1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq.
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
davlat siri bilan bogʻliq obyektlarning birlamchi ruxsat berish hujjatlarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazishdan tortib obyektlarni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha qurilish jarayonlari Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP ishtirokisiz toʻgʻridan-toʻgʻri qurilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlar talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
bir oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
2022-yil 1-dekabrga qadar qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlari bilan belgilangan tartiblarning qoʻllanilishi natijalariga koʻra ularni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-aprel,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 1-ILOVA
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tegishli boʻlgan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi — bino va inshoot fasadiga kiritiladigan oʻzgartirishlarning yakuniy natijasi toʻgʻrisida toʻliq tasavvur beruvchi bino va inshoot fasadining rangli tasvirdagi arxitekturaviy chizmasi.
3. Ushbu Reglamentning amal qilishi bino va inshootning hajmi va maydonini oʻzgartirmasdan turib koʻcha (koʻchalar)dan koʻrinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (sokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va oʻlchamlari oʻzgartirilishiga tatbiq etiladi.
Bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish boʻyicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral koʻchalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qatʼi nazar kelishish talab etiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning maʼmuriy markazi boʻlmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirgandan soʻng obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
4. Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini kelishmasdan turib bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirish taqiqlanadi.
5. Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish tartibotini amalga oshirishda bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tuman (shahar) qurilish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) bilan kelishiladi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasidagi axborot almashuv elektron raqamli imzodan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
7. Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi elektron koʻrinishda ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
10. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
15. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish kelishilganligi haqida xulosa beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini vakolatli organning ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqishi davomida, zaruratga koʻra, koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirish talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
Vakolatli organ joyiga borib bino va inshootni oʻrganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlari va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hudud va ular yaqinidagi bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Oʻrganish davomida bino va inshoot oʻzboshimchalik bilan qurilganini (loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan va tegishli tartibda ekspertizadan oʻtkazmasdan turib qurilganini, obyektning loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda hamda shaharsozlik normalari va qoidalarini buzgan holda qurish va rekonstruksiya qilingani) aniqlash maqsadida, bino va inshootni tekshiruvdan oʻtkazish hamda ariza beruvchi soʻrovnomasida, shuningdek, bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud boʻlsa), fasad va kadastr pasporti nusxasida berilgan maʼlumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslash amalga oshiriladi.
16. Quyidagilar bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni oʻzgarganligi;
bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
bino va inshootga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
loyiha tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk koʻtaruvchi qismlarining oʻzgarishi nazarda tutilganligi;
bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;
bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi boʻlmasa;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37, 38-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
17. Ariza beruvchi bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda, takroran kelishish soʻrovnoma takroran tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
18. Vakolatli organ bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishgan kunning oʻzida QR-kod qoʻyilgan bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish kelishilganligi haqidagi xulosani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi xulosa olinganidan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga xulosani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
20. Xulosa bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi kelishilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
21. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
22. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
23. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Joyiga borib bino va inshoot maqsadidan kelib chiqqan holda bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkoniyatini oʻrganib chiqish.
2. Xulosani ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtirish.
3. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli xulosani yuborish.
5 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchining elektron manziliga xulosani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va xulosani berish.
Real vaqt rejimida
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
__________________
(sana)
__________________
(raqam)
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish
boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 2-ILOVA
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining maqsadli dasturlariga kiritilgan obyektlar, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar va yakka tartibdagi uy-joylar qurilish-montaj ishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
kapital bino va inshoot — obyekt barpo etilishi uchun yer uchastkasiga mulk, ijara yoki doimiy foydalanish huquqi mavjud boʻlgan, zarur ruxsat beruvchi hujjatlari olingan hamda muqim muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilgan (zarur boʻlganda), shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda maxsus moslashtirilgan (chuqurlashtirilgan va boshqa holatdagi) poydevorlarga oʻrnatilgan qurilish tizimi;
vaqtinchalik qurilmalar — obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan, dala ishlari (geodeziya, qishloq hoʻjaligi, oʻrmonchilik, baliq koʻpaytirish va boshqalar) bajariladigan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish, oʻqitish va boshqa jarayonlar davrida maxsus barpo etiladigan yoki moslashtiriladigan hamda ulardan foydalanish zarurati boʻlmaganda bartaraf etish (buzish) imkoniyati mavjud boʻlgan kapital hisoblanmagan ishlab chiqarish, ombor sifatida ishlatiladigan bino va inshootlar;
yengil turdagi qurilmalar — yengil konstruksiyalardan iborat, har tomonlama yopiq yoki bir qismi ochiq, 0,5 metrdan chuqur boʻlmagan holatda toshdan yoki gʻishtdan terilgan poydevorlarga ega, toʻliq yechib olish (donalab oʻpirib olish) va koʻchirish imkoniyati mavjud obyektlar;
magistral koʻchalar — aholi punktining maʼmuriy markazini boshqa funksional zonalari bilan bogʻlovchi, shuningdek, uning hududida umumiy foydalanishdagi transport va boshqa transport vositalari hamda piyodalar serqatnov boʻlgan asosiy koʻchalar;
qayta qurish — obyektdagi bino va inshootlarni toʻliq yoki qisman buzib tashlab, ularning ixtisoslashishini oʻzgartirgan yoki oʻzgartirmagan holda yangilarini qurish;
ixtisoslashishini oʻzgartirish — bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yoʻnalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan oʻzgarishi;
qoʻshimcha qurilish — yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarining oldin qurilgan bino va inshootlardan boʻsh qismida ularga tutashgan holda va (yoki) alohida turadigan yangi bino va inshootlarning barpo etilishi;
rekonstruksiya qilish — binolardan foydalanish sharoitlarini oʻzgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini toʻldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar hamda koʻp kvartirali uydagi joyni qayta rejalashtirish majmui;
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar.
4. Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa buyurtmachining soʻroviga asosan ruxsatnoma bergan organ tomonidan qaytadan koʻrib chiqiladi.
5. Quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:
binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (koʻp kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);
poydevor maydonini oʻzgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.
Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish boʻlimlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
6. Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
7. Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan beriladi.
Vakolatli organ tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga yoki noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish (rekonstruksiya qilmasdan) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilganda ariza beruvchining soʻroviga koʻra kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ruxsatnoma Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron tarzda yuboriladi (obyektning muayyan qismi toifasini oʻzgartirish bundan mustasno).
Bunda koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng avtomatik ravishda:
davlat soliq inspeksiyasiga — obyektning toifasi oʻzgarganligi haqida soliq hisobini yuritish uchun;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga — isteʼmolchi bilan toʻgʻri hisob-kitob qilinishi uchun yuboriladi.
Ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun avtomatik tarzda buyurtma berilishi mumkin.
