toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek olimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin va ularning faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
olimpiya zaxiralari kollejlarida taʼlim jarayoni ikki bosqichda: umumiy oʻrta taʼlim (VII — XI sinflar) hamda oʻrta professional taʼlim (XI sinfdan keyingi bir yillik taʼlim) bosqichlarida amalga oshiriladi;
olimpiya zaxiralari kollejining asosiy faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya turlari boʻyicha terma jamoalarini shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
olimpiya zaxiralari kollejlarining sport turlari boʻyicha kontingenti Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
olimpiya zaxiralari kollejlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari kollejlarining oʻrta professional taʼlim bosqichida futbol boʻlimlari tashkil etiladi va ularda futbol boʻyicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.
3. Quyidagilar:
Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga;
Olimpiya zaxiralari kollejiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga;
Olimpiya zaxiralari kollejlarida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga;
Olimpiya zaxiralari kollejlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga;
Olimpiya zaxiralari kolleji boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 6-ilovaga;
Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2020/2021 oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta taʼlim hamda oʻrta professional taʼlim jarayonining uzviyligini va sport mahoratini uzluksiz oʻstirishni taʼminlashni hisobga olgan holda oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har yili olimpiya zaxiralari kollejlarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, kompyuter texnikasi va laboratoriya anjomlari, shuningdek sport bazalarini sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqqan holda kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda inobatga olinishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ikki oy muddatda:
olimpiya zaxiralari kollejlarining namunaviy ustavini tasdiqlash;
olimpiya zaxiralari kollejlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-avgust,
480-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida tashkil etilayotgan olimpiya zaxiralari kollejlari
ROʻYXATI

T/r

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida tashkil etilayotgan olimpiya zaxiralari kollejlari

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Respublika olimpiya zaxiralari kolleji

2.

Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Andijon olimpiya zaxiralari kolleji

3.

Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Urganch olimpiya zaxiralari kolleji

4.

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji

5.

Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Nukus olimpiya zaxiralari kolleji

6.

Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji

7.

Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Tayloq olimpiya zaxiralari kolleji

8.

Fargʻona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Fargʻona olimpiya zaxiralari kolleji

9.

Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Namangan olimpiya zaxiralari kolleji

10.

Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji

11.

Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji

12.

Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji

13.

Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji

14.

Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Termiz olimpiya zaxiralari kolleji

15.

Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Guliston olimpiya zaxiralari kolleji

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
2-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom olimpiya zaxiralari kollejlarining maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek, uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻrta professional davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi.
3. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Olimpiya zaxiralari kollejining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Olimpiya zaxiralari kollejining oʻquvchilar soni — 600 nafarni, Respublika olimpiya zaxiralari kollejining oʻquvchilar soni — 750 nafarni tashkil etadi.
Olimpiya zaxiralari kollejida taʼlim jarayoni ikki bosqichda: umumiy oʻrta taʼlim (VII — XI sinflar) hamda oʻrta professional (XI sinfdan keyingi bir yillik taʼlim) taʼlim bosqichlarida amalga oshiriladi.
5. Olimpiya zaxiralari kolleji yuridik shaxs hisoblanib, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi olimpiya zaxiralari kollejlariga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi.
7. Olimpiya zaxiralari kollejida xorijiy mamlakatlar fuqarolari oʻqitilmaydi, xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2-bob. Olimpiya zaxiralari kollejining maqsadi va asosiy vazifalari
8. Olimpiya zaxiralari kollejining maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
oʻquvchilarga jismoniy tarbiya va sport boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlim berish, ularni har tomonlama kamol toptirish va sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini taʼminlash;
oʻquvchilarni istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda oʻz Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy anʼanalarni hurmat qilish tuygʻusini shakllantirish.
9. Olimpiya zaxiralari kollejining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport-taʼlim muassasalarida sport tayyorgarligi oʻquv-mashq bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan hamda sport bilan shugʻullanishga iqtidori boʻlgan, olimpiya zaxiralari kollejida oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar oʻrtasida tanlov asosida olimpiya zaxiralari kollejida oʻqishni davom ettirish uchun tanlab olish;
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
oʻquvchilarning respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur va yetarli boʻlgan kasbiy moyilligini, mahorati va koʻnikmalari chuqur rivojlantirilishini taʼminlash, sport tayyorgarligi taʼlimining navbatdagi bosqichlarida oʻqishini, shuningdek egallangan mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishni davom ettirish;
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, psixologik-pedagogik, mediko-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlarni taʼminlash;
davlat taʼlim standarti doirasida umumiy oʻrta taʼlim va oʻrta professional taʼlim oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
oʻquv-tarbiya jarayonining sogʻlomlashtiruvchi yoʻnalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, sogʻlom turmush tarzi normalarini joriy etish.
3-bob. Olimpiya zaxiralari kollejining huquq va majburiyatlari
10. Olimpiya zaxiralari kolleji:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa tashkilotlar orqali respublika va xalqaro sport musobaqalarida qatnashish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq chet el mamlakatlarida oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi koʻrsatmasiga muvofiq, olimpiya sport turlarini rivojlantirish va sport zaxiralarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida olimpiya zaxiralari kollejlarida yangi sport turlari boʻlimlarini ochish yoxud sport zaxiralarini tayyorlashga oid belgilangan sport koʻrsatkichlari darajasi past boʻlgan sport turlari faoliyatini tugatish;
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻz faoliyati ixtisosligiga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida pullik xizmatlar koʻrsatish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq toʻlash miqdorini belgilash;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchilar tarkibi xodimlari va oʻquvchilarini almashishi, qoʻshma sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar va shu kabilarni oʻtkazish boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Olimpiya zaxiralari kolleji qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Olimpiya zaxiralari kolleji sportchilar va trener-oʻqituvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq turli sport tadbirlarida, xalqaro musobaqalar qatnashishini (shu jumladan, xorijiy davlatlarda tajriba almashishi va shu kabi maqsadlarda yuborishni) amalga oshirishi mumkin.
12. Olimpiya zaxiralari kollejlari:
taʼlim-tarbiya va sport tayyorgarligi oʻquv-mashq jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, trener-oʻqituvchilar tarkibi va pedagog-xodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaxassislarning oʻz faoliyatiga oid topshiriqlarining bajarilishini, shu jumladan, taʼlim oluvchilar tomonidan oʻz majburiyatlari doirasida tanlagan sport turlari boʻyicha taʼlim va sport tayyorgarligi oʻquv dasturlarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirishini taʼminlashga;
taʼlim standartiga muvofiq tasdiqlangan oʻquv dasturlari, sport tayyorgarligi dasturlari asosida yillik oʻquv rejasini, oʻquv jadvalini va oʻquv-mashq magʻulotlari jadvalini ishlab chiqishga;
taʼlim va oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayoni oʻtkazilayotgan davrda taʼlim oluvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibi va pedagog-xodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaxassislarning mehnat xavfsizligini taʼminlashga;
taʼlim-tarbiya va sport tayyorgarligi oʻquv-mashq jarayonini joriy nazorat qilish, taʼlim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning nazorat normativlari topshirishini taʼminlashga;
moddiy-texnika bazasi va mol-mulkining saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlashga majbur.
Olimpiya zaxiralari kolleji qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
13. Olimpiya zaxiralari kollejida oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi.
14. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari davlat taʼlim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Olimpiya zaxiralari kollejlarida oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi.
16. Olimpiya zaxiralari kollejida oʻqish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Oʻquv mashgʻulotlarining davomiyligi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq belgilanadi.
17. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquv rejasi oʻquv, oʻquv-mashq mashgʻulotlari, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
Oʻquv dasturlari oʻquv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
oʻquv darsi — oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlgan taʼlim ishtirokchilarining oʻzaro bogʻliqlik shakli, taʼlimning maqsadi, mazmuni usul va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizim;
maʼruza — oʻqitishni tashkil etishning yetakchi shakli boʻlib, oʻquvchilarni oʻquv materialining asosiy holatlariga, oʻquvchilarni yoʻnaltiruvchanlik, axborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;
seminar — taʼlim beruvchini taʼlim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yoʻnaltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni taʼminlovchi mashgʻulot shakli;
laboratoriya ishi — oʻquvchilar tomonidan mustaqil ravishda eksperimentlar oʻtkazgan holda fanlarni oʻzlashtirishi. Tajribalar shaxsiy yoki guruhga boʻlingan holda tashkil etilishi mumkin;
mustaqil tayyorgarlik — oʻquvchilar tomonidan oʻqituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maxsus oʻquv materiallarini oʻzlashtirish maqsadida qoʻllaniladigan oʻquv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda ogʻzaki yoki yozma ravishda qoʻllanilishi mumkin;
amaliy mashgʻulot — oʻqituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga oʻrgatish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida oʻtkaziladi.
18. Olimpiya zaxiralari kollejida oʻquv-mashq mashgʻulotlari guruh va yakka tartibda (individual) oʻquv-mashq mashgʻulotlar doirasida sport tayyorgarligi oʻquv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
oʻquv-mashq mashgʻuloti — bu sport tayyorgarligi jarayonining ajralmas qismi boʻlib, sport tayyorgarligi ishtirokchilarining oʻzaro bogʻliqlik shakli, sport tayyorgarligining maqsadi, mazmuni usul va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizim sifatida quyidagilarni oʻz ichiga qamrob oladi: nazariy tayyorgarlik, amaliy tayyorgarlik (bular umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, taktik-texnik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, koʻchirish (oʻtkazish) nazorat sinovlari, nozorat musobaqalarda ishtiroki, yoʻriqchilik va hakamlik amaliyoti, musobaqalarida ishtirok etish, tiklanish tadbirlari va tibbiy nazorat shakllari hisoblanadi);
nazariy tayyorgarlik — oʻquvchi-sportchilarga shaxsni anatomik va fiziologik rejalashtirish, sport tayyorgarligiga oid sanitariya-gigiyenik talablar, oʻquv-mashq mashgʻulotlarining texnik xavfsizligi, shuningdek, ularning talangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligiga taalluqli turli nazariy maʼlumotlar doirasida nazariy bilimlar beriladi;
umumiy jismoniy tayyorgarlik — oʻquvchi-sportchilarning yoshi, jinsiga oid sport tayyorgarligiga, oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida umumiy jismoniy mashqlarni oʻrganish va oʻzlashtirish, umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichlarini bajarishini amalga oshirish va nazorat qilishga qaratiladi;
maxsus jismoniy tayyorgarlik — oʻquvchi-sportchilarning tanlangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligiga oid maxsus jismoniy mashqlarni oʻquv-mashq mashgʻulotlarini jarayonida oʻrganish va oʻzlashtirish, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichlarini bajarishiga yoʻnaltiriladi;
taktik-texnik tayyorgarlik — oʻquvchi-sportchilarning talangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashgʻulotlarini oʻzlashtirish jarayonida taktik-texnik mashqlar, usullar, hujum va himoyalanish amallarini oʻrganish, shu jumladan, ularning oʻzlashtirish holatlarini nazorat qilishga qaratiladi;
psixologik tayyorgarlik — oʻquvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashgʻulotlarini oʻzlashtirishda va sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda ishtirok etish jarayonlariga psixo-fiziologik yondashuvlar asosida tashxislar va psixologik test-sinovlarini oʻtkazish orqali ularni psixologik jihatdan tayyorlash faoliyati amalga oshiriladi;
