Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasining ichki va xalqaro sugʻurta bozorlaridagi faoliyatini kuchaytirish, moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida, shuningdek uning Markaziy Osiyo mintaqasida nufuzli moliya muassasasi sifatida tan olinganligini nazarda tutib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Direktorlar kengashining kompaniya ustav fondini oʻz daromadlari hisobiga koʻpaytirish va uni milliy valyutada 50 mln soʻmgacha yetkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son
qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
3-bandining
birinchi xatboshida va “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Ustavining
12-bandida “10 (oʻn) milliard milliy valyuta miqdorida” soʻzlari “50 million soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Ustavining
12-bandi oxirgi gapdagi “respublika Hukumati” soʻzlaridan oldin “kompaniya Direktorlar kengashi taqdimi asosida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.