1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Quyidagilar:
xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xarita”si) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov):
Strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin hamda belgilangan indikatorlarga erishish ustidan doimiy monitoring olib borsin;
bir oy muddatda Strategiyaning har bir asosiy yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislardan, shu jumladan xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda doimiy ishlovchi ishchi guruhlarini, ularga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar grantlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda shakllantirsin;
Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli va o‘z muddatida ishlab chiqilishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin;
har yili 1-dekabrga qadar joriy yil uchun belgilangan vazifalarning bajarilishini chuqur tahlil etgan holda Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etsin;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida axborot taqdim etib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida vazirlik tuzilmasida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini ta’minlasin.
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya institutlarining grant va texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi hamda unga suv xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi mavjud investitsiya loyihalari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, shuningdek, huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar saqlab qolingan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
7. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari budjetlari parametrlarida qishloq xo‘jaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yo‘nalishlari 4-ilovaga muvofiq belgilansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiyani o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har yili Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-oktabr,
PF-5853-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
Oziq-ovqat xavfsizligi keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va ekologik omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakat rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligining to‘rt tarkibiy qismlari (oziq-ovqatning mavjudligi, uni xarid qilish qobiliyati, undan foydalanish va uning barqarorligi) bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligining davlat siyosati ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Aholi sonining o‘sishi, yer, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeyini yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil” darajaga erishdi.
Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan hisoblanadi.
Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat.
Ustuvor yo‘nalish aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), shu jumladan BMTning 2-BRM “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish”da belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obyektlar bilan integratsiyalash;
boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish;
sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;
xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;
ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.
II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
Qo‘shilgan qiymat zanjirining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlarni daladan yakuniy iste’molchigacha yetkazib berish, ya’ni yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va sertifikatlash xarajatlarining yuqoriligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydani kamaytiradi.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining past darajada rivojlanganligi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini cheklamoqda.
Infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish maqsadida taraqqiy etgan moliyaviy bozorlar, qulay ishbilarmonlik muhiti, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish-sotish zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan choralarni ko‘rish talab etiladi.
Eksport qilinadigan meva-sabzavotlarning asosiy qismini ishlab chiqaruvchi dehqon xo‘jaliklarida mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlari cheklanganligi katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Shuningdek, narxlarning mavsumiy keskin o‘zgarishi va bozor sharoitlarining barqaror emasligi ham ular faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy manbalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash uskunalari uchun investitsiyalar yo‘naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda.
Kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali mexanizmlari to‘liq shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha qolmoqda. Bu esa yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlariga birlashish imkonini cheklamoqda.
Ta’kidlash joizki, rivojlangan mamlakatlar (Yevropa Ittifoqi, AQSH, Kanada) bozorlarida kooperativlarning ulushi 40 foizdan oshadi, O‘zbekistonda esa bu yo‘nalish endigina rivojlanmoqda.
Xalqaro standartlar va sifat talablariga javob beradigan laboratoriyalar, ulgurji bozorlar va logistika markazlari, shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Bu o‘z navbatida yetishtiriladigan va sotishga chiqariladigan mahsulotlar hajmini oshirish, qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarining diversifikatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Sanitar va fitosanitar nazorat milliy huquqiy bazasini Jahon savdo tashkiloti talablari va maqsadli tashqi bozorlar standartlari bilan muvofiqligini ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash zarur.
Bundan tashqari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida 70 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yetarli rivojlanmagan.
Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko‘paytirish, xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini keng joriy etish va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish va tarqatish;
milliy karantin va o‘simliklarni himoya qilish tizimini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha kelishuvi talablariga moslashtirish;
hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilishning milliy tizimini Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti (XEB) standartlariga moslashtirish;
ilg‘or xalqaro tajribalar asosida qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Innovatsion ta’lim markazini tashkil etish;
xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish;
yetakchi agrar korxonalar bilan qayta aloqa mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar olib borish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
mahalliy va maqsadli xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan foydalanishni kengaytirish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish;
eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini rivojlantirish;
maqsadli bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash jarayonida, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ilgari surishda O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining rolini oshirish;
o‘simlik navlari mualliflari huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
agrologistika markazlari negizida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, yangi ekin turlarini saqlash maqsadida Milliy genlar bankini yaratish;
qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini takomillashtirish;
paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta-to‘qimachilik sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy etish;
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (IPPC) qo‘shilish;
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda ajratish tartibini ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda genetik modifikatsiyalangan ekinlar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish;
savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar va inventarlar uchun investitsiyalar jalb qilishni yanada rag‘batlantirish;
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq pestitsidlarni va pestitsidlarning ruxsat etilgan maksimal miqdorlarini (MRL) ro‘yxatga olish, eksport qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarni axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish;
urug‘chilik va meva-sabzavotchilik sohasi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlari grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiyani rag‘batlantirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya qilish choralarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va bu sohada xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish, tezkor qarorlar qabul qilish va tarmoq siyosatini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etuvchi birlashmalarni (kooperativlar va boshqalar) tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi birlashmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining qayta ishlash sanoati korxonalari (shu jumladan klasterlar) bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba — sinov tariqasida investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirish;
meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turi bo‘yicha) eksportni oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiya qilish.
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
Fermerlar uchun resurslar yetkazib berish hamda mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishda davlatning bevosita ishtirok etishi sohaga xususiy investitsiyalar jalb qilinishini cheklab qo‘ymoqda.
Agrobiznes subyektlariga maslahat xizmatlari ko‘rsatish tizimining rivojlanmaganligi, biznesni boshqarish ko‘nikmalarining yetishmasligi, agrosanoat majmui va bank sohalarida kadrlar salohiyatining cheklanganligi xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘larini samarali o‘zlashtirilishini cheklamoqda.
Shuningdek, investitsiyalarni boshqarish samaradorligini baholashning mustaqil monitoringi hamda baholash strukturasi, tizimi va mexanizmlari mavjud emas.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP), maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa standartlarga rioya etilishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va barqaror rivojlanishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashuvchi samarali tizimni yaratish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan boshoqli don intervensiyasini amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan hajmdan tashqari davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish;
(III qismning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini kreditlashda “omborxona guvohnomalari” mexanizmini joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha faoliyatini kengaytirish;
qo‘shimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etish va bozor ishtirokchilariga teng imkoniyatlar yaratish orqali hamkorlikning shaffof mexanizmini ishlab chiqish;
resurs ta’minoti va xizmat ko‘rsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini xususiylashtirish orqali resurslar va xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish;
imtiyozli kredit hisobiga resurslar yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish amaliyotidan voz kechish;
agrosanoat majmui subyektlari o‘rtasida fyuchers shartnomalari asosida ishlashga ko‘maklashish va buni rag‘batlantirib borish;
yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi qiymatini bozor narxlarida aniqlash tartibini qayta ko‘rib chiqish orqali yer uchastkalariga bo‘lgan huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanish mexanizmini takomillashtirish;
xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari maqsadli jalb etilishini ta’minlash maqsadida investitsiya dasturini ishlab chiqish;
tijorat banklari tomonidan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun kredit resurslarini ajratishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tartibini qayta ko‘rib chiqish;
qishloq xo‘jaligida intensiv innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish.
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerlarning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan.
Mazkur holat aholi sonining o‘sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning boshqa yer fondi toifalariga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan.
Prognozlarga ko‘ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug‘oriladigan yer maydonlari yana 20 — 25 foizga qisqarishi mumkin.
Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi xo‘jaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari to‘liq yaratilmagan.
Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda tutilmaganligi qishloq xo‘jaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan foydalanuvchilarga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Mamlakat suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga shakllanadi. Mazkur holat Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini barqaror boshqarish uchun mintaqaviy hamkorlikning muhimligini belgilaydi. Mamlakatda irrigatsiya tarmoqlarining 70 foizi filtratsiyaga qarshi qoplamaga ega emas, oqibatda suvning bir qismi dalagacha yetkazish jarayonida yo‘qotilmoqda.
Mavjud irrigatsiya infratuzilmasi, nasos stansiyalarining katta qismi 30 — 40 yildan ortiq foydalanilmoqda va rekonstruksiya yoki kapital ta’mirga muhtoj.
Hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.
Dehqonchilikning irrigatsiyaga yuqori darajada bog‘liqligi sababli an’anaviy sug‘orish uslublarini qo‘llashning davom etayotganligi hamda iqlim o‘zgarishi natijasida qurg‘oqchilikning keskin kuchayishi bilan vaziyat yanada murakkablashishi mumkin.
Jahon resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligi va to‘lov balansi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini barqaror boshqarish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash zaruratini yuzaga keltiradi.
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash mexanizmining mavjud emasligi suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishga to‘sqinlik qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Parlamentining suv bo‘yicha direktivasiga (2000/60/YEI) mos yangi zamonaviy suv qonunchiligining joriy qilinishi, kelgusida suv siyosatini tartibga soladigan zarur normativ-huquqiy baza ishlab chiqilishini va suv resurslarini boshqarishning uyg‘unlashgan uslublari joriy qilinishini ta’minlaydi.
Mamlakat tabiiy resurslarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri o‘rmon fondi yerlari bo‘lib, 11,1 mln gektarni yoki umumiy maydonning 25 foizini tashkil etadi. O‘rmon bilan qoplangan maydonlar esa 3,2 mln gektarga (29 foiz) teng.
So‘nggi yillarda Hukumat tomonidan o‘rmon resurslarini boshqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi, o‘rmonlar maydonini 2,3 mln gektarga kengaytirish, 12 ta yangi o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, Orol dengizining qurigan sathida o‘rmonlar barpo qilish, himoya o‘rmonzorlar maydonlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida shamoldan himoyalovchi yashil yo‘laklarni ko‘paytirish, mukammal monitoring tizimini yaratish va ekologik ta’lim dasturlarini takomillashtirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish natijasida atrof-muhit va iqlim uchun yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi uchun tabiiy resurslarni samarali boshqarish asosiy ustuvor yo‘nalish bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatda minimal agroekologik standartlar mavjud bo‘lsada, ularning asosiy qismi eski texnologiyalarga asoslangan. Qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini ishlab chiqishda ekologik omillar hisobga olinmaydi.
Agroekologik amaliyotlarni yaxshilash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish standartlari va mexanizmlarini ishlab chiqishda ekologik omillarga integratsiya qilish talab etiladi.
Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP) tamoyillariga rioya etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyoti (GAEP), shuningdek, agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) hamda boshqa sifat standartlarini joriy etishga ko‘maklashish choralarini ko‘rish;
qishloq xo‘jaligida ekologiya va iqlim uchun xavfsiz amaliyotni targ‘ib qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga yerdan foydalanish huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda dehqon xo‘jaliklari yerlarini vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini joriy etish hamda belgilangan tartibda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinganda tutash hududdagi yerdan foydalanuvchilar tomonidan dastlabki rad etish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi.
2030-yilga qadar bir gektar maydonni sug‘orish uchun ishlatiladigan suv sarfini 20 foizga kamaytirish;
mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
o‘rmon resurslarini boshqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
iqlim o‘zgarishi ta’sirini oldini olish bo‘yicha harakatlar milliy rejasini qabul qilish;
tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalarini xarid qilish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g‘itdan foydalanishning samarali amaliyotini joriy etib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish hamda yerdan foydalanish va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun ko‘chmas mulkka egalik huquqini hisobga olish tizimi bilan yagona axborot tizimini birlashtirish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta ko‘rib chiqish;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
smart texnologiyalaridan (mini o‘lchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) foydalangan holda qishloq xo‘jaligida suv bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash tartibini ishlab chiqish;
o‘rmon resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
o‘rmon resurslarini baholash va uning monitoringini yuritishning zamonaviy usullarini joriy etish;
bozor bahosida o‘rmon resurslarining hisobini yuritishni ta’minlovchi mezonlar va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
biologik xavfsizlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash;
ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ta’sirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xo‘jalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sug‘orish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish va tajriba sinov tariqasida joriy etish.
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
Agrosanoat majmuidagi davlat organlarining funksiyalari asosan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan va ularning ayrimlari xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin.
Meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalarida sezilarli o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, moddiy resurslar ta’minoti hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining aksariyat qismi paxta xom-ashyosi va boshoqli don yetishtirishga mo‘ljallangan.
Xalqaro standart va talablarga javob beradigan zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining yetishmasligi sohadagi muammolarni yanada murakkablashtirmoqda. Bu birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya bilan bog‘liq davlat xizmatlariga taalluqlidir.
Yangi bozorlarga chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarga sertifikatsiyalash va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xususiy sektorni rivojlantirish zarur.
Bugungi kunda davlat korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar monopol ko‘rinishga ega bo‘lib, sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslar bilan ta’minlash va marketing xizmatlarini ko‘rsatishda raqobatni shakllantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.
Agrar bozorning ehtiyojlarini qondira oladigan tizimlar, xizmatlar va muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish orqali mavjud institutsional tuzilmani qayta ko‘rib chiqish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xo‘jaligi vazirligini funksional baholash (Management Functional Assessment Model — MFAM) va uning natijalari bo‘yicha yangi vakolat va faoliyat yo‘nalishlarini belgilash maqsadida vazirlikning tuzilmasi va bo‘linmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
Strategiyani amalga oshirishga mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
tarmoq vazirlik va idoralar faoliyatining samaradorligini baholash orqali rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda boshqaruv xodimlarning strategik va loyiha boshqaruvidagi salohiyatini oshirish;
tarmoqda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida davlat-xususiy sheriklik modelini rivojlantirish;
sohaning manfaatdor tomonlari (davlat, xususiy va jamoat tashkilotlaridan iborat) forumini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish bo‘yicha Hukumat va hamkorlar (sohani qo‘llab-quvvatlashga jalb etilgan barcha donorlar va xalqaro moliya institutlari) forumini tashkil etish.
VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
Hozirgi vaqtda davlatning qishloq xo‘jaligiga sarflanadigan xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (1,68 foiz) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kirmaydigan (0,62 foiz), o‘rtacha darajadagi daromadli davlatlarga nisbatan qariyb uch baravar va IHTTga a’zo mamlakatlarga (0,17) nisbatan o‘n baravar ko‘pdir.
Shunga qaramasdan, qishloq xo‘jaligida samaradorlik va raqobatbardoshlik hamda ishlab chiqaruvchilarning daromadlari nisbatan pastligicha qolmoqda.
Sohani davlat tomonidan moliyalashtirishning asosiy qismi bevosita irrigatsiya uchun sarflanadi (63 foiz) hamda asosan paxta va boshoqli don yetishtirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Budjet mablag‘larining katta qismi nasos stansiyalarining elektr energiyasini qoplash uchun sarflanadi, oqibatda mavjud irrigatsiya va drenaj tizimlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash, ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari to‘liq qoplanmayapti.
Hozirgi vaqtda umumiy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashning katta qismi davlat budjetida “boshqalar” xarajat moddasi sifatida aks etadi, bu esa sohada davlat xarajatlarining strategik rejalashtirilishi yo‘qligidan dalolat beradi. Budjet tizimida sohani qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliyaviy va kredit dasturlari (3,5 mlrd AQSH dollardan ortiq) va davlatning yirik investitsiya dasturlari yoki strategik rejalashtirish jarayonlari o‘rtasida aloqa mavjud emas.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi davlat dasturlari va xizmatlariga ajratilayotgan budjet mablag‘lari miqdorini qayta ko‘rib chiqish hamda moliyalash tizimini takomillashtirish lozim bo‘ladi:
atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari;
birlashmalarning turli shakllarini qo‘llab-quvvatlash (kooperativlar, klasterlar, ishlab chiqarish birlashmalari);
statistik ma’lumotlarni yig‘ish va agrar bozorlar monitoringini yuritish tizimini takomillashtirish, bozor va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy tadqiqotlar va izlanishlar, ta’lim va bilimlarni tarqatish tizimini rivojlantirish.
Mazkur yo‘nalishning asosiy maqsadi agrar siyosatning yangi ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq asosiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish va tarkibiy o‘zgarishlar dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan qishloq xo‘jaligiga ajratilayotgan davlat moliyaviy resurslarini bosqichma-bosqich qayta taqsimlash orqali mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun xarajatlar taqsimotini qayta ko‘rib chiqib, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari va qishloq xo‘jaligi bilimlarini tarqatish tizimi, axborot va maslahat xizmatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmini oshirish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i bilan bog‘liq bo‘lgan barcha budjetdan tashqari jamg‘armalar faoliyatini to‘liq auditdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xususiy sektorga berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
o‘rta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik ko‘mak mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha dasturlarni joriy etish;
qishloq xo‘jaligi sohasida soliqqa tortish tizimini chuqur tahlil qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
VII. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
Ilmiy-tadqiqot, ta’lim va axborot-maslahat xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zaro bog‘laydigan qishloq xo‘jaligiga oid bilim va axborotlarni tarqatish bo‘yicha samarali tizimning yo‘qligi sohani ilmiy asosda rivojlantirishdagi eng jiddiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirda ilmiy-tadqiqotlar uchun davlat investitsiyalari darajasi qishloq xo‘jaligi umumiy budjetining 0,2 foizini tashkil etadi.
Ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning samarali mexanizmlari mavjud emasligi davlat tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy qilishni sezilarli darajada cheklamoqda.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari mahalliy navlarining hosildorligi past va tashqi bozor talablariga javob bermaydi. Import qilinadigan qimmat va mahalliy sharoitlarga moslashtirilmagan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlariga qaramlik yanada ortib bormoqda.
Ta’lim muassasalarida o‘quv va kasbiy tayyorgarlik kurslari, ta’lim tizimi, shakli va o‘qitish usullari zamon talablariga javob bermaydi. Mehnat bozori talablarini o‘rganish va yangi mutaxassisliklarni joriy etish uchun tarmoqlararo va idoralararo muvofiqlashtirish tizimini yaratish talab etiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatda qishloq xo‘jaligiga oid bilim va axborotlar tarqatish uchun zamonaviy xususiy tuzilmalar mavjud emas.
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ta’minoti, ta’lim, malaka oshirish va axborot-maslahat xizmatlari sohalarida zamonaviy, integratsiyalashgan va moslashuvchan tizimni yaratish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish;
donor tashkilotlar texnik ko‘magida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kadrlarning ta’lim va kasbiy tayyorgarlik tizimini isloh qilish;
agrobiznes subyektlari uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari va tizimlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash maqsadida mavjud ma’muriy tizimlarni auditdan o‘tkazish, shuningdek, tarkibiy qayta tuzish va soddalashtirish rejalarini ishlab chiqish;
ekologik xavfsiz uslublar hamda qishloq xo‘jaligi amaliyotlari va texnologiyalari, iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish borasidagi axborot-maslahat xizmatlarini Muvofiqlashtirish markazini tashkil etish;
agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlariga maxsus xodimlarni tayyorlash;
mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat markazlarini tashkil etish.
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qiladi (2018-y.). Mamlakatda tug‘ilish darajasi yuqori (23,3 promille) va shunga mos ravishda qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchi mavjud. 25 yoshgacha bo‘lgan odamlar aholining 45,5 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 55 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Qishloq hududlarida davlat xizmatlari, shuningdek transport va axborot-kommunikatsiya aloqalari darajasi pastligicha qolmoqda. Hududiy ehtiyojlarni batafsil baholashga asoslangan va raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda kompleks strategiya va dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Agrar sektorda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari aksariyat hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yo‘naltirilgan.
Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinganida, qishloq hududlarining iqtisodiy taraqqiy etishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqligi va shundagina muvaffaqiyatga erishilishi, mahallalarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan subsidiyalarga asoslangan islohotlar samarasiz ekanligi kuzatildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshirilayotgan qishloqlarni rivojlantirish dasturlari, asosan, hududiy iqtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, yirik shahar markazlari foydasi uchun, qishloq aholisining kichik bir qismi — fermerlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadigan boshqa tadbirkorlar sektori tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, biroq qishloq mahallalari chetda qolmoqda.
Qishloq hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq hududlarini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
qishloq hududlarini rivojlantirish uchun real ehtiyojlarni batafsil baholashni olib borish;
qishloq mahallalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish hamda qarorlar qabul qilishni nomarkazlashtirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
noqishloq xo‘jaligi korxonalarini tashkil etish va rivojlantirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining mavjud imkoniyatlarini safarbar qilish hamda mahalla fuqarolari, agrar tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun grant mablag‘lari va investitsiyalarni jalb etishning shaffof mexanizmini ishlab chiqish va tajriba tariqasida amalga oshirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqish.
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ida ma’lumot va axborot yig‘ish tizimi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot tamoyillari asosida ishlab chiqilgan eskirgan mexanizm va amaliyotga asoslangan.
Ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini baholash natijalari joylardagi haqiqiy holatga mos kelmaydi.
Aniq va ishonchli ma’lumotlarning yetishmasligi yangi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning sohaga ta’sirini obyektiv baholash imkonini bermaydi.
Ishonchli marketing ma’lumotlarining yetishmasligi fermerlar va boshqa agrobiznes subyektlari tomonidan biznes rejalarni ishlab chiqishda yoki faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishda mavjud va o‘zgaruvchan bozor imkoniyatlaridan foydalanishni sezilarli darajada cheklamoqda.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i holatini aks ettiruvchi ishonchli statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish tizimiga investitsiyalarning jalb qilinishi davlat va xususiy sektor rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib, ishonchli statistik ma’lumotlarni to‘plash, taqqoslash va tarqatish tizimini takomillashtirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirishning aniq rejasini qabul qilish;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, taqqoslash va chop etish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish;
mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur ma’lumotlarni qamrab olgan fermer xo‘jaligini yuritish ma’lumotnomasini (spravochnik) chop etish;
yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar to‘g‘risida ma’lumot va axborotlar katalogini chop etish;
sohada amalga oshirilgan choralar va erishilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli choralarini o‘zida qamrab olgan qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Agriculture annual report) chop etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida milliy tizim va xizmatlarni rivojlantirish uchun ma’lumotlar almashinuvi platformalarida hamda xalqaro forumlarda faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni (Agriculture census) o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring qilish tizimini joriy etish.
3-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
yer ajratish va uni olib qo‘yishda shaffof tizim yaratiladi, korrupsiya va boshqa subyektiv holatlarning oldi olinadi, yerdan foydalanuvchilar huquqlarini kafolatlaydigan tizim yaratiladi;
yerlarni noqonuniy ajratish, ulardan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari keskin kamayishiga erishiladi;
1,1 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zlashtiriladi, 535,6 ming gektar lalmi, yaylov va boshqa yerlardan foydalanish samaradorligi ortadi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning haqiqiy bozor narxi shakllanadi, bu huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi, tadbirkorlar va aholi qo‘lidagi kapital qiymati o‘z o‘zidan ortadi, yer solig‘i solinadigan bazani kengaytirish imkoniyati yaratiladi;
respublika hududlarida sug‘orishning suv tejovchi tizimlaridan foydalanilish maydonlari kengaytiriladi va ushbu tizimlarni joriy qilishni rag‘batlantirish mexanizmlari takomillashtiriladi;
suv iste’molchilari va suv yetkazib beruvchilar o‘rtasida hisob-kitoblar iste’mol qilingan suvni yetkazib berish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda va bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi;
hududlar ixtisoslashtiriladi, bir joyda bir xil mahsulotlarni yetishtirish, agroinnovatsion g‘oyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga sharoit yaratiladi;
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishda davlatning ishtirokidan bosqichma-bosqich voz kechiladi;
paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan qabul qiluvchilar o‘rtasida mahsulot hajmiga qarab shartnoma tuzish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
yerlarning turiga qarab yuqori hosil beruvchi ekinlar yetishtiruvchilar tomonidan mustaqil joylashtiriladi;
mayda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va yerlardan oqilona foydalanish imkoniyati yaratiladi;
sifatli raqobatbardosh meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish, saqlash, chuqur qayta ishlash va eksport o‘sishi barqarorligini ta’minlashga erishiladi;
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi amalga oshiriladi;
kadrlar tayyorlashda oliy va o‘rta ta’lim o‘rtasida uzviy aloqadorlik ta’minlanadi;b
ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, laboratoriya jihozlari yangilanadi, xodimlarning malakasi oshiriladi;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkaziladi;
boshoqli donni birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishiga imkon yaratiladi, davlat xaridlari kamaytiriladi;
boshoqli don bozorida intervension mexanizmlar joriy etiladi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi va raqobatbardoshligi ortadi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyoti (GAEP), agrar tadbirkorlikka maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa sifat standartlari joriy etiladi;
qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatishning shaffoflik va raqobatga asoslangan bozor xizmatlari rivojlanadi;
qishloq xo‘jaligida o‘rtacha mehnat unumdorligi 1,7 barobar oshadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha 3,4 mln tonna quvvat yaratiladi;
mahsulotlarni qayta ishlash ko‘rsatkichi 30 foizga yetkaziladi (2030-yilga qadar eksport hajmi 20 mlrd AQSH dollariga yetkaziladi).
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan
ASOSIY KO‘RSATKICHLAR VA INDIKATORLAR
T/r
Ko‘rsatkichlar nomi
Asos (2018-y.)
2021-yilga maqsad
2025-yilga maqsad
2030-yilga maqsad
1.
Qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatning yillik o‘sishi
117,3 trln so‘m
(14 mlrd AQSh doll.)
3%
5%
5%
2.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ida ish o‘rinlari sonining o‘sishi:
Qishloq xo‘jaligi Oziq-ovqat sanoati To‘qimachilik sanoati
3 671 300
91 420
140 200
2%
3%
3%
1%
4%
4%
1%
5%
5%
3.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti hajmining oshishi
2,3
mlrd AQSH doll.
3,5
mlrd AQSH doll.
10
mlrd AQSH doll.
20
mlrd AQSH doll.
4.
Aholi o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi
6,3%
5%
3%
0
5.
Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish (bir nafar ishchiga bir yilda dollarda)
3 960 AQSh doll.
4 300 AQSh doll.
5 200 AQSh doll.
6 500 AQSh doll.
6.
Qishloq xo‘jaligidagi issiqhona gaz chiqindilarini kamaytirish
15 740 gigagramm
(2016-yil)
10%
30%
50%
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish natijasida ustuvor yo‘nalishlar kesimida erishiladigan
ASOSIY KO‘RSATKICHLAR VA INDIKATORLAR
T/r
Ko‘rsatkichlar nomi
Asos (2018-y.)
2021-yilga maqsad
2025-yilga maqsad
2030-yilga maqsad
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
1.1
Boshoqli donning o‘rtacha hosildorligini oshirish
43 s/ga
60 s/ga
70 s/ga
75 s/ga
1.2
Sigirlarning o‘rtacha sut mahsuldorligini oshirish
2 320 kg/ bosh
2 700 kg/ bosh
3 100 kg/ bosh
3 500 kg/ bosh
1.3
Umumiy ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari maydonlari ulushi
7 %
10 %
12 %
15 %
II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
2.1
Qishloq xo‘jaligi korxonalari va birlashmalari sherikligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportdagi ulushi
2 %
15 %
23 %
30 %
2.2
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsuloti brendini joriy etish va targ‘ib qilish
Kam sonli mahsulotlarni qamrab olgan brend
5 ta qo‘shimcha mahsulot qamrab olinadi
20 ta qo‘shimcha mahsulot qamrab olinadi
40 ta qo‘shimcha mahsulot qamrab olinadi
2.3
Jahon bankining global logistika samaradorligi indeksi bo‘yicha O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash (Logistics Performance Index)
99-o‘rin
96-o‘rin
(3 punktga ko‘tarish)
89-o‘rin
(10 punktga ko‘tarish)
79-o‘rin
(20 punktga ko‘tarish)
2.4
Umumiy eksport hajmida qayta ishlangan mahsulotlar ulushining o‘sishi
25 %
30 %
35 %
40 %
2.5
Oziq-ovqat va yengil sanoatdagi ishchilarning ulushi (qishloq xo‘jaligidagi ishchilarning umumiy soniga nisbatan foizda)
6 %
10 %
15 %
20 %
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
3.1
Jahon bankining “Qishloq xo‘jaligida biznesni rivojlantirishda ko‘maklashish” (Enabling the Business of Agriculture) indeksi bo‘yicha reytingni ko‘tarish
Reyting yuritilmaydi
Reyting o‘rnatish
Reytingni 5 ta punktga oshirish
Reytingni 10 ta punktga oshirish
3.2.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat biznesiga jalb etilgan investitsiyalarning umumiy hajmining o‘sishi
650 mln AQSH doll.
20 %
40 %
80 %
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash
4.1
Davlat xaridi uchun mahsulot yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni
2,5 mln ga
0,9 mln ga
yo‘q
yo‘q
4.2
Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni qo‘llaydigan hamda xalqaro sifat menedjmenti tizimini joriy etgan fermer xo‘jaliklari soni oshishi
2 %
5 %
10 %
20 %
4.3.
Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni kengayishi
1,7 %
10 %
20 %
32 %
4.4
Kuchli sho‘rlangan yerlarning ulushini kamaytirish
45 %
43 %
41 %
37 %
4.5
O‘rmon bilan qoplangan maydonlarni kengaytirish
3,2 mln ga
20 %
25 %
30 %
4.6
Yong‘oqmevalilar (pista, yong‘oq, bodom) maydonini kengaytirish
11 634 ga
10 %
15 %
18 %
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
5.1
Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish
Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish:
idoralararo
davlat-xususiy
davlatlar va rivojlanish bo‘yicha sheriklar
Agrosanoat majmuining holati to‘g‘risida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish va baholash tizimlari yordamida)
Agrosanoat majmuining holati to‘g‘risida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish va baholash tizimlari yordamida)
Agrosanoat majmuining holati to‘g‘risida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish va baholash tizimlari yordamida)
5.2
Tarmoqda davlat boshqaruvi tuzilmalarining funksional taxlilini o‘tkazish
—
Qishloq xo‘jaligi;
veterinariya;
fitosanitariya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; suv xo‘jaligi bo‘yicha funksional tahlillar amalga oshiriladi
Hududiy va tuman darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tu�ilmalarning funksional tahlillari amalga oshiriladi
Tegishli idoraviy organlarning funksional tahlillari yakunlanadi
5.3
Tarmoqning institutsional islohot rejalarini tasdiqlash va amalga oshirish
-
Qishloq xo‘jaligi;
veterinariya; fitosanitariya;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, suv xo‘jaligi bo‘yicha institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi va amalga oshirish boshlanadi
Institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi hamda hududlar va tumanlar darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tuzilmalarida amalga oshiriladi
Institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi va barcha tegishli idoraviy tashkilotlarda amalga oshiriladi
5.4
Davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini qabul qilish
Qabul qilinmagan
Veterinariya xizmati;
fitosanitariya xizmati;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligixizmati;
maslahat xizmati;
irrigatsiya xizmati bo‘yicha strategiyalar qabul qilinadi va amalga oshirish boshlanadi
Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash bo‘yicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish
Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash bo‘yicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish
5.5
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat korxonalarini xususiylashtirish
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi davlat korxonalarini audit qilish
Xususiylashtirish rejasi tasdiqlanadi hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat korxonalaridagi davlat ulushini hususiylashtirish boshlanadi
Xususiylashtirish rejasining kamida 50% bajariladi
Xususiylashtirish rejasi to‘liq amalga oshiriladi
VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
6.1
Irrigatsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i xizmatlariga davlat budjeti xarajatlarini oshirish
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumiy xarajatlarning 20 %
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumiy xarajatlarning 30 %
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumiy xarajatlarning 35 %
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumiy xarajatlarning 40 %
6.2
Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlari uchun davlat budjeti xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirish (yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotiga nisbatan foiz hisobida)
0,02 %
0,05 %
0,5 %
1 %
6.3
O‘rta muddatli budjetni rejalashtirish tizimini joriy etish
2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan budjet ishlab chiqildi va tasdiqlandi
2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan budjet amalga oshiriladi
2022 — 2024-yillarga va
2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan budjetlar amalga oshiriladi
2028 — 2030-yillarga mo‘ljallangan budjet amalga oshiriladi
VII. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
7.1
Qishloq xo‘jaligida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashni muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etish va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning o‘rta muddatli tizimini joriy etish
—
Ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning 2019 — 2021 yyillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli budjeti tasdiqlanadi va amalga oshiriladi
Kelgusi uch yillik davr uchunilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning o‘rta muddatli budjeti ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi
Kelgusi uch yillik davr uchunilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning o‘rta muddatli budjeti ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi
7.2
Agrobiznes sohalarida band bo‘lgan o‘quv yurtlari bitiruvchilari sonining o‘sishi
2 180 nafar
10 %
30 %
50 %
7.3
Maslahat va qo‘shimcha xizmatlardan foydalana oladigan fermerlar sonining o‘sishi
51,1 ming nafar
10 %
35 %
50 %
7.4
Bilim tarqatish va axborot-maslahatmarkazlari xizmatlaridanqanoatlantirilgan fermerlar sonining o‘sishi
41,1 ming nafar
20 %
40 %
80 %
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
8.1
Qishloq joylarda kichik ishlab chiqaruvchilar (mikrofirmalar) umumiy sonining o‘sishi
129 221
10 %
20 %
30 %
8.2
Qishloq joylarda ayollar tomonidan boshqariladigan ishlab chiqaruvchilar sonining o‘sishi
5 648 ta
10 %
20 %
30 %
8.3
Qishloq joylarda yoshlar tomonidan boshqariladigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonining o‘sishi
11 543
10 %
20 %
30 %
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
9.1
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasidan foydalanish imkoniyati va ishonchliligini oshirish
To‘liq emas/
ishonchsiz
Ma’lumotlarni to‘plashning yangi tizimlari asosida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasini har yili chop etish
Ma’lumotlarni to‘plashning yangi tizimlari asosida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasini har yili chop etish
Ma’lumotlarni to‘plashning yangi tizimlari asosida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasini har yili chop etish
9.2
Narxlar va tendensiyalar to‘g‘risida bozor ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish
Doimiy bo‘lmagan / to‘liq emas
Haftalik bozor ma’lumotlari chop etiladi.
Bozor tendensiyalarining oylik va yillik ma’lumotlari
Haftalik bozor ma’lumotlari chop etiladi.
Bozor tendensiyalarining oylik va yillik ma’lumotlari
Haftalik bozor ma’lumotlari chop etiladi.
Bozor tendensiyalarining oylik va yillik ma’lumotlari
9.3
Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish
Doimiy bo‘lmagan / to‘liq emas
Fermer xo‘jaliklari maqsadli o‘rganiladi, yalpi daromadi haqidagi ma’lumot chop etiladi
Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligining yillik ko‘rsatkichlari chop etiladi
Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligining yillik ko‘rsatkichlari chop etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha
Xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish natijalarini doimiy monitoringini olib borish.
Doimiy ravishda
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini baholash hamda qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida iste’mol va daromadlarni o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish.
2021-yil II chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
3.
Sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish.
2021-yil I chorak
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
4.
Qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlarini ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish.
2022-yil II chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
5.
Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.
2022-yil IV chorak
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
6.
Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etilishiga ko‘maklashish.
Doimiy ravishda
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi
7.
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda joylarga yetkazilishini ta’minlash.
Doimiy ravishda
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
Yetakchi qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish.
Bunda:
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar o‘tkazish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish.
Doimiy ravishda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
9.
Eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish.
Doimiy ravishda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
10.
Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan organik mahsulotlarni nazarda tutgan holda ichki va xalqaro bozorlarga meva-sabzavotchilik hamda chorvachilik mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turiga nisbatan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish strategiyasini ishlab chiqish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
11.
Mavjud infratuzilmani tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligi hamda sifatini nazorat qilish tizimini tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish.
2021-yil I chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
12.
Qishloq joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichki bozorlarni modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni maqsadli qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish.
2021-yil III chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
13.
Hududlarning xususiyatlari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo to‘plangan joylarni hisobga olgan holda rivojlanishni cheklovchi omillarni batafsil baholash asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish.
2021-yil II chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi
14.
Barcha tarmoqlarda klasterlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash.
2021-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ
15.
Muhim eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish.
Bunda qarorlar qabul qilishda ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchi korxonalarga ko‘maklashish maqsadida mahsulotlar narxlari to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam ravishda nashr qilib borish nazarda tutiladi.
2021-yil II chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
16.
Qo‘shimcha qiymat zanjirlarini shakllantirishga qaratilgan qishloq joylardagi startap-tashabbuslar hamda ishlab chiqaruvchilar birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar va imtiyozli kreditlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba sinov tariqasida investitsion dasturlarni amalga oshirish.
2021-yil I chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
17.
Ikkilamchi ijara va ijara huquqini berish imkoniyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga o‘zgartirish kiritish.
2022-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
18.
Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali genetik modifikatsiyalangan ekinlar va o‘simliklar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish.
2022-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
19.
Agrologistika markazlari tarmoqlari bazasida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etishda ko‘maklashish.
2022-yil I chorak
Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
20.
Urug‘chilik va meva-sabzavotchilik bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash.
2022-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
21.
Xarajatlarni minimallashtirish va texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida savdo infratuzilmasi, agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar hamda inventarlar uchun investitsiyalarni jalb qilishni yanada rag‘batlantirish.
2025-yil IV chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
22.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining xususiy investitsiyalar va imtiyozli kreditlarga bo‘lgan talabini baholash natijalari asosida xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini maqsadli jalb etilishini ta’minlash maqsadida investitsiyaviy dasturlarni ishlab chiqish.
2021-yil IV chorak
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
23.
Agrosanoat majmuida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
2021-yil I chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi
24.
Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini xususiylashtirish yo‘li orqali moddiy-texnika resurslari bozorida raqobatni kuchaytirish. Bunda, quyidagilar:
davlat kredit mablag‘lari hisobiga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish amaliyotidan voz kechish;
agrosanoat majmui subyektlari o‘rtasidagi savdo munosabatlarini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish uchun standartlashtirilgan bo‘nak shartnomalarini tajriba sifatida joriy etish nazarda tutilsin.
2021yil III chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
25.
Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan faqatgina tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini subsidiya qilish tizimiga o‘tish.
2021-yil III chorak
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
26.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi intensifikatsiya qilishni rag‘batlantiruvchi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash tizimiga to‘liq o‘tilishini ta’minlash.
2022-yil III chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
27.
Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish.
2023-yil I chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash
28.
Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g‘itdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va yanada oshirish choralarini ko‘rish.
Doimiy ravishda
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
29.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;
yerdan foydalanish huquqini himoya qilishning dastak va mexanizmlarini belgilab beradigan mavjud barcha normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;
GAEP standarti va boshqa tegishli me’yorlar asosida yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini bekor qilish;
yer uchastkalari ijarasida dastlabki rad etish huquqini kiritish.
2021-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
30.
Yerlarning meliorativ holati va sho‘rlanish darajasini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilib borish.
Doimiy ravishda
Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
31.
Yer qiymatini baholashda bozor mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda kreditlar va qarz olishda yer uchastkalarining ijara huquqini garov ta’minoti sifatida foydalanish tartibini soddalashtirish.
2020-yil IV chorak
Markaziy bank, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
32.
Fermerlar uchun yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yondosh yer uchastkalari sifatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni integratsiyalash dasturini tajriba tariqasida amalga oshirish.
2021-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi
33.
Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sug‘orish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish hamda tajriba sinov tariqasida joriy etish.
2021-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi
34.
Suv resurslarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish.
2021-yil II chorak
Suv xo‘jaligi vazirligi
35.
Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) joriy etish natijalarini monitoring qilib borish.
Doimiy ravishda
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
36.
Ilmiy-tadqiqot sohasidagi ustuvor vazifalarga mos ravishda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan kelgusida yerdan foydalanish rejalarini aniqlash uchun baholash ishlarini olib borish asosida ularning yer uchastkalarini maqbullashtirish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari
37.
Biologik xavfsizlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash.
2022-yil I chorak
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
38.
Ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ta’sirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xo‘jalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish va joriy etish.
2022-yil II chorak
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
40.
Yerdan foydalanish huquqining samarasiz foydalanuvchilardan erkin o‘tishini ta’minlash uchun ikkilamchi bozorni tashkil etish.
2023-yil II chorak
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
41.
Davlat siyosati tadbirlarining samaradorligini oshirish va yerga egalik huquqiga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya dasturini ishlab chiqish.
2023-yil I chorak
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
42.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozoridagi o‘zgarishlar hamda tarmoqni isloh qilish va erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlarni, davlat xizmatlarini onlayn shaklida taqdim etuvchi veb-sahifa yaratish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi
43.
Yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash uchun stajirovka va stipendiyalar dasturini joriy etish, unda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, agrobiznes menejmenti va marketingi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish hamda boshqa shu kabi ustuvor yo‘nalishlarda stipendiyalarni taqdim etish va xodimlar almashinuvining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirilishini nazarda tutish.
2021-yil IV chorak
“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi
44.
Quyidagi yo‘nalishlarda davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish:
veterinariya, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining sog‘lig‘ini saqlash va chorvachilikni rivojlantirish;
fitosanitar nazorat va o‘simliklarni himoya qilish xizmatlari;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmatlari;
qishloq xo‘jaligi va agrobiznes sohasida axborot xizmatlari hamda amaliy tadqiqotlar olib borish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;
qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish xizmatlari.
2021-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi
45.
Tarmoqda muhim qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish sohasida xususiy sektor yordamida autsorsing amaliyotini joriy etish va samarali davlat-xususiy sheriklik modelini rivojlantirish.
