1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmon maydonlarini kengaytirish, mavjud oʻrmon fondi yerlarining holatini yaxshilash, yaylovlardan samarali foydalanish, pista, bodom, yongʻoq plantatsiyalarini barpo etish hamda dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni koʻpaytirish, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida davlat muassasasi shaklidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda Innovatsiya markazi deb ataladi);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi muassisligida “Oʻrmoninvest” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻrmoninvest” DUK deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
2. Quyidagilar Innovatsiya markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
respublika hududining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, oʻrmon barpo etish, oʻrmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va oʻrmon boyliklaridan oqilona foydalanishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
manzarali, mevali va dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda koʻchatxonalar tashkil etishning innovatsion usullarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
yangi oʻsimlik turlarini introduksiya qilish va mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish va ularni joriy etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
oʻrmon fondi yerlarida shoʻrlanishga va suvsizlikka chidamli oʻsimliklarni yetishtirishning ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyasini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tizimli joriy etishni tashkil qilish;
yangi innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish takliflarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 Oʻrmonlarni va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yongʻin, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish]
noqulay iqlim sharoitiga, zararkunanda va kasalliklarga chidamli oʻrmon oʻsimliklarini introduksiya qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
noyob, manzarali, mevali va dorivor oʻsimliklar turlarini jadal koʻpaytirish usullarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
rivojlangan davlatlarning sohaga oid tajribalarini oʻrganish, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni va olimlarni hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun jalb etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
sohada faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy xodimlarning salohiyatini oshirish, ularning chet ellarda muntazam malaka oshirishini tashkil etish va iqtidorli yoshlarni jalb qilish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.06.00 Xalqaro kongresslar. Konferensiyalar. Forumlar]
xalqaro ilmiy va oʻquv seminarlar hamda anjumanlar tashkil etish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
3. Quyidagilar “Oʻrmoninvest” DUKning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
oʻrmon xoʻjaliklarida ishlab chiqarish (mahsulotlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish va eksport potensialini oshirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat koʻrsatish belgisi)]
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar imidjini oshirish va xizmatlar brendini yaratish va jahon bozorida ularning raqobatbardoshligini taʼminlash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
oʻrmon resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida investorlarni ekoturizm, ov turizmi va oʻrmon xoʻjaligi rekreatsiya zonalarini rivojlantirish uchun jalb qilish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.11.00 Savdo uylari, vakolatxonalar va boshqalar]
qoʻshma korxonalar, savdo uylari, reklama agentliklari, shu jumladan chet elda ishlab chiqarishni tashkil etish;
yuqori likvidli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilmaviy qoʻshma korxonalar uchun zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini qoʻllash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (tovarlar) va koʻrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish uchun marketing tadqiqotlari oʻtkazish va isteʼmol bozorini oʻrganish, shu jumladan eksport qilish strategiyasini amalga oshirish;
oʻrmon xoʻjaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
mahsulotlar (tovarlar) va xizmatlar uchun ichki tizim narxlarining monitoringi va ularning raqobatbardoshligi boʻyicha takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
taqdimot va konsepsiyalarni tayyorlash, oʻtkazish, potensial investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, xalqaro fondlar va banklardan investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar va grantlar berish boʻyicha muzokaralar olib borish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
4. Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Innovatsiya markazi hamda “Oʻrmoninvest” DUKning ustavlari tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
“Oʻrmoninvest” DUKning tuzilmasi, shtatlar jadvalini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini shakllantirish hamda bino va malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni kuchaytirish davlat qoʻmitasi Andijon viloyat hokimligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini bino va inshootlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
7. Quyidagilar Innovatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan grantlar;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donor davlatlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
8. Quyidagilar “Oʻrmoninvest” DUK faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
9. Belgilab qoʻyilsinki, Innovatsiya markazi xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Innovatsiya markazi faoliyatini Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirsin.
Innovatsiya markazining 2018-yilgi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Innovatsiya markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.
Bunda:
talab etiladigan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy vositalar bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
mavsumdan tashqari paytlarda oʻsimliklarni oʻstirish va ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun fitotronlar tashkil etish;
Andijon tajribasini va boshqa innovatsion gʻoyalarni oʻrmon xoʻjaliklarida joriy qilishni tatbiq etish nazarda tutilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.06 Oʻrmon fondi yerlari]
12. Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda Andijon viloyatining Xoʻjaobod, Buloqboshi, Marhamat, Jalaquduq tumanlarida xandon pista, yongʻoq va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga qulay boʻlgan, hozirgi vaqtda samarasiz foydalanilayotgan hamda tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning belgilangan tartibda Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Andijon viloyatidagi chorva mollarini ozuqa bazasi bilan taʼminlash uchun yaylov sifatida foydalanish hamda bosqichma-bosqich dorivor oʻsimliklar yetishtirish maqsadida, Oxangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidan 20 ming gektar yer maydonini Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligiga belgilangan tartibda uzoq muddatli ijara asosida foydalanish uchun ajratsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
14. Andijon viloyati hokimligi viloyatda eksportbop dorivor oʻsimliklarni saqlash va dastlabki qayta ishlashni tashkil qilish maqsadida Andijon viloyati Xonobod shahar hokimligining Xonobod shahrida joylashgan sobiq mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna korxonasi binosini tekin foydalanish huquqi asosida Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligiga bir oy muddatda oʻtkazib bersin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligining Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh hududida Davlat chegarasi chizigʻidan 100 metr mintaqadan soʻng oʻrmonzorlar va davlat chegarasi boʻylab yongʻinga qarshi mintaqa barpo etsin hamda uni doimiy ish holatida saqlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, tarmoqqa oid ilmiy ishlar, innovatsiya loyihalari va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ixtirolar, ilmiy ishlar yaratishni ragʻbatlantirish Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2025-yilga qadar oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasiga “Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi” blokidan soʻng “Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazi” bloki qoʻshilsin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-oktabr,
819-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 819-son qaroriga ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 9 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
* Ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida jalb etiladi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 09/18/819/2034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)