

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;30.01.1997
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-522508" id="onLBC-522508">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8940"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6976"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;</span></div><div id="LBC6982"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-522508" id="onLS-522508">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3743"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-554248" id="-554248">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-554249" id="-554249">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-554252" id="-554252">OʻZBEKISTON AVTOMOBIL YOʻLLARI QURISh VA FOYDALANISh (“OʻZAVTOYOʻL”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNI USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-986063" id="-986063">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻzgartirish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-406767?ONDATE=30.01.1997 00#-406833">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-554258" id="-554258"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554260" id="-554260">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554263" id="-554263">Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish (“Oʻzavtoyoʻl”) davlat-aksionerlik-konsernining ilova ilinayotgan <a href="/mact/-522508#-554274">ustavi </a>tasdiqlansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-554267" id="-554267">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-554268" id="-554268">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-554270" id="-554270">1993-yil 6-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-554271" id="-554271">171-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-554274" id="-554274"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-554277" id="-554277">Oʻzbekiston Respublikasi <br />Vazirlar Mahkamasining<br />1993-yil 6-apreldagi <br />171-son <a href="/mact/-522508#-554248">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-554283" id="-554283">Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish (“Oʻzavtoyoʻl”) davlat-aksionerlik konsernining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-554284" id="-554284">USTAVI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-554285" id="-554285"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-554286" id="-554286">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554287" id="-554287">1. Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat-aksionerlik konserni (“Oʻzavtoyoʻl”), keyingi oʻrinlarda “Oʻzavtoyoʻl” konserni deb ataladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 26-yanvardagi <a href="/mact/-224260">Farmoni </a>va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-fevraldagi 58-son <a href="/mact/-558078">qaroriga </a>asosan tashkil topgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554288" id="-554288">2. “Oʻzavtoyoʻl” konserni, keyingi oʻrinlarda konsern ishtirokchilari deb ataluvchi, yoʻllardan foydalanish korxonalari va yoʻl-koʻprik quruvchi korxonalarning barcha yordamchi hamda xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklari bilan, loyiha-qidiruv tashkilotlari, asosiy yoʻl qurilish materiallari, yoʻl-tuzatish texnikasi va mexanizmlari ishlab chiqaruvchi va komplektlovchi korxonalarni ixtiyoriylik asosida birlashtiruvi xoʻjalik uyushmasidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554289" id="-554289">Konsern tarkibiga mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, har qanday boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek, respublikaning avtomobil yoʻllarini va yoʻl xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy yuridik shaxslar ham ixtiyoriylik asosida kirishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554290" id="-554290">3. (“Oʻzavtoyoʻl”) konserni Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari vazirligining huquqiy vorisi boʻlib hisoblanadi va Hukumat tomonidan avtomobil yoʻllari maxsus davlat boshqaruv organining vakolatlari bilan taʼminlanadi, davlat nazoratining amalga oshiradi va Respublikaning barcha avtomobil yoʻllari tarmoqlarini, qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, rivojlantirish va takomillashtirishda yagona texnik siyosat yuritadi, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining soz holati hisobini olib borishni va nazorat qilishni, respublika jamgʻarmasiga moliyaviy mablagʻlar yigʻishni tashkil etish va ularni sarflashning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554291" id="-554291">Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-21179">Qonuniga </a>binoan hududiy yoʻl idoralari deb hisoblangan, tuman yoʻllaridan foydalanish korxonalari balansiga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554292" id="-554292">4. “Oʻzavtoyoʻl” konserni yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil va yigʻma balanslarga, banklarda hisob va boshqa schyotlarga, oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan gerbli muhrga, shtamplar va ish blankalariga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554293" id="-554293">5. “Oʻzavtoyoʻl” konsernining yuridik nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554294" id="-554294">oʻzbek tilida: Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksionerlik konserni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554295" id="-554295">rus tilida: Uzbekskiy gosudarstvenno-aksionerniy konsern po stroitelstvu i ekspluatatsii avtomobilnix dorog “Uzavtodor”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554296" id="-554296">6. “Oʻzavtoyoʻl” konsernining manzilgohi: Oʻzbekiston Respublikasi, GSP, Toshkent shahar, Pushkin koʻchasi, 68a.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554297" id="-554297">7. “Oʻzavtoyoʻl” konserni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi qonunchilikning boshqa hujjatlariga va mazkur Ustavga amal qiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-554298" id="-554298">II. Konsernning maqsadi, vazifalari va huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554299" id="-554299">1. “Oʻzavtoyoʻl” konserni faoliyatining maqsadi respublika aholisi va xalq xoʻjaligining kam xarajatlar bilan yukni transportda tashish ehtiyojlarini yanada toʻla qondirish uchun avtomobil yoʻllarining saqlanishini taʼminlash, butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554300" id="-554300">2. “Oʻzavtoyoʻl” konsernining asosiy vazifalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554301" id="-554301">respublikaning barcha avtomobil yoʻllari tarmogʻini, qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar rivojlantirish va takomillashtirishda yagona texnika siyosatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554302" id="-554302">Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda kelgusida aholining koʻpayishini, mintaqalar boʻyicha iqtisodiy imkoniyatlarni, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilishini hisobga olgan holda yoʻl tarmogʻini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554303" id="-554303">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining texnikaviy holatini doimiy nazorat qilishni amalga oshirish va ulardan xohlagan vaqtda avtomobillarning oʻtishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554304" id="-554304">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash masalalarini hal qilishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554305" id="-554305">davlat topshiriqlari va korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻrishartnoma va bitimlar asosida samarali pudrat qurilish faoliyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554306" id="-554306">respublikaga xorijiy sheriklarni jalb qilish va respublikadan tashqarida ham konsernning muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga imkon yaratadigan oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554307" id="-554307">konsern qatnashchilari bilan birgalikda ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, ishlab chiqarish imkoniyatlarini koʻpaytirish, mehnat jamoalarining ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554308" id="-554308">3. Oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq “Oʻzavtoyoʻl” konserni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554309" id="-554309">respublika avtomobil yoʻllari tarmoqlarini hisobga olib borishni va ularning transport foydalanish holatini baholashni tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554310" id="-554310">ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning respublika dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554311" id="-554311">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirishning istiqbollarini belgilaydi va ular asosida yoʻl xoʻjaligidagi investitsion siyosatning asosiy yoʻnalishlarini aniqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554312" id="-554312">umumiy foydalanishdan avtomobil yoʻllari tarmoqlari mudofaa kompleksini hisobga olish va foydalanishni tashkil etadi, yoʻl korxonalari negizida harbiylashtirilgan yoʻl-koʻprik otryadlarini tuzadi, yoʻl-qurilish materiallari va texnikasining safarbarlik zaxiralarini tuzish va saqlashni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554313" id="-554313">ilmiy-texnik rivojlantirishdagi ustivor yoʻnalishlarni aniqlab beradi, qoʻshma ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi, yangi texnika, ilgʻor texnologiyani, samarali materiallarni ishla6 chiqarishga joriy etishda yordam koʻrsatadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554314" id="-554314">ilgʻor normalar va normativlarni ishlab chiqish va qoʻllashni tashkil etadi, eskirib qolgan davlat yoʻl standartlarini qayta qurib chiqish yuzasidan takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554315" id="-554315">jiddiy vaziyatlar yuzaga kelgan (tabiiy ofat, avariya va shunga oʻxshash) holatlarda konsern aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554316" id="-554316">avtomobil yoʻllari qurish, tuzatish va saqlash uchun moliyaviy mablagʻlar yigʻishni tashkil etadi va nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554318" id="-554318">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish va saqlash xarajatlarini shakllantirishda va konsern aʼzolariga oʻzaro ishlab chiqarish xizmatlari koʻrsatishda narx belgilashning umumiy prinsiplarini aniqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554320" id="-554320">respublika uchun eng muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻl tarmogʻi obyektlarini qurish (qayta qurish) uchun davlat buyurtmalarini shakllantiradi va joylashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554322" id="-554322">davlat topshiriqlarini bajarish maqsadida moddiy-texnika resurslari uchun markazlashgan tartibda ajratiladigan kapital mablagʻlar va kvotalar limitlari fondi egasi vazifasini bajaradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554323" id="-554323">konsernning markazlashgan mablagʻ hisobidan konsern aʼzolariga vaqtincha moddiy yordam berilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554326" id="-554326">konsern qatnashchilariga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554327" id="-554327">moddiy-texnik resurslar bilan taʼminlashda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554329" id="-554329">ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil qilishni takomillashtirishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554330" id="-554330">kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashda; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554332" id="-554332">ijtimoiy masalalarni hal etishda yordam koʻrsatadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554333" id="-554333">axborot noshirlik, maslahat, injiniring, vositachilik va boshqa xizmatlarni bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554340" id="-554340">4. Avtomobil yoʻllarini boshqarishga maxsus vakolati boʻlgan davlat boshqaruv organi sifatida “Oʻzavtoyoʻl” konserni quyidagi huquqlarga egadir: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554341" id="-554341">respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnalishlarini shakllantirish va belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554343" id="-554343">berilgan vakolatlar doirasida konsern qatnashchilariga tegishli davlat mulkini boshqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554344" id="-554344">hududiy yoʻl organlari maqomiga ega boʻlgan yoʻllardan foydalanish korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish va ularga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmoqlarini biriktirib qoʻyish; koʻrsatilgan korxonalarga rahbarlar tayinlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554347" id="-554347">berilgan vakolatlar doirasida, qaysi idoraga qarashliliklari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha uyushma, korxona, tashkilot va muassasalar uchun bajarish majburiy boʻlgan normativ va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554348" id="-554348">manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda respublika Hukumatiga konsern qatnashchilarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida, amaldagi qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554349" id="-554349">konsernning ijro etuvchi apparatini va hududiy yoʻl organlarini respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan saqlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554351" id="-554351">5. Konsern korxonalarning xoʻjalik uyushmasi sifatida quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554352" id="-554352">davlat va boshqa organlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatda konsern qatnashchilarining manfaatlarini ifodalovchi vakil boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554353" id="-554353">konsern qatnashchilarining roziligi bilan sugʻurta, zaxira jamgʻarmalarini tashkil etish uchun moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslarni markazlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554355" id="-554355">konsernning markazlashgan mablagʻlari hisobidan xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalar, markazlar, firmalar, boshqa xizmat koʻrsatish korxonalarini tashkil etish, xorijiy davlatlarda filiallar, vakolatxonalar ochish, xorijiy sheriklar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554357" id="-554357">respublikadan tashqarida hukumatlararo kelishuvlar asosida yoki xorijiy sheriklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554359" id="-554359">shartnoma asosida xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554360" id="-554360">ish haqi shakllarini, tizimini va miqdorini mustaqil ravishda belgilash. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-554361" id="-554361">III. Konsern qatnashchilari, ularning huquqlari va burchlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554362" id="-554362">1. “Oʻzavtoyoʻl” konserni qatnashchilari xoʻjalik yuritishdagi mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar, oʻz faoliyatlarida amaldagi qonunchilikka, oʻz ustaviga, shuningdek, mazkur ustavga amal qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554363" id="-554363">2. Konsern qatnashchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554364" id="-554364">shartnoma asosida konsernning va uning tomonidan tashkil egilgan xizmat koʻrsatish korxonalarining xizmatidan foydalanish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554366" id="-554366">korxona faoliyati daromadidan konsern mulkiga oʻzi qoʻshgan hissa miqdorida ulush olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554367" id="-554367">konsern rahbar organlarining koʻrib chiqishi uchun uning faoliyati masalalari boʻyicha takliflar kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554368" id="-554368">konsern faoliyati haqida zarur axborotlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554370" id="-554370">konsern tizimidagi aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladigan korxonalarning aksiyalarini ustuvor tartibda sotib olish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554371" id="-554371">3. “Oʻzavtoyoʻl” konserni aʼzolarining burchlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554373" id="-554373">konsern Ustaviga rioya qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554375" id="-554375">ustuvor tartibda konsernning boshqa qatnashchilari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554377" id="-554377">konsernning rahbar organlari qarorlari bilan belgilab berilgan konsernning boshqa qatnashchilari bilan birgalikda faoliyat koʻrsatish shartlarini bajarish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554378" id="-554378">konsern faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan texnik-iqtisodiy, statistika axborotlari va boshqa axborotlarni taqdim etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554380" id="-554380">belgilangan muddatlarda markazlashtirilgan jamgʻarmalar va zaxiralarga badallarni berish. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-554381" id="-554381">IV. Konsernning mol-mulki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554383" id="-554383">1. “Oʻzavtoyoʻl” konsernining mulkini asosiy jamgʻarmalar va oborot mablagʻlari, shuningdek, qiymati konsernning mustaqil balansida ifodalanadigan boshqa qimmatbaho narsalar tashkil etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554385" id="-554385">2. Konsernning mulki uning hamma ishtirokchilari uchun birgalikdagi mulk hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554387" id="-554387">3. “Oʻzavtoyoʻl” konsernining mol-mulki quyidagi manbalar hisobiga tashkil topadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554388" id="-554388">Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Avtomobil yoʻllari vazirligining huquqiy vorisi sifatida uning mulki;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554390" id="-554390">ustav jamgʻarmasini tashkil qilishdagi konsern qatnashchilarining kirish badallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554391" id="-554391">konsern ishtirokchilarining konsernning markazlashgan jamgʻarmasiga har yil toʻlaydigan moddiy, pul, valyuta resurslari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554393" id="-554393">oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatidan keladigan daromadlar (xoʻjalik hisobdagi boʻlinmalarni tashkil etish hisobiga);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554395" id="-554395">bank va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554396" id="-554396">qiymatli qogʻozlar va dividendlarni sotishdan olinadigan daromadlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554397" id="-554397">4. Konsern, konsern qatnashchilari, shuningdek, konsern tomonidan tashkil etilgan korxonalar budjet bilan mustaqil ravishda hisob-kitob qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554398" id="-554398">5. Konsern amaldagi qonunga muvofiq oʻz majburiyatlari boʻyicha jarima solinishi mumkin boʻlgan butun mulk bilan javob beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554399" id="-554399">Konsern oʻz qatnashchilarining majburiyatlari boʻyicha javobgar emas — qatnashchilar konsernning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-554401" id="-554401">V. Konsernni boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554403" id="-554403">1. “Oʻzavtoyoʻl” konsernining yuqori boshqaruv organi Kengashdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554405" id="-554405">2. Konsern Kengashi konsern rahbari, uning oʻrinbosarlari, konsern aʼzolari boʻlgan korxona rahbarlari tarkibida tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554407" id="-554407">3. Konsern Kengashining alohida vazifalariga quyidagi masalalar kiradi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554409" id="-554409">respublika avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554411" id="-554411">respublika yoʻl xoʻjaligini iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554413" id="-554413">yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish tartibini belgilash va uning oʻrinli sarflanganligini baholash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554415" id="-554415">keyinchalik respublika Hukumatiga takliflar kiritish uchun yoʻl xoʻjaligi boʻyicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554417" id="-554417">birgalikdagi faoliyatning istiqboli va yillik dasturlarini tasdiqlash, ularning amalga oshirilishining borishi haqidagi hisobotlarni eshitish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554418" id="-554418">konsernning Ustav jamgʻarmasiga toʻlanadigan kirish badallari miqdorlarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554420" id="-554420">konsern tarkibiga kirish yoki undan chiqish haqida qaror qabul qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554421" id="-554421">konsernning markazlashgan jamgʻarmasini tashkil etish va sarflash tartibini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554423" id="-554423">konsern daromadlarini markazlashgan jamgʻarmalarni toʻldirish uchun va ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554424" id="-554424">4. “Oʻzavtoyoʻl” konserni Kengashining majlisi zaruriyatga qarab, biroq bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554427" id="-554427">Konsern Kengashining qarorlari ochiq ovoz berish bilan va oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. Konsern Kengashining har bir aʼzosi bir ovoz berish huquqidan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554428" id="-554428">5. “Oʻzavtoyoʻl” konserni Kengashi besh yil muddatga, doimiy ishlovchi ishchi organ sifatida konsern boshqaruvini saylaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554429" id="-554429">6. “Oʻzavtoyoʻl” konserni boshqaruvi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554431" id="-554431">Kengash qarorlarning bajarilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554432" id="-554432">Kengashda koʻrilish lozim boʻlgan barcha masalalarni oldindan ishlab chiqishni amalga oshiradi, Kengashda tasdiqlanadigan qarorlarning loyihalarini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554434" id="-554434">konsernning ilmiy-texnika kengashini tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554436" id="-554436">Kengashning alohida vazifasiga kirmaydigan konsern joriy faoliyatining barcha masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554438" id="-554438">7. Boshqaruv majlisi har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554439" id="-554439">Qarorlar ochiq ovoz berish bilan, koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va konsern boʻyicha buyruqlar bilan rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554442" id="-554442">8. “Oʻzavtoyoʻl” konsernining rahbari, uning oʻrinbosarlari kabi respublika Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv raisi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554443" id="-554443">Boshqaruv raisi konsern faoliyati uchun shaxsan javob beradi va quyidagi huquqlarga ega boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554449" id="-554449">oʻz huquq doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554451" id="-554451">boshqa uyushmalar, korxonalar muassasalar bilan munosabatlarda konsern vakili boʻlish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554453" id="-554453">konsern nomidan shartnomalar shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554455" id="-554455">moliyaviy, hisobot va boshqa hujjatlarni imzolash, ishonch qogʻozlari berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554457" id="-554457">konsernning yangidan tuzilgan boʻlinma va korxonalari haqidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554458" id="-554458">ijro etuvchi apparatning tuzilmasini, shtat jadvalini va ularni saqlash uchun xarajatlar smetasini, uning tarkibiy boʻlinmalari haqidagi nizomni va lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554461" id="-554461">boshqaruvning navbatdagi majlisini chaqirish haqida qaror qabul qilish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554463" id="-554463">9. “Oʻzavtoyoʻl” konsernnining rahbar organlari ishini taʼminlash uchun boshqaruv raisi tomonidan ijro etuvchi apparat tuziladi, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554465" id="-554465">10. “Oʻzavtoyoʻl” konserni Kengashi konsern ishtirokchilari boʻlgan korxonalarning malakali mutaxassislaridan besh yil muddatga taftish komissiyasi saylaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554467" id="-554467">Taftish komissiyasi konsern, uning boshqaruvining moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, tekshirish natijalari haqida faqat konsern Kengashi oldida hisob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554468" id="-554468">Konsern faoliyati bir yilda kamida bir marta taftish qilinadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-554471" id="-554471">VI. Konsernga kirish va undan chiqish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554474" id="-554474">“Oʻzavtoyoʻl” konserniga kirish yoki undan chiqish haqidagi ariza, ariza berilgan kundan boshlab uch oy davomida konsern boshqaruvi tomonidan koʻrib chiqiladi va uzil-kesil qaror konsern Kengashi tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-554477" id="-554477">VII. Konsern faoliyatini toʻxtatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554479" id="-554479">1. “Oʻzavtoyoʻl” konsernini tugatish haqidagi qaror konsern Kengashining tashabbusi yoxud amaldagi, qonunchilik bilan vakil qilingan organlarning tashabbusi bilan Respublika Hukumati tomonidan qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-554482" id="-554482">2. Konsern tugatilayotganda konsern qatnashchilarining birgalikdagi mulki hisoblangan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlari, boshqaruv va ijro etuvchi apparat xodimlari bilan hisob-kitob qilingandan soʻng, kredit beruvchilarning talablari qondirilgach, konsern qatnashchilari oʻrtasida ular qoʻshgan hissaga qarab taqsimlanadi. </div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
