1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, oʻlimga olib kelgan yoʻl-transport hodisalarining soni hali ham yuqori boʻlib, avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash tizimini tubdan isloh qilish zarurligini koʻrsatmoqda.
Jumladan, yoʻl infratuzilmasini harakat xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy talablariga toʻliq muvofiqlashtirish, ushbu sohadagi qoidabuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga yoʻnaltirilgan samarali tizimni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, inson omilini istisno qiluvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish talab etilmoqda.
2022 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston sharoitida avtomobil yoʻllarida inson hayoti va sogʻligʻini har qanday hodisalardan kafolatli himoya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning dolzarb yoʻnalishlari etib belgilansin:
avtomobil yoʻllari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yoʻl harakati ishtirokchilarining “piyoda — jamoat transporti — velotransport — avtotransport” ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilgan holda, oʻquv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
haydovchi va piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini taʼminlash;
yoʻl harakati qoidalari asoslarini bolalikdan singdirishni yoʻlga qoʻyish, ushbu amaliyotni maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarida joriy etish;
yoʻl harakatini tashkil etishni toʻliq raqamlashtirish, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, yangi boshqaruv va nazorat tizimlarini tatbiq qilish.
2. Yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida 2022-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etilsin:
har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan oʻrnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
muayyan davr mobaynida yoʻl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi.
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) bir oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini kiritsin.
3. Haydovchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — avtomaktablar) va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi;
avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning oʻqituvchi, haydovchi-yoʻriqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar vazirligi (A.I. Ikramov, B.T. Abdullayev):
bir oy muddatda avtomaktablar va imtihon markazlariga qoʻyiladigan talab va mezonlarni qayta koʻrib chiqib, ularning oʻquv faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan qatʼiy choralarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida avtomaktablarning oʻqituvchi, haydovchi-yoʻriqchi va murabbiylarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha zarur oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazani yaratsin.
Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga avtomaktablar va imtihon markazlari faoliyati boʻyicha yangi joriy etilayotgan tizimni samarali yoʻlga qoʻyish hamda haydovchilarni sifatli tayyorlashni tashkil etish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Belgilansinki:
a) Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar markazlarida chorrahalarni toʻliq raqamli boshqaruv tizimiga oʻtkazish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklanadi;
b) Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlarida yoʻl belgilari, koʻrsatkichlari va svetoforlarni oʻrnatish, yoʻl chiziqlarini chizish, piyodalar oʻtish joylarini belgilash orqali yoʻl harakati vositalarini tartibga solishga ichki ishlar organlari yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari) masʼul hisoblanadi;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilgan holda, chorrahalarda raqamli boshqaruv tizimini quyidagi davrlarda joriy qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilaydi:
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-sonli qarori tahririda)
2023-yil yakuniga qadar poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida;
2024-yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida;
g) tuman (shahar) hokimliklariga oʻz hududlaridagi avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalarini oʻrnatish huquqi beriladi. Mazkur texnika vositalar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun undirilgan jarima summasining 30 foizi bevosita tuman (shahar) mahalliy budjetining alohida gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi hamda ushbu mablagʻlar yoʻl harakatini raqamlashtirish, yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, yoʻl-patrul xizmati xodimlarining qoʻshimcha shtatlarini kiritishga sarflanadi.
Ichki ishlar vazirligi (B.T. Abdullayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan bogʻliq sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining tahlili asosida tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar oʻtish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni 2026-yil yakuniga qadar oʻrnatilishini nazarda tutuvchi manzilli dasturni tasdiqlasin va ijrosini toʻliq taʼminlasin;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-sonli qarori tahririda)
d) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishlari uchun undirilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlariga yoʻnaltirilgan jarimalar mablagʻlari alohida gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi hamda yoʻl infratuzilmasi va yoʻl harakati xavfsizligi tizimini rivojlantirish, yoʻl harakatini raqamlashtirish, shuningdek, Respublikada “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ishlab chiqiladigan manzilli yillik dasturlarning chora-tadbirlarini moliyalashtirish maqsadlarida ishlatiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan)
5. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalari hamda Toshkent shahar hokimligining Yoʻl harakatini tashkil etish markazini (keyingi oʻrinlarda — ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalari) ikki oy muddatda tegishincha hududiy ichki ishlar organlarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga oʻtkazish;
ichki ishlar vaziriga yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan malakali xorijiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida jalb qilish huquqini berish;
“Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasida yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish;
Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tuzilmasida Yoʻl infratuzilmasini nazorat qilish boshqarmasini, hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari tuzilmalarida yoʻl infratuzilmasini nazorat qilish boʻlimlarini ichki ishlar organlarining cheklangan shtat birliklari hisobidan tashkil etish.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalarini yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga oʻtkazishda:
ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalarining bino va inshootlarini, ularning yondosh hududlari, moddiy-texnika bazasini, shu jumladan yangi zamonaviy maxsus texnika bilan taʼminlagan holda topshirish choralarini koʻrsin;
ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalarining mavjud kreditor va debitor qarzlari toʻlanishini, maʼnan eskirgan va yaroqsiz holga kelgan moddiy-texnika vositalari hisobdan chiqarilishini taʼminlasin.
Ichki ishlar vazirligi (B.T. Abdullayev):
ikki oy muddatda ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalarining faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalari tegishli bino va inshootlari, ularning yondosh hududlari, zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlangan holda qabul qilinishini tashkil etsin;
uch oy muddatda ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalarining faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini toʻliq oʻrnatish va ularning doimiy ishlashini taʼminlash boʻyicha yangicha ish usullarini joriy etsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda:
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalari boshliqlari va ularning bir nafar oʻrinbosari lavozimlari ushbu boʻlinmalarning mavjud shtat birliklari hisobidan ofitserlik tarkibidagi xodim lavozimlariga oʻzgartirilishini taʼminlasin;
ushbu qarorga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda Ichki ishlar vazirligining xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
7. 2022-yil 5-apreldan boshlab Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
1-ilovaga muvofiq miqdorlarda yoʻl harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan jarima, olinadigan yigʻim va toʻlovlar;
ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalari uchun har yili budjet parametrlarida dasturlar asosida alohida tadbirlar uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya tarzidagi mablagʻlari;
xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari faqat quyidagilar uchun maqsadli sarflanadi:
yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari, ularning ehtiyot qismlari, oʻrnatish uchun belgilangan konstruksiya va qurilish materiallari hamda maxsus boʻyoqlarini xarid qilish;
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida yoʻl chiziqlarini chizish, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish;
ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalarining binolarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zamonaviy maxsus texnika vositalari bilan taʼminlash, ularga ish hajmidan kelib chiqqan holda maʼlum muddatga qoʻshimcha shtatlar kiritish, shartnomalar asosida mutaxassislarni jalb qilish, ularning xodimlari, ishchi va xizmatchilari uchun har oylik va bir martalik ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
(7-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2023-y., 06/23/197/0865-son)
yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish, yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishidagi loyihalarni moliyalashtirish;
maktabgacha taʼlim hamda xalq taʼlimi vazirliklariga qarashli maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarida yoʻl harakati qoidalari boʻyicha boshlangʻich bilimlarni shakllantirishga qaratilgan moddiy-texnik va oʻquv bazasini yaratish, shuningdek, mahallalarda bolalarga yoʻl harakati qoidalarini amaliy oʻrgatish maydonchalariga yoʻl belgilarini oʻrnatish va yoʻl chiziqlarini chizish chora-tadbirlarini moliyalashtirish;
yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni oʻtkazmaslik va fuqarolarning yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalarini oʻrnatish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi PF-197-sonli Farmoniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2023-y., 06/23/197/0865-son)
imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqsiz harakatlanishi uchun chorrahalarni ovozli aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar oʻtish yoʻlagidagi tasmalar, rezina panduslar, koʻcha modul toʻsiqlari, maxsus yoʻl belgilar bilan jihozlashni moliyalashtirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-sonli qaroriga asosan oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son)
8. Avtomobil yoʻllarida harakatni tashkil etish, boshqarish va xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi va uning hududiy maxsus komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — maxsus komissiyalar) 2 va 3-ilovalarga muvofiq tuzilsin.