Magistral koʻchalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab joylashgan bino va inshoot, koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar fasadlarini rekonstruksiya qilish va ularni qayta qurish masalalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Koʻp qavatli turar joyning birinchi qavatini noturar joy toifasiga yoki noturar joyni koʻp qavatli turar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berishda koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining tegishli ijobiy xulosalari talab etiladi.
noturar joyga oʻtkazilayotgan turar joy birinchi qavatda joylashganligi (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno);
qonunchilik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga taʼsir koʻrsatuvchi oʻzgartirishlar kiritmaslik;
obyektda evakuatsiya chiqishlarining soni va joylashishining oʻzgarmasligi;
turar joy aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;
alohida kirish joyini yaratish imkoni mavjud boʻlishi;
koʻzlangan faoliyat turi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovasiga (koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarda joylashtirishga ruxsat berilgan faoliyat turlari roʻyxati) muvofiq faoliyat turlariga zid boʻlmasligi;
bino va inshootlar aholi punktlarining (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga mansub yerlardagi turar joy zonalarida joylashganligi;
noturar joy avariya holatida emasligi;
turar joyga oʻtkazilayotgan xona bino yertoʻlasi yoki yarim yertoʻlasida joylashmaganligi;
turar joyga oʻtkazilayotgan xona qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida joylashmaganligi;
turar joyga oʻtkazilayotgan xonani toʻgʻridan-toʻgʻri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek, yondosh turar joy yoki noturar joylardan toʻliq izolyatsiyalanganligi;
xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq ekanligi;
noturar joyni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq yoʻqligi yoki ushbu noturar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi;
zarur sanitariya-gigiyenik uzellar yaratish uchun xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
markazlashtirilgan kanalizatsiya mavjud boʻlmagan hollarda xonaga biriktiriladigan yer uchastkasining maydoni turar joy xonasidan, shuningdek, biriktiriladigan yer uchastkasiga tutash boʻlgan boshqa mulkdorlarga tegishli turar joylardan oqova suv va hojatxona uchun moʻljallangan oʻralardan sanitariya normalariga muvofiq masofada joylashganligi;
joy muhandislik va transport kommunikatsiyalari, irrigatsiya inshootlari, daryo va suv havzalari, ishlab chiqarish obyektlari, qabristonlar muhofaza zonalari, qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berish uchun zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash zonalari hududida joylashmaganligi;
xonaning mavsumiy va vaqtincha yashash uchun moʻljallanmaganligi;
shaharsozlik hujjatlariga muvofiq turar joy binolarini joylashtirish uchun moʻljallanmagan zonalarda joylashmaganligi;
xonaning bozorlar va boshqa savdo markazlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashmaganligi;
toʻy va shunga oʻxshash marosimlar oʻtkazish bilan bogʻliq 100 tadan ortiq oʻtirish joyi boʻlgan umumiy ovqatlanish obyekti, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtincha pavilyonlar, yozgi ochiq estrada, kinoteatrlar, raqs maydonchalari, 500 oʻringacha boʻlgan yopiq kinoteatrlar, inson hayoti uchun xavfli boʻlgan portlovchi, yonuvchi va kimyoviy vositalar saqlash omborxonalari, angarlar, kioskalar, bostirma toifasidagi obyekt emasligi;
ijtimoiy soha obyektlarida va unga tegishli yer maydonlarida joylashmaganligi;
v) koʻp kvartirali uylarni qayta rejalashtirish va rekonstruksiya qilishda qoʻshnilarning yoki boshqa uchinchi shaxslarning umumiy mulkdan foydalanish bilan bogʻliq huquqlari buzilmasligi hamda ularning hayoti va sogʻligʻi uchun xavf-xatar yuzaga kelmasligi;
g) shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi.
3-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ruxsatnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
12. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish nazarda tutilganda soʻrovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud boʻlsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
13. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
14. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron amalga oshiriladi.
15. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
17. Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma vakolatli organga avtomatik tarzda yuboriladi.
18. Vakolatli organga soʻrovnoma tushganidan soʻng yetti ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish imkoniyatlari mavjudligini oʻrganadi va QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Ruxsatnoma elektron koʻrinishda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida zaruratga koʻra koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirishi talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
Agarda, Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali obyektning kadastr hujjatlari toʻgʻrisidagi zaruriy maʼlumotlarni olishni imkoni boʻlmagan (maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmaganda) taqdirda, ariza vakolatli organ tomonidan hududiy kadastrlar palatasining obyekt toʻgʻrisida taqdim etadigan yozma maʼlumotnomasi asosida koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchi vakolatli organga obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratib berishi talab etiladi.
Vakolatli organning obyektni joyiga borib oʻrganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlarini va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hududni hamda bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Vakolatli organ oʻrganish davomida bino va inshoot oʻzboshimchalik bilan qurilmaligini aniqlash uchun bino va inshootni tekshiruvdan oʻtkazadi, ariza beruvchining soʻrovnomasidagi va kadastr hujjatlaridagi maʼlumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslaydi.
Shuningdek, obyektda quyidagilar oʻrganiladi:
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt bosh rejaga muvofiqligi;
bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish rejalashtirilayotgan obyekt hududning shaharsozlik hujjatlarida belgilangan zonalashtirishga muvofiq joylashganligi;
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt uchun ajratilgan yer maydoni nizoli boʻlgan taqdirda, mazkur nizo mazmunan hal etilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud organining qarori yoxud nizolashuvchi taraflarning yozma ravishda rasmiylashtirilib tasdiqlangan kelishuv bitimi mavjudligi;
sanitariya qoidalari va normalariga mos ekanligi;
qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish rejalashtirilayotgan oʻz hududida koʻp yillik daraxtlar mavjud boʻlgan taqdirda qurish uchun ekologiya organlarining tegishli ijobiy xulosasi mavjudligi.
19. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi;
mazkur Maʼmuriy reglamentning 10, 18 va 21-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;
bino va inshootning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq emasligi;
obyektni oʻrganish uchun vakolatli organga imkoniyat yaratilmaganligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilganligi (vakolatli organning rozilik xati taqdim etilishi bundan mustasno);
loyihalashtirish nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari ruxsatnoma olgunga qadar oʻzboshimchalik bilan boshlangan boʻlsa;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi.
Bunda yer uchastkasi yoki bino va inshootning biri davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
20. Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etib ruxsatnoma olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma soʻrovnoma takroran berilgandan soʻng vakolatli organ tomonidan besh ish kunidan oshmagan muddatda beriladi.
Ruxsatnomani berish masalasini takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ruxsatnomani olish uchun qayta murojaat rad etilganda keyingi murojaatlar ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
21. Turar joy zonalarida joylashgan obyektlardagi bino va inshootlarni yoki ulardagi alohida xonalarni quyidagi faoliyat turlari uchun ixtisoslashtirishga ruxsatnoma berish taqiqlanadi:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan Obyektlar xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq keltirilgan II toifaning 19.1, 22.2, 44.2, 44.3, 45.4 va 45.5-bandlarida qayd etilgan hamda III-IV toifalarga mansub obyekt turlariga;
ommaviy tadbirlar oʻtkazishga moʻljallangan hamda 100 tadan ortiq oʻtirish joyi boʻlgan ochiq turdagi umumiy ovqatlanish joylarini tashkil etish, kino va videofilmlar namoyish qilish, konsert hamda koʻngilochar attraksionlarni tashkil etishga moʻljallangan faoliyat turlari.
Quyidagi faoliyat turlariga mansub obyektlar bundan mustasno (ushbu bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan obyektlar tarkibida boʻlmaslik sharti bilan):
sogʻliqni saqlash muassasalari obyektlari va dorixonalar;
dam olish va turizm muassasalari obyektlari;
yulduzlik darajasidan (toifasidan) qatʼi nazar, mehmonxona xoʻjaligi obyektlari;
madaniy-maʼrifiy muassasalar obyektlari;
jamoat binolari va maʼmuriy binolar;
taʼlim muassasalari obyektlari;
ilmiy-tadqiqot muassasalari obyektlari;
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining yil boʻyi faoliyat yuritadigan obyektlari, kir yuvish korxonalari, kiyim tikish atelyelari, sartaroshxonalar, hammomlar va shu kabilar;
suv xoʻjaligi qurilishi, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari;
pochtamptlar, telegraflar, saralash uzellari;
aloqa boʻlimi mavjud boʻlgan avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari;
qavatlar sonidan qatʼi nazar, koʻp kvartirali uylar va yotoqxonalar (yakka tartibdagi uy-joylardan iborat mahallalar hududida faqat aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilgan holatlarda joylashtiriladi);
ushbu bandning uchinchi xatboshisida qayd etilganlardan tashqari umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shu jumladan, restoranlar;
savdo shoxobchalari, shu jumladan, supermarket, yirik koʻp tarmoqli va ixtisoslashtirilgan doʻkonlar, savdo uylari;
yopiq suv havzalari va suv havzali jismoniy-sogʻlomlashtirish majmualari;
issiqlik taʼminoti uchun avtonom qozonxonalar;
koʻp qavatli yer osti va yer usti avtoturargohlar.
22. Turar joy zonalarida joylashgan bino va inshootni ixtisoslashishini oʻzgartirmasdan bino va inshootni rekonstruksiya qilish, qayta qurish va oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar qurishga ruxsatnoma berishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Turar joy zonasida yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan oʻz yer uchastkasida yoki mavjud bino va inshootni buzib, uning oʻrnida koʻp kvartirali uy qurish masalalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
24. Noturar joy xonalarini (yoki ularning bir qismini) koʻp kvartirali turar joy yoki yotoqxona sifatida ishlatiladigan turar joyga vakolatli organning noturar joy xonalarini (yoki ularning bir qismini) turar joy toifasiga oʻzgartirish uchun beradigan ruxsatnomasida yondosh binolardagi yongʻinga qarshi va sanitariya masofalari, kirish yoʻllari, piyodalar uchun yoʻlaklar, avtomobillar toʻxtab turish maydonchalari, sport va bolalar maydonchalari, axlat yigʻgichlar va yuvilgan kiyimlarni quritish maydonchalari hisobga olingan holda koʻp kvartirali turar joylar yoki yotoqxonaga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan yer uchastkasining maydoni koʻrsatiladi.
26. Turar joyni noturar joy sifatida ixtisoslashtirishga ruxsatnomani rasmiylashtirishda ariza beruvchi tomonidan rekonstruksiya qilish ishlarida va muhandislik tarmoqlari yuklama hajmini oʻzgartirish talab etilganda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ushbu ruxsatnomada arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilishi, loyiha-smeta hujjatlari kelishilishi, rekonstruksiyasi tugallangan bino va inshootlarni noturar joyga kadastr pasportini qayta shakllantirish, foydalanishga qabul qilish hamda unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida talablar koʻrsatiladi.
Turar joyni noturar joyga yoki noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini oʻzgartirishda binoni rekonstruksiya qilish nazarda tutilmasa, vakolatli organ ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
27. Noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini oʻzgartirishga ruxsatnomani rasmiylashtirishda vakolatli organ tomonidan rekonstruksiya qilish zarurati mavjudligi aniqlansa, ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ushbu ruxsatnomada uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlariga yakka tartibda uy-joyni (koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar) rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va rekonstruksiyasi ishlari yakunlangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish haqida talablar koʻrsatiladi.
28. Kapital bino va inshootlarning, shuningdek, alohida xonalarning ixtisoslashishini oʻzgartirishga oʻziga tegishli yer uchastkasida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurishga, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishga hamda ularni toʻliq yoki qisman buzgan holda oʻrnida yangi bino va inshootni qurish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
Agar ruxsatnomada obyektni rekonstruksiya qilmasdan faqat ixtisoslashishini oʻzgartirish koʻrsatilgan boʻlsa, bu kadastr organlarining hududiy filiallari tomonidan belgilangan tartibda kadastr pasportini qayta shakllantirishga asos boʻladi hamda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
29. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va (yoki) ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga ruxsatnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
30. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
31. Ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
32. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
33. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
34. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.
Murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Obyekt joylashgan hududga chiqqan holda obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar qurish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.
2. Ruxsatnomani ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtirish.
3. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli ruxsatnomani yuborish.
yetti ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchining elektron manziliga ruxsatnomani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron xabardor qilish va ruxsatnomani berish.
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
__________________
(sana)
__________________
(tartib raqami)
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Jismoniy shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Yuridik shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:
1. Toʻliq nomi
2. Telefon raqami
3. STIR
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Obyekt haqida maʼlumot:
1. Kadastr raqami
2. Obyekt joylashgan manzil
a) Turar joydan noturar joyga oʻtkazish boʻyicha:
toʻliq
qisman
Bino va inshootning noturar joyga oʻtishi
rekonstruksiya qilib
rekonstruksiya qilmasdan
Faoliyat turi
Bino va inshootning raqami, literi
Noturar joyga oʻtadigan bino va inshootning umumiy maydoni
Ilova
turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning notarial tasdiqlangan yozma roziligi
(agar mavjud boʻlsa)
b) Noturar joydan turar joyga oʻtkazish boʻyicha
toʻliq
qisman
Bino va inshootning raqami, literi
Turar joyga oʻtkaziladigan bino va inshootning umumiy maydoni
v)Obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilishning asosiy mazmuni
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 3-ILOVA
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning buyurtmasiga (shartnomaga asosan) muvofiq loyiha tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan berilgan soʻrovnomaga asosan shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (keyingi oʻrinlarda — ART) ishlab chiqish va taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga asosan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun ARTni ishlab chiqish va taqdim etishga nisbatan tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar uchun ARTni ishlab chiqish uchun bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) murojaat qilinadi.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va loyiha hujjatini kelishishda ARTni ishlab chiqish va taqdim etish talab etilmaydi (ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno).
3. ART loyihaoldi hujjat boʻlib, yer uchastkasi yoki bino va inshootga mulk huquqini tasdiqlamaydi hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanmaydi.
ART tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan, davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlaridan, shu jumladan, tarixiy va madaniy obidalarni, atrof-muhitni muhofaza qilish talab va shartlarini hamda obyektni aniq yer uchastkasida joylashtirishda uchinchi shaxslarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishdan kelib chiquvchi oʻziga xos shaharsozlik va arxitekturaviy shartlar hamda obyektni loyihalashtirish va qurishning alohida sharoitlari majmuasidan iborat hujjat hisoblanib, uning asosida obyekt qurilishi (rekonstruksiyasi) uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi.
ART bino yoki inshootning tashqi koʻrinishiga, qurilishning taxminiy maydonlariga, avtoturargohlar, hududga kirish va chiqish yoʻllariga, kichik meʼmoriy shakllarning tuzilishi, yer uchastkasining koʻkalamzorlashtirilishi va obodonlashtirilishiga boʻlgan umumiy talablarni hamda muhandislik-kommunikatsiya trassalariga va muhandislik tarmoqlari oʻtkazilishiga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
4. ART ishlab chiqilmasdan loyiha hujjatlarini kelishish taqiqlanadi.
5. Vakolatli organ ARTni ishlab chiqadi va taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasida axborot almashish ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
7. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish va taqdim etish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi ARTni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
ARTni uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalar vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyida sanab oʻtilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi:
tegishli ravishda tuman (shahar) qurilish boʻlimining bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;
“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori.
Obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga koʻra elektr, gaz, suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari oʻtkazilishi zarurati mavjud boʻlsa, texnik shartlar soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
10. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlati xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
13. Davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim va invoysda koʻrsatilgan summani oʻz vaqtida toʻlanmasligi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga yuboradi.
16. Vakolatli organ soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ARTni ishlab chiqishning qiymati koʻrsatilgan hisob-fakturani (keyingi oʻrinlarda — invoys) yuboradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni yuborishni rad etadi.
17. Vakolatli organ zaruratga koʻra, obyektni joyiga borgan holda, yangi qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasini va qoʻshimcha qurilish amalga oshirilayotgan yer uchastkasini, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi zarur boʻlgan obyektni oʻrganib chiqadi.
Obyektni oʻrganib chiqish obyekt yoki uning qismlari va unga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, unga tutash hududlar hamda bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
18. Davlat xizmatlari markazi invoys tushganidan boshlab real vaqt rejimida bu haqida ariza beruvchini elektron xabardor qiladi.
Ariza beruvchi invoys kelib tushgandan soʻng bir oy mobaynida invoysda koʻrsatilgan summani toʻlaydi.
