1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish maqsadga muvofiqligini tahlil qilish va baholash, shuningdek, ayrim turdagi mahsulotlarning yangi toifalarini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining ayrim turdagi mahsulotlar yangi toifalarini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha tajriba loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihalari) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Raqamli markirovkalashni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va dasturiy taʼminotlar bilan jihozlanadigan tadbirkorlik subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 4-ilovaga muvofiq;
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 41-ilovaga muvofiq;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/149/0263-son)
Ayrim turdagi mahsulotlar yangi toifalarini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlarining tajriba loyihalarini amalga oshirish jarayonida ixtiyoriy ishtirok etishi ularni qonunchilikda belgilangan ishlab chiqarish va majburiy markirovkalash talablariga rioya etishdan ozod etmaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni raqamli markirovkalash va keyinchalik tovar aylanmasining barcha bosqichlarini kuzatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT) jamlanadi va qayta ishlanadi.
4. Tajriba loyihalarni amalga oshirish davrida “CRRT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyatga (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT operatori) quyidagi vazifalar yuklansin:
tajriba loyihalarida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlariga markirovkalash kodlarini bepul tarzda taqdim etish;
mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan tajriba loyihasi ishtirokchilari — tadbirkorlik subyektlarining faoliyat koʻrsatayotgan bitta ishlab chiqarish liniyasida mahsulotlarni raqamli markirovkalash uchun zarur boʻlgan uskunalarni va dasturiy taʼminotni oʻz mablagʻlari hisobidan oʻrnatish va sozlash.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihalarini amalga oshirish davrida:
tajriba loyihalari ishga tushirilishini va kelgusida monitoring yuritilishini, metodik qoʻllab-quvvatlanishini, shuningdek, tajriba loyihalari ishtirokchilari — tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishini;
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali tajriba loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va maslahat ishlari olib borilishini;
tadbirkorlik subyektlari — tajriba loyihalari ishtirokchilari tomonidan mazkur qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomlar talablariga rioya etilishi nazorat qilinishini taʼminlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tajriba loyihalari amalga oshirilishiga faol koʻmaklashsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markaziga tajriba loyihalarida ishtirok etuvchi, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnoma olish uchun murojaat qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining arizasiga muvofiq ulardan yigʻim undirmasdan, mahsulotlarning birlamchi va ikkilamchi qadoqlaridagi rangli sxemalarga oid maʼlumotlar oʻzgartirilishini taʼminlash vazifasi yuklansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatiga asosan ularni belgilangan tartibda zarur telekommunikatsiya xizmatlari bilan taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash mexanizmlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish boʻyicha tajriba loyihalari boshlanganligi haqida xorijiy davlatlar xabardor qilinishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
* TIF TN kodlarda keltirilgan mahsulotlar turlari boʻyicha majburiy markirovkalashni joriy etish muddatlari Soliq qoʻmitasi hamda “Asl belgisi” MAT operatori tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 2-ILOVA
Raqamli markirovkalashni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan jihozlanadigan tadbirkorlik subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari
ROʻYXATI*
T/r
Mahsulot nomi
Tadbirkorlik subyekti nomi
STIR
1.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar
“Merrimed farm” MCHJ
207 057 504
“Djurabek laboratoriyes” MCHJ
201 913 337
“Remedi grupp” MCHJ
206 985 269
“Nobel farm sanoat” MCHJ
203 340 511
“Temur med farm” MCHJ
301 298 751
2.
Suv va salqin ichimliklar
“Coca-cola Ichimligi Uzbekistan” MCHJ QK
200 798 458
“Intemational beverages Tashkent” MCHJ
301 975 029
“Fruit juice” MCHJ
303 255 186
“Hydrolife Bottlers” MCHJ
204 559 521
“Family Group” MCHJ QK
303 457 361
3.
Maishiy texnika
“Artel engineering and management” MCHJ
302 809 231
“Foton” AJ
201 051 785
“TEXNOPARK” MCHJ
306 493 973
“SINO” OAJ
200 714 964
“Roison electronics” MCHJ
204 017 032
4.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari
“Maksam-Chirchiq” AJ
200 941 518
“SWISSAGRO” MCHJ
306 275 365
“IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MCHJ
206 019 226
“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ
204 651 678
“SCHELKOVA AGROHIM-OʻZBEKISTON” qoʻshma korxonasi
305 083 749
* Roʻyxatga tajriba loyihalari ishtirokchilari bilan oʻzaro muhokama natijalariga asosan Soliq qoʻmitasiga “Asl belgisi” MAT operatori bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 3-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash boʻyicha tajriba loyihasini oʻtkazish tartibini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi) shuningdek, markirovka kodlarini taqdim etish va markirovkalashni amalga oshirishda harakatlar ketma-ketligini hamda tajriba loyihasini ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Tajriba loyihasining maqsadlari:
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash hamda kuzatib borish mexanizmlarining toʻliqligi, samaradorligi va yetarliligini baholash uchun:
dori vositalari va tibbiy buyumlarning, shu jumladan, davlat ehtiyojlari uchun sotib olinganlarining haqiqiyligini tasdiqlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirishga (import qilish), ishlab chiqarish (shu jumladan, kontrafakt mahsulotlarni) va aylanmasiga qarshi kurashish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish va aylanmadan chiqarish sxemalaridan foydalanishni taqiqlash maqsadida dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchilarining oʻzaro aloqasini taʼminlash;
raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish va aylanmasini hisobga olish tartibini standartlashtirish va unifikatsiya qilish;
b) dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalashga oʻtishning maqsadga muvofiqligi va ketma-ketligini aniqlash.
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tajriba loyihasi — dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasi;
MMK MAT — “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatilishi boʻyicha milliy axborot tizimi;
operator — “CRRT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyat MMK MATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatishni, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning raqamli yorligʻi va izlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatish va sozlashni amalga oshiradi;
dori vositalari (DV) — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori preparatlari (DP) — dozalangan, idishga joylangan — oʻralgan, qoʻllanilish uchun tayyor dori vositalari;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega boʻlgan yoxud tashxis qoʻyish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
seriya — bir yoki bir qator ketma-ket texnologik jarayonlarda mahsulot bir xilligini kutish mumkin boʻlgan tarzda qayta ishlanadigan maʼlum miqdordagi xom ashyo, oʻramlash materiallari va mahsulotlar;
partiya raqami — dorivor mahsulotning partiyasini aniq aniqlashga va ishlab chiqarish va boshqarish operatsiyalarining toʻliq ketma-ketligini aniqlashga imkon beradigan raqamli, alifbo yoki harfiy-raqamli belgi;
saqlash muddati — dorivor preparat dori vositalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga mos keladigan barcha talablarga toʻliq javob berishi kerak boʻlgan davr;
dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati — ushbu vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni olib kirish (import qilish) — dori vositalari va tibbiy buyumlarni erkin muomalaga chiqarish (import) uchun bojxona rejimiga yoki reimport bojxona rejimiga joylashtirish maqsadida ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish — ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazorati qoidalariga muvofiq toʻliq texnologik sikl boʻyicha yoki uning alohida bosqichlarida ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni seriyali ishlab chiqarish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash — dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi — litsenziyada koʻrsatilgan manzil (manzillar) boʻyicha ombordan dori vositalari va tibbiy buyumlarni hajmini cheklamagan tarzda tarqatish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana savdosi — dorixonalar va ularning filiallari tomonidan savdo maydonchasi va nazorat-kassa texnikasi bilan jihozlangan statsionar binolarda amalga oshiriladigan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni sotish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritish — dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishda:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida — tovarlarni bunday shaxsga begonalashtirish yoki keyinchalik sotish uchun uni ishlab chiqaruvchidan yangi egasiga yoki boshqa shaxsga birlamchi pullik yoki bepul berish, uni tarqatish va (yoki) foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida — bojxona organlari tomonidan tovarlarni erkin muomalaga (importga) yoki reimportga chiqarish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning muomalasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import qilish), dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish, saqlash, tashish, qabul qilish va topshirish, shu jumladan, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish va realizatsiya qilish (sotish);
dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish — oxirgi isteʼmolchiga (yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, jismoniy shaxslarga) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni sotish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish (zarar yetkazish, yoʻqotish), dori vositalari va tibbiy buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida sotish (eksport qilish), namuna olish, tibbiy yordam koʻrsatishda dori vositalari va tibbiy buyumlardan foydalanish;
dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi ishtirokchilari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar;
mahsulotni raqamli markirovkalash — ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq raqamli identifikatsiya vositalarini mahsulotga yoki uning oʻramlariga yoki boshqa moddiy tashuvchiga yelimlash;
raqamli identifikatsiya vositalari — mahsulotga yoki uning oʻramlanishiga yoki boshqa moddiy tashuvchiga tatbiq etish uchun moʻljallangan ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida taqdim etilgan mashinada oʻqiladigan shaklda markirovka kodi;
markirovka kodi — tovarlarning har bir birligini identifikatsiyalash maqsadida tuzilgan identifikatsiya kodi va tasdiqlash kodi toʻplami;
identifikatsiya kodi — mahsulot kodini va mahsulot raqamini oʻz ichiga olgan ramziy ketma-ketlik;
xavfsizlik kodi — identifikatsiya kodi asosida taqlid qoʻshish rejimida operator tomonidan shakllanadigan va identifikatsiya kodining soxtalashtirilganligini aniqlashga imkon beradigan ramziy ketma-ketlik;
mahsulot kodi — tovar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan GS1 Oʻzbekiston assotsiatsiyasining axborot resursida tavsiflanganda mahsulotga va/yoki tovar guruhiga berilgan logistik birliklarning buxgalteriya kodi;
MST — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyati turlari boʻyicha mahsulotlarning (tovarlarning, ishlarning, xizmatlarning) statistik tasnifi;
TIF TN kodi — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi;
seriyalash — operator tomonidan markirovka kodlarini yaratish jarayoni;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi (BBS) — tovar aylanmasi ishtirokchisi va MMK MAT oʻrtasida axborot almashinuvi uchun moʻljallangan va tovar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovka kodlarini olish va identifikatsiya vositalari orqali tovarlarni markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatish uchun foydalaniladigan dasturiy taʼminot vositasi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning kuzatib borish — ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi ishtirokchilari tomonidan MMK MATda roʻyxatdan oʻtgan maʼlumotlar asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasini tahlil qilish;
birlamchi (ichki) oʻram — dori vositasi yoki tibbiy buyum bilan bevosita aloqada boʻlgan konteyner yoki oʻram;
ikkilamchi (tashqi) oʻram — birlamchi (ichki) oʻramda dori vositasi yoki tibbiy buyumni oʻz ichiga olgan dori vositasi yoki tibbiy buyumning konteyneri yoki oʻrami;
isteʼmol oʻrami — pirovard isteʼmolchiga sotish uchun moʻljallangan dori vositasining yoki tibbiy buyumlarning ikkilamchi (tashqi) oʻrami, u boʻlmagan taqdirda, birlamchi (ichki) oʻram;
transport oʻrami — dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni birlamchi yoki ikkilamchi oʻramlarning, ixtiyoriy toʻplamlarini birlashtirish, saqlash va tashish, shuningdek, joyini oʻzgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni taʼminlash uchun moʻljallangan va mustaqil transport birligini hosil qiladigan oʻram;
agregirlash — identifikatsiya qilish kodlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq maʼlumotlarni saqlab qolish orqali isteʼmol oʻramlarini transport oʻramiga, shuningdek, transport oʻramlarini keyingi bosqichdagi transport oʻramiga kiritilgan va yaratiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning aylanma zanjiri boʻylab harakatini transport oʻramini ochishga ehtiyoj qoldirmasdan kuzatib borishni taʼminlash.
Agregirlash har qanday darajadagi kiritish imkoniyatiga ega:
birinchi darajali agregirlash — isteʼmol oʻramlarini birinchi darajali transport oʻramiga, masalan, qutiga birlashtirish;
ikkinchi va undan keyingi darajalarni agregirlash — transport oʻramlarini yuqori darajadagi boshqa transport oʻramiga, masalan, palet yoki konteynerga birlashtirish;
agregirlangan bojxona kodi — operator tomonidan shakllantiriladigan, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni bojxona deklaratsiyasidan oʻtkazishda qoʻllaniluvchi raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida qoidalarga muvofiqlikda mahsulotlarni identifikatsiyalash maqsadlari uchun agregirlash jarayonida mahsulotlarni birlashtiruvchi, oʻzi bilan har bir mahsulotning identifikatsiyalash kodlarini, jumladan, oʻramning identifikatsiyalash kodlari birlashtirilishini taqdim etuvchi mahsulotlarning alohida majmuasi uchun belgilarning noyob ketma-ketligi;
shaxsiy kabinet — tajriba loyiha ishtirokchisiga taqdim etilgan MMK MATning maxsus axborot xizmati;
katalog — raqamli markirovkalangan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kataloglashtirish va saqlash uchun ishlatiladigan MMK MATning quyi tizimi;
ishtirokchilar roʻyxati — tajriba loyihasi ishtirokchilarining roʻyxati;
IV registri — identifikatsiya qilish vositalarining roʻyxati;
elektron hujjat (EH) — elektron hujjat tafsilotlariga ega boʻlgan, uni aniqlashga imkon beradigan elektron shaklda qayd etilgan maʼlumotlar;
elektron hisobvaraq — faktura (EHF) — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriluvchi, elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasi tizimi operatorlari orqali chiqariluvchi va olinuvchi mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotilishini va xarid qilinishini tasdiqlovchi elektron hujjat (jumladan, qoʻshimcha hisobvaraq-faktura va toʻgʻrilangan hisobvaraq-faktura);
nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal xotiradagi maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek, fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
fiskal maʼlumotlar operatori — onlayn tartibda fiskal maʼlumotlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va saqlanishini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi;
xizmat koʻrsatuvchi “servis” provayder — mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining topshirigʻi boʻyicha markirovkalash kodining identifikatsiyalash vositasiga oʻzgartirilishini va identifikatsiyalash vositasining isteʼmol oʻramiga va (yoki) guruhlangan oʻramiga va (yoki) yorliqqa va (yoki) stikerga operator tomonidan taqdim etiluvchi distributsiyaning, nashrning va validatsiyaning dasturiy-apparat majmuasini qoʻllash bilan tushirilishini hamda identifikatsiyalash vositalarining validatsiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
4. Tajriba loyihasining ishtirokchilari:
a) Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (Qoʻmita);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sogʻliqni saqlash vazirligi);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi (Agentlik);
b) dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi ishtirokchilari, shu jumladan;
ishlab chiqaruvchilar;
import qiluvchilar;
ulgurji savdo korxonalari;
chakana savdo korxonalari;
tibbiyot tashkilotlari va birlashmalari;
v) “CRRT TURON” MCHJ — MMK MAT operatori;
g) fiskal maʼlumotlar operatori;
d) elektron hisob-fakturalarning rouming operatori.
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi ishtirokchilari ixtiyoriy ravishda tajriba loyihasida qatnashadilar. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi ishtirokchilari operatorga ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan namuna boʻyicha toʻldirilgan tajriba loyihada ishtirok etish uchun arizani taqdim etadilar. Ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tajriba loyihasini boshlash bilan cheklanmaydi.
6. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning raqamli markirovkalanishi va kuzatib borilishi ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar
7. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchisi quyidagi shartlarni taʼminlaydi:
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:
tashkilotning amaldagi rahbari nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo (ishonchnomasiz imzo chekish huquqiga ega boʻlgan shaxs) mavjudligi (roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning xorijiy egalari uchun elektron raqamli imzo mavjudligi zarur emas);
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha ishlar olib boriladigan ishlab chiqarish maydonchalarida va omborlarda, MMK MATga ulanish va elektron hujjat almashish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish nuqtalari mavjudligi;
MMK MAT bilan oʻzaro aloqa uchun zarur boʻlgan elektron hujjatlarni yaratish va qabul qilish imkoniga ega boʻlgan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, markirovka kodlarini berish yuzasidan soʻrovni yaratish, markirovka kodlarini olish, markirovka kodlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirish, elektron hisobvaraqlarni yaratish);
dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalashni taʼminlash uchun zarur boʻlgan markirovkalash uskunalari va dasturiy taʼminotning mavjudligi (shu jumladan, markirovka kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish va ularni yelimlash), shuningdek, ularning keyinchalik MMK MATga ulanishi;
farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya mavjudligi;
b) dori vositalarining ulgurji va chakana savdosi korxonalari:
tashkilotning amaldagi rahbari nomiga berilgan elektron raqamli imzo (ishonchnomasiz imzo chekish huquqiga ega boʻlgan shaxs) mavjudligi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va sotish boʻyicha faoliyat olib boriladigan omborlar va savdo binolarida, MMK MATga ulanish va elektron hujjat almashish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish nuktalari mavjudligi;
MMK MAT bilan oʻzaro aloqa uchun zarur boʻlgan elektron hujjatlarni yaratish va qabul qilish imkoniga ega boʻlgan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, elektron hisob-fakturalar bilan ishlashda);
Nazorat-kassa texnikasiga ulangan raqamli identifikatsiyalash vositalarini skanerlash va tanib olish uskunalari mavjudligi (chakana savdo korxonalari uchun);
farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi;
v) tibbiyot tashkilotlari:
tashkilotning amaldagi rahbari nomiga berilgan elektron raqamli imzo (ishonchnomasiz imzo chekish huquqiga ega boʻlgan shaxs) mavjudligi;
tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tadbirlar olib boriladigan binolarda, MMK MATga ulanish va elektron hujjatlar almashish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish nuqtalarining mavjudligi;
MMK MAT bilan oʻzaro aloqa uchun zarur boʻlgan elektron hujjatlarni yaratish va qabul qilish imkoniga ega boʻlgan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, elektron hisob-fakturalar bilan ishlashda);
dori vositalari va tibbiy buyumlar tibbiy maqsadlarda foydalanish sababli aylanmadan olib qoʻyilishini qayd etish uchun maxsus (mobil) dastur oʻrnatish uchun moʻljallangan mobil qurilma.
3-bob. Maʼlumotni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻzgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, ishtirokchini tajriba loyihasidan chetlashtirish
8. Ishtirokchilar roʻyxatiga kiritish uchun tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasining ishtirokchisi MMK MAT rasmiy veb-saytida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizani shakllantiradi:
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ishlab chiqarish maydonlari va omborlarning manzili (manzillari);
elektron pochta manzili;
aloqa qilinadigan telefon raqami;
farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji va chakana savdosi korxonalari:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ombor va chakana binolarning manzili (manzillari);
elektron pochta manzili;
aloqa qilinadigan telefon raqami;
farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchilari arizada qoʻshimcha boshqa maʼlumotlarni koʻrsatishga haqlidir;
v) tibbiyot tashkilotlari:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ombor va chakana binolarning manzili (manzillari);
elektron pochta manzili;
aloqa qilinadigan telefon raqami;
farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9. Agar ariza ushbu Vaqtinchalik nizomning 8-bandiga mos keladigan boʻlsa, operator real vaqt rejimida:
dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchisini ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasining ishtirokchisi uchun shaxsiy hisob raqamni ochadi;
dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasidagi ishtirokchini ishtirokchilar reyestriga kiritilganligi va shaxsiy kabinet ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Xabarnomada ishtirokchilar reyestrida dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatga olish raqamlari koʻrsatiladi.
10. Tajriba loyihasi ishtirokchisi oʻzining shaxsiy kabinetida uning nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK MATga yuborish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, ushbu shaxslarning elektron raqamli imzo sertifikatlari shakllarini yaratadi va ishtirokchilar reyestrida qayd etadi.
11. Dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi subyektini tajriba loyihasining ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos ushbu Vaqtinchalik nizomning 8-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan maʼlumotlarning koʻrsatilishi, zarur maʼlumotlar taqdim etilmasligi va (yoki) operator tajriba loyihasi ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan maʼlumotlarni olishi deb hisoblanadi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchisi sudgacha (daʼvo tartibida) yoki sudda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
12. Ishtirokchilar reyestridagi maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasida qatnashuvchini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzgartiriladi.
13. Operator dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchisini oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etilgan arizasiga binoan bunday ariza berilganidan keyin 5 (besh) ish kuni ichida ishtirokchilar reyestridan chiqarib tashlaydi.
14. Farmatsevtika faoliyatini olib borish huquqini beruvchi litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan operatorga real vaqt rejimida taqdim etiladi. Axborot almashish protokoli operator va Agentlik tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
4-bob. Dori vositasi yoki tibbiy buyum haqida maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
15. Dori vositalari yoki tibbiy buyumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulotlar katalogiga kiritish uchun dori vositalari yoki tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish haqida MMK MATga arizani shakllantiradi:
mahsulot kodi (GTIN);
MST kodi;
TIF TN kodi;
GTIN kodi (GS1 kodi);
dori vositasi yoki tibbiy buyumning roʻyxatga olish raqami;
dori vositasining patentlanmagan xalqaro nomi;
dori vositasi yoki tibbiy buyumning savdo nomi;
dori vositasi yoki tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi mamlakat;
dori vositasini yoki tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchining nomi;
dozalash shakli;
farmakoterapevtik guruh;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuzilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiritish;
dori vositasi yoki tibbiy buyumning oʻrami turi;
isteʼmol oʻramidagi birlamchi (ichki) yoki ikkilamchi (tashqi) oʻramlar soni (isteʼmol oʻrami uchun);
transport oʻramidagi isteʼmol oʻramlari soni (transport oʻramlari);
oʻram fotosurati (oldingi koʻrinish, orqa koʻrinish).
Dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni mahsulot katalogida roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga operator tomonidan tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
16. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 15-bandida belgilangan talablarga javob bersa, Operator ariza qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida:
dori vositalari yoki tibbiy buyumlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirishni (moderatsiya qilishni) amalga oshiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisiga dori vositalari yoki tibbiy buyumlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirish (moderatsiya) natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni mahsulot katalogiga kiritadi.
17. Dori vositalari yoki tibbiy buyumlar mahsulot katalogiga kiritilishi operator tomonidan mahsulotning kartochkasida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi elektron raqamli imzo bilan imzolangandan soʻng amalga oshiriladi.
18. Dori vositalari yoki tibbiy buyumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot katalogida oʻzgartirish va ushbu maʼlumotlarni mahsulot katalogidan chiqarish mahsulot katalogiga maʼlumot kiritish bilan bir xil ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
19. Dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalar haqidagi maʼlumotlar operatorga Agentlik tomonidan real vaqt rejimida taqdim etiladi. Axborot almashish protokoli operator va Agentlik tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
5-bob. Markirovkalash kodiga kiritilgan maʼlumotlarning tarkibi, isteʼmolchilarga dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻramlashda identifikatsiya vositalarini shakllantirish va qoʻllash
20. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash GS1 DataMatrix koʻrinishidagi ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida isteʼmol mahsulotida raqamli identifikatsiyalash vositasini (markirovkalash kodini mashinada oʻqiladigan shaklda) shakllantirish va qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
21. Raqamli identifikatsiya qilish vositasi operator tomonidan yaratiladigan markirovkalash kodini va 4 ta guruh maʼlumotini oʻz ichiga oladi, ulardan birinchi va ikkinchi guruh isteʼmol mahsulotining identifikatsiya kodini, uchinchi va toʻrtinchi guruh esa tekshirish kodini shakllantiradi:
maʼlumotlarning birinchi guruhi — oldingi identifikatori (01) boʻlib, 14 ta raqamli belgidan iborat boʻlgan savdo birligining global identifikatsiyalash raqami;
maʼlumotlarning ikkinchi guruhi — oldingi identifikatori (21) boʻlib, 13 ta raqamli belgi yoki harfli-raqamli ketma-ketlikdan (lotin alifbosida) iborat savdo birligining individual seriya raqami. Ushbu guruh maʼlumotlari uchun ASCII belgilar jadvalida 29 kodli belgi mavjud boʻlgan maxsus ajratuvchi belgi, tugatuvchi belgi sifatida qoʻllanilishi lozim.
maʼlumotlarning uchinchi guruhi — 4 ta belgidan iborat (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) tekshirish kalitining identifikatori (individual tartib raqami) va dastur qoʻllash kodi bilan identifikatsiyalanadi (91);
maʼlumotlarning toʻrtinchi guruhi — 44 ta belgidan (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) iborat tekshirish kodi va qoʻllash kodi bilan identifikatsiyalanadi (92).
Maʼlumotlar guruhlari birinchisidan toʻrtinchisigacha ketma-ket joylashtirilishi kerak.
22. Markirovkalash kodini raqamli identifikatsiya qilish vositasiga aylantirish tajriba loyihasi ishtirokchisi — isteʼmolchilar oʻramlarini shakllantiruvchi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Raqamli identifikatsiyalash vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ISO/MEK 16022:2006 xalqaro standartiga muvofiqligi “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Data Matrix shtrix-kodining simbologiyasi” (ISO/IEC 16022:2006 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Data Matrix bar code symbology specification”);
xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix ECC 200 ga teng yoki undan yaxshiroq;
ASCII kodlashdan foydalanish;
isteʼmol mahsuloti va guruh oʻrami uchun kamida 0,255 millimetrli, transport oʻrami uchun — kamida 2 millimetrli modul qoʻllaniladi;
raqamli identifikatorning taxmin qilish ehtimoli juda kam boʻlishi, yaʼni barcha hollarda 10000 dan 1 dan kam boʻlishi kerak;
identifikatsiya kodida, tekshiruv kodida va tekshiruv kalitining identifikatorida foydalanishga ruxsat berilgan belgilar ABCDEFGNIJKLMNOPQRSTUVWXYZabcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789 !”%&ʼ*+-./_,:;=<>? qatorida keltirilgan.
6-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash qoidalari
24. Dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchilari dori vositalari va tibbiy buyumlarni mustaqil ravishda markirovkalaydi va raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq MMK MATga taqdim etadilar.
25. Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida operator tajriba loyihasi ishtirokchilariga — dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilari va importyorlarga quyidagilarni taqdim etadi:
markirovkalash kodlarini buyurtma qilish va qabul qilish uchun markirovkalash uskunalari va dasturiy taʼminoti, markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish, raqamli identifikatsiya vositalarini isteʼmol oʻramlarida yelimlash va yelimlangan raqamli identifikatsiya vositalari toʻgʻrisida maʼlumotni MMK MATga yuborish.
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi — MMK MAT bilan maʼlumot almashish uchun zarur boʻlgan dasturiy-apparat kompleksi, shu jumladan, buyurtma berish va markirovkalash kodlarini olish.
26. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
raqamli identifikatsiya vositalari tipografik usulda tayyorlangan maxsus belgilangan maydonda omborga joʻnatishdan oldin toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish liniyasida yelimlanadi (oʻlchami kamida 10*10 millimetr);
raqamli identifikatsiyalash vositalarining oʻlchami va joylashishi isteʼmol oʻramlarini ochishga hojat qoldirmasdan maʼlumotlarni yigʻish terminallari, maxsus (mobil) dasturlar, lazerli skanerlarni oʻz ichiga olgan raqamli identifikatsiya vositalarini bevosita vizual koʻrish va toʻgʻri oʻqish imkoniyatini taʼminlashi kerak;
raqamli identifikatsiya qilish vositasi dori vositasi yoki tibbiy buyumning butun yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiyalash vositasini isteʼmol oʻramlaridan ajratib olishga imkon bermaydigan usulda yelimlanadi;
raqamli identifikatsiya vositalari shaffof plyonkada yoki boshqa har qanday tashqi oʻrash materialida bosilmasligi va boshqa maʼlumotlar bilan qoplanmasligi kerak;
raqamli identifikatsiya qilish vositasi isteʼmol oʻramlariga, maʼlumotlarning yaxlitligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq buzilmaydigan qilib joylashtirilishi kerak.
27. Raqamli identifikatsiyalash vositalarini yelimlash usulini tanlashda oʻramlash materiali va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan markirovkalash uskunalari borasida cheklovlar yoʻq.
7-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlarini taqdim etish
28. Raqamli identifikatsiya qilish orqali mahsulotlarni markirovkalash maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi operatorga markirovkalash kodlarini olish uchun ariza yuboradi. Ushbu arizalar buyurtmalarni boshqarish stansiyasidan foydalangan holda mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
29. Belgilash kodlarini olish uchun ariza quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
mahsulot kodi tayinlangan dori yoki tibbiy asbob mahsulot katalogiga kiritilganida;
talab qilingan markalash kodlari soni.
30. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizom bilan belgilangan talablarga javob bersa, operator koʻrsatilgan arizani roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab 4 soatdan kechiktirmay:
kerakli miqdordagi markalash kodlarini seriyalashtiradi;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali tajriba loyihasi ishtirokchisiga markirovkalash kodlarini taqdim etadi;
chiqarilgan belgi kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatiga kiritadi.
31. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi markirovka kodlarini olgandan soʻng:
a) markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish va ular isteʼmolchilarning oʻramlashiga tatbiq etilishini taʼminlaydi;
b) buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali markirovkalash kodlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga yuboradi (koʻrsatilgan maʼlumotlar elektron shaklda yuboriladi):
mahsulotni markirovkalash sanasi va vaqti;
raqamli identifikatsiya qoʻllaniladigan vositalar roʻyxati.
32. Operator tajriba loyihasi ishtirokchisi — dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan raqamli identifikatsiyalash vositalari yelimlanishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olganidan soʻng, real vaqt rejimida tegishli markirovka kodlarining holatlari IV reyestrida aks ettirilishini hamda ushbu maʼlumotlar tajriba loyihasi ishtirokchilariga taqdim etilishini taʼminlaydi.
8-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni agregirlash, tajriba loyihasi doirasida ular aylanmasini kuzatish
33. Dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasining ishtirokchisi dori vositalari va tibbiy buyumlarni transport oʻramiga agregirlash jarayonini, import qilingan taqdirda — agregirlangan bojxona kodini yaratish jarayonini amalga oshiradi.
MMK MATga transport oʻrami yoki agregirlangan bojxona kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish MMK MAT maʼlumotlariga koʻra bunday transport oʻrami yoki agregirlangan bojxona kodida mavjud boʻlgan agregirlangan isteʼmol va transport oʻramlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatishga teng hisoblanadi.
MMK MATda transport oʻrami yoki agregatsiya bojxona kodi haqidagi maʼlumotlarni taqdim yetish MMK MATga koʻra, bunday transport oʻrami yoki agregatsiya bojxona kodida joylashgan isteʼmol va transport oʻrami haqidagi maʼlumotlarni uzatishga teng deb hisoblanadi.
34. Agregirlash tartib-taomilini amalga oshirish uchun mahsulot aylanmasining ishtirokchisi birlashma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga elektron shaklda kiritadi:
a) isteʼmol paketlarini transport oʻramlariga yigʻish operatsiyasini bajarish natijasi:
yigʻish tartibini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
birlashtirilgan isteʼmol paketlari soni;
toʻplangan isteʼmol paketlari uchun identifikatsiya kodlari;
hosil qilingan transport paketining identifikatsiya kodi;
b) transport oʻramlarini keyingi darajadagi transport oʻramlariga agregirlash jarayonini bajarish natijasi:
yigʻish tartibini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
yigʻilgan transport paketlari soni;
yigʻilgan transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari;
hosil qilingan transport paketining identifikatsiya kodi;
v) yigʻish bojxona kodini shakllantirish operatsiyasining natijasi:
yigʻish tartibini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
isteʼmolchilar va transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari.
35. Transport oʻramining identifikatsiyalash kodi bir oʻlchamli shtrix kod koʻrinishida Davlatlararo GOST ISO 15394-2013 “Oʻram. Yuklab joʻnatish, transportda tashish va qabul qilish uchun yorliqlarda shtrix kodning chiziqli belgilari va ikki oʻlchamli belgilar. Umumiy talablar” standartiga muvofiq taqdim etiladi (ISO 15394:2009 “Packaging — Bar code and two-dimensional symbols for shipping, transport and receiving labels”).
36. Operatsiyalarni amalga oshiradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchilari transport vositasi ichida mahsulotlarni olib qoʻyish va (yoki) oʻtkazish toʻgʻrisida MMK MATga quyidagi maʼlumotlar elektron shaklda yuboradi:
olib chiqish, topshirish operatsiyasini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
oʻzgartiriladigan isteʼmolchilar yoki transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari roʻyxati;
transformatsiya operatsiyalari turi (oʻtkazish, olib qoʻyish).
37. Isteʼmol mahsulotlarini boshqa transport paketiga oʻtkazishda oʻtkazilayotgan mahsulotlarning tegishli identifikatsiya kodlari roʻyxati, shuningdek, ushbu transport oʻtkazilgan transport paketining identifikatsiya kodi koʻrsatiladi.
38. Operator real vaqt rejimida mahsulotlarni yigʻish, olib qoʻyish va (yoki) oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumot olganidan soʻng ularning IV reyestrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
39. Tajriba loyihasida ishtirok etadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning muomalaga kiritilishi va aylanishi monitoringi operator tomonidan MMK MAT orqali amalga oshiriladi.
40. Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi ishtirokchilari oʻrtasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻtkazish (qabul qilish) paytida dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasining kuzatilishi:
sotishni (joʻnatishni) amalga oshiradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchisi sotilgan (joʻnatilgan) transport vositalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiyalash vositalarini tekshiradi va tan oladi va mahsulotlarni sotish toʻgʻrisida elektron hisob-faktura (EHF) shaklida xabarnoma ishlab chiqaradi mahsulotlar joʻnatilgan (topshirilgan) kundan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida elektron raqamli imzo bilan imzolaydi;
mahsulotni sotib oluvchi (qabul qiluvchi) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi mahsulot toʻliq qabul qilingan taqdirda, mahsulotni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, elektron hisob-faktura shaklida 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, ushbu mahsulotni qabul qilgan kundan boshlab, jumladan, uchinchi shaxslarga topshirgan kundan kech boʻlmagan muddatda imzolaydi;
elektron hisob-fakturalarning rouming operatori real vaqt rejimida MMK MATga mahsulotlarning sotilishi toʻgʻrisidagi barcha xabarnomalarni (elektron hisob-kitob shaklida) yuboradi;
mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan mahsulotlarni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma (elektron hisob-faktura shaklida) olinganda, operator real vaqt rejimida MMK MATda mahsulot aylanmasining bitta ishtirokchisi tomonidan mahsulotlarni boshqa ishtirokchiga topshirish faktini aks ettiradi.
9-bob. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritish, ularni muomaladan chiqarish va jarayonni nazorat qilish
41. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqaruvchi mahsulotlarni sotish toʻgʻrisida elektron hisob-faktura (EHF) shaklida xabarnomani ishlab chiqadi, mahsulotlar joʻnatilgan (topshirilgan) kundan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida elektron raqamli imzo bilan imzolaydi;
b) mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan sotib oladigan (qabul qiladigan) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi oʻz elektron raqamli imzosi bilan mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi xabarnomani imzolaydi;
v) elektron hisob-fakturalarning rouming operatori real vaqt rejimida MMK MATga mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi barcha xabarnomalarni (elektron hisob-faktura shaklida) yuboradi;
g) mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi bildirishnoma (elektron hisob-faktura shaklida) taqdim etilgandan soʻng operator real vaqt rejimida dori vositalari va tibbiy buyumlar muomaladan chiqarilganligini MMK MATda aks ettiradi.
42. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasining ishtirokchisi — dori vositalari va tibbiy buyumlar importyori import qilinadigan mahsulotlarni erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimi ostida joylashtiradi;
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi erkin muomalaga (importga) chiqarish yoki reimport qilish maqsadida yuk bojxona deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay MMK MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron shaklda olib kirish (import) toʻgʻrisida xabarnomani yuboradi:
erkin aylanmaga (importga) chiqarish maqsadida bojxona organi tomonidan qabul qilingan yuk bojxona deklaratsiyasining maʼlumotlari;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar paketlarining identifikatsiya kodlari yoki yigʻma bojxona kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) Olib kirish (import) toʻgʻrisidagi xabarnoma olingandan soʻng operator real vaqt rejimida MMK MATda raqamli identifikatsiya vositasi aylanmaga kiritilganligini aks ettiradi.
43. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish maqsadida:
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotishda:
mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshiradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchisi, oʻrnatilgan va roʻyxatdan oʻtgan nazorat-kassa texnikasi bilan bogʻliq boʻlgan texnik vositalar (nazorat-kassa texnikalarni skanerlash vositalari yoki alohida oʻrnatilgan skanerlash uskunalari) yordamida raqamli identifikatsiyalash vositalarini skaner qiladi va oʻqiydi;
fiskal maʼlumotlar operatori real vaqt rejimida MMK MATga har bir sotilgan mahsulot birligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatadi (elektron fiskal hujjat shaklida);
mahsulotlarning chakana savdosi toʻgʻrisida xabarnoma (elektron fiskal hujjat shaklida) olinganidan soʻng operator real vaqtda raqamli identifikatsiya qilish vositasi muomaladan chiqarilganligini MMK MATda aks ettiradi;
b) tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlardan foydalanilgan taqdirda:
tibbiy yordam xizmatlarini koʻrsatuvchi tibbiyot tashkiloti raqamli identifikatsiyalash vositasini markirovkalash kodlarining aylanmadan chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun maʼlumotni yuborishni taʼminlovchi uskunaning maxsus (mobil) oʻrnatilgan mobil ilovasi yordamida skanerlaydi va taniydi;
ushbu maqsadda tibbiy yordam koʻrsatilishi sababli dori vositasini yoki tibbiy buyumni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgandan soʻng operator real vaqtda raqamli identifikatsiya qilish vositasini muomaladan olib qoʻyish faktini MMK MATda aks ettiradi;
v) boshqa sabablarga koʻra (zarar, oʻgʻirlik, yaroqlilik muddati va h.k.) dori vositalari va tibbiy buyumlarni hisobdan chiqarishda:
dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni hisobdan chiqaradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchisi tashlab yuborilgan dori paketlaridagi raqamli identifikatsiyalash vositalarini tekshiradi va taniydi;
har bir hisobdan chiqarilgan mahsulot birligi, shu jumladan, aylanmadan olib qoʻyilgan identifikatsiya kodlari, aylanmadan chiqarish sabablari, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yoʻq qilish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat rekvizitlarini oʻz ichiga olgan har bir mahsulot birligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumot MMK MATga oʻtkazilishini amalga oshiradi;
boshqa sabablarga koʻra dori vositasini yoki tibbiy buyumni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgandan soʻng operator real vaqtda raqamli identifikatsiya vositasining muomaladan chiqarilishi faktini MMK MATda aks ettiradi.
44. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning monitoringi isteʼmolchilar tomonidan maxsus (mobil) dastur orqali isteʼmol mahsulotiga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiya vositasini skanerlash orqali amalga oshiriladi.
Maxsus (mobil) dastur ishlab chiqiladi va operator tomonidan tarqatiladi.
45. Operator isteʼmolchiga mahsulot katalogiga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning oʻramlanishi, uning hozirgi holati, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va joyi toʻgʻrisida maʼlumot berilishini taʼminlaydi.
46. Isteʼmolchi sotib olingan dori mahsulotlari yoki tibbiy buyumlar toʻgʻrisida operatordan olingan haqiqiy maʼlumotlar bilan notoʻgʻri maʼlumotlarni aniqlasa, isteʼmolchi “Asl belgisi” va “Soliq” mobil dasturlari orqali MMK MATga xabarnoma yuboradi.