Maxsus komissiyalar zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
yoʻl harakati xavfsizligi sohasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini ishonchli himoya qilish, yoʻl infratuzilmasining xavfsizlik talablariga toʻliq javob berishini taʼminlash;
hududlarda yoʻl harakatini samarali tashkil etish holatini muntazam ravishda baholab borish, ushbu sohada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning samarali faoliyat koʻrsatishini nazorat qilish;
yoʻl-transport hodisalari sabablarini chuqur oʻrganish, yoʻllarning xavfli avariya uchastkalari roʻyxatini tasdiqlash orqali kelgusida ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflar tayyorlash tizimini yaratish;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, inson omili va korrupsiya holatlarini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini ommalashtirishga doir tadbirlarni belgilash;
hududlarda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, yoʻl-transport hodisalarining sonini qisqartirish boʻyicha dasturlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkillashtirish va kelishish.
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika maxsus komissiyasi (A.N. Aripov):
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari raisligida hududiy maxsus komissiyalarning namunaviy nizomini tasdiqlasin;
har chorakda davlat organlari va mahalliy hokimliklar tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, mavjud kamchiliklarni tanqidiy muhokama qilib borsin va tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin;
har yili mahalliy hokimliklarning oʻz hududlarida avtomobil yoʻllari infratuzilmasini takomillashtirish va yoʻl-transport hodisalarini keskin kamaytirish boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan “yoʻl xarita”larini tasdiqlab, ularning ijrosi ustidan qatʼiy nazorat olib borsin.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari maxsus komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi;
ishchi organlar muntazam ravishda tegishli davlat organlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarini tahlil qilib boradi va maxsus komissiyalarning yigʻilishlarida muhokama qilish uchun hujjatlarni tayyorlaydi;
hududiy maxsus komissiyalar har yarim yilda yoʻllarning holati va mavjud infratuzilma, avariya oʻchoqlari, qoidabuzarliklarning tahlilidan kelib chiqib, harakat xavfsizligi, transport va yoʻl sohalariga masʼul idoralar rahbarlari faoliyatini tanqidiy oʻrganadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga muhokama qilish uchun kiritadi va natijalari boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga hisobot taqdim etadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
10. Hududlarda yoʻl harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida 2022-yil 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yoʻl” indeksi (keyingi oʻrinlarda — indeks)ni yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Belgilansinki:
indeks doirasida yoʻl infratuzilmasi va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan 5-ilovaga muvofiq 29 ta indikator boʻyicha har chorak yakunida baholab boriladi;
tuman (shahar)lar indeks koʻrsatkichlari asosida yoʻllarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati boʻyicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi;
indeksni yuritish vazifasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) ikki oy muddatda yetakchi ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda, indeksni yuritish metodologiyasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
11. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) yoʻl harakati xavfsizligini ishonchli taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish maqsadida “Umr tezlikdan muhimdir” va “Xavfsizlik kamari — hayot garovi” shiorlari ostida kompleks targʻibot va tashviqot ishlarini tashkil etsin;
b) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda, oʻquvchilar orasida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini kiritsin:
“Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilariga yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-koʻrgazmali tarzda oʻrgatish, ularning ongiga bolaligidan boshlab yoʻl harakati intizomini singdirish;
maktablarda “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yoʻl harakatini oʻrgatish maydonchalari”ni tashkil etish;
v) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-aprel,
PQ-190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga 1-ILOVA
Yoʻl harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan jarima, olinadigan yigʻim va toʻlovlarning “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi
(davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi boʻyicha undirilgan mablagʻlar bundan mustasno)
5
2.
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3989-son qarori bilan joriy etilgan loyiha boʻyicha)
25
3.
Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish va oʻzgartirish uchun yigʻimlar
20
4.
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar summasi
100
5.
