1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 31-iyulda maʼqullangan
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi OʻRQ-1123-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 18-moddasining yettinchi xatboshisidagi “litsenziya” degan soʻz “ruxsatnoma” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli Qonuniga asosan 3-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-397-sonli Qonuni tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 453-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi “litsenziyalashni amalga oshiradi” degan soʻzlardan keyin “veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“k) davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari veterinariya mutaxassislarining faoliyatini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtirib boradi, shuningdek belgilangan talablar va shartlarga xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
3) 17-moddaning ikkinchi qismi “amalga oshirish uchun” degan soʻzlardan keyin “(bundan veterinariya davolash-profilaktika faoliyati mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz oʻttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki oʻn oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻqson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shugʻullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”.
“165-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan shaxs tomonidan vakolatli organga qonunchilikda mazkur faoliyat uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot taqdim etish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shugʻullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) quyidagi mazmundagi 2459-modda bilan toʻldirilsin:
“2459-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan 7-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “va lombardlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik va tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomalarni qabul qiladi, xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiruvchi xabardor qiluvchilar ustidan nazoratni amalga oshiradi, faoliyatni (harakatlarni) toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi”;
“ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning, shuningdek lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining rioya etishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi”;
“mikrokredit tashkilotlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi”;
“Markaziy bank Banklar va kredit byurolarining davlat reyestrini, banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritadi”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari va banklar guruhlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratga doir talablarni”;
6) 65-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank quyidagi harakatlarni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi:
birgalikda harakat qiluvchi shaxslar yoki shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:
1) besh va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni;
2) yigirma va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan ellik foizni;
3) ellik foizni va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulush bevosita yoxud bilvosita sotib olinayotganda;
ushbu qismning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan miqdorlardagi bank aksiyalari oluvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olinganda;
bank tomonidan boshqa bankning aksiyalari sotib olinayotganda;
banklar tomonidan oʻz aksiyalari sotib olinayotganda;
banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida shuʼba banklar va vakolatxonalar ochilayotganda, filiallar tashkil etilayotganda, banklarning kapitalida ishtirok etilayotganda, shu jumladan chet el banklari tashkil etilayotganda;
banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) milliy valyuta Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilayotganda;
bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari autsorsingga topshirilayotganda;
bank qayta tashkil etilayotganda;
bank ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga kiritilayotganda”;
7) quyidagi mazmundagi 651-modda bilan toʻldirilsin:
“651-modda. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar)
Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni xabardor qilish talab etiladi:
lombard faoliyatini boshlash yoki tugatish;
naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish;
bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochish yoki tugatish;
toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish);
elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish boʻyicha faoliyatni boshlash yoki tugatish;
mikrokredit tashkilotining filialini, mikrokredit tashkilotining chakana xizmatlar markazi shaklidagi filialini tashkil etish yoki tugatish.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari bilan Markaziy bankni xabardor qilmasdan shugʻullanish taqiqlanadi”;
8) 67-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq banklarga, banklarning bevosita hamda bilvosita aksiyadorlariga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlariga, kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolariga, shuningdek banklarning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllashga haqli.
Mikrokredit tashkiloti, lombard va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni buzgan yoki xabardor qilish tartibida faoliyat (harakatlar) yuritish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida Markaziy bankka yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot bergan taqdirda Markaziy bank:
ularning oʻz kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirishga;
ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni uch oygacha boʻlgan muddatga cheklashga;
mikrokredit tashkilotining litsenziyasi amal qilishini tugatishga;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan chiqarishga;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) toʻxtatib turishga yoki tugatishga haqlidir.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda Markaziy bank ularga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli.
Kredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank ayni bir qoidabuzarlik boʻyicha bir vaqtning oʻzida yoki ketma-ket bir nechta choralar va (yoki) sanksiyalar qoʻllashga haqlidir”;
9) 68-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank nazorat vazifalarini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan konfidensial axborotni almashish yuzasidan milliy va chet el organlari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga haqli”.
1) 53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz)” degan soʻzlar “faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor qilmasdan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 289-moddaning birinchi qismidagi “litsenziyasi boʻlgan lombardlar” degan soʻzlar “faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-580-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
“29-modda. Banklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari
Banklar Oʻzbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va boshqa alohida boʻlinmalar ochishi mumkin.
Bank filiali bankning yuridik shaxs boʻlmagan, bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan oʻziga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida boʻlinmasidir.
