toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3210-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210, 2020-yil 13-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2020-y., 10/20/3210/0049-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-sentabr,
252-son
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
birinchi xatboshidagi “oʻrta yoki oʻrta maxsus (kasb-hunar)” degan soʻzlar “umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus (boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus professional)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash uchun yuksak kasbiy tayyorgarlik va faoliyatida katta tajribaga ega boʻlgan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi asosida harbiy xizmatga qabul qilishga ruxsat etiladi.”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
erkak jinsidagi nomzodning boʻyi — 178 santimetrdan past boʻlmasligi kerak;
ayol jinsidagi nomzodning boʻyi — 170 santimetrdan past boʻlmasligi kerak.
Ushbu bandda belgilangan talablar mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslarga hamda 1-ilovasida nazarda tutilgan mutaxassisliklarga ega shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
3. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Nomzod Oʻrganish komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
anketa-maʼlumotnoma;
umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus (boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus professional) yoxud oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli koʻrsatilgan holda);
erkak jinsidagi nomzodlar uchun harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi).”.
4. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Milliy gvardiya boʻlinmalarining kadr organlari dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni dastlabki oʻrganish oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida Milliy gvardiyaning Kadrlar boshqarmasiga taqdim etishlari lozim.”.
5. 57-banddan “(Doimiy komissiya bayonnomasidan koʻchirma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) nusxasi, narkologik, sil kasaliga qarshi kurash, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarshi kurash markazidan olingan maʼlumotnoma, soʻnggi besh yil ichidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan koʻchirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Milliy gvardiya tomonidan belgilanadigan maxsus tekshiruvdan oʻtkaziladi, shuningdek xizmat davomida davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlaydigan lavozimlarga qabul qilinadigan nomzodlarga davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi, bundan maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga ega boʻlgan nomzodlar mustasno.
Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.”.
7. 6-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Nomzodga oldindan tayyorlangan psixologik test savollari boʻyicha 2 ta vazifa beriladi.
Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 1 soat 42 daqiqa, shuningdek har bir vazifa yoʻriqnomasini oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 2 daqiqadan vaqt beriladi.”;
ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish
METODIKASI
1. Nomzodlarning Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod komissiyaning masʼul aʼzolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishi lozim.
3. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari komissiya aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
5. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
6. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:
1-guruh: 25 yoshgacha boʻlganlar;
2-guruh: 25 yoshdan — 30 yoshgacha boʻlganlar;
3-guruh: 30 yoshdan — 35 yoshgacha boʻlganlar;
4-guruh: 35 yoshdan — 40 yoshgacha boʻlganlar;
5-guruh: 40 yoshdan — 45 yoshgacha boʻlganlar;
6-guruh: 45 yoshdan — 50 yoshgacha boʻlganlar;
7-guruh: 50 yoshdan — 55 yoshgacha boʻlganlar.
7. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
toʻsinda (turnikda) tortilish yoki tiralib yotgan holda qoʻlni bukish va rostlash*;
100 metrga yugurish**;
3000 yoki 1000 metrga yugurish***.
8. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish****;
1000 metrga yugurish.
9. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
10. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishi “qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shu kunning oʻzida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
“Qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzod, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻrilanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
12. Quyidagilar tiralib yotgan holda qoʻlni bukish va rostlash mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tiralib yotish (oyoqlar birga, tana toʻgʻri holatda);
koʻkrak erga tiralguncha qoʻllarni bukish, qoʻllarni rostlash, tiralib yotish holatiga qaytish;
mashqni toʻxtovsiz amalga oshirish.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi.
13. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Start” komandasi boʻyicha start olish chizigʻiga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi boʻyicha tananing ogʻirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;
“Marsh” komandasi boʻyicha yugurishni boshlash.
14. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
15. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana erga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi.
16. 1 — 5-yosh guruhlari boʻyicha erkak jinsidagi hamda 1 — 4-yosh guruhlari boʻyicha ayol jinsidagi nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
“aʼlo” — uchta mashqdan “aʼlo” baholangan yoki ikkita mashqdan “aʼlo”, qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“yaxshi” — uchta mashqdan “yaxshi” bahodan past boʻlmagan yoki ikkita mashqdan “yaxshi”, qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan boʻlsa;
“qoniqarli” — agar baholarning ikkitasi “qoniqarli” boʻlib, “qoniqarsiz” baho boʻlmasa yoki baholarning faqat bittasi “qoniqarsiz” boʻlib, qolgan baholardan kamida bittasi “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“qoniqarsiz” — agar baholardan ikkitasi “qoniqarsiz” boʻlsa yoki ikkita baho “qoniqarli” boʻlib, qolgan bitta baho “qoniqarsiz” boʻlsa yoxud nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarining bittasini bajarishdan bosh tortsa.
17. 6 va 7-yosh guruhlari boʻyicha erkak jinsidagi hamda 5 — 7-yosh guruhlari boʻyicha ayol jinsidagi nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
“aʼlo” — ikkita mashqdan “aʼlo” baholangan yoki bitta mashqdan “aʼlo”, qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“yaxshi” — ikkita mashqdan “yaxshi” baholangan yoki bitta mashqdan “yaxshi”, qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan boʻlsa;
“qoniqarli” — ikkita mashqdan “qoniqarli” baholangan yoki bitta mashqdan “yaxshi”, qolgan mashqdan esa “qoniqarsiz” baholangan boʻlsa;
“qoniqarsiz” — ikkita mashqdan “qoniqarsiz” baholangan yoki bitta baho “qoniqarli” boʻlib, qolgan bittasi “qoniqarsiz” boʻlsa yoxud nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarining bittasini bajarishdan bosh tortsa.
18. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi.
Izoh:
* Vazni 90 kilogrammdan kam boʻlgan nomzodlar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqini bajaradi. Vazni 90 kilogramm va undan ortiq boʻlgan nomzodlarga tiralib yotgan holda qoʻlni bukish va rostlash mashqini bajarishga ruxsat beriladi.
** 6 va 7-yosh guruhidagi nomzodlar 100 metrga yugurish mashqini bajarmaydi.
*** 5, 6 va 7-yosh guruhidagi nomzodlar 1000 metrga yugurish mashqini bajaradi.
**** 5, 6 va 7-yosh guruhidagi nomzodlar 100 metrga yugurish mashqini bajarmaydi.
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasiga
ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari
1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

