1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
EKOLOGIK XAVFLI MAHSULOTLAR VA ChIQINDILARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI VA ULARNI UNING HUDUDIDAN OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasiga xavfli chiqindilarni, potensial toksik va kuchli ta’sir qiluvchi zararli moddalarni olib kirishni va ularni olib chiqishni hamda uning hududi orqali tranzit qilishni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, ekologik sertifikatsiya tizimini tashkil etish hisobiga mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Majburiy ekologik sertifikatlanishi zarur bo‘lgan mahsulotlar va chiqindilar nomenklaturasi 1-ilovaga* muvofiq;
1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ekologik sertifikatsiyadan o‘tkazish va ekologik xavfli mahsulotlar hamda chiqindilarni uning hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishni boshqarish tartibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi 2 oy muddatda:
mahsulotning ekologik xavfsizligini belgilovchi ko‘rsatkichlar va me’yorlar ro‘yxatini ishlab chiqsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirish, uning hududidan tranzit qilish va olib chiqishda o‘zaro hamkorlik qilishga doir hujjatlarni tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan belgilangan me’yorlarni hisobga olgan holda mahsulotlar uchun me’yoriy hujjatlarga ekologik xavfsizlikka nisbatan talablar kiritish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
4. “O‘zstandart” agentligi ekologik xavfli mahsulotlar uchun me’yoriy hujjatlarni ro‘yxatga olishni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda amalga oshirsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-aprel,
151-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y. 4-son, 21-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 3-4-son, 34-modda; 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)