toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish samaradorligini taʼminlash, ularni rasmiylashtirishdagi bojxona tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizom ilova muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar havo va temir yoʻl transportida tashiladigan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida dastlabki elektron tarzda oldindan axborotni bojxona organlarining axborot tizimiga butunjahon Internet tarmogʻi orqali:
avtomobil transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtishidan bir soat oldin;
temir yoʻl transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin;
uzoq yoʻnalishni amalga oshirishda — havo transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;
qisqa yoʻnalishni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida yuborishi shart.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1057-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 09/20/1057/4261-son — 2020-yil 2-apreldan kuchga kiradi)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari, shuningdek, havo va temir yoʻl transportida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkaziladigan yoʻlovchilar va ularning bagaji toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni ayirboshlash tizimini nazarda tutadigan dasturiy taʼminotni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va bojxona organlarining axborot tizimiga joriy etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi axborotlarni ayirboshlashni on-layn rejimida amalga oshirish yuzasidan chegaradosh mamlakatlar bilan xalqaro shartnomalarni tuzish masalasini ishlab chiqsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy diplomatik idoralarni va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar va konsullik muassasalarini ushbu qarorning qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning qoidalari keng yoritilishi va tushuntirilishini tashkil etsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarining elektron tarzda oldindan xabardor qilinishini joriy etish toʻgʻrisida” 2015-yil 30-oktabrdagi 307-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 95-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-sentabr,
762-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 762-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida bojxona organiga dastlabki elektron shakldagi axborotni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish tartibotlarini, shuningdek, taqdim etish muddatlari va taqdim etish talab etilmaydigan holatlarni belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dastlabki elektron shakldagi axborot (keyingi oʻrinlarda — dastlabki axborot) — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar, ularni tashuvchi transport vositalari, tovarlarni olib kirish vaqti va joyi hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali kirib keluvchi yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida oldindan bojxona organlarining axborot tizimiga Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladigan elektron maʼlumotlar;
identifikatsiya kodi — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida maʼlumotlarning noyob turi;
yoʻlovchi nomining yozuvi (Passenger Name Record — PNR) — bron qilish bazasiga kiritilgan aviachiptalarni bron qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bunda yoʻlovchi haqidagi shaxsiy, shuningdek, uning yoxud u bilan birga sayohat qilayotgan bir guruh yoʻlovchilarning yoʻnalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi;
yoʻlovchi haqida dastlabki maʼlumot (Advance Passenger Information — API) — tashuvchi tomonidan yetib borish davlatining nazorat qiluvchi organlariga taqdim etish uchun avtomatik ravishda yigʻiladigan yoʻlovchilarning biografik va reysning boshqa maʼlumotlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot;
format-mantiqiy nazorat — Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DBQ YAAAT) taqdim etilayotgan axborotlarni mantiqan oʻzaro taqqoslash yoki bojxona organlarida mavjud maʼlumotlar bilan solishtirish va ularning belgilangan formatga muvofiqligini dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish jarayoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali temir yoʻl, avtomobil va havo transportida olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida oldindan bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagilar hisoblanadi:
temir yoʻl transportida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoki jamiyat tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
avtomobil transportida — bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini amalda olib oʻtuvchi shaxslar (haydovchi);
havo transportida — bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan havo transporti tegishli boʻlgan aviakompaniya yoki ular tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida — pochta aloqasi operatori yoki provayder yoxud ular tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;
tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar.
Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar maʼlumotlarning haqqoniyligi va ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddatlarda bojxona organlariga taqdim etilishiga javobgar hisoblanadilar.
2-bob. Bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etish va koʻrib chiqish
4. Bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etish va koʻrib chiqish ushbu Nizomga 1-ilovadagi Sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Dastlabki axborot taqdim etuvchi shaxslar bojxona axborot tizimidagi dastlabki axborotni taqdim etish dasturidan login va parol olgan holda roʻyxatdan oʻtadilar.
Dastlabki axborotni taqdim etish mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladi. Ushbu dastlabki axborotdan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi doirasida foydalanishlari mumkin.
Temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot alohida tashkil etilgan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali taqdim etilishi mumkin.
6. Olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot ular bojxona hududiga amalda yetib kelgunga qadar bojxona organiga davlat tili, rus yoxud ingliz tilida taqdim etiladi.
7. Dastlabki axborot bojxona organlari axborot tizimiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
avtomobil transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtishidan bir soat oldin;
temir yoʻl transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin;
uzoq yoki oʻrta magistral parvozni amalga oshirishda — havo transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin;
yaqin magistral parvozlarni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida.
8. Avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan (shu jumladan tranzit oʻtadigan) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborot bojxona organiga ushbu Nizomga 2 — 5-ilovalarga muvofiq taqdim etilishi shart.
Ushbu Nizomga 2 — 5-ilovalar talablariga muvofiq boʻlmagan tarzda taqdim etilgan dastlabki axborot bojxona organlarining axborot tizimida avtomatik tarzda rad etilib, taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
3-bob. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
9. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya etilishini taʼminlash uchun bojxona maqsadlarida zarur boʻlgan barcha hujjatlar va maʼlumotlardan foydalanish;
bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash, elektron maʼlumotlarni uzatish uchun axborot tizimlaridan foydalanish;
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlarda dastlabki axborotni taqdim etmaslik;
taqdim etilgan dastlabki axborot rad etilganda, mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan muddatlarda hamda 2 — 5-ilovalarga muvofiqlashtirgan holda qayta taqdim etish;
taqdim etilgan dastlabki axborot asosida bojxona yuk deklaratsiyasini shakllantirish.
10. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
dastlabki axborotni taqdim etish dasturida roʻyxatdan oʻtish;
tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organlariga ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etish;
dastlabki axborotni tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda yetib kelgunga qadar bojxona organlariga mazkur Nizomga 2 — 5-ilovalarga muvofiq taqdim etish;
dastlabki axborotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini va toʻliqligini taʼminlash.
4-bob. Dastlabki axborotni taqdim etish talab etilmaydigan holatlar
11. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan quyidagi tovarlar va transport vositalari boʻyicha bojxona organlariga dastlabki axborotni taqdim qilish majburiy hisoblanmaydi:
a) avtomobil oʻtkazish punktlari orqali jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yuki yoki kuzatib boriladigan bagajida olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan;
b) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan rasmiy (xizmatda) foydalanishi maqsadida bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan;
v) avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatlarini bartaraf etish maqsadida olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga, shuningdek, insonparvarlik hamda texnik koʻmak sifatidagi tovarlarga nisbatan;
g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq berilgan va ruxsatnomalar bilan tasdiqlangan harbiy yuklarga nisbatan;
d) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining bir bojxona postidan boshqa bojxona postiga xorijiy davlatlar hududlari orqali olib oʻtilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi tovarlari va transport vositalariga nisbatan;
e) quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan;
j) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan tovarlarga nisbatan.
5-bob. Bojxona organlarining dastlabki axborotdan foydalanish
12. Taqdim etilgan dastlabki axborot DBQ YAAATda real vaqt rejimida qabul qilinadi va format-mantiqiy nazoratdan ijobiy oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda axborot taqdim etuvchi shaxslarga identifikatsiya kodi berilgan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ushbu identifikatsiya kodi olib oʻtilishi rejalashtirilgan tovarlar va transport vositalari amalda bojxona chegarasiga yetib kelganida bojxona organiga taqdim etiladi.
13. Taqdim etilgan dastlabki axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
a) bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rejalashtirilgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida maʼlumot olish va tahlil qilishda;
b) xavflarni boshqarish tizimini qoʻllashda;
v) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari bojxona hududiga amalda kirib kelgunga qadar bojxona nazorati shakllari, ularning qoʻllanilish hajmini tanlash hamda tegishli choralar koʻrish boʻyicha dastlabki qarorlarni qabul qilishda;
g) bojxona operatsiyalari amalga oshirilishini tezlashtirish va bojxona nazorati oʻtkazilishini optimallashtirishda;
d) yukni yetkazib berish nazorat hujjatlarini elektron shakllantirishda.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Taqdim etilgan dastlabki axborotni oshkor etish, undan boshqa maqsadlarda foydalanish, uchinchi shaxslarga berish man etiladi.
15. Dastlabki axborot tizimga kiritilgandan kundan boshlab, 30 kalendar kun muddatgacha saqlanadi.
16. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227 –– 22727-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
Bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organlariga taqdim etish va koʻrib chiqish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Taqdim etish muddatlari

Ijro muddati


1-bosqich

Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar dastlabki axborotni taqdim etish dasturida roʻyxatdan oʻtadilar

temir yoʻl transportida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yoki jamiyat tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;

avtomobil transportida — bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini amalda olib oʻtuvchi shaxslar (haydovchi);

havo transportida — bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan havo transporti tegishli boʻlgan aviakompaniya yoki ular tomonidan belgilangan masʼul shaxslar;

Dastlabki axborotni taqdim etish mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladi.

Temir yoʻl va xavo transportida olib kirishga moʻljallangan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisida dastlabki axborot alohida tashkil etilgan telekommunikatsiya tarmoqlar orqali taqdim etilishi mumkin.

Avto:

bojxona chegarasi orqali oʻtishidan bir soat oldin

Tovar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari amalda kirib kelgunga qadar

Temir yoʻl:

bojxona chegarasiga yetib kelishidan bir soat oldin

Havo transporti: uzoq yoki oʻrta magistral parvozni amalga oshirishda — havo transportining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga uchib kelishidan ikki soat oldin; yaqin magistral parvozlarni amalga oshirishda — havo transportining uchish vaqtida.


2-bosqich

Davlat bojxona xizmati organi

Tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni avtomatik ravishda Internet tarmogʻi orqali qabul qilinishini taʼminlaydi.

Bojxona organiga taqdim etilgan dastlabki axborot DBQ YAAATdagi real vaqt rejimida format-mantiqiy nazoratdan ijobiy oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda axborot taqdim etuvchi shaxslarga identifikatsion kod bergan holda ruyxatdan oʻtkaziladi.

Taqdim etilgan dastlabki axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

a) bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rejalashtirilgan tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari va bagajlari toʻgʻrisida maʼlumot olish va tahlil qilish;

b) xavflarni boshqarish tizimini qoʻllashda;

v) tovarlar, transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari bojxona hududiga kirib kelgunga qadar bojxona nazorati shakllari, ularning qoʻllanilish hajmini tanlash hamda tegishli choralar koʻrish boʻyicha dastlabki qarorlarni qabul qilishda;

g) bojxona operatsiyalari amalga oshirilishini tezlashtirish va bojxona nazorati oʻtkazilishini optimallashtirishda;

d) yukni yetkazib berish nazorat hujjatlarini elektron shakllantirishda.

Dastlabki axborot Internettarmoqlari orqali bojxona axborot tizimiga kelib tushganda

Izoh. Dastlabki axborotni taqdim etuvchi shaxslar maʼlumotlarning haqqoniyligi va belgilangan vaqtida bojxona organlariga taqdim etilishiga javobgar hisoblanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA
Yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan avtotransport vositalari va ularda tashilayotgan tovarlar toʻgʻrisida bojxona organlariga taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Olib oʻtish yoʻnalish turi
2. Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasi (XYT asosida tashilganda)
3. Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasi raqami (XYT asosida tashilganda)
4. Tashuv boshlangan davlat
5. Tashuv tugallanadigan davlat
6. Tashuv turiga muvofiq ruxsatnoma (dozvol)**
7. Kirish bojxona posti
8. Chiqish bojxona posti
9. Tovar kirib kelishi kutilayotgan sana
III. Tashuvchi
1. Tashuvchi manzili (yuridik/pochta)
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Tashuvchining nomi
4. Tashuvchining davlati
5. Tashuvchining telefon raqami
6. Tashuvchining STIRi (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)
7. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilgan raqami
IV. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yoʻl-yuk varaqasi (SMR/TTN)
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
V. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy oʻrinlar soni
9. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
11. Yetkazib berish sharti
VI. Yuk joʻnatuvchi
1. Yuk joʻnatuvchi davlat
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Yuk joʻnatuvchining nomi
4. Yuk joʻnatuvchi manzili (viloyat, shahar, tuman, koʻcha, uy raqami)
5. Elektron pochta manzili*
6. Telefon raqami*
VII. Yuk qabul qiluvchi
1. Yuk qabul qiluvchi davlat
2. Yuridik/jismoniy shaxs
3. Yuk qabul qiluvchining nomi
4. Yuk qabul qiluvchi manzili (viloyat, shahar, tuman, koʻcha, uy raqami)
5. Elektron pochta manzili*
6. Telefon raqami*
7. Yuk qabul qiluvchining STIRi
VIII. Avtotransport vositasi toʻgʻrisida maʼlumot
1. Transport vositasi davlat raqami
2. Tirkama va yarim tirkama davlat raqami
3. Transport vositasi rusumi va modeli
4. Transport turi
5. Roʻyxatga olingan davlat
6. Kuzov raqami
7. Transportning identifikatsiya raqami(VIN)
8. Dvigatel raqami
9. Dvigatel hajmi (sm3)
10. Shassi raqami
11. Ishlab chiqarilgan yili
12. Transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma raqami
13. Bojxona toʻlovlari summasi taʼminlanganlik identifikatsiya raqami*
IX. Tovarni manzilga yetkazib berish uchun masʼul shaxs
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi*
4. Pasport raqami (seriya, raqami va kim tomonidan berilgan)
5. Kim tomonidan berilgan
6. Fuqaroligi
7. Yukni yetkazib berishga masʼul shaxsning manzili
X. Yuk konteyneri toʻgʻrisida maʼlumot
1. Yuk konteyneri (bor yoki yoʻq) (yuk konteynerda tashilganda)
2. Yuk konteyneri raqami (yuk konteynerda tashilganda)
* taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar;
** tashuv xorijiy transport vositalarida tashilayotgan hollarda xalqaro avtomobil qatnovlari toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ruxsatnoma (dozvol) talab etilganda.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga
3-ILOVA
Temir yoʻl transportida tashilayotgan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlari toʻgʻrisida bojxona organlariga oldindan taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/Elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Harakat yoʻnalishi (Im, Ek, Tr)
2. Yuk joʻnatuvchining STIRi (mavjud boʻlsa)
3. Yuk joʻnatuvchining nomi va manzili
4. Yuk joʻnatuvchi davlat
5. Yuk joʻnatuvchi temir yoʻl stansiyasi
6. Yuk qabul qiluvchining STIRi (tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinganda)
7. Yuk qabul qiluvchining nomi va manzili
8. Yuk qabul qiluvchi davlat
9. Yuk yetib borishi belgilangan davlat
10. Yuk joʻnatish sanasi
11. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish vaqti va sanasi
12. Yuk yetib kelishi belgilangan temir yoʻl stansiyasi
13. Yuk yetib kelishi belgilangan chegara bojxona posti
14. Harakat tarkibi raqami
15. Poyezd indeksi
16. Harakat tarkibi boʻyicha yukli, yuksiz va yoʻlovchi vagon soni
17. Vagon raqami
18. Konteyner raqami
III. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat turi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yuk xati (XTYUTSH-xalqaro temir yoʻl tashish shartnomasi (CMGS))
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
IV. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy oʻrinlar soni
9. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
11. Valyuta kursi*
12. Yetkazib berish sharti
V. Yoʻlovchilar, vagon kuzatuvchilari va ularning bagajlarini tashishda taqdim etiladigan maʼlumotlar
1. Harakat tarkibi raqami
2. Rejalashtirilgan joʻnash sanasi
3. Jadval boʻyicha joʻnab ketish vaqti (joʻnash mamlakatining vaqti bilan)
4. Rejalashtirilgan yetib borish sanasi
5. Jadval boʻyicha yetib borish vaqti (yetib borish mamlakatining vaqti bilan)
6. Temir yoʻl harakat tarkibining joʻnash stansiyasi
7. Temir yoʻl harakat tarkibining yetib borish stansiyasi
8. Rasmiy yoʻl hujjati raqami
9. Rasmiy yoʻl hujjatini bergan mamlakat va tashkilot*
10. Rasmiy yoʻl hujjati toifasi*
11. Rasmiy yoʻl hujjatining amal qilish muddati*
12. F.I.O.
13. Millati*
14. Tugʻilgan sanasi*
15. Jinsi
16. Yoʻlovchi uchun ajratilgan oʻrindiq raqami
17. Poyezd kuzatuvchilari va brigada aʼzolari soni*
18. Poyezd kuzatuvchilari va brigada aʼzolari tomonidan kuzatuvga olingan yuklar*
19. Bagajining vazni
20. Bagajining oʻrinlar soni
21. Harakat tarkibidagi jami yoʻlovchilar soni
22. Yashash manzili*
23. Boʻlish mamlakatidagi yashash manzili*
24. Elektron pochta manzili*
25. Aloqa telefonlari*
26. Chipta bron qilingan sana*
27. Chipta olingan/sotib olingan shahar*
28. Chiptani olish/sotib olish sanasi*
29. Chipta raqami*
30. Chipta toifasi (biznes, ekonom)
31. Roʻyxatdan oʻtish joyi*
32. Bron kodi va nazorat raqami*
* taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga
4-ILOVA
Avia transportda tashilayotgan tovarlar va transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlari toʻgʻrisida bojxona organlariga oldindan taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)*
5. Fuqaroligi
6. Manzili
7. Telefon raqami/Elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Harakat yoʻnalishi
2. Yuk joʻnatuvchi davlat
3. Yuk joʻnatuvchi davlat kodi
4. Yuk joʻnatuvchi nomi
5. Yuk joʻnatuvchi manzili
6. Yuk qabul qiluvchi davlat
7. Yuk qabul qiluvchi nomi
8. Yuk qabul qiluvchi manzili
9. Yuk qabul qiluvchi STIRi (tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan taqdirda)
10. Yuk joʻnatilgan sana
11. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish sanasi
12. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish vaqti
III. Tashuvchi
1. Agentning nomi, kodi va joylashgan shahri*
2. Agentning IATA kodi*
3. Birinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA roʻyxati boʻyicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
4. Birinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
5. Ikkinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA roʻyxati boʻyicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
6. Ikkinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
7. Uchinchi tashuvchining belgilangan manzili (IATA roʻyxati boʻyicha aeroport yoki shaharning uchtalik kodi)*
8. Uchinchi tashuvchining nomi va IATA kodi*
9. Barcha summalarning valyuta kodi (IATA standartlari boʻyicha qabul qilingan xalqaro kodi)*
10. Umumiy yigʻimlar summasi*
IV. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Invoys
5. Yuk avianakladnoyi (Air Waybill)
6. Kelib chiqish sertifikati*
Tovarlarga nisbatan boshqa davlat organlari nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlganda:
1. Fitosanitar sertifikati raqami/sanasi
2. Karantin ruxsatnomasi raqami/sanasi
3. Veterinariya sertifikati raqami/sanasi
4. Boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*
V. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli)
2. Tovarning kelib chiqish mamlakati kodi*
3. Tovar nomi
4. Tovar qiymati (faktura qiymati)
5. Valyuta kodi
6. Vazni (brutto)/kg.
7. Vazni (netto)/kg.
8. Umumiy oʻrinlar soni
9. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
11. Yetkazib berish sharti
12. Toʻlov toʻlanadigan ogʻirlik*
13. Umumiy tarif va yigʻimlar*
14. Ogʻirlik uchun yigʻim summasi*
VI. Transport boʻyicha maʼlumotlar
1. Aviakompaniya kodi
2. Reys raqami
3. Rejalashtirilgan joʻnash sanasi
4. Jadval boʻyicha uchib ketish vaqti (uchish mamlakatining vaqti bilan)
5. Rejalashtirilgan uchib kelish sanasi
6. Jadval boʻyicha uchib kelish vaqti (qoʻnish mamlakatining vaqti bilan)
7. Havo kemasining joʻnash aeroporti
8. Havo kemasining dastlabki uchib kelish aeroporti
9. Havo kemasining keyingi/yakuniy uchib kelish aeroporti
VII. Yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlarini tashishda taqdim etiladigan maʼlumotlar
API maʼlumotlari:**
1. Aviakompaniya kodi
2. Reys raqami
3. Rejalashtirilgan joʻnash sanasi
4. Jadval boʻyicha uchib ketish vaqti (uchish mamlakatining vaqti bilan)
5. Rejalashtirilgan uchib kelish sanasi
6. Jadval boʻyicha uchib kelish vaqti (qoʻnish mamlakatining vaqti bilan)
7. Havo kemasining joʻnash aeroporti
8. Havo kemasining dastlabki uchib kelish aeroporti
9. Havo kemasining keyingi/yakuniy uchib kelish aeroporti
10. Rasmiy yoʻl hujjati raqami
11. Rasmiy yoʻl hujjatini bergan mamlakat va tashkilot
12. Rasmiy yoʻl hujjati toifasi
13. Rasmiy yoʻl hujjatining amal qilish muddati
14. F.I.O.
15. Millati
16. Tugʻilgan sanasi
17. Jinsi
18. Yoʻlovchi uchun ajratilgan oʻrindiq raqami
19. Yoʻlovchining maqomi (yoʻlovchi, ekipaj)
20. Bagajining vazni
21. Bagajining oʻrinlar soni
22. Bagajining yorligʻi raqamlari
23. Reysdagi jami yoʻlovchilar soni
24. Yashash manzili*
25. Boʻlish mamlakatidagi yashash manzili*
26. Elektron pochta manzili*
27. Aloqa telefonlari*
28. Chipta bron qilingan sana*
29. Chipta olingan/sotib olingan shahar*
30. Chiptani olish/sotib olish sanasi*
31. Chipta raqami*
32. Chipta toifasi
33. Roʻyxatdan oʻtish joyi*
34. Bron kodi va nazorat raqami
PNR maʼlumotlari:***
1. Ismga taalluqli PNR maʼlumotlar
2. PNR lokatori*
3. PNR yaratilgan sana
4. Manzil maʼlumotlari (yoʻlovchi tomonidan taqdim etilgan taqdirda)*
5. Turagent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
6. Dastlab rejalashtirilgan safar sanasi
7. Reys oxirgi marotaba bron qilingan sana
8. PNR boʻyicha barcha safar yoʻnalishlari
9. Chipta rasmiylashtirish bandlaridagi barcha maʼlumotlar
10. Toʻlovning barcha shakllari (naqd toʻlov, elektron toʻlov, kredit kartochkasining raqami va amal qilish muddati, chiptaga oldindan amalga oshirilgan toʻlov xabari, valyuta)*
11. Toʻlovni amalga oshirgan shaxs/agentlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar*
12. Roʻyxatga oluvchi agentning identifikatori
13. Roʻyxatdan oʻtish vaqti*
14. Roʻyxatdan oʻtganlik holati*
15. Oldindan soʻralgan joylar
16. Reys yopilgandan keyingi haqiqiy joylar (roʻyxatga olish tugatilgandan soʻng taqdim etiladi)*
* taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar;
** Oʻzbekiston Respublikasiga reyslarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlarning havo kemasi foydalanuvchilari yoʻlovchi, ekipaj aʼzolari va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi API maʼlumotlarni Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi konvensiyasining (1944-yil 7-dekabr) xalqaro standartlari hamda Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (ICAO), Jahon bojxona tashkiloti (WCO) va Xalqaro havo transporti tashkiloti (IATA) xalqaro tashkilotlarning uslubiy tavsiyalariga muvofiq taqdim etadilar;
*** Oʻzbekiston Respublikasiga reyslarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlarning havo kemasi foydalanuvchilari PNR maʼlumotlarni Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi konvensiyasi (1944-yil 7-dekabr), Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotining (ICAO) Yoʻlovchilarni roʻyxatga olish qaydlari (PNR) Doc.9944 va xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa standartlar tavsiyalariga muvofiq taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi dastlabki elektron maʼlumotlarni taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi nizomga
5-ILOVA
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida bojxona organlariga taqdim etiladigan dastlabki axborot tarkibi*
I. Dastlabki axborotni taqdim qiluvchi shaxs haqidagi maʼlumot
Jismoniy shaxs
1. F.I.O/(yuridik shaxsning nomi)
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami) yoki STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston rezidentlari uchun) **
4. Fuqaroligi
5. Manzili
6. Telefon raqami/elektron pochta manzili (email)
Yuridik shaxs
1. Nomi
2. STIR (Oʻzbekiston rezidentlari uchun)
3. Manzili (yuridik manzili)
4. Elektron pochta manzili (email)
II. Umumiy maʼlumotlar
1. Qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi
2. Qabul qiluvchining manzili
3. Qabul qiluvchining pasport maʼlumotlari (seriya va raqami) yoki STIR
4. Joʻnatuvchi davlat
5. Joʻnatuvchining nomi (jismoniy shaxs boʻlsa F.I.O.)
6. Joʻnatuvchi manzili
7. Elektron pochta manzili
8. Joʻnatmaning tavsifi
9. Joʻnatmaning qiymati
10. Xalqaro kuryerlik xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxs nomi
III. Tovarga tegishli yoʻl-yuk hujjatlari
1. Hujjat kodi
2. Hujjat raqami
3. Hujjat sanasi
4. Tijorat hujjatlari
IV. Tovar haqidagi maʼlumotlar
1. TIF TN kodi (agar boʻlsa)
2. Tovar nomi
3. Tovar qiymati (faktura qiymati)
4. Valyuta kodi
5. Vazni (brutto)/kg.
6. Umumiy oʻrinlar soni
7. Qoʻshimcha oʻlchov birligi
8. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori
* yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik pochta qoplariga tatbiq etilmaydi;
** taqdim etilishi majburiy xususiyatga ega boʻlmagan maʼlumotlar.
(1 va 2-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-sonli qaroriga asosan ilova bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/762/1962-son; 01.01.2020-y., 09/20/1057/4261-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son)