Invoysda koʻrsatilgan summa toʻlanganligi elektron tarzda tasdiqlanadi.
19. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqishi davomida zaruratga koʻra, koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirish talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
20. ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
ARTni ishlab chiqish muddati ARTni ishlab chiqish toʻlovi kelib tushgandan soʻng hisoblanadi.
21. Invoys yuborishni rad etish uchun soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniy emasligi, shu jumladan, ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotganligi yoki bekor qilinganligi asos boʻladi.
Invoysni yuborishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
22. Invoysda koʻrsatilgan toʻlov belgilangan muddatda amalga oshirilgandan soʻng vakolatli organ ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ART ishlab chiqadi.
Bunda soʻrovnomaga texnik shartlar ilova qilingan taqdirda, yer uchastkasi (obyekt)ning amaldagi joylashuvini hisobga oluvchi muhandislik-kommunikatsiya tarmogʻiga ulanishning texnik shartlarida bayon etilgan maʼlumotlarni taqqoslagan holda obyekt tekshiruvdan oʻtkazilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ulanish nuqtalarigacha oʻtkaziladigan trassalari belgilanadi.
QR-kod qoʻyilgan ART elektron shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Davlat xizmatlari markazi ART tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga ARTni elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.
24. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
25. ART rasmiylashtirilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
26. ARTni ishlab chiqishdan tushgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
27. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
28. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
29. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish va berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. ARTni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron tarzda YAIXDP orqali murojaat qilish.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish.
2. Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga ARTni ishlab chiqishning qiymati koʻrsatilgan invoysni yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Invoys olinganligi haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Ariza beruvchi
Invoysda qayd etilgan toʻlovni amalga oshirish.
Bir oy mobaynida
6-bosqich
Vakolatli organ
1. ARTni ishlab chiqish, elektron shaklda rasmiylashtirish va oʻzining ERIsi bilan tasdiqlash.
10 ish kuni
2. ARTni davlat xizmatlari markaziga yuborish yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali yuborish.
Real vaqt rejimida
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
ARTni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va bu haqida elektron tarzda xabardor qilish.
Ariza beruvchining elektron manziliga ARTni joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va ARTni berish.
Real vaqt rejimida
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
__________________
(sanasi)
__________________
(raqami)
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. JSHSHR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi
2. Telefon raqami
3. STIR
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Obyekt haqida maʼlumot:
1. Obyektning kadastr raqami
2. Obyekt joylashgan manzil
3. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishning maqsadi
Turar joyni noturar joyga oʻzgartirish
Obyektni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootni qurish
4. Qayta rasmiylashtirish
IV. Ilova qilinadigan hujjat (quyida koʻrsatilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi):
a) tuman (shahar) qurilish boʻlimining ruxsatnomasi;
b) “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
v) yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori;
g) texnik shartlar (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ehtiyoji boʻlganda).
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Obyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish
MUDDATI VA QIYMATI
T/r
Qurilayotgan obyektlarning turiga qarab ARTni ishlab chiqish
Muddati
Qiymati
(bazaviy hisoblash miqdorida)
1.
Obyekt (bino va inshoot)larni yangi qurilishi uchun (yangidan ajratilgan yoki auksion orqali yutib olingan yer maydonlarida)
10 ish kuni
4
2.
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish bilan qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish
8 ish kuni
3,5
3.
Ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar uchun
5 ish kuni
1,0
Izoh.
a) obyektning joylashgan joyiga koʻra arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymatini aniqlashda koʻrsatkichlarga quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
qishloq aholi punktlarida — 0,7;
tumanga boʻysunuvchi shaharlarda va shaharchalarda — 0,8;
tumanlar markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda — 0,9;
Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — 1,0;
b) qurilayotgan obyektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda ARTni ishlab chiqish qiymatiga nisbatan 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qoʻllanadi;
v) ART quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda;
obyektning faoliyat turi, hajmi va boshqa xususiyatlari oʻzgarganda;
qurilish obyekti qurilish davomida begonalashtirilganda;
ARTni qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchining ART berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
bunda yigʻim miqdori ushbu Reglamentning 12-bandi talablari asosida taqsimlanadi;
ARTni qayta rasmiylashtirishda ART ishlab chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
g) ushbu narxlar obyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqishning barcha turlariga qoʻllaniladi;
d) ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish qismlarini alohida ishlab chiqishda har bir boʻlim uchun narx 0,6 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Hujjat tuzilgan sana: __________ Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: ___________
Ariza raqami: _________
ARXITEKTURA-REJALASHTIRISH TOPSHIRIGʻI 20__ yil “___” _______ ____-son
Loyihaviy bino (inshoot) turi: _______________
Loyihaviy bino (inshoot)ning manzili: _____________________
Loyihaviy bino (inshoot)ning buyurtmachisi: __________________________
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi faqat loyihalashtirish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanib, qurilish-montaj ishlarini boshlashga asos boʻla olmaydi.
Qurilish bosh boshqarmasining manzili va telefon raqamlari: _______________
T/r
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tarkibi
Mazmuni
1.
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun asos boʻlgan hujjatlar
Tuman (shahar) qurilish boʻlimining 20 ___ yil _____ dagi 00-0/0000-son ruxsatnomasi, “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma yoki yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarorlari.
2.
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining joylashishi va bosh rejada tutgan oʻrni
a) obyekt manzili (manzili boʻlmagan holatda obyekt hududiga tutashgan yoki yaqin masofada joylashgan bino yoki inshoot)______;
b) obyekt joylashgan hudud qaysi zonaga mansubligi (aholi punktining amaldagi yoki avvalgi bosh rejasiga asosan) ______________;
v)obyekt joylashgan hudud muhandislik tarmoqlari bilan taʼminlanganligi / taʼminlanmaganligi ____________________.
3.
Loyihalashtiriladigan obyekt hududining tabiiy-iqlim koʻrsatkichlari
Loyihalashtirilayotgan obyektning yer uchastkasi ________iqlim hududida joylashgan.
Havo harorati:
oʻrtacha yillik _______________
eng baland harorat ____________
eng past harorat ______________
iyun — avgust oylarida _____________
dekabr — fevral oylarida _______________
4.
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining geologik va topografik jihatdan oʻrganilganligi
Holatni oʻrganish uchun tegishli litsenziyaga ega tashkilotga 1:500 nisbatdagi topoxarita ishlab chiqish uchun buyurtma berish.
5.
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining chegaralari hamda unga tutash obyektlar yoki yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumot
Loyihalashtirish uchun tanlangan yer maydoni quyidagicha chegaralangan:
Shimol tomondan — m _________________ bilan chegaralangan;
Janub tomondan — m __________________ bilan chegaralangan;
Sharq tomondan — m __________________ bilan chegaralangan;
Gʻarb tomondan — m __________________ bilan chegaralangan.
6.
Qizil chiziqlar va belgilar
Obyekt yer uchastkasining tasdiqlangan chegaradan chiqmasdan, qurilish chiziqlariga amal qilgan holda loyiha ishlarini olib borilishi taʼminlash.
7.
