Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 18-fevraldagi PF-1710-son
Farmoniga muvofiq “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son
qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasining Ustav fondi miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-sentabrdagi 376-son
qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasining Ustav fondi miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1996-yil 24-maydagi 191-son
qarori.