toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
fan olimpiadalari (asosiy olimpiadalar, muhandislik-ixtirochilik olimpiadalari, qo‘shimcha respublika olimpiadalari, onlayn olimpiadalar)ni tashkil etish, o‘tkazish hamda olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari ro‘yxati;
xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalariga nomzodlarni saralash, O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirish, terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun jalb etilgan mahalliy va xorijiy trenerlar mehnatiga haq to‘lash tartibi;
fan olimpiadalarining nazorat materiallarini tayyorlash hamda nazorat materiallarini tayyorlash uchun jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar mehnatiga haq to‘lash tartibi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi, ingliz, nemis yoki fransuz tillaridan biri xorijiy til sifatida o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi;
ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha bir xil murakkablikdagi nazorat materiallarini tayyorlash va tanlov o‘tkaziladigan joylarga yetkazib berish tartibi;
ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, maktabning xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha natijadorligi ko‘rsatkichlarini baholash tartibi;
tuman (shahar)lar miqyosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri miqyosida hamda respublika miqyosida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishgan maktablarni aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan talabnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tanlovda g‘olib bo‘lgan maktablarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish uchun ajratiladigan mablag‘larning moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
a) tuman (shahar) bosqichida:
1-o‘rin uchun — 100 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 75 million so‘m, 3-o‘rin uchun — 50 million so‘m miqdorida mukofotlash — tuman (shahar) mahalliy budjetlari hisobidan;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida:
1-o‘rin uchun — 250 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 200 million so‘m, 3-o‘rin uchun — 150 million so‘m miqdorida mukofotlash — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan;
v) respublika bosqichida:
Oldingi tahrirga qarang.
1-o‘rin uchun — 500 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 400 million so‘m, 3-o‘rin o‘rin uchun — 300 million so‘m miqdorida mukofotlash respublika budjetidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining markazlashgan xarajatlariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan.
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga, xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblariga g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan dars berganligi uchun, belgilangan ustamalarni qayta hisob-kitob qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori qabul qilingan kundan boshlab to‘liq to‘lab berilishini ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-sentabr,
562-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari (keyingi o‘rinlarda — maktablar) o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarni tashkil etish, o‘tkazish, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ishtirokchilarini saralash hamda olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy olimpiada — umumta’lim fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan maktablar o‘rtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har yili tashkil etiladigan olimpiada;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
muhandislik-ixtirochilik olimpiadasi — o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishini sinovdan o‘tkazish, o‘quvchilarda muhandislik, ixtirochilik va konstruktorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan olimpiada;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qo‘shimcha respublika olimpiadalari — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan asosiy olimpiadalardan tashqari, o‘z tashabbusi bilan o‘tkaziladigan olimpiadalar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
onlayn olimpiada — o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va asosiy olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan hamda faqat axborot texnologiyalari (kompyuter, planshet, telefon va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan olimpiadalar;
nufuzli xalqaro olimpiadalar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorida belgilangan xalqaro olimpiadalar;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar — nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxatiga kirmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan hamda g‘oliblarining maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblariga tenglashtirilgan xalqaro olimpiadalar;
olimpiadalar taqvimi — o‘quv yili davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan fan olimpiadalarining reja-jadvali;
olimpiada g‘oliblari — asosiy olimpiada, qo‘shimcha respublika olimpiadalarida 1, 2, 3-o‘rinlarni, xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar;
axborot tizimi — Vazirlikning olimpiadalarni tashkil qilish va o‘tkazishga mo‘ljallangan veb-sayti.
3. Fan olimpiadalari yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
4. Olimpiadalar uchun test topshiriqlari, yozma va amaliy ishlarni (keyingi o‘rinlarda — nazorat materiallari) tayyorlash, iqtidorli o‘quvchilar zaxirasini shakllantirish hamda olimpiadalarni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Respublika miqyosida tashabbus tartibida tashkil qilinadigan barcha turdagi fan olimpiadalari Vazirlik bilan kelishgan holda o‘tkaziladi hamda olimpiadalar taqvimiga kiritiladi.
5. Olimpiadalar nazorat materiallari o‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qo‘llay olish malakalarini va kompetensiyalarini baholashga qaratiladi.
6. Nufuzli xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarni o‘tkazish tartibi va shartlari ularning tashkilotchilari tomonidan belgilanadi.
7. O‘quvchilar olimpiadalarda o‘z xohishlariga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
2-bob. Asosiy olimpiadalarni tashkil etish tartibi
8. Asosiy olimpiadalarning tegishli bosqichini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarish uchun Vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari o‘z buyruqlari bilan tashkiliy qo‘mitalar, hakamlar hay’atlari, apellyatsiya komissiyalari tashkil etadilar.
1-§. Tashkiliy qo‘mita
Oldingi tahrirga qarang.