Arxitektura talablari
Loyihani ishlab chiqishda:
a) shaharsozlik normalari va qoidalariga amal qilish;
b) aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga va uning tegishli qismining batafsil rejalashtirish loyihasiga qatʼiy rioya etib, obyekt atrofidagi mavjud binolarga bogʻlangan holda yagona arxitektura koʻrinishini tashkil etish lozimligini inobatga olish;
v) obyektni rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqishni boshlashdan oldin ayrim holatlarda (buyurtmachining talabiga binoan yoki tashqi koʻrinishidan avariya holatining alomatlari mavjud boʻlganda) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha va boshqa tashkilotlarning obyektning holati boʻyicha xulosasini olish;
g) ushbu ARTga muvofiq buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, alohida muhim obyektlar boʻyicha viloyat qurilish bosh boshqarmasi bilan kelishilgan loyiha topshiriqlariga, 1:500 nisbatdagi topoxaritadagi tasdiqlangan chegaralarga amal qilish;
d) obyektning 1:500 nisbatdagi bosh rejasini loyihalashtirishda loyiha tashkiloti tomonidan ixtisosi oʻzgarayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino joylashtirilgan hamda obyekt atrofida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari aks ettirilgan, obyektga kirish-chiqish yoʻllari va avtomobillar toʻxtash joylari tashkil etilishi nazarda tutish;
e) obyektning balandligi ____ qavatdan kam boʻlmasin yoki ____ qavatdan oshmasin (aholi punkti boʻyicha shaharsozlik hujjatlari hamda qurish loyihalari mavjud hollarda toʻldiriladi);
j) obyektda quyidagi kichik arxitektura shakllari oʻrnatilishi nazarda tutiladi:
__________________________________________
__________________________________________
8.
Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasida mavjud bino va inshootlarni buzish yoki foydalanish boʻyicha takliflar
Loyihachining loyiha topshirigʻiga muvofiq:
a) qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasida buzilishga tushadigan bino va inshootlarga aniqlik kiritish;
b) qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasida mavjud bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
9.
Obyektni bosqichma-bosqich qurish
Qurilishning murakkabligiga va buyurtmachi tomonidan beriladigan loyiha topshirigʻiga muvofiq qurilishni bosqichma-bosqich olib borish va foydalanishga topshirish jarayonlari nazarda tutish.
10.
Yer maydonini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
Loyihaning obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish qismida quyidagilar inobatga olinadi:
a) obyekt joylashadigan hududda iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekish;
b) tegishli hududlari koʻkalamzorlashtirilganligi;
v) landshaft arxitekturasining yechimlaridan foydalangan holda daraxtlarning qanday shakllarda boʻlishi;
g) mavjud koʻp yillik daraxtlarning saqlanib qolishi.
11.
Sanitariya-gigiyena talablari
a) loyihalashtirishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish;
b) loyihalashtirish jarayonida qurilish materiallari turlarini belgilashda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taqiqlanmagan va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan qurilish materiallaridan foydalanilishi shartligi koʻzda tutish;
v) obyekt qurilishi uchun tanlangan yer maydonidan oqib oʻtuvchi kanal yoki ariq mavjud boʻlgan taqdirda, loyihadagi suv yoʻnalishi hamda suvning muhofaza zonalarini saqlash va qirgʻoqlarni obodonlashtirish va mustahkamlash ishlari loyihalashtirish jarayonida inobatga olish.
12.
Yongʻindan saqlanish talablari
Obyekt “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” SHNQ 2.01.02-04 ga asosan loyihalashtirish.
13.
Ekologiya talablari
Loyihalashtirishda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish meʼyorlariga amal qilish.
14.
Loyihani kelishish
Loyihani ARTga muvofiqligi yuzasidan YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi idoralar bilan kelishiladi:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan — tarixiy zonalarda, shu jumladan, madaniy yodgorliklarning qoʻriqlash zonalarida quriladigan obyektlarning hamda davlat obyektlarining loyihalari;
b)Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan — ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlari;
v) tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan — ikki qavatgacha (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam boʻlgan bino va inshootlarni hamda yakka tartibdagi uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari;
Kelishish uchun loyiha-smeta hujjatlarining elektron koʻrinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.Ilova qilinadigan hujjatlar PDF yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
15.
Alohida talablar
Loyihani kelishish davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari yoki ular huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashlari yoki tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan berilgan tavsiyalar va ekspertiza xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish.
Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq:
qurilish jarayonida belgilangan tartibda loyiha tashkiloti tomonidan obyektda mualliflik nazoratini olib borishni taʼminlash;
davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish.
Muhandislik tarmoqlariga ulanish shartlari:
16.
Ichimlik suv tarmogʻi
Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)
17.
Oqova suv tarmogʻi
Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)
18.
Elektr energiyasi tarmogʻi
Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)
19.
Tabiiy gaz tarmogʻi
Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)
20.
Aloqa tarmogʻi
Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)
21.
Issiqlik tarmogʻi
Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)
22.
Drenaj tarmogʻi
Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)
23.
Obyektni muhandislik tarmoqlariga ulash boʻyicha buyurtmachi va loyiha tashkilotiga qoʻyiladigan talablar
Obyektni muhandislik tarmoqlariga ulash tartib-taomillarini belgilovchi amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash.
Obyektga ulanadigan yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari unga chegaradosh oʻzga yer uchastkasidan oʻtkaziladigan holatlarda muhandislik tarmoqlarining trassalari ushbu yer uchastkalari egalari bilan kelishish.
Obyektga tegishli yer uchastkasi hududidan oʻtgan yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari koʻchirilishi (zarurat boʻlganda) loyihada inobatga olish.
Obyektga ulanadigan yer osti muhandislik tarmoqlarini yotqizishda koʻchalarni kesib oʻtishni mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish.
24.
ARTning amal qilish muddati
Ushbu ART berilgan sanadan boshlab ikki yil davomida amal qiladi.
Obyekt joylashuvi va muhandislik tarmoqlariga ulanish
SXEMASI
Obyekt joylashgan joy va muhandislik tarmoqlari koʻrsatilgan sxema.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning buyurtmasiga (shartnomaga) muvofiq loyiha tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan berilgan soʻrovnomaga asosan yer maydoni hajmidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar, inshootlar, yakka tartibdagi uy-joylar, koʻp kvartirali uylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlari, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini (keyingi oʻrinlarda — loyiha-smeta hujjatlari) koʻrib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni mukammal taʼmirlashga nisbatan qoʻllanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga murojaat qilinadi.
3. Loyiha-smeta hujjatlari tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Loyiha-smeta hujjatlarida bino va inshoot hamda yakka tartibdagi uy-joyning umumiy maydoni (kvadrat metr) koʻrsatilishi kerak.
4. Obyekt egasi oʻzgarganda (begonalashtirilganda), obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari oʻzgarmasa, loyiha hujjatlari qayta kelishilishi talab etilmaydi.
5. Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalaridan roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi.
Mazkur holatlarda tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan bino-inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi.
Uy-joylar, yordamchi-xoʻjalik qurilmalari va hovlidagi inshootlarning qurilishi shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun moʻljallangan yer uchastkasida bir oila aʼzolari uchun mazkur uy-joyning hovlisiga mustaqil chiqishga ega ikki va undan ortiq yakka tartibdagi turar joy binosi qurishga ruxsat beriladi.
6. Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish loyiha-smeta hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:
yer usti (uy-joy qurilishi uchun yangi ajratilgan yer uchastkalari uchun — yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan) yer uchastkasi tarhi;
yakka tartibdagi uy-joyning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, ularning qirqimlari va binoning old tomoni tarhlari;
moliyaviy smeta hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda).
Bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarining arxitekturaga oid qismida bino va inshootning joylashishi aks ettirilgan loyiha rejasi, rangli fasadlari, qavatlar rejalari, qirqimlari, qurilish obyektining bosh rejasi boʻladi.
7. Loyiha-smeta hujjatlari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) tomonidan — tarixiy zonalarda, madaniy yodgorliklarni qoʻriqlash zonalarida, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida quriladigan obyektlarning hamda davlat obyektlari boʻyicha besh ish kuni mobaynida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan — ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlar boʻyicha uch ish kuni mobaynida;
tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan — ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar boʻyicha uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
8. Ikki qavatdan yuqori boʻlgan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektining loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda obyekt Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
9. Davlat xizmatlari markazlari, Kengashlar, vakolatli organlar, tuman (shahar) qurilish boʻlimlari hamda sanitariya-epidemiologik xizmatning tuman (shahar) boʻlimlari va tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — xulosa beruvchilar) oʻrtasida axborot almashish ERIdan foydalangan holda faqat elektron amalga oshiriladi.
10. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchilar loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
12. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga loyiha-smeta hujjatlarining elektron koʻrinishdagi eskiz loyihasi PDF yoki JPEG formatda ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
13. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
14. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
15. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
17. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari xodimi obyektning loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning maydoniga koʻra soʻrovnomani va loyiha-smeta hujjatlarini real vaqt rejimida mazkur reglament 7-bandi bilan oʻrnatilgan tartib asosida:
Kengashlarga;
bir vaqtda xulosa beruvchilar va vakolatli organga;
18. Xulosa beruvchilar uch ish kuni mobaynida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqadilar va ularga eʼtirozlar boʻlmagan holatda QR-kod qoʻyilgan xulosalarni vakolatli organga elektron shaklda yuboradilar.
Xulosa beruvchilarning barchasidan ijobiy xulosalar olingandan soʻng vakolatli organ, Kengashlar va tuman (shahar) qurilish boʻlimlari ushbu Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan muddatlarda ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha QR-kod qoʻyilgan loyiha-smeta hujjatlari kelishilganligi haqidagi xulosani beradi yoki rad etishning aniq asoslarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Bunda ariza beruvchiga elektron tizim orqali avtomatik tarzda QR-kod qoʻyilgan xulosa beriladi, ariza beruvchi xulosasiz faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda xulosa beruvchilar, vakolatli organ, Kengashlar va tuman (shahar) qurilish boʻlimlari ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javob beradi.
Xulosa beruvchilar tomonidan ijobiy xulosa berilib, biroq vakolatli organ, Kengashlar va tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan rad etilgan taqdirda ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilganda soʻrovnoma xulosa beruvchilarga koʻrib chiqish uchun qaytadan yuborilmaydi.
19. Quyidagilar davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
tegishli litsenziyaga ega boʻlmasdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi;
zarur hollarda ushbu Reglamentning bino va inshoot qismlari rangining atrofdagi bino va inshootlar arxitektura koʻrinishiga va tabiiy landshaft arxitekturasiga uygʻunlashtirilmaganligi;
bino va inshoot qismlaridagi yaxlit ranglar va shakllar (parapet, pilyastr, deraza, eshik va hokazo) mazkur bino va inshootlarning funksional vazifasiga yoki umumiy arxitektura koʻrinishiga mos kelmasligi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Xulosa beruvchilar, vakolatli organ, Kengashlar hamda tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
20. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uni vakolatli organ, Kengashlar hamda tuman (shahar) qurilish boʻlimlarining ERIsi bilan tasdiqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bunda arizani koʻrib chiqish muddati davomida zaruratga koʻra koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirish talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olish mumkin.
21. Ariza beruvchilar loyiha-smeta hujjatlarini kelishish rad etilgandan keyin oʻn kun mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ariza beruvchilar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda takroran kelishish:
Kengashlar tomonidan besh ish kunida;
vakolatli organ hamda tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan ikki ish kunida amalga oshiriladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini takroran koʻrib chiqishda avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
22. Loyiha-smeta hujjatlari kelishilgan kunning oʻzida QR-kod qoʻyilgan xulosa Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi xulosa tushganidan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga xulosani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
23. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
24. Xulosa loyiha-smeta hujjatlari kelishilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
25. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
27. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
b) bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi hamda hududiy sanitariya-epidemiologiya va yongʻinga qarshi nazorat xizmatlariga;
v) tuman (shahar) qurilish boʻlimlariga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati, hududiy yongʻinga qarshi nazorat xizmati
1. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish.
2. QR-kodli xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga tizim orqali elektron shaklda yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Kengashlar
5 ish kuni mobaynida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi
1. Loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish.
2. QR-kodli xulosani rasmiylashtirish va Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.
3 ish kuni mobaynida
tuman (shahar) qurilish boʻlimlari
3 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchining elektron manziliga xulosani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va xulosani berish.
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
__________________
(sanasi)
__________________
(raqami)
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Bino, inshoot va loyiha tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Loyiha tashkilotining STIR raqami
2. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
3. Koʻchmas mulkning manzili
4. Bino va inshootni loyihalashtirgan tashkilotning nomi
a) Bino va inshootning hajmi
(noturar bino va inshoot uchun)
Hududiy qurilish bosh boshqarmasiga yuborish
umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq
Tuman (shahar) qurilish boʻlimiga yuborish
umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam
b) Yakka tartibdagi uy-joy
Tuman (shahar) qurilish boʻlimiga yuborish
barcha yakka tartibdagi uy-joylar
v) Tarixiy zonalarda, shu jumladan, madaniy yodgorliklarni qoʻriqlash zonalarida quriladigan obyektlar hamda davlat obyektlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga yuborish
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazish) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi, moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar xavf-xatar toifasidan kelib chiqqan holda, qurilish obyektlarida jumladan, ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishga qoʻllaniladi.
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
mukammal taʼmirlash obyektlari (davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan obyektlar bundan mustasno);
turar joy toifasidan noturar joy toifasiga rekonstruksiyasiz oʻtkazilayotgan xonalar;
mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik inshootlar va maishiy xonalar;
ishlayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻzgartirishni talab etmaydigan kichik oʻlchamdagi (300 kvadrat metrdan kam boʻlgan) alohida qurilayotgan obyektlar;
kon kavlash ishlari;
yoʻl inshootlari (umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar);
murakkablik toifalari tasnifiga koʻra I toifa — xavflilik omili past obyektlar;
texnologik resurslari ishlatib boʻlingan va obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini taʼmirlash va almashtirish obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning qurilish-montaj ishlarini Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiya) toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosa hududiy inspeksiyalarga taqdim etiladi.
5. Qurilish obyektini roʻyxatdan oʻtkazmasdan qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish hamda oʻzgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan) koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda, haqiqiy deb tan olinadi. Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
8. Ariza beruvchilar qurilish-montaj ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Qurilish-montaj ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning hududiy inspeksiyaga tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) quyidagilar ilova qilinadi:
qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilishga pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari;
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari.
Soʻrovnomada qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa va ijobiy yigʻma ekspertiza xulosasining (sanasi va raqami) maʼlumotlari majburiy koʻrsatiladi.
Hududiy inspeksiyalar roʻyxatdan oʻtkazish uchun shaharsozlik hujjatlari va ekspertiza xulosalarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan elektron tarzda olishi talab etiladi.
10. Ariza beruvchilardan 9-bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlash mumkin.
13. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni hududiy inspeksiyaga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda hududiy inspeksiyalarga yuboriladi.
15. Hududiy inspeksiya soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida:
zarurat boʻlganda obyektni joyiga borib oʻrganadi, qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi;
ekspertiza xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilganligini va ijobiy xulosa berilganligini tekshiradi;
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazadi;
soʻrovnomada koʻrsatilgan obyektning qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foizi miqdorida (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz) ajratmani belgilagan holda invoysni shakllantiradi;
oʻz ERIsi bilan tasdiqlagan holda ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida QR-kod qoʻyilgan koʻchirmani rasmiylashtiradi yoki uni berishni rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
16. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Takroriy murojaatni koʻrib chiqishda hududiy inspeksiyalar tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
17. Davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma rasmiylashtirilmaganligi;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislari sertifikatlarining mavjud emasligi;
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari mavjud emasligi;
loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilmaganligi yoki ijobiy xulosa olinmaganligi.
Hududiy inspeksiya tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi va xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Invoysni va koʻchirma rasmiylashtirilgan kuni hududiy inspeksiya invoys va koʻchirmani Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda bir vaqtda yuboradi.
19. Davlat xizmatlari markazlari invoys va QR-kod qoʻyilgan koʻchirma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqida elektron tarzda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Obyekt roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi koʻchirma obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos boʻladi.
Obyektda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish uchun toʻlov qiymati toʻlanganligi elektron tizim orqali tasdiqlanadi.
21. Obyektda davlat qurilish nazoratini amalga oshirishdan tushgan mablagʻ toʻliq miqdorda hududiy inspeksiyaning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
22. Davlat xizmatlari markazi invoys va QR-kod qoʻyilgan koʻchirma kelib tushganidan soʻng real vaqt rejimida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga invoys va koʻchirmani elektron shaklida yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.
23. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
24. Koʻchirma qurilish-montaj (rekonstruksiya) ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
25. Ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda (ish bajaruvchilarining, obyektda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiradigan shaxslar almashishi, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi, loyiha hamda uning qiymatidagi yechimlarning oʻzgarishi va hokazo), ariza beruvchilar oʻn kun mobaynida Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali hududiy inspeksiyalarga tegishli oʻzgarishlarni koʻrsatgan holda qoʻshimcha ravishda murojaat qiladi.
26. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
27. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
28. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Obyektni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
2. Invoys va koʻchirmani ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtirish.
3. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli koʻchirmani yuborish.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Invoys va koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuborish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va koʻchirmani berish.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentga
2-ILOVA
__________________
(sana)
__________________
(raqami)
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
5. Qayta rasmiylashtirish (ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
5. Qayta rasmiylashtirish (ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda)
III. Mualliflik nazoratini olib boruvchi loyiha tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
IV. Pudrat tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
V. Koʻchmas mulk toʻgʻrisida maʼlumot
1. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
2. Koʻchmas mulkning manzili
3. Qurilish-montaj ishlarining turi
4. Qurilish-montaj ishlarining qiymati
(QQSsiz, buyurtmachining boshqa xarajatlari va jihozlarisiz)
5. Qurilish bosh boshqarmasining xulosasi (bayoni) raqami va sanasi
6. Ekspertiza tashkilotining nomi, ijobiy xulosasining raqami va sanasi
7. Pudrat tashkiloti litsenziyasining raqami va sanasi (litsenziyalanadigan alohida qurilish-montaj ishlari turlarini bajarishda)
8. Ekspertiza organlarining loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosasining raqami va sanasi (xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun)
9. Koʻchmas mulkning toifasi
noturar obyekt
turar-joy obyekti
VI. Qurilish-montaj ishlariga masʼul boʻlgan xodimlar toʻgʻrisida maʼlumot
Qurilish obyektidagi masʼul shaxsning lavozimi
JSHSHR
Masʼul shaxsning F.I.O.
Telefon raqami
Sertifikat raqami
Mualliflik nazorati
Texnik nazoratchi
Pudrat tashkilotining ichki nazorati
VII. Ilova qilinadigan hujjatlar
(yakka tartibdagi uy-joylar uchun tatbiq etilmaydi)
1.
Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjati
2.
Buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari
3.
Buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari
4.
Qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari.
Izoh. Keltirilgan barcha maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman, obyektning qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi toʻgʻrisida kafolat beraman.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 6-ILOVA
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlar va yakka tartibdagi uy-joylardan foydalanish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglamentning amal qilishi barcha turdagi binolar, inshootlar va yakka tartibdagi uy-joylarning qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlariga nisbatan qoʻllaniladi.
2. Ushbu Reglament davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq qurilishi tugallangan obyektlar, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlardan ruxsatnomasiz foydalanish taqiqlanadi.
Ruxsatnoma koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
4. Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibotiga koʻra:
a) qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiya) qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlardan (keyingi oʻrinlarda — II, III, IV toifalardagi obyektlar) foydalanish uchun ruxsatnoma beradilar;
b) tuman (shahar) qurilish boʻlimlari qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlardan (keyingi oʻrinlarda — I toifa obyektlar) foydalanish uchun ruxsatnoma beradilar;
v) sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman (shahar) boʻlimi va tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — xulosa beruvchilar) II, III, IV toifalardagi obyektlardan foydalanish boʻyicha xulosa beradilar;
g) ijtimoiy-maishiy va madaniy maqsadlarga moʻljallangan qurilish obyektlarini hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda ishtirok etadilar;
d) Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) ruxsatnomaga asosan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadilar;
e) koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalari koʻp kvartirali uylarni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlarining loyiha hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tegishli xulosa beradilar.
5. Hududiy inspeksiya va tuman (shahar) qurilish boʻlimlari arizani koʻrib chiqish muddati davomida, zaruratga koʻra koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirishi talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
6. Davlat xizmatlari markazlari va hududiy inspeksiya, tuman (shahar) qurilish boʻlimlari, xulosa beruvchilar va roʻyxatdan oʻtkazuvchilar oʻrtasida axborot almashish ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
7. Ruxsatnoma olishdan oldin foydalanishga qabul qilinayotgan bino va inshootga belgilangan tartibda kadastr pasporti rasmiylashtirish talab etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
8. Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
9. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ruxsatnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
10. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
11. Soʻrovnomaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
pudrat tashkiloti va buyurtmachi oʻrtasida imzolangan qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
pudrat tashkiloti tomonidan berilgan muvofiqlik deklaratsiyasi;
mualliflik va texnik nazoratni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan berilgan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
I toifa obyektlar boʻyicha yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar ilova qilinishi talab etilmaydi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish taqiqlanadi.
12. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni soʻrovnomaga kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
13. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
14. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda hududiy inspeksiya (II, III, IV toifalardagi obyektlar boʻyicha) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (I toifa obyektlar boʻyicha)ning bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda hududiy inspeksiya (II, III, IV toifalardagi obyektlar boʻyicha) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (I toifa obyektlar boʻyicha)ning bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan, koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar, bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
16. Davlat xizmatlari markazlari xodimi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida obyektni kadastr pasportida koʻrsatilgan umumiy maydoni va toifasiga koʻra:
II, III, IV toifalardagi obyektlar boʻyicha xulosa beruvchilarga;
I toifa obyektlar boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimlariga;
II, III, IV toifalardagi obyektlar boʻyicha xulosa beruvchilarga;
ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar boʻyicha soʻrovnoma faqat hududiy inspeksiyaga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda ushbu organlarga yuboriladi.
17. Xulosa beruvchilar uch ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda bino va inshootlarni sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib chiqadi. Oʻrganish natijalari boʻyicha asosli eʼtiroz boʻlmagan taqdirda, QR-kod qoʻyilgan xulosani hududiy inspeksiyaga elektron yuboradi.
Bino va inshoot sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermagan taqdirda, xulosa beruvchilar rad etishning aniq asoslarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda xulosa berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirilgan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.
18. Xulosa beruvchilar tomonidan hududiy inspeksiyaga ijobiy xulosa kelib tushgandan soʻng toʻrt ish kuni mobaynida hududiy inspeksiya joyiga chiqqan holda qurilish-montaj ishlari tugallangan II, III, IV toifalardagi obyektni:
qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiqligini;
bino va inshootlarning konstruktiv mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligini;
bino va inshootlardan foydalanish davrida yongʻin xavfsizligi, salomatlik va atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizligini;
binolar, inshootlar va jamoat maskanlaridan imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini;
binolarning energiya tejamkorligini va ularning shovqindan himoya qilinishini;
bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi va energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanilganligini oʻrganadi.
