toggle_night_mode
Hujjat 05.07.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga Vatanga sadoqatli, maʼnaviy-axloqiy jihatdan barkamol, jismonan sogʻlom va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari;
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar;
oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun vazirliklar tomonidan qabul komissiyalarini va yoʻnalishlar boʻyicha kichik komissiyalarni tashkil etish tartibi;
oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar mudofaa ishlari boʻlimlariga topshiradigan hujjatlar, mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadigan hujjatlar roʻyxati;
oʻqishga qabul qilishda harbiy-professional yoʻnalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi hamda saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar roʻyxati;
kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish asoslari va ularni qayta tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-dekabr,
775-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlarni (keyingi oʻrinlarda — nomzodlar) Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — OHTM) oʻqishga saralab olish va qabul qilish hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlarini oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom:
Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish hamda mazkur universitet kursantlari (talabalari) va tinglovchilarini oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
nomzodlar — OHTMga oʻqishga kirish uchun saralab olish tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (oliy maʼlumotga ega shaxslar bundan mustasno), muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchi yoki ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega boʻlmagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi;
harbiy-professional yoʻnaltirish — yoshlarning shaxsiy qiziqishlariga, qobiliyatlariga muvofiq va turli mutaxassisliklar boʻyicha harbiy kadrlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda, harbiy kasbni ongli-asosli tanlashiga koʻmaklashish boʻyicha maqsadli yoʻnaltirilgan va rejalashtirilgan faoliyat;
dastlabki saralab olish — OHTMga oʻqishga kirishga qaror qilgan nomzodlarning tegishli maʼlumotlarini, taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sogʻligʻiga oid maʼlumotlarni toʻplash hamda oʻrganish;
qabul komissiyasi — OHTMga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan, nomzodlarga maslahat xizmatlari koʻrsatish maqsadida har yili tuziladigan komissiya;
test sinovlari — OHTMning taʼlim yoʻnalishlari oʻziga xosligini hisobga olgan holda, nomzodlarning umumtaʼlim oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan oʻtkaziladigan tadbir.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kursantlarga oʻqishini bir vazirlik va idoralar OHTMdan boshqa vazirlik va idoralar OHTMga koʻchirishga ruxsat etilmaydi. Kursantlar oʻqishini bitta vazirlik va idoraga boʻysunuvchi OHTMdan ushbu vazirlik va idora tasarrufidagi boshqa OHTMga koʻchirish tartibi mazkur vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilanadi.
4. OHTMga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi.
2-bob. Nomzodlarni OHTMga saralab olish va qabul qilish tartibi
1-§. Qabul komissiya faoliyatini tashkil qilish, OHTMga oʻqishga kirish uchun hujjatlar topshirish
5. OHTMda oʻqishga saralab olish va qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — masʼul vazirliklar) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari kompleksiga asosan amalga oshiriladi.
6. OHTM kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
harbiy-professional yoʻnaltirish;
dastlabki saralab olish;
test sinovlari.
7. Bir bosqichdan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.
8. OHTMga tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida qabul qilinadi.
Nomzodlar uch til — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tilidan birini shaxsan tanlagan holda test sinovlari topshiradilar.
9. OHTMga oʻqishga kirish uchun nomzodlar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
10. OHTMga oʻqishga kirishdan oldin (dastlabki saralab olish davrida) nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) mazkur muassasalar rahbariyati tomonidan ular oʻqishni tamomlagandan soʻng tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni oʻtashdan bosh tortgan, kontrakt shartlarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli boʻshatilayotgan, shuningdek, bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan hollarda harbiy xizmatchini oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini qoplab berishi (moddiy javobgarlik) toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. OHTMga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun masʼul vazirliklar tomonidan OHTM qabul komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tashkil etiladi.
12. Qabul komissiyasiga OHTMning boshligʻi rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga masʼul vazirliklarning tegishli tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari kiritiladi.
Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi masʼul vazirliklarning ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.
Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 10-martidan 1-sentabriga qadar amalga oshiradi.
13. Qabul komissiyasi raisi:
qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Qabul komissiyasi raisi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi.
14. Qabul yilining 1-apreligacha qabul komissiyasi tarkibida quyidagi yoʻnalishlar kesimida kichik komissiyalar tuziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha kichik komissiya.
15. OHTMga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimlariga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti (keyingi oʻrinlarda — Aloqa harbiy instituti) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Harbiy tibbiyot akademiyasi) oʻqishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining uchinchi bosqichini, oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichi va tibbiy-profilaktika fakultetlarining toʻrtinchi bosqichini tamomlagan talabalar (keyingi oʻrinlarda — talabalar) tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari nomiga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar oliy taʼlim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga ikki kun muddatda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. OHTMga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 31-martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
17. OHTMga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari boʻlimlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
oʻqish, ish yoki xizmatni oʻtash joyidan (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni oʻtayotgan boʻlsa) tavsifnoma hamda maʼlumotnoma;
ota-onasining OHTMga oʻqishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm oʻlchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan koʻrsatiladi.
18. OHTMga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar — harbiy xizmatchilar tomonidan oʻz xizmat oʻtash joyidagi kadr (saf) boʻlinmasiga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
OHTMga oʻqishga kirishga tavsiyanomalar (muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy boʻlinmaning umumiy yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga — tegishli masʼul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qismning (muassasaning) attestatsiya komissiyasi yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma);
tegishli masʼul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qism (muassasa) tomonidan berilgan tavsiyanoma.
19. Mazkur Nizom 15-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan talabalar tomonidan oliy taʼlim muassasalari joylashgan hududdagi mudofaa ishlari boʻlimlariga ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tegishli bosqichda oʻqiyotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
reyting daftarchasi nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Harbiy-professional yoʻnaltirish
20. Ofitser kasbining mohiyatini va unga qoʻyiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlash koʻnikmasini shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam berish harbiy-professional yoʻnaltirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
21. Quyidagilar harbiy-professional yoʻnaltirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ofitserlar xizmatining ijtimoiy mazmuni va oʻziga xosligini ochib berish, shu asosda yoshlarning ofitser — Vatan himoyachisi kasbining yuksak masʼuliyatini toʻgʻri tushunishi va anglashiga erishish;
OHTMga kirishga qaror qilgan fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilarga ularning isteʼdodi, qobiliyatlarini va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda harbiy mutaxassislikni tanlashda yordam berish;
OHTMga kiruvchi nomzodlarning maʼnaviy va axloqiy fazilatlariga, psixologik xususiyatlariga, umumjismoniy va umumtaʼlim tayyorgarlik darajasiga, sogʻligʻiga qoʻyiladigan talablarni tushuntirish;
OHTMga oʻqishga kirishga eng iqtidorli, har tomonlama barkamol, tayyorgarlik koʻrgan va Vatanga sadoqatli yoshlarni jalb etish.
22. Harbiy-professional yoʻnaltirish OHTMga oʻqishga kirgunga qadar yil davomida oʻtkaziladi va ushbu bosqichda:
oʻquvchi yoshlarning faxriylar, masʼul vazirliklarning hududiy organlari, harbiy qism (muassasa) hamda OHTMning vakillari bilan uchrashuvlari va davra suhbatlari oʻtkaziladi. Bunda ularga ofitser kasbi, OHTMga tayyorgarlik koʻrish va kirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar beriladi;
masʼul vazirliklarning hududiy organlari, mudofaa ishlari boʻlimlari va harbiy qismlarda (muassasalarda) OHTMga qabul qilish tartibi, oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi axborot-maʼlumotlar burchaklari tashkil etiladi.
23. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash harbiy-professional yoʻnaltirishning asosi hisoblanadi. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doirasida maʼruzalar oʻqiladi, suhbatlar oʻtkaziladi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi va davlat muzeylariga, harbiy qismlarga (muassasalarga), OHTMga ekskursiyalar uyushtiriladi hamda yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etish va rivojlantirish tarixi hamda OHTM bilan tanishtirishni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.
