Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda bolali oilalarga davlat yoʻli bilan madad berishni kuchaytirish, yosh avlodni tarbiyalash muammolarini hal etishda ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash va bolalarni har tomonlama kamol toptirish maqsadida:
1. 1994-yil 1-sentabrdan boshlab bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordamining amaldagi tizimi oʻrniga quyidagi nafaqa turlaridan iborat yagona tizim joriy etilsin:
bola tugʻilganda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 70,3 foizi miqdorida bir yoʻla beriladigan nafaqa;
bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqa.
3. Quyidagilar pul bilan taʼminlashning asosiy manbalari etib belgilansin:
bola tugʻilganda bir yoʻla beriladigan nafaqa uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari.
Bunda, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 60 foizi miqdorida belgilansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga:
mavjud mablagʻlar doirasida bolali oilalarga beriladigan nafaqalarning belgilangan turlariga qoʻshimcha pul va qoʻshimcha imtiyozlar belgilash, ushbu maqsadlar uchun ijtimoiy jamgʻarma mablagʻlaridan toʻlaroq foydalanish;
jamoat, xayriya tashkilotlarining har xil ijtimoiy yordam koʻrsatishga oid faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, jamiyatda insonparvarlik, xayr-ehson va rahm-shavqat gʻoyalarini yoyishga koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir
qaror qabul qilinsin.