2025-yil III chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi
VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
46.
O‘rta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik ko‘mak mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarni oshirish bo‘yicha dasturlarni joriy etish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi
47.
Qishloq xo‘jaligi sohasida soliqqa tortish tizimi tahlilini o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
2021-yil III chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi
48.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilma va ichki xo‘jalik xizmatlari hamda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirishga qaratilgan imtiyozli kreditlardan boshlab qo‘llab-quvvatlashning kompleks choralarigacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash dastaklari nomenklaturasini kengaytirish.
2021-yil IV chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
VII. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
49.
Respublika, hududiy va mahalliy miqyosida fermer xo‘jaliklari, agrobiznes uchun bilimlarni tarqatish bilan shug‘ullanadigan axborot-maslahat xizmatlarini rivojlantirish. Bunda kuyidagilarni nazarda tutish:
agrar tadbirkorlik subyektlari uchun joriy maslahat xizmatlarini baholash va normativ-huquqiy bazani tahlil qilish;
moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tadqiqotlar natijalarini yetkazish va innovatsiyalarni joriy etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.
2021-yil II chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
50.
Mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlarini joriy etish.
2021-yil I chorak
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari
VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
51.
“2020 — 2025-yillarda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish Konsepsiyasini” ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini monitoringini olib borish.
2020-yil I chorak
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
52.
Yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar to‘g‘risida ma’lumot va axborotlar katalogini chop etish.
Har yili
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
53.
Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, taqqoslash va chop etish.
Har yili
Milliy statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
54.
Mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur ma’lumotlarni qamrab olgan fermer xo‘jaligini yuritish ma’lumotnomasini (spravochnik) chop etish.
Har ikki yildabir marotaba
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi
55.
Sohada amalga oshirilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli choralarini o‘zida qamrab olgan qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Agriculture annual report) chop etish.
Har yili
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi
56.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida milliy tizim va xizmatlarni rivojlantirish uchun ma’lumotlar almashinuvi platformalarida hamda xalqaro forumlarda faol ishtirok etish.
Doimiy ravishda
Milliy statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
57.
Strategiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini tashkil etish.
Doimiy ravishda
Muvofiqlashtiruvchi kengash
59.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring qilish tizimini joriy etish.
2025-yil III chorak
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
*Izoh: “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”da 2019-2020-yillarda amalga oshiriladigan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”da belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilanmoqda.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2025-y., 06/25/173/0852-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
2.
A. Vaxabov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining o‘rinbosari
3.
J. Xodjayev
—
qishloq xo‘jaligi vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining o‘rinbosari
4.
B. Xodjayev
—
iqtisodiyot va sanoat vaziri
5.
Sh. Xamrayev
—
suv xo‘jaligi vaziri
6.
S. Umurzakov
—
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri
7.
A. Shadmanov
—
sog‘liqni saqlash vaziri
8.
A. Kasimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shu’ba mudiri
9.
A. Ergashev
—
moliya vazirining o‘rinbosari
10.
B. Begalov
—
Davlat statistika qo‘mitasi raisi
11.
B. Norqobilov
—
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi
12.
B. Qo‘chqorov
—
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi
13.
A. Abdullayev
—
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi
14.
N. Bakirov
—
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi
15.
M. Esanov
—
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
16.
I. Ergashev
—
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori
17.
D. Sattarov
—
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori
18.
A. Ravshanov
—
Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari budjetlari parametrlarida qishloq xo‘jaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yo‘nalishlari
Xarajatlar yo‘nalishlari
2018-yilda umumiy qishloq xo‘jaligi sohasiga ajratilgan mablag‘larga nisbatan foiz hisobida
Xarajatlar tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yo‘nalishlari
Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuziladigan intervension zaxira
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilari uchun foiz stavkasini subsidiyalash
9,2 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
G‘alla yetishtiruvchilar uchun foiz stavkasini subsidiyalash
1,9 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Urug‘liklar yetishtirish va sifatini nazorat qilish dasturi
0,1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Chorvachilikni rivojlantirish dasturi
0,1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Baliqchilikni rivojlantirish dasturi
0,1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash dasturi
5,4 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Bog‘dorchilikni rivojlantirish dasturi
0 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Agrologistika xizmatlarini rivojlantirish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari va birlashmalarining boshqa shakllarini rivojlantirish
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Davlat-xususiy sheriklik rivojlantirish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash
Unumdorligi past yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlash
1,4 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotlar
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
O‘rmon xo‘jaligini boshqarish va himoya qilish
1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Sug‘orish tizimlaridagi kapital xarajatlari
10,5 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Sug‘orish tizimlarini tiklash uchun kapital qo‘yilmalar
7,8 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Irrigatsiya tizimlarini boshqarish va ulardan foydalanish
17,5 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Sug‘orishda elektr energiya xarajatlari
23 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish
Inspeksiya xizmatlari (qishloq xo‘jaligi, veterinariya, fitosanitariya nazorati, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi)
0,2 %
Bosqichma-bosqich oshirish
O‘simliklar himoyasi xizmati
0,3 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Veterinariya xizmati va hayvonlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish xizmati
3,9 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi xizmati
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Tabiiy ofatlar tavakkalchiliklarini boshqarish
1 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish
Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va ishlanmalari
0,5 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xo‘jaligi ta’limi
5,9 %
Bosqichma-bosqich oshirish
Qishloq xo‘jaligi bilimlarini tarqatish va maslahat xizmatlari
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Qishloq hududlarini rivojlantirish
Qishloq hududlarini rivojlantirish dasturi
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish
Bozor ma’lumotlari va statistikasi tizimi
0 %
Xarajatlarning yangi yo‘nalishi
Boshqa xarajatlar
10,2 %
Bosqichma-bosqich qisqartirish
Izoh:
1) Muvofiqlashtiruvchi kengash, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi sohasi xarajatlari tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.
2) Keyingi yillarda, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat budjeti o‘sishi bilan yalpi ichki mahsulotga nisbatan foiz hisobida bosqichma-bosqich qisqartirilishi ko‘zda tutiladi.