Banklar oʻz filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart.
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik toʻgʻrisidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish toʻgʻrisida bankning vakolatli organining qarori;
filial rahbari va bosh buxgalteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (filial ochilgan taqdirda);
filial yoki bank xizmatlari ofisi joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotning Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun quyidagi talablar va shartlarga rioya etilishi lozim:
bankning barqaror moliyaviy holati;
filial rahbari va bosh buxgalterining malakasi Markaziy bank tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi (filial ochilgan taqdirda);
filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofazasi taʼminlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy taʼminoti bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiqligi.
Bank filiali, uning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Bank filialini yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik toʻgʻrisida Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir.
Bank tomonidan filialni tugatganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni filial tugatilishidan oʻn besh kun oldin xabardor qilishi va ularning oldidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrishi yoki bu majburiyatlarni mijoz bilan kelishilgan holda boshqa filialga oʻtkazishi shart.
Bank filialni tugatganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda xabardor qilishi va mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni taʼminlashga doir rejani taqdim etishi kerak.
Bank vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiladi”;
2) 55-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi”;
“Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi shtatida Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini hisobga olgan holda) mavjud boʻlgan auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi”;
oltinchi qismidagi “banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatni va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-399-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 1-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 6-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash” degan soʻzlar “oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya daʼvogarining arizasiga koʻra besh yildan kam boʻlgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yoʻnalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi:
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish belgilangan tartibda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi”;
“Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan dori vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi”;
“Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga yoki faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi tashkilotlarga, tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega”;
5) 20-moddaning birinchi qismi “tibbiy buyumlarni” degan soʻzlardan keyin “(oftalmologiya tibbiy buyumlaridan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak”;
7) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:
“211-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki oʻrta maxsus farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʻyicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-409-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 17-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olishi shart” degan soʻzlar “oʻz faoliyatini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiradi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
4) quyidagi mazmundagi 44 va 45-moddalar bilan toʻldirilsin:
“44-modda. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari kamida ellikta baholovchi tashkilotning aʼzoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari:
baholovchilarning malaka imtihoni uchun test savollarini ishlab chiqishda va malaka imtihonini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Baholovchilarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishini tizimli ravishda monitoring qilishni taʼminlaydi;
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
baholash faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlarni belgilangan tartibda aʼzolikka qabul qiladi;
oʻz aʼzolarining reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
oʻz aʼzolari tomonidan mazkur Qonun talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun baholovchi tashkilotlarni aʼzolikdan chiqaradi hamda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini tugatish boʻyicha vakolatli organga taqdimnoma kiritadi;
oʻz aʼzolarining axborot-uslubiy taʼminotini tashkil etadi;
baholash faoliyati boʻyicha xalqaro tashkilotlarning va vakolatli organ komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
baholovchilar malakasini oshirish tizimi monitoringini taʼminlaydi hamda yil yakunlari boʻyicha 20-yanvarga qadar vakolatli organga baholovchilarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi oʻquv markazlarida malaka oshirish kurslaridan oʻtilganligi haqida axborot taqdim etadi.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha aʼzolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va toʻlov tariflarining miqdorlari ular aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining rahbarlari va xodimlari baholovchi tashkilotning taʼsischisi boʻlishga, baholovchi tashkilotda ishlashga, baholovchi tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzishga, shuningdek rahbarlarga, baholovchilarga yoki baholovchi tashkilotlarning boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs boʻlishga haqli emas.