9. Olimpiadalarni tashkil etish uchun Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari), tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida har bir olimpiada hamda uning bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha respublika va hududiy tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — tashkiliy qo‘mita ) tuziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
10. Quyidagilar tashkiliy qo‘mitaning vazifalari hisoblanadi:
olimpiada o‘tkaziladigan joyni belgilash va tasdiqlash;
hakamlar hay’ati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi a’zolari, auditoriya rahbarlari ro‘yxatini shakllantirish;
olimpiada nazorat materiallarining maxfiyligini, olimpiadani mazkur Nizom talablari asosida o‘tkazilishini ta’minlash;
olimpiadaning tashkil etilishi, o‘tkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
barcha olimpiada ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritilishini muvofiqlashtirish;
olimpiada natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish.
11. Maktablarda tashkiliy qo‘mitaning vazifalari Pedagogik kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga Vazirlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining mas’ul xodimlari va boshqa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari kiritilishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2-§. Hakamlar hay’ati
13. Olimpiadalarning barcha bosqichlarida tashkiliy qo‘mita tomonidan 3 kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hay’ati tuziladi.
14. Hakamlar hay’ati:
olimpiada jarayonida beriladigan nazorat materiallarini ekspertizadan o‘tkazadi;
olimpiada ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni Vazirlik tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida xolisona tekshiradi, baholaydi va g‘oliblarni aniqlaydi;
natijalarni olimpiada o‘tkazilgan kuni e’lon qiladi;
o‘tkazilgan olimpiada natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi va uni tashkiliy qo‘mitaga taqdim etadi.
15. Hakamlar hay’ati tarkibiga maktablar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarining yuqori malakali mutaxassislari jalb qilinadi. Har bir fan bo‘yicha tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari ochiq ovoz berish yo‘li bilan hay’at raisini saylaydilar.
16. Hakamlar hay’ati a’zolari olimpiada g‘oliblarini xolisona aniqlashda va nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlashda shaxsan javobgar hisoblanadi.
3-§. Auditoriya rahbari va nazoratchilar
17. Tashkiliy qo‘mita tomonidan olimpiada boshlanishidan oldin qur’a tashlash yo‘li bilan fan o‘qituvchilari orasidan xonalarga auditoriya rahbari va nazoratchilari tayinlanadi.
Fan o‘qituvchisi o‘z mutaxassislik yo‘nalishida olimpiada o‘tkazilayotgan auditoriyaga rahbar yoki nazoratchi etib tayinlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Auditoriya rahbarlari:
ishtirokchilarga olimpiadaning tartib-qoidalari to‘g‘risida qisqacha tushuntiradi;
olimpiada boshlanishi va tugash vaqtini e’lon qiladi hamda olimpiada jarayonini nazorat qiladi;
fan olimpiadasi jarayonida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilarni olimpiadadan dalolatnoma tuzib chetlashtiradi;
ishtirokchilarning bajargan ishlarini shifrlab, tekshirish uchun hakamlar hay’atiga topshiradi;
hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilgan ishlarni shifr bo‘yicha ro‘yxatini tuzadi va tashkiliy qo‘mitaga taqdim etadi.
19. Auditoriya nazoratchilari olimpiada o‘tkazilayotgan va o‘zlari biriktirilgan auditoriyada tartib saqlanishini ta’minlaydilar va auditoriya rahbariga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadilar.
20. Olimpiada o‘tkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Auditoriyada telefon va turli aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Kimyo va fizika fanlarida kalkulyatordan hamda matematika fanida sirkul va chizg‘ichdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Ommaviy axborot vositalari vakillariga olimpiada jarayoniga xalaqit qilmagan holda kuzatishlariga ruxsat beriladi.
21. Olimpiada o‘tkazilayotgan jarayonda ishtirokchilarning o‘zaro gaplashishi, aloqa vositalari va turli xil qo‘shimcha manbalardan foydalanishi taqiqlanadi.
Bunday holatlar uchun ishtirokchi olimpiadadan chetlashtiriladi, bajargan ishlari tekshirilmaydi va baholanmaydi.
4-§. Apellyatsiya komissiyasi
22. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hay’ati tarkibiga kirmagan uch nafargacha fan mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi.
23. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan olimpiada ishtirokchilarining arizalari olimpiada natijalari e’lon qilingan kunning o‘zida qabul qilinadi. Apellyatsiya jarayonida hakamlar hay’ati a’zolari, ishtirokchi va uning fan o‘qituvchisi ishtirok etishi mumkin.
24. Apellyatsiyaga olimpiadalar ishtirokchilarining faqatgina o‘zlari tomonidan bajarilgan ishlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha natija e’lon qilingandan so‘ng shu kunning o‘zida arizalar qabul qilinadi.
25. Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan ishtirokchining bajargan ishida baholash mezonlariga mos kelmaslik holatlari aniqlanganda apellyatsiya komissiyasi hakamlar hay’ati qarorini bekor qilish yoki ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
26. Apellyatsiya komissiyasi hakamlar hay’atiga apellyatsiya natijalari bo‘yicha izoh berib, olimpiada natijalarini o‘zgartirishi mumkin va bunda hakamlar hay’ati qarori qayta tasdiqlanadi.
5-§. Iqtidorli o‘quvchilar zaxirasi
27. Iqtidorli o‘quvchilar zaxirasi axborot tizimida shakllantiriladi.
28. Iqtidorli o‘quvchilar zaxirasiga quyidagi toifadagi o‘quvchilar kiritiladi:
asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida fanlar kesimida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan o‘quvchilar;
qo‘shimcha respublika olimpiadalari g‘oliblari;
onlayn olimpiadalar g‘oliblari.
29. Iqtidorli o‘quvchilar zaxirasidagi o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yillar kesimida Vazirlikning axborot tizimida saqlanadi.
3-bob. Asosiy olimpiadalarni o‘tkazish tartibi
30. Asosiy olimpiadalar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda o‘tkaziladi.
Bunda, nufuzli xalqaro olimpiadalar tashkil qilinadigan fanlar mos keluvchi birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari) va ikkinchi guruh (qolgan fanlar) deb belgilanadi.
31. Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Birinchi guruhdagi fanlar bo‘yicha nazorat turlarida fanlar bo‘yicha sinovlar xalqaro olimpiadalarning talablari va topshiriqlari metodologiyasini qo‘llagan holda o‘tkaziladi.
32. Asosiy olimpiadalar maktablarning 9 — 11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
33. Asosiy olimpiadalar to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich — maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentabr oyida;
ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida oktabr oyida;
uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;
to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida o‘tkaziladi.
To‘rtinchi bosqichda umumta’lim maktablarining 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari ishtirok etadilar.
Birinchi bosqich maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat ta’lim tashkiloti rahbarining) qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar axborot tizimiga joylashtiriladi.
Birinchi bosqichni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar, nazorat materiallarining maxfiyligini, jarayonning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlashga maktab direktori mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi birinchi bosqich tashkil etilishini muvofiqlashtiradi hamda adolatli va shaffof o‘tkazilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi.
(33-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ikkinchi bosqich tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Akademik litsey hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod maktablari hamda Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ushbu maktablarning hududlardagi filiallarining birinchi bosqich g‘oliblari ikkinchi bosqichda ishtirok etmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchinchi bosqichda ishtirok etadilar.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi boshqa maktablarning birinchi bosqich g‘oliblari joylashuvi bo‘yicha asosiy olimpiadalarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
35. Ikkinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha (1, 2, 3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Tashkiliy qo‘mita tavsiya etilgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi va tasdiqlaydi.
36. Ikkinchi bosqichni tashkil etishda:
ishtirokchilarini olimpiadalar bo‘lib o‘tadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlariga tegishli maktab direktorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlash, jarayonlarning shaffof, adolatli va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda tashkil etilishiga — tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan ikkinchi bosqich o‘tkazilishini nazorat qiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Uchinchi bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
39. Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:
ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod maktablari hamda Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ushbu maktablarning hududlardagi filiallari tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar;
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
o‘tgan o‘quv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘tgan o‘quv yilida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fani bo‘yicha ishtirok etadi.
40. Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-o‘rinlar) g‘oliblar aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ishtirokchilarning olimpiadalar bo‘lib o‘tadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini ta’minlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
42. To‘rtinchi bosqich respublika miqyosida Vazirlik tomonidan uchinchi bosqichda 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan, umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari hamda kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. To‘rtinchi bosqich uchun nazorat materiallari hamda ularni baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tayyorlanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti fanlaridan olimpiada ikki (viloyat va respublika) bosqichda tashkil qilinadi hamda nazorat materiallari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
45. To‘rtinchi bosqichda har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi.
46. To‘rtinchi bosqichni tashkil etishda:
a) ishtirokchilarning respublika bosqichi bo‘lib o‘tadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlariga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
tizimida ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari;
nodavlat ta’lim tashkiloti rahbarlari;
b) nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlash, jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tkazilishiga — Vazirlik bevosita mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31-bob. Muhandislik-ixtirochilik olimpiadalari
461. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ijodkorlik, ixtirochilik hamda konstruktorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida muhandislik-ixtirochilik olimpiadalari tashkil qilinadi.
Muhandislik-ixtirochilik olimpiadalari o‘g‘il va qiz bola o‘quvchilar uchun alohida-alohida o‘tkaziladi hamda g‘oliblar alohida-alohida aniqlanadi.
Har yili avgust oyida Vazirlik tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda zamonaviy muhandislik sohalaridan kelib chiqib, joriy o‘quv yilida bo‘lib o‘tadigan muhandislik-ixtirochilik olimpiadasining yo‘nalishlari, tanlov bosqichlari, turlari, shartlari, baholash mezonlari hamda g‘oliblari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadigan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati e’lon qilinadi.
Muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishidagi olimpiada g‘oliblari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadigan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
462. Muhandislik-ixtirochilik olimpiadalarining tashkiliy jarayonlari asosiy olimpiada shartlari kabi moliyalashtiriladi va g‘oliblari rag‘batlantiriladi.
Muhandislik-ixtirochilik olimpiadasi g‘oliblari va bir nafar jamoa rahbari (o‘qituvchi) belgilangan mukofot pullari bilan, quyi sinf o‘quvchilari esa tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
463. Muhandislik-ixtirochilik olimpiadalarining maktab o‘quvchilari o‘rtasida respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish huquqini beruvchi hamda uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.
(31-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
4-bob. Qo‘shimcha respublika olimpiadalari
47. Qo‘shimcha respublika olimpiadalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar yoki davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.
48. Qo‘shimcha respublika olimpiadalarini o‘tkazish tartibi, g‘oliblar va ularning o‘qituvchilari yoki ta’lim muassasalarini rag‘batlantirish masalalari olimpiadalarni o‘tkazish uchun tashkil etiladigan tashkiliy qo‘mita (yoki tashkilotchilar) tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
49. O‘quvchilar o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan qo‘shimcha respublika olimpiadalari Vazirlik bilan kelishiladi.
Qo‘shimcha respublika olimpiadasini o‘tkazish uchun tashabbuskor tashkilot tomonidan Vazirlikka o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan olimpiada to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda murojaat yuboradi:
olimpiadaning maqsadi;
olimpiadani o‘tkazish joyi va vaqti;
olimpiada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan fanlar ro‘yxati;
ishtirokchilar uchun qo‘yilgan talablar (sinfi, yoshi va boshqalar);
g‘olib va sovrindorlar uchun belgilangan mukofot jamg‘armasi hamda qo‘shimcha imtiyozlar.
Vazirlik murojaatni kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqadi hamda qo‘shimcha respublika olimpiadasini o‘tkazishga rozilik berish yoki rad qilish bo‘yicha asoslantirilgan javob beradi.
50. Quyidagi hollarda olimpiadani o‘tkazishga rad javobi berilishi mumkin:
olimpiadani o‘tkazishning maqsadi amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplarga mos kelmasa;
olimpiadani o‘tkazish joyi va vaqti ishtirokchilarning hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirsa.
5-bob. Onlayn olimpiada
51. Umumta’lim fanlari bo‘yicha Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan onlayn olimpiada maktablarning 4 — 11-sinf o‘quvchilari hamda akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish, asosiy olimpiadalarga tayyorgarlik ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladi.
52. Onlayn olimpiadani o‘tkazish tartibi, muddatlari va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn olimpiada boshlanishidan ikki hafta oldin Vazirlikning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
53. Onlayn olimpiadada ro‘yxatdan o‘tish, ishtirok etish va natijalarini aniqlash axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
54. Onlayn olimpiadaning texnik ta’minoti Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
55. Vazirlik tomonidan tashkil qilinadigan onlayn olimpiadalar natijalari ta’lim muassasasi, o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirishga asos bo‘lmaydi.
56. Nodavlat tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarini o‘tkazish tartibi, g‘oliblar va ularning o‘qituvchilari yoki ta’lim muassasalarini rag‘batlantirish masalalari tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
6-bob. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash tartibi
57. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash (keyingi o‘rinlarda — saralash) birinchi guruh fanlardan uch bosqichda o‘tkaziladi.
58. Saralashning barcha bosqichlarida ishtirokchilarga sinfidan qat’i nazar, har bir fan yo‘nalishida bir xil nazorat materiallari taqdim etiladi va natijalar ham sinflarga ajratilmagan holda e’lon qilinadi.
59. Saralashning birinchi bosqichiga quyidagi toifadagi o‘quvchilar jalb qilinadi:
tegishli o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy olimpiadalarning uchinchi (viloyat) bosqichida fanlar bo‘yicha sinflar kesimida, ballar ketma-ketligida 1 — 5-o‘rinlarni egallagan 9 — 11-sinf va akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda o‘tgan va joriy o‘quv yili davomida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tavsiya qilingan o‘quvchilar (har bir fandan 5 nafargacha);
(59-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
o‘tgan o‘quv yilida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan, hozirda umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar.
60. Saralashning birinchi bosqichi Vazirlik tomonidan noyabr oyida tashkil qilinadi va ikkinchi bosqichga Respublika miqyosida har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan dastlabki 25 nafar ishtirokchilar saralab olinadi.
61. Saralashning ikkinchi bosqichi doirasida o‘tkazilgan sinovlar natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligida eng yuqori natijaga erishgan:
biologiya fanidan — 12 nafar;
kimyo fanidan — 12 nafar;
informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12 nafar;
fizika fanidan — 15 nafar;
matematika fanidan — 18 nafar o‘quvchilar uchinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
62. Vazirlik tomonidan saralashning ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra saralab olingan o‘quvchilar uchun tajribali o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xorijiy mutaxassislar, shuningdek, xalqaro tanlov va olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar ishtirokida mahorat darslari, kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
63. Tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladigan uchinchi bosqich sinov natijalariga ko‘ra har bir fan yo‘nalishida eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda belgilangan kvotalar asosida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.
64. Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning barcha bosqichlari uchun nazorat materiallari hamda baholash mezonlari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi hamda maxfiyligi ta’minlangan holda, olimpiada o‘tkaziladigan joylarga yetkaziladi.
65. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoa rahbarlari va ularning yordamchilari Vazirlik tomonidan tayinlanadi.
66. Vazirlik huzurida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo va biologiya fanlaridan maslahat kengashlari tashkil qilinadi.
Maslahat kengashlariga o‘z fani bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lgan tajribali trenerlar, professor-o‘qituvchilar kiritiladi.
Maslahat kengashi a’zolari terma jamoani nufuzli xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda, mahorat darslarini tashkil qilishda ishtirok etadi.
67. Terma jamoa rahbari o‘z fani bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lishi, xalqaro olimpiada topshiriqlarini ingliz tilidan davlat tiliga bexato tarjima qila olishi hamda o‘quvchilar ishlarini xalqaro hakamlar hay’atiga himoya qila olishi lozim.
68. Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro olimpiadalarga o‘tkazilgan saralash bosqichlari natijalari asosida yoki Vazirlik tomonidan qo‘shimcha saralashlar o‘tkazish orqali shakllantirilishi mumkin.
7-bob. Olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini taqdirlash va rag‘batlantirish
69. Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi diplom Vazirlik tomonidan beriladi va uning alohida elektron reyestri yuritiladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
71. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.