24. Nomzodlarda harbiy xizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitser kasbi toʻgʻrisida toʻgʻri tasavvur hosil qilish ishlari tegishli taʼlim muassasalari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda, yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash oʻqituvchilarini faol jalb etgan holda masʼul vazirliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Yoshlarni harbiy-professional yoʻnaltirish doirasida ularga kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, harbiy kasbni tanlashda bevosita yordam koʻrsatiladi.
Kasbga doir maslahatlar taʼlim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash oʻqituvchilari tomonidan beriladi, tayyorlash jarayonida nomzodlarning shaxsiy fazilatlariga, qobiliyatlariga va OHTMda oʻqishga maʼnaviy-psixologik tayyorgarlik darajasi baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maslahatlar berish jarayonida nomzodlarning xohish-istaklari va qobiliyatlari chuqur oʻrganiladi, ularning OHTMga kiruvchi shaxslarga qoʻyiladigan talablarga moslik darajasi aniqlanadi.
26. Harbiy xizmatchilarni OHTMga oʻqishga kirishga tayyorlash masʼul vazirliklar hududiy organlarining boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) rahbarligida oʻtkaziladi.
27. Masʼul vazirliklar joylarda harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishini, OHTMning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilab turilishini nazorat qiladi hamda tegishli OHTMdagi taʼlim jarayoni, ularga kirish shartlari haqida maʼlumot berish maqsadida nashr etilgan bukletlar va plakatlar hududiy organlar hamda harbiy qismlarga (muassasalarga) yetkazilishini tashkil etadi.
28. OHTMga harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
OHTMdagi hayot, turmush va oʻqishning oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida plakat, buklet, film va videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini tayyorlash hamda masʼul vazirliklarning hududiy organlari va harbiy qismlarga (muassasalarga) tarqatish;
respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida OHTM vakillarining chiqishlarini tashkil etish, OHTM toʻgʻrisidagi filmlarni namoyish etish, maʼruzalar va ochiq eshiklar kunlarini oʻtkazish;
harbiy stajirovkalar, ishlab chiqarish amaliyotlari, taʼtillar davrida OHTMdagi doimiy va oʻzgarib turuvchi tarkibning harbiy xizmatchilar va fuqaro yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini oʻtkazish.
29. Harbiy qismlarga (muassasalarga) harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, madaniyat markazlarida OHTMdagi hayot, OHTMga qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarga va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarida (qoʻshin turlarida) ofitserlar tarkibining harbiy xizmati xususiyati va oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmali, oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi taʼlim jarayoni toʻgʻrisidagi filmlarni namoyish qilish, shuningdek, faxriylar va OHTMning vakillari bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish;
harbiy xizmatchilar bilan ofitser kasbi toʻgʻrisida yakka tartibda tushuntirish suhbatlari oʻtkazish;
harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlar samaradorligini muntazam tahlil qilish;
OHTM bilan mustahkam aloqani yoʻlga qoʻyish.
30. Masʼul vazirliklarning hududiy organlari hamda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbarlari va oʻqituvchilari zimmasiga harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro yoshlar orasidan OHTMga nomzodlarni saralab olish ishlarini tashkil etish, ularni ofitserlar tarkibiga qoʻyiladigan talablar bilan tanishtirish;
joylardagi taʼlim muassasalarining aʼlochi bitiruvchilari bilan yigʻinlar, shuningdek, maqsadli targʻibot ishlarini tashkil etish;
OHTMda oʻqish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablarni fuqaro yoshlarga yetkazish;
hokimliklar va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida taʼlim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalari oʻqituvchilari bilan harbiy-professional yoʻnaltirish masalalari boʻyicha har yilgi oʻquv-metodik yigʻinlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni olib borishda taʼlim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash oʻqituvchilariga yordam berish, taʼlim muassasalarini ofitserlik kasblariga bagʻishlangan stendlar bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
masʼul vazirliklarning hududiy organlarida OHTMdagi hayotni aks ettiruvchi koʻrgazma materiallarini, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilarga va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarida (qoʻshin turlarida) ofitserlar tarkibida harbiy xizmatni oʻtashning xususiyati va oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi oʻquv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarida (tashkilotlarida) fuqaro yoshlarni harbiy-professional yoʻnaltirish tadbirlarida mudofaa ishlari boʻlimlari vakillarining bevosita ishtirokini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari, jamoat tashkilotlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan harbiy-professional yoʻnaltirish boʻyicha mustahkam oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
fuqaro yoshlarning maʼnaviyat va maʼrifat markazlariga, joylardagi tarixiy, harbiy-vatanparvarlik muzeylariga va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Davlat muzeyiga, harbiy qismlar va muassasalarga tashrifini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi hayot toʻgʻrisidagi filmlarni namoyish qilish;
harbiy mutaxassislikni ongli ravishda tanlashda yoshlarga yordam berish.
31. Respublikaning muhandislik-texnik yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va oliy tibbiy taʼlim muassasalari rektorlariga harbiy-professional yoʻnaltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
talabalar orasidan OHTMga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafli ekanligini targʻib etishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-maslahat burchaklari tashkil etish va harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatning shartlari va oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi koʻrgazmali tashviqot materiallarini joylashtirish;
muntazam ravishda OHTMga ekskursiyalar uyushtirish, OHTM kursantlari va oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida davra suhbatlari, tanlovlar tashkil etish, taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik va tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
3-§. Dastlabki saralab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
32. Sogʻligʻi, umumjismoniy tayyorgarligi va individual psixologik xususiyatlariga muvofiq harbiy ixtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, gʻoyaviy-maʼnaviy barqaror, mustahkam intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega boʻlgan nomzodlarni aniqlash dastlabki saralab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
33. Quyidagilar dastlabki saralab olishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodlarga tegishli hujjatlarni va ularni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzodlar toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashining sabablarini, asoslarini aniqlash;
nomzodlarning sogʻligʻini va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini har tomonlama, xolisona baholash;
OHTMga kiruvchi nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish.
34. Dastlabki saralab olish:
fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — yashash joyidagi (oliy taʼlim muassasasi joylashgan hududdagi) mudofaa ishlari boʻlimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlarida;
harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni oʻtash joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda) va masʼul vazirliklarning hududiy organlarida oʻtkaziladi.
35. Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Saralab olish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida individual-psixologik oʻrganish va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash jarayonlari videoyozuvga tushiriladi.
36. Dastlabki saralab olish tadbirlari quyidagi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
a) birinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — mudofaa ishlari boʻlimlarida, harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni oʻtash joyida 1-fevraldan 10-aprelga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish (talabalar, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylari bitiruvchilari, harbiy xizmatchilar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
b) ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari boshqarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga kirish istagini bildirgan nomzodlar bilan uchuvchilar tarkibining oʻziga xos talablaridan kelib chiqqan holda, qoʻshimcha ravishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasi boʻyicha mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Dastlabki saralab olish tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlar soni cheklanmaydi.
37. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish natijalarni tahlil qilish, nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, ularning ijtimoiy faolligi va maʼnaviy-ishbilarmonlik fazilatlarini baholash usuli bilan oʻtkaziladi.
Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va maʼnaviy-ishbilarmonlik fazilatlarini aniqlashda:
nomzodlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va axloqqa nisbatan murosasizlik zarurligini anglash;
burchni his etish, qatʼiyatlilik, ishchanlik, mehnatsevarlik va toʻgʻrilik;
jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashish;
nomzodlar tomonidan xizmat (mehnat) faoliyatida, oʻqishda va yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlashda erishilgan natijalar hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bundan tashqari, ofitser boʻlish xohishining ongli qabul qilinganligi, asoslanganligiga va buning uchun zarur fazilatlar mavjudligiga asosiy eʼtibor beriladi.
38. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki saralab olish tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (10-aprelgacha (shu kuni ham)) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashning sabablari, asoslarini aniqlash, taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish va xorijiy tilni egallaganlik darajasini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Suhbat davomida OHTMga kiruvchilarga qoʻyiladigan talablar, beriladigan imtiyozlar va boshqa masalalar nomzodlarga yetkaziladi. Nomzodlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Tegishli shakl boʻyicha (davlat siri hisoblangan maʼlumotlar bilan ishlashga) ruxsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar qabul yilining 20-iyunigacha rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Yakka tartibdagi suhbat:
fuqaro yoshlar (talabalar) bilan — mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari;
harbiy xizmatchilar bilan — masʼul vazirliklarning hududiy organlari boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) tomonidan oʻtkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
42. Nomzodlarning birlamchi tibbiy koʻrigi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha nomzodlarning OHTMda oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Sogʻligʻining holatiga koʻra OHTMda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
43. Individual-psixologik oʻrganish qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham) qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan nomzodlarni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan tegishli mutaxassis-psixologlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
44. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
OHTMga kirish uchun tavsiya etiladi;
OHTMga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha OHTMga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
45. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham) oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan oʻtmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
46. Nomzodlarning yakuniy tibbiy koʻrigi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha nomzodning OHTMda oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Sogʻligʻining holatiga koʻra OHTMda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar test sinovlariga qoʻyilmaydi.
47. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 25-iyunga qadar OHTM qabul komissiyasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Saralab olish tadbirlari natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlarning shikoyatlari qabul komissiyasi raisining buyrugʻi bilan kichik komissiyalar ishida qatnashmagan besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda shakllantiriladigan apellyatsiya komissiyasida koʻrib chiqiladi.
Shikoyatlar apellyatsiya komissiyasiga natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatlarni ular tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida, murojaat qilgan nomzodlar xohishiga koʻra — ularning ishtirokida koʻrib chiqadi.
Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqishda hujjatlarni toʻplash va oʻrganish, yakka tartibda suhbatlashish, individual-psixologik oʻrganish va umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash tadbirlarining toʻgʻri oʻtkazilganligi, javoblarning xolis tekshirilganligi va toʻgʻri baholanganligi oʻrganiladi hamda uning natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
nomzodning shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida;
natijalarni oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Tegishli qaror darhol nomzodlarga yetkaziladi.
Apellyatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnomada rasmiylashtiriladi.
Apellyatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
49. Birlamchi yoki yakuniy tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha chiqarilgan xulosadan norozi boʻlgan nomzodlar sudga shikoyat qilishi mumkin.
4-§. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
50. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan va OHTMga oʻqishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarga test sinovi natijalari boʻyicha oʻzlari toʻplagan ballning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball koʻrinishida imtiyoz beriladi.
51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ajratilgan besh foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvota asosida OHTMga kursantlarning umumiy qabul soni doirasida oʻqishga kirish huquqiga ega;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda yarador boʻlishi natijasida nogiron boʻlib qolgan, kontuziya, shikast olgan yoki kasalliklarga duchor boʻlgan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari OHTMga tanlovsiz qabul qilinadilar.
52. “Ilgʻor serjant” nominatsiyasida respublika turining gʻoliblari boʻlgan serjantlar OHTMga test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining serjantlar tarkibi lavozimlarida 5 yil benuqson xizmat qilgan serjantlarga ijobiy tavsifnomalar, qoʻmondonlik, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda yutuqlari mavjud boʻlgan taqdirda, OHTMga oʻqishga qabul qilishda toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.
53. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq:
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga OHTMga oʻqishga kirishda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha OHTMga test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
531. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga OHTMga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
532. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga OHTMga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
(531-532-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Keyingi tahrirga qarang.
54. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3-oʻrinlarni egallagan shaxslar uch yil muddat davomida amal qiluvchi ixtisoslik fani boʻyicha sertifikat asosida OHTMga test sinovlarida imtiyoz sifatida maksimal ball toʻplagan hisoblanadi.
Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan OHTMga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.
55. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga muvofiq OHTMga kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun qoʻshimcha ravishda bir foizgacha qabul kvotalari ajratiladi.
56. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari OHTMga belgilangan qabul kvotasidan tashqari test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq:
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan tegishli yoʻnalish boʻyicha va belgilangan qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Nomzodlar bir vaqtning oʻzida ushbu Nizomning 50 — 57-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlarning ikki va undan koʻpiga ega boʻlgan hollarda, eng yuqori natija beruvchi imtiyoz qoʻllaniladi.
59. OHTM qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 25-iyunigacha boʻlgan muddatda test sinovlarisiz OHTMga kirish imtiyoziga ega boʻlgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻqish yoʻnalishi, shakli va tili koʻrsatilgan holda, Davlat test markaziga taqdim etiladi yoki Davlat test markazi tomonidan belgilangan elektron platformaga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Chet tilini bilish boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat taqdim etganlarga chet tili fanidan toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball qoʻyiladi hamda ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.
61. Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda kirish test sinovlarida ushbu umumtaʼlim fanidan belgilangan maksimal ballga mutanosib ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi topshirmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Nomzodlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
5-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
63. OHTMga test sinovlari oʻtkazish mazkur Nizomning 64 — 71-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olgan holda, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi asosida oʻtkaziladi.
64. OHTMda test sinovlari respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻtkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda, har yili iyul-avgust oylarida nomzodlar tanlagan hududlarda oʻtkaziladi.
65. Qabul komissiyasi OHTMga oʻqishga kirish uchun murojaat qilgan va dastlabki saralab olish bosqichida natijasi ijobiy baholangan, saralab olishda ishtirok etuvchi nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni qabul yilining 10-iyuliga qadar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritadi, nomzodlarning onlayn roʻyxatdan oʻtishlarini hamda test sinovlarida qatnashishlarini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Nomzodlarga OHTMga oʻqishga kirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlash huquqi beriladi.
67. Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi toʻlov undiriladi.
68. Davlat test markazi test sinovlari toʻliq yakunlangan kunning ertasiga OHTMga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlar natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi, oʻz navbatida, qabul komissiyasi OHTMga saralab olish tadbirlarini oʻtkazadi, oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni ikki kun muddatda Davlat test markaziga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
OHTMga oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tanlovda ishtirok etmaydi.
OHTMga oʻqishga tavsiya etilmagan nomzodlar respublika oliy taʼlim muassasalariga tanlangan yoʻnalishlar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda tanlovda ishtirok etadilar.
69. Test sinovlari topshiriqlari umumtaʼlim fanlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi.
70. OHTMning taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari masʼul vazirliklar tomonidan Davlat test markazi bilan birgalikda belgilanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlariga test sinovlari boʻlib oʻtishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Oʻqishni Harbiy tibbiyot akademiyasida hamda Aloqa harbiy institutida davom ettirish istagini bildirgan talabalar tegishli ravishda taʼlim yoʻnalishidagi 5 ta fandan iborat majmua boʻyicha test sinovini topshiradi. Fanlar majmuasi Harbiy tibbiyot akademiyasi hamda Aloqa harbiy instituti tomonidan har yili fevral oyi yakuniga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan fanlar majmuasi va fanlar boʻyicha oʻquv dasturlari test topshiriqlarini shakllantirish uchun Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Test topshiriqlari Harbiy tibbiyot akademiyasi hamda Aloqa harbiy instituti tomonidan tavsiya etilgan professor-oʻqituvchilar tomonidan Davlat test markazida tuziladi va ekspertizadan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Test topshiriqlari kitobidagi har bir fan 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) 100 ta savolga 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-§. OHTMga qabul qilish tartibi
