1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi ijrosidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida agrar soha uchun xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, bu borada yetakchi xorijiy universitetlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish maqsadida:
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligining Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti (Royal Agriculture University, keyingi oʻrinlarda — hamkor universitet) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
a) Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanganligi:
agrar sohani rivojlantirish, jahon tendensiyalarini va tajribasini aks ettirishga moslashgan “ilmga asoslangan, amaliyotga yoʻnaltirilgan (science-based, practice-oriented) taʼlim” tamoyili asosida va milliy anʼanalar uygʻunligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlash;
ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, agrotexnologiya va ekologik barqarorlik amaliyotlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida biznes va operativ samaradorlikni ishlab chiqishni qamrab oladigan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
qishloq xoʻjaligi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda oʻquv tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, qoʻshma taʼlim dasturlari va loyihalarni amalga oshirish;
b) Universitet bitiruvchilariga hamkor universitetning diplomi beriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Universitet Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti tomonidan taʼsis etiladigan toʻliq akademik va moliyaviy mustaqil boʻlgan davlat ishtirokidagi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvaraqlari, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi;
Universitet tomonidan beriladigan diplom Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi;
Universitetda taʼlim grant va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Universitet jalb etilgan xorijiy mutaxassislar, mahalliy xodimlarning ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini mustaqil belgilaydi;
Universitet rektori Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bunda, Universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-420-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2024-y., 07/24/420/1009-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2022-yil yakuniga qadar Universitetda xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan talabalar, magistrant va ilmiy izlanuvchilar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida startap-loyihalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi davlat muassasasi shaklidagi “Agro Innovation Incubator” markazini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
7. Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetining Kuzatuv kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda uning vakolatlari etib quyidagilar belgilansin:
Universitetga talabalarni qabul qilish parametrlarini, Universitetdagi taʼlim shakli, turi va tilini belgilash;
Universitetda yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini, shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha doktorantura ixtisosliklarini ochish;
Universitet rahbariyati va xodimlari hamda professor-oʻqituvchilarini ishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, ularning faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash;
xorijiy va mahalliy yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan talabalarning akademik mobilligini taʼminlash hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish;
Universitetni rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli strategik rejalarini tasdiqlash;
bakalavriat, magistratura va doktoranturaga qabul qilish shartlarini, shuningdek, talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasini va oʻqish uchun toʻlov miqdorini belgilash;
Universitetning oʻrta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish;
Universitetning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
8. Universitet faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
9. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalarietib belgilansin:
Yevropa Ittifoqining qishloq xoʻjaligi sohasi uchun budjet koʻmagi dasturidan 6 mln AQSH dollari miqdoridagi va Jahon bankining 11 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari;
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik, ilmiy faoliyat va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va muassislar mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev):
a) bir oy muddatda Universitet ustavining tasdiqlanishi va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin. Bunda:
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida oʻzaro manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻysin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul jarayonini tashkil etsin;
Universitetning vaqtinchalik binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasini ishlab chiqsin, oʻrnatilgan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari hisobidan binoda taʼmirlash-qurilish ishlarini tashkillashtirsin;
zarur boʻlgan oʻquv, ilmiy laboratoriyalar, oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirsin va xaridini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Universitetni tashkil etish davrida uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, yuridik, iqtisodiy, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etishda koʻmaklashsin;
b) uch oy muddatda:
Yevropa Ittifoqining qishloq xoʻjaligi sohasi uchun budjet koʻmagi dasturidan 300 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan Universitet professor-oʻqituvchilarini qisqa muddatli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida bitimlarni imzolasin;
soha mutaxassislarini, shuningdek, fermer xoʻjaliklari, klasterlar rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini tasdiqlasin;
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
v) Qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin va uning faoliyatini 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻysin;
g) 2024/2025 oʻquv yiliga qadar xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari hisobidan yetakchi loyiha va pudratchi kompaniyalarni jalb etgan holda Universitet yangi oʻquv kampusi qurilishini taʼminlasin.
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitet ilmiy salohiyatini oshirish uchun belgilangan tartibda ixtisoslashgan ilmiy kengash tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Bunda, ixtisoslashgan ilmiy kengash aʼzolarining 50 foizi xalqaro hamkorlar va xorijiy vatandoshlar orasidan tanlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Universitetni Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasi, Universitet koʻchasi, 2-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirsin.
Yangi bino qurilgunga qadar Universitetga Toshkent davlat agrar universitetining sport majmuasi, talabalar turar joyi hamda oʻquv laboratoriyalaridan vaqtincha foydalanishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
14. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan Universitetga taklif qilinadigan chet ellik professor-oʻqituvchilar, mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) bilan birgalikda hududlarda Universitet faoliyati va 2022/2023 oʻquv yili uchun qabulni samarali tashkil etish maqsadida targʻibot ishlarini amalga oshirsin.
16. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) bilan birgalikda Universitetning mahalliy professor-oʻqituvchilari, magistrantlari va talabalarini “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va oʻqishga yuborish choralarini koʻrsin.
17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini, qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida agrar soha uchun xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A.Xodjayev belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-may,
PQ-237-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-son qaroriga 1-ILOVA
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetining Kuzatuv kengashi
qishloq xoʻjaligi vaziri maslahatchisi — Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari
3.
Ilxom Norqulov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
Raximjon Xakimov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari
4.1.