45-modda. Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va bu yigʻilish besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning aʼzolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi”;
5) 13-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shartnomaga baholovchi malaka sertifikatining, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar kiritilishi shart”;
“baholash faoliyatiga qoʻyiladigan qonunchilik talablariga rioya etish”;
uchinchi xatboshisidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlishi”;
7) 17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari aʼzosi boʻlgan baholovchi tashkilotlar va baholovchilar oʻz manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida ixtiyoriy ravishda uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga qonunchilikda belgilangan tartibda birlashishi mumkin”.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-900-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 21-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 03/24/900/0053-son)
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi 312-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 12-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“Bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma investorga bitim imzolangan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi. Mazkur ruxsatnoma bitim amal qiladigan muddatga beriladi va u bitim shartlariga muvofiq qayta rasmiylashtiriladi yoxud uning amal qilishi tugatiladi.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan boʻlsa, ruxsatnoma bunday birlashma ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek birlashmaning boshqa barcha ishtirokchilari koʻrsatiladi”;
2) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “litsenziyani” degan soʻz “ruxsatnomani” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-60-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 5, 261-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 16-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash ular huquqiy ekspertizadan oʻtkazilguniga qadar amalga oshiriladi”.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda birinchi qismining oʻttiz toʻrtinchi xatboshisi “litsenziyalanadigan” degan soʻzdan keyin “yoki vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 24-moddaning birinchi qismidagi “qonunchilikda” degan soʻzlar “ushbu Qonunning 28, 29 va 31-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 28-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Investitsiya maslahatchisi oʻz faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi toʻgʻrisida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga xabarnoma yuborishi kerak”;
5) 29-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya fondi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi va investitsiya fondining faoliyati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida tartibga solinadi”;
6) 45-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “koʻchirma nusxasini” degan soʻzlardan keyin “yoki vakolatli davlat organini xabardor qilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 48-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiya maslahatchilarining xabarnomalari reyestri, ularning faoliyati toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisidagi”;
9) 58-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “barcha hollar haqida” degan soʻzlardan keyin “investitsiya maslahatchilarining xabarnomalari reyestri haqida, ularning faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatish bilan bogʻliq holatlar toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-177-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “oʻtkazish uchun maxsus ruxsatnoma beradi” degan soʻzlar “oʻtkazganlik haqidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning birinchi qismidagi “vazirligining maxsus ruxsatnomasiga binoan” degan soʻzlar “vazirligi xabardor qilingandan keyin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“yongʻin xavfsizligi sohasidagi sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, yongʻin xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat (harakatlar) turlarini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi”;
“24-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirish tartibi qonunchilikda belgilanadi”.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-269-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2019-yil, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Rieltor yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga, malaka sertifikatiga ega boʻlgan va rieltorlik faoliyatini ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan shaxsdir.
Rieltor koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻida vositachilik xizmatlari koʻrsatishi mumkin”;
4) quyidagi mazmundagi 51 va 52-moddalar bilan toʻldirilsin:
“51-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kamida ellikta rieltorlik tashkilotining va rieltorning aʼzoligiga asoslangan, rieltorlarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari:
rieltorning malaka imtihoni uchun test savollarini ishlab chiqishda va malaka imtihonini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishining tizimli ravishda monitoring qilinishini taʼminlaydi;
rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarni belgilangan tartibda aʼzolikka qabul qiladi;
oʻz aʼzolarining reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
oʻz aʼzolari tomonidan ushbu Qonun talablariga, rieltorlik xizmatlarining milliy standartlariga, Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksiga, rieltorlik faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun rieltorlik tashkilotlarini va rieltorlarni aʼzolikdan chiqaradi, vakolatli organga qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan rieltorlar malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;
oʻz aʼzolarining axborot-uslubiy taʼminotini tashkil etadi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarning hamda vakolatli davlat organi komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
rieltorlar malakasini oshirish tizimi monitoringini taʼminlaydi hamda rieltorlarga taʼlim beruvchi oʻquv markazlarida rieltorlarning malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi haqidagi axborotni yil yakunlari boʻyicha 20-yanvarga qadar vakolatli organga taqdim etadi.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha aʼzolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va toʻlov tariflarining miqdorlari ular aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasining rahbarlari va xodimlari rieltorlik tashkilotining taʼsischilari boʻlishga, rieltorlik tashkilotida ishlashga yoki rieltor sifatida ish yuritishga, rieltorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzishga, shuningdek rahbarlarga, rieltorlarga yoki rieltorlik tashkilotlarining boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs boʻlishga haqli emas.