72. OHTMga nomzodlar oʻquv yili uchun OHTMni butlash rejasiga qatʼiy rioya qilgan holda qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarga ega boʻlgan nomzodlar uchun OHTMga belgilangan qabul kvotadan tashqari oʻqishga kirish huquqi beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
73. Nomzodlar OHTMga Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda, OHTM qabul komissiyasi ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha saralab olishning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
75. OHTM qabul komissiyasi test sinovlari natijalari eʼlon qilingandan keyin besh kunlik muddatda nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
76. OHTMga oʻqishga qabul qilish jarayonida Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra kvota boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
77. OHTM qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni OHTMga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
78. OHTMga oʻqishga kirmagan nomzodlar shaxsiy hujjatlarining yigʻmajildlari test sinovlari natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 5 kun ichida tegishli mudofaa ishlari boʻlimlari va harbiy qismlarga (muassasalarga) qaytarib yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
79. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar tegishli OHTMda saqlanadi.
3-bob. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi
1-§. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish
80. Kursant OHTMdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) sogʻligʻining holatiga koʻra (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan);
b) belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmaganligi (akademik qarzdorligi) sababli;
v) intizomsizligi sababli (shu jumladan, sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan);
Keyingi tahrirga qarang.
g) oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli oʻqishni davom ettirish imkoni yoʻqligi sababli;
d) sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
e) oʻz xohishiga koʻra.
81. Sogʻligʻining holatiga koʻra kursantlar harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda tahsil olishga yaroqsiz deb topish toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladilar.
Harbiy-tibbiy komissiya xulosalariga asosan Harbiy tibbiyot akademiyasi va Aloqa harbiy institutida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantlar OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqariladilar va dastlab oʻqishga kirgan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni davom ettirish uchun yuboriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
82. Harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi OHTMga kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantning boʻlinma komandiri oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni OHTM boshligʻiga taqdim etadi.
83. Bir yoki bir nechta fanlar boʻyicha oʻtkazilgan yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan (yakuniy nazoratga qoʻyilmagan) va akademik qarzdorligini belgilangan muddatlarda bartaraf etmagan, bir yoki bir nechta fanlar boʻyicha oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatsiz topshirgan kursantlar fanlarni oʻzlashtirmaganligi sababli OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladilar.
84. Topshirilgan yakuniy nazoratlar natijalari, oʻquv semestri yoki yili yakunlari boʻyicha fanlarni oʻzlashtirmagan deb topilgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirishga doir rasmiylashtirilgan taqdimnoma boʻlinma komandiri tomonidan uch kun muddatda OHTM oʻquv boʻlimi bilan muvofiqlashtirilgan holda OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Kursantni akademik qarzdorligi uchun OHTMda oʻqishdan chetlashtirish masalasi besh kun muddat ichida OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida chetlashtirishga doir taqdim etilgan materiallar, fanlar boʻyicha yakuniy nazorat qaydnomalariga asoslangan tarzda, fanlarni oʻzlashtirmagan kursant ishtirokida koʻrib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni fanlarni oʻzlashtirmaganligi uchun OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan qaror qabul qilingan taqdirda, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ushbu qaror va OHTM Ilmiy kengashining bayonnomasidan koʻchirma, fanlar boʻyicha yakuniy nazorat qaydnomalari va shu kabi boshqa materiallar bir kun ichida masʼul vazirliklar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
85. Kontrakt shartlarini bajarmagan, harbiy xizmatchi nomiga dogʻ tushiruvchi nojoʻya xatti-harakatlar sodir etgan, harbiy intizomni tizimli ravishda qoʻpol buzib kelgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kursantlar intizomsizligi tufayli OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar kursantga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmasdan, oldin jinoiy ish toʻxtatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatish rad etilgan boʻlsa, uni OHTMdan chetlashtirish yoki OHTMda qoldirish toʻgʻrisidagi qaror OHTM Ilmiy kengashining qarorini hisobga olgan holda OHTM boshligʻi tomonidan qabul qilinadi.
Mazkur qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, tergov yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda qabul qilinadi.
86. Oʻquv boʻlinmasi komandiri OHTM boshligʻiga kursant sodir etgan nojoʻya xatti-harakatlar, tartibbuzarliklar haqida qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha bir kun ichida bildiruv beradi.
OHTM boshligʻi oʻquv boʻlinmasi komandirining bildiruvini olishi bilan ushbu holat yuzasidan xizmat surishtiruvi oʻtkazilishini tashkil etadi. Xizmat surishtiruvini oʻtkazish vazifasi OHTMning tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazuvchi mansabdor shaxslaridan biriga topshiriladi. Xizmat surishtiruvining natijalari uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida xizmat surishtiruvi materiallariga asoslangan holda, kursant ishtirokida besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishga qaror qilingan boʻlsa, OHTM Ilmiy kengashi yigʻilishining bayonnomasidan koʻchirma va xizmat surishtiruvi materiallarining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
87. Kursantlar oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan asosli sabablar (oilaviy sharoitlariga koʻra, yaʼni yaqin qarindoshlarining ogʻir kasallikka chalinganligi, oilasi tabiiy ofatga duchor boʻlganligi, doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotganligi yoki maxfiy hujjatlar (maʼlumotlar) bilan ishlash (foydalanish) huquqidan mahrum qilinganligi va boshqalar) tufayli oʻqishni davom ettirishning imkoni yoʻqligi bois OHTMdan oʻqishdan chetlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vaziyatni tasdiqlovchi materiallar olingandan soʻng bir kun ichida oʻquv boʻlinmasi komandiri kursantni oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli oʻqishni davom ettirishning imkoni yoʻqligi bois OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida oʻqishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan koʻchirma va kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
88. Sud qaroriga koʻra OHTMga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan dastlabki saralab olish va test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan kursant kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi sababli OHTMda oʻqishdan chetlashtiriladi.
89. Kursantga nisbatan kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi boʻyicha sud qarori kelib tushganda, oʻquv boʻlinmasi komandiri qonuniy kuchga kirgan sud qarori va kursantni tavsiflovchi hujjatlarni uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
Kursantni sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi uchun OHTMda oʻqishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida kursant ishtirokida besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan koʻchirma va qonuniy kuchga kirgan sud qarorining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
90. Maʼlum bir sabablarga koʻra OHTMda oʻqishni davom ettirishni xohlamagan kursantlar oʻz xohishiga koʻra OHTMdan oʻqishdan chetlashtiriladilar.
OHTMda oʻqishni davom ettirishni xohlamagan kursant sabablarini koʻrsatgan holda, oʻz xohishiga koʻra uni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishni soʻrab, OHTM boshligʻiga qoʻmondonlik pogʻonasi boʻyicha bildiruv beradi. Kursant tomonidan oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida bildirgi yozilgandan soʻng oʻquv boʻlinmasi komandiri bir kun ichida kursantni oʻz xohishiga koʻra OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yigʻilishida oʻqishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan koʻchirma va kursantni OHTMdan oʻqishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
91. OHTM kursantlarini oʻqishdan chetlashtirish mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
quyi bosqichlarda — OHTM boshligʻining buyrugʻi bilan tegishli vazirlik rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosari bilan kelishilgan holda;
bitiruv bosqichida — tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining buyrugʻi bilan.
92. Muddatli harbiy xizmatni oʻtamagan, oʻqishning ikkinchi yili boshlanmasdan OHTMdan chetlashtirilgan, oʻqishdan chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va boʻshash huquqiga ega boʻlmagan kursantlar muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun harbiy qismlarga joʻnatiladi. Chaqiruv yoshiga yetmagan shaxslar harbiy hisobga qoʻyish uchun yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi.
Chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va boʻshash huquqiga ega boʻlmagan kursant OHTM kursantlari roʻyxatidan chetlashtirish toʻgʻrisida OHTM boshligʻining buyrugʻi chiqarilgandan keyin uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining tegishli farmoyishiga asosan muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun harbiy qismga yuboriladi.
93. OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantlar (intizomsizligi, sogʻligʻining holatiga koʻra, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatning oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub lavozimlarda kontrakt boʻyicha harbiy xizmat oʻtashlari mumkin.
OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan, oʻz xizmatini davom ettirish istagini bildirgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar (intizomsizligi, sogʻligʻining holatiga koʻra, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat oʻtash uchun yuborilishlari mumkin.
94. Kursant oʻqishdan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari bir kun ichida harbiy hisobda turish uchun mudofaa ishlari boʻlimiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga joʻnatiladi.
