1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-sonli qaroriga muvofiq hamda YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini qoʻllash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
1. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligini (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
3. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
6. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi nizomini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati”ni tugatish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tizimida “Sport psixologiyasi boʻlimi” tashkil etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlash va uning faoliyat koʻrsatishi, shu jumladan, antidoping tadqiqotlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari boʻyicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari boʻyicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni davlat bojlari undirilmasdan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
11. Agentlikka biologik namunalarni toʻplash uchun maxsus moslamalar va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomalari, shuningdek, tadqiqotlar (doping-testlar) oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini tender savdolari oʻtkazmasdan tuzish huquqi berilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2-ilovaga muvofiq kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qarori:
“Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi sportchilarning — mamlakat terma jamoalari aʼzolarini musobaqalarga tibbiy-biologik va tibbiy-psixologik tayyorgarligini taʼminlovchi bosh tibbiyot muassasasi hisoblanadi.”;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-sonli qarorining 9-ilovasidagi “Mutasaddi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar” boʻlimi qoʻshimcha 91 bandi bilan quyidagi mazmunda toʻldirilsin:
“91. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 07.04.2021-y., 07/21/5057/0300-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)