52-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va ushbu yigʻilish kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning aʼzolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi”;
“Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi:
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda malaka imtihonini oʻtkazadi;
malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilishni amalga oshiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarini koʻrib chiqadi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlar uchun malaka oshirishning yagona dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan rieltorlik tashkilotlari xodimlarining roʻyxatini shakllantiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining reyestrini yuritadi”;
“rieltorning malaka sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
9) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining aʼzosi boʻlgan rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida boshqa rieltorlarning birlashmalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish huquqiga ega”.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-301-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 12-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi”.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 24-maydagi OʻRQ-844-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 26-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 03/23/844/0293-son)
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 25-avgustda qabul qilingan “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-392-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 313-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-501-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 489-modda, № 10, 595-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 7, 661-modda) 20-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyani beradi, qayta rasmiylashtiradi, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turadi, qayta tiklaydi, litsenziyani bekor qiladi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi”.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi OʻRQ-549-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 387-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 21-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
ikkinchi qismidagi “Turoperator xizmatlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi”.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi OʻRQ-550-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 40-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyalar va ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, litsenziyalar va ruxsatnomalarni bekor qilish yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega”.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-576-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasining ikkinchi qismidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar “baholash faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 786-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 17-modda sakkizinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Toʻlov xizmatlari” degan soʻzlar “Toʻlov tizimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“23-modda. Toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish
Markaziy bank quyidagi hollarda toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli:
toʻlov tizimining operatori litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;
toʻlov tizimining operatori boʻlgan bankda bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olinganda;
toʻlov tizimining operatori tugatilganda — tugatilish paytidan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etilishi natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek qayta tashkil etilayotgan toʻlov tizimi operatorida yangitdan vujudga kelgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi sanasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan ayni bir turini amalga oshirishga doir litsenziya mavjud boʻlganda qoʻshib yuborilishi mustasno;
toʻlov tizimining operatori litsenziya olingan kundan eʼtiboran bir yil davomida faoliyatni amalga oshirmaganda yoki toʻlov tizimi operatorining faoliyati olti oydan ortiq davrga toʻxtatib turilganda;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar toʻlov tizimining operatori tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga taʼsir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklar Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida toʻlov tizimining operatori tomonidan bartaraf etilmaganda;
Markaziy bankning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga zid ekanligi aniqlanganda.
Litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda toʻlov tizimi operatori quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) toʻlov tizimi operatori tugatiladigan taqdirda:
toʻlov tizimi operatorini tugatish toʻgʻrisida uning muassislari (ishtirokchilari) yoki taʼsis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi tomonidan tugatish sabablari koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror;
toʻlov tizimi operatorining muassislari (ishtirokchilari) yoki taʼsis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi tomonidan tasdiqlangan, tugatish jarayonini, toʻlov tizimi ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni bajarish hamda kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlarini oʻz ichiga olgan tugatish rejasi;
Markaziy bankka murojaat qilish paytidagi, kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun mablagʻlar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti;
tugatuvchi toʻgʻrisidagi yoki tugatish komissiyasining tarkibi haqidagi axborot va boshqa zarur maʼlumotlar;
2) boshqa hollarda — toʻlov tizimi ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni bajarish tartib-taomillari va muddatlari.
Toʻlov tizimi operatori litsenziyasini ushbu moddada nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni toʻlov tizimi operatori rahbariyatiga imzo qoʻydirilib topshiriladi. Litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qaror toʻlov tizimining operatori tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun mobaynida litsenziya Markaziy bankka qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Markaziy bankning toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olganligi toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim. Markaziy bankning toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani chaqirib olishni asossiz deb topgan taqdirda, Markaziy bank litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Toʻlov tizimi operatori litsenziyasi chaqirib olinganda toʻlovlar va hisob-kitoblar boʻyicha operatsiyalarni yakunlash tartibi hamda muddatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi”;
“25-modda. Toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish
Markaziy bank quyidagi hollarda toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli:
toʻlov tashkiloti litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;
toʻlov tashkiloti tugatilganda — tugatish paytidan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etish paytidan eʼtiboran, bundan toʻlov tashkilotining oʻzgartirilishi, shuningdek qayta tashkil etilayotgan toʻlov tashkilotida yangitdan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida faoliyatning litsenziyalanadigan ayni bir turini amalga oshirishga doir litsenziya mavjud boʻlganda qoʻshib yuborilishi mustasno;
toʻlov tashkiloti faoliyatni litsenziya olingan kundan eʼtiboran bir yil davomida amalga oshirmaganda yoki toʻlov tashkilotining faoliyati olti oydan ortiq davrga toʻxtatib turilganda;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar toʻlov tashkiloti tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
Markaziy bankning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga zid ekanligi aniqlanganda.