95. OHTMdan chetlashtirilgan kursantlarni haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga boʻshatish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga asosan koʻrib chiqiladi.
96. Bitiruv bosqichida tahsil olayotgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida oʻrganib chiqiladi:
kursantni OHTMdan chetlashtirish boʻyicha OHTM boshligʻining tavsiyanomasi;
OHTM boshligʻi tomonidan tasdiqlangan OHTM Ilmiy kengashining qarori;
OHTM Ilmiy kengashi yigʻilishining bayonnomasidan koʻchirma. Bayonnomada OHTMda oʻqishdan chetlatilayotgan kursantning toʻliq biografik maʼlumoti (tugʻilgan joyi va sanasi, millati, oilaviy ahvoli, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan joyi, muddatli harbiy xizmatni oʻtagani va unga harbiy qism komandirining tavsiyanomasi berilgan yoki berilmagani haqida maʼlumot, qaysi mutaxassislik boʻyicha oʻqiyotganligi, ota-onasining yashash manzillari, ularning qayerda va kim boʻlib ishlashi toʻgʻrisida maʼlumot), kursantni oʻqishdan chetlatish uchun asos boʻlayotgan holatlar koʻrsatiladi;
kursantni oʻqishdan chetlatish uchun asos boʻlayotgan holatlar boʻyicha boshqa hujjatlar nusxalari (kursantlar vzvodi komandirining batalyon komandiri va OHTM boshligʻining oʻquv ishlari (oʻquv va ilmiy ishlar) boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tavsiya qilingan bildirgisi, kasallik toʻgʻrisidagi guvohnoma, akademik qarzdorligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, xizmat tavsifnomasi, xizmat varaqasidan koʻchirma, kursantning oʻqishni xohlamasligi toʻgʻrisida yozgan bildiruvi (oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilayotgan hollarda), xizmat surishtiruvi materiallari, sud hukmi va qarorlaridan nusxa va boshqalar).
Oʻrganish natijasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining kursantni OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi tayyorlanadi va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining kursantni OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi imzolangandan soʻng uning koʻchirmasi ijro etish uchun uch kun ichida OHTMga, harbiy hisobga qoʻyish uchun tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga (boʻlimiga) yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga yuboriladi.
97. OHTM boshligʻi tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining kursantni OHTM roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan uch kun ichida ushbu kursant bilan tuzilgan shartnomani bekor qiladi, harbiy xizmatchini (harbiy xizmatga majbur shaxsni) taʼminotning barcha turlaridan ozod qiladi, OHTM shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqaradi va xizmatini davom ettirish uchun tayinlangan harbiy qismga (harbiy hisobga qoʻyish uchun turar joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga) yuboradi. Shuningdek, OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi bilan birga akademik maʼlumotnoma va OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasining koʻchirmalari ham yoʻllanadi.
2-§. Kursantlar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash
98. Kursantlar oʻqishini qayta tiklashga mazkur Nizomning 80-bandi “a”, “b” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan asoslar (sogʻligʻining holatiga koʻra, fanlarni oʻzlashtira olmaganliklari va oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli oʻqishni davom ettirish imkoni yoʻqligi tufayli) bilan oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlarga ruxsat beriladi.
OHTM kursantlarini oʻqishga qayta tiklash mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichning ikkinchi semestri va undan yuqori bosqichlarda tahsil olish davomida OHTMda oʻqishdan chetlashtirilgan shaxslar (intizomsizligi, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli va oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlardan tashqari) oʻzlari tahsil olgan OHTMga tegishli oʻquv semestri boshlangunga qadar roʻyxatdan chiqarilgandan soʻng olti oydan kam boʻlmagan va uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan muddat ichida harbiy qism komandirining tavsiyasiga koʻra qoʻshinlar safida benuqson xizmat oʻtaganlik sharti bilan (harbiy hisobga kiritilgan joydagi mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tavsiyasiga koʻra, iqtisodiyot tarmoqlarida vijdonan mehnat qilganlik sharti bilan), shaxsan yozgan ariza (bildirgi)siga asosan oʻqishga qayta tiklanishi mumkin.
99. Birinchi bosqichning birinchi semestrida tahsil olish davomida (birinchi semestr yakuni boʻyicha imtihon sessiyasini toʻliq topshirmagan holda) OHTMda oʻqishdan chetlashtirilgan kursantlar oʻqishga qayta tiklanmaydi. Ular oʻqishga faqat umumiy qoidalarga asosan qabul qilinishi mumkin.
100. Kursantlar oʻqishini qayta tiklash kursantlar safidan chetlashtirilganiga olti oydan uch yilgacha boʻlgan muddatda, tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi uchun masʼul oʻrinbosarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
101. Quyidagi holatlar kursantning qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi)siga rad javobi berish uchun asos boʻladi:
kursantning intizomsizligi, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli yoki oʻz xohishiga koʻra oʻqishdan chetlashtirilganda;
kursant birinchi bosqichning birinchi semestrida (birinchi semestr tugallanmagan holatda) oʻqishdan chetlashtirilganda;
oʻqishdan chetlashtirilgan kursant roʻyxatdan chiqarilgan sanadan oʻqishga qayta tiklash soʻralayotgan tegishli oʻquv semestri boshlangunga qadar olti oydan kam yoki uch yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga OHTM kursanti lavozimida harbiy xizmatni oʻtash boʻyicha belgilangan yosh chegarasidan oʻtgan boʻlsa;
ariza beruvchining shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda;
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
Harbiy xizmatchi (fuqaro)ning oʻqishini qayta tiklash boʻyicha ariza (bildirgi)siga rad javobi berilgan taqdirda, uni koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatda ariza (bildirgi)da koʻrsatilgan manzilga ariza (bildirgi)ni koʻrib chiqqan mansabdor shaxs yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan javob xati yoʻllanadi.
102. OHTM kursantlarining oʻqishini qayta tiklash boʻyicha arizalar (bildirgilar)ni topshirish va koʻrib chiqish yilda bir marotaba 1-iyuldan 20-iyulga qadar amalga oshiriladi.
Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taqdim qilingan qayta tiklash boʻyicha hujjatlar toʻplami va ariza (bildirgi)lar OHTM boshligʻi, tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqilib, har yili 20-iyuldan 10-avgustga qadar qaror qabul qilinadi.
103. Oʻqishini qayta tiklash istagini bildirgan fuqaro yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimi orqali belgilangan muddatda mazkur Nizomga 13-ilovada qayd etilgan hujjatlarni rasmiylashtirib, OHTMga taqdim etishi lozim.
104. Kursantlar oʻqishini qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi)lar ariza beruvchilar taqdim etgan hujjatlar bilan birga OHTM ilmiy kengashining muhokamasiga kengash kotibi tomonidan taqdim etiladi. OHTMdan oʻqishdan chetlashtirilgan shaxslarni oʻqishga tiklash masalasi taqdim etilgan hujjatlar asosida OHTM Ilmiy kengashi yigʻilishida, ariza beruvchilar ishtirokida koʻrib chiqiladi. OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
OHTM Ilmiy kengashining bayonnomasidan koʻchirma va oʻqishga tiklash uchun tayyorlangan hujjatlar nusxasi tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organiga yuboriladi. Oʻqishga tiklashga doir hujjatlar tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organi tomonidan oʻrganib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosarining kursantni oʻqishga tiklash va OHTM kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi tayyorlanadi hamda qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Tegishli vazirlik va idora rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosari kursantni oʻqishga tiklash va OHTM kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruqni imzolagandan soʻng uning koʻchirmalari ijro etish uchun OHTMga hamda oʻqishga tiklangan shaxsga yozma koʻrsatma rasmiylashtirib berish va uning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildini OHTMga yoʻllashi uchun harbiy xizmatchi (fuqaro)ni oʻqishga tiklash yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlab, yoʻllagan birlashma, qoʻshilma, qism, mudofaa ishlari boshqarmasi yoki boʻlimiga yuboriladi.
105. Kursantni oʻqishga tiklash va OHTM kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruqqa asosan OHTM boshligʻi kursant bilan u OHTMga kelgan kuni OHTMda taʼlim olish muddatiga, oʻqishni tamomlaganidan soʻng ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda majburiy ravishda besh yil harbiy xizmat oʻtash sharti bilan kontrakt tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
106. Kursantlarni qayta tiklash jarayonida shaxsiy hujjatlar yigʻmajildidagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi yoxud hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlanmaganligi aniqlangan hollarda, OHTM boshliqlari mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
107. OHTMga qayta tiklangan kursantlarning shaxsiy yigʻmajildiga tegishli buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik maʼlumotnoma tikib qoʻyiladi.
108. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik tegishliligi boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimi va OHTMga yuklanadi.
109. OHTM kursantlari oʻqishini tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar vakolat doirasi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarda yoki OHTMda uch yil davomida saqlanadi.
110. Kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda OHTM, tegishli vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
111. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini OHTMga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.
112. Sogʻligʻining holatiga koʻra, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli oʻqishni davom ettirish imkoni yoʻqligi sababli va oʻz xohishiga koʻra OHTMdan chetlashtirilgan kursantlar oʻz xohishiga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash tartibiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
113. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
114. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish tadbirlari kompleksini bosqichma-bosqich amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) topshirish va qabul komissiyalarini tashkil etish

