1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“NOShIRLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi O‘RQ-731-sonli “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
“Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1996-yil 5-sentabrdagi 182 (1434)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
275-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 138-modda)