

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;19.05.2011
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-579466">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6096"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari;</span></div><div id="LBC6225"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov;</span></div><div id="LBC6265"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);</span></div><div id="LBC6672"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-579466">[<b>TSZ:</b><div id="LS3684"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;</span></div><div id="LS3750"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-580147">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-580149">Qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-580150">IPOTEKA KREDITI BERIShNI QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL QILISh ChORA - TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-580154"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-1815566">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1810654?ONDATE=19.05.2011 00#-1810694">qaroriga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580158">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-10-son <a href="/mact/-507383">qaroriga</a> muvofiq hamda aholining oʻz ehtiyojlari uchun uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va xarid qilishga yakka tartibda qarz oluvchilarga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini keng joriy etish uchun moliyaviy mablagʻlarni jalb etish va jamlash maqsadida:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580166">1. Quyidagilar Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580167">ipoteka krediti berishni rivojlantirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining uzoq muddatli kreditlari, investitsiya hamda grantlarini, Jamgʻarma mablagʻlarini toʻldiradigan boshqa manbalarni jalb etish va jamlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580170">ipoteka krediti berishda ishtirok etadigan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki hamda boshqa banklar (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) yakka tartibda qarz oluvchilarga oʻz ehtiyojlari uchun uy-joylar qurish, rekonstruksiya qilish va xarid qilishga (bundan buyon matnda yakka tartibda qarz oluvchilar deb yuritiladi) kreditlar berishi uchun ana shu banklarga shartnoma asosida kredit liniyalari ochish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580171">Jamgʻarma tomonidan banklarga beriladigan mablagʻlardan faqat maqsadli foydalanilishi monitoringini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580172">Jamgʻarma tushumlari va uning mablagʻlaridan foydalanishning yillik hamda chorak balanslarini shakllantirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580173">2. Quyidagilar belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580174">Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi va u yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan notijorat tashkilot hisoblanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580175">Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi Jamgʻarma boshqaruvi yuqori organi hisoblanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580176">Jamgʻarmaning ijroiya direksiyasi Jamgʻarma ijroiya organi va uning mablagʻlarini tasarruf etuvchisi hisoblanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580177">Jamgʻarmaning ijrochi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580178">Jamgʻarma ijroiya direksiyasini taʼminlash jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580179">3. Quyidagilar tasdiqlansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580180">Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga<a href="/mact/-579466?ONDATE=06.05.2005 00#-683137">*</a> muvofiq;</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-683137">* 1-ilova <a href="/mact/579495#-1369488">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580181">Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi ijroiya direksiyasining boshqaruv xodimlari soni 5 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga<a href="javascript:scrollText(-683138)">**</a> muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580184">Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga<a href="javascript:scrollText(-683138)">**</a> muvofiq.</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-683138">** 2-3-ilovalar <a href="/mact/579495#-597005">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580460">4. Quyidagilar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashining funksiyalari etib belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580463">xorijiy kreditlar, investitsiya va grantlarni jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580465">manfaatdor davlat va nodavlat tashkilotlarini Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilishga jalb etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580468">Jamgʻarma tushumlari va uning mablagʻlaridan foydalanish prognozlarini tasdiqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580469">banklarga beriladigan har bir kredit liniyasi boʻyicha foiz stavkasini tasdiqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580470">Jamgʻarma ijroiya direksiyasi faoliyati ustidan, xususan tushumlar manbalarini shakllantirish, kredit liniyalarini oʻz vaqtida ochish va toʻlash sohasida nazoratni amalga oshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580471">5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580472">xalqaro va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli uzoq muddatli kreditlari, investitsiya va grantlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580474">Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida nazarda tutiladigan davlat budjeti mablagʻlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580475">ipoteka krediti berish uchun banklardagi kredit liniyalari boʻyicha foizlar hisobidan hamda Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini qisqa muddatli davlat xazina majburiyatlariga va banklardagi depozitlarga joylashtirishdan, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalardan tushadigan daromadlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580476">yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqlarini kimoshdi savdosida sotishdan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580477">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad va tushumlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580478">6. Jamgʻarmaga:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580482">mablagʻlarni shakllantirish manbalarini toʻldirish uchun ipoteka va uy-joy obligatsiyalari, shuningdek boshqa qimmatli ipoteka qogʻozlari chiqarish va sotishga, kimoshdi savdolarida ishtirok etishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580483">banklarga uch yillik imtiyozli davr bilan kamida 15 yil muddatga va Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan har bir kredit liniyasi boʻyicha tasdiqlanadigan foiz stavkasi bilan qaytarish asosida uy-joylarni rekonstruksiya qilish va xarid qilishga, shuningdek yangi qurilishga har bir yakka tartibda qarz oluvchi hisobiga eng kam ish haqi miqdorining tegishli ravishda 2500 va 3000 karra miqdorida, ammo uy-joy qurilishi, rekonstruksiya qilish va xarid qilish qiymatining 75 foizidan oshmaydigan miqdorda kredit liniyalari ochishga ruxsat berilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580484">7. Jamgʻarma barcha turdagi soliqlardan va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasnodir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580487">8. Banklar mablagʻlardan maqsadga muvofiq foydalanmaganligi faktlari aniqlangan hollarda ana shu aniqlangan mablagʻning hammasi Jamgʻarma bilan bank oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan jarimalarni qoʻllagan holda Jamgʻarma hisobiga muddatidan ilgari qaytarilishi belgilab qoʻyilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580489">9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobot yilining 1-noyabridan kechiktirmay har yili Jamgʻarmaga uy-joy qurilishi uchun ajratilayotgan yer maydonlari va prognoz qilinayotgan yilga moʻljallangan uy-joy qurilishi hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etsinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580496">10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarori 3-bandining <a href="/mact/-507383?ONDATE=16.02.2005 00#-509925">uchinchi xatboshidagi </a>“ikki yillik” soʻzlari “uch yillik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-580498">11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-580501">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-580502">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-580503">2005-yil 6-may,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-580504">PQ-69-son</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-580152">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 131-modda, 37-38-con, 284-modda)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
