toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qarorini ijro etish va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirilishi va yuritilishi uchun mas’ul organ hisoblanadi.
2. Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Nizom:
birinchidan — ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solishni;
ikkinchidan — ko‘chmas mulk obyektlari manzillari ma’lumotlari yagona bazasi yaratilishini va uning bosqichma-bosqich Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari bazasi bilan integratsiya qilinishini;
uchinchidan — ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini ta’minlovchi geokodlar berilishini;
to‘rtinchidan — respublika darajasida ko‘chmas mulk obyektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron kartalar shakllantirilishini;
beshinchidan — Reyestrdan ma’lumotlar berilishini va uning ma’lumotlaridan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
3. 2019-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilishda Reyestrdan foydalanishi shart;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari Reyestrga kiritiladigan axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
Reyestrning elektron axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha texnik topshiriqni uch oy muddatda ishlab chiqsin, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin;
Reyestrni elektron shaklda yuritishning markazlashtirilgan manbai yaratilishini va uning Geografik obyektlar nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Reyestrdan foydalanish yo‘li bilan idoralararo o‘zaro hamkorlik tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-dekabr,
1010-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qaroriga
ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish hamda manzillar yagona reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
manzil — Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi;
manzil xaritasi — Reyestrning obyektlar joylashuvi haqida geologik fazoviy axborotni, shuningdek, boshqa geofazoviy bog‘langan axborotni o‘z ichiga olgan bir qismi;
obyektning ichki manzili (keyingi o‘rinlarda ichki manzil deb ataladi) — obyektning ma’muriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi;
geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi;
qurilgan yer uchastkasi — asosiy imorat (bino, inshoot), tugallanmagan qurilish joylashgan yer uchastkasi;
manzillarni me’yorlashtirish — amaldagi manzillarni ushbu Nizom talablariga muvofiq tartibga solish;
aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari (keyingi o‘rinlarda ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari deb ataladi) — ko‘chalar, tor ko‘chalar, o‘tish yo‘llari, boshi berk ko‘chalar, qiyaliklar, kirish yo‘llari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, shox ko‘chalar, magistrallar, maydonlar, bulvarlar, katta yo‘llar, sohilbo‘yi, avtomobil yo‘llari;
Oldingi tahrirga qarang.
fazoviy obyektlar — joylashgan joyi belgilangan fazoviy-vaqt koordinatalari tizimida aniqlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy, sun’iy va boshqa obyektlar (shu jumladan, binolar, inshootlar);
halqa avtomobil yo‘li — bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini o‘rab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yo‘l;
berk ko‘chalar — boshqa yo‘llarga o‘zaro o‘tib bo‘lmaydigan, ko‘cha oxiri obyekt bilan to‘silgan ko‘chalar;
geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi;
ko‘chalar — aholi punktlarda ikki qator uylar orasidagi avtotransport vositalari va odamlar o‘tishga mo‘ljallangan joy;
ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi;
magistral yo‘llar — keng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar ko‘chasi, odatda jadal harakatlar bo‘ladigan ko‘chalar, shahardan tashqariga olib chiquvchi ko‘chalar;
tor ko‘chalar — ikkita katta ko‘chani o‘zaro bog‘lovchi kichik ko‘cha;
xiyobonlar — maydon va ko‘chalarning dam olish va dekorativ bezaklar uchun ishlatiladigan kichik yashil maydonlar;
chorraha — ikkita ko‘chaning kesishmasi yoki to‘rt tomondan kelayotgan yo‘llarni tutashtiruvchi qism;
shoh ko‘cha — uzun, burilishsiz va keng ko‘cha;
elektron hujjatlar to‘plami — elektron shaklda qayd etilgan, tizim orqali tasdiqlangan va elektron hujjatlarning ularni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatlar to‘plami;
ko‘chaning ID raqami — geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik obyekt nomi o‘zgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Reyestrni shakllantirish va yuritish ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
manzillarni belgilash, o‘zgartirish, mavjudligini bekor qilish va Reyestrga o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;
axborot berish va Reyestrdan foydalanish tartibini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ko‘chmas mulk obyektining manzillarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsadi quyidagilardan iborat:
ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solish;
yer uchastkasi, yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan bino va inshootlarning hayot siklining turli bosqichlarida yuridik jihatdan to‘g‘ri belgilangan manzillarini markazlashgan holda ro‘yxatga olishni ta’minlash;
reyestrda ro‘yxatga olingan obyekt manzilining hujjatlarga muvofiqlik asosida bino va inshootlar yoki uning qismini shu bilan birga ko‘cha va yo‘llarni identifikatsiyalashni ta’minlash.
42. Ko‘chmas mulk obyektining manzili reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng ushbu manzil ma’lumotlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun haqiqiy manba hisoblanadi.
(41 va 42-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) manzillarning mavjudligini belgilash, o‘zgartirish, bekor qilish subyektlari hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
2-bob. Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish
6. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
manzilni aniqlash yoxud manzilning mavjudligi bekor qilingani faktini aniqlash;
manzil belgilanganligi, o‘zgartirilganligi va mavjudligi bekor qilinganligini Reyestrda ro‘yxatga olish.
7. Tegishli yozuv Reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran, Reyestr tuzilgunga qadar esa — tegishli ma’lumotlar Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda ko‘chmas mulk reyestri deb ataladi) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, o‘zgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Manzilni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish hududiy boshqarma tomonidan:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini rasmiylashtirish jarayonida;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlarni bajarish jarayonida;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar tushganda;
manzilni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish bo‘yicha ishlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar belgilanadi:
yer uchastkasiga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno;
ko‘p kvartirali uylardagi kvartiraga (har bir kvartira uchun);
bino va inshoot hamda uning bir qismiga.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
9. Quyidagilar manzilni belgilashning asoslari hisoblanadi:
tuman (shahar) hokimining obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
bino, inshoot, qurilishi tugallanmagan obyekt joyini belgilovchi ma’lumotlarning kadastr hujjatlariga kiritilishi.
10. Quyidagilar manzilni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi:
obyektning ma’muriy-hududiy mansubligi o‘zgarishi (tashkil etilishi, o‘zgartirilishi, tugatilishi va shu kabilar);
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi;
qurilgan yer uchastkasi chegaralari o‘zgarganda qurilgan yer uchastkasi geokodining o‘zgarishi (uchastka kadastr raqami uning konturi chegarasidan chiqib ketgan taqdirda uning maydonini bo‘lish yoki qo‘shib yuborish);
qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishi;
qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan bog‘liq o‘zgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan;
binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi munosabati bilan o‘zgarishi — alohida xona(lar)ning bo‘linishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida xona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida ko‘p sonli alohida ajratilgan xonalar paydo bo‘lgan taqdirda;
asosiy imoratning obyekt geokodi o‘zgarishiga olib kelgan o‘zgarishi;
manzillarning me’yorlashtirilishi.
11. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan obyekt mavjudligining to‘xtatilishi (obyektning buzilishi) manzil mavjudligining bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
12. Manzilni belgilash yoxud manzil mavjudligining bekor qilinishi holatini aniqlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan hududiy korxonalarga bepul asosda beriladigan shaharsozlik hujjatlari (ularning nusxalari);
huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;
ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar;
boshqa ishonchli axborot.
Manzil mavjudligi bekor qilinganini aniqlash tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan ko‘chmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
13. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish ushbu Nizomning 9 — 12-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lganda va (yoki) ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan hollarda, shuningdek, qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:
ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
14. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
yer uchastkasida obyekt qurilishi tugallangan taqdirda ko‘chmas mulk obyekti manzilini belgilash tegishli binolar va inshootlar manzilini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
ko‘chmas mulk obyekti manzilining unda joylashgan asosiy obyekt ichki manzilining o‘zgarishi munosabati bilan o‘zgartirilishi tegishli obyekt manzilining o‘zgartirilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
qurilgan yer uchastkasida joylashgan barcha obyektlar buzilgan taqdirda uning manzili mavjudligini bekor qilish tegishli ko‘chmas mulk obyektlari manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
ko‘chmas mulk obyekti manzili mavjudligini bekor qilish ushbu obyektda joylashgan barcha alohida ajratilgan xonalar manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
15. Manzillarni me’yorlashtirish:
manfaatdor shaxsning tashabbusi bilan;
tuman (shahar) hokimining qaroriga ko‘ra;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Manzillarni me’yorlashtirishni manzillarni yetishmayotgan elementlar bilan to‘ldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish, shuningdek, manzil elementlarini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Manzillarni yetishmayotgan manzillar bilan to‘ldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish yo‘li bilan manzil me’yorlashtirilgan taqdirda manzilni o‘zgartirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, hududiy boshqarma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Manfaatdor shaxslarni manzilning o‘zgartirilishi haqida xabardor qilish hududiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
18. Manzillarni belgilash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. Manzillarni belgilashda manzilning quyidagi tuzilmasidan foydalaniladi:
pochta kodi (indeks);
“O‘zbekiston Respublikasi” davlat nomi;
ma’muriy-hududiy mansublik;
ichki manzil;
geokod.
Manzilda qo‘shimcha ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Geokoddan manzilni axborot tizimida identifikatsiyalash uchun foydalaniladi.
Manzillarni axborot tizimlarida identifikatsiya qilish uchun manzilning unikal raqami ishlatiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
20. Ma’muriy-hududiy mansublik obyekt joylashgan ma’muriy-hududiy birliklar hamda ma’muriy-hududiy birlik bo‘lmagan aholi punktlari nomlari va toifalarini, ya’ni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
viloyatning nomi va qisqa belgisi (O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri) — bitta viloyat chegarasida bir nechta tuman hududida yoki O‘zbekiston Respublikasi poytaxti hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharning nomi va qisqa belgisi — viloyatga bo‘ysunuvchi shahar hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat va tuman nomi va qisqa belgisi — bir tuman chegarasida bir nechta fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan obyektlar uchun, shuningdek, aholi punktlaridan tashqarida, O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat reyestriga ma’lumotlari kiritilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lining (keyingi o‘rinlarda avtomobil yo‘llari deb ataladi) yo‘l cheti polosasida joylashgan obyektlar uchun;
ma’muriy-hududiy birlik hisoblangan viloyat, tuman nomi va qisqa belgisi, tumanga bo‘ysunuvchi shahar yoki shahar tipidagi shaharchaning qisqa belgisi va nomi — tegishli shahar yoki shaharcha hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat, tuman, mahalla fuqarolar yig‘ini nomi va qisqa belgisi — mahallaning bir fuqarolar yig‘ini chegarasida aholi punktlaridan tashqarida joylashgan obyektlar uchun. Hududiy birlik hisoblangan aholi punkti hududida joylashgan obyekt uchun ushbu aholi punkti nomi va qisqa belgisi ham ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Quyidagilar manzil elementlarining turlari va qisqartmalari hisoblanadi:
uy (uy);
korpus (korp.);
blok (b.);
kvartira (kv.);
xona (x.);
yerto‘la (y.);
mansarda (man.).
Manzil tuzilmasi ushbu Nizomga 6-ilovaga va ichki manzil tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Manzil Geografik obyektlarning klassifikatoriga muvofiq ma’muriy-hududiy birlik nomi, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismi, shuningdek, manzil elementlarining turlaridan iborat bo‘ladi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/475/0668-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ichki manzil ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakllantiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
a) aholi punktida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementi toifasi va nomining qisqa belgisini (ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari bo‘lmagan qishloq aholi punktlari bundan mustasno);
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
b) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
avtomobil yo‘lining raqami;
avtomobil yo‘li boshidan kilometrlardagi masofa;
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
v) aholi punktidan tashqarida temir yo‘l tarmog‘i polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
fuqarolar yig‘ini chegarasida eng yaqin alohida temir yo‘l punkti (keyingi o‘rinlarda alohida punktlar deb ataladi) nomi;
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘llarining yo‘l cheti polosalari va temir yo‘llar shoxobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
d) aholi punktidan tashqarida bog‘dorchilik shirkati, dala hovli kooperativida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
ichki manzil elementi (bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovli kooperativi) toifasining qisqa belgisi va nomi;
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
e) alohida ajratilgan xona uchun:
imoratning u joylashgan ichki manzili (geokoddan tashqari);
alohida ajratilgan xona tartib raqami;
indeks (agar bo‘lsa);
j) qurilgan yer uchastkasi, shu jumladan, bo‘lish yoki qo‘shib yuborish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi uchun:
unda joylashgan imoratning (unda joylashgan har qanday imoratning) ichki manzili. Agar yer uchastkasida joylashgan imoratlardan bittasi asosiysi bo‘lsa, uchastkaga ushbu imoratning ichki manzili beriladi.
22. Geokod ko‘chmas mulk obyektlarini ularni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan tarzda geografik bog‘lash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir nuqtaning X va Y koordinatalaridan iborat.
Geokod koordinatalari vaziyatli reja koordinatalari tizimida belgilanadi va bir metrgacha bo‘lgan aniqlikda ko‘rsatiladi.
Maydonga, hajmga, balandlikka ega imorat geokodi asosiy imorat konturi ichidagi uning markaziga yaqin bo‘lgan nuqtadan iborat bo‘lishi kerak.
Geokod Reyestr ma’lumotlari asosida ko‘rsatiladi, u Reyestr ma’lumotlarida bo‘lmagan taqdirda tuziladigan vaziyatli reja asosida aniqlanadi.
Vaziyatli rejada geokod koordinatalari ko‘rsatilmasdan tegishli shartli belgi bilan belgilanadi. Geokod haqidagi ma’lumotlar faqat inventar yig‘majildlar shakllarining “Manzil (joylashgan joyi)” satrida hamda tavsiflar reyestrining ma’lumotlar bazasida aks ettirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ko‘chmas mulk obyektlariga, alohida ajratilgan xonalarga raqamlar berish majburiydir, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Inshootlarga ham (alohida turgan) raqamlar beriladi hamda asosiy imoratlarni raqamlash uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
24. Binolar va inshootlarga raqamlar berish mavjud obyektlarni, shu jumladan, qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan obyektlarni (ular haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etiladigan shaharsozlik rejalashtirish hujjatlarida mavjud bo‘ladi) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
25. Radial yo‘nalishdagi ko‘chalarda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari aholi punkti markazidan chetga qarab ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
26. Aylanma yo‘nalishdagi ko‘chalarda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab (aholi punkti markazidan yo‘nalish olganda) ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
27. Imoratning mavze tizimida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari (mavzelar, mikrotumanlar) mavzega kiradigan asosiy yo‘l tortilgan ko‘chadan boshlab transport harakati yo‘nalishida ortib boruvchi tartibda ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan raqamlanadi.
28. Maydon perimetrini hosil qiladigan ko‘chmas mulk obyektlari aholi punktining markazi tomonidagi ko‘chadan boshlab soat strelkasi yo‘nalishida ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Obyektni ushbu Nizomning 25 — 28-bandlariga muvofiq raqamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda raqamlash dunyo qismlari bo‘yicha (tegishlicha g‘arbdan sharqqa yoki shimoldan janubga) amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
30. Izchil ketma-ket (toq yoki juft) raqamli manzillarga ega ikkita imorat o‘rtasida qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari ko‘rsatilgan asosiy imoratlardan birining kichikroq raqamini unga indeks qo‘shgan holda berish yo‘li bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
31. Imoratning ichkarisida qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari asosiy fasadi ko‘chaga qaragan, o‘z manziliga ega bo‘lgan asosiy imoratlardan birining raqamini unga indeks qo‘shgan xolda berish yo‘li bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
32. Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatida aholi punktidan tashqarida joylashgan binolar va inshootlar 1 raqamidan boshlab tartib bilan, arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyati haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududini tashkil qilish va qurish loyihasiga yoki ushbu bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatida qaror topgan amaliyotga asoslanib raqamlanadi.
33. Aholi punktlaridan tashqarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari chap tomondan toq raqamlar bilan va o‘ng tomondan juft raqamlar bilan raqamlanadi:
avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosasida — har bir kilometr chegarasida yo‘l kilometraji oshib borishi tomon;
temir yo‘l shoxobchasi polosasida — ikkita alohida punkt oralig‘idagi masofa chegarasida yo‘l kilometrajining oshib borishi tomon.
34. Avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosalari va temir yo‘l shoxobchasi polosalari chegarasida aholi punktidan tashqarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mahalla doirasida 1 dan boshlab tartib bilan raqamlanadi.
35. Asosiy imoratga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari (xizmat ko‘rsatuvchi imoratlar, hovlidagi inshootlardan tashqari) asosiy imorat raqamiga (agar bo‘lsa — indeksi bilan) korpus raqamini qo‘shish yo‘li bilan raqamlanadi.
Yer uchastkasida o‘z vazifasi, me’moriy belgilariga ko‘ra bir xil bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari bo‘lib, ularning asosiysini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, asosiy imorat sifatida kirish yo‘li tashkil qilingan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementiga eng yaqin joylashgan imorat qabul qilinadi. Qolgan imoratlar soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab hamda hududdagi harakat yo‘nalishiga qarab asosiy imorat raqamiga (agar bo‘lsa — indeksi bilan) korpus raqamini qo‘shgan holda raqamlanadi yoxud mustaqil tartib raqami berish yo‘li bilan raqamlanadi.
36. Ko‘chalar kesishmasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari (burchakdagi binolar va inshootlarga) bitta ichki manzil bilan belgilanadi. Bu holda ichki manzil asosiy imoratga kirish yo‘li tashkil qilingan ko‘cha bo‘yicha belgilanadi. Bir necha ko‘chadan kirish yo‘llari bo‘lganda ichki manzil binoning asosiy fasadga qaragan ko‘cha bo‘yicha belgilanadi. Bir nechta bir xil fasadlar bo‘lganda ichki manzil ko‘chalarning istalgan biri bo‘yicha belgilanadi.
Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlar berilgan burchakda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari berilgan raqamlar soniga qarab bir nechta ichki manzillarga ega bo‘ladi.
37. Mavjudligi bekor qilingan obyektning ichki manzili uning o‘rniga qurilgan xuddi shunday turdagi obyektga, ushbu Nizomning 24 — 35-bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlarni hisobga olgan holda takroran beriladi.
38. Alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.
Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi. Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.
Turar joylarda savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va nosanoat tusidagi ehtiyojlar uchun biriktirib yoki qo‘shimcha qilib qurilgan joylar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq alohida ajratilgan turar joylarga raqamlar berilgandan keyin raqamlanadi.
Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar “n” indeksi berilgan holda turar joylardan alohida raqam berilgan noturarjoy maqsadidagi ko‘chmas mulk obyektlari ushbu raqamlanishni saqlab qoladi.
Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.
Burchakdagi binoda joylashgan, bevosita binoga tutash hududdan kiriladigan va ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlar berilgan bloklangan turar joy bo‘lgan inshootda joylashgan alohida joyga asosiy imoratning har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha ichki manzillari beriladi.
39. Ko‘chmas mulk obyekti yoki alohida joy bo‘lib yuborilganda, obyektlarning bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan alohida joylarning bittasi bo‘lingan obyektning raqamini saqlab qoladi. Bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan qolgan obyektlarga bo‘lingan obyekt raqami indeks qo‘shilgan holda beriladi.
Asosiy imoratlar bo‘lingan taqdirda ularda joylashgan alohida ajratilgan joylarning qayta raqamlanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Agar alohida ajratilgan joyni bo‘lish natijasida ko‘p miqdorda alohida joylar hosil bo‘lsa, ularga binoda va inshootda joylashgan alohida joylarning biriga avval berilgan oxirgi raqamdan keyingi tartib raqamlari beriladi yoki alohida ajratilgan joylarning avvalgi raqamlari o‘zgartirilib qayta raqamlanadi.
40. Asosiy obyektlar yoki alohida joylar qo‘shilganda qo‘shilish natijasida hosil bo‘lgan obyektga mavjudligi to‘xtatilgan obyektlardan birining eng kichik tartib raqami beriladi.
Bitta binoda joylashgan alohida ajratilgan joylarning raqamlari takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu Nizomning 30, 31-bandlari hamda 39-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Asosiy imoratlar qo‘shib yuborilganda mavjudligi to‘xtatilgan obyektda joylashgan va eng yuqori tartib raqamiga ega bo‘lgan alohida joylar ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan tartibda keyingi tartib raqamidan boshlab qayta raqamlanadi.
41. Asosiy imoratga biriktirib, qo‘shimcha qilib qurilgan alohida ajratilgan joylar ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq bino yoki inshootda alohida ajratilgan xonaga avval berilgan eng katta raqamdan keyingi tartib raqamidan boshlab raqamlanadi. Alohida ajratilgan joylarning joylashuvini aniq identifikatsiya qilish maqsadida ularni qayta raqamlashga yoki hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarni bitta qavat yoki asosiy imorat kirish yo‘li doirasida avval berilgan eng katta sondan keyingi tartib raqamidan boshlab unga indeks qo‘shgan holda raqamlashga yo‘l qo‘yiladi.
Qayta qurish natijasida mavjudligi to‘xtagan alohida ajratilgan joylar raqamlari qayta berilmaydi, barcha alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi hollari bundan mustasno.
Bino va inshootda avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lmagan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga raqamlar ushbu Nizomning 39-bandi birinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq beriladi. Ko‘chmas mulk obyektida avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lgan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq raqamlar beriladi.
42. Ma’muriy binoga, garaj massivida joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti binosiga (keyingi o‘rinlarda asosiy bino deb ataladi) ushbu Nizomning 19 — 34, 36 va 37-bandlariga muvofiq asosiy imorat raqami (zarur bo‘lganda indeks bilan) beriladi.
43. Asosiy imorat hisoblangan garaj massivi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy binoning manzilini va korpus raqamini (garaj raqamini) o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarda “blok” so‘zi, bunday garaj joylashgan blok raqami ko‘rsatiladi.
44. Alohida ajratilgan joy bo‘lgan va garaj kooperativi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy bino manzilini, korpus raqamini (garaj joylashgan blok raqamini), garaj raqamini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarda bunday garaj joylashgan kooperativ nomi ko‘rsatiladi.
45. Garaj massividagi bloklar ularni raqamlash bo‘yicha mavjud amaliyotdan kelib chiqqan holda raqamlanadi.
Bunday amaliyot bo‘lmaganda raqamlash:
aholi punktida — garaj massivi hududiga kiriladigan yo‘l bo‘lgan eng yuqori toifadagi ko‘cha bo‘yicha birinchi blokdan (bir xil toifadagi ko‘chalar bo‘lganda — ularning istalganidan) boshlab boshlanadi. Bir necha ko‘chadan kirish yo‘llari bo‘lgan taqdirda raqam blok perimetrining eng uzun tarafi chiqadigan ko‘cha bo‘ylab birinchi blokka beriladi. Blok perimetrining eng uzun tarafi qaysi ko‘chaga chiqishini aniqlash imkoni bo‘lmaganda esa — raqam istalgan ko‘cha bo‘ylab beriladi;
aholi punktlaridan tashqarida — garaj massivi hududiga eng yaqin bo‘lgan blokdan boshlab boshlanadi. Garajga kirish yo‘liga eng yaqin bo‘lgan blokni aniqlash imkoni bo‘lmaganda raqam kirish yo‘liga yaqin istalgan blokka beriladi.
Ushbu garaj massivida bloklarni raqamlash amaliyoti bo‘lmasa bloklarning keyingi raqamlari garaj massivi hududiga kirishdan boshlab harakat yo‘nalishi bo‘yicha ortib boruvchi tartibda beriladi.
Asosiy imorat bo‘lgan garajlarga hamda alohida ajratilgan joy bo‘lgan garajlarga raqamlar bloklarda belgilangan tartibda tasdiqlangan me’moriy loyiha yoki qurilish loyihasining tasdiqlangan qismidan kelib chiqqan holda yoxud garaj massivida qo‘llaniladigan amaliyotdan kelib chiqib beriladi. Bunday amaliyot bo‘lmagan taqdirda butun garaj massivi uchun qarama-qarshi raqamlashdan foydalaniladi, u soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha izchil ketma-ketlikda yoki massiv hududiga kirish yo‘lidan boshlanib harakat yo‘nalishi bo‘ylab ortib borish tartibida amalga oshiriladi.
Garaj massivi hududida ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar indekslar berilgan bloklar bor bo‘lsa, bunday bloklarga indekslar o‘rniga raqamlar beriladi.
46. Alohida turgan garajlarning ichki manzili ushbu Nizom bilan binolar va inshootlarga ichki manzillarni belgilash uchun belgilangan qoidalarga muvofiq beriladi.
47. Avtomobil saqlash joylarining, shu jumladan, binoda joylashgan avtomobil saqlash joylarining ichki manzili ushbu Nizomning 39 — 42-bandlarida alohida ajratilgan noturarjoyga ichki manzillarni belgilash uchun nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, ular joylashgan asosiy imoratlarning konstruktiv xususiyatlarini (ochiq, yopiq, ko‘p qavatli binolar, inshootlar va shu kabi obyektlar) hisobga olgan holda belgilanadi.
48. Geokod qurilgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga beriladi.
49. Pochta kodi (indeks) binolarga beriladi, shuningdek, agar ularda alohida ajratilgan joylar bo‘lsa inshootlarga ham berilishi mumkin. Alohida ajratilgan joylar o‘zlari joylashgan bino yoki inshoot bilan bir xil pochta kodi (indeksi)ga ega.
50. Qo‘shimcha ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi mumkin:
obyekt nomi;
obyektga eng yaqin aholi punkti nomi, shuningdek, ungacha bo‘lgan masofa, shu jumladan, dunyo tomonlari yo‘nalishlaridan foydalangan holda;
obyektning turgan joyini identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa fazoviy mo‘ljallar.
Oldingi tahrirga qarang.
501. Manzillar reyestri tuzilgunga qadar raqamlashtirilgan manzillar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — ko‘chmas mulk reyestri) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, o‘zgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.
502. Raqamlashtirilgan manzillar Manzillar reyestriga mutaxassis tomonidan bosqichma — bosqich kiritib boriladi. Bunda mulkdor tomonidan ariza va to‘lov talab etilmaydi.
(501 va 502-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
51. Manzilda:
aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘llarining yo‘l cheti polosalari hamda temir yo‘l shoxobchalari polosalari chegarasidan chiqib ketgan asosiy imoratlar va ularda joylashgan alohida joylar uchun;
inshootlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
3-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
52. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — ma’mur) Reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi axborotning yaxlitligi uchun mas’uldir.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Ma’mur hududiy boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Reyestrdagi manzillarning O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi o‘zgarishlar bilan, boshqa axborot resurslardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq o‘zgarishlari monitoringini olib boradi;
Reyestrda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi o‘zgarishlar, boshqa axborot resurslardagi o‘zgarishlar munosabati bilan o‘zgartirilishi talab qilinishi mumkin bo‘lgan manzillarni qayd etadi;
shartnoma asosida Reyestrdan foydalanish imkonini beradi va undan ma’lumot beradi.
54. Reyestr ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan shakllantiriladi, buni ma’mur:
Reyestrni birlamchi shakllantirish;
manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish;
Reyestrga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiradi.
55. Reyestr ma’lumotlar bazasidan hamda Reyestrga, shu jumladan, manzil xaritalariga ma’lumotlarni kiritish uchun asos bo‘lgan hujjatlar yig‘indisidan iborat.
56. Reyestrning ma’lumotlar bazasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha shakllantiriladi.
57. Manzil xaritasi quyidagi qatlamlarni o‘z ichiga oladi:
ma’muriy-hududiy bo‘linish qatlami, unda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilangan bo‘ladi;
obyektlar geokodlari qatlami, u Reyestrga obyektlar geokodlari haqida ma’lumotlar kiritilganda avtomatik tarzda shakllantiriladi va yangilanadi;
geografik asosi.
Manzilli xarita qo‘shimcha tarzda quyidagi qatlamlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
bog‘dorchilik shirkatlari, dala hovli kooperativlari chegarasining poligon obyektlari sifatida ko‘rsatilgan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i va temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari elementlarining o‘q chiziqlariga ega ichki manzillar elementlari qatlami, temir yo‘lning alohida punktlarini tasvirlovchi nuqtali obyektlar, shuningdek, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari nomlari va boshqa axborot qatlami;
yer uchastkalari chegaralari haqida poligon obyektlar sifatida berilgan axborotga ega qatlam;
boshqa fazoviy bog‘langan axborotga ega qatlamlar.
58. Manzilli elektron xarita ma’mur tomonidan raqamli ko‘rinishda geografik asosda yuritiladi hamda geodezik koordinatalar tizimidagi axborotga ega bo‘ladi.
59. Manzilli xarita qatlamlari:
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestrining;
Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestrining;
boshqa manbalarning ma’lumotlari asosida shakllantiriladi va yangilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Ma’lumotlarning Reyestrga kiritilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlar:
ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarida;
hududiy boshqarmalar arxivlarida saqlanadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
61. Reyestrning birlamchi shakllantirilishi quyidagi usullar bilan (bitta yoki bir nechta) amalga oshiriladi:
manzillar haqidagi ma’lumotlarni ko‘chmas mulk obyektlari Davlat reyestridan konvertatsiya qilish;
ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestridan olib kiritish;
manzillarni asosiy imoratlar pochta kodlari (indekslari) bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlarni olib borish;
ma’lumotlarni manzillar haqida ishonchli axborotga ega bo‘lgan boshqa manbalardan olib kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Reyestrda ro‘yxatga olish hududiy boshqarma tomonidan bevosita manzil aniqlangandan keyin yoki manzil mavjudligi bekor bo‘lgani aniqlangandan keyin Reyestrning axborot tizimiga berilgan, o‘zgartirilgan mavjudligi to‘xtatilgan manzil haqida yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Qurilayotgan va barpo etilishi rejalashtirilgan binolar va inshootlar manzillari oldindan belgilanadi.
Faqat ma’muriy-hududiy mansubligi va ichki manzili ma’lum bo‘lgan manzillar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, ammo Reyestrda ro‘yxatga olinmaydi.
Belgilab qo‘yilgan, ammo ro‘yxatga olinmagan manzil o‘zgartirilishi, bekor qilinishi yoki ro‘yxatga olinishi mumkin.
Oldindan berilgan manzil o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
63. Reyestrga tuzatishlar kiritishga Reyestrdagi ma’lumotlarda mavjud manzilda xatolar borligi asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Reyestrga tuzatishlarni kiritish hududiy boshqarma tomonidan:
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy boshqarmaning tashabbusi bilan — texnik xato bo‘lganda;
(64-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Reyestr ma’murining bildirgisi bo‘yicha;
manfaatdor shaxsning, shu jumladan, davlat organining asosli murojaati bo‘yicha amalga oshiriladi.
65. Reyestrga tuzatishlarni kiritish manzillarning belgilanishi, o‘zgartirilishi, mavjudligi bekor qilinishi asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
66. Ushbu Nizomning 64-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda Reyestrga tuzatishlar kiritish bildirishnoma yoki murojaat tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Manfaatdor shaxs, shu jumladan, davlat organining murojaati bo‘yicha Reyestrga tuzatishlar kiritilgan taqdirda ushbu shaxs (davlat organi) hududiy boshqarma tomonidan bu haqida ular Reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
68. Reyestrni yuritish:
a) quyidagilarga:
Reyestr ma’lumotlarining ustuvorligi prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi. Reyestr ma’lumotlari bilan boshqa manbalardan olingan manzillar haqidagi ma’lumotlarda qarama-qarshiliklar bo‘lganda, sud tomonidan boshqacha tarzda aniqlanmasa, Reyestr ma’lumotlari ishonchli deb hisoblanadi;
Reyestrda ro‘yxatga olingan obyektlar manzillari haqidagi axborotning geofazoviy bog‘langanligiga muvofiq amalga oshiriladi (alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari bundan mustasno) — manzil xaritasida aks ettiriladi;
b) axborot xavfsizligining:
axborotdan zaxira uchun nusxa olinishi (Reyestrni yuritishning dasturiy ta’minoti, Reyestr ma’lumotlar bazasidan zaxira uchun nusxa olish);
axborotni himoya qilish;
reyestrdan foydalanishni cheklash;
manzillar reyestri axborotining yaxlitligini baholash talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
69. Reyestrni yuritish maqsadida manzilni yozishning quyidagi tartibidan foydalaniladi: pochta kodi (indeks), davlatning nomi, ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, qo‘shimcha ma’lumotlar. Agar manzilning qandaydir elementi bo‘lmasa, keyingi mavjud element ko‘rsatiladi.
70. Obyektning barcha ichki manzillari teng bo‘ladi. Bitta hujjatda bir nechta ichki manzillar qismlari birga qo‘shilishidan, shu jumladan, asosiy imoratning har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
71. Asosiy imorat raqami va asosiy imorat korpusi raqami oraliqsiz kasr belgisi (/) bilan ajratiladi.
Bino korpusining raqami raqamli belgiga ega.
Asosiy imoratlar va alohida ajratilgan joylar raqamlari “-” belgi bilan ajratiladi.
72. Manzillarni yozishda faqat arab raqamlaridan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Indekslar quyidagi lotin harflari bilan belgilanadi:
a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
73. Ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining nomi Reyestrda bir xil aks ettirilishi maqsadida bunday nomlar quyidagi talablarga rioya etilgan holda berilishi kerak:
alohida nomlar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining tabiiy to‘siqlar (daryolar, jarliklar va shu kabilar) bilan kesishishi hollarida yuzaga kelgan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari uchastkalariga berilishiga yo‘l qo‘yiladi;
faqat raqamlari bilan farq qiladigan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari nomlarining tartib raqamlari izchil ketma-ketlikda beriladi;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementining nomiga kiritilgan tartib raqamlarini belgilash uchun arab raqamidan, “-” belgisidan va tegishli sonning qo‘shimchasidan foydalaniladi;
bir aholi punkti doirasida bitta toifadagi ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining bir nechta elementlariga bir xil nomlar berilishiga, shuningdek, jiddiy farqlash belgilariga ega bo‘lmagan yoki idrok etilishi qiyin bo‘lgan (so‘zlarning bosh harflari, qisqartmalar, ko‘p so‘zlardan iborat birikmalarga ega bo‘lgan) nomlar, shuningdek, “nomi yo‘q”, “nomli”, “n.” ishtirokidagi so‘zlar va so‘z birikmalaridan tuzilgan nomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-bob. Reyestrdan axborot berish hamda uning axborotidan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
74. Reyestrdan axborot berish, shuningdek, Reyestrdan foydalanishga ruxsat berish, jumladan, boshqa axborot tizimlari bilan aloqa o‘rnatish yo‘li bilan, pullik asosda amalga oshiriladi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
75. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Elektron hukumat” axborot tizimi bilan aloqa o‘rnatish yo‘li bilan Reyestrdan foydalanishga ruxsat beriladi. “Elektron hukumat”da quyidagilar:
saylovchi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari hamda ma’muriy-hududiy chegaralar va manzillar aniqlangan holda ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar;
obyektlarning geokodlari;
saylovchilarni uchastkalar bo‘yicha taqsimlash uchun geografik asos aks ettiriladi.
76. Axborot hajmidagi so‘ralayotgan manzillar haqidagi yoki ularning Reyestrda yo‘qligi haqidagi, manzilning maqomi haqidagi (dolzarb manzil — Reyestrdan axborot berilayotgan paytda mavjud manzil; dolzarb bo‘lmagan manzil — ilgari mavjud bo‘lgan manzil) ma’lumotlar, shuningdek, manzilning holati haqidagi ma’lumotlar barcha shaxslarga yoki davlat organiga beriladi.
So‘ralayotgan manzillar haqidagi axborot hajmi ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, pochta kodi (indeks), qo‘shimcha ma’lumotlarni (agar bo‘lsa) o‘z ichiga oladi.
77. Geokodlar haqidagi axborot davlat organlariga milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ularning vakolatiga muvofiq holda maxsus vakolatli organning roziligi bilan berilishi mumkin.
Ma’mur geokodlar haqidagi axborotning saqlanishini ta’minlaydi, uning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaydi, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
78. Ma’mur tomonidan quyidagi ma’lumotnoma tusidagi axborot:
ushbu Nizomning 75-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan manzil haqidagi ma’lumotlarni — so‘rovlar bo‘yicha;
Reyestr ma’lumotlarini maxsus qayta ishlashni talab qiladigan so‘rovlar bo‘yicha berilishi mumkin.
79. Ma’mur tomonidan standart so‘rov bo‘yicha quyidagi ma’lumotnoma tusidagi axborot:
agar standart so‘rovda Reyestrda ro‘yxatga olingan dolzarb yoki dolzarb bo‘lmagan manzil ko‘rsatilgan bo‘lsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Reyestrdan ko‘chirma;
agar so‘ralgan manzil Reyestrda ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa — Reyestrda manzil haqida ma’lumotlar yo‘qligi haqida ma’lumotnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha berilishi mumkin.
80. Reyestrdan olinadigan axborot elektron shaklda beriladi, standart so‘rovlar bo‘yicha esa qog‘ozda ham berilishi mumkin.
81. Reyestrdan foydalanish ma’mur bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
81. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi
SXEMASI
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari
REYESTRINING MA’LUMOTLAR BAZASI

T/r

Manzilning nomi

Manzil haqida ma’lumotlar

Manzilning noyob identifikatori

Ma’muriy-hududiy mansublik (O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestri ma’lumotlariga havola)

Bitta yoki bir nechta ichki manzillar (Ushbu Nizom kuchga kirishidan oldin kesishgan ko‘chalarning har biri bo‘yicha raqam berilgan burchakdagi imoratlar) va ularning noyob identifikatorlari

Obyekt gyeokodi

Pochta kodi (indeks)

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Manzilning holati (oldindan berilgan, belgilangan, biroq ro‘yxatga olinmagan, ro‘yxatga olingan, mavjudligi to‘xtatilgan, boshqa)

1

2

3

4

5

6

7

8

9



Obyektning turi haqida ma’lumotlar

Ma’lumotlar ryeyestriga kiritilgani haqidagi ma’lumotlar

Manzillar reyestridagi yozuv sanasi va raqami

Ma’lumotlarni kiritish turi (Manzillar reyestrining dastlabki shakllantirilishi, ro‘yxatga olish, tuzatishlar kiritish)

Ma’lumotlarni kiritish asoslari

Ma’lumotlarni kiritishga asos bo‘lgan hujjatlar ryekvizitlari (sana, raqam, hujjatning turi, uning nomi, hujjatni bergan tashkilot yoki qabul qilgan (chiqargan) organ)

Mutaxassis haqida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va tashkilotning nomi)

Boshqa axborot

10

11

12

13

14

15

16


Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎
‎‎O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,
‎kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

‎KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MANZILLARI
‎YAGONA REYESTRIDAN KO‘CHIRMA
‎‎

‎‎Manzil haqida ma’lumotlar‎
‎‎Obyekt manzili:_____________________________________________________________________________‎
‎‎Obyekt turi: ________________________________________________________________________________‎
‎‎Manzil maqomi: dolzarb (dolzarb emas)‎

‎‎(keraksiziga chiziq tortilsin)

‎‎Ro‘yxatga olish sanasi: ________________________________________________________________________‎
‎‎Ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar: _______________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ ‎
‎‎Manzilning holati: __________________________________________________________________________‎

‎‎(belgilangan, biroq ro‘yxatga olinmagan, ro‘yxatga olingan, mavjudligi to‘xtatilgan, boshqa)

‎‎Obyekt manzili haqida boshqa ma’lumotlar (mutaxassisning ixtiyoriga ko‘ra): ____________________________ ___________________________________________________________________________________________

‎‎Dolzarb manzil
‎(So‘ralgan manzil dolzarb bo‘lmaganda to‘ldiriladi)

‎‎Obyekt manzili:_____________________________________________________________________________‎
‎‎Obyekt turi: ________________________________________________________________________________‎
‎‎Ro‘yxatga olish sanasi: ________________________________________________________________________
‎‎Ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lgan hujjatlar: _______________________________________________________
‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎Manzilning holati: __________________________________________________________________________‎

‎‎(belgilangan, biroq ro‘yxatga olinmagan, ro‘yxatga olingan, mavjudligi to‘xtatilgan, boshqa)
‎‎

‎‎Obyekt manzili haqida boshqa ma’lumotlar (mutaxassisning ixtiyoriga ko‘ra): ____________________________ ___________________________________________________________________________________________
________________________________ ________________________________ ‎

‎‎
___________________________________‎

(lavozimi) ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

________________________________________‎

‎‎(ko‘chirma berilgan sana)

Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA


‎‎‎O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,
‎kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

‎Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrida
‎manzil haqida ma’lumotlarning yo‘qligi to‘g‘risida
‎MA’LUMOTNOMA
‎‎
‎‎

‎‎Ko‘chmas mulk manzillari yagona reyestrida ma’lumotlar yo‘q:‎
obyektning manzili *:_________________________________________________________________________‎‎‎
obyektning turi *:____________________________________________________________________________‎‎

_____________________
‎(lavozimi)‎

‎‎______________________
‎(imzo) ‎

______________________(F.I.O.)

_________________________
‎(ma’lumotnoma berilgan sana)‎

* So‘ralgan manzil va obyekt turi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 475-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/475/0668-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
MANZIL TUZILMASI

Mintaqa darajasi

Tuman (shahar) darajasi

III qism

IV qism

V qism

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar

tuman

shahar

-

ichki manzil

shaharcha

-

ichki manzil

qishloq

aholi punkti

ichki manzil

ovul

aholi punkti

ichki manzil

aholi punktidan tashqarida

-

ichki manzil

shahar

tuman

-

ichki manzil

shaharcha

-

ichki manzil

Toshkent shahri

tuman

-

-

ichki manzil

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
ICHKI MANZIL TUZILMASI

T/r

Nomi

a) aholi punktida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun

1.

Aholi punkti tarkibiy qismining turi

2.

Aholi punkti tarkibiy qismining nomi

3.

Uy raqami

4.

Korpus raqami*

5.

Geografik obyekt turi (binoning qismlari)*

6.

Kvartira (bino qismi) raqami*

b) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun

1.

Avtomobil yo‘lining raqami

2.

Avtomobil yo‘li boshidan kilometrlardagi masofa

3.

Uy raqami

4.

Korpus raqami*

5.

Geografik obyekt turi (binoning qismlari)*

6.

Kvartira (bino qismi) raqami*

v) aholi punktidan tashqarida temir yo‘l tarmog‘i polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun

1.

Eng yaqin alohida temir yo‘l punkti

2.

Uy raqami

3.

Korpus raqami*

4.

Geografik obyekt turi (binoning qismlari)*

5.

Kvartira (bino qismi) raqami*

g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘llarining yo‘l cheti polosalari va temir yo‘llar shoxobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun

1.

Uy raqami

2.

Korpus raqami*

3.

Geografik obyekt turi (binoning qismlari)*

4.

Kvartira (bino qismi) raqami*

d) aholi punktidan tashqarida bog‘dorchilik shirkati, dala hovli kooperativida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun

1.

Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovli kooperativi nomi

2.

Uy raqami

3.

Korpus raqami*

4.

Geografik obyekt turi (binoning qismlari)*

5.

Kvartira (bino qismi) raqami*

* Mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2018-y., 09/18/1010/2317-son; 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/475/0668-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)