toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berildi.
207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qo‘llash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi bo‘g‘ini yaratildi.
Shu bilan birga, yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq Markazlar tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Adliya vazirligining 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
turizm va madaniy meros bo‘limi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
oila va xotin-qizlar bo‘limi;
Oldingi tahrirga qarang.
yoshlar ishlari bo‘limi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
davlat soliq inspeksiyasi;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
3. Quyidagilar:
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olinishi reja-grafigi 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
2022-yil 1-mayga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
2022-yil 1-avgustga qadar mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulash va ularga xizmat ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
bosqichma-bosqich davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash va ularga xizmat ko‘rsatish choralarini ko‘rsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar “E-huquqshunos” elektron tizimidan tegishli to‘lovni nazarda tutuvchi shartnoma asosida foydalanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi “UNICON-SOFT” MCHJ takliflariga asosan “E-huquqshunos” elektron tizimini Markazlar va ular yuridik xizmat ko‘rsatadigan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari faoliyatiga joriy qilishda “E-huquqshunos” elektron tizimidagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida “UNICON-SOFT” MCHJni tegishli server va boshqa zarur qurilmalar bilan ta’minlab borsin.
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
6. Adliya vazirligi 2022-yil 1-dekabrga qadar viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Belgilansinki, 3-ilova 2022-yil 1-avgustdan e’tiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida 2022-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-mart,
PQ-173-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qaroriga
1-ILOVA
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olinishi
REJA-GRAFIGI

T/r

Hududlar

Tuman (shahar) soni

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy meros, sportni rivojlantirish hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyalari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari soni

Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni

Ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar soni

Muddat

2022-yil

2022-2023-yillar

2023-yil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

17

118

726

436

97

2.

Andijon viloyati

16

110

767

546

97

3.

Buxoro viloyati

13

89

537

451

93

4.

Jizzax viloyati

13

90

553

216

46

5.

Qashqadaryo viloyati

15

103

1 217

415

97

6.

Navoiy viloyati

11

74

368

205

51

7.

Namangan viloyati

14

95

712

588

89

8.

Samarqand viloyati

16

110

1 267

702

75

9.

Surxondaryo viloyati

15

104

933

384

114

10.

Sirdaryo viloyati

11

74

318

192

47

11.

Toshkent viloyati

22

147

884

530

109

12.

Farg‘ona viloyati

19

130

959

883

141

13.

Xorazm viloyati

13

89

549

353

83

14.

Toshkent shahri

12

72

340

478

79

Jami:

207

1 405

10 130

6 379

1 218

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qaroriga
2-ILOVA
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

“Ijro.gov.uz” tizimi negizida ishlab chiqilgan “E-huquqshunos” elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-huquqshunos” elektron tizimi)dagi ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan ta’minlash.

1. “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanishi rejalashtirilgan qo‘shimcha tashkilotlarning ish hajmini hisob-kitob qilish asosida, ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida “UNICON-SOFT” MCHJni tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2. Ajratilgan server qurilmalarida “E-huquqshunos” elektron tizimidagi hujjatlar saqlanishini ta’minlash.

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

2.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tomonidan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, oila va xotin-qizlar, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy meros hamda sportni rivojlantirish bo‘limlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, davlat soliq inspeksiyalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish.

1. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlar rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlar bilan “UNICON-SOFT” MCHJ o‘rtasida “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanish bo‘yicha shartnoma tuzilishini ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlarga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan ta’minlash.

4. Markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan davlat tashkilotlarining yuqori tezlikdagi optik tolali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

5. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2022-yil aprel — iyul

“UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUK ta’sischiligidagi “UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(T. Xudaybergenov),

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

(Z. Mahkamova),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Turizm va madaniy meros vazirligi

(A. Abduxakimov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

3.

Markazlar tomonidan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda zaruratga ko‘ra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan maktablarda “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul ta’minlash.

4. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan maktablarning mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2022-yil aprel — dekabr

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

4.

Markazlar tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda zaruratga ko‘ra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul ta’minlash.

4. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2023-yil yanvar — dekabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin)

“UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

5.

Markazlar tomonidan davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda zaruratga ko‘ra zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash.

2. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarning rahbarlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

3. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga “E-huquqshunos” elektron tizimida shaxsiy kabinet yaratib berish, ularni himoyalangan apparat qurilmalari bilan bepul ta’minlash.

4. Yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarning mas’ul xodimlari uchun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha joylarda seminarlar tashkil etish.

2023-yil yanvar — dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

“UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

6.

“E-huquqshunos” elektron tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. “E-huquqshunos” elektron tizimida ish yuritish bo‘yicha texnik va huquqiy savollarga javob berish maqsadida “Call-markaz” tashkil etish.

2022-yil 1-mayga qadar

“UNICON-SOFT” MCHJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

2. “Call-markaz”ga kelib tushgan savollarga zudlik bilan malakali javob berilishini ta’minlash hamda “E-huquqshunos” elektron tizimini takomillashtirish bo‘yicha kelib tushgan takliflar asosida elektron tizimni doimiy takomillashtirib borish.

Doimiy

7.

Markazlar faoliyati kengaytirilishi to‘g‘risida jamoatchilikka yetkazish maqsadida keng targ‘ibot tadbirlari?i o‘tkazish.

1. Targ‘ibot tadbirlari reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil aprel

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

O‘zMTRK

(A. Xadjayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev)

2. Televideniyeda Markazlar faoliyati bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish, Markazlar faoliyatini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

2022-2023-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish”.
2. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari va davlat tashkilotlarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
3. 5-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ma’muriy javobgarlik va ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi”.
5. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga
3-ILOVA
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari va davlat tashkilotlarining
RO‘YXATI

T/r

Davlat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari va davlat tashkilotlari nomi

1.

Moliya bo‘limi

2.

Xalq ta’limi bo‘limi

3.

Maktabgacha ta’lim bo‘limi

4.

Madaniyat bo‘limi

5.

Tibbiyot birlashmasi

6.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi

7.

Davlat o‘rmon xo‘jaligi

8.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi

9.

Obodonlashtirish boshqarmasi

10.

Irrigatsiya bo‘limi

11.

Qurilish bo‘limi

12.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi

13.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

14.

Oila va xotin-qizlar bo‘limi

15.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

16.

Davlat soliq inspeksiyasi

17.

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

18.

Turizm va madaniy meros bo‘limi

19.

Sportni rivojlantirish bo‘limi

Davlat tashkilotlarining nomi

1.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari

2.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

3.

Ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar

.

a) 1-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari) huzurida” so‘zlari “tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuvida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi “hududiy adliya organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi, bundan ma’muriy javobgarlik va ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno”;
d) 13-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish”;
e) 14-bandning 5-kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish sohasida”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/173/0226-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)