O‘zbekiston respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3239, 2020-yil 4-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 10/20/3239/0721-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash
standartiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
“baholovchi — belgilangan tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir;”;
“baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;”;
3.
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Baholash haqidagi hisobotga ilovalarda baholovchi baholash haqidagi hisobotni tayyorlash jarayonida foydalangan hujjatlar nusxalari, shuningdek baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish polisi nusxalari bo‘lishi lozim.”.