Mashqning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash mezonlari

Aʼlo

Yaxshi

Qoniqarli

Toʻsinda (turnikda) tortilish

marta

1

14

12

10

2

13

11

9

3

12

10

8

4

10

8

6

5

8

6

4

6

7

5

3

7

6

4

2

Tiralib yotgan holatda qoʻllarni bukish va rostlash

marta

1

40

35

30

2

35

30

25

3

30

25

20

4

25

20

18

5

22

18

16

6

20

16

14

7

18

14

12

100 metrga yugurish

sekund

1

14,0

14,4

15,2

2

14,2

14,6

15,4

3

14,4

14,8

15,6

4

14,8

15,4

16,0

5

15,4

16,0

16,6

3000 metrga yugurish

daqiqa, sekund

1

12,40

13,00

13,35

2

13,00

13,20

13,55

3

13,20

13,40

14,10

4

14,20

14,50

15,30

1000 metrga yugurish

daqiqa, sekund

5

4,15

4,35

5,00

6

4,25

5,00

5,30

7

5,10

5,40

6,00

2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

Mashqning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash mezonlari

Aʼlo

Yaxshi

Qoniqarli

Kompleks kuch ishlatish mashqlari

marta

1

32

29

26

2

30

27

24

3

28

25

22

4

25

22

19

5

23

20

17

6

21

18

15

7

17

14

11

100 metrga yugurish

sekund

1

16,8

17,4

18,0

2

17,4

18,0

18,6

3

18,0

18,6

19,2

4

18,6

19,6

20,6

1000 metrga yugurish

daqiqa, sekund

1

4,25

4,40

5,00

2

4,35

4,50

5,20

3

4,50

5,05

5,40

4

5,10

5,30

6,00

5

5,20

5,40

6,10

6

5,30

5,50

6,20

7

6,00

6,10

6,30

”.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
“Psixologik test sinovlarini oʻtkazish metodikasiga
ILOVA
Psixologik test natijalarini hisoblash
JADVALI

Toifasi

1-vazifa

2-vazifa

1-koʻrsatkich boʻyicha

2-koʻrsatkich boʻyicha

I

68 — 100%

0 — 84%

0 — 10%

II

46 — 67%

11 — 25%

III

23 — 45%

26 — 40%

IV

0 — 22%

85 — 100%

41 — 100%

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)