toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha keng jamoatchilik bilan o‘tkazilgan muhokama natijalari ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. 2021-yil 15-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgandan keyin ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 — 50 kvadrat metr oralig‘ida bo‘lgan, mazkur bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 — 70 kvadrat metr oralig‘ida bo‘lgan kvartiralar yoki mazkur kvartiralar narxidan ortiq bo‘lmagan narxda yakka tartibdagi turar joy (hovli) ajratiladi. Bunda mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan ko‘chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli tuman (shahar)da ko‘chmas mulk birlamchi bozorida mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan uy-joylar mavjud bo‘lmaganda, uy-joylar ko‘chmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joy bilan ta’minlanishi holati haqidagi har oyda yangilanadigan ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular ishlayotgan yoki ta’lim olayotgan hududda ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga olingan uy-joylarning ijara to‘lovlarini to‘lash tartibi joriy etilsin. Bunda:
mulk huquqi asosida uy-joy olish yoki ijara to‘lovlarini to‘lab berish yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi;
ijara to‘lovlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 yilgacha muddatga, biroq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 30 yoshga kirgunga qadar to‘lanadi;
Toshkent shahrida ijara to‘lovlarining bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan qismi, viloyatlar markazlari va Nukus shahrida esa bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha hamda qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha bo‘lgan qismi to‘lab beriladi.
Mazkur bandga muvofiq ijara to‘lovlari to‘lab berilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mulk huquqi asosida uy-joy ajratilmaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoniga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar mulk huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga to‘lgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo‘yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o‘zi va oila a’zolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish huquqisiz ajratiladi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
bitta ko‘p kvartirali uy-joyning har bir kirish yo‘lagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq, agar kirish yo‘lagida kvartiralarning soni 10 tadan ortiq bo‘lsa har 10 ta kvartiraga bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish (ular o‘rtasida nikoh tuzilgan hollar bundan mustasno);
ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ko‘p kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular o‘rtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun alohida ko‘p qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish);
ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mansarda va sokol qavatlaridan uy-joy xarid qilish;
v) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida ularga ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Bunda ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
3. Quyidagilar:
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va o‘z vaqtida ajratilishini nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) komissiyalar) namunaviy tarkibi 1a-ilovaga muvofiq;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar tuman (shahar) komissiyalarning vazifalari etib belgilansin:
hududiy boshqarmalar tomonidan xarid qilinadigan birlamchi va ikkilamchi uy-joylar bo‘yicha xulosa berish;
xarid qilinishi rejalashtirilgan uy-joyni baholash uchun baholovchini aniqlash va tanlash;
yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat berish;
faoliyat yuritadigan hududda yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani uy-joy bilan ta’minlash jarayonini monitoring qilish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
4. Uy-joylarga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy xarid qilish va qurish uchun:
2021-yilda talab etiladigan mablag‘larning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, qolgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari va boshqa mablag‘lar hisobidan ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Agentlik uchun ajratilgan mablag‘lar tarkibida alohida satrda mablag‘lar rejalashtiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yildan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hisoblash uchun uy-joylarning bir kvadrat metrining eng yuqori narxi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan hududlar kesimida belgilanadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ta’mirlash va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari va Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
5. Respublika komissiyasi (A. Aripov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021-yil 1-dekabrga qadar mazkur qaror doirasida uy-joyga muhtoj 757 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agentlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
o‘n kun muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi takliflarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritilishini;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ajratilgan uy-joylar yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan (ta’mirlangan va jihozlangan) holda topshirilishini ta’minlasin.
7. Hisob palatasi (B. Turabov) va Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘larning shakllanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlik:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning “onlayn-navbat” tizimini amaliyotga joriy etsin;
uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxatining “onlayn-navbat” tizimiga kiritilishini va doimiy yangilanishini ta’minlasin;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanishini yo‘lga qo‘ysin.
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi;
vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan bir yilda kamida bir marotaba barcha “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) taqdimotlar o‘tkazadi. Bunda, mazkur taqdimotlar o‘tkazish metodikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi;
o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarida o‘qish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilansinki, oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning (yolg‘iz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar (yigirma besh yoshga to‘lganlar bundan mustasno) uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi. Bunda ushbu qo‘shimcha kvotalarning oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimoti Agentlik tomonidan belgilanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
12. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
13. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bir oy muddatda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlasin.
14. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab o‘quv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan:
Agentlik hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shakllantirgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili amaliyot o‘tashi tashkil etiladi;
texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘z tizimidagi kasbiy ko‘nikmalar markazlarida kasb-hunarga o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi;
Agentlik va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning bandligi bo‘yicha doimiy monitoring amalga oshiriladi;
(14-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
b) “Har bir oila — tadbirkor” dasturida belgilangan mablag‘lar va tartiblar doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning biznes loyihalarida ko‘zda tutilgan maqsadlarga kreditlar navbatga qo‘yilmagan holda ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) o‘quv-tarbiya muassasalari Yoshlar ishlari agentligi va Agentlik tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar to‘plamlari bilan o‘quv-tarbiya muassasalari Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
(14-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
15. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, ularni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olayotgan va tarbiya qilayotgan oilalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ota-onalarining yaqin qarindoshlariga ushbu bolalarni navbatsiz farzandlikka yoki oilaga tarbiyaga (patronatga) olish huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
2021-yil 1-sentabrdan keyin nogironligi bo‘lgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan to‘lovlar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorigacha yetkaziladi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida og‘ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning respublikada yo‘lga qo‘yilmagan jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan to‘liq miqdorda kompensatsiya qilinadi;
“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga 2 ta psixolog shtat birligi ajratiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatiladi.
16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda:
a) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tomonidan to‘lanadigan davlat bojlari va mahalliy yig‘imlarga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash yuzasidan takliflarni;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi bolalar akademik litsey va oliy ta’lim muassasalariga kirganda, ularning mazkur pensiyani olish huquqini akademik litsey va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lgunga qadar saqlab qolish;
o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam berish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan xayriya yordami tarzida yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaralishini belgilashni;
mazkur qarordan kelib chiqib, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni.
17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
18. Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M. Djurayev, xalq ta’limi vaziri Sh.H. Shermatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-avgust,
PQ-5216-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
1-ILOVA

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va o‘z vaqtida ajratilishini nazorat qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Komissiya raisi

2.

M.P. Olloyorov

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror, Komissiya raisi o‘rinbosari

4.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

5.

S.M. Raxmonova

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani)

6.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

7.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

8.

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

9.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

11.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

12.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
1a-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozim bo‘yicha

tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi

2.

Lavozim bo‘yicha

tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozim bo‘yicha

tuman (shahar) prokurori

4.

Lavozim bo‘yicha

tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i

5.

Lavozim bo‘yicha

tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

6.

Lavozim bo‘yicha

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali boshlig‘i

7.

Lavozim bo‘yicha

tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi, Komissiya kotibi

(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga
2-ILOVA
2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli
PARAMETRLARI*

mln so‘m

T/r

Hududlar

Uy-joylarning soni

(birlik)

Xarajatlarning hisoblangan qiymati

shundan

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan

mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalaridan

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

33

5 148

2 574

2 574

2.

Andijon viloyati

30

4 680

2 340

2 340

3.

Buxoro viloyati

26

4 056

2 028

2 028

4.

Jizzax viloyati

17

2 652

1 326

1 326

5.

Qashqadaryo viloyati

16

2 496

1 248

1 248

6.

Navoiy viloyati

91

14 196

7 098

7 098

7.

Namangan viloyati

44

6 864

3 432

3 432

8.

Samarqand viloyati

99

15 444

7 722

7 722

9.

Surxondaryo viloyati

13

2 028

1 014

1 014

10.

Sirdaryo viloyati

39

6 084

3 042

3 042

11.

Toshkent viloyati

100

15 600

7 800

7 800

12.

Farg‘ona viloyati

26

4 056

2 028

2 028

13.

Xorazm viloyati

50

7 800

3 900

3 900

14.

Toshkent shahar

173

29 583

14 792

14 792

Jami

757

120 687

60 344

60 344

* Uy-joylarning hisoblangan qiymatiga va uy-joylar soniga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, uy-joylarning hisoblangan qiymati bo‘yicha Qurilish vazirligi va uy-joylar soni bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 07/21/5216/0783-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)