1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Kapital bozorini yanada rivojlantirish, davlat aksiya paketlarini kapital bozori orqali xususiylashtirish amaliyotini kengaytirish, aholining qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritishini ragʻbatlantirish va moliya bozorida sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar singari foyda soligʻining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilinadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat aksiyalarini fond birjasining birja kotirovka varagʻidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ushbu jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egalari boʻlgan aksiyadorlarga oʻzlariga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda soligʻi va daromad soligʻi oʻrniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yigʻim Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga toʻlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligining 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining “Toshkent” respublika fond birjasida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq, shu jumladan, bozor holati va anderrayterlar xulosalarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etiladigan aksiyalar paketining hajmini va savdoga chiqarish muddatini belgilash, ularning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan aksiyalarining ommaviy taklifi oʻtkazilishi belgilangan har bir korxona boʻyicha alohida “yoʻl xaritalari” tasdiqlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
4. Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 31-dekabrga qadar eksperiment tariqasida xorijiy banklar va investitsiya vositachilariga Oʻzbekiston Respublikasida alohida litsenziya olmasdan qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan va oʻz mablagʻlarining miqdori 500 mln soʻmdan kam boʻlmagan mahalliy yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzgan holda, anderrayting faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2025-yil 1-fevralga qadar eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilgan holda, uni qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan barcha ishtirokchilarga tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritsin.
(4-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
5. 2022-yil 1-apreldan boshlab mahalliy emitentlarga oʻz aksiyalarini dastlab “Toshkent” RFBda joylashtirgandan soʻng anderrayter tavsiyasiga koʻra ularni xorijiy fond bozorlarida yoki bir vaqtda mahalliy va xorijiy fond birjalarida joylashtirish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.03.00 Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organ]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-son qaroriga asosan bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan tijorat banklari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishga haqli ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
Moliya vazirligi ikki oy muddatda davlat ulushi mavjud tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalasini ularning boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqsin.
7. Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshkent” respublika fond birjasida birja listingiga kiritilmagan qimmatli qogʻozlar savdosini taʼminlovchi tizimni yaratsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi “Fond birjasida aksiyalarning ommaviy taklifini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 268-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-yanvar,
PQ-90-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-son qaroriga 1-ILOVA
“Toshkent” RFBda aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladigan aksiyadorlik jamiyatlari
(1) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatiga tegishli aksiya paketlari;
(2) davlat ulushi va davlat ulushi mavjud korxona ulushi bitta lot sifatida savdoga chiqarilishi mumkin.
(3) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar ulushi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 268-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“sena predlojeniya aksiy putem provedeniya pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy opredelyayetsya organizatorom”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“sbor zayavok na priobreteniye aksiy, realizuyemix posredstvom pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy, osushestvlyayetsya organizatorom ili gruppoy organizatorov, s kotorimi zaklyucheno soglasheniye o provedenii ukazannix IPO ili SPO;
organizatoru predostavlyayetsya pravo na vibor investorov dlya raspredeleniya aksiy na osnove dogovora, zaklyuchennogo s initsiatorom, a takje ustanovleniye sroka zapreta realizatsii investorami aksiy, priobretennix v ramkax pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy;
raspredeleniye aksiy posredstvom IPO i SPO provoditsya na osnove yedinoy seni, opredelyayemoy organizatorom isxodya iz sprosa i predlojeniya na aksii”.
“13. Sbor zayavok na priobreteniye aksiy, realizuyemix posredstvom pervichnogo (IPO) i vtorichnogo (SPO) publichnix predlojeniy aksiy, osushestvlyayetsya organizatorom ili gruppoy organizatorov, s kotorimi zaklyucheno soglasheniye o provedenii ukazannix IPO ili SPO”;