MMK MAT ushbu xabarnomani qabul qilib, qayd etilgan holatlar yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi taʼminlash uchun rasmiy maʼlumotlarni belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Qoʻmitaga yuboradi.
10-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining axborot almashinuvini taʼminlash
47. Tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida operator quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tajriba loyihasi ishtirokchilarining reyestrini yuritish;
mahsulotlar katalogini yuritish;
IV reyestrini yuritish;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga MMK MAT maʼlumotlarini taqdim etish (tijorat va boshqa qonun bilan himoyalangan sirlarni tarqatishda cheklovlar hisobga olingan holda);
isteʼmolchilarga dori vositalari va tibbiy buyumlar va ularning MMK MATdagi holati toʻgʻrisida maʼlumot berish.
48. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining operator bilan oʻzaro aloqasi elektron hujjatlarni, shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan imzolangan hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
49. Elektron hujjatlarni almashish MMK MAT orqali aloqa kanallari yordamida hamda shaxsiy kabinet orqali ham amalga oshiriladi.
50. Elektron hujjatlarga kiritilgan maʼlumotlarning, shu jumladan, shaxsiy kabinetda yaratilgan maʼlumotlarning muvofiqligi avtomatik ravishda MMK MAT yordamida tekshiriladi.
51. Agar MMK MATga notoʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, operator aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchisiga hamda belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Qoʻmitaga xabarnoma yuboradi.
52. Agar MMK MATga toʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, operator dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ishtirokchisiga maʼlumotlarning MMK MATga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
53. MMK MATga uzatiladigan elektron hujjatlarning formatlari operator tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va Internet jahon axborot tarmogʻidagi operator rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
2. Ariza beruvchi joylashgan joyi (pochta manzili):_______________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, faks va boshqalar)
3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari_________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazib berishingizni soʻrayman:
Roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli maʼlumotlar:
Tashkilotning elektron pochtasi:__________________________
Tashkilotning telefon raqami: ___________________________
Tashkilot rahbarining lavozimi
(imzo)
_________________________
(rahbarning F.I.O.)
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
Salitsil kislotasi, O-asetilsalitsil kislotasi, ularning tuzlari va efirlari
2.
2922410000
2922420000
2923100000
2923200000
2923300000
2923400000
2923900000
2924110000
2924120000
2924190000
2924230000
2924240000
2924250000
2924291000
2924299900
21.10.20.0
Lizin, glutamik kislota va ularning tuzlari; toʻrtinchi tuzlar va ammoniy gidroksidlar; fosfoaminolipidlar; amidlar, ularning hosilalari va tuzlari
3.
2932201000
2932202000
2933111000
2933119000
2933191000
2933199000
2933210000
2933520000
2933531000
2933539000
2933540000
2933550000
2933591000
2933592000
2933599500
2933691000
2933694000
2933698000
2934301000
2934309000
21.10.31.0
Boshqa joylarda tasniflanmagan laktonlar; tarkibida faqat azotli heteroatomlar boʻlgan, tarkibida eritilmagan pirazol halqasi, pirimidin halqasi, piperazin halqasi, eritilmagan triazin halqasi yoki fenotiazin boʻlgan heterotsiklik birikmalar
4.
2935100000
2935200000
2935300000
2935400000
2935500000
2935903000
2935909000
21.10.32.0
Sulfonamidlar
5.
2940000000
21.10.40.0
Boshqa guruhlarga kiritilmagan kimyoviy toza shakar, boshqa guruhlarga kiritilmagan shakar efirlari va ularning tuzlari
6.
2936210000
2936220001
2936220009
2936230000
2936240000
2936250000
2936260000
2936270000
2936280000
2936290000
2936900000
21.10.51.0
Provitaminlar, vitaminlar va ularning hosilalari
7.
2937110000
2937120000
2937190000
2937210000
2937220000
2937230000
2937290000
2937500000
2937900000
21.10.52.0
Gormonlar, ularning hosilalari; asosan gormonlar sifatida ishlatiladigan boshqa steroidlar
8.
2938100000
2938901000
2938903000
2938909000
2939110000
2939190000
2939200000
2939300000
2939410000
2939420000
2939430000
2939440000
2939490000
2939510000
2939590000
2939610000
2939620000
2939630000
2939690000
2939710000
2939790000
2939800000
21.10.53.0
Glikozidlar, oʻsimlik alkaloidlari, ularning tuzlari, efirlari va efirlari va boshqa hosilalar
9.
2941100000
2941203000
2941208001
2941208009
2941300001
2941300002
2941300009
2941400001
2941400009
2941500001
2941500009
2941900001
2941900002
2941900009
21.10.54.0
Antibiotiklar
10.
3001201000
3001209000
3001902000
3001909100
3001909800
3002901000
3002903000
3002905000
3002909000
21.10.60.0
Bezlar va boshqa organlar; ularning ekstraktlari va boshqa toifalarga kiritilmagan odam yoki hayvonning boshqa moddalari
11.
3003100000
21.20.11.1
Penitsillinlar yoki ularning hosilalarini oʻz ichiga olgan, penitsill kislotasining tuzilishiga ega boʻlgan yoki streptomitsinlar yoki ularning hosilalarini oʻz ichiga olgan terapevtik yoki profilaktika maqsadida ishlatiladigan dorilar, chakana savdo uchun qadoqlanmagan
12.
3003200000
21.20.11.2
Chakana savdo uchun qadoqlanmagan, boshqa antibiotiklarni oʻz ichiga olgan dorilar
13.
3004100001
3004100004
3004100005
3004100006
3004100007
3004100008
21.20.11.3
Oʻz ichiga penitsillinlar yoki ularning hosilalarini oʻz ichiga olgan, penitsill kislotasining tuzilishiga ega boʻlgan yoki streptomitsinlar yoki ularning hosilalarini oʻz ichiga olgan, dozalashtirilgan yoki chakana savdo uchun qadoqlangan dorilar
14.
3004200001
3004200002
3004200003
3004200009
21.20.11.4
Chakana savdo uchun qadoqlangan boshqa antibiotiklarni oʻz ichiga olgan dorilar
15.
3003310000
21.20.12.1
Chakana sotish uchun dozalash shaklida yoki paketlarga qadoqlanmagan terapevtik yoki profilaktika maqsadida insulinni oʻz ichiga olgan, ammo tarkibida antibiotiklar boʻlmagan dorilar.
16.
3003390000
21.20.12.2
Chakana sotish uchun dozalash shaklida yoki paketlarda qadoqlanmagan terapevtik yoki profilaktika maqsadida boshqa gormonlarni oʻz ichiga olgan (insulindan tashqari), ammo tarkibida antibiotik boʻlmagan dorilar.
17.
3004310000
21.20.12.3
Chakana sotish uchun dozalash shaklida yoki paketlarda qadoqlangan terapevtik yoki profilaktika maqsadida insulinni oʻz ichiga olgan, ammo tarkibida antibiotiklar boʻlmagan dorilar.
18.
3004320001
3004320009
3004390001
3004390009
21.20.12.4
Kortikosteroid gormonlarini oʻz ichiga olgan dorilar, ularning hosilalari yoki tuzilish analoglari, ammo tarkibida antibiotiklar boʻlmagan, terapevtik yoki profilaktika maqsadida, chakana sotish uchun dozalash shaklida yoki paketlarda qadoqlangan
19.
3004410000
3004420000
3004430000
3004490001
3004490009
3004500001
3004500002
3004500005
3004500006
3004500008
3004600000
3004900001
3004900002
3004900005
3004900006
3004900009
21.20.13.0
Alkaloidlar yoki ularning hosilalarini oʻz ichiga olgan yoki oʻz ichiga olmaydigan, ammo tarkibida gormonlar yoki antibiotiklar boʻlmagan dorilar
20.
3002110000
3002120001
3002120002
3002120003
3002120004
3002120005
3002120009
3002130000
3002140000
3002150000
3002190000
3002200001
3002200002
3002200009
3002300000
21.20.21.0
Immunitet zardoblari va vaksinalar
21.
3006600003
3006600009
21.20.22.0
Gormonlar yoki spermitsidlarga asoslangan kimyoviy kontratseptiv vositalar (tugʻilishni nazorat qilish)
22.
3003410000
3003420000
3003430000
3003490000
3003600000
3003900000
3006200000
3006300000
21.20.23.0
Boshqa diagnostika va farmatsevtik reaktivlar
23.
3005100000
21.20.24.1
Chakana sotuvga qoʻyilgan yopishtiruvchi qoplamalar va shunga oʻxshash materiallar, yopishtirilgan yuzasi, singdirilgan yoki farmatsevtika moddalari bilan qoplangan.
24.
3006101000
3006103000
21.20.24.2
Jarrohlik steril katgut
25.
3005901000
3005903100
3005905000
3005909900
21.20.24.3
Chakana savdoga qoʻyilgan paxta tolasi, doka va shunga oʻxshash materiallar singdirilgan yoki farmatsevtika moddalari bilan qoplangan
26.
3006500000
21.20.24.4
Tibbiy sumkalar va birinchi tibbiy yordam toʻplamlari
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatish
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatish boʻyicha milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi — MMK MAT) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar ariza Vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar roʻyxatidagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Operator
Vaqtinchaliq nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
2-bosqich. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni qayd qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni qayd etish boʻyicha arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK MAT veb-saytida shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:
arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot roʻyxatiga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisini dori vositalar va tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun kodlarni olish uchun operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki dori vositalari va tibbiy buyumlarni import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatiga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Operatorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Identifikatsiyalash vositasi dori vositalari va tibbiy buyumlarda qoʻllanilishini taʼminlaydi.
MMK MATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Dori vositalari va tibbiy buyumlarning qutilarida identifikatsiyalash vositalari qoʻllanilgandan soʻng
4-bosqich. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va aylanmasi monitoringini yuritish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Dori vositalari va tibbiy buyumlar agregatsiyasini amalga oshiradi.
Real vaqt rejimida
MMK MAT orqali avtomatik rejimda operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki mahsulotlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
dori vositalari va tibbiy buyumlarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida mahsulot yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK MATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni elektron hisob-varaq faktura maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (import qiluvchi)
Import qilinayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga mahsulotlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan mahsulotlarni chiqarish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;
mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovka kodi va mahsulot nomi;
mahsulotning kelib chiqish mamlakati kodi.
Real vaqt rejimida
Operator
Maʼlumotlarni olgandan keyin ularni MMK MAT reyestrida aks etilishni taʼminlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot dori vositalari va tibbiy buyumlarni nazorat-kassa texnikasi mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini nazorat-kassa texnikasi bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat-kassa texnikasi orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal maʼlumotlar operatori
Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatadi. Nazorat-kassa texnikasi ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech boʻlmagan muddatda
Operator
Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiyalash vositasi bilan raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarning muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV reyestrida aks ettiradi.
Real vaqt rejimida
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 4-ILOVA
Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan idishda qadoqlangan suv va salqin ichimliklarni (keyingi oʻrinlarda — mahsulotlar) raqamli markirovkalash va keyinchalik kuzatib borish tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi) amalga oshirish tartibini, shuningdek, markirovka kodlarini taqdim etish va markirovkalashni amalga oshirishda harakatlar ketma-ketligini hamda tajriba loyihani ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Tajriba loyihasining maqsadlari:
a) Raqamli identifikatsiyalash va kuzatib borish vositalari yordamida markirovkalash mexanizmining samaradorligi, natijadorligi, toʻliqligi va yetarli darajada ekanligini sinash orqali:
mahsulotlarning haqiqiyligini tasdiqlashdan;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulotlarning noqonuniy olib kirilishiga, ishlab chiqarilishiga va aylanmasiga qarshi kurashish;
mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va ularning aylanmasida qonunchilikda nazarda tutilmagan sxemalardan foydalanishning oldini olish maqsadida mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining oʻzaro aloqalarini taʼminlashdan;
b) mahsulot aylanmasini hisobga olish tartiblarini standartlash va unifikatsiya qilishdan iborat.
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tajriba loyihasi — identifikatsiyalash vositalari yordamida mahsulotni markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasi;
mahsulotlar — ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovada belgilangan suv va salqin ichimliklar;
operator — “CRPT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyat MMK MATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va unga texnik xizmat koʻrsatishni, shu jumladan, raqamli markirovkalash va kuzatib borishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatishni va sozlashni amalga oshiruvchi;
MMK MAT — “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha milliy axborot tizimi;
mahsulot aylanmasi monitoringi — MMK MATda mahsulot aylanmasi subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan maʼlumotlar asosida mahsulotlarning aylanmasi va ishlab chiqarilishini tahlil qilish;
mahsulotni markirovkalash — mahsulotlarga isteʼmol va (yoki) guruhlangan qadoqqa raqamli identifikatsiyalash vositalarini yelimlash va ularning MMK MATga kiritilishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish;
raqamli identifikatsiyalash vositalari (IV) — ikki oʻlchovli shtrix-kod koʻrinishidagi uskunada oʻqiladigan shaklda markirovkalash kodi;
mahsulot kodi — axborot resursida mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan tavsiflangan mahsulot guruhiga berilgan hamda ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot turini belgilaydigan, “GS1 Uzbekistan” assotsiatsiyasining tegishli mahsulot nomenklaturasiga muvofiq logistika birliklarini hisobga olish kodi;
identifikatsiya kodi — mahsulot namunasi raqamini oʻz ichiga olgan ramziy ketma-ketlik;
tekshirish kodi — taqlid rejimida identifikatsiya kodi va mahsulot kodi maʼlumotlari asosida operator tomonidan shakllanadigan ramziy ketma-ketlik;
markirovkalash kodi — identifikatsiya va tekshirish kodlari toʻplami;
mahsulotlarning isteʼmol qadogʻi — yakuniy isteʼmolchiga sotishga yoki mahsulotlarni birlamchi qadoqlashga moʻljallangan qadoq;
mahsulotlarning guruhlangan qadogʻi — polimer plyonka yoki qogʻozga oʻralgan yoki qogʻoz lentaga oʻralgan isteʼmol qadoqlarining maʼlum sonini birlashtiradigan qadoq. Guruhlangan qadoqlarni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
mahsulotlarning transport qadogʻi — joydan joyga koʻchirishda mahsulotni shikastlanishdan himoyalash uchun uning saqlanishi va transportda tashishda qoʻllaniladigan va mustaqil transport birligini hosil qiluvchi, qadoqlangan isteʼmol yoki guruhlangan qadoqda, shuningdek, transport qadogʻida mahsulotlarni birlashtiruvchi qadoq;
agregirlash — guruhlangan va (yoki) transport qadogʻini ochish shartisiz tovar aylanmasi zanjirini kuzatib borish maqsadida identifikatsiyalash kodi bilan yaratiladigan isteʼmol qadogʻi, guruhlangan qadoq, transport qadogʻining identifikatsiyalash kodlarining oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlovchi, guruhlangan qadoq va (yoki) transport qadogʻiga bosib tushirish bilan isteʼmol qadogʻining birinchi darajali guruhlangan qadogʻiga va (yoki) transport qadogʻiga hamda birinchi darajali transport qadoqlarining keyingi daraja transport qadogʻiga mahsulotlarni birlashtirish jarayoni;
serializatsiya — markirovkalash kodlarini yaratish jarayoni;
TIF TN kodi — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi;
MST — Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarning (mahsulotlarning, ishlarning, xizmatlarning) iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha statistik tasniflagichi;
ishtirokchilar roʻyxati — tajriba loyihasida ixtiyoriy ishtirok etish istagini bildirgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar roʻyxati;
katalog — raqamli markirovkalangan mahsulotlar roʻyxati va tavsifini oʻz ichiga olgan MMK MAT tizim osti;
IV reyestri — raqamli identifikatsiyalash vositalari reyestri;
STIR — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
elektron raqamli imzo (ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron hisobvaraq — faktura (EHF) — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriluvchi, elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasi tizimi operatorlari orqali chiqariluvchi va olinuvchi mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotilishini va xarid qilinishini tasdiqlovchi elektron hujjat (jumladan, qoʻshimcha hisobvaraq-faktura va toʻgʻrilangan hisobvaraq-faktura);
nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal xotiradagi maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
fiskal maʼlumotlar operatori — onlayn tartibda fiskal maʼlumotlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va saqlanishini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi;
xizmat koʻrsatuvchi “servis” provayder — mahsulotlar aylanishi ishtirokchisining topshirigʻi boʻyicha markirovkalash kodining identifikatsiyalash vositasiga oʻzgartirilishini va identifikatsiyalash vositasining isteʼmol qadogʻiga va (yoki) guruhlangan qadogʻiga va (yoki) yorliqqa va (yoki) stikerga operator tomonidan taqdim etiluvchi distributsiyaning, nashrning va validatsiyaning dasturiy-apparat majmuasi yordamida tushirilishini hamda identifikatsiyalash vositalarining validatsiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi (BBS) — mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi va MMK MAT oʻrtasida maʼlumot almashish uchun moʻljallangan hamda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovkalash kodlarini olish va raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga yuborish uchun foydalaniladigan dasturiy-texnik vosita.
4. Tajriba loyihasining ishtirokchilari:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita);
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
v) mahsulot aylanmasi subyektlari:
mahsulot ishlab chiqaruvchilar;
ulgurji savdo korxonalari;
chakana savdo tashkilotlari;
mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qiluvchilar;
g) “CRPT TURON” MCHJ — MMK MAT operatori;
d) fiskal maʼlumotlar operatori;
e) EHF-rouming operatori.
Tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida ushbu roʻyxatni toʻldirish imkoniyati mavjud.
5. Mahsulotlar aylanmasi subyektlari tajriba loyihasida ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mahsulot aylanmasi subyekti operatorga ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan arizani taqdim etadi.
Ishtirok etish uchun ariza qabul qilish tajriba loyihasining boshlanganligi bilan cheklanmaydi.
2-bob. Mahsulotlar aylanmasi subyektlariga qoʻyiladigan talablar
6. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mahsulot aylanmasi subyektlari quyidagi shartlarni taʼminlashi kerak:
a) mahsulot ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi:
elektron raqamli imzo mavjudligi;
ishlab chiqarish va saqlash joylari Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanganligi;
elektron hujjatlarni yaratishga va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashga, shuningdek, MMK MAT bilan oʻzaro hamkorlik uchun zarur hujjatlarni qabul qilishga imkon beradigan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, markirovkalash kodlariga buyurtma berish, markirovkalash kodlari ishlatilishi toʻgʻrisida xabarnoma, EHF);
xoʻjalik operatsiyalarini boshqarish va omborlar buxgalteriyasini nazorat qilish, shuningdek, raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida skanerlash va tanib olish uchun avtomatlashtirilgan tizim mavjudligi;
raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida mahsulotlarni markirovkalash uchun kerakli markirovka, server, telekommunikatsiya va boshqa uskunalarning mavjudligi, shuningdek, uni keyinchalik MMK MATga ulash imkoniyati mavjudligi;
b) ulgurji savdo tashkilotlari:
elektron raqamli imzo mavjudligi;
elektron hujjatlarni yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK MATdan kerakli hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan, shaxsiy kabinet orqali ishlash imkoni mavjud kompyuter tizimining mavjudligi;
xoʻjalik operatsiyalarini boshqarish va omborlar buxgalteriyasini nazorat qilish, shuningdek, raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida skanerlash va tanib olish uchun avtomatlashtirilgan tizim mavjudligi;
v) chakana savdo tashkilotlari:
elektron raqamli imzo mavjudligi;
elektron hujjatlarni yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK MATdan kerakli hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan, shaxsiy kabinet orqali ishlash imkoni mavjud kompyuter tizimining mavjudligi;
nazorat-kassa texnikasi, shuningdek, raqamli identifikatsiyalash uchun skanerlash va tanib olish vositalarining mavjudligi.
3-bob. Maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻzgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, ishtirokchini tajriba loyihasidan chetlashtirish
7. Tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan mahsulotlar aylanmasi subyekti ishtirokchilar roʻyxatiga maʼlumot kiritish uchun operatorga xabar beradi va quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda MMK MATning veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi:
a) mahsulot ishlab chiqaruvchi tajriba loyihasi ishtirokchisi:
mahsulot ishlab chiqaruvchining nomi;
ishlab chiqaruvchining STIRi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek, saqlash manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa qilinadigan telefon raqami.
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi — ulgurji savdoni tashkil etish:
ulgurji savdo tashkilotining nomi;
ulgurji savdo tashkilotining STIRi;
mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat olib borilayotgan omborlarning manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa qilinadigan telefon raqami.
v) tajriba loyihasi ishtirokchisi — chakana savdo tashkiloti:
chakana savdo tashkiloti nomi;
chakana savdo tashkilotining STIRi;
mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat olib borilayotgan omborlar va savdo obyektlarining manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa qilinadigan telefon raqami.
g) tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot importyori:
mahsulotni import qiluvchining nomi;
mahsulot importyorining STIRi;
mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan omborlarning manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa qilinadigan telefon raqami.
8. Agar ariza ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarga javob bersa:
a) operator maʼlumotlar olingan paytdan boshlab:
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshiradi;
mahsulotlar aylanmasi subyektini ishtirokchilar roʻyxatiga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinetni ochadi;
mahsulot aylanmasi subyektini ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilganligi va shaxsiy kabinet ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Xabarnomada ishtirokchilar roʻyxatida mahsulot aylanmasi ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi;
b) tajriba loyiha ishtirokchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq mahsulot aylanmasi subyekti nomidan ish yuritishga, shaxsiy kabinetda tajriba loyihasi ishtirokchisi — boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirishga va roʻyxatdan oʻtkazishga, oʻz nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) MMK MATga yuborish huquqiga ega boʻlgan mahsulot aylanmasi subyekti, shuningdek, ushbu shaxslar uchun berilgan elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalanishga vakolatli shaxs.
10. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan maʼlumotlar koʻrsatilishi, notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilishi va (yoki) kerakli maʼlumotlar taqdim etilmasligi, shuningdek, operator tomonidan ERI sertifikatining yaroqsizligi yoki tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga muvofiq faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olinishi, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisini tajriba loyihasi ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Mahsulotlar aylanmasi subyekti roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorga nisbatan operator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali yoki sud orqali shikoyat qilish huquqiga ega.
11. Ishtirokchilar roʻyxatida maʼlumotlarni oʻzgartirish mahsulot aylanmasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Mahsulot aylanmasi subyekti — tajriba loyihasi ishtirokchisini roʻyxatidan chiqarish, loyiha ishtirokchisining shaxsiy kabinet orqali taqdim etgan arizasiga binoan operator tomonidan ariza berilgandan soʻng besh ish kuni davomida amalga oshiriladi.
4-bob. Mahsulot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
13. Mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot katalogiga kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi MMK MAT veb-saytida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizani yaratadi:
mahsulot nomi;
mahsulot kodi (“GS1 Uzbekistan” assotsiatsiyasi tomonidan oʻzlashtirilgan mahsulot shtrix-kodi);
mahsulotni qadoqlash turi;
mahsulot tavsifi;
mahsulotga ruxsatnomalar toʻgʻrisida maʼlumot;
TIF TN kodi;
MST kodi;
mahsulotning surati;
operator tomonidan belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
14. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 13-bandida belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, operator besh ish kuni ichida:
maʼlumotlarni tekshiradi (moderatsiya);
tajriba loyiha ishtirokchisining ERI kartasiga imzo qoʻygandan soʻng arizada taqdim etilgan maʼlumotlarni mahsulot katalogiga kiritadi;
tajriba loyiha ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchini mahsulotlar katalogiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
15. Xabarnomada katalogda mahsulot haqidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.
16. Mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzgartirish, ushbu maʼlumotni oʻchirish, mahsulotlar katalogida mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Mahsulotlarni raqamli markirovkalash tartibi
17. Mahsulot aylanmasining ishtirokchilari mustaqil ravishda markirovkalashni amalga oshiradilar va ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq MMK MATga mahsulotlarni markirovkalash toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadilar.
18. Operator tajriba loyihasi davrida mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda uskuna va dasturiy taʼminotni import qiluvchilar orasidan tajriba loyihasi ishtirokchilariga MMK MATga yuborish uchun mahsulotlarni markirovkalash uchun raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
19. Mahsulotlarni markirovkalash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) tajriba loyiha ishtirokchisi yorliq dizaynini oʻzgartirish orqali operator tavsiyalari asosida raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash joyini mustaqil ravishda belgilaydi;
b) Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi) operatorga markirovkalash kodlarini buyurtma qiladi;
v) ishlab chiqaruvchi raqamli identifikatsiyalash vositasini:
toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish liniyasida mahsulot qadogʻiga yelimlanadigan, texnik qurilmalar qadogʻining maxsus belgilangan dizayn joyida yoki yorliqda (qarshi yorliq) qadoqlash orqali;
stikerni raqamli identifikatsiya qilish vositasi bilan yopishtirilgan mahsulot qadoqlarga yelimlash orqali yelimlaydi;
g) import qiluvchi mahsulotni olib kirishda raqamli identifikatsiyalash vositasini:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulotni olib kirishdan oldin toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish liniyasida qadoqqa yopishtirilgan isteʼmolchi va guruh qadoqlarini yoki yorliqni (qarshi yorliq) maxsus belgilangan joyga yelimlash orqali;
mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishdan oldin raqamli identifikatsiya qilish vositasi yopishtirilgan stikerni qadoqqa yelimlash orqali yopishtiradi.
20. Mahsulotni agregirlashni soddalashtirish maqsadida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining qaroriga binoan identifikatsiyalash vositasi mahsulot isteʼmol va guruhli qadoqlarining old yoki yon qismiga yopishtiriladi;
21. Identifikatsiya vositalarini qadoqqa yopishtirish va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan uskunalarni tanlash loyiha ishtirokchilari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
6-bob. Markirovkalash kodiga kiritilgan maʼlumotlar tarkibi, mahsulotni qadoqlashda raqamli identifikatsiya vositalarini shakllantirish va qoʻllash tartibi
22. Isteʼmol qadoqlaridagi raqamli identifikatsiya qilish vositasi uch guruhdagi maʼlumotlarni qamrab olgan markirovkalash kodini oʻz ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi guruh — mahsulot identifikatsiya kodi, uchinchi guruh — tekshirish kodi maʼlumotlarini tashkil etadi. Bunda:
birinchi guruh 14 ta raqamdan iborat boʻlib, uning oldingi identifikatori boʻlgan (01), tegishli GS1 mahsulot nomenklaturasi boʻyicha mahsulot birligining global identifikatsiya raqamini (GTIN) oʻz ichiga oladi, ushbu kod operator tomonidan mahsulot katalogiga mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi;
ikkinchi guruh 13 ta belgidan (lotin alifbosidagi raqamlar, kichik va katta harflar, shuningdek, maxsus belgilar) iborat va mahsulot qadogʻining individual seriya raqamini ifodalaydi, qaysida qoʻllash identifikatori (21) oldin keladi va operator va mahsulot aylanmasining ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladi (ASCII belgilar jadvalidagi 29 kodli belgi ushbu maʼlumot guruhi uchun oxirgi belgi);
uchinchi guruh 4 ta belgidan (lotin alifbosidagi raqamlar, kichik va katta harflar, shuningdek, maxsus belgilar) iborat va tekshirish kodini oʻz ichiga oladi, qaysida qoʻllash identifikatori (93) oldin keladi va Operator tomonidan shakllantiriladi.
Mahsulotning isteʼmol qadoqlarini raqamli identifikatsiya qilish vositasi “GS1 Uzbekistan” DataMatrix formatida ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida qoʻllaniladi.
23. Mahsulotlarning guruhli qadoqlari raqamli identifikatsiya qilish vositasi uchta guruh maʼlumotlarini qamrab olgan markirovkalash kodini oʻz ichiga oladi.
Birinchi va ikkinchi guruh maʼlumotlari — mahsulot guruhli qadogʻi kodini, uchinchi guruh — tekshirish kodini tashkil etadi. Bunda:
birinchi guruh 14 ta raqamdan iborat boʻlib, uning oldingi identifikatori boʻlgan (01) mahsulot kodini oʻz ichiga oladi, ushbu kod operator tomonidan mahsulot katalogiga mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi;
ikkinchi guruh 13 ta belgidan (lotin alifbosidagi raqamlar, kichik va katta harflar, shuningdek, maxsus belgilar) iborat va mahsulot qadogʻining individual seriya raqamini ifodalaydi, qaysida qoʻllash identifikatori (21) oldin keladi va operator va mahsulot aylanmasining ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladi (ASCII belgilar jadvalidagi 29 kodli belgi ushbu maʼlumot guruhi uchun oxirgi belgi);
uchinchi guruh 4 ta belgidan (lotin alifbosidagi raqamlar, kichik va katta harflar, shuningdek, maxsus belgilar) iborat va tekshirish kodini oʻz ichiga oladi, qaysida qoʻllash identifikatori (93) oldin keladi va operator tomonidan shakllantiriladi.
Mahsulotning guruhli qadoqlarini raqamli identifikatsiya qilish vositasi “GS1 Uzbekistan” DataMatrix formatida ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida qoʻllaniladi.
24. Transport qadoqlarini raqamli identifikatsiyalash vositalari, GOST ISO 15394-2013ga mos keladigan “Qadoq”, bir oʻlchamli shtrix-kod koʻrinishida taqdim etiladi. Yorliqlarda yuklash, transportda tashish va qabul qilish uchun shtrix-kodning chiziqli belgilari va ikki oʻlchamli belgilar “Umumiy talablar”. Tashish qadogʻi identifikatsiya kodining tarkibi, qadoqlangan suvni transport qadogʻiga agregirlashni amalga oshiradigan qadoqlangan suv aylanmasi ishtirokchisi tomonidan belgilanadi.
Transport qadogʻining identifikatsiya kodida har bir yopiq qadoqlangan suv yoki transport qadoqlash birligining identifikatsiya kodlari yaratilayotgan transport qadogʻining identifikatsiya kodi bilan oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
25. Markirovkalash kodini raqamli identifikatsiya qilish vositasiga aylantirish tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi, isteʼmol, guruh yoki transport qadoqlarini butlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
26. Shtrix-kod formatidagi raqamli identifikatsiyalash vositalari quyidagi talablarga javob beradi:
a) isteʼmol va guruhli qadoqlar uchun 0,35 millimetrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi modul ishlatiladi;
b) isteʼmol qadogʻining raqamli identifikatsiya qilish vositasi 14x14 millimetrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi maxsus ajratilgan kontrastli joyga joylashtiriladi;
v) guruh qadogʻining raqamli identifikatsiya qilish vositasi qadoqning old tomoniga yoki yon tomoniga joylashtiriladi va agregirlash jarayonini oʻtkazish uchun mos oʻlchamga ega boʻlishi kerak
g) identifikatsiyalash vositasini beparvolik bilan tanlash orqali qalbakilashtirish ehtimoli past va har qanday holatda oʻn mingdan biridan kam;
d) xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix ECC200 ga teng yoki yaxshiroq.
7-bob. Markirovkalash kodlarini taqdim etish
27. Markirovkalash kodlarini olish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi, BBS orqali operatorga markirovkalash uchun kodlarni olish uchun ariza yuboradi, bunda:
ushbu Vaqtinchalik nizomning 13-bandiga muvofiq mahsulot katalogiga kiritilganda mahsulotga berilgan mahsulot kodi;
soʻralgan kodlar soni;
qadoqlash turi: isteʼmol, guruh;
operator tomonidan belgilangan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
28. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 29-bandida belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, operator ariza qabul qilingan kundan boshlab 4 soatdan kechiktirmay:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisiga — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi markirovka kodlari roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan markirovkalash kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MI roʻyxatiga kiritadi.
MMK MAT muomaladan chiqarilmagan mahsulotlar qadogʻiga joylashtirilgan kodni qayta seriyalashga yoʻl qoʻymaydi;
29. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi raqamli identifikatsiya vositalarini joylashtirishga tayyor boʻlgan paytdan boshlab:
a) ushbu Vaqtinchalik nizomning 6-bobi talablariga muvofiq markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga oʻzgartiradi;
b) raqamli identifikatsiyalash vositalarini mahsulot qadoqlarida yelimlashni taʼminlaydi;
v) raqamli identifikatsiyalash vositalari mahsulot qadoqlarida yelimlangandan soʻng yelimlangan raqamli identifikatsiyalash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni MMK MATga yuboradi.
30. Operator tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan ushbu Vaqtinchalik nizomning 29-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni olganidan soʻng “onlayn” rejimda markirovkalash kodlarining tegishli holatlari IV reyestrida aks ettirilishini, shuningdek, ushbu maʼlumotlarning tajriba loyihasi ishtirokchilari uchun ochiqligini taʼminlaydi.
8-bob. Mahsulotlarni agregirlash, tajriba loyihasi doirasida ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasi monitoringini olib borish
31. Tajriba loyihasining ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi mahsulotni guruh va (yoki) transport qadoqlariga agregirlashtiradi, shundan soʻng MMK MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan agregirlash toʻgʻrisidagi hisobotni yuboradi:
yaratilgan guruh yoki transport qadogʻi identifikatsiya kodi;
isteʼmol, guruh va (yoki) transport qadoqlarining identifikatsiya kodlari.
Agregirlash istalgan darajada kiritish imkoniyatini nazarda tutadi:
birinchi darajali agregirlash — isteʼmol qadoqlarini birlashtirish, masalan, mahsulotlarni guruh qadogʻiga (blok);
ikkinchi darajali agregirlash — isteʼmol yoki guruh qadoqlarini transport qadogʻiga birlashtirish, masalan, posilkada yoki qutida;
uchinchi va undan keyingi darajali agregirlash — transport qadoqlarini yuqori darajadagi boshqa transport qadogʻiga birlashtirish, masalan, brusok yoki konteynerga;
32. Operator maʼlumot olganidan soʻng ularni IV reyestrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi MMK MATga guruhli qadoqlash yoki transport qadoqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi MMK MATga isteʼmol qadoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berishga teng hisoblanadi, qaysi MMK MAT maʼlumotlariga koʻra guruh yoki transport qadoqlarida mavjud.
33. Mahsulotlarning aylanmaga chiqarilishi va harakatlanishini nazorat qilish maqsadida:
a) mahsulotni tajriba loyihasi ishtirokchilari — mahsulot aylanmasi subyektlari oʻrtasida oʻtkazishda (qabul qilishda) dastlabki hujjat mazmuni asosida egalik huquqi yoki realizatsiya qilish uchun mahsulotlarning oʻtkazilishini tasdiqlash, bitim qatnashchilari:
realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarning markirovkalash kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan EHF shaklida xabarnoma yaratish;
koʻrsatilgan xabarnomani har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan ERI bilan imzolash;
rouming operatori operatorga EHF yuboradi.
Tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — mahsulot aylanmasi subyektidan boshqasiga, lekin ushbu mahsulotga egalik huquqi oluvchidan uchinchi shaxslarga oʻtgan paytdan kechiktirmasdan xabarnomada aks etgan, topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida xabarnoma mahsulotga egalik huquqi berilgan paytdan boshlab 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda (bayram va dam olish kunlaridan tashqari) shakllantiriladi.
b) oʻtkazish (qabul qilish) toʻgʻrisida xabarnoma olganda:
Operator IV reyestrida xabarnomada keltirilgan barcha maʼlumotlarni koʻrsatib, tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — boshqasiga mahsulot aylanmasiga oid mahsulotlar toʻgʻrisida egalik huquqini oʻtkazish faktini aks ettiradi.
9-bob. Mahsulotni aylanmaga kiritish, chiqarish va monitoring olib borish
34. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan mahsulotlarni muomalaga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulotni import qiluvchi:
olib kirilayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) uchun bojxona rejimiga joylashtiradi;
erkin muomalaga chiqarish yoki qayta import qilish maqsadida yuk bojxona deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay MMK MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan holda olib kirish (import) toʻgʻrisida elektron xabarnoma yuboradi:
bojxona organi tomonidan erkin muomalaga (import) chiqarish uchun qabul qilingan yuk bojxona deklaratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilgan identifikatsiyalash qadoqlari kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
b) operator ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni olganidan soʻng IV reyestrida ushbu mahsulot aylanmaga chiqarilganligini aks ettiradi.
35. Operator tajriba loyihasi ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan quyidagi maʼlumotlar asosida mahsulotlarning muomaladan chiqarilishini nazorat qiladi:
chakana savdoni amalga oshirishda tajriba loyihasi ishtirokchisi — chakana savdo tashkiloti, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan nazorat-kassa texnikasi bilan bogʻliq boʻlgan texnik vositalar orqali sotiladigan mahsulotlarni qadoqlash uchun yelimlangan raqamli identifikatsiya vositasini skanerdan oʻtkazadi va aniqlaydi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat-kassa texnikasi tomonidan yaratiladigan “kassa cheki” fiskal hujjatiga kiritiladi;
fiskal maʼlumotlar operatori real vaqt rejimida MMK MATga mahsulotlarning chakana savdosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron fiskal hujjatlar (kassa cheklari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatadi;
operator IV reyestrida fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq raqamli identifikatsiya qilish vositasi bilan belgilangan mahsulotlar aylanmadan chiqqanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiradi.
36. Mahsulotlar chakana savdodan (hisobdan chiqarish) boshqa sabablarga koʻra aylanmadan chiqarilgandan soʻng ushbu mahsulotlarni hisobdan chiqaradigan mahsulot aylanmasi subyekti boʻlgan tajriba loyihasi ishtirokchisi MMK MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mahsulotni chiqarish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. :
aylanmadan chiqarilayotgan mahsulotlarning mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari;
mahsulotlarni aylanmadan chiqarish uchun rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;
mahsulotlarni aylanmadan chiqarish amalga oshirilgan joy manzili;
mahsulotlarning muomaladan chiqarilishi sababi.
37. Aylanmaga chiqarilgan mahsulotlar aylanmasi monitoringi isteʼmolchilar tomonidan operator tomonidan taqdim etilgan bepul mobil ilova orqali amalga oshiriladi.
38. Operator isteʼmolchiga mahsulot ishlab chiqarilgan joy, mahsulotning qadoqlangan joyi va uning holati toʻgʻrisida maʼlumot berilishini taʼminlaydi.
Agar isteʼmolchi operatordan olingan maʼlumotlar va mahsulotlarning haqiqiy maʼlumotlari oʻrtasida tafovutni aniqlagan boʻlsa, u “Asl belgisi” va “Soliq” mobil dasturlari orqali MMK MATga xabarnoma yuboradi.
MMK MAT ushbu xabarnomani qabul qilib, qayd etilgan holatlar yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi taʼminlash uchun rasmiy maʼlumotlarni belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Davlat soliq qoʻmitasiga yuboradi.
10-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining maʼlumot almashinuvini taʼminlash
39. Tajriba loyihasini amalga oshirish va axborot almashinuvini taʼminlash maqsadida operator quyidagi funksiyalarni bajaradi:
ishtirokchilar reyestrini yuritadi;
mahsulotlar katalogini yuritadi;
IV reyestrini yuritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga ushbu ishtirokchilar vakolatiga kiruvchi MMK MAT registrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi;
mahsulot isteʼmolchilariga mahsulotni isteʼmol va (yoki) guruhli qadoqlashning raqamli identifikatsiyalash vositalari va ularning ishlab chiqarish va aylanma jarayonidagi holati toʻgʻrisida maʼlumotni beradi.
40. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining operator bilan oʻzaro aloqasi elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
41. Elektron hujjatlar almashinuvi tajriba loyihasi ishtirokchisiga taqdim etilgan MMK MATning “Shaxsiy kabinet” maxsus maʼlumot xizmatiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
42. Elektron hujjatlarga kiritilgan maʼlumotlarning, shu jumladan, tajriba loyihasi ishtirokchilari — mahsulot aylanmasi subyektlari tomonidan Shaxsiy kabinetda yaratilgan maʼlumotlarning muvofiqligi avtomatik ravishda MMK MAT vositalari yordamida tekshiriladi.
43. Agar tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan MMK MATga notoʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda operator aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda tajriba loyihasi ishtirokchisiga hamda belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Qoʻmitaga xabarnoma yuboradi.
44. Agar tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan toʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilingan boʻlsa, tajriba loyihasi ishtirokchisiga — mahsulot aylanmasi subyektiga maʼlumotlar MMK MAT ga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
45. Agar ushbu Vaqtinchalik nizomda xabar berishning boshqa muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu bobda koʻrsatilgan xabarnomalar operator tomonidan onlayn ravishda tajriba loyiha ishtirokchisiga — mahsulot aylanmasi subyektiga yuboriladi.
Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
2. Ariza beruvchi joylashgan joyi (pochta manzili):_______________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, faks va boshqalar)
3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari_________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazib berishingizni soʻrayman:
Roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli maʼlumotlar:
Tashkilotning elektron pochtasi:__________________________
Tashkilotning telefon raqami: ___________________________
Tashkilot rahbarining lavozimi
(imzo)
_________________________
(rahbarning F.I.O.)
Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanidigan suv va salqin ichimliklar
ROʻYXATI
T/r
Mahsulot nomi
MST kodi
TIF TN kodi
1.
Alkogolsiz ichimliklar
10.32.11.0;
10.32.12.0;
10.32.13.0;
10.32.14.0;
10.32.15.9;
10.32.16.9;
10.32.17.0;
10.32.19.1;
10.32.19.2;
10.32.19.4;
10.32.19.6;
10.32.19.7;
10.32.19.9.
2202
2009
2.
Idishlarga qadoqlangan ichimlik suv
11.07.11.1;
11.07.11.2;
11.07.11.9;
11.07.19.1;
11.07.19.2;
11.07.19.3;
11.07.19.9
2201
Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash va kuzatish
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatilishi boʻyicha milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi MMK MAT deb ataladi) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar ariza Vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar roʻyxatidagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Operator
Vaqtinchalik nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
2-bosqich. Suv va salqin ichimliklarni qayd qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda suv va salqin ichimliklarni qayd etish boʻyicha arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK MAT veb-saytida shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:
arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot roʻyxatga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisini suv va salqin ichimliklar roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash uchun kodlarni olishga operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar buyurtmanomada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki suv va salqin ichimliklarni import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatiga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Operatorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovkalash kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Identifikatsiyalash vositasi suv va salqin ichimliklarda qoʻllanilishini taʼminlaydi.
MMK MATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Suv va salqin ichimliklarning qutilarida identifikatsiyalash vositalari qoʻllanilgandan soʻng
4-bosqich. Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqarish va aylanishi monitoringini yuritish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Suv va salqin ichimliklar agregatsiyasini amalga oshiradi.
Real vaqt rejimida
MMK MAT orqali avtomatik rejimda operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki mahsulotlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida suv va salqin ichimliklar muomalasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida suv va salqin ichimliklarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
suv va salqin ichimliklarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida mahsulot yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnomani imzolaydi;
topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK MATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni elektron hisob-varaq faktura maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Suv va salqin ichimliklarga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (import qiluvchi)
Import qilinayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga mahsulotlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan mahsulotlarni chiqarish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;
mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovkalash kodi va mahsulot nomi;
mahsulotning kelib chiqish mamlakati kodi.
Real vaqt rejimida
Operator
maʼlumotlarni olgandan keyin ularni MMK MAT reyestrida aks etilishni taʼminlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Suv va salqin ichimliklarni muomaladan chiqarish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot suv va salqin ichimliklarni nazorat-kassa texnikasi mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan suv va salqin ichimliklar qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini nazorat-kassa texnikalari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat-kassa texnikasi orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal maʼlumotlar operatori
Nazorat-kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat-kassa texnikasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatadi. Nazorat-kassa texnikasi ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Suv va salqin ichimliklar sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech qolmagan muddatda
Operator
Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiyalash vositasi bilan raqamli markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatida aks ettiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 41-ILOVA
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi), shuningdek, markirovka kodlarini taqdim etish va markirovkalashni amalga oshirishda harakatlar ketma-ketligini hamda tajriba loyihasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Tajriba loyihasining maqsadlari:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash hamda kuzatib borish mexanizmlarining toʻliqligi, samaradorligi va yetarliligini baholash uchun:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning haqiqiyligini tasdiqlash;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirishga (import qilish), ishlab chiqarish (shu jumladan, kontrafakt mahsulotlarni) va aylanmasiga qarshi kurashish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish va aylanmadan chiqarish sxemalaridan foydalanishni taqiqlash maqsadida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilarining oʻzaro aloqasini taʼminlash;
raqamli identifikatsiya qilish vositalari bilan belgilangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish va aylanmasini hisobga olish tartibini standartlashtirish;
b) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalashga oʻtishning maqsadga muvofiqligi va ketma-ketligini aniqlash.
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
markirovka kodi — tovarlarning har bir birligini identifikatsiyalash maqsadida tuzilgan identifikatsiya kodi va tasdiqlash kodi toʻplami;
qadoq — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni tashish, saqlash va ishlatish vaqtida xavfsizligini taʼminlash uchun foydalaniladigan buyumlar, materiallar va qurilmalar;
mahsulotlarning isteʼmol qadogʻi — yakuniy isteʼmolchiga sotishga yoki mahsulotlarni birlamchi qadoqlashga moʻljallangan qadoq;
mahsulotlarning guruhlangan qadogʻi — polimer plyonka yoki qogʻozga oʻralgan yoki qogʻoz lentaga oʻralgan isteʼmol qadoqlarining maʼlum sonini birlashtiradigan qadoq. Guruhlangan qadoqlarni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
mahsulotlarning transport qadogʻi — joydan joyga koʻchirishda mahsulotni shikastlanishdan himoyalash uchun uning saqlanishi va transportda tashishda qoʻllaniladigan va mustaqil transport birligini hosil qiluvchi, qadoqlangan isteʼmol yoki guruhlangan qadoqda, shuningdek, transport qadogʻida mahsulotlarni birlashtiruvchi qadoq;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxati — tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish (import qilish) — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni erkin muomalaga chiqarish (import) uchun bojxona rejimiga yoki reimport bojxona rejimiga joylashtirish maqsadida ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
MMK MAT — “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatilishi boʻyicha milliy axborot tizimi;
operator — “CRPT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyati MMK MATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatishni, shu jumladan, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash, ularning kuzatuvini taʼminlash hamda zarur boʻlgan barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatish va sozlashni amalga oshiradi;
raqamli identifikatsiya vositalari — mahsulotga yoki uning qadoqlanishiga yoki boshqa moddiy tashuvchiga tatbiq etish uchun moʻljallangan ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida taqdim etilgan mashinada oʻqiladigan shaklda markirovka kodi;
tajriba loyihasi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasi;
seriya — bir yoki bir qator ketma-ket texnologik jarayonlarda mahsulot bir xilligini kutish mumkin boʻlgan tarzda qayta ishlanadigan maʼlum miqdordagi xomashyo, qadoqlash materiallari va mahsulotlar;
identifikatsiya kodi — mahsulot kodini va mahsulot raqamini oʻz ichiga olgan ramziy ketma-ketlik;
mahsulot kodi — tovar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan GSl Oʻzbekiston assotsiatsiyasining axborot resursida tavsiflanganda, mahsulotga va/yoki tovar guruhiga berilgan logistik birliklarning buxgalteriya kodi;
TIF TN kodi — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi;
seriyalash — operator tomonidan markirovka kodlarini yaratish jarayoni;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi (BBS) — tovar aylanmasi ishtirokchisi va MMK MAT oʻrtasida axborot almashinuvi uchun moʻljallangan va tovar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovka kodlarini olish va identifikatsiya vositalari orqali tovarlarni markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatishda foydalaniladigan dasturiy taʼminot vositasi;
agregirlash — identifikatsiya qilish kodlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq maʼlumotlarni saqlab qolish orqali isteʼmol qadoqlarini transport qadoqlariga, shuningdek, transport qadoqlarini keyingi bosqichdagi transport qadogʻiga kiritilgan va yaratiladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning aylanma zanjiri boʻylab harakatini transport qadogʻini ochishga ehtiyoj qoldirmasdan kuzatib borishni taʼminlash.
Agregirlash har qanday darajadagi kiritish imkoniyatiga ega:
birinchi darajali agregirlash — isteʼmol qadoqlarini birinchi darajali transport, qadogʻiga masalan, qutiga birlashtirish;
ikkinchi va undan keyingi darajalarni agregirlash — transport qadoqlarini yuqori darajadagi boshqa transport qadogʻiga, masalan, palet yoki konteynerga birlashtirish;
agregirlangan bojxona kodi — operator tomonidan shakllantiriladigan, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni bojxona deklaratsiyasidan oʻtkazishda qoʻllaniluvchi raqamli identifikatsiya qilish vositalari yordamida qoidalarga muvofiqlikda mahsulotlarni identifikatsiya qilish maqsadlari uchun agregirlash jarayonida mahsulotlarni birlashtiruvchi, oʻzi bilan har bir mahsulotning identifikatsiya qilish kodlarini, jumladan, qadoqning identifikatsiya qilish kodlari birlashtirilishini taqdim etuvchi mahsulotlarning alohida majmuasi uchun belgilarning noyob ketma-ketligi;
shaxsiy kabinet — tajriba loyiha ishtirokchisiga taqdim etilgan MMK MATning maxsus axborot xizmati;
katalog — raqamli markirovkalangan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kataloglashtirish va saqlash uchun ishlatiladigan MMK MATniig quyi tizimi;
ishtirokchilar roʻyxati — tajriba loyihasi ishtirokchilarining roʻyxati;
IV registri — identifikatsiya qilish vositalarining roʻyxati;
elektron hisobvaraq-faktura (keyingi oʻrinlarda — EHF) — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriluvchi, EHFlar aylanmasi tizimi operatorlari orqali chiqariluvchi va olinuvchi mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotilishini va xarid qilinishini tasdiqlovchi elektron hujjat (jumladan, qoʻshimcha hisobvaraq-faktura va toʻgʻrilangan hisobvaraq-faktura);
nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal xotiradagi maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek, fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
fiskal maʼlumotlar operatori — onlayn tartibda fiskal maʼlumotlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va saqlanishini amalga oshiruvchi Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi.
4. Tajriba loyihasining ishtirokchilari:
a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi);
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
b) “Oʻzkimyosanoat” AJ;
v) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi ishtirokchilari, shu jumladan:
ishlab chiqaruvchilar;
import qiluvchilar;
ulgurji savdo korxonalari;
chakana savdo korxonalari;
isteʼmolchilar.
g) “CRPT TURON” MCHJ — MMK MAT operatori;
d) fiskal maʼlumotlar operatori;
e) elektron hisob-fakturalarning rouming operatori.
5. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi ishtirokchilari ixtiyoriy ravishda tajriba loyihasida qatnashadilar. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomalasi ishtirokchilari operatorga ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan namuna boʻyicha toʻldirilgan tajriba loyihada ishtirok etish uchun ariza taqdim etadilar.
6. Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxati ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
7. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning raqamli markirovkalanishi va kuzatib borilishi ushbu Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar
8. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisi quyidagi shartlarni taʼminlaydi:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar:
tashkilotning amaldagi rahbari nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo mavjudligi (roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning xorijiy egalari uchun elektron raqamli imzo mavjudligi zarur emas);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha ishlar amalga oshiriladigan ishlab chiqarish maydonchalarida va omborlarda MMK MATga ulanish va elektron hujjat almashish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish nuqtalari mavjudligi;
MMK MAT bilan oʻzaro aloqa uchun zarur boʻlgan elektron hujjatlarni yaratish va qabul qilish imkoniga ega boʻlgan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, markirovka kodlarini berish yuzasidan soʻrovni yaratish, markirovka kodlarini olish, markirovka kodlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtirish, elektron hisobvaraqlarni yaratish);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalashni taʼminlash uchun zarur boʻlgan markirovkalash uskunalari va dasturiy taʼminotning mavjudligi (shu jumladan, markirovka kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish va ularni yelimlash), shuningdek, ularning keyinchalik MMK MATga ulanishi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya mavjudligi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi;
b) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar:
tashkilotning amaldagi rahbari nomiga berilgan elektron raqamli imzo (ishonchnomasiz imzo chekish huquqiga ega boʻlgan shaxs) mavjudligi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni saqlash va sotish boʻyicha faoliyat yuritiladigan omborlar va savdo binolarida MMK MATga ulanish va elektron hujjat almashish uchun Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish nuktalari mavjudligi;
MMK MAT bilan oʻzaro aloqa uchun zarur boʻlgan elektron hujjatlarni yaratish va qabul qilish imkoniga ega boʻlgan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, elektron hisob-fakturalar bilan ishlashda);
nazorat-kassa texnikasiga ulangan raqamli identifikatsiya qilish vositalarini skanerlash va tanib olish uskunalari mavjudligi (chakana savdo korxonalari uchun);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya mavjudligi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjudligi.
3-bob. Maʼlumotni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻzgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, ishtirokchini tajriba loyihasidan chetlashtirish
9. Ishtirokchilar roʻyxatiga kiritish uchun tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ishtirokchisi MMK MAT rasmiy veb-saytida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizani shakllantiradi:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ishlab chiqarish maydonlari va omborlar manzili (manzillari);
elektron pochta manzili;
bogʻlanish uchun telefon raqami;
b) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy ulgurji va chakana savdosi korxonalari:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ombor va chakana binolarning manzili (manzillari);
elektron pochta manzili;
bogʻlanish uchun telefon raqami;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilari arizada qoʻshimcha boshqa maʼlumotlarni koʻrsatishga haqlidir.
10. Agar ariza ushbu Vaqtinchalik nizomning 9-bandiga mos keladigan boʻlsa, operator 2 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisini ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining ishtirokchisi uchun shaxsiy hisobraqamini ochadi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasidagi ishtirokchini ishtirokchilar reyestriga kiritilganligi va shaxsiy kabinet ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Xabarnomada ishtirokchilar reyestrida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining ishtirokchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatga olish raqamlari koʻrsatiladi.
11. Tajriba loyihasi ishtirokchisi oʻzining shaxsiy kabinetida uning nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK MATga yuborish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, ushbu shaxslarning elektron raqamli imzo sertifikatlari shakllarini yaratadi va ishtirokchilar reyestrida qayd etadi.
12. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi subyektini tajriba loyihasining ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos ushbu Vaqtinchalik nizomning 9-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan maʼlumotlarning koʻrsatilishi, zarur maʼlumotlar taqdim etilmasligi va (yoki) operator tajriba loyihasi ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan maʼlumotlarni olishi deb hisoblanadi.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisi sudgacha (daʼvo tartibida) yoki sudda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
13. Ishtirokchilar reyestridagi maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasida qatnashuvchini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzgartiriladi.
14. Operator mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ishtirokchisini oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etilgan arizasiga binoan bunday ariza berilganidan keyin 5 (besh) ish kuni ichida ishtirokchilar reyestridan chiqaradi.
15. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar savdosi faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan operatorga real vaqt rejimida taqdim etiladi. Axborot almashish protokoli operator va Agentlik tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
4-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqida maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
16. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulotlar katalogiga kiritish uchun mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish haqida MMK MATda arizani shakllantiradi:
mahsulot kodi (GTIN);
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyati turlari boʻyicha kodi;
TIF TN kodi;
GTIN kodi (GSl kodi);
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning roʻyxatga olish raqami;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning patentlanmagan xalqaro nomi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning nomi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi mamlakat;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchining nomi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qadogʻining turi;
isteʼmol qadogʻidagi birlamchi (ichki) yoki ikkilamchi (tashqi) qadoqlar soni (isteʼmol qadogʻi uchun);
transport qadogʻidagi isteʼmol qadoqlari soni (transport qadogʻi);
qadoq fotosurati (oldingi va orqa koʻrinishlari).
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni mahsulot katalogida roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga operator tomonidan tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
17. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizomning 15-bandida belgilangan talablarga javob bersa, operator ariza qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqidagi maʼlumotlarni tekshiradi (moderatsiya qiladi);
tajriba loyihasi ishtirokchisiga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqidagi maʼlumotlarni tekshirish (moderatsiya) natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni mahsulot katalogiga kiritadi.
18. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar mahsulot katalogiga operator tomonidan mahsulotning kartochkasida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi elektron raqamli imzo bilan imzolangandan soʻng kiritadi.
19. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot katalogida oʻzgartirish va ushbu maʼlumotlarni mahsulot katalogidan chiqarish mahsulot katalogiga maʼlumot kiritish bilan bir xil ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
20. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalar haqidagi maʼlumotlar operatorga Agentlik tomonidan real vaqt rejimida taqdim etiladi. Axborot almashish protokoli operator va Agentlik tomonidan Soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
21. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu nizomning 15-bandida belgilangan talablarga javob bermasa, operator 1 ish kuni ichida Tajriba loyiha ishtirokchisiga arizani qaytaradi.
Ariza qaytarilgan taqdirda, umumiy tartibda qayta taqdim etilishi mumkin.
5-bob. Markirovkalash kodiga kiritilgan maʼlumotlarning tarkibi, isteʼmolchilarga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni qadoqlashda identifikatsiya vositalarini shakllantirish va qoʻllash
22. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar GSl DataMatrix koʻrinishidagi ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida isteʼmol mahsulotida raqamli identifikatsiya qilish vositasini (markirovkalash kodini mashinada oʻqiladigan shaklda) shakllantirish va qoʻllash orqali markirovkalanadi.
23. Raqamli identifikatsiya qilish vositasi operator tomonidan yaratiladigan markirovkalash kodini va 4 ta guruh maʼlumotini oʻz ichiga oladi, ulardan birinchi va ikkinchi guruh isteʼmol mahsulotining identifikatsiya kodini, uchinchi va toʻrtinchi guruh esa tekshirish kodini shakllantiradi:
maʼlumotlarning birinchi guruhi — oldingi identifikatori (01) boʻlib, 14 ta raqamli belgidan iborat boʻlgan savdo birligining global identifikatsiya qilish raqami;
maʼlumotlarning ikkinchi guruhi — oldingi identifikatori (21) boʻlib, 13 ta raqamli belgi yoki harfli-raqamli ketma-ketlikdan (lotin alifbosida) iborat savdo birligining individual seriya raqami. Ushbu guruh maʼlumotlari uchun ASCII belgilar jadvalida 29 kodli belgi mavjud boʻlgan maxsus ajratuvchi belgi, tugatuvchi belgi sifatida qoʻllanilishi lozim;
maʼlumotlarning uchinchi guruhi — 4 ta belgidan iborat (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) tekshirish kalitining identifikatori (individual tartib raqami) va dastur qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi (91);
maʼlumotlarning toʻrtinchi guruhi — 44 ta belgidan (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) iborat tekshirish kodi va qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi (92).
Maʼlumotlar guruhlari birinchisidan toʻrtinchisigacha ketma-ket joylashtirilishi kerak.
24. Isteʼmol qadogʻi uchun markirovkalash kodini raqamli identifikatsiya qilish vositasiga tajriba loyihasi ishtirokchisi, oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan shakllantiriladi.
25. Raqamli identifikatsiya qilish vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ISO/MEK 16022:2006 xalqaro standartiga muvofiqligi “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiya qilish va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Data Matrix shtrix-kodining simbologiyasi” (ISO/IEC 16022:2006 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Data Matrix bar code symbology specification”);
xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix YESS 200 ga teng yoki undan yaxshiroq;
ASCII kodlashdan foydalanish;
isteʼmol mahsuloti va guruh qadogʻi uchun kamida 0,255 millimetrli, transport qadogʻi uchun — kamida 2 millimetrli modul qoʻllaniladi;
raqamli identifikatorning taxmin qilish ehtimoli juda kam boʻlishi, yaʼni barcha hollarda 10000 dan 1 dan kam boʻlishi kerak;
identifikatsiya kodida, tekshiruv kodida va tekshiruv kalitining identifikatorida foydalanishga ruxsat berilgan belgilar ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ abcdefghijklmnopqrstuvwxyz 0123456789 !"%&ʼ*+-./_,:;=<>? qatorida keltirilgan.
6-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarini markirovkalash qoidalari
26. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchilari mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni mustaqil ravishda markirovkalaydi va raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Vaqtinchalik nizomga muvofiq MMK MATga taqdim etadilar.
27. Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida operator tajriba loyihasi ishtirokchilariga — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilari va importyorlarga quyidagilarni taqdim etadi:
markirovkalash kodlarini buyurtma qilish va qabul qilish uchun markirovkalash uskunalari va dasturiy taʼminoti, markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish, raqamli identifikatsiya vositalarini isteʼmol qadoqlarida yelimlash va yelimlangan raqamli identifikatsiya vositalari toʻgʻrisida maʼlumotni MMK MATga yuborish;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi — MMK MAT bilan maʼlumot almashish uchun zarur boʻlgan dasturiy-apparat kompleksi, shu jumladan, buyurtma berish va markirovkalash kodlarini olish.
28. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar quyidagi tarzda raqamli markirovkalanadi:
raqamli identifikatsiya vositalari tipografik usulda tayyorlangan maxsus belgilangan maydonda omborga joʻnatishdan oldin toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish liniyasida yelimlanadi (oʻlchami kamida 10*10 millimetr);
raqamli identifikatsiya qilish vositalarining oʻlchami va joylashishi isteʼmol qadoqlarini ochishga hojat qoldirmasdan maʼlumotlarni yigʻish terminallari, maxsus (mobil) dasturlar, lazerli skanerlarni oʻz ichiga olgan raqamli identifikatsiya vositalarini bevosita vizual koʻrish va toʻgʻri oʻqish imkoniyati taʼminlanadi;
raqamli identifikatsiya qilish vositasi mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning butun yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiya qilish vositasini isteʼmol qadoqlaridan ajratib olish imkonini bermaydigan usulda yelimlanadi;
raqamli identifikatsiya vositalari shaffof plyonkada yoki boshqa har qanday tashqi qadoq materialida bosilmasligi va boshqa maʼlumotlar bilan qoplanmasligi kerakligi taʼminlanadi;
raqamli identifikatsiya vositasi isteʼmol qadoqlariga, maʼlumotlarning yaxlitligi Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy texnik hujjatlari talablariga muvofiq buzilmaydigan qilib joylashtiriladi.
29. Raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash usulini tanlashda qadoqlash materiali va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan markirovkalash uskunalari borasida cheklovlar qoʻyilmaydi.
7-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlarini taqdim etish
30. Raqamli identifikatsiya qilish orqali mahsulotlarni markirovkalash maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi operatorga markirovkalash kodlarini olish uchun ariza yuboradi. Ushbu arizalar buyurtmalarni boshqarish stansiyasidan foydalangan holda, mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
31. Belgilash kodlarini olish uchun ariza quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
mahsulot kodi tayinlangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar mahsulot katalogiga kiritilganligi;
talab qilingan markalash kodlari soni.
32. Agar arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Vaqtinchalik nizom bilan belgilangan talablarga javob bersa, operator koʻrsatilgan arizani roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab 4 soatdan kechiktirmay:
kerakli miqdordagi markalash kodlarini seriyalashtiradi;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali tajriba loyihasi ishtirokchisiga markirovkalash kodlarini taqdim etadi;
chiqarilgan belgi kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV registri roʻyxatiga kiritadi.
33. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi markirovka kodlarini olgandan soʻng:
a) markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga aylantirish va ularni isteʼmol qadoqlariga tatbiq etilishini taʼminlaydi;
b) buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali markirovkalash kodlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga yuboradi (koʻrsatilgan maʼlumotlar elektron shaklda yuboriladi):
mahsulotni markirovkalash sanasi va vaqti;
raqamli identifikatsiya qoʻllaniladigan vositalar roʻyxati.
34. Operator tajriba loyihasi ishtirokchisi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan raqamli identifikatsiya vositalari yelimlanishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olganidan soʻng, real vaqt rejimida tegishli markirovka kodlarining holatlari IV registrida aks ettirilishini hamda ushbu maʼlumotlar tajriba loyihasi ishtirokchilariga taqdim etilishini taʼminlaydi.
8-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni agregirlash, tajriba loyihasi doirasida ular aylanmasini kuzatish
35. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining ishtirokchisi mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni transport qadogʻiga agregirlash jarayonini, import qilingan taqdirda — agregirlangan bojxona kodini yaratish jarayonini amalga oshiradi.
MMK MATga transport qadogʻi yoki agregirlangan bojxona kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish MMK MAT maʼlumotlariga koʻra bunday transport qadogʻi yoki agregirlangan bojxona kodida mavjud boʻlgan agregirlangan isteʼmol va transport qadoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatishga teng hisoblanadi.
MMK MATda transport qadogʻi yoki agregatsiya bojxona kodi haqidagi maʼlumotlarni taqdim yetish MMK MATga koʻra bunday transport qadogʻi yoki agregatsiya bojxona kodida joylashgan isteʼmol va transport qadogʻi haqidagi maʼlumotlarni uzatishga teng deb hisoblanadi.
36. Agregirlash tartib-taomilini amalga oshirish uchun mahsulot aylanmasining ishtirokchisi maʼlumotlarni MMK MATga elektron shaklda kiritadi:
a) isteʼmol paketlarini transport qadoqlariga yigʻish operatsiyasini bajarish natijasi:
yigʻish operatsiyasini bajaruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
birlashtirilgan isteʼmol paketlari soni;
toʻplangan isteʼmol paketlari uchun identifikatsiya kodlari;
hosil qilingan transport paketining identifikatsiya kodi;
b) transport qadoqlarini keyingi darajadagi transport qadoqlariga agregirlash jarayonini bajarish natijasi:
yigʻish operatsiyasini bajaruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
yigʻilgan transport paketlari soni;
yigʻilgan transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari;
hosil qilingan transport paketining identifikatsiya kodi;
v) yigʻish bojxona kodini shakllantirish operatsiyasining natijasi:
yigʻish tartibini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
isteʼmolchilar va transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari.
37. Transport qadogʻining identifikatsiya kodi bir oʻlchamli shtrix kod koʻrinishida Davlatlararo GOST ISO 15394-2013 “Qadoq, Yuklab joʻnatish, transportda tashish va qabul qilish uchun yorliqlarda shtrix kodning chiziqli belgilari va ikki oʻlchamli belgilar. Umumiy talablar” standartiga muvofiq taqdim etiladi (ISO 15394:2009 “Packaging — Bar code and two-dimensional symbols for shipping, transport and receiving labels”).
38. Operatsiyalarni amalga oshiradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchilari transport vositasi ichida mahsulotlarni olib qoʻyish va (yoki) oʻtkazish toʻgʻrisida MMK MATga quyidagi maʼlumotlar elektron shaklda yuboradi:
olib chiqish, topshirish operatsiyasini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
oʻzgartiriladigan isteʼmolchilar yoki transport paketlari uchun identifikatsiya kodlari roʻyxati;
transformatsiya operatsiyalari turi (oʻtkazish, olib qoʻyish).
39. Isteʼmol mahsulotlarini boshqa transport paketiga oʻtkazishda oʻtkazilayotgan mahsulotlarning tegishli identifikatsiya kodlari roʻyxati, shuningdek, ushbu transport oʻtkazilgan transport paketining identifikatsiya kodi koʻrsatiladi.
40. Operator real vaqt rejimida mahsulotlarni yigʻish, olib qoʻyish va (yoki) oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumot olganidan soʻng ularning IV registrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
41. Tajriba loyihasida ishtirok etadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning muomalaga kiritilishi va aylanishi monitoringi operator tomonidan MMK MAT orqali amalga oshiriladi.
42. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi ishtirokchilari oʻrtasida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni oʻtkazish (qabul qilish) paytida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasining kuzatilishi:
Mahsulot aylanmasining ishtirokchisi sotilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni identifikatsiya vositalarini tekshiradi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan EHF shakllantirib, mahsulotlar joʻnatilgan kundan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida xabarnoma yuboradi;
mahsulotni sotib oluvchi (qabul qiluvchi) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi mahsulot toʻliq qabul qilingan taqdirda, mahsulotni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, EHF shaklida 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda, ushbu mahsulotni qabul qilgan kundan boshlab, jumladan, uchinchi shaxslarga topshirgan kundan kech boʻlmagan muddatda imzolaydi;
EHFning rouming operatori real vaqt rejimida MMK MATga mahsulotlarning sotilishi toʻgʻrisidagi barcha xabarnomalarni (elektron hisob-kitob shaklida) yuboradi;
mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan mahsulotlarni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma EHF shaklida olinganda, operator real vaqt rejimida MMK MATda mahsulot aylanmasining bitta ishtirokchisi tomonidan mahsulotlarni boshqa ishtirokchiga topshirish holatini aks ettiradi.
9-bob. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomalaga kiritish, ularni muomaladan chiqarish va jarayonni nazorat qilish
43. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar quyidagicha muomalaga chiqariladi:
a) ishlab chiqaruvchi mahsulotlarni sotish toʻgʻrisida EHF shaklida xabarnomani ishlab chiqadi, mahsulotlar joʻnatilgan (topshirilgan) kundan boshlab 3 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida elektron raqamli imzo bilan imzolaydi;
b) mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan sotib oladigan (qabul qiladigan) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi oʻz elektron raqamli imzosi bilan mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi xabarnomani imzolaydi;
v) EHFning rouming operatori real vaqt rejimida MMK MATga mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi barcha xabarnomalarni (EHF shaklida) yuboradi;
g) mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan mahsulotlarni sotish toʻgʻrisidagi bildirishnoma (EHF shaklida) taqdim etilgandan soʻng operator real vaqt rejimida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarilganligini MMK MATda aks ettiradi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar quyidagicha muomalaga chiqariladi:
a) tajriba loyihasining ishtirokchisi — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar import qiluvchisi import qilinadigan mahsulotlarni erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimi ostida joylashtiradi;
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi erkin muomalaga (importga) chiqarish yoki reimport qilish maqsadida yuk bojxona deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay, MMK MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron shaklda olib kirish (import) toʻgʻrisida xabarnomani yuboradi:
erkin aylanmaga (importga) chiqarish maqsadida bojxona organi tomonidan qabul qilingan yuk bojxona deklaratsiyasining maʼlumotlari;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning identifikatsiya kodlari yoki yigʻma bojxona kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) olib kirish (import) toʻgʻrisidagi xabarnoma olingandan soʻng operator real vaqt rejimida MMK MATda raqamli identifikatsiya vositasi aylanmaga kiritilganligini aks ettiradi.
45. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish maqsadida:
a) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni chakana sotishda:
mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshiradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchisi, oʻrnatilgan va roʻyxatdan oʻtgan nazorat-kassa texnikasi bilan bogʻliq boʻlgan texnik vositalar (nazorat-kassa texnikalarni skanerlash vositalari yoki alohida oʻrnatilgan skanerlash uskunalari) yordamida raqamli identifikatsiya vositalarini skaner qiladi va oʻqiydi;
fiskal maʼlumotlar operatori real vaqt rejimida MMK MATga har bir sotilgan mahsulot birligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatadi (elektron fiskal hujjat shaklida);
mahsulotlarning chakana savdosi toʻgʻrisida xabarnoma (elektron fiskal hujjat shaklida) olinganidan soʻng operator real vaqtda raqamli identifikatsiya vositasi muomaladan chiqarilganligini MMK MATda aks ettiradi;
b) boshqa sabablarga koʻra (zarar, oʻgʻirlik, yaroqlilik muddati va h.k.) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni hisobdan chiqarishda:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni hisobdan chiqaradigan mahsulot aylanmasining ishtirokchisi muomiladan chiqarilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari qadoqlaridagi raqamli identifikatsiya vositalarini tekshiradi va taniydi;
har bir hisobdan chiqarilgan mahsulot birligi, shu jumladan, aylanmadan olib qoʻyilgan identifikatsiya kodlari, aylanmadan chiqarish sabablari, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yoʻq qilish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat rekvizitlarini oʻz ichiga olgan har bir mahsulot birligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumot MMK MATga oʻtkaziladi;
boshqa sabablarga koʻra mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgandan soʻng operator real vaqtda raqamli identifikatsiya vositasining muomaladan chiqarilishini MMK MATda aks ettiradi.
46. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar monitoringi isteʼmolchilar tomonidan maxsus (mobil) dastur orqali isteʼmol mahsulotiga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiya vositasini skanerlash orqali amalga oshiriladi.
Maxsus (mobil) dastur ishlab chiqiladi va operator tomonidan tarqatiladi.
47. Operator isteʼmolchiga mahsulot katalogiga kiritilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning qadogʻi, uning hozirgi holati, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va joyi toʻgʻrisida maʼlumot berilishini taʼminlaydi.
48. Isteʼmolchi sotib olingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar toʻgʻrisida operatordan olingan haqiqiy maʼlumotlar bilan notoʻgʻri maʼlumotlarni aniqlasa, isteʼmolchi “Asl belgisi” va “Soliq” mobil dasturlari orqali MMK MATga xabarnoma yuboradi.
MMK MAT ushbu xabarnomani qabul qilib, qayd etilgan holatlar yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun rasmiy maʼlumotlarni belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga yuboradi.
10-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining axborot almashinuvini taʼminlash
49. Tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida operator quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tajriba loyihasi ishtirokchilarining reyestrini yuritish;
mahsulotlar katalogini yuritish;
IV registrini yuritish;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga MMK MAT maʼlumotlarini taqdim etish (tijorat va boshqa qonun bilan himoyalangan sirlarni tarqatishda cheklovlar hisobga olingan holda);
isteʼmolchilarga mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar va ularning MMK MATdagi holati toʻgʻrisida maʼlumot berish.
50. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining operator bilan oʻzaro aloqasi elektron hujjatlarni, shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan imzolangan hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
51. Elektron hujjatlar MMK MAT orqali aloqa kanallari yordamida hamda shaxsiy kabinet orqali ham almashiniladi.
52. Elektron hujjatlarga kiritilgan maʼlumotlarning, shu jumladan, shaxsiy kabinetda yaratilgan maʼlumotlarning muvofiqligi avtomatik ravishda MMK MAT yordamida tekshiriladi.
53. Agar MMK MATga notoʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, operator aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisiga hamda belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga xabarnoma yuboradi.
54. Agar MMK MATga toʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, operator mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar aylanmasi ishtirokchisiga maʼlumotlarning MMK MATga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
55. MMK MATga uzatiladigan elektron hujjatlarning formatlari operator tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va Internet jahon axborot tarmogʻidagi operator rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
20___y.“____” ___________
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori “CRPT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga
Markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar
ROʻYXATI
TIF TN kodlari
Nomlanish
Mineral oʻgʻitlar
*2814 20 000 0 dan
*2827 10 000 0 dan
*2834 29 800 0 dan
3102 dan
Azotli oʻgʻitlar
*2510 20 000 0 dan
*2835 25 000 0 dan
*2835 26 000 0 dan
3103 dan
Fosforli oʻgʻitlar
*2827 39 850 0 dan
*2833 29 800 0 dan
3104 dan
Kaliyli oʻgʻitlar
*2834 21 000 0dan
*2835 24 000 0 dan
3105 dan
Tarkibida ikki yoki uchta ozuqa moddalarini oʻz ichiga oladigan mineral yoki kimyoviy oʻgʻitlar:
azot, fosfor va kaliy;
boshqa oʻgʻitlar;
brutto ogʻirligi 10 kg dan oshmagan tabletka yoki analog shaklidagi yoki qadoqlangan mazkur guruh tovarlari.
*2810 00 dan
*2827 dan
*2833 dan
*2840 dan
*2841 70 000 0dan
Mikrooʻgʻitlar
2903 39 110 0
brommetan (metilbromid)
3808
Chakana savdo uchun shakl yoki qadoqlarga, tayyor preparat yoki mahsulotlar sifatida qadoqlangan insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, oʻsimliklar oʻsishini boshqaruvchi vositalar, dezinfeksiya vositalari va ularga analog vositalar (masalan, oltingugurt bilan ishlangan lentalar, tayoqlar va shamlar, chivin qogʻozi);
ushbu tovar guruhining 1 subpozitsiyasiga koʻrsatilgan tovarlar;
3808 52 000 0
DDT (ISO) (klofenotan (INN)), netto vazni 300 g dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda;
3808 59 000
boshqalar;
3808 59 000 1
tarkibida 4,6-dinitro-o-krezol (DNOK (ISO)) yoki uning tuzlari, yoki tributil birikmalari yoki bu moddalar aralashmalari boʻlgan;
boshqalar;
3808 59 000 2
aldikarb (ISO) yoki penta va oktabromobifenil oddiy efirlari yoki perftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari, yoki perftoroktansulfonamidlar, yoxud perftoroktansulfonil-floridlarni oʻz ichiga olgan insektitsidlar;
3808 59 000 3
alaxor (ISO) yoki azinofosmetil (ISO) yoki endosulfan (ISO) oʻz ichiga olgan insektitsidlar;
3808 59 000 4
tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari yoki perftoroktansulfonamidlar yoki perftoroktansulfonil-ftorid boʻlgan fungitsidlar;
3808 59 000 5
tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari yoki perftoroktansulfonamidlar va perftoroktansulfonil-ftorid boʻlgan gerbitsidlar;
3808 59 000 8
tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari, perftoroktansulfonamidlar yoki perftoroktansulfonilftorid boʻlgan rodentitsidlar;
3808 59 000 9
boshqalar;
ushbu tovar guruhining 2 subpozitsiyasida koʻrsatilgan tovarlar;
3808 61 000
netto vazni 300 g dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda;
3808 61 000 1
tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;
3808 61 000 2
tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;
3808 61 000 3
tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO) boʻlgan;
3808 62 000
netto vazni 300 g dan koʻp boʻlgan, lekin 7,5 kg dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda:
3808 62 000 1
tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;
3808 62 000 2
tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;
3808 62 000 3
tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO) boʻlgan;
3808 69 000
boshqalar;
3808 69 000 1
tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;
3808 69 000 2
tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;
3808 69 000 3
tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO);
boshqalar;
3808 91
insektitsidlar:
3808 91 100 0
piretroidlar asosida
3808 91 200 0
xlorlangan uglevodorodlar asosida
3808 91 300 0
karbamatlar asosida
3808 91 400 0
forfororganik birikmalar asosida
3808 91 900 0
boshqalar
3808 92
fungitsidlar:
anorganik:
3808 92 100 0
mis birikmalari asosida boʻlgan preparatlar
3808 92 200 0
boshqalar
boshqalar:
3808 92 300 0
ditiokarbamatlar asosida
3808 92 400 0
benzimidazollar asosida
3808 92 500 0
diazollar yoki triazollar asosida
3808 92 600 0
diazinlar yoki morfolinlar asosida
3808 92 900 0
boshqalar
3808 93
gerbitsidlar, unuvchalikni toʻxtatuvchi va oʻsimliklarning oʻsishini boshqaruvchi vositalar:
gerbitsidlar:
3808 93 110 0
fenoksifitogormonlar asosida
3808 93 130 0
triazinlar asosida
3808 93 150 0
amidlar asosida
3808 93 170 0
karbamatlar asosida
3808 93 210 0
dinitroanilin hosilalari asosida
3808 93 230 0
karbamid, uratsil yoki sulfonilkarbamid hosilalari asosida
3808 93 270 0
boshqalar
3808 93 300 0
unuvchalikni toʻxtatuvchi vositalar
3808 93 900 0
oʻsimliklarning oʻsishini boshqaruvchi vositalar
3808 99
boshqalar:
3808 99 100 0
rodentitsidlar
3808 99 900 0
boshqalar
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatish
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich. Subyektni roʻyxatdan oʻtkazish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatish boʻyicha milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi — MMK MAT) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar ariza Vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar roʻyxatidagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Operator
Vaqtinchalik nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
2-bosqich. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarini qayd qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni qayd etish boʻyicha arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK MAT veb-saytida shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:
arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot roʻyxatiga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisini mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash maqsadida kodlarni olish uchun operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq boʻlsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV registriga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Operatorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Identifikatsiyalash vositasi mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarda qoʻllanilishini taʼminlaydi.
MMK MATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning qadoqlarida identifikatsiyalash vositalari qoʻllanilgandan soʻng
4-bosqich. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish va aylanmasi monitoringini yuritish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar agregatsiyasini amalga oshiradi.
Real vaqt rejimida
MMK MAT orqali avtomatik rejimda operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki mahsulotlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida mahsulot yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK MATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni EHF maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalariga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (import qiluvchi)
Import qilinayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga mahsulotlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan mahsulotlarni chiqarish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;
mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovka kodi va mahsulot nomi;
mahsulotning kelib chiqish mamlakati kodi.
Real vaqt rejimida
Operator
Maʼlumotlarni olgandan keyin ularni MMK MAT reyestrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarini muomaladan chiqarish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni nazorat-kassa texnikasi mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini nazorat-kassa texnikasi bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat-kassa texnikasi orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal maʼlumotlar operatori
Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatadi. Nazorat-kassa texnikasi ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech boʻlmagan muddatda
Operator
Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiya vositasi bilan raqamli markirovkalangan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV registrida aks ettiradi.
Real vaqt rejimida
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga 4-ILOVA
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI (“Yoʻl xaritasi”)
T/r
Chora-tadbirning nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini, shu jumladan asosiy vazifa hamda funksiyalarini kelishish va tasdiqlash.
2025-yil may
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
(keyingi oʻrinlarda — Karantin agentligi),
Soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar,
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilari MMK MAT bilan oʻzaro aloqador boʻlsa, foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni toʻldirish qoidalarini, tekshirish qoidalarini, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar turlarini va formalarini hamda shu bilan birga, foydalaniladigan maʼlumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil may
Karantin agentligi,
Soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ
3.
Ishtirokchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yigʻilishlar tashkil etish.
2025-yil may
Karantin agentligi,
Soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ
4.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni sotish mexanizmlarini oʻrganish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2025-yil may
“CRPT TURON” MCHJ
Karantin agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2025-yil may
5.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini oʻqitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar va oʻquv-treninglar tashkil etish.
2025-yil may
“CRPT TURON” MCHJ,
Soliq qoʻmitasi
6.
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
2025-yil may
Soliq qoʻmitasi,
Karantin agentligi,
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya vositalarida roʻyxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2025-yil iyun
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.
Identifikatsiya vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni identifikatsiya vositalarida roʻyxatdan oʻtkazish.
2025-yil iyun
“CRPT TURON” MCHJ,
Karantin agentligi,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
9.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish, MMK MATni sozlash va ishga tushirish.
2025-yil iyun
Karantin agentligi,
“CRPT TURON” MCHJ
10.
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya vositalarini oʻrnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish va MMK MATga ulanishini taʼminlash.
2025-yil iyun
Karantin agentligi,
“CRPT TURON” MCHJ,
Soliq qoʻmitasi,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
11.
Raqamli markirovkalanadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni MMK MATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2025-yil iyun
“CRPT TURON” MCHJ,
Karantin agentligi,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
12.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2025-yil iyun
“CRPT TURON” MCHJ
Soliq qoʻmitasi,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
13.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdo ishtirokchilari bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2025-yil iyul
Karantin agentligi,
“CRPT TURON” MCHJ,
Soliq qoʻmitasi,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
14.
Import qilingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning yorliqlash jarayoni va usullarini oʻrganish.
2025-yil may
Karantin agentligi,
Soliq qoʻmitasi,
Bojxona qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
15.
Import qilinadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni MMK MATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2025-yil may
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
16.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2025-yil iyun
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
17.
Import qilingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni import qiluvchilar va ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2025-yil iyul
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
18.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2025-yil iyul
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
19.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari tomonidan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2025-yil avgust
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
20.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalar boʻyicha uchrashuv oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazish.
2025-yil avgust
Karantin agentligi,
Soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
21.
Tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
2025-yil sentabr
Karantin agentligi,
Soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
22.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga yuborish.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni markirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot hamda majburiy raqamli markirovkalash tizimini kengaytirish yuzasidan taklif kiritish.
2025-yil sentabr
Karantin agentligi,
Soliq qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
23.
Axborot tizimlarining integratsiyasini amalga oshirish.
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni raqamli markirovkasi va savdosi boʻyicha barcha maʼlumotlarni “CRPT TURON” MCHJning “Asl belgisi” MAT va Karantin agentligining “e-Fitouz” axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
2025-yil oktabr
Soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ,
Karantin agentligi
(41-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 6-ILOVA
Ayrim turdagi mahsulotlarning yangi toifalarini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha
1. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash boʻyicha metodologik tajriba bazasini yaratish
1.1.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini, shu jumladan asosiy vazifa hamda funksiyalarini kelishish va tasdiqlash.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
1.2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilarining MMK AT bilan oʻzaro aloqador boʻlsa foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni toʻldirish qoidalarini, tekshirish qoidalarini, dori vositalari va tibbiy buyumlar turlarini va formalarini hamda shu bilan birga foydalaniladigan maʼlumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Farmagentlik),
“CRPT TURON” MCHJ
2.1.
Ishtirokchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yigʻilishlar tashkil etish.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi, Farmagentlik,
“CRPT TURON” MCHJ
2.2.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish mexanizmlarini oʻrganish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning hamda tibbiy muassasalarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ Davlat soliq qoʻmitasi, Farmagentlik
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning hamda tibbiy muassasalarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Farmagentlik
2.3.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini oʻqitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar va oʻquv-treninglar tashkil etish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ, Davlat soliq qoʻmitasi
3.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
2021-yil
iyun
Davlat soliq qoʻmitasi,
Farmagentlik,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
3.2.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya vositalarida roʻyxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2021-yil
iyun
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
3.3.
Identifikatsiya vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni (dori vositalari va tibbiy buyum turini) identifikatsiya vositalarida roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyun
“CRPT TURON” MCHJ, Farmagentlik,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini oʻrnatish, MMK AT ni sozlash va ishga tushirish.
2021-yil
iyun
Farmagentlik, “CRPT TURON” MCHJ
4.2.
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya vositalarni oʻrnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiyalash vositalari komponentlarini oʻrnatish va MMK ATga ulanishini taʼminlash.
2021-yil
iyun
Farmagentlik, “CRPT TURON” MCHJ,
Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.1.
Raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni (dori vositalari va tibbiy buyum turlarini) MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ,
Farmagentlik, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.2.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ
Davlat soliq qoʻmitasi, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.3.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
Farmagentlik, “CRPT TURON” MCHJ,
Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.1.
Import qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yorliqlash jarayonini va usullarini oʻrganish.
2021-yil
iyul
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.2.
Import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni (dori vositalari va tibbiy buyum tovarlarni) MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.3.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — dori vositalari va tibbiy buyumlarni import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.4.
Import qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — dori vositalari va tibbiy buyumlarni import qiluvchilar va ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.1.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil sentabr
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.2.
Tibbiyot muassasalarning raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini muomaladan chiqarilishini taʼminlash.
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini tibbiy maqsadlarda foydalanish sababli muomaladan olib qoʻyilishini qayd etish uchun maxsus (mobil) dastur oʻrnatish uchun moʻljallangan mobil qurilmalar bilan taʼminlash.
2021-yil sentabr
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.3.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari tomonidan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil sentabr
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.4.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalar boʻyicha uchrashuv oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazish.
2021-yil sentabr
Davlat soliq qoʻmitasi
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.1.
Tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
2021-yil noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.2.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga yuborish.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot hamda majburiy raqamli markirovkalash tizimini kengaytirish yuzasidan taklif kiritish.
2021-yil noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
2. Suv va salqin ichimliklarni markirovkalash boʻyicha metodologik tajriba bazasini yaratish
1.1.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini, shu jumladan asosiy vazifa hamda funksiyalarini kelishish va tasdiqlash.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
1.2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Suv va salqin ichimliklar muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilarining MMK AT bilan oʻzaro aloqadorligi boʻyicha foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni toʻldirish qoidalarini, tekshirish qoidalarini, suv va salqin ichimliklarni turlarini va formalarini hamda shu bilan birga foydalaniladigan maʼlumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“CRPT TURON” MCHJ
2.1.
Ishtirokchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yigʻilishlar tashkil etish.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“CRPT TURON” MCHJ
2.2.
Suv va salqin ichimliklarni sotish mexanizmlarini oʻrganish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2.3.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini oʻqitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar va oʻquv-treninglar tashkil etish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ, Davlat soliq qoʻmitasi
3.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
2021-yil
iyun
Davlat soliq qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
3.2.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya vositalarida roʻyxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2021-yil
iyun
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
3.3.
Identifikatsiya vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan suv va salqin ichimliklarni (suv va salqin ichimliklarni turini) identifikatsiya vositalarida roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyun
“CRPT TURON” MCHJ, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish, MMK ATni sozlash va ishga tushirish.
2021-yil
iyun
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “CRPT TURON” MCHJ
4.2.
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya vositalarni oʻrnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish va MMK ATga ulanishini taʼminlash.
2021-yil
iyun
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “CRPT TURON” MCHJ,
Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.1.
Raqamli markirovkalanadigan suv va salqin ichimliklarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan suv va salqin ichimliklarni (suv va salqin ichimliklarni) MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.2.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ
Davlat soliq qoʻmitasi, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.3.
Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchilar ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “CRPT TURON” MCHJ,
Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.1.
Import qilingan suv va salqin ichimliklarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan suv va salqin ichimliklarni yorliqlash jarayonini va usullarini oʻrganish.
2021-yil
iyul
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.2.
Import qilinadigan suv va salqin ichimliklarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan suv va salqin ichimliklarni (suv va salqin ichimliklarni turlarini) MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.3.
Suv va salqin ichimliklarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — suv va salqin ichimliklarni import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali suv va salqin ichimliklarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.4.
Import qilingan suv va salqin ichimliklarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari- suv va salqin ichimliklarni import qiluvchilar ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda suv va salqin ichimliklarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.1.
Suv va salqin ichimliklarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan suv va salqin ichimliklarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil sentabr
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.3.
Suv va salqin ichimliklarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari tomonidan suv va salqin ichimliklarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil sentabr
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.4.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalar boʻyicha uchrashuv oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan suv va salqin ichimliklarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazish.
2021-yil sentabr
Davlat soliq qoʻmitasi
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.1.
Tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
2021-yil noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.2.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga yuborish.
Suv va salqin ichimliklarnimarkirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot hamda majburiy raqamli markirovkalash tizimini kengaytirish yuzasidan taklif kiritish.
2021-yil noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
3. Maishiy texnika mahsulotlarini markirovkalash boʻyicha metodologik tajriba bazasini yaratish
1.1.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini, shu jumladan asosiy vazifa hamda funksiyalarini kelishish va tasdiqlash.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
1.2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Maishiy texnika mahsulotlarinimuomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilarining MMK AT bilan oʻzaro aloqadorligi boʻyicha foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni toʻldirish qoidalarini, tekshirish qoidalarini, maishiy texnika mahsulotlarini turlarini va formalarini hamda shu bilan birga foydalaniladigan maʼlumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,
“CRPT TURON” MCHJ
2.1.
Ishtirokchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yigʻilishlar tashkil etish.
2021-yil
may
Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,
“CRPT TURON” MCHJ
2.2.
Maishiy texnika mahsulotlarini sotish mexanizmlarini oʻrganish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va ulgurji va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi
2.3.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini oʻqitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar va oʻquv-treninglar tashkil etish.
2021-yil
may
“CRPT TURON” MCHJ, Davlat soliq qoʻmitasi
3.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
2021-yil
iyun
Davlat soliq qoʻmitasi,
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
3.2.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya vositalarida roʻyxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2021-yil
iyun
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
3.3.
Identifikatsiya vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan maishiy texnika mahsulotlarini (maishiy texnika mahsulotlarini turini) identifikatsiya vositalarida roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyun
“CRPT TURON” MCHJ, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish, MMK ATni sozlash va ishga tushirish.
2021-yil
iyun
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “CRPT TURON” MCHJ
4.2.
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya vositalarni oʻrnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya vositalari komponentlarini oʻrnatish va MMK ATga ulanishini taʼminlash.
2021-yil
iyun
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “CRPT TURON” MCHJ,
Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.1.
Raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan maishiy texnika mahsulotlarini MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ,
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.2.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ
Davlat soliq qoʻmitasi, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.3.
Maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Maishiy texnika mahsulotlariniishlab chiqaruvchilar ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “CRPT TURON” MCHJ,
Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.1.
Import qilingan maishiy texnika mahsulotlarini yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan maishiy texnika mahsulotlarini yorliqlash jarayonini va usullarini oʻrganish.
2021-yil
iyul
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.2.
Import qilinadigan maishiy texnika mahsulotlarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan maishiy texnika mahsulotlariniMMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2021-yil
iyul
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.3.
Maishiy texnika mahsulotlarini markirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — maishiy texnika mahsulotlarini import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali maishiy texnika mahsulotlarinimarkirovkalash mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.4.
Import qilingan maishiy texnika mahsulotlarini ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari- maishiy texnika mahsulotlarini import qiluvchilar ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda maishiy texnika mahsulotlariniulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil avgust
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.1.
Maishiy texnika mahsulotlarini isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil sentabr
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.3.
Maishiy texnika mahsulotlarinimuomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
2021-yil sentabr
“CRPT TURON” MCHJ,
tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.4.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalar boʻyicha uchrashuv oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan maishiy texnika mahsulotlarini markirovkalash tizimining birinchi dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazish.
2021-yil sentabr
Davlat soliq qoʻmitasi
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.1.
Tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
2021-yil noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
“CRPT TURON” MCHJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.2.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga yuborish.
Maishiy texnika mahsulotlarinimarkirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot hamda majburiy raqamli markirovkalash tizimini kengaytirish yuzasidan taklif kiritish.
2021-yil noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 762-son qarorida:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizom ilova muvofiq tasdiqlansin”.
b) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 762-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida bojxona organiga dastlabki elektron shakldagi axborotni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish tartibotlarini, shuningdek, taqdim etish muddatlari va taqdim etish talab etilmaydigan holatlarni belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dastlabki elektron shakldagi axborot (keyingi oʻrinlarda — dastlabki axborot) — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar, ularni tashuvchi transport vositalari, tovarlarni olib kirish vaqti va joyi hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali kirib keluvchi yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida oldindan bojxona organlarining axborot tizimiga Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladigan elektron maʼlumotlar;
identifikatsiya kodi — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida maʼlumotlarning noyob turi;
yoʻlovchi nomining yozuvi (Passenger Name Record — PNR) — bron qilish bazasiga kiritilgan aviachiptalarni bron qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bunda yoʻlovchi haqidagi shaxsiy, shuningdek, uning yoxud u bilan birga sayohat qilayotgan bir guruh yoʻlovchilarning yoʻnalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi;
yoʻlovchi haqida dastlabki maʼlumot (Advance Passenger Information — API) — tashuvchi tomonidan yetib borish davlatining nazorat qiluvchi organlariga taqdim etish uchun avtomatik ravishda yigʻiladigan yoʻlovchilarning biografik va reysning boshqa maʼlumotlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot;
format-mantiqiy nazorat — Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DBQ YAAAT) taqdim etilayotgan axborotlarni mantiqan oʻzaro taqqoslash yoki bojxona organlarida mavjud maʼlumotlar bilan solishtirish va ularning belgilangan formatga muvofiqligini dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish jarayoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali temir yoʻl, avtomobil va havo transportida olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida oldindan bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagilar hisoblanadi:
temir yoʻl transportida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoki jamiyat tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
avtomobil transportida — bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini amalda olib oʻtuvchi shaxslar (haydovchi);
havo transportida — bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan havo transporti tegishli boʻlgan aviakompaniya yoki ular tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida — pochta aloqasi operatori yoki provayder yoxud ular tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar.
Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar maʼlumotlarning haqqoniyligi va ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddatlarda bojxona organlariga taqdim etilishiga javobgar hisoblanadilar.
2-bob. Bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etish va koʻrib chiqish
4. Bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etish va koʻrib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovadagi Sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Dastlabki axborot taqdim etuvchi shaxslar bojxona axborot tizimidagi dastlabki axborotni taqdim etish dasturidan login va parol olgan holda roʻyxatdan oʻtadilar.
Dastlabki axborotni taqdim etish mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladi. Ushbu dastlabki axborotdan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi doirasida foydalanishlari mumkin.
Temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot alohida tashkil etilgan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali taqdim etilishi mumkin.
6. Olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot ular bojxona hududiga amalda yetib kelgunga qadar bojxona organiga davlat tili, rus yoxud ingliz tilida taqdim etiladi.
7. Dastlabki axborot bojxona organlari axborot tizimiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
avtomobil transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtishidan bir soat oldin;
temir yoʻl transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin;
uzoq yoki oʻrta magistral parvozni amalga oshirishda — havo transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;
yaqin magistral parvozlarni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida.
8. Avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan (shu jumladan tranzit oʻtadigan) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot bojxona organiga ushbu Nizomga 2 — 5-ilovalarga muvofiq taqdim etilishi shart.
Ushbu Nizomga 2 — 5-ilovalar talablariga muvofiq boʻlmagan tarzda taqdim etilgan dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimida avtomatik tarzda rad etilib, taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
3-bob. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
9. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishini taʼminlash uchun bojxona maqsadlarida zarur boʻlgan barcha hujjatlar va maʼlumotlardan foydalanish;
bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash, elektron maʼlumotlarni uzatish uchun axborot tizimlaridan foydalanish;
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlarda dastlabki axborotni taqdim etmaslik;
taqdim etilgan dastlabki axborot rad etilganda, mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddatlarda hamda 2 — 5-ilovalarga muvofiqlashtirgan holda qayta taqdim etish;
taqdim etilgan dastlabki axborot asosida bojxona yuk deklaratsiyasini shakllantirish.
10. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
dastlabki axborotni taqdim etish dasturida roʻyxatdan oʻtish;
tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organlariga ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etish;
dastlabki axborotni tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda yetib kelgunga qadar bojxona organlariga mazkur Nizomga 2 — 5-ilovalarga muvofiq taqdim etish;
dastlabki axborotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini va toʻliqligini taʼminlash.
4-bob. Dastlabki axborotni taqdim etish talab etilmaydigan holatlar
11. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan quyidagi tovarlar va transport vositalari boʻyicha bojxona organlariga dastlabki axborotni taqdim qilish majburiy hisoblanmaydi:
a) avtomobil oʻtkazish punktlari orqali jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yuki yoki kuzatib boriladigan bagajida olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan;
b) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan rasmiy (xizmatda) foydalanishi maqsadida bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan;
v) avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatlarini bartaraf etish maqsadida olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga, shuningdek, insonparvarlik hamda texnik koʻmak sifatidagi tovarlarga nisbatan;
g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq berilgan va ruxsatnomalar bilan tasdiqlangan harbiy yuklarga nisbatan;
d) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining bir bojxona postidan boshqa bojxona postiga xorijiy davlatlar hududlari orqali olib oʻtilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlari va transport vositalariga nisbatan;
e) quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan;
j) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan tovarlarga nisbatan.
5-bob. Bojxona organlarining dastlabki axborotdan foydalanish
12. Taqdim etilgan dastlabki axborot DBQ YAAATda real vaqt rejimida qabul qilinadi va format-mantiqiy nazoratdan ijobiy oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda axborot taqdim etuvchi shaxslarga identifikatsiya kodi berilgan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ushbu identifikatsiya kodi olib oʻtilishi rejalashtirilgan tovarlar va transport vositalari amalda bojxona chegarasiga yetib kelganida bojxona organiga taqdim etiladi.
13. Taqdim etilgan dastlabki axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rejalashtirilgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida maʼlumot olish va tahlil qilishda;
b) xavflarni boshqarish tizimini qoʻllashda;
v) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari bojxona hududiga amalda kirib kelgunga qadar bojxona nazorati shakllari, ularning qoʻllanilish hajmini tanlash hamda tegishli choralar koʻrish boʻyicha dastlabki qarorlarni qabul qilishda;
g) bojxona operatsiyalari amalga oshirilishini tezlashtirish va bojxona nazorati oʻtkazilishini optimallashtirishda;
d) yukni yetkazib berish nazorat hujjatlarini elektron shakllantirishda.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Taqdim etilgan dastlabki axborotni oshkor etish, undan boshqa maqsadlarda foydalanish, uchinchi shaxslarga berish man etiladi.
15. Dastlabki axborot tizimga kiritilgandan kundan boshlab, 30 kalendar kun muddatgacha saqlanadi.
16. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
Bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organlariga taqdim etish va koʻrib chiqish
Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar dastlabki axborotni taqdim etish dasturida roʻyxatdan oʻtadilar
temir yoʻl transportida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yoki jamiyat tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
avtomobil transportida — bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini amalda olib oʻtuvchi shaxslar (haydovchi);
havo transportida — bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan havo transporti tegishli boʻlgan aviakompaniya yoki ular tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
Dastlabki axborotni taqdim etish mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
Temir yoʻl va xavo transportida olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida dastlabki axborot alohida tashkil etilgan telekommunikatsiya tarmoqlar orqali taqdim etilishi mumkin.
Avto:
bojxona chegarasi orqali oʻtishidan bir soat oldin
Tovar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari amalda kirib kelgunga qadar
Temir yoʻl:
bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin
Havo transporti: uzoq yoki oʻrta magistral parvozni amalga oshirishda — havo transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin; yaqin magistral parvozlarni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida.
2-bosqich
Davlat bojxona xizmati organi
Tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni avtomatik ravishda Internet tarmogʻi orqali qabul qilinishini taʼminlaydi.
Bojxona organiga taqdim etilgan dastlabki axborot DBQ YAAATdagi real vaqt rejimida format-mantiqiy nazoratdan ijobiy oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda axborot taqdim etuvchi shaxslarga identifikatsion kod bergan holda ruyxatdan oʻtkaziladi.
Taqdim etilgan dastlabki axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rejalashtirilgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari va bagajlari toʻgʻrisida maʼlumot olish va tahlil qilish;
b) xavflarni boshqarish tizimini qoʻllashda;
v) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari bojxona hududiga kirib kelgunga qadar bojxona nazorati shakllari, ularning qoʻllanilish hajmini tanlash hamda tegishli choralar koʻrish boʻyicha dastlabki qarorlarni qabul qilishda;
g) bojxona operatsiyalari amalga oshirilishini tezlashtirish va bojxona nazorati oʻtkazilishini optimallashtirishda;
d) yukni yetkazib berish nazorat hujjatlarini elektron shakllantirishda.
Dastlabki axborot Internettarmoqlari orqali bojxona axborot tizimiga kelib tushganda
Izoh. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar maʼlumotlarning haqqoniyligi va belgilangan vaqtida bojxona organlariga taqdim etilishiga javobgar hisoblanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan avtotransport vositalari va ularda tashilayotgan tovarlar toʻgʻrisida bojxona organlariga taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Olib oʻtish yoʻnalish turi
2. Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasi (XYT asosida tashilganda)
3. Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasi raqami (XYT asosida tashilganda)
4. Tashuv boshlangan davlat
5. Tashuv tugallanadigan davlat
6. Tashuv turiga muvofiq ruxsatnoma (dozvol)**
7. Kirish bojxona posti
8. Chiqish bojxona posti
9. Tovar kirib kelishi kutilayotgan sana
III. Tashuvchi
1. Tashuvchi manzili (yuridik/pochta)
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Tashuvchining nomi
4. Tashuvchining davlati
5. Tashuvchining telefon raqami
6. Tashuvchining STIRi (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)
7. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilgan raqami
IV. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yoʻl-yuk varaqasi (SMR/TTN)
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
V. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy oʻrinlar soni
9. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
11. Yetkazib berish sharti
VI. Yuk joʻnatuvchi
1. Yuk joʻnatuvchi davlat
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Yuk joʻnatuvchining nomi
4. Yuk joʻnatuvchi manzili (viloyat, shahar, tuman, koʻcha, uy raqami)
5. Elektron pochta manzili*
6. Telefon raqami*
VII. Yuk qabul qiluvchi
1. Yuk qabul qiluvchi davlat
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Yuk qabul qiluvchining nomi
4. Yuk qabul qiluvchi manzili (viloyat, shahar, tuman, koʻcha, uy raqami)
5. Elektron pochta manzili*
6. Telefon raqami*
7. Yuk qabul qiluvchining STIRi
VIII. Avtotransport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot
1. Transport vositasi davlat raqami
2. Tirkama va yarim tirkama davlat raqami
3. Transport vositasi rusumi va modeli
4. Transport turi
5. Roʻyxatga olingan davlat
6. Kuzov raqami
7. Transportning identifikatsiya raqami(VIN)
8. Dvigatel raqami
9. Dvigatel hajmi (sm3)
10. Shassi raqami
11. Ishlab chiqarilgan yili
12. Transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma raqami
IX. Tovarni manzilga yetkazib berish uchun masʼul shaxs
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi*
4. Pasport raqami (seriya, raqami va kim tomonidan berilgan)
5. Kim tomonidan berilgan
6. Fuqaroligi
7. Yukni yetkazib berishga masʼul shaxsning manzili
X. Yuk konteyneri toʻgʻrisida maʼlumot
1. Yuk konteyneri (bor yoki yoʻq) (yuk konteynerda tashilganda)
2. Yuk konteyneri raqami (yuk konteynerda tashilganda)
* taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar;
** tashuv xorijiy transport vositalarida tashilayotgan hollarda xalqaro avtomobil qatnovlari toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ruxsatnoma (dozvol) talab etilganda.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan va oʻtkazish ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga 3-ILOVA
Temir yoʻl transportida tashilayotgan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlari toʻgʻrisida bojxona organlariga oldindan taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/Elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Harakat yoʻnalishi (Im, Ek, Tr)
2. Yuk joʻnatuvchining STIRi (mavjud boʻlsa)
3. Yuk joʻnatuvchining nomi va manzili
4. Yuk joʻnatuvchi davlat
5. Yuk joʻnatuvchi temir yoʻl stansiyasi
6. Yuk qabul qiluvchining STIRi (tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinganda)
7. Yuk qabul qiluvchining nomi va manzili
8. Yuk qabul qiluvchi davlat
9. Yuk yetib borishi belgilangan davlat
10. Yuk joʻnatish sanasi
11. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish vaqti va sanasi
12. Yuk yetib kelishi belgilangan temir yoʻl stansiyasi
13. Yuk yetib kelishi belgilangan chegara bojxona posti
14. Harakat tarkibi raqami
15. Poyezd indeksi
16. Harakat tarkibi boʻyicha yukli, yuksiz va yoʻlovchi vagon soni
17. Vagon raqami
18. Konteyner raqami
III. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat turi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yuk xati (XTYUTSH-xalqaro temir yoʻl tashish shartnomasi (CMGS))
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
IV. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy oʻrinlar soni
9. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
11. Valyuta kursi*
12. Yetkazib berish sharti
V. Yoʻlovchilar, vagon kuzatuvchilari va ularning bagajlarini tashishda taqdim etiladigan maʼlumotlar
1. Harakat tarkibi raqami
2. Rejalashtirilgan joʻnash sanasi
3. Jadval boʻyicha joʻnab ketish vaqti (joʻnash mamlakatining vaqti bilan)
4. Rejalashtirilgan yetib borish sanasi
5. Jadval boʻyicha yetib borish vaqti (yetib borish mamlakatining vaqti bilan)
6. Temir yoʻl harakat tarkibining joʻnash stansiyasi
7. Temir yoʻl harakat tarkibining yetib borish stansiyasi
8. Rasmiy yoʻl hujjati raqami
9. Rasmiy yoʻl hujjatini bergan mamlakat va tashkilot*
10. Rasmiy yoʻl hujjati toifasi*
11. Rasmiy yoʻl hujjatining amal qilish muddati*
12. F.I.O.
13. Millati*
14. Tugʻilgan sanasi*
15. Jinsi
16. Yoʻlovchi uchun ajratilgan oʻrindiq raqami
17. Poyezd kuzatuvchilari va brigada aʼzolari soni*
18. Poyezd kuzatuvchilari va brigada aʼzolari tomonidan kuzatuvga olingan yuklar*
19. Bagajining vazni
20. Bagajining oʻrinlar soni
21. Harakat tarkibidagi jami yoʻlovchilar soni
22. Yashash manzili*
23. Boʻlish mamlakatidagi yashash manzili*
24. Elektron pochta manzili*
25. Aloqa telefonlari*
26. Chipta bron qilingan sana*
27. Chipta olingan/sotib olingan shahar*
28. Chiptani olish/sotib olish sanasi*
29. Chipta raqami*
30. Chipta toifasi (biznes, ekonom)
31. Roʻyxatdan oʻtish joyi*
32. Bron kodi va nazorat raqami*
* taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan va oʻtkazish ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga 4-ILOVA
Avia transportda tashilayotgan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlari toʻgʻrisida bojxona organlariga oldindan taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/Elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Harakat yoʻnalishi
2. Yuk joʻnatuvchi davlat
3. Yuk joʻnatuvchi davlat kodi
4. Yuk joʻnatuvchi nomi
5. Yuk joʻnatuvchi manzili
6. Yuk qabul qiluvchi davlat
7. Yuk qabul qiluvchi nomi
8. Yuk qabul qiluvchi manzili
9. Yuk qabul qiluvchi STIRi (tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan taqdirda)
10. Yuk joʻnatilgan sana
11. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish sanasi
12. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish vaqti
III. Tashuvchi
1. Agentning nomi, kodi va joylashgan shahri*
2. Agentning IATA kodi*
3. Birinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA roʻyxati boʻyicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
4. Birinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
5. Ikkinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA roʻyxati boʻyicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
6. Ikkinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
7. Uchinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA roʻyxati boʻyicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
8. Uchinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
9. Barcha summalarning valyuta kodi (IATA standartlari boʻyicha qabul qilingan xalqaro kodi)*
10. Umumiy yigʻimlar summasi*
IV. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yuk avianakladnoyi (Air Waybill)
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
V. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy oʻrinlar soni
9. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
11. Yetkazib berish sharti
12. Toʻlov toʻlanadigan ogʻirlik*
13. Umumiy tarif va yigʻimlar*
14. Ogʻirlik uchun yigʻim summasi*
VI. Transport boʻyicha maʼlumotlar
1. Aviakompaniya kodi
2. Reys raqami
3. Rejalashtirilgan joʻnash sanasi
4. Jadval boʻyicha uchib ketish vaqti (uchish mamlakatining vaqti bilan)
5. Rejalashtirilgan uchib kelish sanasi
6. Jadval boʻyicha uchib kelish vaqti (qoʻnish mamlakatining vaqti bilan)
7. Havo kemasining joʻnash aeroporti
8. Havo kemasining dastlabki uchib kelish aeroporti
9. Havo kemasining keyingi/yakuniy uchib kelish aeroporti
VII. Yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlarini tashishda taqdim etiladigan maʼlumotlar
API maʼlumotlari:**
1. Aviakompaniya kodi
2. Reys raqami
3. Rejalashtirilgan joʻnash sanasi
4. Jadval boʻyicha uchib ketish vaqti (uchish mamlakatining vaqti bilan)
5. Rejalashtirilgan uchib kelish sanasi
6. Jadval boʻyicha uchib kelish vaqti (qoʻnish mamlakatining vaqti bilan)
7. Havo kemasining joʻnash aeroporti
8. Havo kemasining dastlabki uchib kelish aeroporti
9. Havo kemasining keyingi/yakuniy uchib kelish aeroporti
10. Rasmiy yoʻl hujjati raqami
11. Rasmiy yoʻl hujjatini bergan mamlakat va tashkilot
12. Rasmiy yoʻl hujjati toifasi
13. Rasmiy yoʻl hujjatining amal qilish muddati
14. F.I.O.
15. Millati
16. Tugʻilgan sanasi
17. Jinsi
18. Yoʻlovchi uchun ajratilgan oʻrindiq raqami
19. Yoʻlovchining maqomi (yoʻlovchi, ekipaj)
20. Bagajining vazni
21. Bagajining oʻrinlar soni
22. Bagajining yorligʻi raqamlari
23. Reysdagi jami yoʻlovchilar soni
24. Yashash manzili*
25. Boʻlish mamlakatidagi yashash manzili*
26. Elektron pochta manzili*
27. Aloqa telefonlari*
28. Chipta bron qilingan sana*
29. Chipta olingan/sotib olingan shahar*
30. Chiptani olish/sotib olish sanasi*
31. Chipta raqami*
32. Chipta toifasi
33. Roʻyxatdan oʻtish joyi*
34. Bron kodi va nazorat raqami
PNR maʼlumotlari:***
1. Ismga taalluqli PNR maʼlumotlar
2. PNR lokatori*
3. PNR yaratilgan sana
4. Manzil maʼlumotlari (yoʻlovchi tomonidan taqdim etilgan taqdirda)*
5. Turagent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
6. Dastlab rejalashtirilgan safar sanasi
7. Reys oxirgi marotaba bron qilingan sana
8. PNR boʻyicha barcha safar yoʻnalishlari
9. Chipta rasmiylashtirish bandlaridagi barcha maʼlumotlar
10. Toʻlovning barcha shakllari (naqd toʻlov, elektron toʻlov, kredit kartochkasining raqami va amal qilish muddati, chiptaga oldindan amalga oshirilgan toʻlov xabari, valyuta)*
11. Toʻlovni amalga oshirgan shaxs/agentlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar*
12. Roʻyxatga oluvchi agentning identifikatori
13. Roʻyxatdan oʻtish vaqti*
14. Roʻyxatdan oʻtganlik holati*
15. Oldindan soʻralgan joylar
16. Reys yopilgandan keyingi haqiqiy joylar (roʻyxatga olish tugatilgandan soʻng taqdim etiladi)*
* taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar;
** Oʻzbekiston Respublikasiga reyslarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlarning havo kemasi foydalanuvchilari yoʻlovchi, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi API maʼlumotlarni Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi konvensiyasining (1944-yil 7-dekabr) xalqaro standartlari hamda Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (ICAO), Jahon bojxona tashkiloti (WCO) va Xalqaro havo transporti tashkiloti (IATA) xalqaro tashkilotlarning uslubiy tavsiyalariga muvofiq taqdim etadilar;
*** Oʻzbekiston Respublikasiga reyslarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlarning havo kemasi foydalanuvchilari PNR maʼlumotlarni Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi konvensiyasi (1944-yil 7-dekabr), Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotining (ICAO) Yoʻlovchilarni roʻyxatga olish qaydlari (PNR) Doc.9944 va xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa standartlar tavsiyalariga muvofiq taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga 5-ILOVA
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida bojxona organlariga taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi*
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami) yoki STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun) **
4. Fuqaroligi
5. Manzili
6. Telefon raqami/elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi
2. Qabul qiluvchining manzili
3. Qabul qiluvchining pasport maʼlumotlari (seriya va raqami) yoki STIR
4. Joʻnatuvchi davlat
5. Joʻnatuvchining nomi (jismoniy shaxs boʻlsa F.I.O.)
6. Joʻnatuvchi manzili
7. Elektron pochta manzili
8. Joʻnatmaning tavsifi
9. Joʻnatmaning qiymati
10. Xalqaro kuryerlik xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxs nomi
III. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Tijorat hujjatlari
IV. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (agar boʻlsa)
2. Tovar nomi
3. Tovar qiymati (faktura qiymati)
4. Valyuta kodi
5. Vazni (brutto)/kg.
6. Umumiy oʻrinlar soni
7. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
8. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
* yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik pochta qoplariga tatbiq etilmaydi;
** taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar.”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishi ruxsat etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa va fiskal modulga qoʻyiladigan texnik talablarda:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“raqamli markirovkalangan mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash vositasining markirovkalash kodlari toʻgʻri oʻqilishini va aniqlanishini taʼminlashi maqsadida ISO/IEC 15415 “Axborot texnologiyalar. Avtomatik identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Chop etish sifatini baholash uchun shtrix kodi ramzlarini test spetsifikatsiyasi. Ikki oʻlchamli ramzlar” (ISO/IEC 15415:2011 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Bar code print quality test specification — Two-dimensional symbols”) standartiga muvofiq maxsus uskunalar, yaʼni maʼlumotlarni yigʻish terminallari, lazer skanerlari yoki boshqa shtrix kod oʻqish qurilmasiga ega boʻlishi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Raqamli markirovkalangan mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash vositasining markirovkalash kodlari toʻgʻri oʻqilishini va aniqlanishini taʼminlashi maqsadida, ISO/IEC 15415 “Axborot texnologiyalar. Avtomatik identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Chop etish sifatini baholash uchun shtrix kodi ramzlarini test spetsifikatsiyasi. Ikki oʻlchamli ramzlar” (ISO/IEC 15415:2011 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Bar code print quality test specification — Two-dimensional symbols”) standartiga muvofiq maxsus uskunalar, yaʼni maʼlumotlarning yigʻish terminallari, lazer skanerlari yoki boshqa shtrix kod oʻqish qurilmasiga ega boʻlishi;”
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar roʻyxati quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-2022-yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar
ROʻYXATI
T/r
Mahsulotning nomi
TIF TN kodi
Majburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana
1.
Tamaki mahsulotlari
2402 90 000 0
2021-yil 1-yanvar
2.
Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari)
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 56-bandi ikkinchi xatboshidagi “maʼmuriy ishlar boʻyicha” soʻzlari “jinoyat ishlar boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-son qarori bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 13-bandi ikkinchi xatboshisidan “maʼmuriy ishlar boʻyicha sudning” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarining 2-bandi “k” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“k) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksportga olib chiqib ketish va tranzit uchun moʻljallangan mahsulotlarga”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 485-f-son farmoyishining 5-bandidagi “2021-yilning 1-aprelga” soʻzlari “2022-yilning 1-oktabrga” soʻzlari bilan almashtirilsin.