72. Vazirlik tomonidan har yili asosiy olimpiadaning respublika bosqichi va respublika bosqichiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalar hamda nufuzli xalqaro olimpiadalarning g‘oliblari ro‘yxati shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblarining o‘qituvchilari hamda ta’lim muassasalari direktorlari belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
74. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.
Bunda:
ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha aynan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g‘olibiga beriladi;
ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari tomonidan g‘oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.
75. Ustama olishga da’vogar shaxsda bir paytda nufuzli xalqaro va asosiy olimpiada (respublika bosqichi) g‘olibi bo‘lganda unga eng yuqori natijasi bo‘yicha ustama tayinlanadi va to‘lov amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish xarajatlari Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatdagi xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari uchun pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
8-bob. Fan olimpiadalarini tashkil etishni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
77. Asosiy olimpiadalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda Vazirlikning har yilgi markazlashgan xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida olimpiadalarni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi xarajatlar Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan budjet mablag‘lari va Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi:
asosiy olimpiadani tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar;
o‘quvchi va kuzatuvchilarning asosiy olimpiadada ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar (kelib ketishi va yashashi, transport, mehmonxona, ovqatlanish);
esdalik sovg‘alari, tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, asosiy olimpiada g‘oliblariga beriladigan pul mukofotlari, nazorat materiallari mualliflari va hakamlar hay’ati (apellyatsiya komissiyasi) a’zolariga to‘lanadigan to‘lovlar, g‘oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat (diplom) bilan bog‘liq xarajatlar bundan mustasno.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Oldingi tahrirga qarang.
78. Mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan xalqaro olimpiadalar terma jamoa a’zolari va rahbarlarining ishtiroki bilan bog‘liq barcha xarajatlar Vazirlik tomonidan qoplanadi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
79. Olimpiadada ishtirok etgan hakamlar hay’ati a’zolari va apellyatsiya komissiyasi a’zolariga har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan Vazirlikning markazlashgan xarajatlari hisobidan quyidagi miqdorlarda bir martalik haq to‘lovlari amalga oshiriladi:
(79-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 50 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichi hamda xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichlarida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 100 foiz miqdorida.
(79-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
80. Asosiy olimpiadalarga va xalqaro olimpiada saralash bosqichlariga jalb qilingan hakamlar hay’ati a’zolari va apellyatsiya komissiyasi a’zolarining xizmat safari bilan bog‘liq kunlik, yashash va transport xarajatlari ularning asosiy ish joyidan qoplanadi.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
81. Nazorat materiallarini tayyorlash uchun maktablarning, akademik litsey, kasb-hunar maktablarining, oliy ta’lim va nodavlat ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli o‘qituvchilari va boshqa mutaxassislar jalb qilinadi hamda ularga quyidagi miqdorlarda haq to‘lanadi:
asosiy olimpiada va onlayn olimpiadalar uchun tayyorlangan har bir test topshirig‘i (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 5 foiz miqdorida;
asosiy olimpiada va onlayn olimpiadalar uchun tayyorlangan har bir yozma ish topshirig‘i (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoani saralash bosqichlari uchun tayyorlangan har bir topshiriq (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 50 foiz miqdorida;
(81-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
asosiy olimpiada, onlayn olimpiadalar va xalqaro olimpiadalar uchun tayyorlangan bitta nazorat topshirig‘ini (yozma ish, test) tarjima qilganlik (o‘zbek, rus, ingliz tillariga) uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 2 foiz miqdorida.
(81-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82. Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini qo‘shimcha o‘qitishga jalb qilingan:
(82-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
mahalliy mutaxassislarga soatbay haq to‘lash ilmiy daraja va unvoniga (ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lmagan trenerlar uchun ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchi lavozimiga) muvofiq oliy ta’lim muassasasi talabalariga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun belgilangan miqdorlarda;
xorijiy mutaxassislarning ish haqi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashashi va kelib-ketishi bilan bog‘liq to‘lovlar ular bilan amalga oshirilgan kelishuvga asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
83. Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida, ularning yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishlari uchun Fan olimpiadalari markazida hamda “Renessans” oromgohida o‘quv bazasi tashkil etiladi, barcha zarur sharoitlar ta’minlanadi va Vazirlik tomonidan o‘quv jarayonlariga respublika va xorijlik malakali mutaxassislar jalb qilinadi.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xalqaro olimpiadalarga jalb qilingan mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda terma jamoa a’zolarini yotoqxona va transport xizmati bilan ta’minlaydi.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
85. Xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi Vazirlik tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Asosiy olimpiadalarning barcha bosqichlarida, xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi va ikkinchi bosqichlarida ishtirokchilarning olimpiada o‘tkaziladigan joyga kelib-ketishi, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Ichki ishlar vazirligi va hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
87. Olimpiada o‘tkaziladigan joyning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligi, o‘quvchilar sog‘ligi bilan bog‘liq masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinadi.
88. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rahbatlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Sinflar kesimida asosiy olimpiada o‘tkaziladigan fanlar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

I. Birinchi guruh fanlar

Sinflar

9

10

11

1.

Matematika

+

+

+

2.

Fizika

+

+

+

3.

Kimyo

+

+

+

4.

Biologiya

+

+

+

5.

Informatika va axborot texnologiyalari

+

+

+

II. Ikkinchi guruh fanlar

6.

Ona tili va adabiyot

+

+

+

7.

O‘zbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun)

+

+

+

8.

Qoraqalpoq tili va adabiyoti

+

+

+

9.

Rus tili va adabiyoti

+

+

+

10.

Ingliz tili

+

+

+

11.

Nemis tili

+

+

+

12.

Fransuz tili

+

+

+

13.

Tojik tili

+

+

+

14.

Qozoq tili

+

+

+

15.

Tarix

+

+

+

16.

Geografiya

+

+

+

161.

Davlat va huquq asoslari fani

+

+

+

III. Maxsus maktab-internat o‘quvchilari uchun fan olimpiadasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati

17.

Ona tili va adabiyot

+

+

+

18.

Matematika

+

+

+

19.

Tarix

+

+

+

20.

Rus tili va adabiyoti

+

+

+

Izoh: mazkur ro‘yxatga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rahbatlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Xalqaro olimpiadalar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

Nufuzli xalqaro olimpiadalar

1.

Xalqaro matematika olimpiadasi

International Mathematical Olympiad (IMO)

2.

Xalqaro fizika olimpiadasi

International Physics Olympiad (IPhO)

3.

Xalqaro kimyo olimpiadasi

International Chemistry Olympiad (IChO)

4.

Xalqaro biologiya olimpiadasi

International Biology Olympiad (IBO)

5.

Xalqaro informatika olimpiadasi

International Olympiad in Informatics (IOI)

Xalqaro olimpiadalar

6.

Xalqaro nemis tili olimpiadasi

International German Olympics (IDO)

7.

Xalqaro fransuz tili olimpiadasi

International French Language Olympiad (IFLO)

8.

Xalqaro ingliz tili olimpiadasi

International English Olympiad

9.

Xalqaro geografiya olimpiadasi

International Geographical Olympiad (IGeo)

10.

Xalqaro iqtisod olimpiadasi

International Economics Olympiad (IEO)

11.

Xalqaro astronomiya olimpiadasi

The International Astronomy Olympiad (IAO)

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar

12.

Xalqaro Jautikov olimpiadasi (matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha)

International Zhautykov Olympiad (IZHO)

13.

Kavkaz matematika olimpiadasi

Caucasus Mathematic Olympiad (CMO)

14.

Bolqon matematika olimpiadasi

Balkan Mathematical Olympiad (BMO)

15.

O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi

Junior Balkan Mathematical Olympiad (JBMO)

16.

Xalqaro matematika musobaqasi

International Mathematical Competition (IMC)

17.

Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (kimyo fani bo‘yicha)

International Mendeleev Olympiad in Chemistry

18.

Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi

International Junior Science Olympiad (IJSO)

19.

Osiyo fizika olimpiadasi

Asian Physics Olympiad (APhO)

20.

Yevropa fizika olimpiadasi

European Physics Olympiad (EuPhO)

21.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi

Asian-Pacific Informatics Olympiad (APIO)

22.

Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi

International Al-Farghani Olympiad in Physics

23.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi

International Al-Biruni Olympiad in Chemistry

24.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi

International Avicenna Olympiad in Biology (AIBO)

25.

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi

International Al Khwarizmi Olympiad in Mathematics and Informatics

26.

Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi

European Girls’ Olympiad in Informatics (EGOI)

27.

Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi

European Girls’ Mathematical Olympiad (EGMO)

28.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi

Asian-Pacific Mathematical Olympiad (APMO)

29.

Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi

International Olympiad in Artificial Intelligence (IOAI)

