1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA BAʼZILARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonida:
8-banddagi “va “Zamin” banki” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq baʼzi farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
3. Quyidagilar belgilansin:
“Uyjoyjamgʻarmabank” tomonidan rasmiylashtirilgan kredit shartnomalari boʻyicha jismoniy shaxslarning daromad soligʻiga oid imtiyozlar mazkur shaxslar olingan kreditlar boʻyicha qarzlarini toʻliq toʻlagunga qadar saqlanadi;
soliq imtiyozlaridan foydalangan holda sobiq “Uyjoyjamgʻarmabank”da shakllantirilgan jamgʻaruv hisobvaraqalaridagi pul mablagʻlarining egalari ipoteka kreditlari olish chogʻida mana shu mablagʻlarni boshlangʻich badal sifatida yoʻnaltirishga haqlidirlar. Bunda, mazkur pul mablagʻlari boshqa hisobvaraqqa oʻtkazilgan yoki jamgʻaruv hisobvaragʻi yopilgan hollarda jamgʻaruv hisobvaragʻi egalari jismoniy shaxslarning daromad soligʻi boʻyicha avval ularga berilgan imtiyozlar summasiga teng pul mablagʻlarini budjetga qaytarishlari lozim.
4. Ushbu farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-may,
PF-3613-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-maydagi PF-3613-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan farmonlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 5-martdagi PF-774-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahridagi uy-joy qurilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi PF-1366-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy qurilishida islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-martdagi PF-1739-son Farmoni.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 156-modda)