxalari hamda elektron manbalardagi nusxalari tayyorlanishi mumkin.
Jismoniy holati qoniqarsiz boʻlgan MAF hujjatlaridan nusxa olinmaydi.
Foydalanilishi imkoniyati cheklangan (maxfiy va konfidensial maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan) arxiv hujjatlaridan nusxa olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nusxa olishga berilgan buyurtmalarni bajarish tartibi, shu jumladan arxiv nusxalari olinadigan hajm, yigʻmajildlar (hujjatlar)ning eʼlon qilinmagan roʻyxatlari, boshqa arxiv maʼlumot-qidiruv vositalari va maʼlumotlar bazalari, nusxalarni tayyorlash narxi va ularni tayyorlash uchun hisob-kitob qilish tartibi arxiv rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Arxiv hujjatlarining nusxalari foydalanuvchilarga, ularning ishonchli vakillariga beriladi yoki koʻrsatilgan manzil boʻyicha yuborilishi mumkin.
Nusxa olishga berilgan buyurtmalarning hisobini olib borish qogʻozli manbalarda yoki avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
8-§. Arxiv hujjatlarini tashish va boshqa joyga koʻchirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
139. Arxiv hujjatlari har qanday masofaga tashilganda ularni atrof muhitning zararli omillari taʼsiridan muhofaza qilish va himoyalash boʻyicha arxiv hujjatlarini yogʻinlardan, yorugʻlik, mexanik shikastlanishlardan himoya qiluvchi maxsus qoplama turlarini qoʻllanish choralariga rioya qilinadi.
140. Arxiv hujjatlarini transport vositasida tashish ularni zich joylashtirib, qoplama ichida arxiv hujjatlarining surilishiga, urilishiga va har xil tebranishlarga imkon bermaydigan holda bajariladi. Bunda fotofonohujjatlar vertikal holatda, qattiq konstruksiyali qutichalarning ichki oʻlchamiga muvofiq, nam oʻtkazmaydigan matoga oʻralgan holda joylashtiriladi. Boshqa audiovizual, elektron hujjatlar, chizmali va katta oʻlchamdagi yigʻmajildlar va hujjatlar ular saqlanadigan qoplamada yoki ularni alohida koʻchirish uchun moʻljallangan vositalarda koʻchiriladi.
141. Arxiv hujjatlarini arxiv ichida koʻchirish uchun aravalardan va boshqa tashish vositalaridan foydalaniladi.
Arxiv hujjatlarini shahar ichida tashish arxiv xodimi kuzatuvida, usti yopiq avtomashinalarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
Arxiv hujjatlarini uzoq masofalarga qoplamaga oʻralgan holda, yopiq transport vositalarida, transportning belgilangan turiga muvofiq qimmatbaho yuklarni tashish qoidalariga asosan bajariladi.
9-§. Foydalanuvchilarga tashabbusli axborotlar taqdim etish, koʻrgazmalarni tayyorlash va arxiv hujjatlarini nashr qilish
142. Tashkilotlar va fuqarolarga tashabbusli axborotlar taqdim etish ularga axborot xati yoki boshqa maʼlumot hujjatlarini yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
143. Arxiv arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini mustaqil ravishda yoki tashkilotlar hamda boshqa arxivlar bilan hamkorlikda tayyorlash va oʻtkazishni tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tayyorlash uchun mavzuli dastur (konsepsiya) va mavzuli-ekspozitsion reja ishlab chiqiladi. Mavzuli reja asosida arxiv hujjatlarini, suratli va boshqa materiallarni aniqlash va tanlab olish amalga oshiriladi. Mavzuli-ekspozitsion rejaga koʻrgazma uchun tanlab olingan arxiv hujjatlari, suratli va boshqa materiallarning koʻrgazma boʻlimlariga muvofiq tizimlashtirilgan, oʻlchamlari va stendlarda joylashish ketma-ketligi koʻrsatilgan annotatsiyali roʻyxati qoʻshiladi. Koʻrgazma uchun tanlab olingan arxiv hujjatlari va boshqa materiallarga annotatsiya tayyorlanadi. Boshqa tildagi materiallar uchun, zarur hollarda, tarjima yoki mazmuni boʻyicha kengaytirilgan annotatsiya beriladi.
Arxiv hujjatlarining saqlovini taʼminlashga koʻrgazma tashkilotchilari masʼul hisoblanadilar. Koʻrgazma uchun arxiv materiallarini taqdim etgan arxiv koʻrgazma oʻtkazilayotganda arxiv hujjatlarining saqlovini taʼminlash talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Arxiv hujjatlarini sugʻurta qilish va ularning koʻrgazma uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqarilishini rasmiylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
144. Oʻzbekiston milliy arxivlari faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlarining jamlash manbalarida, yirik jamoat, sanoat va boshqa shunga oʻxshash obyektlarda tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarni kino-video tasvirga tushirish huquqiga egadir. Tasvirga tushirish materiallari arxiv hujjati sifatida tasvirga olingan obyekt mansub boʻlgan jamlash manbai fondiga kiritiladi.
(144-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
145. Arxiv hujjatlari nashrlarini tayyorlashda arxiv tarixiy hujjatlarni nashr etishning ilmiy qoidalariga amal qiladi.
Arxiv hujjatlari nashrining turlari (ilmiy, ilmiy-ommabop va oʻquv) hamda xillari (fond boʻyicha mavzuli yoki shu kabilar), ularning foydalanish maqsadi, manbalarni tanlash spetsifikasi, arxiv hujjatlarining matni va ularga ilmiy-maʼlumot apparati tarkibini uzatish usullariga muvofiq aniqlanadi.
Arxiv hujjatlarini nashr etish shakllari quyidagilardan iborat:
bosma: seriyali, toʻplam, albom, buklet, plakat, ommaviy axborot vositalarida chop etish;
plyonkali manbalarda nashr etish: mikrofilm, mikrofisha;
elektron: gipermatn, multimedia, maʼlumotlar bazasi.
Hujjatlari kelib tushgan tashkilotning nomi (shaxsning F.I.O.)
Qaysi hujjat boʻyicha qabul qilingan, nomi, raqami va sanasi
Fond nomi
Hujjatlar yili
Saqlov birligi yoki roʻyxatlanmagan hujjatlar (varaqlar) soni
Hujjatlar holatining qisqacha tavsifi
Kelib tushgan hujjatlarga fondlar roʻyxati boʻyicha berilgan fond raqami
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
_______________ yil mobaynida jami _____________________ saq. bir. kelib tushgan
(hujjatlar, varaqlar)
(hujjatlar, varaqlar)
shu jumladan <*>: ____________________________
______________________________
______________________________
_____________________
___________
____________
(xodim lavozimining nomi)
(imzo)
(imzo sharhi)
<*>Umumiy arxivlarda kelib tushgan barcha turdagi hujjatlarning yagona hisob daftarini, hujjatlar hajmlarini yakuniy yozuvda koʻrsatgan holda yuritishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatlar tushishini hisobga olish daftarining shakli
Qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqida
TASDIQLAYMAN _________________________direktori
DALOLATNOMA
(arxiv nomi)
__________ № ________
____________
___________
(sana va raqami)
imzo
imzo sharhi
___________-son fond
sana
muhr
Quyidagi ____________________________ ishlari natijasida fondda quyidagi hujjatlarning yoʻqligi aniqlangan. Ularni topish boʻyicha arxiv koʻrgan choralar ijobiy natija bermadi, shu sababli quyidagilarni hisobdan chiqarish mumkin deb hisoblaymiz:
t/r
Roʻyxat raqami
Saq. birl. raqami
Saqlov birligi sarlavhasi
Chegaraviy sanalar
Varaqlar soni (ovoz chiqarish vaqti metraji)
Yoʻqligining taxminiy sabablari
1
2
3
4
5
6
7
Jami saql. birl. soni _________________________________________________________
(raqam va yozuvda)
Yoʻqolgan materiallarning mazmuni qisman quyidagi yigʻmajildlar bilan toʻldirilishi mumkin:
Hujjatlarning tuzatib boʻlmaydigan nuqsonlari haqida DALOLATNOMA
TASDIQLAYMAN _____________________________ direktori (arxiv nomi)
___________ № ________
___________
___________
(sana va raqami)
(imzo)
(imzo sharhi)
_______-son FOND
Fondning nomi _________________________________________________________________________ Fondda topilgan, tuzatib boʻlmaydigan deb eʼtirof etilgan saqlov birliklar__________________ soni:
Roʻyxat raqami
Saq.birl. raqami
Shikastlangan saql. birl. sarlavhasi
Chegaraviy sanalar
Varaqlar soni (ovoz chiqarish vaqti, metraji)
Shikastlanish mohiyati va sabablari
1
2
3
4
5
6
Jami tuzatib boʻlmaydigan saqlov birliklari soni ____________________________________________
(raqam va yozuvda)
________________________
_____________
______________________
(boʻlim mudiri)
(imzo)
(imzo sharhi)
________________________
_____________
______________________
(fondlar saqlovchisi)
(imzo)
(imzo sharhi)
Sanab oʻtilgan hujjatlar quyidagi sababga koʻra hisobdan chiqarildi ______________________________________________________________________________________
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
1. Ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (keyingi oʻrinlarda MAF deb ataladi) tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining markazlashtirilgan davlat hisobini yuritishning yagona tartibini belgilaydi.
II. Umumiy tushunchalar
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Milliy arxiv fondining Davlat katalogi — arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlardan iborat boʻlgan hisobga olish hujjati;
fond varaqasi — arxiv hujjatlarining soni, tarkibi, saqlanish joyi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan hamda arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmalardagi va Oʻzbekiston milliy arxivlaridagi fondlarni va saqlov birliklarining umumiy sonini hisobga olish uchun moʻljallangan varaqa;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
saqlov birligi — arxivdagi oʻz hisob raqamiga ega boʻlgan (yigʻmajild, loyiha, albom, fotohujjat, kinolentalar oʻrami, mikrofilm va h.k.) alohida hujjatlar guruhi (alohida hujjat);
fond katalogi — fondlar varaqalaridan iborat boʻlgan hamda arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning markazlashtirilgan hisobini yuritish uchun moʻljallangan katalog;
arxivni jamlash manbalari — arxivlarni ularning yoʻnalishi boʻyicha tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa arxiv ahamiyatiga ega boʻlgan hujjatlar bilan tizimli ravishda toʻldirib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar (fondlarni tashkil etuvchilar).
III. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogining maqsadi va vazifalari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi (keyingi oʻrinlarda Davlat katalogi deb ataladi) MAF tarkibiga kiritilgan hamda davlat va nodavlat arxivlari (keyingi oʻrinlarda arxivlar deb ataladi), shuningdek idoraviy arxivlarning masʼul saqlovida boʻlgan arxiv fondlari, arxiv hujjatlarining markazlashtirilgan davlat hisobidir.
4. Davlat katalogi:
arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining tarkibi, hajmi, ularning toʻldirib borilishi, harakati va arxivlarga doimiy saqlashga berilishining tizimli va markazlashtirilgan hisobini, nazoratini olib borish;
arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining tarkibi va hajmi, ularning oʻzgarishi, shuningdek ularni saqlash joylari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini tizimli shakllantirish uchun yuritiladi.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish tartibi
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
5. Davlat katalogini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga (keyingi oʻrinlarda “Oʻzarxiv” agentligi deb ataladi) yuklanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
6. Arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarini Davlat katalogiga kiritish “Oʻzarxiv” agentligiga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha har yili taqdim etiladigan tegishli arxiv fondlarining tarkibi, hajmi va ularning oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda maʼlumotlar deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
7. “Oʻzarxiv” agentligiga maʼlumotlarni quyidagilar taqdim etadi:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
“Oʻzarxiv” agentligining arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmalari;
MAF hujjatlarini doimiy saqlayotgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar.
Maʼlumotlar “Oʻzarxiv” agentligiga har yili kalendar yilning 1-yanvar holatiga koʻra 15-yanvardan kechikmay Yagona milliy arxiv axborot tizimi orqali onlayn taqdim etiladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
“Oʻzarxiv” agentligiga arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmalar tomonidan arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari, tegishli hududdagi arxivlarda va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlar taqdim etiladi.
Arxivlar MAF tarkibiga kiritilgan, vaqtincha saqlovda boʻlgan oʻz arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning arxiv fondlari va ularning jamlash manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmasiga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kalendar yilning 1-yanvar holati boʻyicha 5-yanvardan kechikmay taqdim etishi shart.
Arxivlarga ularning asosiy jamlash manbalari boʻlgan tashkilotlar hamda nodavlat arxivlari tomonidan oʻzlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har ikki yilda bir marotaba 1-yanvar holati boʻyicha 5-yanvardan kechiktirmay Yagona milliy arxiv axborot tizimi orqali onlayn taqdim etadi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
8. Tashkilot rahbari taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.
9. Davlat katalogi “Oʻzarxiv” agentligi direktori tayinlaydigan masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb ataladi) tomonidan yuritiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
10. Masʼul shaxs taqdim etilgan maʼlumotlarning sifati va haqqoniyligini: fond tashkil etuvchi tashkilotning nomlanishini, qayta nomlanishini, boʻysunishini, saqlov birligidagi hujjatlarning hajmi va tarkibini oʻtgan yillarda berilgan maʼlumotlarga nisbatan solishtirgan holda tekshiradi.
Haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, masʼul shaxs bu haqda ijrochini xabardor qiladi, ijrochi aniqlangan kamchiliklarni ikki hafta muddatda bartaraf etishi shart.
11. Maʼlumotlar masʼul shaxs tekshiruvidan keyin tegishli ustunlar boʻyicha yakun chiqargan holda Davlat katalogiga kiritiladi.
12. Axborotlarning toʻliqligini taʼminlash maqsadida Davlat katalogiga quyidagi boʻlimlar va boʻlinmalar kiritiladi:
I boʻlim – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi;
boʻlinmalar:
1.1. Davlat arxivlari;
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan tashkilotlar;
1.3. MAFning davlatga tegishli qismiga kiritilgan hujjatlarni vaqtinchalik saqlashni amalga oshirayotgan davlat arxivlarining jamlash manbalari.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
II boʻlim - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi;
boʻlinmalar:
2.1. Davlat arxivlari;
2.2. Nodavlat arxivlari;
2.3. MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismiga kiritilgan hujjatlarni vaqtinchalik saqlashni amalga oshirayotgan davlat arxivlarining jamlash manbalari.
2.4. MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismiga kiritilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari.
13. Davlat katalogi ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha yuritiladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Arxivlarga indeks raqamlari berish uchun “Oʻzarxiv” agentligida davlat va nodavlat arxivlari reyestri (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) yuritiladi, har kalendar yilning 1-yanvarida unga aniqlik kiritiladi hamda u “Oʻzarxiv” agentligining direktori tomonidan har 5 yilda qayta tasdiqlanadi. Mazkur arxivning mavjud taʼsis hujjatlari uni arxivlar reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
Arxivning davlat katalogidagi indeks raqami tegishli arxivning reyestridagi tartib raqamiga mos kelishi shart va quyidagi sxema boʻyicha koʻrsatiladi:
D-[reyestr raqami] — davlat arxivlari uchun;
N-[reyestr raqami] — nodavlat arxivlari uchun.
1.3, 2.3, 2.4-boʻlinmalarining 1-ustunida arxivning jamlash manbaiga muvofiq boʻlgan indeks koʻrsatiladi.
3-ustunda tegishli arxivdagi mazkur arxiv fondiga berilgan arxiv fondi raqami koʻrsatiladi.
14. Kalendar yil mobaynida yangi arxiv fondlari tashkil etilsa, ushbu fondlar shakllanishidan keyin bir oy muddatda “Oʻzarxiv” agentligiga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha fondlar varaqasi taqdim etilishi kerak.
Taqdim etilgan fond varaqalari masʼul shaxs tomonidan tekshiriladi hamda maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi tasdiqlangandan soʻng fond katalogiga kiritiladi. Axborotlari toʻliq va aniq boʻlmagan fond varaqalari fond katalogiga kiritilmaydi.
V. Arxiv fondlarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogidan chiqarish
15. Arxiv fondlari:
fondlar birlashtirilganda;
arxiv fondlari favqulodda vaziyatlar oqibatida tiklanmaydigan tarzda yoʻq boʻlganda yoki buzilganda Davlat katalogidan chiqariladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
16. Arxiv fondlarini Davlat katalogidan chiqarish “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan, arxiv ishi hududiy boshqarmasining ekspert-tekshiruv komissiyasi yoki Oʻzbekiston milliy arxivining ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasining arxiv fondlarini davlat katalogidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlariga muvofiq, mazkur qarorlar “Oʻzarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi tomonidan maʼqullangandan soʻng amalga oshiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
Arxiv fondlarining chiqarilishi haqidagi axborot keyingi yilning 1-yanvar holatiga koʻra fondlarning tarkibi, hajmi va ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritiladi. Ushbu maʼlumotlar asosida arxiv fondlari Davlat katalogidan chiqariladi.
17. Davlat katalogi axborot xavfsizligi taʼminlangan va barcha zarur himoya choralari koʻrilgan holda, elektron shaklda yuritiladi va “Oʻzarxiv” agentligida saqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
18. Arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari masʼul shaxs tomonidan har yili tahlil qilinadi va ularning hisobi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotnoma tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
___________________________________
Arxiv (idoraviy arxiv)ning nomi
_____ yil 1.01 dagi holatiga koʻra fondlar tarkibi, miqdori va ularning oʻzgartirilishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR
T/r
Fond raqami
Fond nomi
Qabul qilingan
Chiqarilgan
_____ yil 1.01 da fondlarning saq. bir. umumiy soni
Mavjud sugʻurta nusxalari saq.bir.
Izoh
Roʻyxat nomi, hujjatlarning qisqacha tavsifi
Yillar
Roʻyxat nomi, hujjatlarning qisqacha tavsifi
Roʻyxatlanmagan saq. bir. (hujjat- lar)
Roʻyxatga kiritilgan saq. bir.
Roʻyxatlanmagan saq. bir. (hujjatlar)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Jami: 20___ yilda qabul qilingan _____________ fondlar ________________ saq.bir._____________ (hujjatlar) varaqlar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDI DAVLAT KATALOGI
Boshlangan: 20__ yil “__”_________
Tugallangan: 20__ yil “__”_________
Saqlash muddati: Doimiy
____ varaqda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi toʻgʻrisidagi titul varagʻi shakli
Format A 4 (210x297)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Arxiv indeksi
Tartib raqami
Fond raqami
Davlat katalogiga kiritilgan sanasi
Umumiy hisob birligi soni
Doimiy saqlovdagi hisob birligi (saqlov birligi) soni
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga 3-ILOVA
Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
1. Ushbu Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishning yagona tartibini belgilaydi.
2. Arxivlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Arxivlar davlat va nodavlat arxivlari (keyingi oʻrinlarda – arxivlar deb yuritiladi) shaklida tashkil etiladi.
4. Arxivlar muassasa hisoblanadi va belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari bundan mustasno.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Arxivlar oʻz bank hisob-kitob raqamlariga, tegishli arxivning nomi aks ettirilgan muhr, shtamp va blankalarga ega boʻladi.
II. Arxivlarning maqsad va vazifalari
5. Arxivlarni tashkil etishdan asosiy maqsad korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan (keyingi oʻrinlarda – tashkilotlar deb yuritiladi), shuningdek jismoniy shaxslardan qabul qilingan arxiv hujjatlari saqlovini tashkil etishdan iborat.
6. Quyidagilar arxivlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
arxivni muntazam ravishda arxiv hujjatlari bilan jamlashni tashkil etish, tizimli hisobga olish va tegishli sharoitda saqlash, arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash va ularni kirib koʻrishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
respublikaning boy madaniy merosini xolisona aks ettirish uchun koʻmaklashish;
siyosiy, gumanitar, iqtisodiy, madaniy rivojlanish va davlat taraqqiyotining boshqa sohalaridagi yutuqlari toʻgʻrisida arxiv ekspozitsiyalarini tashkil etish;
fuqarolar uchun mamlakatning madaniy merosi hisoblangan arxiv hujjatlarini saqlash, oʻrganish, toʻldirib borish va namoyish etish;
arxiv hujjatlarini ilmiy tadqiq etish ishlarini olib borish va ularning natijalarini chop etish;
arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
arxivshunoslikning dolzarb masalalariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy tadbirlarni oʻtkazish va ilgʻor tajribalarni ommalashtirish;
jahon arxivshunosligi tajribasini qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
7. Arxivlar faoliyati doirasiga ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va arxiv ishi uchun xos boʻlmagan boshqa shunga oʻxshash xizmatlar (ishlarning) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Arxivlarni tashkil etish tartibi
1-§. Davlat arxivlarini tashkil etish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
8. Davlat arxivi — Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki boʻlgan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan muassasa.
Tarmoq davlat arxivi — Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar va idoralar tomonidan tuziladigan davlat arxivi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
9. Davlat arxivlari faoliyat doirasidan kelib chiqib, quyidagi toifalarga ajratiladi:
Oʻzbekiston milliy arxivlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari;
viloyat davlat arxivlari;
shahar davlat arxivlari;
tuman davlat arxivlari;
tarmoq davlat arxivlari.
Oʻzbekiston milliy arxivlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi mumkin.
Tarmoq davlat arxivlari tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirlik va idoralarning taklifiga asosan belgilangan tartibda tashkil etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
10. Zaruratga koʻra davlat arxivining filiallari yoki boʻlinmalarini tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. Ular oʻz faoliyatini tegishli davlat arxivi Nizomiga koʻra amalga oshiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
2-§. Nodavlat arxivlarni tashkil etish
11. Nodavlat arxivi — Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki boʻlmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa.
Nodavlat arxivlar faoliyati Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi va tugatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
3-§. Arxivlarni tashkil etish va faoliyat yuritishiga qoʻyiladigan talablar
14. Arxivlarni tashkil etish va ularning faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
moddiy-texnika baza (metall stellajlar, saqlash joylarida namlik-harorat meʼyorini taʼminlash tizimlari, oʻlchash asboblari), shu jumladan bino (xonalar), arxiv hujjatlarini saqlashni tashkil etish va ulardan foydalanish talablariga mos qoʻriqlash vositalari va yongʻinga qarshi vositalar mavjudligi;
arxiv ishi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy va uslubiy bazalarning mavjudligi;
arxivlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha maxsus kurslarda tahsil olgan arxiv ishi boʻyicha mutaxassislar mavjudligi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
IV. Arxivlarni qayta tashkil etish va tugatish tartibi
16. Arxivlarni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Arxiv qayta tashkil etilayotganda uning faoliyat maqsadlari oʻzgarmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
17. Davlat arxivi tugatilayotganda Milliy arxiv fondining Davlat katalogida hisobga olingan va asosiy hisobga olish hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan uning ixtiyorida boʻlgan barcha arxiv hujjatlari toʻligʻicha tegishli davlat arxivlariga topshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
19. Arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash va ularning keyinchalik saqlanish joyi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida yigʻmajildlar va mol-mulkni topshirish uchun tuzilgan komissiyalar tarkibiga majburiy tartibda tegishli arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmaning vakili kiritiladi.
20. Arxivlar tugatilayotganda alohida olingan arxiv fondini turli arxivlar oʻrtasida, shu jumladan idoraviy arxivlar oʻrtasida, uni boʻlgan holda taqsimlash taqiqlanadi.
21. Arxiv hujjatlarini, shu jumladan tugatilgan arxiv fondining asosiy hisobga olish hujjatlarini qabul qilgan arxiv olingan arxiv hujjatlarining roʻyxatdan oʻtkazilishini amalga oshirishi va uning saqlanishi yaxlitligini taʼminlashi kerak.
22. Arxiv rahbari saqlashga qabul qilingan va boshqa arxivlarga topshirilishi lozim boʻlgan arxiv hujjatlarining but saqlanishi va yaxlitligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
V. Yakunlovchi qoida
23. Arxivlarni tashkil etish va ular faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga 4-ILOVA
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
1. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi ushbu nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini jamlash, saqlanishini taʼminlash, qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish, arxiv hujjatlaridan foydalanish, zarur axborotni taqdim etish boʻyicha xizmatlar, shuningdek amaldagi qonunchilik doirasida boshqa xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Arxivlar va idoraviy arxivlar oʻz taʼsis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan faoliyat turlari doirasida xizmatlar koʻrsatadi.
II. Asosiy tushunchalar
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatli boʻlganligi tufayli saqlanishi lozim boʻlgan matnli, qoʻlyozma va mashinada oʻqiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa turli moddiy jismlardagi yozuvlar;
idoraviy arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi;
arxivni jamlash manbai — uning arxiv hujjatlari bilan fondga tegishliligi boʻyicha arxiv jamlanadigan arxiv fondini saqlovchi;
hujjatlar saqlanishini taʼminlash — hujjatlarning yoʻqolib ketmasligi va ularning talab etilgan jismoniy holatda boʻlishi uchun hujjatlar saqlanishiga maqbul shart-sharoitlar yaratish, meʼyorlarga rioya etish va hujjatlar saqlanishini taʼminlash kabi tadbirlar majmuasi;
tartibga keltirish — hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish, yigʻmajildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, shuningdek arxiv roʻyxatlarini tuzishni oʻz ichiga oladigan hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish va ularni arxivda saqlashga tayyorlash boʻyicha ishlar majmui;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — saqlash uchun tanlab olish maqsadida arxiv hujjatlarining qimmatliligini belgilash.
III. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan bepul asosda amalga oshiriladigan xizmat turlari
4. Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga quyidagilar kiradi:
a) arxiv hujjatlaridan foydalanish va oʻquv zalida foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish;
b) ijtimoiy-huquqiy soʻrovlarni bajarish, xususan, mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, yuridik shaxsni qayta nomlash toʻgʻrisidagi, oʻquv muassasalarida oʻqiganlikni tasdiqlash toʻgʻrisidagi, mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi arxiv maʼlumotnomalarini berish;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
v) arxiv maʼlumotnomalarini va arxiv hujjatining koʻchirma nusxalarini qogʻozda va elektron jismlarda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga taqdim etish;
g) huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatiga koʻra arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanish uchun 3 oy muddatgacha taqdim etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
d) arxivlarning jamlash manbalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (bundan keyingi oʻrinlarda — MAF deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan, belgilangan idoraviy saqlov muddati tugagan hujjatlarni tartibga keltirilgan holda doimiy saqlash uchun qabul qilib olish.
IV. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
5. Faoliyat ixtisosligi boʻyicha, shuningdek, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlanganligidan kelib chiqib, arxivlar va idoraviy arxivlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzarxiv” agentligi deb ataladi) tomonidan belgilanadigan tartibda tuziladigan va tasdiqlanadigan Xizmatlar nomenklaturasi boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatadi. Davlat arxivlari oʻzlarining pulli xizmatlarini “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasi orqali koʻrsatadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
6. Pulli xizmatlar tegishli arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida koʻrsatiladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari tomonidan pulli xizmatlar “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladigan shartnomalar asosida koʻrsatiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Arxivlar va idoraviy arxivlardagi pulli xizmatlar tegishlicha “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari, arxiv yoki idoraviy arxivning shtatdagi xodimi yoxud fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilgan shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Arxiv xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan, tashkilotlarning arxiv hujjatlarini tartibga keltirish uchun tegishlicha “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari va (yoki) arxivlar huzurida mehnat shartnomalari, shuningdek, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilgan xodimlardan iborat xoʻjalik hisobidagi guruh faoliyat yuritadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
“Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari va arxivlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha lavozim shtat birligini saqlashga va fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida qoʻshimcha xodimlar jalb etilishiga ruxsat etiladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
7. Xizmatlar haqining bajariladigan ishlar sifatining pasaytirilishi hisobiga kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) hujjatlarini tartibga keltirish boʻyicha pulli xizmatlar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 208-son qarori bilan tasdiqlangan Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq tegishli attestatsiyadan oʻtkazilgan arxivlar, idoraviy arxivlar mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
9. Arxivlarning jamlash manbalari boʻlmagan tashkilotlarga arxivlar tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish ushbu tashkilot jamlash manbai hisoblangan arxivning roziligi olingandan soʻng shuningdek, jamlash zonasidan (hududidan) kelib chiqib amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
10. Davlat arxivlari tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar narxi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasiga binoan belgilanadi.
“Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud boʻlmasa yoxud ushbu qarzlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda toʻlangan taqdirda tovarlarni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlarning hamda majburiy ajratmalarning oʻrni toʻldirilgandan keyin “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarini rivojlantirish jamgʻarmasining qolgan mablagʻlari (homiylik yordami, begʻaraz yordam miqdori bundan mustasno):
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
tushgan barcha mablagʻlarning koʻpi bilan 90 foizi “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari va davlat arxivlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
kamida 10 foizi moddiy-texnik bazani mustahkamlashga sarflanadi.
“Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish “Oʻzarxiv” agentligi organlari va muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibiga asosan amalga oshiriladi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
11. Xorijiy mamlakatlarning foydalanuvchilari uchun xizmatlar koʻrsatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
V. Xizmatlar koʻrsatilayotganda arxiv hujjatlarining saqlanishini taʼminlash
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
12. Xizmatlar koʻrsatilayotgan vaqtda arxivlar va idoraviy arxivlar vaqtincha saqlanishi yoki doimiy saqlanishi lozim boʻlgan arxiv hujjatlarining butligini taʼminlashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlarni koʻrishi lozim, bunda arxiv axboroti manbaining jismoniy shikastlanishi, yoʻqolishi yoki buzilishi mumkinligining oldi olinishi lozim.
arxiv hujjatlarining saqlanishi va xavfsizligini taʼminlash talablariga zid xizmatlarni koʻrsatish;
tartibga keltirish boʻyicha kasbiy kompetentlik guvohnomasiga ega boʻlmagan, shuningdek, arxivlarning mutaxassislari boʻlmagan yoki ushbu arxiv bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi tuzmagan mutaxassislar tomonidan tashkilotlarning hujjatlarini tartibga solish;
doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar tartibga solinmasdan turib hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-noyabr)
14. “Oʻzarxiv” agentligining hududiy boshqarmalari, arxivlar va idoraviy arxivlar arxiv hujjatlarini jamlash, saqlanishini taʼminlash, qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek arxiv hujjatlaridan foydalanish va zarur axborotni taqdim etish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish ishlarining sifati hamda taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2154-moddasi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 208-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/208/0326-son)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga 6-ILOVA
Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisida
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
1. Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi, “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining olib chiqilishi va olib kirilishini nazorat qilish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning yagona tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
2. Arxiv hujjatlarini olib chiqish va olib kirishning mazkur Nizom bilan belgilangan tartibi barcha arxiv hujjatlariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalariga nisbatan qoʻllaniladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]
Arxiv hujjatlarini vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma berish, ruxsatnoma berishni rad etish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizom bilan belgilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim boʻlgan matnli, qoʻlyozma va mashinada oʻqiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
oʻrnini bosuvchi nusxalar — arxivda asl nusxa hisobida turadigan, arxiv hujjatining asl nusxasi yoʻqolgan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda foydalaniladigan arxiv hujjatining dublikati;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash va ularni doimiy saqlashga tanlab olish maqsadida hujjatlarni ularning qimmatliligi mezonlarini hisobga olgan holda (yaratilish vaqti, yaratilish asosi, ahamiyatliligi) oʻrganish;
Milliy arxiv fondi — Oʻzbekiston xalqining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui.
4. Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (maʼdaniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlar va boshqalar)]
Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzarxiv” agentligi deb ataladi) ruxsati bilan mazkur Nizomda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Xususiy mulk boʻlgan, Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilmagan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin. Bu holda olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “Oʻzarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan amalga oshiriladigan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim.
5. Madaniy boyliklar toifasiga kiruvchi arxiv hujjatlari:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.06.00 Antikvariat. Madaniy boyliklar. Restitutsiya]
xalqlar hayotidagi tarixiy voqealar, jamiyat va davlat taraqqiyoti, fan va texnika tarixi bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek atoqli shaxslar (davlat, siyosat, jamoat arboblari, fan, adabiyot, sanʼat arboblari) hayoti va faoliyatiga tegishli boʻlgan arxiv hujjatlaridan;
nodir qoʻlyozmalar va hujjatli yodgorliklar, alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlaridan iborat boʻladi.
6. Mazkur arxiv hujjatlarining qimmatlilik darajasi vakolatli ekspertlar tomonidan hujjatning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi jarayonida aniqlanadi.
II. Arxiv hujjatlarining olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organlar
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
7. “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradilar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
8. Arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining olib chiqilishi va olib kirilishining tartibga solinishi va nazorat qilinishi boʻyicha tezkor hal etilishi talab qilingan masalalar bojxona organlari hamda “Oʻzarxiv” agentligining mansabdor shaxslari tomonidan koʻrib chiqiladi. “Oʻzarxiv” agentligi xodimining oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun bojxona nazorati hududiga kirishi huquqi bojxona organi rahbarining roziligi boʻyicha amalga oshiriladi.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
IV. Olib chiqiladigan arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va nazorat qilish tartibi
11. Olib chiqilishi soʻralgan arxiv hujjatlari “Oʻzarxiv” agentligi vakolatli shaxslari tomonidan ularning qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan oʻtkaziladi. Arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish uchun “Oʻzarxiv” agentligi huzurida yuqori malakali mutaxassislardan iborat ekspert guruhi (keyingi oʻrinlarda EG deb ataladi) tuziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
12. EG “Oʻzarxiv” agentligining direktori buyrugʻi bilan kamida uch kishidan iborat tarkibda tuziladi. Arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ekspert guruhi ishiga manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
13. Arxiv hujjatlarining noqonuniy olib chiqilishining oldini olish EG faoliyatining vazifasi hisoblanadi.
14. Arxiv hujjatining qimmatliligini va uning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilganligini aniqlash uchun har tomonlama oʻrganish EGning funksiyasi hisoblanadi.
hujjatlarda mavjud boʻlgan axborotning qimmatliligi;
hujjatlarning yuridik kuchi, aslligi;
hujjatlarning badiiyligi, paleografik jihatdan oʻziga xosligi.
