1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDA
1-modda. Atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish obyekti sifatida
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi boʻlib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi.
2-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil taʼsir koʻrsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
4-modda. Fuqarolarning hayot uchun qulay atmosfera havosiga ega boʻlish huquqi va uni saqlash sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar hayot va sogʻliq uchun qulay atmosfera havosiga ega boʻlish, atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida va ishonchli axborot olish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda fizikaviy omillarning atmosferaga zararli taʼsir koʻrsatishi orqali oʻzlarining salomatligiga hamda mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararni undirib olish huquqiga egadirlar.
Fuqarolar atmosfera havosini avaylashlari, uning ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillar zararli taʼsir etishiga olib keluvchi harakatlarni qilmasliklari shart.
5-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
6-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari]
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha oʻzga talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Atrof tabiiy muhit obyektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarishga va atmosfera havosini isteʼmol qilishga ruxsat berish tartibi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari]
Atmosfera havosining holatini baholashda Oʻzbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi:
atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan darajada toʻplanishi;
fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli taʼsir koʻrsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan darajalari.
Qonun hujjatlarida ayrim mintaqalar uchun atmosfera havosi sifati normativlariga nisbatan oshirilgan talablar belgilab qoʻyilishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 7-avgustdagi 18-son bilan tasdiqlangan Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar, ularning tarkibiy qismlari va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik meʼyorlari (0053-23-son SanQvaN), Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2024-yil 18-noyabrdagi 19-mh-sonli “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3586, 19.12.2024-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisida Nizom”.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari]
8-modda. Doimiy manbalardan atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari]
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari atmosfera havosiga chiqindilar chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy taʼsir koʻrsatish omillarining har biri boʻyicha belgilanadi.
Havoni ifloslantiruvchi doimiy manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari hamda unga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, atmosfera havosiga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi esa — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
9-modda. Atmosfera havosidan foydalanish normativlari
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish normativlari atmosfera havosining tabiiy tarkibi oʻzgarishiga olib kelmaydigan darajada belgilanadi.
Atmosfera havosidan foydalanish normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Atmosfera havosidan foydalanish normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
10-modda. Koʻchma manbalardan atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan koʻchma manbalar uchun ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
11-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni hamda atmosfera havosidan foydalanishni tartibga solish
Doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishga hamda atmosfera havosidan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.
12-modda. Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishini tartibga solish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari]
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi yoʻl qoʻyiladigan tegishli darajadan oshmasligi zarur.
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishiga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarish, unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi hamda atmosfera havosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarda nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bogʻliq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ularning vakolat doirasida qabul qilgan qaroriga koʻra cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli taʼsir koʻrsatish sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda esa — tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
14-modda. Yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari sifatiga doir talablar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallarining barcha turlari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan standartlar talablariga mos boʻlishi lozim.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini olib kirish va ularning kirib kelishi shartlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalari koʻrsatadigan salbiy taʼsir ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdoriga va ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishiga doir Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativlardan oshmagan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bu vositalar va qurilmalarni olib kirishga va ularning kirib kelishiga yoʻl qoʻyiladi.
16-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilganida ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yoki ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishi normativlardan yuqori boʻlgan transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarining egalari ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishi normativlariga rioya qilinishini taʼminlashlari shart.
17-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini taʼmirlaydigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlar oldiga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini taʼmirlaydigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining hamda ular fizikaviy omillari zararli taʼsir koʻrsatishining normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlaydilar.
18-modda. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday moddalarning atmosfera havosida yoʻl qoʻyiladigan darajada toʻplanish normativlarini, ularni nazorat qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqadilar.
Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Kimyoviy moddalarni oʻsimliklarni himoya qilish vositasi, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi omil, mineral oʻgʻit va boshqa preparatlar sifatida faqat yerdan turib ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga kimyoviy moddalar bilan ishlov berish qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.
19-modda. Ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishning oldini olishga doir talablar
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni taʼmirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini taʼminlashlari lozim.
20-modda. Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash paytida atmosfera havosini muhofaza qilishga doir talablar
Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish yoki ifloslantirish darajasini kamaytirish qoidalariga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan usullarda amalga oshirilishi shart.
21-modda. Ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashtirish yoki koʻmib tashlashga doir talablar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba boʻlishi yoki havoga boshqa tarzda zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan texnogen hosilalarni aholi punktlari hududida yoki ularga yaqin yerlarda joylashtirish taqiqlanadi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari qayta ishlanishi, tozalanishi, dezodoratsiya qilinishi yoki maxsus poligonlarda saqlanishi zarur, bunday poligonlarning joyi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsati bilan belgilanadi.
22-modda. Atmosfera havosining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish
Korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish, ishlab turgan texnologiya jarayonlari va asbob-uskunalarni takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart.
Atmosfera havosining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishib olinadi.
23-modda. Kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini, texnika va texnologiyalarni joriy etish paytida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Atmosfera havosining holatiga, iqlimga va ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini joriy etishni, texnika, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallardan, yoqilgʻidan foydalanishni hamda tayyor mahsulot chiqarishni sertifikatsiz yoki unda belgilangan koʻrsatkichdan chetga chiqqan holda amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalar chiqarish hamda atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
atmosferaga chiqarilgan chiqindilarni tozalash va zararli fizikaviy taʼsirni kamaytirish uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparaturalardan, shuningdek ular ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
xoʻjalik obyektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalari barpo etish;
chiqindilar chiqarishni hamda zararli fizikaviy taʼsirni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
chiqariladigan chiqindilar hamda fizikaviy omillar zararli taʼsirining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlariga rioya qilish ustidan nazorat oʻrnatish, ularning hisobini yuritish va belgilangan tartibda statistika hisobotini taqdim etish;
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash, ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini koʻrish;
meteorologiya sharoitlari noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni kamaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda chora-tadbirlar koʻrish;
korxonalar va transport kommunikatsiyalarining taʼsir doirasida atrof muhitga hamda aholi salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatilishini baholash;
kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar hamda bugʻlanuvchi birikmalarni saqlash, ulardan foydalanish va ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish shartlariga rioya qilish;
atmosferaga birvarakayiga va avariya tufayli chiqindilar chiqishi, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining chegaralararo ifloslanishini kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
chiqindilarni yoʻq qilishni taʼminlash hamda ular toʻplanib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish.
Atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish tuproq, suv va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi lozim.
25-modda. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari
Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatganligi hamda atmosfera havosidan foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— “Xalq soʻzi”, 31.10.2003-y., 223(3335)-son)
26-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi zarur:
atmosfera havosining holatiga zararli taʼsir koʻrsatayotgan yoki zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan obyektlar;
atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori;
atmosfera havosiga fizikaviy omillar koʻrsatadigan zararli taʼsirning turlari va hajmlari.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim boʻyicha amalga oshiriladi.
27-modda. Atmosfera havosi monitoringi
Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni toʻplash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir.
29-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar oʻrnini qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.