Avtotransport vositalari uchun davlat raqami belgilari oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha auksiondan olinib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxi boʻyicha umumiy tartibdagi realizatsiyasidan olingan tushumlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga 2-ILOVA
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi
TARKIBI
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi
P.R. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
A.H. Qoʻldoshev
—
favqulodda vaziyatlar vaziri
A.J. Tashkulov
—
adliya vaziri
I.Y. Abduraxmonov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
X.U. Umarova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri
B.B. Valiyev
—
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
A.K. Shadmanov
—
sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi
J.T. Maxsudov
—
raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari
Sh.S. Xidoyatov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
J.Y. Tursunov
—
avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi
A.E. Burxanov
—
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori
O.Q. Abduraxmanov
—
Toshkent davlat transport universiteti rektori
A.D. Xadjayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
O.Ch. Saidov
—
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi, komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga 3-ILOVA
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy maxsus komissiyalarning namunaviy
TARKIBI
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Hududiy komissiya raisi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari, Hududiy komissiya raisining oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari, Hududiy komissiya raisining oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining birinchi oʻrinbosarlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
transport texnikumi (kolleji) direktori
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar teleradiokompaniyalari direktorlari
Lavozimi boʻyicha
—
Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi, Komissiya kotibi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga 4-ILOVA
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) faoliyatini belgilaydi.
2. Maxsus komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tashkil etiladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi.
4. Maxsus komissiya oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
5. Maxsus komissiya tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi barcha uchun majburiydir.
6. Maxsus komissiya yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni oʻrganishga va tegishli hisobotlarni tayyorlashga mutaxassislarni, olimlarni, vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlarini jalb etadi.
2-bob. Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yoʻl harakati xavfsizligi sohasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini ishonchli himoya qilish, yoʻl infratuzilmasini xavfsizlik talablariga toʻliq javob berishini taʼminlash;
hududlarda yoʻl harakatini samarali tashkil etish holatini muntazam ravishda baholab borish, ushbu sohada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning manzilli faoliyat koʻrsatishini nazorat qilish;
yoʻl-transport hodisalari sabablarini chuqur oʻrganish, yoʻllarning xavfli avariya uchastkalari roʻyxatini tasdiqlash orqali kelgusida ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflar tayyorlash tizimini yaratish;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, inson omili va korrupsiya holatlarini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini ommalashtirishga doir tadbirlarni belgilash;
hududlarda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, yoʻl-transport hodisalarining sonini qisqartirish boʻyicha dasturlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkillashtirish va kelishish.
Maxsus komissiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
8. Maxsus komissiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq, quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
avtomobil yoʻllaridagi yoʻl harakati xavfsizligi koʻrsatkichlari (yoʻl-transport hodisalari, ularda tan jarohati olgan va halok boʻlganlar soni) ustidan obyektiv monitoring yuritilishini tashkil etadi;
yoʻl harakati xavfsizligi koʻrsatkichlari salbiy boʻlgan hududlarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash doirasidagi qonunchilik ijrosini tahlil qiladi;
yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlgan hududlardagi aholi yashash punktlari, taʼlim tashkilotlarida profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda yoʻl infratuzilmasi va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishining holatini har chorak yakunida indeksning indikatorlari boʻyicha baholab boradi;
indeks natijalariga koʻra “sariq” va “qizil” toifalarga kiritilgan tumanlar (shaharlar)da yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishining holatini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
indeks natijalariga koʻra yoʻllarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati boʻyicha “qizil” toifaga kiritilgan tumanlar (shaharlar) salmogʻi yuqori boʻlgan viloyatlar hokimlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar hokimi)ning masʼuliyatini oshirish choralarini belgilaydi, jumladan, zarur hollarda ularga nisbatan oʻrnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilishini taʼminlaydi;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash doirasida ilmiy-tadqiqot institutlari, maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻrganadi va muhokama qiladi;
maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga doir dolzarb ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarini belgilaydi;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalari joriy etilishini amaliy qoʻllab-quvvatlaydi;
alohida dolzarb boʻlgan yoʻnalishlarda oʻtkaziladigan ilmiy va tadqiqot izlanishlariga yuqori malakali olim va mutaxassislarni jalb etish hamda bunday tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini hal qiladi;
yoʻl-transport hodisasining kelib chiqish sabablarini har tomonlama, ayniqsa, yoʻl uchastkasi va avtotransport vositasining texnik holati, haydovchining malakasi, ob-havo sharoiti kabi muhim omillarni ilmiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida, shuningdek, yuqori ahamiyat kasb etuvchi yoʻnalishlarda yoʻl harakatini avtomatik boshqarish tizimlari keng joriy etilishini taʼminlaydi;
yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka rioya etish ustidan nazorat tizimini inson va korrupsiya omillarini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan texnik va texnologik vositalar orqali yuritilishini yoʻlga qoʻyishga doir tadbirlarni belgilaydi;
yoʻl harakati xavfsizligini takomillashtirish, shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashga moʻljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratishni tashkil etadi.
