1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomi va tuzilmasi;
Vazirlik va uning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;
Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, vazir oʻrinbosarining soha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;
Vazirlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hayʼat va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari faoliyatini tashkil etish tartibi;
Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
2. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbar oʻrinbosarlarining biriga innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar (Chief Innovation Officer) (keyingi oʻrinlarda — rahbar oʻrinbosarlari) yuklatilsin:
iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq boʻyicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish;
ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan yangi ishlanmalar sinovlarini tarmoq tashkilotlarida sanoat darajasida oʻtkazishni tashkil etish;
tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida ularni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan rejalarini amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
yuqori texnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori oʻrtasida integratsiyani taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qilish;
ilmiy-tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat natijalari tijoratlashtirilishini moliyalashtirishda koʻmaklashish;
ilmiy ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish orqali innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish.
3. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bir oy muddatda:
shtat birliklari doirasida rahbar oʻrinbosariga boʻysunuvchi innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmani tashkil etsin;
innovatsion faoliyat sohasida uch yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
4. Vazirlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Yashnobod” innovatsiya texnoparkiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan qarzning qaytarilmagan qismini toʻliq ushbu texnopark ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini berish texnopark direksiyasi taqdimnomasiga asosan Vazirlik hayʼatining qarori bilan amalga oshiriladi.
5. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat normativlarini belgilash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-avgust,
545-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyati va masʼuliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik:
Oʻzbekiston Respublikasida ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini hamda innovatsion faoliyatni boshqarish va tashkillashtirish, uni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari boʻyicha — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi;
ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
3. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, qisqartmasi — Innovatsiya vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Mininnovatsiya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Ministry of innovative development of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Innovation ministry.
5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
6. Vazirlik joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri Olmazor tumani Talabalar shaharchasi, Universitet koʻchasi, 7-uy, 100174.
2-bob. Vazirlikning tuzilmasi
7. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Vazirlikning hududiy boshqarmalari);
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi;
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Yoshlar akademiyasi;
Ilmiy-texnik axborot markazi;
Ilgʻor texnologiyalar markazi;
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi;
“Yashnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi;
Yoshlar innovatsiya markazi;
Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi.
8. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga boʻysunadi.
3-bob. Vazirlik va uning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarning vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovatsion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish;
hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish;
innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini oʻtkazish va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash;
iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish;
ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
10. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish sohasida:
Global innovatsion indeks hamda boshqa xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga qaratilgan “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan oʻz muddatida bajarilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini olib boradi;
xalqaro moliya institutlari ekspertlari, mahalliy ilmiy tashkilotlar xodimlari, tadbirkorlik subyektlari vakillari, mutasaddi vazirlik va idoralarning salohiyatli mutaxassislarini jalb qilgan holda innovatsion rivojlanishning oʻrta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi va uni amalga oshirishni tashkil etadi;
innovatsion rivojlanish strategiyasi uchun samaradorlikni baholovchi maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar)ga erishish vazifalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeyini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻliq va samarali amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlaydi, masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish boʻyicha yechim va takliflar ishlab chiqadi;
ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy va startap loyihalar natijalarini sohalarga samarali joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
innovatsion rivojlanish sohasida raqamli texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
ilm-fan va innovatsiya sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganadi va joriy etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xususan Davlat dasturi, faoliyat samaradorligi indikatorlari va boshqa strategik vazifalarning bajarilishini oʻz vakolati doirasida tahlil qiladi, monitoring qiladi va natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
mamlakatni innovatsion rivojlantirish, global indekslar va xalqaro reytinglar, davlat va jamiyat qurilishiga ilmiy ishlanmalarni joriy etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi;
b) hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish sohasida:
hududlarda innovatsion infratuzilmalar (transfer va innovatsiya markazlari, kichik innovatsion tashkilotlar, biznes akselerator, biznes-inkubatorlar, innovatsion va yoshlar texnoparklari va boshqalar)ni tashkil etishga, ular faoliyatini yuritishga bevosita koʻmaklashadi;
hududlarni innovatsion rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarga buyurtmalar portfeliga muvofiq ilmiy faoliyatga hududiy dasturlarni tanlovlar asosida shakllantiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi;
hududning iqtisodiy va innovatsion raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashadi;
hududlarning soha va tarmoqlariga yuqori texnologiyalarga asoslangan ilmiy ishlanmalarni va loyihalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshiradi;
hududlarda tashkil etilgan innovatsion infratuzilmalar, innovatsion va yoshlar texnoparklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda hududdagi yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirishga sharoit yaratadi;
hududiy iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari asosida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga va texnologiyalar transferini tashkil etishga koʻmaklashadi;
ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning hududiy uzviy bogʻliqligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;
hududiy ilmiy ishlanmalarni yaratish, qoʻllash va ommalashtirish bilan bogʻliq tizimli ishlarni tashkil etadi;
mahalliy axborot makonida ilm-fan va texnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targʻib etishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyadi;
hududiy infratuzilmalarda yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirishga sharoit yaratadi;
hududiy innovatsion infratuzilmalarda yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy-texnik anjumanlar, seminar, trening va oʻquv kurslarini tashkil etadi;
ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish maqsadida ilmiy tashkilotlarni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida ularning talabnomasiga asosan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xaridini belgilangan tartibda tashkil qiladi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda qishloq va suv xoʻjaligiga yangi ishlanmalarni joriy etish va innovatsion faolligini oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi;
v) davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari tomonidan xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlari boʻyicha taqdim etilgan takliflarni chuqur tahlil qiladi va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish boʻyicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar tayyorlaydi;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantiradi;
ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etadi;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini oʻtkazadi, ilmiy loyihalarni texnik ekspertizasini tashkil etadi hamda ilmiy ekspertiza jarayonini muvofiqlashtiradi;
tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari hamda ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari loyihalarini tasdiqlanishini tashkil etadi va moliyalashtirishga tavsiya etadi;
ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi boʻyicha bajariladigan ilmiy loyihalarning davlat roʻyxatini yuritadi va ular yuzasidan hisobotlarni qabul qiladi;
ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga koʻra bajarilishini, moliyaviy mablagʻlarning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring oʻtkazadi;
respublikada faoliyat yuritadigan ilmiy tashkilotlarning ilmiy innovatsion faoliyatini tahlil qiladi va uning natijalariga koʻra ilmiy tashkilotlarning milliy reytingini ishlab chiqadi;
yopiq mavzudagi (maxsus yoʻnalishdagi) loyihalar boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantiradi, tanlovlar natijalariga koʻra loyihalarni tasdiqlaydi va moliyalashtiradi hamda bajarilayotgan loyihalarning natijalari monitoringini amalga oshiradi;
xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etadi, tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan loyihalarni moliyalashtiradi;
davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi;
g) ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish sohasida:
inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida tasarrufida ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalariga ega vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
tizimda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi boʻyicha monitoring olib boradi;
vazirliklar, idoralar, ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarining oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimdan samarali foydalanishlarini taʼminlaydi, shuningdek undan foydalanish boʻyicha uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi;
ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash asosida oliy taʼlim muassasalarining reytingini yuritadi hamda reyting natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosar)larga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolarni qoʻllash haqida taqdimnoma tayyorlaydi;
oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor va direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha taqdimnomalar tayyorlaydi;
barcha oliy taʼlim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlarining faoliyati natijadorligini oshirish borasida ularning masʼuliyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishini muntazam tanqidiy muhokama qilib boradi;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat sohalarini innovatsion rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi.
d) yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Yoshlar akademiyasi aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish choralarini koʻradi;
ilmiy izlanish olib borishni istagan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyatlar yaratish va yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi, yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatda qatnashayotgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashadi;
iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha Yoshlar akademiyasining onlayn platformasini yuritadi hamda muntazam yangilab boradi;
ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi, ularni oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasidan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratadi;
iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishda koʻmaklashadi;
ilmiy ishlanmalarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida Yoshlar akademiyasi aʼzolari hamda iqtidorli va tashabbuskor yoshlarga patentlash, ilmiy ishlanmalarni baholash va sertifikatlashtirishda amaliy yordam koʻrsatadi;
iqtidorli va tashabbuskor yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ilgʻor texnologik ishlanmalar asosida tajriba namunalarini yaratish va tayyor mahsulot bosqichiga olib chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Yoshlar akademiyasi aʼzolari, iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning tashabbuslarini soddalashtirilgan mexanizmlar asosida ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi;
e) ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish sohasida:
ilm-fan va innovatsiyalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va joriy etadi;
ilmiy va innovatsion faoliyatga mablagʻlar, jumladan banklar va moliya institutlarining investitsiyalari va texnik koʻmak grantlar mablagʻlarini jalb qiladi;
tijorat banklari va moliya tashkilotlari bilan ilm-fan yutuqlari va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga mablagʻlar jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashadi;
ilmiy-innovatsion ishlanmalar va loyihalarni venchur moliyalashtirishni amalga oshirish boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshiradi;
mamlakatda venchur moliyalashtirish uchun uzoq muddatli resurslar manbasi hisoblanuvchi institutsional investorlar paydo boʻlishini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha ragʻbatlantirishlarni yaratishga va mavjud cheklovlarni bartaraf etishga koʻmaklashadi;
ilmiy va innovatsion ishlanmalar va loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy venchur jamgʻarmalarni va institutsional investorlarni jalb qilish choralarini koʻradi;
xalqaro texnik koʻmak va xorijiy grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy tashkilotlar va davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish hamda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan aniq takliflar tayyorlaydi;
ilm-fan sohasi va innovatsion faoliyatga texnik koʻmak va xorijiy grantlarni jalb qilish va amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi hamda tizimli ishlarni muvofiqlashtiradi;
ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, eksport-import va xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi.
j) innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini oʻtkazish va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash sohasida:
ilmiy va startap loyihalarni moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini oʻtkazadi;
loyihalarga ilova qilingan shakllarning toʻliqligi va toʻgʻriligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshiradi;
ilgari topshirilgan loyihalarga oʻxshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va ularning takrorlanishini qiyosiy tahlil qiladi;
taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning prognoz koʻrsatkichlari asosida moliyalashtirish hajmlari boʻyicha takliflar beradi;
taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni, texnik xatolar va noaniqliklarni tekshiradi;
tegishli sohalardagi fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashlarga (ITK) moliyaviy-texnik ekspertiza va iqtisodiy asoslash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish jarayoniga zarur hollarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etadi;
ishlab chiqarish tashkilotlarida, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarida intellektual mulk obyektlarini tatbiq etish va joriy qilish boʻyicha zarur shart-sharoit yaratishda ishtirok etadi;
mahalliy ilmiy ishlanmalar (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari va boshqalar)ga intellektual mulk huquqini tasdiqlovchi xalqaro patentlar, mualliflik guvohnomalari yoki boshqa hujjatlarni olishga zaruriy moliyaviy va tashkiliy sharoitlarni yaratish orqali koʻmaklashadi;
intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi va intellektual mulk obyektlarini tatbiq etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi.
z) iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash sohasida:
iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash, jahon bozorida raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion rivojlanish strategiyalarini, dasturlarini va yoʻl xaritalarini hamkorlikda ishlab chiqadi hamda amalga oshirish choralarini koʻradi;
iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarini innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash asosida ilmiy ishlanmalar va yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tarmoq tashkilotlarida innovatsion faoliyatga oid iqtisodiy koʻrsatkichlarni taʼminlash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyadi;
iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion faoliyati natijalarini tahlil qiladi va kelgusida rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
iqtisodiyotning real sektorida innovatsion ishlanmalarni joriy qilishda ularning iqtisodiy samaradorligini muntazam ravishda monitoring qilib boradi;
ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan yoqilgʻi-energetika, geologiya, kon-metallurgiya, kimyo sanoati, ekologiya, elektrotexnika, gidrometeorologiya va qurilish materiallari sanoati tarmoqlari tashkilotlarining mavjud muammolari va ehtiyojlarini tahlil qiladi hamda ularni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlaydi;
qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai — “yashil” vodorodni ishlab chiqarish, saqlash va qoʻllash boʻyicha innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etishni muvofiqlashtiradi;
tarmoq tashkilotlariga innovatsiyalarni joriy etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflarini ishlab chiqadi;
tarmoqlar va xususiy sektor tashkilotlarida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar tuzilmalarini tashkil etishga koʻmaklashadi hamda tadqiqot va tajriba-sinov tuzilmalarini rivojlantirish choralarini koʻradi, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida takliflar tayyorlaydi;
ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan yangi ishlanmalarni tarmoq tashkilotlarida sanoat darajasida sinovlarni oʻtkazishni tashkil etadi;
tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish koʻrsatkichlari asosida ularni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tahlillarni amalga oshiradi va rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
bajarilayotgan amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga asosan belgilangan talablarga muvofiq olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring jarayonida isteʼmolchi iqtisodiyot tarmoqlari vakillarining ishtirokini taʼminlaydi;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, xususan yoqilgʻi-energetika, geologiya, kon-metallurgiya, kimyo sanoati tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi;
i) yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish sohasida:
ilmiy ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashadi;
taʼsischisi yoki taʼsischilaridan biri ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida intellektual mulk obyektini yoki texnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan tashkilot) boʻlgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashadi;
respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy faoliyat natijalarini joriy etish mexanizmlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
yuqori texnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori oʻrtasida integratsiyani taʼminlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qiladi;
ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni moliyalashtiradi, shuningdek, texnologiyalarni transfer qilishga koʻmaklashadi;
startaplarni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik oʻrnatadi;
kelgusida inkubatsiya va akseleratsiya jarayonlarini tashkil etishda koʻmaklashish hamda moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan istiqbolli startap loyihalar uchun tanlovlar tashkil etadi;
startap loyihalarni moliyalashtirishda va ishtirokchilarining huquqiy munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi;
intellektual mulk qatnashadigan innovatsion biznes, yangi innovatsion tovarlar, texnologik jarayonlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini qoʻllab-quvvatlash hamda joriy etish choralarini koʻradi;
ishlab chiqarish tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash hamda ularni huquqiy muhofaza qilish boʻyicha zarur shart-sharoit yaratishda ishtirok etadi;
yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi.
k) ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
Vazirlikning xorijiy aloqalarini tashkil etish va tahlil qilish, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan oʻzaro hamkorlik darajasi va koʻlami, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi roli va oʻrnidan kelib chiqib, vazirlikning xorijiy aloqalarda ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasida innovatsiyalarni keng miqyosda joriy qilishda ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanishning xalqaro tajribasini qoʻllash maqsadida Global innovatsion indeksda yuqori oʻrinlarni egallagan xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni oʻrnatish, stajirovkalar tashkillashtirish, xalqaro innovatsion-investitsion forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, treninglar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi;
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlik sohasida chet ellik sheriklar bilan kelishuvlarga erishish, shartnomalar tuzishni muvofiqlashtiradi va taʼminlaydi;
xorijiy investitsiyalar, grantlar, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy fondlar vakillari bilan muzokaralar olib borilishini va tegishli shartnomalar imzolanishini taʼminlaydi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlik sohasida xorijiy sheriklar bilan muzokaralar olib borish, tegishli shartnomalarni tayyorlash va imzolashga koʻmaklashadi;
Vazirlik rahbariyati va tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining xorijiy safarlarini tashkillashtirish, rasmiylashtirish (viza olish) bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshiradi;
Vazirlik vakolati doirasida xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, xalqaro tadbirlarni diplomatik protokol talablari asosida tashkil etadi;
respublikaning ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida vazirlikning faoliyatiga tajribali xorijiy maslahatchilar va mutaxassislarni jalb qiladi;
yetakchi xorijiy davlatlar, kompaniyalar va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan texnologiyalar transferini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, texnologiyalar transferini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan xulosalar tayyorlaydi.
11. Vazirlik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlaydi;
2) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash;
3) Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yigʻilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish;
5) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
6) Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
7) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
8) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va erkinligini taʼminlash;
9) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali taʼminlash, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
10) ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
11) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro xorijiy tadbirlarda Vazirlik vakillarining ishtirokini taʼminlash;
12) Vazirlik hayʼati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri (keyingi oʻrinlarda — vazir) buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
13) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-axloq hamda maʼnaviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, nazoratdagi tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
14) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganishni tashkil etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;
15) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni taʼminlash.
13. Vazirlik markaziy apparati oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida tarkibiy boʻlinmalar va hududiy boshqarmalarning kelishilgan holda ishlashini hamda quyi tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
tarkibiy boʻlinmalar, hududiy boshqarmalar va quyi tashkilotlarning faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni hamda nazoratini, shu jumladan ularning qonunchilik hujjatlari, idoraviy va idoralararo normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
topshiriqlar va qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash yuzasidan hamda oʻz tashabbusi bilan Vazirlik vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa masalalarni hal qiladi.
3-§. Vazirlik hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
14. Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar loyihalarini shakllantirish, tasdiqlash, moliyalashtirish va monitoring qilishni tashkil etish;
hududda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga koʻmaklashish;
hududiy iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari asosida texnologiyalar transferini tashkil etish;
hududdagi ilmiy va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, kompaniyalarga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga koʻmaklashish;
ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning hududiy uzviy bogʻliqligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
hududlarning innovatsion rivojlanishining istiqbolli ustuvor strategik yoʻnalishlari, uzoq, oʻrta va qisqa muddatli innovatsion rivojlantirish prognozlari va hududlarni kompleks rivojlantirish strategiyalari, dasturlarini hududning salohiyatini va yangi texnologiyalarga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari boʻyicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar ishlab chiqish;
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
hududlardagi oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish va respublika viloyatlarida innovatsion infratuzilmani barpo etish uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish;
hududning tabiiy xom ashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunligi”ni inobatga olgan holda innovatsion rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan ilmiy va innovatsion faoliyatga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshirish;
yangi va talabgir mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yaratish boʻyicha innovatsion startap loyihalarni ishlab chiqishni va ilgari surishni, shu jumladan hududlardagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish;
innovatsion mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) uchun investorlar va isteʼmolchilarni izlash boʻyicha ishlarni, jumladan innovatsion infratuzilma subyektlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish orqali tashkil etish;
innovatsion loyihalarni amalga oshiruvchi hududiy innovatsiya markazlari, startap kompaniyalar, ilmiy doiralar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga oʻz vakolatlari doirasida uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;
hududiy ilmiy ishlanmalarni yaratish, qoʻllash va ommalashtirish bilan bogʻliq tizimli ishlarni tashkil etish;
mahalliy axborot makonida ilm-fan va texnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targʻib etishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish.
15. Vazirlikning hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) hududning ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish sohasida:
Global innovatsion indeks hamda boshqa xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga qaratilgan “Yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari tomonidan oʻz muddatida bajarilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini olib borish;
hududiy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish strategiyalari uchun samaradorlikni baholovchi maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar)ga erishish choralarini koʻrish;
ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakat mavqeyini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻliq va samarali amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, masʼul hududiy tuzilmalar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish boʻyicha yechim va takliflar ishlab chiqish;
ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy va startap loyihalar natijalarini hudud iqtisodiyotiga samarali joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
b) ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish sohasida:
vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlari boʻyicha taqdim etilgan takliflarni chuqur tahlil qilish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarga buyurtmalar boʻyicha belgilangan tartib va shaklda asoslangan takliflar tayyorlash;
hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan hududiy ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etish;
ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini oʻtkazish, ilmiy loyihalarning texnik ekspertizasini tashkil etish hamda ilmiy ekspertiza jarayonini muvofiqlashtirish;
tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar loyihalarini tasdiqlanishini tashkil etish va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga tavsiya etish;
ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarning davlat roʻyxatini yuritish va ular yuzasidan hisobotlarni qabul qilish;
ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga koʻra bajarilishini, moliyaviy mablagʻlarning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring oʻtkazish.
v) hududlarda ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish sohasida:
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida hududiy ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
hududiy oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi boʻyicha monitoring olib borish;
hududiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor va direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
g) hududlarda yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasida:
hududlardagi Yoshlar akademiyasi aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishga koʻmaklashish;
hududlarda ilmiy izlanish olib borishni istagan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyatlar yaratish va yangi avlod yosh olimlarini tayyorlashga koʻmaklashish;
hududlardagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishda koʻmaklashish.
d) hududlarda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish sohasida:
hududlarda ilmiy ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish usuli orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashish;
hududlarda taʼsischisi yoki taʼsischilaridan biri ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida intellektual mulk obyektini yoki texnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan tashkilot) boʻlgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashish;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boshqarmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qilish;
hududiy startaplarni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
16. Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
17. Vazirlik hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda tuzilib, tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari Vazirlik tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
4-bob. Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari huquqlari va majburiyatlari
1-§. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
18. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari, respublikaning chet eldagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan tegishli maʼlumotlarni oʻrnatilgan tartibda soʻrash va olish;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur axborotlarni bepul asosda davlat statistika organlaridan olish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ilmiy loyihalar hamda startap loyihalarni tanlab olish uchun ilmiy-texnik kengashlar hamda tanlov komissiyalarini tashkil etish va tanlovlar eʼlon qilish;
ilmiy tadqiqotlarga va startap loyihalarga yoʻnaltirish uchun budjet mablagʻlarini taqsimlashda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻrnatilgan tartibda yigʻilishlar chaqirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining topshiriqlariga muvofiq xalqaro tashkilotlarda davlat manfaatlarini ifoda etish hamda oʻrnatilgan tartibda va xalqaro huquq meʼyorlari asosida boshqa mamlakatlarning innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha masʼul idoralari hamda ilmiy institutlari bilan bevosita yoki ularning quyi boʻgʻin tuzilmalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish;
binolarga xizmat koʻrsatish, inventarlar va xoʻjalik ashyolari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgtexnikalarni saqlash va foydalanish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy taʼminot sotib olish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuzish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlanish holatini oʻrganish, innovatsion faoliyatni takomillashtirish boʻyicha takliflarni toʻplash hamda umumlashtirish;
innovatsion faoliyatni uning samaradorlik indikatorlari asosida baholash, ilgʻor texnologiyalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi tegishli tarmoq va sohalar rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
ijtimoiy-iqtisodiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish borasida ilmiy-texnik xizmatlar koʻrsatishga davlat topshiriqlarini shakllantirish;
ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va texnologiyalar natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, texnologiyalarni transfer qilishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Vazirlik, uning tarkibiy boʻlinma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishi va belgilangan indikatorlarga erishishni hisobga olgan holda ularni moddiy-texnika bazasini yaxshilash, moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
ilmiy va startap loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiradigan muammolarni hal qilish uchun yetakchi olimlar hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat idoralararo ilmiy-texnik, innovatsion kengashlar, shuningdek, fan va texnologiyalar rivojlanishining muhim yoʻnalishlari boʻyicha ekspert guruhlarini tuzish;
Vazirlik vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun ilmiy tashkilotlar, olim va mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni shartnoma asosida hamda ekspert sifatida jalb qilish;
ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarni belgilangan tartibda tashkil etish;
respublikaning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari hamda loyihalari buyurtmalarining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni hisobga olgan holda tarmoq hamda hududlarni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish;
Vazirlik, uning tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi hamda ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb qilish.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Vazirlik:
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning lozim darajada hamda samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatining amalga oshirilishi;
tegishli sohada faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar va belgilangan indikatorlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi;
joriy etilayotgan ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar, gʻoyalar va texnologiyalarning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hamda Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining amalga oshirilishi sifati, yakuniy natijalari hamda oqibatlari;
tegishli sohani rivojlantirish hamda hududlarning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda himoya qilinishi uchun javobgardir.
2-§. Vazirlikning hududiy boshqarmalari huquq va majburiyatlari
20. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega:
yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar soʻrash va olish;
ilm-fan va innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, shuningdek ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish.
21. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagilarga majbur:
qonunchilik hujjatlari, vazir va uning oʻrinbosarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
hududlarni rivojlantirish dasturlarining tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bogʻlagan holda oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash;
hududlarning ilm-fan va innovatsion rivojlanish tendensiyalari, hududiy rivojlanish dasturlari va prognozlarining ijrosi toʻgʻrisidagi obyektiv tahliliy maʼlumotlarni Vazirlikka taqdim etish.
22. Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini tasdiqlash, tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etishni taʼminlash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarini ijro etish;
Vazirlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlari va boʻlimlarini, shuningdek, quyi tashkilotlarni boshqarish uchun vazir oʻrinbosari va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
oʻz vakolati doirasida Vazirlik tizimi xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Vazirlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va xodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati, Vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda tizimidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek ekspertlarni konsultant sifatida jalb qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda ularga tegishli ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda chora-tadbirlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Vazirlik xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
23. Quyidagilar vazir oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Vazirlikning tegishli boʻlimlarini bevosita boshqarishni amalga oshirish;
vazir oʻrinbosari nomenklaturasiga kiritilgan Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni vazir tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etish;
vazir nomenklaturasiga kiritilgan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish;
mutasaddi boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, ular rahbarlarining topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
vazirlik hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik vazir tomonidan koʻrib chiqish va imzolash (viza qoʻyish), ular qonunchilik talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlarini oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
24. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, mazkur boʻlinmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
oʻz vakolatlari doirasida Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosari buyruq hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik vakolati doirasiga kiruvchi tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholashni olib borish, ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va chora-tadbirlarni sifatli ishlab chiqishni tashkil etish;
tarkibiy boʻlinmalarning yillik ish rejalarini ishlab chiqishni taʼminlash, unda koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda vazir oʻrinbosariga takliflar taqdim etish, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
tarkibiy boʻlinma xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish boʻyicha vazirlik rahbariyatiga taklif kiritish;
davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanishni taʼminlashga doir takliflarni vazirlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
25. Quyidagilar Vazirlikning tarkibiy boʻlinmasi boshligʻining funksional vazifalari hisoblanadi:
tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
mutasaddi tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholashni olib borish va ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish.
26. Quyidagilar Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshligʻining funksional vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikning hududiy boshqarmasi faoliyatini, jumladan boʻlim boshliqlari, mutaxassislarining yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq ishlarini tashkil etish;
Vazirlikning tegishli hududlar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
hududning rivojlanish holatini sifatli baholashni olib borish va Vazirlik rahbariyatiga uni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritish;
Vazirlikning hududiy boshqarmasiga xodimlarni tanlash, ragʻbatlantirish va boʻlim xodimlariga intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish;
belgilangan tartibda boshqa vazifalarni bajarish.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
27. Vazir quyidagilar uchun masʼul:
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, shuningdek, Vazirlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalarning natijalariga, ularning mamlakat va hududlarning innovatsion rivojlanishiga erishish;
Vazirlikda, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro intizomiga qatʼiy rioya qilish.
28. Vazir oʻrinbosari quyidagilar uchun masʼul:
mutasaddilik qiladigan vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlarda vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi va samaradorligini, shuningdek, oʻz funksional vazifalarining bajarilishi taʼminlash;
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan topshiriqlarning natijadorligi va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash;
mutasaddilik qiladigan vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlari orqali vazirlik huquqlarini samarali amalga oshirish.
29. Markaziy apparat boʻlinmalarining rahbarlari tegishli boʻlinmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, shuningdek, oʻz funksional vazifalarining soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
30. Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari qonunchilik hujjatlarini, Vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishi, tegishli hududlarni ilm-fan va innovatsion rivojlantirish dasturlarini belgilangan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash, hududlarni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni Vazirlikka oʻz vaqtida taqdim etish, hududlarni rivojlantirish boʻyicha yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz muddatida bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javobgardir.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkillashtirish
1-§. Vazirlik rahbariyati
31. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
32. Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarga ega boʻladi.
33. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari oʻrinbosari tomonidan bajariladi.
34. Quyidagilar:
Vazirlik markaziy apparati xodimlari, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi va hududiy boshqarmalarining boshliqlari vazir tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2-§. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
35. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar va Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan quyidagi masalalar boʻyicha uzviy hamkorlikni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlikning rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari soʻrovlarining oʻz vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning oʻz muddatida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari davlat boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining boʻlinmalari bilan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda oʻzaro aloqalarini taʼminlash;
hududlarda ilm-fanni va innovatsiyalarni rivojlanish dinamikasining tizimli monitoringini olib borish, hududlarni kompleks innovatsion rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish, ularni amalga oshirishda tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish;
davlat organlari tomonidan koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;
Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
36. Vazirlikning markaziy apparat boʻlinmalari idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar bilan oʻzining faoliyat yoʻnalishi boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:
idoraviy mansub tashkilotlarga va hududiy boshqarmalarga topshiriqlarni yetkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
boʻlinmalarning bevosita faoliyatiga oid masalalar boʻyicha vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlariga va hududiy boshqarmalariga soʻrovnomalar yuboradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
monitoring, oʻrganishlar, zaruriyat tugʻilganda, oʻz vakolati doirasida tekshirishlar oʻtkazadi, Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa maʼlumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlaridan va hududiy boshqarmalardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va tadbirlarni sifatli ishlab chiqishda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari ishtirokini tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari ishtirokini tashkil etadi, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
37. Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalar Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Vazirlik topshiriqlarining ijrosi toʻgʻrisida axborot beradi;
biriktirilgan sohadagi qonunchilik ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim qiladi;
ularning faoliyatini monitoring, oʻrganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
oʻzining ish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
38. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vazirning topshirigʻi boʻyicha uning oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar mazkur muhokamadan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmagan taqdirda, ular boʻyicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning hayʼati, maslahat ekspert va boshqa maslahat organlari
39. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar va tizimidagi tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi vazir taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
40. Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
mazkur Nizom bilan belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vazifa va topshiriqlarini sifatli bajarish;
Vazirlikning boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil qilish;
Vazirlik faoliyatining sohalari boʻyicha dasturlarning bajarilishi natijadorligini muntazam ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta koʻrib chiqish;
Vazirlik faoliyatiga oid masalalarni joyida muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
Shuningdek, hayʼat Vazirlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni koʻrib chiqish huquqiga ega.
41. Hayʼat majlisiga vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari taklif etilishi mumkin.
42. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
43. Hayʼat qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
44. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
45. Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
46. Vazirlikda tarkibi va nizomlari vazir tomonidan tasdiqlanadigan ilmiy-texnik kengash, konsultativ va ekspert guruhlari tashkil etiladi.
8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari
47. Vazirlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
48. Vazirlikning samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
49. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
50. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
51. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
52. Ilmiy-texnik axborot markazi hamda Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash ularning xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlarini inobatga olgan holda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
53. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan har oylik ustamalar va ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar toʻlash shartlari Vazirlik hayʼati tomonidan belgilanadi va vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
54. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
2 yildan 5 yilgacha — 0,2;
5 yildan 10 yilgacha — 0,4;
10 yildan 15 yilgacha — 0,6;
15 yildan 20 yilgacha — 0,8;
20 yildan 25 yilgacha — 0,9;
25 yildan yuqori — 1,0.
Sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.
55. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari xodimlarining ish haqlarini toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirishning manbasi boʻlib mehnatga haq toʻlash fondi, budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalari, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
56. Vazirlik hududiy boshqarmalari faoliyatini saqlash va moliyalashtirish (shu jumladan, moddiy ragʻbatlantirish va koʻp yillik xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish) Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobdorligi
57. Vazir Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga vazirlikning faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.
58. Vazirlar Mahkamasi Vazirlik rahbarlari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qiladi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:
yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda innovatsion rivojlanish sohasidagi muammolarni hal etish, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy maʼlumotlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
mamlakatning innovatsion taraqqiyoti uchun birlamchi zarur boʻlgan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi, innovatsion rivojlanish strategiyasining yaqin, oʻrta va uzoq istiqbollaridagi ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
innovatsion rivojlanishning eng muhim yoʻnalishlari va vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
59. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilishigacha boʻlgan choralar koʻriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
60. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qaroriga 2-ILOVA
Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat normativlarini belgilash
TARTIBI
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) ilmiy yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari shtat normativlarini belgilaydi.
2. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonining shtat normativlari ilovaga muvofiq belgilanadi.
3. Shtatlar jadvalini tasdiqlashda 0,5 shtat birligidan tashqari toʻliq boʻlmagan stavkalarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Toʻliq boʻlmagan stavka miqdorini yaxlitlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
0,25 gacha boʻlgan barcha shtat birliklari olib tashlanadi;
0,25 dan 0,75 gacha boʻlgan shtat birliklari — 0,5 shtat birligi miqdorida yaxlitlanadi;
0,75 dan yuqori boʻlgan shtat birliklari — 1,0 shtat birligi miqdorida yaxlitlanadi.
4. Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning lavozimlarini joriy etish tegishli ish sharoitida, ish vaqtidagi toʻliq bandligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
5. Ijara huquqi asosida bino va inshootlarda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlari joriy etilmaydi yoki moliya organlari bilan (ijara shartnomasi taqdim etilishi bilan) kelishilgan holda joriy etiladi.
6. Mazkur Tartib tadqiqot yadro reaktori ekspluatatsiya xizmati xodimlar sonini belgilashda qoʻllanilmaydi.
Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat normativlarini belgilash tartibiga ILOVA
Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonining
shtat normativlari
T/r
Lavozimlar nomi
Lavozim kiritish mezonlari
I. Ilmiy yordamchi xodimlar
1.
Laborant
Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi har bir laboratoriya (boʻlim) uchun 1 shtat birligi joriy etiladi
2.
Patent va ixtirolar boʻyicha yetakchi muhandis (patentshunos)
Har bir tashkilotda 1 shtat birligi joriy qilinadi (tashkilot tuzilmasida tegishli lavozim koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno)
II. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
3.
Xoʻjalik mudiri
Tashkilot balansida umumiy maydoni kamida 10 000 kv.m boʻlgan laboratoriya binolari mavjud boʻlsa, 1 shtat birligi joriy etiladi
4.
Omborchi
Tashkilotda omborxona mavjud boʻlsa, 1 shtat birligi joriy etiladi
5.
Binoga kompleks xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi muhandis
Har bir tashkilotda 1 shtat birligi joriy qilinadi
6.
Uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha muhandis
Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi laboratoriya uskunalar bilan jihozlangan hollarda tashkilotda 1 shtat birligi joriy etiladi
7.
Texnik
Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi laboratoriyada texnik jihozlar mavjud boʻlsa moliya organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda 1 shtat birligi joriy etiladi
8.
AKT boʻyicha texnik
Har bir tashkilotda 1 shtat birligi joriy qilinadi (namunaviy tuzilmada AKT boʻyicha tegishli lavozim koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno)
9.
Kutubxonachi
Kutubxonada kamida 2 000 tadan iborat hisob birligi boʻlsa (ixtisoslashtirilgan kutubxona tashkilotlaridan tashqari) joriy etiladi
10.
Arxivarius
Har bir 250 varaqli 6000 ta ish hujjat uchun 1 shtat birligi (ixtisoslashgan arxiv tashkilotlaridan tashqari) joriy etiladi
11.
Chilangar-santexnik
Har bir tashkilotda 1 shtat birligi joriy qilinadi
12.
Elektromontyor
Tashkilot balansida mavjud har 700 yoritish nuqta (kalit, rozetka va quti)ga 1 shtat birligi joriy etiladi
13.
Rahbarning kotibi
Tashkilot rahbari uchun 1 shtat birligi joriy etiladi
14.
Ish yurituvchi
Tashkilotda devonxona mavjud boʻlmagan hollarda 1 shtat birligi joriy qilinadi
15.
Haydovchi
Tashkilot balansida mavjud har bir transport vositasi uchun 1 shtat birligi joriy etiladi
16.
Ishchi
Ishchilarning boshqa kasblarida nazarda tutilmagan ishlarning hajmi mavjud boʻlgan sharoitda moliya organlari va mehnat organlari bilan kelishilgan holda joriy etiladi
17.
Farrosh
Har 800 kv.m yigʻishtiriladigan maydon uchun 1 shtat birligi joriy etiladi
18.
Bogʻbon
Bogʻ, manzarali daraxtlar, yashil oʻtloq va gulzor bogʻi 0,5 gektardan 2 gektargacha boʻlgan maydonda 1 shtat birligi, keyinchalik har 2 ga uchun 1 shtat birligi joriy etiladi. * Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Akademik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bogʻi bundan mustasno boʻlib, moliya organlari va mehnat organlari bilan kelishilgan holda tashkilotning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etiladi.
19.
Hovli supuruvchi
Har 2,5 ming kv.m supurish maydoniga 1 shtat birligi joriy etiladi.
20.
Liftchi
Lift mavjud boʻlgan tashkilotlar uchun (lift sonidan qatʼi nazar) 1 shtat birligi joriy etiladi.
21.
Qorovul
Bir kecha-kunduzli ish sharoitida tashkilot uchun 4 shtat birligi, bir smenali (tungi navbatchilik) ish sharoitida tashkilotning har bir alohida binosi uchun 3 shtat birligi joriy etiladi (Qoʻriqlash xizmatidan foydalanuvchi tashkilotlar bundan mustasno)
22.
Qozonxona operatori (smenali)
Bugʻ va issiq suv qozonlari uchun avtomatlashtirilmagan qozonxona boʻlsa, qozonxonadagi ishchilar soni isitish mavsumi uchun tegishli turdagi 1 qozonga (qozonxonalarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda) 1 shtat birligi belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarorida:
“1. Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan ilovaga muvofiq koeffitsiyentlarda tasdiqlansin”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajaruvchi ilmiy, taʼlim tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar:”;
v) 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari
T/r
Lavozimlarning nomi
2021-yil 1-fevraldan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda
1.
Institut direktori
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
11,089
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
10,600
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
10,189
2.
Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
10,034
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,520
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvoniga ega boʻlgan
8,748
3.
Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,983
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,365
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,082
4.
Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,520
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,082
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
8,413
5.
Bosh ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,520
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
8,954
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
8,542
6.
Yetakchi ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
8,053
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
7,539
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
6,870
7.
Katta ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
7,024
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
6,612
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
6,046
8.
Kichik ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
6,201
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
5,789
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
5,377
9.
Stajer tadqiqotchi
4,760
Izohlar:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻxshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot boʻlimlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida” 2012-yil 2-fevraldagi 27-son qarorining 6-bandidagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlarini” va “Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari” soʻzlari tegishlicha “Davlat ilmiy dasturlarini” va “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarorida:
a) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” va “Sogʻliqni saqlash” soʻzlari tegishlicha “davlat ilmiy dasturlarini” va “Innovatsion rivojlanish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning izoh qismi uchinchi xatboshisidagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xoʻjaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 4-martdagi 119-son qarori 12-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi 136-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining ustavida:
a) 25-bandning birinchi xatboshisidagi “fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning davlat ilmiy-texnik dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 42-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-banddagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Fan doktori bir vaqtning oʻzida toʻrttadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant boʻlishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki taʼlim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Ilmiy unvoni boʻlgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning oʻzida ikkitadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga taʼlim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi boʻlmagan izlanuvchilarga oʻrnatilgan meʼyordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.
birinchi xatboshidagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” va “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” tegishlicha “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” va ilmiy va taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijiy yoki nodavlat ilmiy yoki taʼlim tashkilotlariga oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini ochish mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mazkur tashkilotlarga qabul kvotasi ushbu Nizomning 13 va 14-bandlariga muvofiq shakllantirilgan umumiy qabul kvotasi doirasida ajratiladi;”;
“ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” soʻzlari “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ilmiy va taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlar har yili 5-dekabrga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga maʼlumot kiritadi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi har yili 10-dekabrga qadar ortib qolgan qabul kvotalarini ilmiy va taʼlim tashkilotlarining ilmiy darajali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olib qaytadan taqsimlaydi.
Ilmiy va taʼlim tashkilotlariga qayta taqsimlangan kvotalar kirish imtihonlarida qatnashib, kirish balidan past ball toʻplagan talabgorlarning ballari ketma-ketligida amalga oshiriladi va bu haqidagi maʼlumotlar har yili 15-dekabrga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi”.
d) 25-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qabul komissiyasi doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translyatsiya) oʻtkazish choralarini koʻradi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi”;
e) 32-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir ilmiy yoki taʼlim tashkilotidan boshqasiga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan ilmiy va taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilar tugatilgan ilmiy va taʼlim tashkilotlarning huquqiy vorisi etib belgilangan ilmiy va taʼlim tashkilotlarga oʻqishni davom ettirishlari uchun oʻtkaziladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavida:
a) 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 26-iyuldagi 544-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning izoh qismi birinchi xatboshisidagi “Ilmiy-texnik loyihalarni” soʻzlari “Ilmiy loyihalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi 831-son qarorining 9-bandidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qarorida:
a) 4-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi va “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning oltinchi xatboshisidagi “fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning izoh qismida ikkinchi xatboshisidagi “Ilmiy-texnik loyihalarni” soʻzlari “Ilmiy loyihalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 22-bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning 12-bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosini qurilishini, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi va innovatsion bogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 276-son qarorining 10 — 12-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 25-iyundagi 468-son qarorida:
a) 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning izoh qismi ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy-texnika loyihalarni” soʻzlari “ilmiy loyihalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi “d” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“I. Baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar” bloki 7, 8, 13-pozitsiyalarining “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnik dasturlarining” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“I. Baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar” bloki 8-pozitsiyasining “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnik dasturlari” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“II. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish” blokining 23-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-sentabrdagi 721-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Texnopark rahbari maqomi va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion rivojlantirish va vinochilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi 792-son qarorida:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv xodimlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga 1,7 hamda xizmat koʻrsatuvchi (texnik) xodimlariga 1,3 miqdorida oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi”.
b) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 6-banddagi “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini” soʻzlari “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-oktabrdagi 819-son qarorida:
a) 7-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning izoh qismi uchinchi xatboshisidagi “Ilmiy-texnik loyihalarni” soʻzlari “Ilmiy loyihalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qarorida:
“6. “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, koʻkrak nishonlar va ularning guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin”;
b) 1-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʻzbekiston Respublikasi barcha hududlaridan bir nafardan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan tavsiya etilgan shaxslar koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni takroran berilmaydi”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 17-oktabrdagi 832-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “ilmiy-texnik loyihalarni” soʻzlari “ilmiy loyihalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarorida:
a) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning “II. Tadqiqot jarayonlarining oʻquv-uslubiy taʼminoti” bloki 4-pozitsiyasi “Amalga oshirish shakli” ustunining 3-bandidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlari” soʻzlari “ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 94-son qarori bilan tasdiqlangan Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“2. Ilmiy faoliyatni samarali yoʻlga qoʻyish uchun alohida ahamiyatga ega, mamlakatda yagona boʻlgan, ilmiy izlanishlarda foydalanilayotgan, tegishli sohada mukammal izlanishlar olib borish imkonini beradigan hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritilgan ilmiy asbob-uskunalar, nodir toʻplamlar va boshqa kamyob obyektlar noyob ilmiy obyekt sanaladilar”;
“18. Oʻz boʻysunuvida noyob ilmiy obyekt boʻlgan tashkilot rahbari uni ishchi holatda saqlash, unga zarur xizmatlarni koʻrsatish, undan unumli foydalanish, ajratilgan moliyaviy mablagʻning samarali va maqsadli sarflanishi, shuningdek noyob ilmiy obyekt boʻyicha ilmiy va moliyaviy hisobotlarning Innovatsion rivojlanish vazirligiga topshirilishi uchun javobgardir”;
v) 3-ilovaning 6.4-kichik bandidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 15-fevraldagi 138-son qarorining 14-bandidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi 258-son qarorida:
1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning “III. Ilmiy-innovatsion va xalqaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish” bloki 10-pozitsiyasining “Chora-tadbir nomi” va “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi 327-son qarorida:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning izoh qismidagi “Ilmiy-texnika loyihalarni” soʻzlari “Ilmiy loyihalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovada “Sholichilik sohasini rivojlantirish boʻyicha amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlar olib borish” bloki 1-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunining 1-bandidagi “Davlat ilmiy texnik dasturlariga” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, maktabdan tashqari, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat taʼlim muassasalarini hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda — akkreditatsiya) oʻtkazish tartibini belgilaydi”.
“kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarida — 10 ish kunigacha;
oliy taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlarida — 12 ish kunigacha”;
v) 17-bandning oltinchi kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlarida”;
g) 26 va 27-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “taʼlimni amalga oshiruvchi taʼlim tashkilotlari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlarini” soʻzlari “oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy va taʼlim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 48-banddagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” soʻzlari “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 50-banddagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalarining” soʻzlari “ilmiy va taʼlim tashkilotlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 51-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” soʻzlari “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 52-banddagi “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” soʻzlari “ilmiy va taʼlim tashkilotlari” soʻzlari hamda “oliy oʻquv yurtidan” soʻzlari “oliy taʼlimdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 53-banddagi “oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarini” soʻzlari “ilmiy va taʼlim tashkilotlarini” soʻzlari hamda “oliy taʼlim tashkilotlari yoki ilmiy-tadqiqot taʼlim muassasalari” soʻzlari “ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari” bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi 21-bandining beshinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-iyundagi 545-son qarorida:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi”ni (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
b) 4-band quyidagi tahrirdagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markazning xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining budjetdan tashqari mablagʻlari”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi “d” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarni” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi 647-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “davlat ilmiy-texnik dasturlarini” va “grantlar” soʻzlari tegishlicha “davlat ilmiy dasturlarini” va “mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qarorida:
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlarni” soʻzlari “ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning “IV. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bloki 20-pozitsiyasining “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlarni” soʻzlari “ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlar loyihalari yuzasidan” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari doirasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarorida:
a) 2-ilovaning 6-pozitsiyasi “Faoliyatni baholash mezonlari” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnik dasturlari” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaga ilovaning “II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati (35 ball)” bloki 13-pozitsiyasining “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida innovatsion texnologiyalar transferini faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi 884-son qarorida:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Andijon viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar trasferi milliy ofisi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Andijon tajriba-koʻrgazma maydoni”ni (keyingi oʻrinlarda — Koʻrgazma maydoni) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
b) 5-band quyidagi tahrirdagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) faoliyati va saqlash xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
Koʻrgazma maydonining xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining budjetdan tashqari mablagʻlari;
xalqaro moliya va boshqa institutlar kreditlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
37. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlari” soʻzlari “Davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 12-dekabrdagi 986-son qarorining 19-bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 18-dekabrdagi 1011-son qarorida:
a) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning “II. Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish” bloki 4-pozitsiyasida:
“Chora-tadbirlar” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlari” soʻzlari “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarorida:
“a) qoʻshimcha haq ushbu qarorga muvofiq tegishli mezonlarni bajarilishini baholash natijalari boʻyicha hamda tarkibiy boʻlinma rahbarining ishchi komissiyaga taqdimnomasi va tashkilot kollegial organi qarori asosida har bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qoʻshgan aniq hissasini hisobga olgan holda belgilanadi”;
“4. Tashkilotning kollegial organi (keyingi oʻrinlarda — kollegial organ) ushbu Nizomga muvofiq muayyan mezonlar asosida ishchi komissiya majlisining xulosasiga koʻra xodimga qoʻshimcha haq miqdori va toʻlov davrini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Bunda, kollegial organ xodimga belgilangan qoʻshimcha haq miqdorining toʻgʻri belgilanishiga javobgar hisoblanadi”;
“6. Qoʻshimcha haqning bir martalik yoki oylik shakli joriy yilda oxirgi 12 oy davomidagi (kalendar yil yakunlari) faoliyati natijalari tahliliga koʻra belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshimcha oylik toʻlov belgilashning eng koʻp muddati 12 oydan oshmasligi kerak.
Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodim boshqa ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotiga ishga oʻtgan taqdirda, unga qoʻshimcha haq belgilashda ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida faoliyati natijalari hisobga olinadi”;
“7. Qoʻshimcha haq xodim asosiy lavozim boʻyicha egallab turgan stavkasiga mutanosib ravishda har oyda hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi, bunda xodimning taʼtil davri uchun qoʻshimcha haq toʻlov amalga oshirilmaydi”;
“a) oliy taʼlim muassasasi elektron platformasiga oʻquv yuklamasida nazarda tutilganidan tashqari mustaqil ishlab chiqilgan va oʻquv jarayonida foydalanilayotgan oʻz oʻquv uslubiy majmualarini (modul dasturi, oʻquv kontenti, muammoli vaziyat, kazus test, video dars) joylashtirganligi uchun”;
“b” kichik banddagi “ilmiy va laboratoriya” soʻzlari “ilmiy yoki laboratoriya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi “v1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v1) ixtisoslashgan ilmiy kengashlar huzuridagi ixtisosliklar boʻyicha (chet tili va mutaxassislik fanlaridan) malakaviy imtihon komissiyasi hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllarida oʻqishga talabgorlarni tanlov olish uchun kirish imtihonlar va izlanuvchilarni monitoringdan oʻtkazish jarayonida komissiya (ishchi guruh) aʼzosi boʻlganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 5 foiz miqdorida belgilanadi.
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 15 foizdan oshmasligi lozim”;
“g) oliy taʼlim muassasalarning birinchi mingtalik (top-1000) yoki fan yoʻnalishlari boʻyicha birinchi yuztalik (top-100) xalqaro (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytinglarga kirgan oliy taʼlim muassasalarining onlayn taʼlim platformalariga kiritilgan yoki sayyor shaklda oʻtkazilgan har bir maʼruza uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi”;
“z) Scopus maʼlumotlar bazasida kamida oxirgi ikki yil ichida doimiy ravishda boʻlgan (ushbu talab Oʻzbekiston nomidan kiritiladigan jurnallarga nisbatan tatbiq etilmaydi) hamda Web of Science indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalari jurnallarida eʼlon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi.
“i) oʻquv jarayonida amaliy qoʻllaniladigan yoki ishlab chiqarishga joriy qilingan intellektual faoliyat natijasi hamda oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan darslik, oʻquv qoʻllanma, tadqiqotni amaliyotga joriy qilinganligi haqida markaziy davlat organlari va davlat boshqaruv organlarining dalolatnomasi borligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha miqdorida belgilanadi.
Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 15 foizdan oshmasligi lozim”;
“k) har bir ixtiro va/yoki foydali modelga xorijiy patent olganlik uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha miqdorida belgilanadi”;
“g” kichik banddagi “ilmiy-pedagogik faoliyatga oid” soʻzlari “xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan ilmiy-pedagogik faoliyatga oid” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e) ixtisoslashgan xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir ilmiy nashr (monografiya, ilmiy referat, informatsion referat, uslubiy ishlanmalar, tavsiyalar, tezislar, shuningdek ilmiy konferensiya materiallari, ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar toʻplamlari) uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha”;
“j) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining murojaatiga asosan ilmiy-amaliy takliflarni tayyorlash uchun qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha”;
“g) Scopus, Web of Science va boshqa umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida kamida oxirgi ikki yil ichida doimiy ravishda boʻlgan jurnallarda (ushbu talab Oʻzbekiston nomidan kiritiladigan jurnallarga nisbatan tatbiq etilmaydi) eʼlon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi”;
“e) har bir ixtiro va/yoki foydali modelga xorijiy patent olganlik uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha miqdorida belgilanadi”;
“e) lavozim maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq maʼlum bir davr uchun erishilgan natijalar yigʻindisidan kelib chiqqan holda yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda belgilanadi”;
“z) davlat boshqaruv organlarining murojaatiga asosan ilmiy-amaliy takliflarni tayyorlash uchun qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha”;
4-bobning nomidagi “kasb-hunar” soʻzlari “professional” soʻzi bilan almashtirilsin;
“14. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning barcha kichik bandlari asosida har oylik qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda falsafa doktori (PhD)ga 30 foiz va fan doktori (DSc)ga 60 foizdan oshmasligi lozim”;
5-bobning nomidagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarida” soʻzlari “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“16. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning barcha kichik bandlari asosida har oylik qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda falsafa doktori (PhD)ga 30 foiz va fan doktori (DSc)ga 60 foizdan oshmasligi lozim”;
quyidagi mazmundagi 51-bob bilan toʻldirilsin:
“51-bob. Tashkilotlarda ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash boʻyicha ishchi komissiyani tashkil etish tartibi
171. Qoʻshimcha haq olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarning arizalarini umumlashtirish va kollegial organ yigʻilishida koʻrib chiqish uchun hujjatlarni tayyorlash boʻyicha ishchi komissiya tarkibi har yili dekabr oyida Kollegial organ qarori bilan kamida yetti kishidan iborat etib tasdiqlanadi.
172. Ishchi komissiya tarkibiga oliy taʼlim muassasalari uchun ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari), ilmiy tashkilotlar uchun direktorning ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari, bunday lavozim boʻlmaganida ilmiy kotib, oʻrta maxsus, kasb-hunar va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, maktabgacha taʼlim muassasalari uchun bosh uslubchi rahbarlik qiladi.
173. Tashkilotlar ishchi komissiya huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlaydi”.
“24. Tizimida tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda qonun doirasida tashkilot kollegial organlarning qoʻshimcha haq miqdorini oʻrnatishni tashkil qilishi ustidan nazorat qiladi”;
quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
“241. Ushbu Nizom doktoranturada tahsil olayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
“Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga mazkur Nizom talablari asosida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha haq toʻlanishi mumkin. Bunda qoʻshimcha haq belgilash talablari (mezonlari) davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kollegial organi qarori bilan tasdiqlanadi”.
41. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 10-fevraldagi 75-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-martdagi 117-son qarorining 7-bandi beshinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnika dasturlarini” soʻzlari “ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida:
31-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza loyiha fan yoʻnalishi boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengash tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi bayonnoma Buyurtmachiga taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida amalga oshiriladi.
Moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtmagan loyihalar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi va moliyalashtirilmaydi”.
“68. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan mustaqil ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ekspertiza qilinadi;
ikkinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar (ITK) tomonidan ochiq muhokamadan oʻtkaziladi”;
“75. Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida ekspertlar loyiha talabnomasini bir oy muddatda koʻrib chiqadi. Ekspertiza natijalariga koʻra, har bir ekspert loyiha boʻyicha oʻzining ekspert xulosasini beradi va uni 100 ballik shkala boʻyicha baholaydi, bunda 0 ball — eng past koʻrsatkich, 100 ball — eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
Bunda agar bir loyiha boʻyicha ikki ekspert baholaridagi farq 25 balldan yuqori boʻlsa, ekspertiza natijalarini aniqlashtirish maqsadida uchinchi ekspert qoʻshimcha ekspertiza uchun tayinlanadi.
Loyiha talabnomasining yakuniy ekspert bahosi barcha ekspert baholarining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichi natijalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ekspert xulosalari ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichini oʻtkazish uchun ITKga yuboriladi.
Ilmiy ekspertizadan oʻtmagan loyihalar ITK tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bayonnoma va ekspert xulosalari bilan birga Buyurtmachiga qaytariladi. Buyurtmachi asoslantirilgan rad etish xulosasini loyiha rahbarlariga interfaol xizmat orqali bildirish uchun elektron platformaga joylashtiradi”;
“Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan hamda ushbu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda tarmoq va sanoat korxonalari muammolarini hal etishga qaratilgan davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari tarmoq va sanoat korxonalari bilan kelishuvlar asosida sheriklikda moliyalashtirilishi mumkin.
Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarni moliyalashtirish tegishli moliya yilidan boshlab quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ilmiy-tadqiqot loyihalari Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining tegishli qarorlari asosida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali moliyalashtiriladi;
Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirish uchun alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi;
Ijrochi tashkilot tomonidan har bir ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha belgilangan tartibda xarajatlar smetasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
“89. Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi hamda hisobotlarni (oraliq va yakuniy) mustaqil ekspertlar tomonidan ilmiy ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmiga teng hajmda gonorar toʻlanadi”;
“Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablagʻning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xom ashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga yoʻnaltirilishi lozim, bunda fundamental, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi loyihalarda mazkur miqdor 20 foizgacha kamaytirilishi mumkin”;
Quyidagi mazmundagi 81-bob bilan toʻldirilsin:
“81-bob. Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar xarajatlarini rejalashtirish tartibi
901. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.
902. Xarajatlar kalkulyatsiyasini tuzishda xarajatlarning umumiy moliyaviy hajmi loyiha bajarilishining butun davri uchun shu jumladan, har bir moliyaviy yil kesimida alohida jadvallarda koʻrsatiladi.
903. Loyihalarni amalga oshirish uchun xarajatlar kalkulyatsiyasi quyidagicha rejalashtiriladi:
ish haqi toʻlovlari;
ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar;
yagona ijtimoiy toʻlov;
boshqa xarajatlar shu jumladan, ilmiy xizmat safarlari xarajatlari hamda asosiy vositalarni sotib olish xarajatlari.
904. Mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirishda:
loyihani bajarishda ishtirok etuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari rahbar, ilmiy va ishlab chiqarish xodimlariga belgilangan tegishli bazaviy lavozim maoshlari asosida, yordamchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash tegishli normativlar hamda vaqtinchalik pudrat shartnomalari asosida hisoblangan ish haqi toʻlovlari;
ish haqini mintaqaviy tartibga solish hisobiga, shu jumladan, choʻl, suvsiz va baland togʻli hududlarda ishlash uchun mintaqaviy koeffitsiyentlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻlovlar;
homiladorlik va tugʻish davriga kasallik varaqasi boʻyicha toʻlovlar (loyihani bajarishda qatnashuvchi tashqi oʻrindoshlarga tatbiq etilmaydi);
ilmiy xodimlar, ilmiy yordamchi va boshqa xodimlar uchun ish haqi fondiga kiritilgan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa toʻlov turlari loyihani bajarish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida hisobga olinadi.
905. Yagona ijtimoiy toʻlovlar ish haqi fondiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan miqdorda rejalashtiriladi.
906. Safar xarajatlarida, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va ilmiy yordamchi xodimlarning safar xarajatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq aks ettiriladi.
Loyihalarni amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijrochi tashkilotlar ilmiy xodimlarining respublika doirasida hamda xorijiy xizmat safarlari tadbirlarda ishtirok etish uchun taqdim etilgan asoslovchi hujjatlar va loyihaning kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga aylantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
907. Boshqa xarajatlarning har bir turi sarflanadigan mablagʻlar va ularning taqsimoti xarajatlar kalkulyatsiyasida alohida jadvallarda asoslab koʻrsatiladi. Xarajat turlari har bir loyihaning mazmuni va xususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi.
908. Davlat budjeti hisobidan loyihalarni bajarish uchun ajratilgan mablagʻlarning quyidagi xarajatlarga sarflanishi man etiladi:
bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash;
obyektlarni qoʻriqlash xizmati toʻlovlari;
transport vositalarini (maxsus transport vositalari bundan mustasno), hashamatli yumshoq mebellar va aksessuarlarni, uyali telefonlarni sotib olish xarajatlari, loyiha ijrochisi boʻlmagan xodimlarning xizmat safarlari;
jamoat transporti, maxsus yoʻnalishli transport vositalari, idoraviy transport vositalarida ish joyiga qatnash uchun yoʻl haqini toʻlash;
davolanish va dam olish, ekskursiyalar va sayohatlar, sport seksiyalari, toʻgaraklar, klublardagi tadbirlar, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga tashriflar hamda shaxsiy isteʼmol mollarini sotib olish xarajatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtiriladigan, shuningdek xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash hamda joriy xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ijrochi tashkilotlarda ustama xarajatlar.
909. Loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlar Kollegial organ qaroriga muvofiq Buyurtmachi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
9010. Buyurtmachining Kollegial organ qaroriga muvofiq qabul qilingan buyrugʻi asosida davlat ilmiy dasturlarini bajarishga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi doirasida ijrochi tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida har bir ijrochi tashkilot uchun (uning barcha loyihalari boʻyicha) ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali moliyalashtiriladi.
9011. Loyihalar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan faqat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar orqali moliyalashtiriladi.
9012. Davlat ilmiy dasturlarini bajarish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi ijrochi tashkilotlar boʻyicha barcha ilmiy loyihalarning umumiy summasi Budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida — 42 99 990 (Tovar va xizmatlar sotib olish boʻyicha boshqa xarajatlar) moddasi orqali aks ettirilgan holda tuziladi va moliyalashtiriladi.
9013. Loyihalarni Davlat budjetidan moliyalashtirishni muddatidan oldin toʻxtatish Ilmiy-texnik kengashning ushbu loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosalariga asosan Buyurtmachining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Buyurtmachining qaroriga asosan loyihalarni bajarish muddati uzaytirilishi hamda moliyalashtirish hajmiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda uzaytirilgan muddatda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining kalendar rejasi qoʻshimcha shartnoma bilan tasdiqlanadi.
9014. Loyihalarni moliyalashtirish muddatidan oldin toʻxtatilganda, loyiha uchun ajratilgan mablagʻlarning foydalanilmagan qoldiq summasi ijrochi tashkilotlarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan belgilangan tartibda chegiriladi.
Toʻxtatilgan loyihalar shuningdek, tegishli moliya yilida loyihalar boʻyicha sarf etilmagan mablagʻlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
9015. Loyihalarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilingan barcha asosiy vositalar ijrochi tashkilotlarning balansida qayd etiladi va ularning mulki hisoblanadi.
9016. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanish boʻyicha javobgarlik ijrochi tashkilotlar rahbarlari va bosh hisobchilari, shuningdek, loyiha rahbarlari zimmalariga yuklatiladi.
9017. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi”.
“107. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda loyiha doirasida bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablagʻlarning samarali va maqsadli sarf qilinishi hamda tanlovga loyihalarni taqdim etishda unda keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasini ilova qilinishiga shaxsan javobgar boʻladi”;
“ishchi organ — “startap” loyihalarni baholashda texnik taʼminlash va koʻmaklashishni, shuningdek, loyihalar monitoringini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining masʼul tarkibiy boʻlinmasi”;
3-banddagi “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini” soʻzlari “Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirilsin:
“32. Startap loyihasiga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishga talabnoma beruvchi (talabgor) va ijrochi tashkilot rahbari javobgardirlar”;
v) 3-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasining ikkinchi bosqichi bir oy mobaynida amalga oshiriladi. Bunda loyiha boʻyicha qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazilishi talab etiladigan hollarda ushbu muddat Buyurtmachi bilan kelishilgan holda yana ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar Buyurtmachiga besh kun ichida taqdim etiladi”.
44. Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-martdagi 172-son qarorining 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qarorining 10-bandidagi “davlat ilmiy-texnik dasturlari” soʻzlari “davlat ilmiy dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
46. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 313-son qarorida:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tegishliligi boʻyicha Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-texnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash hamda loyiha ishlarini amalga oshirsin”;
“Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Texnopark direktori mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan boʻlim boshligʻi lavozimiga tenglashtiriladi”;
47. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi 366-son qarori 30-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining boshqaruv va ayrim yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi
MIQDORLARI
T/r
Lavozim nomi
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda
1.
Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
tabiiy-texnika fanlari yoʻnalishi boʻyicha
6,654
gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha
5,988
2.
Bosh buxgalter, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi
5,545
3.
Boʻlim boshliqlari (ilmiy-tadqiqot boʻlimdan tashqari)
4,99
4.
Bosh iqtisodchi, bosh patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis va xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
4,436
5.
Yetakchi buxgalter, yetakchi iqtisodchi, yetakchi patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassis va xodimlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis
3,881
6.
Buxgalter, iqtisodchi, patentshunos, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis, maxsus boʻlim mutaxassisi, xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis (oliy maʼlumotga yoki tegishli sohada 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan oʻrta maxsus maʼlumotga ega)
2 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan
3,56
2 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan
2,994
Izoh. Tarkibiy boʻlinmalarning boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari va bosh buxgalter oʻrinbosarlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari va bosh buxgalteri bazaviy lavozim maoshi miqdoridan 10 foiz past qilib belgilanadi”.
48. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qarori 2-ilovasida:
a) 15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
15.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari
Direktor
1
Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
1
Ilmiy kotib
1
Laboratoriya mudiri
9
Laborant
9
Jami
21
”;
b) Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻyicha “Jami” shtat birligi ustunidagi “242” raqami “258” raqami bilan almashtirilsin;
v) “Jami tashkilotlar boʻyicha” blokidagi “305” raqami “321” raqami bilan almashtirilsin.