vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) meʼyoriy hujjatlari ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab, agar hujjatning oʻzida kechroq muddatda koʻrsatilmagan boʻlsa, kuchga kiradi va bajarilishi kerak;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan meʼyoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi;
meʼyoriy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va sanasi koʻrsatilmagan holda tarqatilishi va eʼlon qilinishi taqiqlanadi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidalar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan meʼyoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga oʻn kun muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish yoki davlat roʻyxatidan oʻtmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qoʻyish huquqi berilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
Koʻrsatib oʻtilgan daʼvolar sudga berilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi negizida ikki boʻlimdan iborat Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi” — “Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv Respubliki Uzbekistan” nashr etilishi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan byulletenning oʻz vaqtida nashr etilishini taʼminlash bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni 1997-yil 1-noyabrgacha hal etsin.
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 9-oktabr,
469-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur Nizom vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning meʼyoriy hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda “meʼyoriy hujjatlar” deb ataladi) huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek, ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning (keyingi oʻrinlarda “vazirliklar va idoralar” deb ataladi) meʼyoriy hujjatlarini, ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi maʼlumotlarning xususiyatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2. Vazirliklar va idoralarning umumiy majburiy tusdagi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi;
idoralararo tusga ega boʻlgan;
mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan meʼyoriy hujjatlari huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
3. Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan meʼyoriy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan organga yuklanadi.
5. Meʼyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq boʻlishi kerak.
6. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida meʼyoriy hujjatlarni buyruqlar, qarorlar, yoʻriqnomalar, koʻrsatmalar shaklida yoki tegishli organlar toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan boshqa shakllarda qabul qiladilar.
7. Meʼyoriy hujjatda mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaysi qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
8. Meʼyoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlash kerak.
Agar meʼyoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unda kirish qismi beriladi. Meʼyoriy tusga ega boʻlgan qoida kirish qismiga kiritilmaydi.
Meʼyoriy hujjat qoidalari aniq va yorqin adabiy tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha talqin qilinishini istisno qilish uchun ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan ahamiyatiga muvofiq bir xilda qoʻllaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartirishlar tushuntiriladi. Eskirgan va koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, obrazli qiyoslashlar, majozlar, sifatlashlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Meʼyoriy hujjatlarda amaldagi qonun hujjatlari qoidalari soʻzma-soʻz takrorlanishi taqiqlanadi. Meʼyoriy hujjatlar matniga amaldagi qonun hujjatlariga havola qilish kiritilishiga faqat istisno hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Mazkur meʼyoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlariga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.
Meʼyoriy hujjatning har bir bandida bitta meʼyoriy koʻrsatma boʻlishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Agar meʼyoriy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Meʼyoriy hujjatning tegishli bandlarida Ushbu ilovalarga havola qilinadi.
10. Agar meʼyoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotishi eʼtirof etilishini yoki ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan meʼyoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
meʼyoriy hujjatni chiqarish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, meʼyoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa holatlar);
ushbu masala boʻyicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
12. Tayyorlangan meʼyoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbariyati tomonidan imzolangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirilishi kerak.
Taqdim etilgan meʼyoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qoʻyilgan, ilova qilingan maʼlumotnoma esa imzolangan boʻlishi kerak.
III. Huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
14. Zarurat boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazishda Adliya vazirligi qoʻshimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, meʼyoriy hujjatlar boʻyicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega boʻladi.
15. Agar taqdim etilgan meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlgan va mazkur Nizomning II boʻlimida koʻrsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
16. Agar meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlsa, mazkur Nizomning II boʻlimi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa, meʼyoriy hujjatni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan meʼyoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan meʼyoriy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin.
17. Meʼyoriy hujjatning asl nusxasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin unga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, ikki nusxasi hisobga olish va eʼlon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari oʻzgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻz meʼyoriy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish hamda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
Vazirliklar va idoralar ushbu holda oʻn kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy hujjatlardagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi meʼyoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu meʼyoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi.
Meʼyoriy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Nizoli masalalar paydo boʻlgan, shuningdek, meʼyoriy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha meʼyoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini toʻxtatishga haqlidir.
19. Meʼyoriy hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi, ularning tarqatilishi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
20. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy hujjatlarni davlat boshqaruvining tegishli organlari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar eʼtiboriga yetkazadi.
Belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va nashr etilishi (eʼlon qilinishi) kerak boʻlgan meʼyoriy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar bajarish uchun yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan meʼyoriy hujjatlar boʻyicha tushuntirish berish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.