1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga;
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
(1-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5a-ilovaga muvofiq;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
(1-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5g-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdgai 380-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/380/0611-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi, shu jumladan ularning faoliyati yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlarni koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi X.S. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-sentabr,
535-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Koʻchmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yigʻmajildini shakllantirish natijasida koʻchmas mulk obyekti boʻyicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
3. Kadastr pasportining shakllari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq turlar boʻyicha belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
4. Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida boʻlinganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan soʻng ularning bir qismiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki oʻzgartirishda;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi yoki kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi oʻzgarganda;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
oʻz yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud boʻlganda.
5. Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga koʻra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta soʻrovnomaga asosan kadastr pasporti, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi, koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi reyestrdan koʻchirma bir vaqtda beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, bekor boʻlganda yoki koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra qogʻoz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.
6. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — filiallar) kadastr yigʻmajildini shakllantirib, uning natijasi boʻyicha kadastr pasportini taqdim etadi.
Davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha kadastr pasportini tayyorlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri filiallarga murojaat qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
7. Davlat xizmatlari markazlari va filiallar oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
8. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
9. Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
10. Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Vafot etgan shaxs nomidan uning yaqin qarindoshlari murojaat qilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida filialga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda filialga yuboriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
14. Filial zarur hollarda ariza beruvchi bilan kelishib, soʻrovnomada koʻrsatilgan joyga chiqqan holda, obyektning parametrlari boʻyicha oʻlchov ishlarini amalga oshiradi, xatlovdan oʻtkazadi hamda talab etilganda koʻchmas mulk obyektining manzilini belgilaydi yoki oʻzgartiradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
15. Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda boʻlmagan taqdirda, soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali aloqaga chiqilib, sababi aniqlanadi va bu haqda xolislar (qoʻshnilar) ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va murojaat (soʻrovnoma) koʻrilmasdan qoldiriladi.
Rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan murojaat (soʻrovnoma) koʻrilmasdan qoldirilganligi haqida filial masʼul xodimlari tomonidan ERI bilan tasdiqlangan xabarnoma (PDF shakldagi dalolatnoma ilova qilingan holda) 1 ish kuni davomida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
v) koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi boʻyicha:
umumiy maydoni 1 gektargacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 gektardan 5 gektargacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 10 gektardan 100 gektargacha — 25 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 gektardan ortiq — 30 ish kunigacha.
(16-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-sentabrdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/470/0707-son)
17. Malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi tomonidan oʻtkazilgan texnik xatlov natijasiga koʻra tayyorlangan yigʻmajildga asosan koʻchmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish filial tomonidan 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
18. Kadastr yigʻmajildi shakllantirilgandan soʻng filial tomonidan kadastr pasporti berish va koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish (talab etilganda) uchun toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
Bunda qogʻoz shaklidagi kadastr pasporti YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.
Kadastr pasportini berish uchun undiriladigan toʻlov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.
19. Davlat xizmatlari markazlari xabarnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgandan soʻng bir oy mobaynida kadastr pasportini berishning toʻlov qiymatini xabarnomada qayd etilgan miqdorda toʻlaydi.
Sud boshqaruvchisiga kadastr pasporti oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan beriladi va xabarnomada koʻrsatilgan toʻlovning oʻrni sud boshqaruvchisi tomonidan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Kadastr pasporti berish uchun toʻlov qiymati toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
Belgilangan muddatda tegishli toʻlov miqdori toʻlanmasligi kadastr pasportini berishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(20-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(20-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
v) rieltorlik tashkilotlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — rieltorlik tashkilotlari hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(20-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
21. Xabarnomada koʻrsatilgan toʻlov toʻliq toʻlangandan soʻng Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan tizimdan kadastr pasportini yuklab olish (qogʻoz yoki plastik shaklda chop etish) imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchiga real vaqt rejimida kadastr pasporti beriladi.
22. Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz foydalanish maqsadi oʻzgarganda;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan).
Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
24. Davlat xizmatlari markazlari va filiallar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son)
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Arizaberuvchi
1. Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
DKfiliali
1. Obyektda joyiga chiqib oʻlchov ishlarini amalga oshiradi va toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
2. Obyekt manzilini belgilaydi yoki oʻzgartiradi (talab etilganda).
Reglamentda koʻrsatilgan
(obyekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi.
1. Real vaqt rejimida
2. Avtomatik tarzda
5-bosqich
Arizaberuvchi
Xabarnomada (invoys) belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.
1 oy mobaynida
6-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi.
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):
21. F.I.O. (vafot etgan shaxs nomidan uning yaqin qarindoshlari murojaat qilganda):
22. Vafot etgan shaxsning va ariza beruvchining pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Rasmiy nomi (toʻliq):
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyektining turi:
yakka tartibdagi turar joy (dala hovli);
yer uchastkasi;
Koʻp kvartirali uyda joylashgan:
Turar joy;
Noturar joy;
Noturar joy;
Koʻchmas mulk obyektining holati:
Qurilishi tugallangan;
Qurilishi tugallanmagan;
2. Koʻchmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
3. Koʻchmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
III. Kadastr pasportini tayyorlashning maqsadi:
1. Yangi koʻchmas mulk obyektiga (birlamchi) kadastr pasportini shakllantirish
(toʻlov asosida)
koʻp kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
noturar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti;
yer uchastkasining kadastr pasporti;
koʻp kvartirali turar joyda joylashgan noturar joyning kadastr pasporti;
qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.
2. Koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, obyektda oʻzgarishlar mavjud boʻlmaganda bepul asosda kadastr pasportini berish
kadastr pasporti yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqolganda;
begonalashtirilganda (egasi oʻzgarganda);
rekonstruksiyasiz foydalanish maqsadi oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilgand, obyektning qolgan qismiga.
3. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarning kadastr pasporti, obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma va reyestrdan koʻchirmasini bir vaqtda berish
a) kadastr pasporti (toʻlov asosida);
b) obyektni foydalanish uchun ruxsatnomasi (bepul);
v) koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi reyestrdan koʻchirma (bepul).
4. Koʻchmas mulk begonalashtirilganda yoki eski kadastr hujjatini (oʻzgarishsiz) yangi shakldagi kadastr pasportiga yangilash (bepul)
Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
Kadastr pasporti shakli:
qogʻoz shaklida
plastik shaklda
IV. Soʻrovnomaga ilova:
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan nusxasi: (notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shatrnomasi, sud qarori va uning rekvizitlari va shunga oʻxshash hujjatlar) mavjud boʻlganda.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 2-ILOVA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament qoidalari foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼriga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vositachilar — davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, notariuslar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi;
hududiy boshqarma — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari.
4. Jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar yuzaga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, cheklanganda yoki bekor boʻlganda, ushbu holat yuzaga kelgan kundan boshlab bir oy muddatda “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida (keyingi oʻrinlarda — Qonun) koʻrsatilgan tegishli huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki vositachilar orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — hududiy boshqarmaga murojaat qiladi.
5. Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ariza beruvchilarning murojaatiga asosan ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasida yakka tartibdagi turar joy noturar joy toifasiga oʻtkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Doimiy egalik yoki doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasidagi noturar joy yakka tartibdagi turar joy toifasiga oʻtkazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
6. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
7. Vositachilar orqali quyidagi xizmatlar boʻyicha arizalar taqdim etiladi:
davlat xizmatlari markazlari — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
notarial idoralar va notariuslar tomonidan — notarial harakatlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
tijorat banklari tomonidan — ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — xususiylashtirish hamda “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion orqali sotish natijasida yuzaga keladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
rieltorlik tashkilotlari — rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish natijasida yuzaga keladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2-bob. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vositachiga murojaat etadi, davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning veb-saytida (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) roʻyxatdan oʻtadi.
“E-auksion” elektron savdo platformasida koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha tashkil etilgan auksion yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnoma auksion gʻolibi va buyurtmachi hamda hududiy boshqarmaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — operator) tomonidan mazkur platforma orqali yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
9. Ariza beruvchi huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vositachiga murojaat etganda, vositachi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilgan taqdirda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizaga Qonunda nazarda tutilgan huquqni belgilovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Bir yildan kam boʻlmagan muddatga tuzilgan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi ham davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Arizada koʻchmas mulk obyektining turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektining nomi va yigʻmajild tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Vositachilar tomonidan ariza beruvchilardan Qonunda va ushbu bandda nazarda tutilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
91. Koʻchmas mulk mulkdori turar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ushbu manzilga oʻzini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish uchun ariza yuborishi mumkin.
Koʻchmas mulk mulkdori turar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ushbu manzilga oʻzini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish uchun murojaat qilganda arizada qoʻshimcha ravishda mulkdorning JSHSHIR, pasporti (ID-kartasi yoki kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami), telefon raqami (mavjud boʻlganda) koʻrsatiladi.
Bunda ariza beruvchidan mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
10. Zarur maʼlumotlar arizaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
11. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun ushbu Reglamentning 6-bandiga muvofiq yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) vositachilarga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda), operatorga yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuboriladi.
Vositachilar (operator) toʻlov summasi koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini (auksion gʻolibi) xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada koʻrsatilgan miqdorda yigʻim summasini va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun davlat bojini toʻlaydi.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda ushbu manzilga doimiy roʻyxatga qoʻyish boʻyicha xizmat koʻrsatilganda, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda toʻlov toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
12. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
18 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻning 80 foizi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) notarial idoralar yoki notariuslar orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻning 80 foizi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻning 80 foizi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmati yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻning 80 foizi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun davlat boji summasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga (davlat reyestriga yozuv kiritilgunga) qadar bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi vositachiga kelib murojaat etganda uning arizasi vositachi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida hududiy boshqarmaga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmaga yuboriladi.
15. Hududiy boshqarmaning roʻyxatdan oʻtkazuvchisi (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi) ariza kelib tushgandan soʻng Qonunda belgilangan muddatlarda hamda tartibda:
turar joydan noturar joyga oʻzgartirilayotgan obyektda doimiy va vaqtincha roʻyxatda turuvchi fuqarolar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 436-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/436/0669-son)
ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilingan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshiradi;
arizani koʻrib chiqish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasini vositachiga yuboradi;
YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi zarur boʻlgan yoki qoʻshimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud boʻlganda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uch ish kuniga toʻxtatib turilishi mumkin. Bunday holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida vositachi va (yoki) ariza beruvchini bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazuvchi huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestridan (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) koʻchirma beradi yoki huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni Qonunda belgilangan tartibda rad etadi.
151. Reyestrdan koʻchirma shakllanganidan soʻng mulkdorni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun ariza avtomatik ravishda Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga yuboriladi.
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi ichki ishlar organlarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganidan soʻng Davlat xizmatlari markaziga, notarial idoraga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat etganda) QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻi yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora qayd varagʻi kelib tushganidan soʻng bir soat mobaynida ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
Oʻzi kelib murojaat etgan ariza beruvchining talabiga koʻra Davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora xodimi qayd varagʻini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
16. Vositachi arizani koʻrib chiqish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasi kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Vositachi ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga davlat reyestridan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berishi mumkin.
17. Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Vositachilar va hududiy boshqarmalar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
(jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari)
Koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vositachiga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) orqali roʻyxatdan oʻtadi hamda belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yuzaga kelgandan keyin bir oy muddatda
2-bosqich
1. Vositachi
(davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, notariuslar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari, Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining veb-sayti
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga elektron shaklda yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
1. Arizani koʻrib chiqishga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi.
2. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshiradi.
3. Davlat reyestridan koʻchirmani yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xabarnomani vositachiga (YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etilganda ariza beruvchiga) yuboradi.
Qonunda belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Vositachi
(davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, notariuslar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi)
Ariza beruvchini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshirish natijasi yuzasidan xabardor qiladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
Sana “____” ___________
Davlat reyestrining tartib raqami ____________
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestridan KOʻCHIRMA
“____” ____________da kelib tushgan “____” ___________gi buyurtma asosida Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestriga quyidagi huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida yozuv kiritildi:
1. Koʻchmas mulk obyekti:
Koʻchmas mulk obyekti turi:
Koʻchmas mulk obyekti nomi:
Kadastr raqami:
Joylashgan joyi:
2. Roʻyxatdan oʻtkazildi:
Huquq egasi, huquqdagi ulush:
STIR (huquq egasi yuridik shaxs boʻlganda):
2.1. Yer uchastkasi:
Huquq turi:
Huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi:
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari:
2.2. Bino va inshootlar:
Huquq turi:
Huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi:
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari:
2.3. Koʻp yillik dov-daraxtlar:
Daraxtlar soni, dona:
Huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi:
Huquqni belgilovchi hujjat rekvizitlari:
3. Boshqa maʼlumotlar:
3.1. Hujjat boʻyicha maydon (ga):
3.2. Amaldagi maydon (ga):
3.3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan bino va inshootlar maydoni (kv.m):
3.4. Taqiq, xatlov yoki cheklovlar mavjudligi:
Ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi:
Servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi:
Binolar va inshootlar yoki ularning qismlariga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi:
4. Qoʻshimcha maʼlumotlar:
...
...
Agar sizda koʻchirmaning haqiqiyligini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, pastki chap burchakdagi QR-kodni skanerlang.
QR-kod
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 3-ILOVA
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament:
jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan ushbu bino va inshootlar joylashgan mulk huquqidagi yer uchastkalarini;
mulk huquqida tegishli boʻsh yer uchastkasining bir qismi boshqa shaxsga oʻtishi munosabati bilan;
huquq egasining mulk huquqida tegishli boʻsh yer uchastkasini alohida qismlarga boʻlish boʻyicha murojaatiga asosan koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga, koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqida boʻlgan yer uchastkalariga, huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan koʻchmas mulklarga, shuningdek, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Dalolatnomani rasmiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Dalolatnoma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — filiallar):
ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini tuzadi;
koʻchmas mulkning boʻlinishi natijasida hosil boʻlgan alohida koʻchmas mulk obyektlarining manzillarini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilaydi;
b) dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari) bilan kelishiladi.
2-bob. Koʻchmas mulkni boʻlish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xususiyatlari
5. Umumiy birgalikdagi mulkni boʻlish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli boʻlgan yer uchastkalarining bino va inshoot boʻlmagan boʻsh qismini alohida qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Koʻchmas mulkni boʻlish dalolatnomasini rasmiylashtirishda:
a) yangi tashkil etilayotgan koʻchmas mulklar oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan boʻlishi zarur;
b) boʻlish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda yer uchastkasi boʻlinadigan boʻlishi;
v) yer uchastkalari yongʻinga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi hamda boʻlish amalga oshirilganidan keyin hosil boʻlgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi;
g) mulk huquqida boʻlgan yer uchastkasini boʻlish natijasida hosil boʻlgan yer uchastkasi kelgusida undan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud boʻlishi zarur;
d) yakka tartibdagi turar joy binolarining bir qismi boshqa shaxsga oʻtishi natijasida yuzaga keladigan alohida yer uchastkalarida joylashgan bino yoki bino qismida kamida bitta yashash xonasi, oshxona hamda hojatxona mavjud boʻlishi lozim, mulk huquqida tegishli boʻlgan yer uchastkasi bundan mustasno;
e) yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar mustaqil ravishda yer uchastkasiga umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi orqali oʻtish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasi boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
j) yer uchastkasining yangi chegaralari uning boʻlinishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi lozim, bunda yangi yer uchastkalarining maydonlari yigʻindisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
z) boʻlinayotgan yer uchastkasiga tutash oʻzboshimcha egallab olingan yer uchastkalari tomonlar oʻrtasida boʻlinishiga va dalolatnomada koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Koʻchmas mulkni boʻlish natijasida yangi paydo boʻlgan koʻchmas mulklarga kadastr yigʻmajildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.
8. Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat xizmatlari markazlari, filiallar va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
9. Koʻchmas mulkning boʻlinganligi huquq egasiga koʻchmas mulkning konstruktiv elementlarini oʻzgartirish huquqini bermaydi.
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
10. Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) dalolatnoma rasmiylashtirish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzlari kelib murojaat etadilar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadilar.
11. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradilar hamda davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻlovni amalga oshiradilar.
Ariza beruvchi soʻrovnomani toʻldirishda dalolatnoma rasmiylashtirish kelishilgan holda, boʻlingan koʻchmas mulkka kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmatlaridan foydalanish uchun ariza avtomatik tarzda shakllantirilishini tanlashlari mumkin.
12. Dalolatnoma rasmiylashtirish boʻlinayotgan koʻchmas mulkdagi ayrim bino va inshootlarga yoki ularning bir qismiga boʻlgan mulk huquqlarining boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar va huquq egalarining (vakilining) soʻrovnomalari yoki koʻchmas mulkka boʻlgan huquq egasining oʻziga mulk huquqida tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni alohida qismlarga boʻlish haqidagi soʻrovnomasi asosida amalga oshiriladi.
Mulk huquqida tegishli yakka tartibda uy-joy boʻlgan koʻchmas mulkni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish notarial tartibda amalga oshiriladi.
Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotganda soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
13. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan hollarda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda ularning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida filialga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda filialga yuboriladi.
15. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan dalolatnoma huquq egalari tomonidan imzolangunga qadar voz kechish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan voz kechganda uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
17. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
18. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmati yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) veb-sayt orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Toʻlovlar davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
19. Filial soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida koʻchmas mulk joylashgan joyida koʻchmas mulkni boʻlish imkoniyatini oʻrganadi. Bunda, filial tomonidan ushbu Reglament 5-bandining talablari va 6-bandining “d”, “e”, “j”, “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan talablar asosida koʻchmas mulkni qismlarga boʻlish yoki chegaralarini oʻzgartirish mumkinligi koʻrib chiqiladi.
Oʻrganish natijasiga koʻra, filial joyning oʻzida mavjud chegara elementlari hamda huquq egasi(lari) bilan kelishuvga asosan koʻchmas mulklarning yangi chegaralarini va koʻchmas mulkda joylashgan bino va inshootlarning joylashishi boʻyicha oʻzgarishlarni qayd etgan holda abris tayyorlaydi va tayyor abris ijrochi, shuningdek huquq egalarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Filial joyida olib borilgan oʻrganishlar va tasdiqlangan abrisga asosan koʻchmas mulklarning kadastr rejasi ilova qilingan dalolatnomani tayyorlaydi yoki rad etishning aniq sabablarini hamda tegishli qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni tayyorlashni rad etadi.
Koʻchmas mulkning boʻlinishi natijasida dalolatnomaga ilova qilingan koʻchmas mulkning kadastr rejasida boʻlinayotgan koʻchmas mulk hamda yangi yaratilayotgan koʻchmas mulklarning chegaralari koʻrsatiladi.
20. Filial tomonidan dalolatnoma tayyorlangan kuni filial boshligʻi va ijrochi dalolatnoma loyihasini oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda dalolatnoma markazga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) arizachiga elektron shaklda yuboriladi.
Dalolatnomani tayyorlash rad etilgan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma filial boshligʻining ERIsi bilan tasdiqlangan holda markazga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) arizachiga yuboriladi.
21. Davlat xizmatlari markazi dalolatnoma va koʻchmas mulkning kadastr rejasi kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
22. Dalolatnoma 3 ish kuni mobaynida huquq egalari tomonidan davlat xizmatlari markaziga kelib (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) identifikatsiya qilish vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) orqali yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) huquq egalarining ERIsi bilan kelishiladi.
23. Huquq egalari tomonidan kelishilgan dalolatnoma va unga ilova qilingan elektron shakldagi kadastr rejasi davlat xizmatlari markazi tomonidan real vaqt rejimida, YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda esa avtomatik tarzda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga kelishish uchun yuboriladi.
24. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari dalolatnoma va unga ilova qilingan elektron shakldagi kadastr rejasi kelib tushgandan soʻng uch ish kuni ichida koʻchmas mulk joylashgan joyida koʻchmas mulkni ushbu Reglament 6-bandining “a”, “b”, “v”, “g”, “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan talablar asosida qismlarga boʻlish yoki yangi chegaralarini belgilash imkoniyatini oʻrgangan holda dalolatnomani kelishadi yoki rad etishning aniq sabablarini va tegishli qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni rad etadi.
Dalolatnomani kelishish yoki rad etish qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimining ERIsi bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
25. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari dalolatnomani kelishgan yoki rad etgan kuni dalolatnoma va koʻchmas mulk chegaralari kadastr rejasi yoki rad etish haqidagi xabarnomani elektron shaklda markazga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) yuboradi.
26. Davlat xizmatlari markaziga dalolatnoma yoki dalolatnomani tayyorlashni rad etish haqida xabarnoma kelib tushgan taqdirda, markaz xabarnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Arizani koʻrib chiqish natijalari asosida QR-kod (matritsali shtrix-kod) qoʻyib berilgan elektron hujjatlar asl hujjatlarga tenglashtiriladi.
27. Quyidagilar davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ushbu Reglamentning 1, 2, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
dalolatnoma huquq egalari tomonidan belgilangan muddatda imzolanmaganligi;
yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻchmas mulkning haqiqiy holati Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestridagi maʼlumotlardan farq qilishi;
filial hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari vakiliga koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
koʻchmas mulkning huquq egalaridan biri tomonidan dalolatnomani imzolashdan bosh tortganligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlari va soʻrovnomalarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;
yer uchastkasida mulk huquqi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan bino va inshootlar mavjud emasligi, yer uchastkasi mulk huquqida boʻlgan yer uchastkalari bundan mustasno.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
28. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilishi rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat xizmatini takroran koʻrsatishda filiallar hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Qayta murojaat etilganda keyingi murojaatlar ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Davlat xizmatlari markazlari, filiallar va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart.
30. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
31. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
32. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulkni boʻlish hamda uning yangi chegaralarini belgilash
(Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)
Maʼlumotnoma olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) orqali roʻyxatdan oʻtadi hamda belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti
Soʻrovnomani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda — filial)ga yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali
Filial koʻchmas mulk joylashgan joyida koʻchmas mulkni boʻlish imkoniyatini oʻrganadi va abris tayyorlaydi hamda oʻrganishlar va abrisga asosan koʻchmas mulkning kadastr rejasi ilova qilingan Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgil�sh dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma)sini tayyorlab, uni davlat xizmatlari markazlariga yuboradi yoki dalolatnoma rasmiylashtirishni rad etadi.
10 ish kunida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Dalolatnoma va koʻchmas mulkning kadastr rejasi kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Ariza beruvchi
(Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)
Davlat xizmatlari markaziga kelib identifikatsiya qilish vositalari orqali yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali huquq egalarining ERIsi bilan dalolatnomani kelishadi.
3 ish kuni
6-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti
Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishish uchun qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga yuboradi.
Real vaqt rejimida
7-bosqich
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari
1. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishadi va uni davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
2. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishishni rad etadi.
3 ish kuni
8-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Dalolatnoma yoki dalolatnomani tayyorlashni rad etish haqida xabarnoma kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash DALOLATNOMASI
№ _________
____________ yil
Mazkur dalolatnoma, Davlat kadastrlari palatasi _______________________ boshqarmasining ____________ tuman filiali, ___________ tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari vakillari va koʻchmas mulk huquq egalari bilan koʻchmas mulkni boʻlish toʻgʻrisida tuzildi.
1. Boʻlinayotgan koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1.1. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq egasi: ______________________________________
Koʻchmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________
Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________
Bino va inshootning kadastr raqami: ________________________________________
Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________
Yer uchastkasi chegarasini oʻzgartirishga asos boʻlgan hujjatlar: ___________________ _________________________________________________________________________
Yer uchastkasining alohida xususiyatlari: _____________________________________
2. Koʻchmas mulkni joyida oʻrganish natijasida quyidagilar aniqlandi:
Bino va inshootlardan egalik qilish (foydalanish) tartibi mulkdorlar oʻrtasida yuqoridagi huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilangan boʻlib, boʻlinayotgan yer uchastkasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 62-moddasi talablariga muvofiqligi, yaʼni yer uchastkalari yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), koʻchmas mulklarning egalari yoki undan foydalanuvchilar esa mustaqil ravishda oʻzi yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qolmasligi aniqlandi hamda koʻchmas mulk egalarining oʻzaro kelishuvi, shuningdek, yer uchastkasidagi mavjud oʻzgarmas elementlar (devor, bino va x.k.)ni oʻrganish asosida koʻchmas mulklar chegaralariga oʻzgartirish kiritildi.
3. Yer uchastkalariga oʻzgartirish kiritilgan koʻchmas mulklar tarkibi quyidagilardan iborat:
3.1. Koʻchmas mulk egasi: ___________________________________________________
Koʻchmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________
Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________
Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:_________________________
Koʻchmas mulkning alohida xususiyatlari: _____________________________________
3.2. Koʻchmas mulk egasi: ___________________________________________________
Koʻchmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________
Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________
Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar: _________________________
Koʻchmas mulkning alohida xususiyatlari: _____________________________________
4. Ushbu dalolatnoma, uning ajralmas qismi sifatida ilova qilingan koʻchmas mulk chegaralari kadastr rejasi bilan birga haqiqiy hisoblanadi.
5. Koʻchmas mulklarning egalari tomonidan mazkur dalolatnomaning tasdiqlanganligi keyinchalik alohida tashkil topgan yer uchastkalari va undagi bino va inshootlarga kadastr yigʻmajildini qayta shakllantirish va koʻchmas mulklarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
XULOSA:
Yer uchastkalariga oʻzgartirish kiritilgan koʻchmas mulklar mazkur dalolatnomaning 3-bandida keltirilgan tarkibda alohida koʻchmas mulk deb hisoblansin.
Filial boshligʻi
_________
____________________________
(F.I.O.)
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
_________
____________________________
(F.I.O.)
Filial muhandisi
_________
____________________________
(F.I.O.)
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq egalari
_________
____________________________
(F.I.O.)
_________
____________________________
(F.I.O.)
20__ yil “___” _______ _________ tumani (shahri)
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasiga ILOVA
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi: ____________________________________________
(imzosi, F.I.O.)
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi: ____________________________________________
(imzosi, F.I.O.)
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi: ____________________________________________
(imzosi, F.I.O.)
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
_________________
_________________
(sanasi)
(raqami)
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash toʻgʻrisida SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Rasmiy nomi (toʻliq):
2. Joylashgan joyi:
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
III. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyekti turi:
yakka tartibdagi turar joy;
yer uchastkasi;
noturar joy;
2. Koʻchmas mulk obyekti nomlanishi (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
3. Koʻchmas mulk obyekti manzili (indeks, manzil, moʻljal):
4. Koʻchmas mulkning kadastr raqami:
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 4-ILOVA
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini, binolar va inshootlarni ularning murojaatiga asosan birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil boʻlgan mulkning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga, koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga, huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan koʻchmas mulklarga, shuningdek koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash koʻchmas mulkdan foydalanish maqsadi bir xil boʻlgan, bir maʼmuriy hududda joylashgan, umumiy chegaraga ega boʻlgan, huquq egasiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.
4. Dalolatnomani rasmiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Dalolatnoma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — filiallar):
ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini tuzadi;
koʻchmas mulkning birlashtirilishi natijasida hosil boʻlgan koʻchmas mulkning manzilini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilaydi;
b) dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari) kelishiladi.
2-bob. Koʻchmas mulkni birlashtirish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xususiyatlari
6. Koʻchmas mulkni birlashtirish koʻchmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
7. Koʻchmas mulkni birlashtirish dalolatnomasini rasmiylashtirishda quyidagilar talab etiladi:
a) yangi tashkil etilayotgan koʻchmas mulklar oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan boʻlishi;
b) birlashtirish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda, yer uchastkasi birlashtiriladigan boʻlishi;
v) koʻchmas mulk yongʻinga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi;
g) mulk huquqida boʻlgan yer uchastkasini birlashtirish natijasida hosil boʻlgan yer uchastkasida kelgusida oʻzining asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud boʻlishi;
d) koʻchmas mulkning yangi chegaralari uning birlashtirilishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi, bunda yangi koʻchmas mulkning maydonlari yigʻindisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
e) birlashtirilayotgan koʻchmas mulkka tutash oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari (bino va inshootlar) tomonlar oʻrtasida birlashtirilishiga va dalolatnomada koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi.
8. Koʻchmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo boʻlgan koʻchmas mulkka kadastr yigʻmajildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.
9. Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat xizmatlari markazlari, filiallar va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
10. Koʻchmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga koʻchmas mulkning konstruktiv elementlarini oʻzgartirish huquqini bermaydi.
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
11. Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) dalolatnoma rasmiylashtirish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzlari kelib murojaat etadilar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadilar.
12. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻlovni amalga oshiradi.
Soʻrovnomani toʻldirishda dalolatnoma kelishilgan holda, birlashtirilgan koʻchmas mulkka kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmatlaridan foydalanish uchun ariza avtomatik tarzda shakllantirilishi tanlanishi mumkin.
13. Dalolatnoma rasmiylashtirish birlashtirilayotgan koʻchmas mulklarning huquq egalari soʻrovnomasi asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida filialga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda filialga yuboriladi.
16. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻimlar summasining 90 foizi undiriladi.
17. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan dalolatnoma huquq egalari tomonidan imzolangunga qadar voz kechish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan voz kechganda ularning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
18. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
19. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmati yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) veb-sayt orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Toʻlovlar davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
20. Filial soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida koʻchmas mulk joylashgan joyida koʻchmas mulklarni birlashtirish imkoniyatini oʻrganadi. Bunda, filial tomonidan ushbu Reglamentning 6-bandi va 7-bandining “d”, “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan talablar asosida birlashtirish mumkinligi koʻrib chiqiladi.
Oʻrganish natijasiga koʻra filial xodimi joyning oʻzida mavjud chegara elementlari hamda huquq egalarining kelishuviga asosan koʻchmas mulklarning yangi chegaralarini qayd etgan holda abris tayyorlaydi va tayyor abris ijrochi, shuningdek, huquq egalarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Filial joyida olib borilgan oʻrganishlar va tasdiqlangan abrisga asosan yer uchastkalarining kadastr rejasi ilova qilingan dalolatnomani tayyorlaydi yoki rad etishning aniq sabablarini hamda qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni tayyorlashni rad etadi.
Koʻchmas mulkning birlashtirilishi natijasida dalolatnomaga ilova qilingan kadastr rejasida birlashtirilayotgan koʻchmas mulklar hamda yangi hosil boʻlayotgan koʻchmas mulkning chegaralari koʻrsatiladi.
21. Filial tomonidan dalolatnoma tayyorlangan kuni filial boshligʻi va ijrochi dalolatnoma loyihasini oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda dalolatnoma davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) arizachiga elektron shaklda yuboriladi.
Dalolatnomani tayyorlash rad etilgan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma filial boshligʻining ERIsi bilan tasdiqlangan holda markazga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) arizachiga yuboriladi.
22. Davlat xizmatlari markazi dalolatnoma va kadastr rejasi kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
23. Dalolatnoma 3 ish kuni mobaynida huquq egalari tomonidan markazga kelib (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) identifikatsiya qilish vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) orqali yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) huquq egalarining ERI si bilan kelishiladi.
Belgilangan muddatda dalolatnoma huquq egalari tomonidan tasdiqlanmasligi dalolatnomani rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
24. Huquq egalari tomonidan kelishilgan dalolatnoma va unga ilova qilingan elektron shakldagi kadastr rejasi davlat xizmatlari markazi tomonidan real vaqt rejimida, YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda esa avtomatik tarzda tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlariga kelishish uchun yuboriladi.
25. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari dalolatnoma va unga ilova qilingan elektron shakldagi kadastr rejasi kelib tushgandan soʻng uch ish kuni ichida yer uchastkasi joylashgan joyida koʻchmas mulkni ushbu Reglamentning 6-bandi va 7-bandining “a”, “b”, “v”, “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan talablar asosida birlashtirish imkoniyatini oʻrgangan holda dalolatnomani kelishadi yoki rad etishning aniq sabablarini va tegishli qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni rad etadi.
Dalolatnomani kelishish yoki rad etish qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimining ERIsi bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
26. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari dalolatnomani kelishgan yoki rad etgan kuni dalolatnoma va yer chegaralari kadastr rejasi yoki rad etish haqidagi xabarnomani elektron shaklda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) yuboradi.
27. Davlat xizmatlari markaziga dalolatnoma yoki dalolatnoma tayyorlashni rad etish haqida xabarnoma kelib tushgan taqdirda, markaz xabarnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Arizani koʻrib chiqish natijalari asosida QR-kod (matritsali shtrix-kod) qoʻyib berilgan elektron hujjatlar asl hujjatlarga tenglashtiriladi.
28. Quyidagilar davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ushbu Reglamentning 2, 3, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
dalolatnoma huquq egalari tomonidan belgilangan muddatda imzolanmaganligi;
yer uchastkasi va unda joylashgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻchmas mulkning haqiqiy holati koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestridagi maʼlumotlardan farq qilishi;
filial hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari vakiliga koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
koʻchmas mulkning huquq egalaridan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortganligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlari va soʻrovnomalarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;
yer uchastkasida mulk huquqi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan bino va inshootlar mavjud emasligi, yer uchastkasi mulk huquqida boʻlgan yer uchastkalari bundan mustasno.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
29. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilishi rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan, koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat xizmatini takroran koʻrsatishda filiallar va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Qayta murojaat etilganda keyingi murojaatlar ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Davlat xizmatlari markazlari, filiallar hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart.
31. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
32. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
33. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
(Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)
Maʼlumotnoma olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) orqali roʻyxatdan oʻtadi hamda belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi.
Xohishga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti
Soʻrovnomani Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda — filial)ga yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali
1. Koʻchmas mulklar joylashgan joyida koʻchmas mulklarni birlashtirish imkoniyatini oʻrganadi va abris tayyorlaydi hamda oʻrganishlar va abrisga asosan koʻchmas mulkning kadastr rejasi ilova qilingan Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma)ni tayyorlaydi va uni davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
2. Dalolatnoma rasmiylashtirishni rad etadi.
10 ish kunida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Dalolatnoma va koʻchmas mulkning kadastr rejasi kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Ariza beruvchi
(Koʻchmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari)
Davlat xizmatlari markaziga kelib identifikatsiya qilish vositalari orqali yoki YIDXP yoxud veb-sayt orqali huquq egalarining ERIsi bilan dalolatnomani kelishadi.
3 ish kuni
6-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti
Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishish uchun qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga yuboradi.
Real vaqt rejimida
7-bosqich
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari
1. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishadi va uni davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
2. Dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni kelishishni rad etadi.
3 ish kuni
8-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Dalolatnoma yoki dalolatnomani tayyorlashni rad etish haqida xabarnoma kelib tushganligi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash DALOLATNOMASI
№ _________
____________ yil
Mazkur dalolatnoma, Davlat kadastrlari palatasi _______________________ boshqarmasining _____________ tuman filiali, ____________ tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari vakillari va koʻchmas mulk egalari bilan koʻchmas mulklarni birlashtirish toʻgʻrisida tuzildi.
1. Birlashtirilayotgan koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1.1. Koʻchmas mulklarga boʻlgan huquq egalari: __________________________________
Koʻchmas mulklar joylashgan manzil: ________________________________________
Yer uchastkalarining kadastr raqamlari: _____________________________________
Yer uchastkalarining maydonlari (m²): _______________________________________
Yer uchastkalari chegaralarini oʻzgartirishga asos boʻlgan hujjatlar: _______________ ________________________________________________________________________
Yer uchastkalarining alohida xususiyatlari: ___________________________________
1.2. Koʻchmas mulklarning huquq egalari: _____________________________________
Koʻchmas mulklar joylashgan manzil: ________________________________________
Yer uchastkalarining kadastr raqamlari: _____________________________________
Yer uchastkalarining maydonlari (m²): _______________________________________
Yer uchastkalari chegaralarini oʻzgartirishga asos boʻlgan hujjatlar: _______________ ________________________________________________________________________
Yer uchastkalarining alohida xususiyatlari: ___________________________________
2. Koʻchmas mulklarni joyida oʻrganish natijasida quyidagilar aniqlandi:
Birlashtirilayotgan koʻchmas mulklar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 62-moddasi talablariga muvofiqligi, yaʼni yer uchastkalari yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, sugʻorish qurilmalari va shu kabi), koʻchmas mulklarning egalari yoki undan foydalanuvchilar esa mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qolmasligi aniqlandi hamda koʻchmas mulk egalarining oʻzaro kelishuvi asosida koʻchmas mulklar chegaralariga oʻzgartirish kiritildi.
3. Birlashtirilgan koʻchmas mulk tarkibi quyidagilardan iborat:
3.1. Koʻchmas mulk egalari: _________________________________________________
Koʻchmas mulk joylashgan manzil: ___________________________________________
Yer uchastkasining kadastr raqami: __________________________________________
Yer uchastkasining maydoni (m²): ____________________________________________
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar:_________________________
Koʻchmas mulkning alohida xususiyatlari: _____________________________________
4. Ushbu dalolatnoma, uning ajralmas qismi sifatida ilova qilingan koʻchmas mulk chegaralari kadastr rejasi bilan birga haqiqiy hisoblanadi.
5. Koʻchmas mulklarning egalari tomonidan mazkur dalolatnomaning tasdiqlanganligi, keyinchalik birlashtirilgan yer uchastkasi va undagi bino va inshootlarga kadastr yigʻmajildini qayta shakllantirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
XULOSA:
Yer uchastkasiga oʻzgartirish kiritilgan koʻchmas mulk mazkur dalolatnomaning 3-bandida keltirilgan tarkibda alohida koʻchmas mulk deb hisoblanadi.
Filial boshligʻi
_________
____________________________
(F.I.O.)
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
_________
____________________________
(F.I.O.)
Filial muhandisi
_________
____________________________
(F.I.O.)
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq egalari
_________
____________________________
(F.I.O.)
_________
____________________________
(F.I.O.)
20__ yil “___” _______ _________ tumani (shahri)
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasiga ILOVA
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi: ____________________________________________
(imzosi, F.I.O.)
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi: ____________________________________________
(imzosi, F.I.O.)
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi: ____________________________________________
(imzosi, F.I.O.)
Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
_________________
_________________
(sanasi)
(raqami)
Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash toʻgʻrisida SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Rasmiy nomi (toʻliq):
2. Joylashgan joyi:
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
III. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyekti turi:
yakka tartibdagi turar joy;
yer uchastkasi;
noturar joy;
2. Koʻchmas mulk obyekti nomlanishi (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
3. Koʻchmas mulk obyekti manzili (indeks, manzil, moʻljal):
4. Koʻchmas mulkning kadastr raqami:
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5a-ILOVA
(5a-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda taqdim etiladi.
3. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
bino va inshootlarning joylashgan manzili;
bino va inshootlarning kadastr raqami;
bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar turi;
bino va inshootlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
bino va inshootlarning kadastr qiymati.
4. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki davreestr.uz veb-sayti (belgilangan tartibda avtorizatsiya va identifikatsiyadan oʻtish lozim) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa — ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etilganda mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi.
YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda Palataga yuboriladi.
13. Palata soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (koʻchmas mulk mulkdori tomonidan oʻz bino va inshootlarining mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qiladi.
2. Xizmat koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
Soʻrovnomani Palataga yuboradi.
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Palata
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
1. Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Oʻzi kelib murojaat qilganda, maʼlumotnomani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
________________
(sana)
(raqami)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha SOʻROVNOMA
Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) toʻldirishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
1. Jismoniy shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, yuridik shaxsning nomi (ishonchnoma egasining F.I.O.)
2. Yuridik shaxslarda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxslarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
4. Jismoniy shaxsning yashash manzili yoki yuridik shaxsning joylashgan joyi (yuridik manzili)
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTNOMA
20__ “__” ______
№ _______
20__ “__” ______da tushgan arizaga asosan shuni maʼlum qilamiz:
Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar
Koʻchmas mulk obyektining nomi
Bino va inshootning turi
Kadastr raqami
Joylashgan joyi
Huquq egasi (egalari) va huquqdagi ulushi
Huquq turi
Huquq belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi
Bino va inshootlarning umumiy maydoni (m2)
Koʻchmas mulkning kadastr qiymati, (soʻm)
Cheklanish mavjudligi
Izoh. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5b-ilovaga muvofiq yuqoridagi maʼlumotlar taqdim qilinadi.
(5b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5g-ILOVA
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
maʼmuriy reglamenti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumot (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Palataning tegishli hududiy boshqarmasi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga rioya qilingan holda taqdim etiladi.
3. Maʼlumotnomada koʻchmas mulkka boʻlgan amaldagi hamda avvalgi huquqlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, huquqni belgilovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilganligi, sanasi va raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
4. Maʼlumotnoma ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi maʼlumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi, davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida (keyingi oʻrinlarda — davreestr.uz veb-sayti) roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa — ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda mustaqil toʻldiradi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim undirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
82 foizi — Palataning tegishli hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Palataning tegishli hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
v) davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etilganda:
0,5 foizi (yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Palataning tegishli hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Palataning tegishli hududiy boshqarmasiga elektron shaklda yuboriladi.
YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etilganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda Palataning tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
11. Palataning tegishli hududiy boshqarmasiga kelib tushgan soʻrovnoma masʼul xodim tomonidan qabul qilib olinadi va uning toʻgʻri toʻldirilganligi tekshiriladi. Agar soʻrovnomada xato va kamchiliklar boʻlsa, ularni besh ish kuni ichida bartaraf etish uchun qaytaradi.
12. Belgilangan muddatda xatolar bartaraf etilmagan, yetishmayotgan maʼlumotlar taqdim etilmagan va notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan yoki davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmagan taqdirda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni ushbu bandda koʻrsatilgandan tashqari boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
13. Palataning tegishli hududiy boshqarmasi soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
17. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Maʼlumotnoma olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etadi.
2. Xizmat koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
Soʻrovnomani Palataning tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Palataning tegishli hududiy boshqarmasi
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
3 ish kuni ichida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat etganda, maʼlumotnomani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etish boʻyicha
SOʻROVNOMA
Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) toʻldirishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
1. Jismoniy shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, yuridik shaxsning nomi (ishonchnoma egasining F.I.O.)
2. Yuridik shaxslarda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxslarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
4. Jismoniy shaxsning yashash manzili yoki yuridik shaxsning joylashgan joyi (yuridik manzili)
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
№ _____
20 ____ “_____” _____________
20 ____ “_____” _____________da kelib tushgan arizaga asosan shuni maʼlum qilamizki,
Koʻchmas mulk obyektining nomi
Kadastr raqami:
Joylashgan joyi:
Amaldagi huquq turi
umumiy maydoni (m2)
qurilish osti maydoni (m2)
qurilgan yili
Yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami:
Bino va inshootlarning huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami:
Avvalgi huquq turi:
umumiy maydoni (m2)
qurilish osti maydoni (m2)
qurilgan yili
Yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami:
Bino va inshootlarning huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami:
...
Cheklanish mavjudligi
Izoh. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5g-ilovaga muvofiq yuqoridagi maʼlumotlar taqdim qilinadi.
QR-kod
(5g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/380/0611-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibida:
a) 4.10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish”;
b) 4.11.-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustunidagi “axborot” soʻzi “maʼlumotnoma” soʻzi bilan hamda “Ishlar narxi” ustunidagi “20 foizi” soʻzlari “3 foizi (har bir fuqaro uchun)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 4.12 va 4.13-pozitsiyalar qoʻshilsin:
“
4.12.
Koʻchmas mulkka oid kadastr maʼlumotlarini taqdim etish
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul)
4.13.
Shahodatnomaga ega boʻlgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yigʻmajildiga asosan koʻchmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish
a) bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
b) koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari
“2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻimlar undirilmaydi:
a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan);
b) koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)