1-bosqich

Nomzodlar

Mudofaa ishlari boʻlimlari (harbiy qism, muassasalar)ga oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) topshirish.

1-fevraldan 31-martgacha

2-bosqich

Vazirliklar

Oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalarini tashkil etish.

10-martgacha

Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi tarkibida kichik komissiyalar tuzish.

1-aprelgacha

II. Harbiy-professional yoʻnaltirish

3-bosqich

Vazirliklar

Nomzodlarda harbiy xizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitser kasbi toʻgʻrisida toʻgʻri tasavvur hosil qilish maqsadida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani (CHQBT) oʻqituvchilarini faol jalb etgan holda, oliy harbiy taʼlim muassasalari va hududiy organlarning, harbiy-akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari bilan oʻzaro aloqasini yoʻlga qoʻyish.

Doimo (bitiruvchilar bilan sentabr — yanvar)

Hududiy organlar

CHQBT oʻqituvchilari bilan (har yilgi) oʻquv-metodik yigʻinlar oʻtkazish.

Doimo

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbarlari va oʻqituvchilari

Yoshlarning harbiy qism, OHTM vakillari, faxriylar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvini tashkil etish.

Doimo

Joylardagi taʼlim muassasalarining aʼlochi bitiruvchilari bilan uchrashuv, mashq yigʻinlari, shuningdek, maqsadli targʻibot ishlarini tashkil etish.

sentabr-oktabr

Muhandis-texnik yoʻnalishdagi va tibbiy oliy taʼlim muassasalari rektorlari

Talabalar orasidan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafliligini targʻib etishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish.

sentabr — yanvar

III. Dastlabki saralab olish

4-bosqich

Mudofaa ishlari boʻlimlari, harbiy qism (muassasalar)

Nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish.

Nomzod bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish.

Birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

1-fevral — 10-aprel

Qabul komissiyasi

Individual-psixologik oʻrganish.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.

Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

11-apreldan 31-maygacha

Mudofaa ishlari boshqarmalari, harbiy qism (muassasalar)

Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlarini OHTM qabul komissiyasiga yuborish.

25-iyungacha

Qabul komissiyasi

Nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritish.

10-iyulgacha

IV. Test sinovlarini oʻtkazish va oʻqishga qabul qilish

5-bosqich

Davlat test markazi

Test sinovlarini tashkil etish.

iyul-avgust

Test sinovi natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etish.

Davlat test markazi test sinovlari toʻliq yakunlangan kunning ertasiga

6-bosqich

Qabul komissiyasi

Oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni Davlat test markaziga taqdim etish.

Ikki kun muddatda

Test sinovlari natijalarini eʼlon qilish.

Test sinovlari natijalari taqdim etilgandan soʻng ikki kun muddatda

Tegishli bayonnomalarni rasmiylashtirish.

Test sinovlari natijalari eʼlon qilingandan soʻng bir kun muddatda

OHTMga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish.

Bayonnoma tasdiqlangandan soʻng ikki kun muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

T I L X A T

Men,____________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

______________________________________________________________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

oʻqishga qabul qilinsam, oʻqishni tugatganimdan soʻng tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni oʻtashdan bosh tortsam, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligim, sodir etgan jinoyatim uchun sudlanganligim sababli harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilsam yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsam, oʻqish davrida menga sarflangan budjet mablagʻlarini qoplash boʻyicha toʻliq moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

_______________________

_______________________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎
20__ yil “___”__________
Biz,_____________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

________________________________________________________________________________________ga oʻqishga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

kirishga nomzodning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), farzandimiz

________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

oʻqishga qabul qilinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng u bilan tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni oʻtashdan bosh tortsa, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilsa yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsa, oʻqish davrida unga sarflangan budjet mablagʻlarini qoplash boʻyicha toʻliq moddiy javobgarligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.

_______________________ _______________________________________

(Imzo)‎

(F.I.O.)‎

_______________________ _______________________________________

(Imzo)‎

(F.I.O.)‎ ‎

20__ yil “___”__________
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
______________________________________________ga

(tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlim boshligʻi F.I.O.)

______________________________________________da

(nomzodning yashash joyi)

yashovchi_________________________________________

(nomzodning tugʻilgan yili va sanasi)

_____________________________________________dan

(F.I.O.)‎

A R I Z A

Meni, oʻz xohishimga koʻra____________________________________________________________________

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini______________________________tilida_________________________alifbosida topshiraman.

(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)

(kirill, lotin)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ______________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum

boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

_______________________ _______________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

‎‎‎20___ yil “____”_____________‎
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

______________________________________ga

(nomzodning bevosita boshligʻining lavozimi)

B I L D I R G I

Men ____________________________________________________________________________________

(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tugʻilgan yili, sanasi va joyi, harbiy xizmatga chaqirilgan yili va sanasi)

Sizdan oʻz xohishimga koʻra meni ____________________________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qoʻmondonlikka tavsiya etishingizni soʻrayman.
Test sinovlarini________________________ tilida____________________alifbosida topshiraman.

(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)

(kirill, lotin)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) _______________________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

_______________________________________

(lavozimi)

_______________________________ _______________________ _______________________________

(harbiy unvoni)

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” _____________
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
______________________________________________ga

(oliy taʼlim muassasasi rektori F.I.O.)

______________________________________________da

(nomzodning yashash joyi)

yashovchi_________________________________________

(nomzodning tugʻilgan yili va sanasi)

_____________________________________________dan

(F.I.O.)

A R I Z A

Meni, oʻz xohishimga koʻra __________________________________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini __________________________ tilida ____________________ alifbosida topshiraman.