Izoh: mazkur ro‘yxatga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari (keyingi o‘rinlarda — maktab)ga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi (keyingi o‘rinlarda — tanlov) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan har yili xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda ingliz, nemis, fransuz tillari (keyingi o‘rinlarda — xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlov shartlari va baholash mezonlari ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha bir xil murakkablikda Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi hamda maktablar o‘qitiladigan xorijiy tillardan qat’i nazar, umumiy tanlovda ishtirok etadi.
4. Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Tanlovning maqsadi va vazifalari
5. Maktablar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni o‘qitishning darajasi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog-o‘qituvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishini oshirish, o‘qitish sifati bo‘yicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga zamin yaratish tanlovning maqsadi hisoblanadi.
6. Quyidagilar tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish;
xorijiy tillar bo‘yicha o‘quvchilarga sifatli ta’lim berayotgan, samarali faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarni aniqlash va rag‘batlantirish;
maktablarda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish, ularda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan ta’minlash;
tanlovda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan maktablarni rag‘batlantirish, ularning tajribasini ommalashtirish.
3-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
7. Vazirlik tizimidagi maktablar (xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktablar bundan mustasno) tanlovga jalb etiladi.
8. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20-sentabrga qadar Vazirlikning axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) maktab terma jamoasini ro‘yxatdan o‘tkazadi.
1-§. Tanlovga oid ma’lumotlarni shakllantirish
9. Ro‘yxatdan o‘tgan maktab har yili 20-oktabrga qadar axborot tizimiga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Vazirlik tomonidan belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarini (keyingi o‘rinlarda — asosiy ko‘rsatkichlar) kiritadi.
Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligiga maktab direktori javobgar hisoblanadi.
10. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va 1-dekabrga qadar haqqoniyligini tasdiqlaydi.
11. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tanlov jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati, shuningdek maktablarning haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etishlari yuzasidan nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Har bir maktabdan bitta til bo‘yicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7 — 9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar o‘quvchidan tashkil topadi.
2-§. Tanlovni tashkil etish
13. Tanlov uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarida tashkil etiladi.
Tanlovning barcha bosqichlari uchun tashkiliy ishlarni amalga oshiradigan tashkiliy qo‘mita va hakamlar hay’ati tuziladi.
14. Quyidagilar tashkiliy qo‘mitaning vazifalari hisoblanadi:
tanlov o‘tkaziladigan joyni belgilash va tasdiqlash;
hakamlar hay’ati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi a’zolari, auditoriya rahbarlari ro‘yxatini shakllantirish;
tanlov materiallarining maxfiyligini, tanlovni mazkur Nizom talablari asosida o‘tkazilishini ta’minlash;
tanlov tashkil etilishi, o‘tkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
tanlov natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish.
15. Tanlovni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Xalq ta’limi vazirligining har yilgi markazlashgan xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
16. Tanlovning birinchi bosqichi (tuman bosqichi) har yili fevral oyida tumandagi maktablar o‘rtasida, Agentlik hamda Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan mas’ullar ishtirokida o‘tkaziladi.
17. Tanlovning birinchi bosqichida har bir ishtirokchi maktab o‘quvchilaridan iborat terma jamoasining xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkaziladi hamda ushbu Nizomga 2-ilovadagi asosiy ko‘rsatkichlarni baholash mezonlari asosida ballar qo‘yiladi.
Birinchi bosqichda maktablar 100 ballik tizimi bo‘yicha baholanadi, jumladan, test topshiriqlari uchun — 50 ball, asosiy ko‘rsatkichlar uchun — 50 ball qo‘yiladi.
18. Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtiriladi va asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ballar qo‘shilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqariladi.
19. Umumiy natijaga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
20. Tuman bosqichi natijalari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan axborot tizimiga kiritiladi. Sinovlarga taalluqli hujjatlar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limida uch yil muddatgacha saqlanadi.
21. Tuman bosqichida 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan maktab viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
22. Tanlovning ikkinchi bosqichi (viloyat bosqichi) har yili aprel oyida tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar o‘rtasida, Agentlik hamda Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Davlat test markazi tomonidan belgilanadigan mas’ullar ishtirokida o‘tkaziladi.
Viloyat bosqichida ishtirok etadigan maktablarning axborot tizimiga asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha kiritgan ma’lumotlari hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tuzilgan tashkiliy qo‘mita tomonidan tahlil qilinadi va haqqoniyligi tasdiqlanadi.
23. Tanlovning viloyat bosqichida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o‘qish (reading) va leksik-grammatik ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha bilimlari tekshiriladi.
Ikkinchi bosqichda har bir ishtirokchi 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi, jumladan, tinglab tushunish (listening) — 25 ball, yozish (writing) — 25 ball, o‘qish (reading) — 25 ball va leksik-grammatik ko‘nikmalar — 25 ball qo‘yiladi.
24. Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashgan holda, maktabning umumiy natijasini hosil qiladi.
25. Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar viloyat bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
26. Viloyat bosqichida 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan maktab respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
27. Tanlovning uchinchi bosqichi (respublika bosqichi) har yili avgust oyida, viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar o‘rtasida Agentlik hamda xorijiy hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlanadigan maxsus sinov materiallari asosida, bevosita Agentlik, Vazirlik hamda boshqa vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadigan mas’ullar ishtirokida o‘tkaziladi.
28. Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan o‘tkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi tekshiriladi.
Uchinchi bosqichda chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari bo‘yicha belgilangan baholash tizimi asosida baholanadi.
29. Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari, maktabning umumiy natijasini hosil qiladi.
Ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha mos holda turli xalqaro sertifikatsiyalangan standartlar bo‘yicha baholash tizimi qo‘llanilganda, maktablarning natijalarini hisoblash 100 ballga proporsional tarzda amalga oshiriladi.
30. Uchinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
31. Har bir bosqichda g‘oliblikka da’vogar jamoalarning ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha sinov tashkil etiladi.
32. Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini sohibi sifatida e’lon qilinadi.
4-bob. Nazorat materiallarini tayyorlash
33. Tanlov jarayonida foydalaniladigan test topshiriqlari, yozma va amaliy ishlarni (keyingi o‘rinlarda — nazorat materiallari) bosqich darajasidan kelib chiqib, Agentlik, Vazirlik hamda xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Nazorat materiallarini ishlab chiqishda malakali mutaxassislar, xorijiy ekspertlar jalb qilinadi hamda ularning mehnatiga haq to‘lash tegishliligi bo‘yicha Agentlik yoki Vazirlik tomonidan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Nazorat materiallarini tayyorlash uchun mutaxassislarga quyidagi miqdorlarda haq to‘lanadi:
tanlov uchun tayyorlangan har bir test topshirig‘i (uning yechimi bilan) uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 5 foiz miqdorida;
tanlov uchun tayyorlangan har bir yozma ish (uning yechimi bilan) va amaliy topshiriq uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida.
Birinchi va ikkinchi bosqich uchun tayyorlangan nazorat materiallari bir nusxada muhrlangan holda tegishli hududlarga Agentlik mas’uli biriktirilgan holda bir kun oldin yetkazib beriladi.
Hakamlar hay’atiga tanlovning uchinchi bosqichida nazorat materiallarini ko‘rib chiqish va zarur hollarda o‘zgartirish kiritish vakolati beriladi.
34. Tanlovning barcha bosqichlari uchun baholash mezonlari Agentlik va Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
5-bob. Tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish
35. Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi:
a) tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rin uchun — 100 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 75 million so‘m, 3-o‘rin uchun — 50 million so‘m;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida 1-o‘rin uchun — 250 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 200 million so‘m, 3-o‘rin uchun — 150 million so‘m;
v) respublika bosqichida 1-o‘rin uchun — 500 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 400 million so‘m, 3-o‘rin o‘rin uchun — 300 million so‘m.
Oldingi tahrirga qarang.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini sifatida berilgan pul mukofotlari tanlovning belgilangan bosqichi yakunlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida g‘olib maktabning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
G‘olib maktabning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:
tanlov shartlariga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qo‘shgan hamda o‘quvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;
tanlovda qatnashib yuqori natijalar ko‘rsatgan terma jamoa a’zolari bo‘lgan o‘quvchilarni esdalik sovg‘alar yoki naqd pul shaklida rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;
maktabning boshqa ehtiyojlari, jumladan, tanlovning keyingi bosqichiga tayyorgarlik uchun zarur xarajatlar, xorijiy tillarni o‘qitishni yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktab kutubxonasini xorijiy tildagi ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarning xorijiy tilda tinglab tushunish ko‘nikmalarini baholashga ko‘maklashuvchi texnik vositalar bilan fan kabinetlarini jihozlash uchun — mukofot summasining qolgan qismi.
Terma jamoa a’zolariga bir xil qiymatdagi sovg‘alar ajratiladi yoki mukofot summasi jamoa a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimlari Agentlik, Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tantanali ravishda tashkil etiladi.
38. Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini berish
SXEMASI