Oʻrganish natijalari asosida ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Ruxsatnoma elektron koʻrinishda rasmiylashtiriladi va hududiy inspeksiyaning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
19. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
qurilish-montaj ishlari qiymati uchun toʻlanishi lozim boʻlgan ajratmalar toʻliq toʻlanmaganligi;
kelishilgan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik hujjatlari talablari buzilishi;
binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar mavjudligi;
sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilganligi;
ruxsatnoma berish uchun asos boʻlgan hujjatlarning mavjud emasligi;
texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislarning salbiy xulosalari mavjud boʻlganda pudrat tashkiloti qurilish normalari va qoidalari boʻyicha buzilishlarni bartaraf etmaganda;
loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilmaganligi yoki ijobiy xulosa olinmaganligi;
obyekt qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi;
vakolatli organga obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilganligi (vakolatli organning rozilik xati taqdim etilsa bundan mustasno);
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
foydalanishga qabul qilinayotgan bino va inshootlarning kadastr yigʻma jildi (pasporti) mavjud emasligi;
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Rad etish hududiy inspeksiya va xulosa beruvchilar tomonidan shaharsozlik hujjati nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisi orqali asoslangan boʻlishi talab etiladi.
20. Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan ruxsatnomani olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma takroran soʻrovnoma tushganidan soʻng hududiy inspeksiya va tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan ikki ish kuni mobaynida oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Soʻrovnomani takroran koʻrib chiqishda hududiy inspeksiya tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
21. Xulosa beruvchilar tomonidan ijobiy xulosa berilib, biroq hududiy inspeksiya tomonidan rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib takroran murojaat qilganda, soʻrovnoma koʻrib chiqish uchun faqat hududiy inspeksiyaga yuboriladi.
22. Obyektlarni, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylarni bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi mumkin. Obyekt dastlabki bosqichda foydalanish uchun ruxsatnoma berilgandan soʻng uning qurilishi hamda rekonstruksiya qilinishi tugallanmagan qismlari obyektning zilzilabardoshliligini va yongʻinga chidamliligini taʼminlashi shart.
Qurilayotgan obyekt loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan ishlarning barchasi, xususan, bino va inshootlarning barchasi toʻliq qurilgan, pardozlash ishlari yakunlangan hamda tashqi muhandislik tarmoqlariga ulangandan soʻng obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berilishi mumkin.
Markaziy koʻchalarning ikki tarafida joylashmagan yakka tartibdagi uy-joyning muayyan xona, oshxona, hojatxonasi, uyning ichki bezagi yakunlanib yashash uchun yaroqli holatga kelgandan keyin ariza beruvchining talabi asosida uy-joy muhandislik tarmoqlariga ulanmagan, alohida yordamchi-xoʻjalik imoratlarisiz, hududni obodonlashtirmasdan uyning bir qismidan foydalanishga ruxsatnoma berishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi soʻrovnoma tushgandan soʻng toʻrt ish kuni mobaynida obyektni joyiga borgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida qurilish-montaj ishlari tugallangan I toifa obyektlarning shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganib, ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan ruxsatnoma beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Ruxsatnoma elektron koʻrinishda rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) qurilish boʻlimining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
24. Hududiy inspeksiya yoki tuman (shahar) qurilish boʻlimi QR-kodli ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ruxsatnomani koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuboradi.
25. Hududiy inspeksiya yoki tuman (shahar) qurilish boʻlimi rasmiylashtirilgan QR-kodli ruxsatnoma tushgan kundan keyin ikki ish kuni mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ belgilangan tartibda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazib, tegishli huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani rasmiylashtiradi.
26. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻim toʻliq toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron shakldagi Reyestrdan koʻchirma yuklab olish imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga reyestrdan koʻchirma elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berilishi mumkin.
27. Davlat xizmatlari markazlari, hududiy inspeksiya, tuman (shahar) qurilish boʻlimlari, xulosa beruvchilar va roʻyxatdan oʻtkazuvchilar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
28. Hududiy inspeksiya va tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida mazkur ruxsatnoma “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik tarzda hisobga olinadi.
29. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
30. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
31. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilishi yoki YIDXP orqali murojaat qilishi.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani quyidagi vakolatli organlarga yuborish:
a) II , III, IV toifali obyektlar boʻyicha xulosa beruvchilarga;
b) I toifa obyekt boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimlariga;
v) ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kv metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar boʻyicha qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga yuborish.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
Xulosa beruvchilar
QR-kodli xulosani rasmiylashtirish va qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga tizim orqali elektron tarzda yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga yoki tuman (shahar) qurilish boʻlimlari
1. Qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan obyektdan foydalanishga muvofiqligini oʻrganib chiqish.
2. QR-kodli ruxsatnomani rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazuvchilarga elektron shaklda ruxsatnomani yuborish.
4 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va reyestridan koʻchirmani davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuborish.
1 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ruxsatnoma va reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida elektron xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
____________ (sana)
__________________
(raqam)
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Bino va inshoot toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
2. Koʻchmas mulkning manzili
3. Koʻchmas mulkning toifasi
Noturar joy
300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlar (II, III, IV toifalardagi obyektlar)
(xulosa beruvchilarga yuboriladi)
300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar (I toifa obyektlar)
(tuman (shahar) qurilish
boʻlimlariga yuboriladi)
Turar joy
ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydani 500 kv. metrdan ortiq (inspeksiyaga yuboriladi)
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan
(tuman (shahar) qurilish boʻlimlariga yuboriladi)
4. Koʻchmas mulkni loyihalashtirgan tashkilotning nomi
IV. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:(ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar obyektlar boʻlganda ilova qilinadi)
a) pudrat tashkiloti va buyurtmachi oʻrtasida imzolangan, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
b) pudrat tashkiloti tomonidan berilgan muvofiqlik deklaratsiyasi;
v) mualliflik va texnik nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassis tomonidan berilgan bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
7-ILOVA
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) respublika miqyosida noturar bino va inshooti hamda turar joylarni buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi haqida maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) maʼlumotnomani taqdim etuvchi vakolatli organ hisoblanadi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasida axborot almashish ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
4. Maʼlumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Maʼlumotnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
8. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
13. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida soʻrovnomada koʻrsatilgan obyektning kadastr raqami orqali Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kirib real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektining joylashgan joyini aniqlaydi.
Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligini oʻrganadi.
Vakolatli organ ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida elektron xabardor tarzda qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
16. Maʼlumotnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
17. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
18. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
19. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Koʻchmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Maʼlumotnomani olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ
QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtirish va uni Davlat xizmatlari markaziga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
2. YIDXP
2. Oʻzi kelib murojaat qilganda maʼlumotnomani ariza beruvchiga berish.
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
__________________
(sana)
__________________
(raqami)
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Jismoniy shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Yuridik shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:
1. Toʻliq nomi
2. Telefon raqami
3. STIR
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
III. Koʻchmas mulk haqida maʼlumot:
Kadastr raqami (majburiy kiritiladi)
Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1.Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
“HGK ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni davomida gaz taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
“Issiqlik taʼminoti korxonasi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida issiqlik taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
“SQKX tashkiloti ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
2.Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “III. Kadastr pasportini tayyorlashning maqsadi:”dagi 3-banddagi “dalolatnoma” soʻzi “obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma” soʻzlari hamda “b” kichik bandidagi “foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentida:
a) 20-bandning yettinchi xatboshisidagi “inshootlarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qabul qilish dalolatnomasini” soʻzlari “ruxsatnomasini” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “ruxsatnomasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri geografik axborot tizimi toʻgʻrisida nizomda:
quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shaharsozlik faoliyati obyektlarini loyihalash va qurish maqsadlari uchun bajarilgan muhandislik-texnik qidiruvlari (shu jumladan, qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlari) materiallari hisobini yuritish”;
b) 38-band “fazoviy maʼlumotlarni” soʻzlaridan soʻng “(shu jumladan, muhandislik-texnik qidiruvlari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi 36-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyundagi 478-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-iyuldagi 548-son qaroriga ilovaning 17-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi 961-son qaroriga ilovaning 1, 4 va 5-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 214-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga ilovaning 1 va 9-bandlari.