(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)

(kirill, lotin)

Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ________________________________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

_______________________ _______________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____ ” _____________ .
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini baholash
METODIKASI
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida nomzodlarni saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini tekshirish mazkur Metodikada belgilangan tartibda kichik komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qabul yilining 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining kichik qabul komissiyasi tomonidan ingliz va rus tilidan tuzilgan savollar shakllantiriladi hamda kichik qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Savollarni shakllantirishda umumtaʼlim dasturlaridan foydalaniladi.
3. Savollar toʻplami muhrlangan holda, kichik qabul komissiyasi raisining seyfida saqlanadi. Kichik qabul komissiyasi raisi savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha kichik qabul komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
nomzodlarning tilni bilish darajasini aniqlash xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash;
saralab olish ishlarini oʻtkazish uchun bino va xonalarni tayyorlash, barcha zarur sharoitlarni yaratish;
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, ularga saralab olish ishlari natijalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish.
2-bob. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash
5. Nomzodning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun nomzod belgilangan xonaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Xonaga lugʻat, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
6. Saralab olish jarayonida nomzodlarning auditoriyadan chiqishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, oʻzboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlashni oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va saralab olishdan chetlashtiriladi.
7. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda kuzatuv ostida xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
3-bob. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash va baholash
8. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash va baholash kichik komissiya aʼzolari tomonidan kollegiallik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
9. Nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida saralab olishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
Keyingi tahrirga qarang.
ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha:
“5” (aʼlo) (86 — 100%) — nomzod tegishli berilgan mavzuni toʻliq ogʻzaki yoki yozma tarzda batafsil yoritib bersa, ularni mantiqan toʻgʻri bayon etsa, aniq mustaqil xulosa qila olsa va toʻgʻriligini asoslay olsa, farazlarni qoʻllay bilishi, oʻqituvchi tomonidan tilni bilish darajasini aniqlash uchun berilgan qoʻshimcha savollarga javob bersa, shuningdek, bilimini amalda qoʻllay olishini namoyish qilsa, ijodiy fikrlab, mustaqil mushohada yurita olishini hisobga olib, tilni bilish darajasi yuqori deb topilganda;
“4” (yaxshi) (71 — 85 %) — nomzod tegishli mavzu boʻyicha materiallarni puxta bilib, oʻqituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berishda sezilarli noaniqliklarga yoʻl qoʻymagan boʻlsa, olgan bilimlarini amalda qoʻllay olsa, oʻqituvchi tomonidan berilgan qoʻshimcha savollarga qisman toʻgʻri javob bersa, yozma ishlarida kam xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan deb topilganda;
“3” (qoniqarli) (55 — 70%) — nomzod asosiy materialni toʻla oʻzlashtirib, tafsilotlarini yoritib berishda qiyinchiliklarga duch kelsa, javoblarida qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻymagan boʻlsa, oʻqituvchi tomonidan unga yordamchi (esga soluvchi) savollar berilishi zarur boʻlsa, olgan bilimni amalda qoʻllay bilsada, mustaqil yozma va ogʻzaki nutqda xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan deb topilganda;
“2” (qoniqarsiz) (0 — 54%) — berilgan materiallar tafsilotini toʻliq oʻzlashtirmagan va tasavvurga ega boʻlmagan, ifodalay olmagan, yozma va ogʻzaki nutqda qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻygan deb topilgan nomzod saralash bosqichidan oʻtkazilmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Nomzodlarning ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
11. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan berilgan toʻgʻri javoblar soni va ular uchun qoʻyilgan baholar aks ettiriladi.
12. Qaydnoma kichik qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
13. Ingliz va rus tilini bilish darajasini aniqlash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ularga nisbatan qoʻyilgan bahoni asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Yakka tartibdagi suhbat
‎VARAQASI

________________________________________________________________________________________

(nomzodning F.I.O. (harbiy xizmatchining unvoni va lavozimi ham koʻrsatiladi))

Nomzodning oilaviy ahvoli:_________________________________________________________________

Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati:

________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________
Ofitser kasbini tanlashining sabablari va asoslari:_____________________________________________
Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi: ________________________________________
Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi: ______________________________________________
Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar: _______________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirildi.

Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxs:
______________________________________

(lavozimi)

______________________________________

______________________ ______________________

(harbiy unvoni)

(imzo)

(F.I.O.)

20___ yil “____” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Individual-psixologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi oʻqishning oʻziga xos jihatlari hisobga olingan holda, qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba tegishli masʼul vazirliklarning ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar boʻlinmalari tomonidan qayta ishlab chiqilib, tegishli masʼul vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisiga yuboriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarning oshkor etilmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, shuningdek, har bir tayyorlangan testlarni yechganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga bir nechta psixologik testlar beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodlarning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va ularga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
10. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzodlar shaxsan javobgar hisoblanadi.
11. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
12. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng nomzodlar javoblar blanklarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
14. Testlarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda ularga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
15. Testlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodlarning takroran test sinovlaridan oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan toʻplangan ballar va individual-psixologik oʻrganish boʻyicha xulosa aks ettiriladi.
18. Qaydnoma individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
19. Individual-psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ularga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:
fuqaro yoshlar (talabalar) sport kiyimida;
harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
100 metrga yugurish;
turnikda tortilish;
3000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlarga “qoniqarsiz” bahosi qoʻyiladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
7. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi.
8. 100 metrga yugurish mashqini fuqaro yoshlar (talabalar) — 15,4 soniya ichida va harbiy xizmatchilar — 15,2 soniya ichida bajargan taqdirda, nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
9. Ushbu mashq oʻyingohning yugurish yoʻlagi yoki qattiq qoplamaga ega tekis (standart) maydonda yuqori start holatidan bajariladi. Start olish tartibini oʻzlashtirish uchun dastlabki “Startga” va “Diqqat” komandalari hamda “Olgʻa” komandasi beriladi. “Startga” komandasi berilganda, start olish chizigʻiga kelib, kuchli oyoq start olish chizigʻi yaqiniga qoʻyilib, ikkinchi oyoq yarim qadam ortda qoldiriladi. “Diqqat” komandasi berilganda, tana vazni oldinda turgan oyoqqa oʻtkazilib, gavda va bosh oldinga egiladi, qoʻl tirsaklari esa bukiladi. “Olgʻa” komandasi berilganda, yugurish amalga oshiriladi.
10. Turnikda tortilish mashqini bajarishda, qoʻl kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qoʻllar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq toʻgʻri tushirilgan, uchi toʻliq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatdan bajariladi. Qoʻllar bukilib, tana yuqoriga koʻtarilar ekan, jagʻ turnik ustiga toʻliq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qoʻllar yana toʻliq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib, dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45o gacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qoʻlda osilib olish amallari man etiladi.
Turnikda fuqaro yoshlar (talabalar) — kamida 7 marotaba va harbiy xizmatchilar — kamida 10 marotaba tortilganda, nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarida, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
12. 3000 metrga yugurish mashqini fuqaro yoshlar (talabalar) — 14,30 daqiqagacha va harbiy xizmatchilar — 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda, ushbu nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
13. Ushbu mashq har qanday ochiq tabiatda, umumiy start olgan tarzda bajariladi. Start olish va finish marralari aynan bir joyda yoki alohida jihozlanadi. Yugurish davomida mashq ishtirokchilari bir-biriga xalal bermasligi lozim. Yugurish amalidan yurish amaliga oʻtgan yoki distansiyadan chetga chiqqan ishtirokchi mashqni bajara olmadi, deb hisoblanadi.
14. Nomzodlar belgilangan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash talablarining barchasini muvaffaqiyatli topshira olgan taqdirda, jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarning natijalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”

_______________________________________
_______________________________________

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi, qabul komissiyasi raisining unvoni, imzosi va F.I.O.)

20___ yil “___” _____________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

Qabul komissiyasi yigʻilishining

____-son BAYONNOMASI

20__ yil “___” ____________

_____________________________________

(yigʻilish oʻtkazilgan hudud nomi)

Raislik qiluvchi: _______________________________________________

(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar: _______________________________________________

(qabul komissiyasi aʼzolari)

_______________________________________________

(qabul komissiyasi aʼzolari)

KUN TARTIBI:

(nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)

‎‎_________________________________________________________________________qabul komissiyasi

‎‎(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalariga asosan qaror qiladi:
‎‎____________________mutaxassisligi boʻyicha tanlov natijalari*:

T/r‎

Nomzodning F.I.O.

Nomzodning maxsus kodi

Test sinovlarida toʻplagan bali

Imtiyoz‎

Umumiy ball ‎

Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida qayd yozuvi

1.

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

...

Qabul komissiyasi aʼzolari _______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

_______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Qabul komissiyasi
‎ masʼul kotibi:
_______________________________________________

(unvoni, F.I.O.)

Izoh. Mazkur bayonnomada tegishli mutaxassislik boʻyicha alohida tanlov oʻtkaziladigan oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan saralab olish natijalari har bir mutaxassislik boʻyicha alohida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarini oʻqishdan chetlashtirish
TARTIBI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasining boʻlinma komandiri

1. Harbiy-tibbiy komissiyaning kursant sogʻligʻining holatiga koʻra OHTMda tahsil olishga yaroqsiz deb topgan xulosasiga asosan OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun OHTM boshligʻiga taqdim etish.

Xulosani olgandan boshlab besh kunda

1. Fanlarni oʻzlashtirmagan deb topilgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirishga doir taqdimnomani rasmiylashtirish.

2. Taqdimnomani OHTM oʻquv boʻlimi bilan muvofiqlashtirilgan holda, Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Fanlarni oʻzlashtirmagan deb topilgan kundan boshlab uch kunda

1. Nojoʻya xatti-harakatlar, tartibbuzarliklar sodir etgan kursant haqida OHTM boshligʻiga xizmat surishtiruvi tayinlash yuzasidan bildiruv berish.

Bir kunda

2. Xizmat surishtiruvining natijalarini Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Xizmat surishtiruvi xulosasini olgan kundan boshlab uch kunda

1. Oʻziga bogʻliq boʻlmagan asosli sabablar tufayli oʻqishni davom ettirishning imkoni yoʻqligi bois kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan taqdimnoma rasmiylashtirish.

2. Taqdimnomani vaziyatni tasdiqlovchi materiallar bilan koʻrib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Bir kunda

1. Sud qaroriga koʻra OHTMga oʻqishga kirish bilan bogʻliq hujjatlar talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Uch kunda

1. Oʻz xohishiga koʻra OHTMda oʻqishni davom ettirishni xohlamagan kursantni OHTMda oʻqishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Ilmiy kengash muhokamasiga taqdim etish.

Bir kunda

2-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashi

1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan murojaatni chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida koʻrib chiqish.

Besh kunda

2. Qarorni bayonnoma bilan rasmiylashtirish.

Bir kunda

3-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasi

boshligʻi

1. OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasini tasdiqlash.

2. OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasidan koʻchirma va oʻqishdan chetlashtirish uchun tayyorlangan hujjatlarni vazirliklar va idoralar markaziy apparatiga taqdim etish.

Bir kunda

4-bosqich

Vazirliklar markaziy apparatining oliy harbiy taʼlim muassasasi bilan ishlash boʻlinmasi

Quyi bosqichdagi kursantlarga nisbatan:

Oʻqishdan chetlashtirishga doir hujjatlarni oʻrganib chiqish va OHTM boshligʻiga mazkur masalani kelishilganligi toʻgʻrisida koʻrsatma yuborish.

Uch kunda

Bitiruvchi bosqichdagi kursantlarga nisbatan:

1. Oʻqishdan chetlashtirishga doir hujjatlarni oʻrganib chiqish natijalariga koʻra kursantni oʻqishdan chetlashtirishga doir hujjatlar asosli deb topilganda, vazirliklar va idoralar rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosarining buyrugʻi loyihasini tayyorlash va rasmiylashtirish.

Besh kunda

2. Vazirliklar va idoralar rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosarining kursantni oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyrugʻini ijro qilish uchun OHTM boshligʻiga yuborish.

Bir kunda

5-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasasi boshliqlari

1. Kursantni oʻqishdan chetlashtirish, u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish, OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarish va harbiy hisobga turish uchun mudofaa ishlari boʻlimiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga joʻnatish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.

Uch kunda

2. OHTM kursantlari roʻyxatidan chiqarilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildini (shaxsiy hujjatlar, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma, OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasidan koʻchirma va boshqa hujjatlar nusxasi tikib qoʻyilgan holda) harbiy hisobga turish uchun mudofaa ishlari boʻlimiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yoʻllangan harbiy qismga joʻnatish.

Bir kunda

Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlarini qayta tiklash
TARTIBI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalaridan chetlashtirilgan kursantlar

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha oliy harbiy taʼlim muassasalariga ariza (bildirgi) bilan murojaat qilish.

Chetlashtirilganligiga bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatda har yili1-iyuldan 20-iyulgacha

2-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalari Ilmiy kengashi

1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan murojaatni ariza beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish.

2. Qarorni bayonnoma bilan rasmiylashtirish.

20-iyuldan 25-iyulgacha

3-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalari

Ilmiy kengashning bayonnomasidan koʻchirma va oʻqishga tiklash uchun tayyorlangan hujjatlar nusxasini vazirliklar markaziy apparatiga taqdim etish.

26-iyuldan 30-iyulgacha

4-bosqich

Vazirliklar markaziy apparatining oliy harbiy taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻlinmasi

1. Oʻqishga tiklashga doir hujjatlarni oʻrganib chiqish

2. Kursantni oʻqishga tiklash va oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruq loyihasini tayyorlash.

1-avgustdan 5-avgustgacha

5-bosqich

Oliy harbiy taʼlim muassasalari boshligʻi, vazirliklar rahbarining taʼlim sohasi boʻyicha masʼul oʻrinbosari

Kursantni oʻqishga tiklash va oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish.

10-avgustgacha

Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishni qayta tiklash uchun taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻqishni qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi) (arizada oʻqishini qayta tiklashni istagan OHTM va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli, oʻqigan OHTM va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻqishini qayta tiklash sabablari, qayta tiklash qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi).
2. Roʻyxatga olgan mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tavsiyanomasi.
3. Oʻqishdan chetlashtirilgan vaqtida OHTM tomonidan berilgan akademik maʼlumotnoma.
4. Xizmat (ish) joyidan tavsifnoma.
5. Yashash joyidagi ichki ishlar boʻlimidan maʼlumotnoma.
6. Mudofaa ishlari boʻlimidan belgilangan shakldagi maxfiy maʼlumotlar bilan ishlashga ruxsat beruvchi maʼlumotnoma (42-shakl).
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yashash joyidagi nazorat organlari bilan oʻqishdan chetlatilgan kursantning oʻqishga tiklash boʻyicha kelishilganligi haqida mudofaa ishlari boʻlimidan maʼlumotnoma.
8. Harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda oʻqishga yaroqlilik darajasi haqida ekspert hujjatlari.
9. Yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobda turganligi haqida qayd qilingan harbiy guvohnomasining nusxasi.
10. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning doimiy roʻyxatda turish manzili koʻrsatilgan holdagi nusxasi (OHTM tomonidan ariza beruvchining oʻqishini tiklash masalasi ijobiy hal qilinganda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi OHTMga saqlash uchun topshiriladi).
11. Oʻqishdan chetlashtirilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi (ariza beruvchi harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan belgilangan tartib va muddatda tegishli OHTMga joʻnatiladi).
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarining
ROʻYXATI

T/r

Oliy harbiy taʼlim muassasasi nomi

I. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻyicha

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi

3.

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti

5.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

II. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻyicha

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi

III. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻyicha

7.

Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

IV. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻyicha

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandi oltinchi xatboshisidan “harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga professional” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “harbiy taʼlim fakultetlari” soʻzlaridan keyin “harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda” soʻzlari “bir yil, 2-kursda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, oʻzi yozgan) ixtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni oʻtash istagini bildirgan”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“salomatligi boʻyicha harbiy xizmatga yaroqli abituriyentlarga ruxsat beriladi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 27-bandning birinchi xatboshisidagi “Talabalarni” soʻzi “Talabalar (fuqarolar)ni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 59-banddagi “3-kursi” soʻzlari “2-kursi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) ilovaning izohida:
“, tibbiy koʻrik esa II-semestrda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“VI-semestrlarda” soʻzlari “IV-semestrlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidan “harbiy taʼlim muassasalariga va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 15-yanvardagi 6-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 16-iyundagi 209-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan abituriyentlarni qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 186-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2017-yil 26-maydagi 320-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorining 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 18-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 71-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning 34-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 11-martdagi 210-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarorining 2-bandi va qarorga 3-ilova.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 529-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-iyuldagi 562-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 6-dekabrdagi 973-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-avgustdagi 470-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarorining 2-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-avgust 500-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; 03.07.2023-y., 09/23/266/0437-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 18.04.2026-y., 09/26/181/0382-son)