Toʻlov tashkiloti litsenziyasini ushbu moddada nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni toʻlov tashkiloti rahbariyatiga imzo qoʻydirilib topshiriladi. Litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qaror toʻlov tashkiloti tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun mobaynida litsenziya Markaziy bankka qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Markaziy bankning toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olganligi toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim. Markaziy bankning toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Toʻlov tashkilotiga Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori berilganidan soʻng toʻlov xizmatlarini koʻrsatishi taqiqlanadi va toʻlov tashkiloti bir oy mobaynida oʻzining nomidan “toʻlov tashkiloti” degan soʻzlarni chiqarib tashlashi kerak.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning chaqirib olinishini asossiz deb topgan taqdirda, Markaziy bank litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi”;
birinchi qismidagi “amalga oshirilishi mumkin” degan soʻzlar “amalga oshiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Markaziy bankka maʼlumot uchun quyidagilar taqdim etiladi” degan soʻzlar “toʻlov tashkiloti quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda Markaziy bankni xabardor etadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 30-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toʻlov tizimi operatori va (yoki) toʻlov tashkiloti Markaziy bankning qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini bajarmagan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgan taqdirda, Markaziy bank qonunchilikka muvofiq quyidagi sanksiyalardan birini qoʻllaydi”;
8) 42-moddaning uchinchi qismidagi “faoliyatni amalga oshirish boshlanganligi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 52-modda birinchi qismining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul mablagʻlarini oʻtkazishda amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha pul mablagʻlarini qaytarish pul mablagʻlarini oʻtkazish yuzasidan notoʻgʻri farmoyishni bajarish natijasida ruxsat etilmagan toʻlov fakti aniqlangan hollarda amalga oshiriladi”.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 889-modda; 2021-yil, № 4, 290-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi”;
2) 20-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilganidan keyin maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga haqli”;
3) 21-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda; № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 17-moddaning uchinchi qismi “Avtotransport yigʻimini” degan soʻzlardan keyin “hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 65-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65-bob. Avtotransport yigʻimlari va alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar”;
3) quyidagi mazmundagi 4551-modda bilan toʻldirilsin:
“4551-modda. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar turlari
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻim;
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻim”;
4) 456-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi”;
5) 460-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) quyidagi mazmundagi 4601-modda bilan toʻldirilsin:
“4601-modda. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim toʻlash tartibi
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran toʻlanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yigʻim ushbu oy uchun toʻliq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqiladi.
Agar alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga hamda ularning har biri joylashgan hudud miqdoriga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati toʻxtatib turilganda yoki tugatilganda yigʻimni hisoblash keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatib turiladi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim har oyda oldindan toʻlov shaklida, joriy oyning oʻninchi sanasiga qadar toʻlanadi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yigʻimlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
7) 476-moddaning toʻrtinchi qismidagi “litsenziya” degan soʻz “yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda) ilovasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 20-bandning “b” va “g” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
2) 21-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
26. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
— BHMning 5 baravari
”;
6) 30-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin;
7) 31-bandning:
“a” kichik bandidagi “saqlash” degan soʻz chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
v) dori vositalarini ishlab chiqarishga, tayyorlashga, ulgurji realizatsiya qilishga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) mustasno) doir faoliyati
— BHMning 10 baravari
”;
8) 32-bandining:
“b” kichik bandidagi “ulardan foydalanish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandi chiqarib tashlansin;
9) 33-bandning:
“b” kichik bandi “mahalliy” degan soʻzdan keyin “shaharlararo va xalqaro” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandi “mahalliy” degan soʻzdan keyin “shaharlararo va xalqaro” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“g” kichik bandi “mahalliy” degan soʻzdan keyin “shaharlararo va xalqaro” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
e) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)
— BHMning 30 baravari
”;
“j”, “i”, “k”, “l”, “m”, “n”, “p” va “r” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
“u” kichik bandidagi “va ularga xizmatlar koʻrsatish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“yeye” va “jj” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
10) 34, 35 va 36-bandlar chiqarib tashlansin;
11) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
37. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish
— BHMning 10 baravari
magistral gaz quvurlarini, neft quvurlarini va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash
— BHMning 10 baravari
”;
12) 38-banddagi “BHMning 250 baravari” degan soʻzlar “BHMning 200 baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
44. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobusda tashish
14 oʻringacha
— BHMning 1 baravari
14 oʻrindan ortiq
— BHMning 2,5 baravari
yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobilda tashish
4 oʻringacha
— BHMning 2 baravari
4 oʻrindan ortiq
— BHMning 3,5 baravari
yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha 12 oʻrindan ortiq avtobusda tashish
— BHMning 28 baravari
yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobusda tashish, 1 ta transport vositasi uchun
— BHMning 22 baravari
yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobilda tashish, 1 ta transport vositasi uchun
— BHMning 7 baravari
yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtomobil transportida tashish, 1 ta transport vositasi uchun
— BHMning 7 baravari
”;
15) 46-band chiqarib tashlansin;
16) 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
47. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) mustasno)
— BHMning 10 baravari
”;
17) 48-band chiqarib tashlansin;
18) quyidagi mazmundagi 50-band bilan toʻldirilsin:
“
50. Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji
a) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyat
— BHMning 200 baravari
b) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga doir faoliyat:
rektifikatlangan isteʼmol etil spirtini ishlab chiqarish
— BHMning 100 baravari
texnik etil spirti ishlab chiqarish
— BHMning 25 baravari
isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish
— BHMning 250 baravari
oʻtkirligi 7,0 dan 22,0 foizgacha boʻlgan vino ichimliklari ishlab chiqarish
— BHMning 250 baravari
uzum va meva arogʻi, uzum va meva-rezavorlar vinosi, konyak, konyak ichimliklari, brendi, viski, rom, kalvados ishlab chiqarish
— BHMning 100 baravari
uzum va meva-rezavorlar spirti, vino spirti, uzumdan va meva rezavorlardan tayyorlangan spirt xom ashyosi, uzum, vino, konyak, viski, rom, meva-rezavorlar va kalvados distillyatlari, koʻpiklanadigan va gazlangan vino ishlab chiqarish
— BHMning 50 baravari
uzum va rezavor mevadan vinomateriallar ishlab chiqarish
— BHMning 25 baravari
Izoh. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishini amalga oshirish huquqi uchun, har bir guruh turiga qarab, davlat boji har yil uchun bir marta toʻlanadi.
”.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyulda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-626-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 446-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning yettinchi xatboshisidagi “geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar “geodeziya va kartografiya faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 11-moddaning beshinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan soʻzlar “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 13-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani qabul qiladi hamda xabardor qiluvchilarning reyestrini yuritadi”;
4) 20-moddaning uchinchi qismidagi “geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega” degan soʻzlar “geodeziya va kartografiya faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 26-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan soʻz “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“29-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish hamda nazorat qilish tartibi
Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus vakolatli davlat organi bu haqda belgilangan tartibda xabardor qilinishi kerak. Xabardor qilish tartibi hamda geodeziya va kartografiya bilan bogʻliq ishlarning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Geodeziya va kartografiya faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan geodeziya va kartografiya faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hamda qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadi”;
7) 30-moddaning uchinchi qismidagi “litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar “faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 39-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan soʻzlar “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 40-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan soʻzlar “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning sakkizinchi xatboshisi “taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida” degan soʻzlardan keyin “yoki xabardor qilish tartibida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 23-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi “berish” degan soʻzdan keyin “vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash toʻgʻrisida xabardor qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlardan keyin “(bundan maktabdan tashqari taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshisi “litsenziyalar beradi” degan soʻzlardan keyin “faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan shaxslardan xabarnomalar qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 29-moddaning uchinchi qismi “shugʻullanishga haqli” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu Qonunning 571-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan maktabdan tashqari taʼlimni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim tashkilotlari mustasno”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi taʼlim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berilishi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi taʼlim tashkilotlari belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtishi kerak”;
6) 34-moddaning beshinchi qismi “litsenziyada” degan soʻzdan keyin “yoki xabarnomada” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 38-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼlim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikat (bundan maktabdan tashqari nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari mustasno), oʻquv dasturi hamda taʼlim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, oʻquvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maktabdan tashqari taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari taʼlim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli”;
birinchi qismidagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda Taʼlim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar nomuayyan muddatga, taʼlimning quyidagi turlari uchun alohida beriladi:
maktabgacha taʼlim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha taʼlim mustasno);
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
professional taʼlim;
oliy taʼlim;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim”;
10) quyidagi mazmundagi 571-modda bilan toʻldirilsin:
“571-modda. Nodavlat taʼlim faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirish
Taʼlimning quyidagi turlari Taʼlim inspeksiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish orqali amalga oshiriladi:
maktabdan tashqari taʼlim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti shaklida taʼlim xizmatlari koʻrsatishga doir faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga belgilangan tartibda xabarnoma yuboriladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari, shuningdek oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlariga, davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtadi”;
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
39-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV