1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 26-fevraldagi PF-3038-son Farmoniga muvofiq hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda uylar atrofidagi yer uchastkalari shirkatlarga ulardan foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomalarini bergan holda qonunchilik tartibida biriktirib qo‘yilishini ta’minlasinlar, shuningdek ularni ishlab chiqarish faoliyati uchun turar joyga mo‘ljallanmagan binolar bilan ta’minlasinlar;
uy-joy fondida ta’mirlash-tiklash ishlari tannarxini pasaytirish maqsadida uy-joy mulkdorlari shirkatlarini zarur moddiy-texnika resurslari bilan pulli asosda, markazlashtirilgan tartibda ta’minlasinlar;
turar joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni amalga oshirishda gaz, issiq va sovuq suvni hisobga olish kvartira priborlari majburiy tartibda o‘rnatilishini ta’minlasinlar;
turar joylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun pudratchilarni tanlash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq tanlovlar (tenderlar) o‘tkazilishini tashkil etsinlar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y.,2003-y., 4-son, 42-modda)
2003—2006-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchun ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limiti umumiy hajmining 3 foizigacha miqdorda mablag‘ ajratsinlar;
yil choragi yakunlari bo‘yicha mahalliy budjetlar daromad qismi mablag‘larining prognozdan ortiqcha tushumlarining bir qismini 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltirsinlar;
uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, mavzelar ichidagi yo‘llar, yo‘laklar, irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash, tashqi yoritish va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga biriktirilgan zonalarni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar jalb etilishini ta’minlasinlar.
4. Belgilansinki, uy-joy mulkdorlari shirkatlari umumiy yig‘ilishning roziligi bilan faoliyatdan olingan daromadlarini keyinchalik uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun maxsus depozit hisob raqamiga maqsadli yo‘naltirgan holda sport-sog‘lomlashtirish va bolalar o‘yinlari markazlari va maydonchalari qurish va ulardan foydalanishni pulli asosda amalga oshirishlari mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining qo‘shimcha faoliyat turlaridan olgan daromadlarining maxsus depozit hisob raqamiga tushishi va ulardan foydalanish tartibini;
1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Tijorat banklariga uy-joy fondini mukammal ta’mirlashda maqsadli foydalanish uchun uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 2019-yil 31-dekabrga qadar imtiyozli kreditlar ajratilishini nazarda tutish tavsiya etilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda uy-joy mulkdorlari shirkatlariga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va qabul qilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llash imkoniyati bilan beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-son Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalariga binoan 2002-yilning birinchi yarim yili mobaynida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish masalalari bo‘yicha uy-joy mulkdorlari shirkatlari boshqaruvlari raislari va buxgalterlarining o‘qishini tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga muvofiq amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 1-mart,
74-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-martdagi 74-son qaroriga ILOVA
1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal ta’mirlashning 2002—2006-yillarga mo‘ljallangan JADVALI
Mintaqalar
1991-yilgacha qurilgan, mukammal ta’mirlanishi kerak bo‘lgan uylar soni, hammasi
Zarur mablag‘lar miqdori (1991-yilgi narxlarda), ming so‘m
Shu jumladan
(ming so‘m)
Ta’mirlanadigan uy-joylar sonining yillar bo‘yicha taqsimlanishi
budjet mablag‘lari
(70%)
budjetdan tashqari manbalar
(30%)
2002 yil
2003 yil
2004 yil
2005 yil
2006 yil
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
504
16884
11819
5065
47
115
114
114
114
viloyatlar:
Andijon
653
24624
17237
7387
76
145
144
144
144
Buxoro
593
33504
23453
10051
72
131
130
130
130
Jizzax
422
11873
8311
3562
41
96
95
95
95
Qashqadaryo
803
30757
21530
9227
65
186
184
184
184
Navoiy
103
3967
2777
1190
25
21
19
19
19
Namanagn
368
17318
12123
5195
46
82
80
80
80
Samarqand
915
25313
17719
7594
116
200
200
200
199
Surxondaryo
350
8006
5604
2402
86
66
66
66
66
Sirdaryo
893
34703
24292
10411
70
206
206
206
206
Toshkent
2651
85769
60039
25731
216
604
608
608
614
Farg‘ona
579
19850
13895
5955
92
122
122
122
121
Xorazm
865
26258
18380
7877
60
201
201
201
201
Toshkent shahri
3647
180902
126631
54271
488
789
789
789
789
Hammasi
13346
519728
363809
155919
1500
2958
2958
2958
2958
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 5-6-son, 39-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)