|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddatlari |
Hujjat turi |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Normativ-huquqiy ta’minlash | ||||
|
1.1. |
“Ipoteka va uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash |
uch oy muddatda |
Qonun loyihasi |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, tijorat banklari |
|
1.2. |
Uy-joy qurilishi, turar-joylarni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi nizomni tayyorlash |
uch oy muddatda |
Nizom loyihasi |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, tijorat banklari |
|
1.3. |
Yakka tartibda uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi muvaqqat nizomni ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Muvaqqat nizom loyihasi |
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
|
1.4. |
Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini tayyorlash |
2005-yil mart |
Nizom loyihasi |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
1.5. |
Soliq kodeksi va Yer kodeksiga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash |
2005-yil aprel |
Qonunlar loyihalari |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
|
1.6. |
Uy-joy qurilishiga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish |
2005-yil III chorak |
Normativ hujjatlar loyihalari |
Markaziy bank, tijorat banklari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
|
1.7. |
Amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish va uy-joylarni rekonstruksiya qilishni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish |
2005-yil III chorak |
Normativ hujjatlar |
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi |
|
1.8. |
Davlat va mintaqaviy darajalarda uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarning huquqiy ta’minoti tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash |
2005-yil mart |
Takliflar |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
|
II. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | ||||
|
2.1. |
2010-yilgacha bo‘lgan davrda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqish |
2005-yil aprel |
Tadbirlar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2.2. |
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olishni xohlovchi hamda munitsipal uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondidagi kvartiralar olishni xohlovchi ariza beruvchilarni ajratgan holda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun mavjud navbat tartibini xatlovdan o‘tkazish |
uch oy muddatda |
Navbatda turganlar ro‘yxati |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2.3. |
Bo‘sh yotoqxonalar va tugallanmagan qurilish obyektlarini xatlovdan o‘tkazish hamda bular asosida ularni uy-joylarga qayta ixtisoslashtirish uchun foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish |
uch oy muddatda |
Takliflar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
|
2.4. |
Uy-joy qurilishi sohasidagi konsalting va axborot infratuzilmalarini shakllantirish va ularning samarali faoliyat yuritishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish |
Muntazam |
|
Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi |
|
2.5. |
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishida yer uchastkalari ajratish mexanizmini takomillashtirish va yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Normativ hujjatlar loyihalari |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar hokimliklari |
|
2.6. |
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yerlarni xatlovdan o‘tkazish, ularning to‘liq qurilishi uchun amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, uy-joy qurilishi dasturi bo‘yicha yerlar ajratish |
2005-yil iyul |
Tadbirlar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
|
2.7. |
Uylar (kvartiralar)ni baholash va qayta baholash tizimini tartibga solish, bu sohadagi normativ hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
Davlat mulki qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
|
2.8. |
Qishloq joylari uchun yakka tartibdagi uy-joylarning takror qo‘llaniladigan loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash |
uch oy muddatda |
Namunaviy loyihalar |
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, |
|
2.9. |
Ko‘chmas mulk bozori faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Takliflar |
Davlat mulki qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |