toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan Strategiyasi ijrosini taʼminlash, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni kengaytirish asosida qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4021-son qaroriga asosan:
a) “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) doirasida 2020-yil 4-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasida qoʻshimcha 46,2 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 800 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari boʻyicha qarz bitimining (keyingi oʻrinlarda — qarz bitimi) imzolanganligi;
b) Loyihani amalga oshirish doirasida:
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan va yigʻimlardan;
ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qarz bitimiga muvofiq Loyiha doirasida jalb etiladigan qoʻshimcha qarz mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltirilishi belgilansin:
qishloq xoʻjaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish boʻyicha kredit ajratish uchun — 39,8 mln AQSH dollari. Bunda klaster va kooperatsiyalar hamda ularga aʼzo boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga — 30,3 mln AQSH dollari, yoshlar va ayollar uchun — 5 mln AQSH dollari miqdorida, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga 4,5 mln AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun — 3,1 mln AQSH dollari. Bunda oʻrmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos oʻrnatish orqali suv chiqarishga 2 mln AQSH dollari sarflanadi;
qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish boʻyicha — 4,1 mln AQSH dollari.
3. Quyidagilar:
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirish prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini hamda natijadorligini taʼminlaydi;
Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari zimmasiga kredit liniyasini boshqarish, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarzining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklanadi.
5. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining 35 325 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarining qaytarilishi toʻliqligicha Loyiha doirasida tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablagʻlarning qaytarilishi hisobidan hamda qolgan 10 875 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarining qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan amalga oshiriladi.
6. Loyiha doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlarida subsidiar qarzning foiz stavkasi “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan belgilansin.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga bir oy muddatda “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish mablagʻlari doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankka tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatilsin.
8. Moliya vaziriga Loyiha doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlari boʻyicha qayta moliyalashtirish bitimlarini, shuningdek, zaruriyatga koʻra, ularga tegishli oʻzgartirishlarni imzolash vakolati berilsin.
9. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari tez fursatlarda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatga qoʻyilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda taʼminlasin.
11. Hisob palatasi Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
13. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev:
bir hafta muddatda masʼul ijrochilar ishtirokida majlis oʻtkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin;
ikki hafta muddatda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyiha doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hududlar kesimida “Yoʻl xarita”larini tasdiqlasin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ergashev), Markaziy bank (Xolxujayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki kunlik seminar tashkil qilsin;
moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin;
b) Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tashabbuskorlar ishtirokida taqdimotlar oʻtkazsin;
v) qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida sohaning yetuk mahalliy mutaxassislaridan iborat boʻlgan ilmiy-texnik kengashni shakllantirib, u tomonidan Loyihaning komponentlari doirasidagi texnik topshiriqlar amalga oshirilishi, hujjatlarning koʻrib chiqilishi va dastlabki xulosa berilishini;
qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimi doirasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya yoʻnalishlariga mablagʻlarni ajratishda sohani rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi, iqtisodiy samaradorligi va asoslanganligiga alohida eʼtibor qaratilishini;
Loyihani amalga oshirishda qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarini keng jalb qilib, amaliy seminar va oʻquv kurslari tashkil etilishini;
Loyiha doirasida iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishini taʼminlasin.
Qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, ushbu qarorning 1 va 3-ilovalari bilan tasdiqlangan Loyiha texnik-iqtisodiy asosining asosiy koʻrsatkichlari hamda “Yoʻl xaritasi”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4021-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Oʻ.I. Barnoyev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-sentabr,
PQ-4830-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
1-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy koʻrsatkichlari

T/r

Loyihalar

Oʻlchov birligi

JAMI

Andijon

Namangan

Fargʻona

I KOMPONENT: Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish

1.

Intensiv bogʻlar

gektar

1 050

338

347

365

2.

Issiqxonalar

gektar

41

10

13

18

3.

Muzlatkichli omborxonalar

tonna

24 500

8 000

10 000

6 500

4.

Qayta ishlash quvvatlari

tonna

27 000

9 000

9 000

9 000

5.

Chorvachilikni rivojlantirish

bosh qoramol

3 820

1 290

1 270

1 260

II KOMPONENT: Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish

6.

Sugʻorish kanallari

km

50

15

15

20

7.

Sugʻorish quduqlari

dona

15

5

5

5

8.

Elektr nasosli kanallar

dona

15

5

5

5

9.

Dizel nasosli kanallar

dona

15

5

5

5

10.

Agrometeorologik stansiya

dona

3

1

1

1

11.

Tik quduq tizimlari

dona

36

12

12

12

III KOMPONENT: Qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish

12.

Tadbirkorlarni oʻqitish

tadbirkor soni

1 000

330

340

330

13.

“Organic” va “Global GAP” standartlarini joriy etish (yiliga)

korxona soni

15

5

5

5

14.

Koʻrgazma maydonlari

gektar

15

5

5

5

15.

Veterinariya klinikalari (shu jumladan mobil klinikalar)

dona

4

1

2

1

* Ushbu koʻrsatkichlarga Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan kelishilgan holda loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijasiga koʻra oʻzgartirish kiritish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
2-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirish
PROGNOZ JADVALI

Kredit muddati 25 yil

Imtiyozli muddat 5 yil

Foiz stavkasi 1,4 foiz

Xizmat koʻrsatganlik uchun komissiya 1,54 foiz

ming AQSH dollari

Toʻlov sanasi

Oʻzlashtirish

Kredit balansi

Foiz summasi

Xizmat koʻrsatganlik

uchun haqi

Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi

Jami toʻlanadigan summa

15.04.2020

-

-

-

-

15.10.2020

9 484

9 484

-

-

-

15.04.2021

9 959

19 443

67

74

141

15.10.2021

9 959

29 403

138

152

291

15.04.2022

6 471

35 874

208

229

437

15.10.2022

6 471

42 345

255

281

536

15.04.2023

1 674

44 019

300

330

629

15.10.2023

1 674

45 692

313

345

658

15.04.2024

254

45 946

325

358

683

15.10.2024

254

46 200

327

360

687

15.04.2025

46 200

327

360

1 155

1 842

15.10.2025

45 045

329

362

1 155

1 845

15.04.2026

43 890

319

351

1 155

1 825

15.10.2026

42 735

312

344

1 155

1 811

15.04.2027

41 580

302

333

1 155

1 790

15.10.2027

40 425

296

326

1 155

1 776

15.04.2028

39 270

288

316

1 155

1 759

15.10.2028

38 115

279

307

1 155

1 742

15.04.2029

36 960

270

297

1 155

1 722

15.10.2029

35 805

263

289

1 155

1 707

15.04.2030

34 650

253

279

1 155

1 687

15.10.2030

33 495

247

271

1 155

1 673

15.04.2031

32 340

237

261

1 155

1 653

15.10.2031

31 185

230

253

1 155

1 638

15.04.2032

30 030

222

244

1 155

1 621

15.10.2032

28 875

214

235

1 155

1 604

15.04.2033

27 720

204

225

1 155

1 584

15.10.2033

26 565

197

217

1 155

1 569

15.04.2034

25 410

188

207

1 155

1 550

15.10.2034

24 255

181

199

1 155

1 535

15.04.2035

23 100

172

189

1 155

1 516

15.10.2035

21 945

164

181

1 155

1 500

15.04.2036

20 790

156

172

1 155

1 483

15.10.2036

19 635

148

163

1 155

1 466

15.04.2037

18 480

139

153

1 155

1 447

15.10.2037

17 325

132

145

1 155

1 431

15.04.2038

16 170

123

135

1 155

1 413

15.10.2038

15 015

115

127

1 155

1 397

15.04.2039

13 860

106

117

1 155

1 378

15.10.2039

12 705

99

109

1 155

1 362

15.04.2040

11 550

90

99

1 155

1 345

15.10.2040

10 395

82

90

1 155

1 328

15.04.2041

9 240

74

81

1 155

1 310

15.10.2041

8 085

66

72

1 155

1 293

15.04.2042

6 930

57

63

1 155

1 275

15.10.2042

5 775

49

54

1 155

1 259

15.04.2043

4 620

41

45

1 155

1 241

15.10.2043

3 465

33

36

1 155

1 224

15.04.2044

2 310

25

27

1 155

1 207

15.10.2044

1 155

16

18

1 155

1 190

Jami

46 200

8 979

9 877

46 200

65 057

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbir nomi

Kredit summasi
(ming doll.)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

BIRINCHI KOMPONENT:
Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish

1.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida kooperatsiyani ragʻbatlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun kredit liniyasi:

(kooperatsiya va klasterlarga aʼzo boʻlgan tashabbuskorlarga kredit ajratish, bunda har bir sub-qarz oluvchi uchun kredit liniyasidan 500 ming AQSH dollarigacha 10 yil muddatgacha ajratiladi.

Kredit liniyasi faqat meva-sabzavotchilik (issiqxona, intensiv bogʻ, qayta ishlash, muzlatkichli omborxona) va chorvachilik (yirik va mayda shoxli qoramol, parrandachilik, baliqchilik, ipakchilik, asalarichilik va boshqalar) tarmogʻidagi kooperatsiyalar va klasterlarga aʼzo boʻlgan tashabbuskorlarning quyidagi faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi:

1. Intensiv bogʻ (har bir viloyatda oʻrtacha 330 ga maydonda);

2. Issiqxonalar (har bir viloyatda oʻrtacha 11 ga maydonda);

3. Muzlatkichli omborxonalar barpo etish (har bir viloyatda 6 ming tonnadan);

4. Chorvachilikni rivojlantirish (har bir viloyatda 1030 bosh).

30 325

1. Meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va klasterlar orasidan tashabbuskorlarni aniqlash.

2020-yil yakuniga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan
va Fargʻona viloyatlari hokimliklari,
tijorat banklari

2. Tanlab olingan tashabbuskorlar uchun “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) talablariga javob beradigan loyihalarni tanlab olish.

2021-yil

iyun

3. Jamgʻarma talablariga asosan tashabbuskorlarning subloyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil davomida

4. Tijorat banki tomonidan maʼqullangan subloyihalarni Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga taqdim etish.

doimiy

5. Subloyihalar hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish.

biznes-rejaga asosan

6. Subloyihalarning amalga oshiri-lishini tizimli nazorat qilish.

doimiy

2.

Agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatini diversifikatsiya qilish uchun kredit liniyasi:

35 yoshgacha yoshlar va ayollarga soddalashtirilgan tartibda 50 ming AQSH dollarigacha, 10 yilgacha kredit ajratiladi.

1. Intensiv bogʻ (har bir viloyatda oʻrtacha 17 ga maydonda);

2. Issiqxonalar (har bir viloyatda 2 ga maydonda);

3. Muzlatkichli omborxonalar barpo etish (har bir viloyatda 2 ming tonnadan);

4. Chorvachilikni rivojlantirish (har bir viloyatda 240 bosh).

5 000

1. Meva-sabzavotchilik yoʻnalishida yosh tashabbuskorlarni aniqlash.

2020-yil yakuniga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi va uning viloyat tuzilmalari

2. Jamgʻarma talablariga javob beradigan eng maqbul loyihalarni tanlab olish.

3. Jamgʻarma talablariga asosan tashabbuskorlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil

iyun

4. Tijorat banklari tomonidan maʼqullangan loyihalarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat agentligiga taqdim etish.

2021-yil davomida

5. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish.

biznes-rejaga asosan

6. Loyihaning amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish.

doimiy

3.

Loyihani amalga oshirish hududida meva-sabzavotchilik klasterlariga va kooperatsiyalarga kafillik va kompensatsiya ajratish maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini moliyaviy qoʻllab quvvatlash.

4 500

Moliya vazirligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma imzolash.

2021-yil iyun-iyul

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Ismailov)

IKKINCHI KOMPONENT:
Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish

4.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.

1 126

1. Viloyat hokimliklari va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda irrigatsiya tizimlarining dastlabki roʻyxatini va geografik joylashuvini aniqlash va tasdiqlash.

2022-yil yanvar-fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamroyev),

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

2. Irrigatsiya tizimlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini nazorat qilish hamda irrigatsiya tizimlaridan foydalanish boʻyicha texnik talabnoma ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

2022-yil

mart

3. Mustaqil tashkilot tomonidan loyiha hujjatlarining oʻrganib chiqilishi va atrof muhitga taʼsirini baholash.

2022-yil aprel

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish.

2022-yil

iyun

5. Loyiha ustidan tizimli nazorat oʻrnatish.

doimiy

5.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi oʻrmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos oʻrnatish orqali suv chiqarish.

2 000

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish, Jamgʻarma bilan kelishish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

2021-yil fevral

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Bakirov),

Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamroyev),

Andijon, Namangan
va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

2. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini nazorat qilish hamda texnik talabnoma ishlab chiqish va tenderni amalga oshirish.

2021-yil aprel

3. Mustaqil tashkilot tomonidan loyiha hujjatlarini oʻrganish va atrof muhitga taʼsirini baholash.

2021-yil

Iyun

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish.

2021-yil

iyul

5. Loyiha ustidan tizimli nazorat oʻrnatish.

doimiy

UCHINCHI KOMPONENT:
Qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish

6.

Loyiha hududlaridagi Agroxizmat markazlarida oziq-ovqat tarmogʻida klasterlarni yaratish va ularning faoliyatiga koʻmak berish, jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sifat nazorati, “Organic” va “Global GAP” sertifikatsiya tizimining joriy etilishini kompleks tahlil etish va shundan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari uchun tayyor loyihalarni ishlab chiqish.

173,3

1. Texnik talabnoma tayyorlash va Jamgʻarma bilan kelishish.

2021-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklari

2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilish uchun tender tadbirlarini amalga oshirish.

2021-yil fevral

3. Xorijiy ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy maʼlumotlar asosida moliyalashtirilishi zarur boʻlgan sohalar boʻyicha aniq loyihalarning hujjatlarini tayyorlash hamda Jamgʻarma bilan kelishish.

2021-yil mart oktabr

7.

1 000 nafardan ortiq Agroxizmatlar markazlari xodimlari malakasini oshirish, shu jumladan soha mutaxassislari, fermer, klaster va kooperatsiyalar vakillariga xorijiy yetakchi ekspertlarni jalb etgan holda zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga oʻqitish, xususan:

oziq-ovqat sanoati standartlarini (ISO 22000, HACCP, ISO 17025) joriy etish;

loyiha doirasidagi tadbirlar, kredit liniyasi shartlari va uni oʻzlashtirish tartiblari;

baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik, meva-sabzavotchilik va boshqa tarmoq yoʻnalishlarida TOT (Training of trainers) dasturi asosida oʻquv seminarlarini tashkil etishga oʻqitish;

loyihani am�lga oshirish davrida erishilgan natijalar, ilgʻor tajribalar va olingan bilimlarni targʻib qilish.

952,4

1. Seminarlar tashkil etish uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish, Jamgʻarma bilan kelishish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

2022-yil yanvar — mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

2. Treninglarni agroxizmatlar markazlarida tashkil etish.

2022-yil dekabr

8.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi Agroxizmatlar markazlarida:

ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha ochiq maydonda va issiqxonada koʻrgazma maydonchalarini hamda dala maktablarini tashkil qilish;

veterinariya klinikasini (jumladan, mobil xizmat koʻrsatish) tashkil etish va jahon standartlari asosida zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash;

Agroxizmat markazlari faoliyati va xizmat koʻrsatish turlarining onlayn platformasini va raqamli boshqaruv tizimini joriy etish.

2 426,3

1. Xorijiy va mahalliy ekspertlar hamkorligida viloyat Agroxizmat markazlari orqali zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilishni qoʻllab-quvvatlash:

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamroyev),
Dehqon, fermer va tomorqa yer egalari kengashi (Xayitov),

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

koʻrgazma maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish;

2022-yil fevral

maxsus asbob-uskunalarini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha shartnoma imzolash, moliyalashtirishni ochish;

2022-yil mart

koʻrgazma maydonlari va agrometeo-rologik stansiyalarni tashkil etish.

2022-yil
II chorak

2. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilishda loyiha hududida faoliyat olib borayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklari malakasining muntazam ravishda oshirilishini taʼminlash.

doimiy

3. Tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish.

doimiy

9.

Loyiha boshqaruvini amalga oshirish.

497

Loyiha doirasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash.

2021 — 2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4021-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “6 yil (2018 — 2023-yillar)” soʻzlari “7 yil (2019 — 2025-yillar)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi, qarorning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 2-bandning uchinchi xatboshida, 4 va 5-bandlarda hamda 6-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)