1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Bola tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj oilalar moddiy ta’minotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to‘lash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.07 Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga beriladigan nafaqalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish]
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
a) 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 2026-yil 1-fevraldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llaniladi;
b) yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordamning miqdorlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
3. Moliya vazirligi 2021-yil yakuniga qadar bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalar sonining o‘rtacha 20 foizga oshishini hisobga olgan holda 2021-yilda ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirishga budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratsin hamda Davlat budjetining 2022-yildagi parametrlarini shakllantirishda mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ma’lumotlar bazasidagi kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishi hamda axborot almashinuvining samarali ishlashini ta’minlasin.
5. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2021-yil 20-avgustga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
kam ta’minlangan bolali oilalarga nafaqani hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi;
minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi.
6. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmon maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I.I. Norqulov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-noyabr va 2022-yil 1-aprelga qadar axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-avgust,
PF-6277-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-871-son Farmonida:
uchinchi xatboshidagi “parvarishlash uchun” so‘zlaridan keyin “ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari”.
Bunda, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 60 foizi miqdorida belgilansin”;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-martdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3864-son Farmonida:
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi “g1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g1) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin”.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni 15-ilovasi 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.
“Pensiya” dasturiy ta’minotini funksional kengaytirish orqali Pensiya jamg‘armasini boshqarish axborot tizimini yaratish. Bunda, pensiya va nafaqalarni bosqichma-bosqich birgina pasport asosida tayinlash tizimini joriy etishni nazarda tutish.
1. Axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.
2. “Pensiya” dasturini funksional kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolash.
3. “Pensiya” dasturiy ta’minotini funksional kengaytirish.
4. Axborot tizimini amaliyotga joriy etish.
2022-yil sentabr
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
(A. Xaydarov)
”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-son qarorining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining budjet muassasalarida ishlayotgan onalarga:
2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning o‘zini-o‘zini boshqarish organlari orqali;
2021-yilning 1-sentabridan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarorining 11-bandi “(turmush o‘rtog‘i va bolalari)” so‘zlaridan keyin “shuningdek, pensionerlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4938-son qarorida:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 so‘mdan 1 085 000 so‘mgacha etib belgilansin”;
11. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi nizom ilovasining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi nizom ilovasining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kam ta’minlangan oila — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 731-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun to‘lanayotgan pul kompensatsiyasi (keyingi o‘rinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) nafaqalar to‘lanishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan hisoblanadi va 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.”
Ushbu ilovaning bandlari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoniga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-938-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4158-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-dekabrdagi “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 350-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 866-son qarorining 5-bandi.
Ushbu ilovaning bandlari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi.