1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKINVEST” EKSPORT-IMPORT MILLIY SUGʻURTA KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Eksport oʻsishini yanada ragʻbatlantirish, oʻzbekistonlik eksport qiluvchilarni sugʻurtaviy himoya qilishni taʼminlash, Vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga kompleks marketing orqali kirib borishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasini “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi barcha mulkiy va nomulkiy huquq va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
2. Quyidagilar “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
sarmoya, texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni milliy eksport qiluvchilarni xalqaro bozorlarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sugʻurtaviy himoya qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan tijorat banklari tomonidan texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ajratiladigan eksport kreditlarini qoplashga sugʻurta kafolatlari berish;
kompleks marketing tahlilini va Vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga samarali kirib borishi strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga jalb qilinayotgan chet el investitsiyalarini kompleks sugʻurtaviy himoya qilish.
3. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasining ustav sarmoyasi muassislar tomonidan 60 mln. AQSh dollariga teng miqdorda eʼlon qilinganligi va ustav sarmoyasi quyidagilar hisobiga shakllanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
a) Moliya vazirligining 50 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi taʼsis badali, bu badal:
qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbekinvest” kompaniyasining 30 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlaridan;
“Oʻzbekinvest Interneshnl” (London shahri) qoʻshma kompaniyasining 1996-1997-yillardagi faoliyatidan olingan dividendlardan va “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyatidan olingan 10 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz foydasini sarmoyaga aylantirishdan;
kompaniyaning oʻz foydasini va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 10 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi 1998-yilda qoʻshiladigan mablagʻlarini sarmoyaga aylantirishdan hosil boʻladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi 1997-yilda qoʻshiladigan taʼsis badali.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
5. Belgilansinki, davlat eksport sugʻurtasi xalqaro normalariga muvofiq “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishilgan sugʻurta majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kafil hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
6. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi va uning hududiy shuʼba korxonalari daromaddan olinadigan soliqdan va mulk soligʻidan besh yil muddatga ozod qilinsin, soliq solishdan ozod qilingan barcha mablagʻlar kompaniyaning ustav sarmoyasini hamda uning sugʻurta (zaxira) jamgʻarmasini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 46-sonli ““Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-fevral,
PF-1710-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 80-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)