toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni oʻrgatishni taʼlim siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda taʼlim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
3. Xorijiy tillarga oʻqitishning sifatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
b) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini taʼsis etilsin.
Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumtaʼlim maktablari oʻrtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:
birinchi bosqich — tuman va shaharlarda oʻtkazilib, gʻoliblar 100 mln soʻmgacha;
ikkinchi bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilib, gʻoliblar 250 mln soʻmgacha;
uchinchi bosqich — respublika miqyosida oʻtkazilib, gʻoliblar 500 mln soʻmgacha pul mablagʻlari bilan mukofotlansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni tasdiqlasin:
xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar va ularga biriktiriladigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati hamda ushbu maktablarni jihozlash dasturi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun maktablar orasida musobaqalarni oʻtkazish tartibi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln soʻmgacha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
5. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
a) taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining kamida S1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bogʻliq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, davlat oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining xarajatlari esa oliy taʼlim muassasalarining, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining xarajatlari — kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli boʻyicha sinovdan ozod etilsin.
Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinsin.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
v) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega oʻqituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
g) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olishi uchun 1 mln soʻmdan mablagʻlar ajratilsin. Bunda, tavsiya etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalarining roʻyxati hamda ularni sotib olganlik toʻgʻrisida hisobot shakli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(5-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) xorijiy tillar oʻqituvchilarining sertifikatni olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash va ustama toʻlash, shuningdek, ushbu oʻqituvchilar tomonidan adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olish uchun 2021-yilda qoʻshimcha 100 mlrd soʻmgacha ajratilishi hamda 2022-yildan boshlab tegishli mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.
6. Xorijiy tillarni oʻqitish sohasiga malakali kadrlarni jalb qilish va soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish maqsadida:
2021/2022 oʻquv yilida xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlari esa uch baravarga oshirilsin;
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda ushbu taʼlim muassasalari hisobidan milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
7. Davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni oʻzlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan toʻldirish maqsadida:
2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlarida taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba xodimlarni xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
2022-yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qoʻyiladigan majburiy malakaviy koʻnikma sifatida belgilansin;
davlat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlaridan biriga xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish, shu jumladan Agentlik bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatilsin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov), Agentlik, Adliya vazirligi (R. Davletov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlarida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Agentlik va Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — 2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik bilan birgalikda joriy yil ikkinchi yarmi uchun moʻljallangan hududlarda xorijiy tillarni oʻrgatishni ommalashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqsin, keyinchalik esa har yili 15-yanvarga qadar bunday “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari — har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha tegishli hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitib borsin;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev) — har yarim yilda ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilishini Hukumat majlislarida muhokama qilib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — ushbu qarorda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini nazorat qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-may,
PQ-5117-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 07/21/5117/0472-son, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)