toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 28.11.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HSOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 18-fevraldagi PF-1710-son Farmoniga muvofiq “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasining Ustav fondi miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-sentabrdagi 376-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasining Ustav fondi miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1996-yil 24-maydagi 191-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 28-noyabr,
524-son