16. EG quyidagi huquqlarga ega:
arxiv hujjatining kelib chiqishi va unga egalik qilish huquqi toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot talab qilish;
komissiya ishiga manfaatdor tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish.
17. EG arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishi va ariza beruvchiga mazkur Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda yozma xulosani taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish]
Arxiv hujjatlarini koʻrib chiqish va ularni olib chiqish mumkinligi toʻgʻrisidagi ekspert xulosasini tayyorlash arxiv hujjatlari egasining ishtirokisiz amalga oshiriladi, biroq u vujudga kelgan masalalarga aniqlik kiritish uchun chaqirilishi mumkin. Ekspert xulosalari (3-ilova) arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosadigan nusxalarini olib chiqishga ruxsatnoma berish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
18. Olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining soni, ularning holati hamda ekspertizaning murakkabligidan kelib chiqib qimmatlilikni aniqlash ekspertizasini oʻtkazish muddati ikki ish kunidan oshmasligi kerak.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
EGning xulosasi asosida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan uch ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilinadi va arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma tayyorlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
(V bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
(VI bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
VII. Arxiv hujjatlarini olib kirish tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
32. Xorijiy fuqarolar va boshqa shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kirilayotgan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalari tegishli bojxona hujjatlari va roʻyxatlarda (4-ilova) koʻrsatilishi kerak. Arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalari roʻyxatlarning uchta nusxasi bilan birgalikda uning egasi yoki ishonchli shaxsi tomonidan “Oʻzarxiv” agentligiga taqdim etiladi.
33. Roʻyxatlarga “Oʻzarxiv” agentligi vakolatli xodimining maxsus shtampi va imzosi qoʻyiladi, shundan keyin roʻyxatlar bojxona organi xodimining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanadi. Roʻyxatning bir nusxasi egasiga topshiriladi, boshqa nusxalar “Oʻzarxiv” agentligi va bojxona organlarida saqlanadi.
34. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish vaqtida taqdim etilgan hamda bojxona organlarining tegishli belgisi qoʻyilgan holda roʻyxatdan oʻtkazilgan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining roʻyxatlari ularni Oʻzbekiston Respublikasidan erkin olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun asos hisoblanadi.
VIII. Arxiv hujjatlarini tranzit boʻyicha olib oʻtish tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish]
35. Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtishda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlariga arxiv hujjatlari faqat tranzit maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida belgilanadigan shartlarga muvofiq olib kirilayotganligidan dalolat beruvchi hujjat taqdim etiladi.
IX. Arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazganlik va rasmiylashtirganlik uchun maxsus yigʻim
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
38. Tegishli organlar qarori bilan ushlab qolingan yoki davlat daromadiga oʻtkazilgan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalari boʻyicha qimmatlilikni aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va xulosa tuzish (5-ilova) toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, mazkur bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ushlab qolingan va davlat daromadiga oʻtkazilgan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining qimmatlilikni aniqlash ekspertizasi 15 ish kunigacha muddatda oʻtkaziladi.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan arxiv hujjatlari ularning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazilgandan keyin arxiv muassasalariga topshiriladi.
Alohida hollarda, arxiv hujjatlari yetarli darajada qimmatlilikka ega boʻlmagan hamda Milliy arxiv fondi tarkibiga kirmagan hollarda ularni davlat hisobida saqlash maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi qimmatlilikni aniqlash ekspertizasi xulosasi mavjud boʻlganda mazkur arxiv hujjatlari ekspertizani oʻtkazish xarajatlari uning egasi tomonidan qoplangandan keyin egasiga qaytarilishi mumkin.
X. Arxiv hujjatlarining olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
39. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2154-moddasi.
(1 va 1a-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 501-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son)
Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqishga
Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida koʻrsatilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasidan
(olib chiqilishi mumkin, olib chiqilishi mumkin emas)
20__ yil “______” ___________________. Ekspert imzosi _____________________________________
Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda taqdim etilgan arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining
20__ yil “________” ________. Ekspertning imzosi _____________
Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga 7-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-ilovada (Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom);
2. 2-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda qatnashuvchi yuridik shaxslarga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom) 2-bandi oʻn oltinchi xatboshidagi “arxivlar” soʻzi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 168-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda, 15-son, 181-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 14.07.2020-y., 09/20/440/1066-son; 11.11.2020-y., 09/20/706/1497-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2021-y., 09/21/597/0903-son; 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 10.04.2025-y., 09/25/208/0326-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)