Bosqich

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maktablar

Axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish

20-sentabrga qadar

2-bosqich

Maktablar

Axborot tizimiga maktabning asosiy ko‘rsatkichlarini kiritadi

20-oktabrga qadar

3-bosqich

Tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari

Axborot tizimida kiritilgan ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirish

1-dekabrga qadar

4-bosqich

Agentlik, Vazirlik

Tanlovning birinchi (tuman) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash

1-fevralga qadar

5-bosqich

Tashkiliy qo‘mita

Tanlovning birinchi (tuman) bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash

1-martga qadar

6-bosqich

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan Tashkiliy qo‘mita

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida ishtirok etadigan maktablarning axborot tizimiga asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha kiritgan ma’lumotlari tahlil qilinadi va haqqoniyligi tasdiqlanadi

1-mayga qadar

7-bosqich

Agentlik, Vazirlik

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash

1-mayga qadar

8-bosqich

Agentlik, Vazirlik, vazirlik va idoralar

Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash

1-iyunga qadar

9-bosqich

Agentlik, Vazirlik xalqaro hamkor tashkilotlar

Tanlovning uchinchi (respublika) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash

1-avgustga qadar

10-bosqich

Agentlik, Vazirlik, xalqaro hamkor tashkilotlar, vazirlik va idoralar

Tanlovning uchinchi (respublika) bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash

1-sentabrga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha maktabning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Asosiy ko‘rsatkichlar

Ball*

JAMI:

50 ballgacha

I. Xorijiy til o‘qituvchilarining malaka toifasiga egaligi

15 ballgacha

1.

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda

15

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda

10

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam bo‘lganda

5

2.

Oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda

10

Oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda

5

Birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam bo‘lganda

3

3.

Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda

5

Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda

3

Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam bo‘lganda

1

II. Xorijiy til o‘qituvchilarining xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha maxsus sertifikatlarga egaligi**

15 ballgacha

4.

Ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2), ingliz (fransuz, nemis) tilini o‘qitishning kasbiy mahoratlarni aniqlovchi sertifikat (TKT, GOETNE ZERTIFICAT B2, DSD II, TEFL, TESOL, SELTA, DELTA, DAF, DPAFP-FLE) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikatiga ega o‘qituvchi mavjud bo‘lganda

10

5.

Ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2), ingliz (fransuz, nemis) tilini o‘qitishning kasbiy mahoratlarni aniqlovchi sertifikat (TKT, GOETNE ZERTIFICAT B2, DSD II, TEFL, TESOL, SELTA, DELTA, DAF, DPAFP-FLE) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasid?gi sertifikati?a ega o‘qituvchilar soni 2 yoki unda? ortiq bo‘lganda

15

III. Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilganligi

10 ballgacha

6.

Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan va kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan bo‘lsa (ijara shartnomasi asosida)

5

7.

Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan va kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan bo‘lsa va kamida 50 nafar o‘quvchilarga til o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa (ijara shartnomasi asosida)

10

IV. O‘quvchilarning olimpiada va tanlovlarda erishgan natijalari

10 ballgacha

8.

O‘quv yilida o‘quvchisi xorijiy til bo‘yicha respublika olimpiadasiga yo‘llanma olganda

10

9.

O‘quv yilida o‘quvchisi xorijiy tili bo‘yicha viloyat olimpiadasiga yo‘llanma olganda

5

*Maktab parametrlari bitta bo‘limdagi ikkita va undan ortiq asosiy ko‘rsatkichlarga mos kelganda yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha belgilangan ball qo‘yiladi.
**Ushbu mezonlarda ko‘rsatilgan xalqaro yoki milliy sertifikatlar ro‘yxatiga va tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan eng kam darajasiga (shkalasi) zaruriyatga ko‘ra vazirlik va Agentlik tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridan “olimpiadalari” so‘zi chiqarib tashlansin.
2. 4-ilova:
a) nomidan “olimpiadalari” so‘zi chiqarib tashlansin;
b) 1-banddan “akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 2, 8, 10-bandlardan hamda 7-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridan “olimpiadalar” so‘zi chiqarib tashlansin;
g) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 6-banddan “olimpiadalari” so‘zi chiqarib tashlansin;
e) 11-banddan “olimpiada” so‘zi chiqarib tashlansin.
a) nomidan “olimpiadalari” so‘zi chiqarib tashlansin;
b) 1-banddan “Umumta’lim fanlari bo‘yicha akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 7-banddan “olimpiadalari” va “olimpiada fanlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 8, 11, 12, 15-bandlardan “olimpiadalari” so‘zi chiqarib tashlansin.
e) 13-banddan “olimpiadalar” so‘zi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 28.08.2024-y., 09/24/532/0665-son; 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)