Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
“Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-son “Inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-martdagi 74-son “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2002-yil 16-martdagi 6/1-son “Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1126, 2002-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002., 8-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2002-yil 26-dekabrdagi 28/19-son “Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1126-1, 2003-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003., 1-2-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 16-avgustdagi 20/3-son “Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1126-2, 2006-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 354-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 25-apreldagi 11/3-son “Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1126-3, 2015-yil 4-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 18-son, 221-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 29-iyuldagi 18/2-son “Tijorat banklari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1126-4, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 965-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/8-son “Tijorat banklari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”
qarori (roʻyxat raqami 1126-5, 2020-yil 24-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/1126-5/0080-son).