1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
[TSZ:
1.Moliya / Birja faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilinishi bilanoq amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 1992-yil 12-avgustdagi 155 (406)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari “Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar amaldagi normativ hujjatlarning ushbu Qonunga zid kelmaydigan qismi qoʻllanilaverishi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflarni taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining ushbu Qonunga zid keladigan normativ hujjatlari qayta koʻrib chiqilishini va bekor qilinishini taʼminlasin;
birja tovari boʻlishi man etiladigan mol-mulk turlarining, milliy-madaniy va tarixiy boyliklarning roʻyxatini tasdiqlasin;
birjalarning ustav fondlarini indeksatsiya qilish tartibi belgilansin;
ushbu Qonunni amalga oshirishga doir tegishli qarorlar qabul qilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
626-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 395-modda)