1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
Sportda doping qoʻllanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya, Butunjahon antidoping kodeksi va boshqa xalqaro antidoping standartlari talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, Butunjahon dopingga qarshi agentligining tavsiya va takliflarini inobatga olib:
1. Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Milliy antidoping agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 2 baravarga koʻpaytirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
2021-yil 1-apreldan boshlab Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Agentlik xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlarini 1,5 baravar miqdorda qoʻllash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Agentlik bosh direktorini maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
3. Agentlik (N. Tursunov):
a) Butunjahon dopingga qarshi agentligining talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda:
taqiqlangan moddalardan foydalanish borasida sportchilarning ariza va hujjatlarini oʻrganib, xulosa chiqarish bilan shugʻullanadigan Terapevtik istisno boʻyicha komissiya;
antidoping qoidalari buzilishi holatlarini oʻrganib, qaror chiqarish bilan shugʻullanadigan Axloq boʻyicha komissiya;
Terapevtik istisno boʻyicha komissiya xulosasi va Axloq boʻyicha komissiya qaroridan norozi tomonning arizasini oʻrganib, qaror chiqarish bilan shugʻullanadigan Apellyatsiya boʻyicha komissiya faoliyatlarini samarali tashkil qilsin, ularni malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
b) ikki hafta muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini Butunjahon dopingga qarshi agentligiga yetkazish choralarini koʻrsin.
4. Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
Agentlik markaziy apparati uchun 2 ta maxsus avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun limit ajratsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
ushbu qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Agentlik xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2021-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin va 2022-yildan boshlab zarur budjet mablagʻlarini koʻzda tutsin.
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Agentlikni zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan binoga joylashtirish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3457-son qarorida:
a) 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlash va uning faoliyat koʻrsatishi, shu jumladan, antidoping tadqiqotlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin”;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)