Usmon Sharifxoʻjayev
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
Alisher Toʻrayev
—
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori
6.
Ngo Buntan
—
Qishloq xoʻjaligi qirollik universiteti rektori (Royal University of Agriculture, Buyuk Britaniya) (kelishuv asosida)
7.
Yozas Augutis
—
Buyuk Vitovt universiteti rektori (Vytautas Magnus University, Litva) (kelishuv asosida)
8.
Xose Xulian Garde Lorez-Brea
—
Kastiliya La-Mancha universiteti rektori (University of Castilla-La Mancha, Ispaniya) (kelishuv asosida)
9.
Alan Frans
—
taʼlim boʻyicha Buyuk britaniyalik xalqaro ekspert (kelishuv asosida)
10.
(kelishuv asosida)
—
agroklasterlar va qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari rahbarlari
11.
(kelishuv asosida)
—
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti rektori — Kuzatuv kengashi kotibi
Izoh: Kuzatuv kengashi tarkibiga qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-son qaroriga 2-ILOVA
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha
I. Universitetni tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
1.
Universitetni tashkil etish yuzasidan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish.
Buyuk Britaniya, Litva, Ispaniya va boshqa davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvlarni tuzish.
2022-yil iyun
-
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov),
Tashqi ishlar vazirligi (Norov)
2.
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish.
Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.
2022-yil iyun
-
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)
3.
Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.
Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar (professor-oʻqituvchilar)ni ochiq tanlov asosida saralab olish.
2022-yil iyun — oktabr
-
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)
4.
Talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.
Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari kesimida qabul parametrlarini belgilash;
kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish;
kirish imtihonlarini oʻtkazish va talabalarni oʻqishga qabul qilish.
2022-yil avgust — oktabr
Yevropa Ittifoqi (YEI) va Jahon banki mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)
II. Oʻquv jarayonlarini samarali tashkil etish
5.
Universitetda oʻquv jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini tasdiqlash hamda oʻqitish muddatlari va talabalarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish tartibini belgilash.
2022-yil avgust — oktabr
-
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)
6.
Taʼlim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida Universitetni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, zaruriy aloqa, axborot, transport va boshqa vositalar bilan taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar.
Reja-grafik asosida
YEI va Jahon banki mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)
7.
Taʼlim jarayoni uchun oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar.
Reja-grafik asosida
YEI va Jahon banki mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)
8.
Xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish.
Kompleks chora-tadbirlar.
Doimiy
-
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)
9.
Universitetda tashkil etiladigan oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonida xorijiy universitetlarning ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalari (TOP-DATABASES)dan foydalanishga sharoit yaratish.
Oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli oʻquv-metodik, ilmiy-metodik qoʻllanmalar va ilmiy nashrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.
2022-yil oktabr
YEI va Jahon banki mablagʻlari hamda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
Talabalar taʼlim jarayonida foydalanishi uchun ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga ulanish.
2022-2023-yillar
Talabalar uchun zamonaviy, RFID texnologiyasi asosida raqamli kutubxona (Electronic Library Online) tashkil etish va uni zamonaviy oʻquv, ilmiy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish.
Doimiy
10.
Universitet talabalarining mutaxassisliklari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda malaka amaliyotlarini tashkil etish.
Tashkilotlar bilan talabalarni amaliy mashgʻulotlar va ishlab chiqarishga biriktirish boʻyicha shartnomalar tuzish.
2023-yil may
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar,
ilmiy-tadqiqot muassasalari
Mazkur shartnomalarga muvofiq amaliy mashgʻulotlar va malaka amaliyotini oʻquv jarayoni jadvali asosida tashkil etish.
Reja asosida
11.
Xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish tizimini joriy etish va takomillashtirish.
Xalqaro kompaniyalar va korxonalarda amaliyot oʻtash tizimini joriy etish.
Talabalarni ixtisoslik sohasiga amaliyot orqali oʻrgatish tizimini joriy etish.
2023-2024-yillar
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)
III. Universitetda xalqaro hamkorlik hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish
12.
Ilmiy-innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish.
Professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.
Har oʻquv yilining sentabr-oktabr oylari
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini Scopus, Web of Science bazasidagi jurnallarda chop etish. Natijalarni ishlab chiqarish sohasida amaliyotga keng joriy etish choralarini koʻrish.
Doimiy
13.
Universitetning ilmiy salohiyatini oshirib borish, Universitet professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy seminar va konferensiyalarda ishtirokini hamda qishloq xoʻjaligi sohasida yetakchi xorijiy universitet, institut va aqliy markazlarda malaka oshirishini taʼminlash.
Professor-oʻqituvchilar hamda iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan nufuzli tadbirlar, jumladan, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ishtirok etishini taʼminlash.
Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Xorijiy davlatlarning universitetlari, jumladan, Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti (Buyuk Britaniya) va Buyuk Vitovt universiteti (Litva) hamda ilmiy markazlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.
2023-yil may oyidan boshlab doimiy
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
14.
Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan ilm-fan yutuqlarini doimiy ravishda tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish ishlarini tashkil etish.
Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.
Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari, agroklasterlar hamda oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyat yuritadigan korxonalarning mavjud va kelgusi ehtiyojlarini oʻrganib chiqib, tahlil qilish.
Doimiy
-
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-son qaroriga 3-ILOVA
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari