1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘shilgan qiymat yaratishning zamonaviy zanjirlariga samarali integratsiyalash va ularning moliyaviy barqarorligini oshirish hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 25 yilga 5 yillik imtiyozli davr bilan 46,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 300,0 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari berilishi ma’qullandi;
Loyihaning umumiy qiymati 84,78 mln. AQSH dollari ekvivalentini, shundan, O‘zbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi — 38,28 mln. AQSH dollarini, shu jumladan, soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish shaklidagi ulush — 15,76 mln. AQSH dollari ekvivalentini, Loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklarning ulushi — 11,28 mln. AQSH dollarini, shuningdek, Loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlari) ulushi — 11,24 mln. AQSH dollari ekvivalentini tashkil etadi;
Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2019 — 2025-yillar) etib belgilandi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
2. Belgilansinki:
Loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kreditidan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kreditini so‘ndirish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirish prognoz grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan kreditni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini ko‘rsatgan holda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining kreditidan foydalanish va kafolatini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining bosh direktori (Sh.Sh. Shoahmedov), Andijon (Sh.K. Abdurahmonov), Farg‘ona (Sh.M. G‘aniyev) va Namangan (X.X. Bozarov) viloyatlari hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan quyidagilarni imzolash vakolati berilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablag‘ jalb qilish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.05 Kafolat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi bilan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining kredit mablag‘larini qaytarish kafolatini ta’minlash bo‘yicha bitimni;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi. Kafolat jamg‘armasi. Taraqqiyot jamg‘armasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Loyihada ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining kredit mablag‘larini qayta kreditlash bitimlarini.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasidagi moliyalashtirish bitimi yuzasidan o‘rnatilgan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Loyiha doirasida konsultatsiya xizmatlari uchun mo‘ljallangan mablag‘larni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan ekspertlar jalb qilinishiga yo‘naltirsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib o‘tilganda undiriladigan soliqlar va yig‘imlar / 10.05.07.00 Bojxona yig‘imlari]
Loyihani amalga oshirish doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar va yig‘imlardan;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.
Belgilansinki:
mazkur bandda berilgan imtiyozlarning amal qilishi Loyiha doirasida qayta moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ham joriy etiladi;
ushbu bandda ko‘rsatilgan imtiyozlar natijasida bo‘shagan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari S.R. Xolmurodov, J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4830/1290-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4021-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kreditidan foydalanish
sxemasi
ming AQSH dollarida
Komponentlar nomi
Qarz summasi
Qarzning qaytarilishi:
Qarzni to‘lash usuli
davlat budjetidan
loyiha ishtirokchilari tomonidan
summa
%
summa
%
summa
%
1-komponent 1. Qo‘shilgan qiymatning inklyuziv (kamdaromadlilarni jalb qilgan holda) zanjirini rivojlantirish
1.1.-subkomponent. Qo‘shimcha qiymat zanjiri uchun biznes-muhit yaratish
52
0,1
52
100
-
-
Xizmat ko‘rsatish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
1.2-subkomponent. Qo‘shimcha qiymat zanjiri ishtirokchilarining salohiyatini mustahkamlash
3 893
8,4
3 893
100
-
-
2-komponent. Qishloq xo‘jaligida inklyuziv moliyalashtirish
2.1-subkomponent. Qishloq xo‘jaligida kafillikni ta’minlash
1 000
2,2
1 000
100
-
-
Xizmat ko‘rsatish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
2.2-subkomponent. Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun kredit liniyasi
33 710
73,0
-
-
33 710
100
Xizmat ko‘rsatish ishtirok etuvchi tijorat banklari hisobidan amalga oshiriladi
2.3-subkomponent. Yoshlar uchun kredit liniyasi
5 000
10,8
-
-
5 000
100
3-kompenent. Iqlim sharoitiga mos barqaror qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi
3.1 -subkomponent. Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish
1 106
2,4
1 106
100
-
-
Xizmat ko‘rsatish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
3.2-subkomponent. Modernizatsiya qilingan irrigatsiya tizimlari bo‘yicha SFUni salohiyatini oshirish
36
0,1
36
100
-
-
4-komponent. Loyihani boshqarish
Loyihani boshqarish, monitoring va hisobotni yuritish
1 403
3,0
1 403
100
-
-
Xizmat ko‘rsatish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
Jami
46 200
100,0
7 490
16,2
38 710
83,8
Ishlatilgan qisqartma: SFU — Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4021-son qaroriga 3-ILOVA
“Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kredit mablag‘larini so‘ndirish, komissiya va foiz to‘lovlarini amalga oshirish prognoz