3-bob. Maxsus komissiya faoliyatini tashkil etish
9. Maxsus komissiya raisi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Maxsus komissiyaning faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Maxsus komissiyaning yigʻilishini (sayyor yigʻilishini) chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va kun tartibini belgilaydi;
Maxsus komissiya va hududiy komissiyalarning faoliyatini nazorat qiladi;
Maxsus komissiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaydi;
mazkur Nizom talablarini bajarmayotgan Maxsus komissiya aʼzolariga nisbatan tegishli choralar koʻradi;
Maxsus komissiya bayonnomalari ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va nazorat qiladi;
Maxsus komissiyaning faoliyatini samarali tashkil etishga oid boshqa funksiyalarni bajaradi.
10. Maxsus komissiya raisining oʻrinbosarlari:
Maxsus komissiya yigʻilishini (sayyor yigʻilishini) tashkil etadi;
Maxsus komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini taʼminlaydi;
tegishli axborot va takliflarni Maxsus komissiya raisiga kiritadi;
Maxsus komissiya raisi boʻlmaganda yoki uning topshirigʻi boʻyicha Maxsus komissiya yigʻilishlariga raislik qiladi;
Maxsus komissiyaning samarali ish olib borishini taʼminlash maqsadida boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
11. Maxsus komissiya aʼzolari:
Maxsus komissiya yigʻilishlari (sayyor yigʻilishlari) kun tartibidagi masalalar boʻyicha muhokamalarda ishtirok etadi;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga doir dolzarb masalalar yuzasidan Maxsus komissiyaga takliflar kiritadi;
Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;
Maxsus komissiyaning qarorlari va qoʻyilgan vazifalarning ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni Maxsus komissiya raisiga taqdim etadi;
Maxsus komissiyaning samarali ish olib borishini taʼminlashga oid boshqa funksiyalarni bajaradi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Maxsus komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
13. Ishchi organ:
Maxsus komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminotini amalga oshiradi;
ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi va Maxsus komissiya muhokamasiga kiritadi;
Maxsus komissiya raisi bilan yigʻilish (sayyor yigʻilish) oʻtkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar roʻyxatini kelishadi, Maxsus komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni yigʻilish (sayyor yigʻilish) sanasi, vaqti va oʻtkaziladigan joyi haqida xabardor qiladi;
Maxsus komissiya yigʻilishida (sayyor yigʻilishida) koʻrib chiqish uchun materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Maxsus komissiya yigʻilishining (sayyor yigʻilishining) kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Maxsus komissiya ishining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralardan oladi;
Maxsus komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uning qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Maxsus komissiyaga yuridik va jismoniy shaxslardan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tushgan murojaatlarni umumlashtiradi hamda koʻrib chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuboradi;
Maxsus komissiya faoliyatiga oid tasdiqlangan rejalar ijrosini monitoring qilib boradi;
Maxsus komissiya aʼzolarining takliflari, shuningdek, mulohazalarini qabul qiladi va tizimlashtiradi;
Maxsus komissiya yigʻilishi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusxalari Maxsus komissiya aʼzolari, vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarga yuborilishini taʼminlaydi;
Maxsus komissiya qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning yakunlarini Maxsus komissiya yigʻilishida (sayyor yigʻilishida) koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Maxsus komissiyaning qarorlariga hamda Maxsus komissiya raisi va oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
14. Maxsus komissiyaning aʼzolari yigʻilish oʻtkazilishidan kamida ikki ish kuni oldin yigʻilish (sayyor yigʻilish) oʻtkazilish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim.
15. Yigʻilishni (sayyor yigʻilishni) Maxsus komissiya raisi (rais yoʻqligida uning koʻrsatmasi asosida oʻrinbosari) olib boradi.
16. Maxsus komissiya aʼzolari yigʻilishlarda shaxsan ishtirok etadi. Maxsus komissiya aʼzosi asossiz sabablarga koʻra uch martadan ortiq yigʻilishlarda ishtirok etmagan taqdirda, unga nisbatan Maxsus komissiya raisi tomonidan chora koʻriladi.
17. Yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Maxsus komissiyaning har bir aʼzosi, shu jumladan rais ham bitta ovozga ega boʻladi.
18. Maxsus komissiya yigʻilishda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qaror qabul qilish huquqiga ega.
19. Maxsus komissiya yigʻilishlari (sayyor yigʻilishlari) Maxsus komissiyaning ish rejasiga muvofiq, biroq har chorakda kamida bir marta, shuningdek, komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelganda navbatdan tashqari oʻtkaziladi.
Maxsus komissiya yigʻilishlari (sayyor yigʻilishlari) bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
20. Maxsus komissiya yigʻilishlariga (sayyor yigʻilishlariga) koʻrib chiqilayotgan masalalardan kelib chiqqan holda, uning tarkibiga kiritilmagan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro hokimiyat organlari, ilmiy va taʼlim tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
21. Maxsus komissiya aʼzolarining ish samaradorligini baholash mezonlari va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlari, davriyligi hamda moliyaviy manbalari Maxsus komissiya yigʻilishlarida muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilish orqali belgilanadi.
4-bob. Maxsus komissiya qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini taʼminlash
22. Maxsus komissiya qarorlari uning yigʻilishida (sayyor yigʻilishida) ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Maxsus komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.
23. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Maxsus komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Maxsus komissiya aʼzolari bilan soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.
24. Maxsus komissiya yigʻilishida (sayyor yigʻilishida) qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma rais tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Maxsus komissiya aʼzolari, vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarga yuboriladi.
25. Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan Maxsus komissiya aʼzolari (aʼzosi) tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida oʻz takliflari yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishi mumkin.
26. Maxsus komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
27. Maxsus komissiya oʻtkazilgan yigʻilish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga 5-ILOVA
Tumanlar (shaharlar)da yoʻl harakatini samarali tashkil etish holatini baholash boʻyicha “Xavfsiz yoʻl” indeksining
INDIKATORLARI
I. Yoʻl infratuzilmasi boʻyicha:
1. Yoʻl qoplamasining holati.
2. Yoʻl belgilari bilan jihozlanganlik darajasi.
3. Yoʻl koʻrsatkichlari bilan jihozlanganlik darajasi.
4. Piyodalar oʻtish joylarining tartibga solinganligi.
5. Yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylari mavjudligi.
6. Piyodalar yoʻlaklari mavjudligi.
7. Velosiped yoʻlaklari mavjudligi.
8. Avtoturargohlar bilan taʼminlanganligi.
9. Yotiq chiziqlarning ahvoli.
10. Yoʻlni ajratuvchi toʻsiq bilan jihozlanganligi.
11. Yoʻlning yoritilganligi.
12. Taʼlim muassasalari atrofining jihozlanganlik darajasi.
13. Taʼlim muassasalarida yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha sinfxonalarning mavjudligi.
14. Taʼlim muassasalarida yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha maydonchalarning mavjudligi.
15. Svetoforlarning mavjudligi.
16. Yoʻl boʻyining koʻkalamzorlashtirilganligi.
17. Yoʻnaltiruvchi ustunchalar oʻrnatilganligi.
18. Qoidabuzarliklarni aniqlovchi moslamalar bilan taʼminlanganligi.
19. Videokuzatuv kameralari bilan jihozlanganligi.
20. Sunʼiy notekisliklar mavjudligi.
21. Hududda joylashgan korxona va tashkilotlarda yoʻl harakati qoidalariga rioya etilish holati.
22. Yoʻl harakati qoidalarini targʻibot va tashviqot qiluvchi koʻrgazmali vositalar bilan jihozlanganlik darajasi.
23. Yoʻl harakati qoidalarini targʻib qilish boʻyicha profilaktik tadbirlarning oʻtkazilishi darajasi.
24. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qonun bilan taqiqlanmagan homiylik mablagʻlarining jalb etilish holati.
II. Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha:
25. Yuz ming aholiga nisbatan yoʻl transport hodisalarining soni.
26. Yuz ming aholiga nisbatan yoʻl transport hodisalari oqibatida vafot etganlar soni.
27. Avariya oʻchoqlari soni.
28. Yuz ming aholiga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar soni.
29. Tirband joylar soni.
Izoh: Mazkur indikatorlar boʻyicha tumanlar (shaharlar)da yoʻl harakatini samarali tashkil etish holatini baholash “Xavfsiz yoʻl” indeksini yuritishning alohida metodologiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2883-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-maʼrifiy ishlar markazi, “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, shuningdek, davolash-profilaktika va tibbiyot muassasalari tomonidan ular faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan pullik xizmatlar koʻrsatish huquqini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-son qarorida:
a) 2-band “talablariga muvofiq” soʻzlaridan keyin “umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“respublikada yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga toʻliq rioya qilgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi”;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3989-son qarorida:
“3. Belgilansinki, oʻrnatilgan avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi quyidagicha yoʻnaltiriladi:
30 foiz — yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga, shundan (100 foiz deb hisoblanganda) 50 foizi miqdorida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish va avtomatlashtirilgan tizimni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish maqsadlarida foydalaniladi;
20 foiz — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
25 foiz — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga;
25 foiz — shartnomada belgilangan investitsiyaviy xarajatlarning hajmi toʻliq qoplanguniga qadar Investor hisobiga.
Belgilansinki, investitsiyaviy xarajatlar toʻliq qoplanganidan soʻng, mazkur qarorda nazarda tutilgan jarima summasining Investorga tegishli ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”;
b) 4-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investor bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha, maxsus tovushli ishoralari hamda avtomatlashtirilgan jamoat tartibini nazorat qilish va yoʻl harakati qoidabuzarliklarini aniqlash moslamalari oʻrnatilgan patrul avtomobillarini amaliyotga joriy qilish”;
“2025-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq olib kiriladigan jihozlar, butlovchi buyumlar, dasturiy taʼminot, yordamchi texnika va qurilish materiallari — bojxona bojidan”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarorida:
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish mablagʻlari hisobidan oʻquv jarayoniga shartnoma asosida, birinchi navbatda yetakchi xorijiy taʼlim muassasalaridan yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni jalb etish va mehnat bozorida amaldagi konyunkturani inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarining oʻqituvchi, haydovchi-yoʻriqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan Akademiyaning moddiy-texnika va oʻquv bazasini rivojlantirish, shuningdek, shartnoma asosida oʻquv jarayoniga pedagog kadrlar va mutaxassislarni jalb etish”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qaroriga 1-ilovada:
a) 91-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
91.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasidan tashqari
10
Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻimlar
40
”;
b) quyidagi mazmundagi 92-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
92.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi
(davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi boʻyicha undirilganlar mablagʻlar bundan mustasno)
5
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3989-son qarori bilan joriy etilgan loyiha boʻyicha)
25
Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻimlar
20
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi
100
Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha auksiondan olib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxi boʻyicha umumiy tartibda realizatsiya qilishdan olingan tushumlar
50
”;
v) 241-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
241.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi
“Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi, aloqa kanallarini tashkillashtirish va ijarasi boʻyicha xarajatlarni qoplash, boshqa tizimlar bilan integratsiyalash va rivojlantirish, Markaz faoliyatini, mehnatga haq toʻlash fondini moliyalashtirish hamda uning xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish, shuningdek moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda (Vazirlar Mahkamasining “2020-2021-yillarda Toshkent viloyati va Toshkent shahrida infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-martdagi qarorida koʻrsatilgan jarima summasidan ajratmalar bundan mustasno)
10
”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 683-son qaroriga 2-ilova 181-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Realizatsiyadan kelib tushgan mablagʻlarning 50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 50 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.”
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 547-son qarori 2-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish uchun tushadigan mablagʻlar quyidagicha yoʻnaltiriladi:
40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
40 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga;
20 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ruxsatnomalar blanklarini va tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus emblema (gologramma)larni tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplashga, DYHXX moddiy-texnika bazasini va avtomobil parkini rivojlantirishga, raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shuningdek, xodimlarini ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 747-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi “a2” kichik band bilan toʻldirilsin:
“a2) jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”;
b) ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Ragʻbatlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bank hisob raqamiga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan avtomatik tarzda pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.