koʻchirish (oʻtkazish) nazorat sinovlari — sport tayyorgarligi jarayonida belgilangan tartibda oʻquvchi-sportchilarning yoshni va jismoniy imkoniyatlar hamda jismoniy holatiga koʻra, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasi koʻrsatkichlari aniqlab boriladi, shu jumladan, ularning taktik-texnik tayyorgarligi mahoratiga baho beriladi;
nazorat musobaqalarda ishtiroki — oʻquvchi-sportchilarning tanlangan sport turi boʻyicha sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashgʻulotlari yuklamalarini oʻzlashtirish jarayonida nazorat musobaqalari orqali, ularning sport mahoratini oʻzlashtirish va rivojlantirishga qaratiladi (soatlar setkasidan tashqari);
yoʻriqchilik va hakamlik amaliyoti — trenerlik va hakamlik ishlariga keyinchalik jalb qilish uchun sport yoʻriqchilari va sport hakamlarining bilim va koʻnikmalarini olish maqsadida olib boriladi;
musobaqalarda ishtirok etish — tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida olimpiya zaxiralari kollejida taʼlim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning hududiy, respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlari nazarda tutiladi;
tiklanish tadbirlari — oʻquvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi jarayonida hordiq chiqarish, faol dam olishini taʼminlash maqsadida turli tiklanish va jarohatlanishning oldini olish tadbirlarini oʻz ichiga oladi;
tibbiy nazorat — oʻquvchi-sportchilarning oʻquv yili davomida kamida ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtishi va sport musobaqalari oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini nazarda tutadi (soatlar setkasidan tashqari).
19. Taʼlim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish tasdiqlangan davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan olimpiya zaxiralari kollejining bitiruvchilariga oʻrta professional taʼlim bosqichini tamomlaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ushbu diplom olimpiya zaxiralari kolleji bitiruvchisiga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
21. Olimpiya zaxiralari kollejida oʻqish, sport tayyorgarligi, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilar yashash sharoitlari, shuningdek ularning taʼminoti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida taʼtil vaqtida 60 kun davom etadigan oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazgan holda oʻquvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
23. Olimpiya zaxiralari kollejida oʻquvchilar oʻquv sinflarida 25 nafardan iborat boʻladi. Oʻquvchilar umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʻqitish boʻyicha sinflarga (oʻrta professional taʼlim bosqichida — guruhlarga), sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha esa — sport boʻlimlariga birlashadi.
24. Taʼlim standartlariga muvofiq tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarni navbatdagi sinf (bosqich)ga oʻtkazish olimpiya zaxiralari kolleji direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
25. Oʻquvchilar:
boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishda, shu jumladan, oʻquvchilarning oʻz tashabbusi bilan koʻchirishda (oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
tegishli sport normativ talablari topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda va tibbiy nomuvofiqlik holatlarida;
oʻquv intizomi va olimpiya zaxiralari kolleji ichki tartib qoidalari buzilganda, shu jumladan, axloqsizlik, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, shu jumladan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilganda hamda sport bilan shugʻullanish uchun ruxsat etilmaydigan tibbiy nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda;
vafot etganda oʻquv yili davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olimpiya zaxiralari kollejidan chetlatiladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarining sport tayyorgarlik darajasi oʻsib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirish, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etish, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻquv yili davomida ikki marotaba attestatsiya oʻtkaziladi.
27. Oʻquv yili davomida turli sabablarga koʻra oʻquvchilar safidan chiqarilganlar oʻrnini toʻldirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
5-bob. Olimpiya zaxiralari kollejini boshqarish
28. Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
29. Olimpiya zaxiralari kollejiga oliy maʼlumotga va sport-taʼlim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega shaxslar orasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
30. Direktor:
olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trener-oʻqituvchilar va oʻqituvchilar tarkibining tarif jadvalini tasdiqlaydi;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
olimpiya zaxiralari kolleji nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
olimpiya zaxiralari kolleji vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, taʼlim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari va barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
olimpiya zaxiralari kollejining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, oʻquv-mashq va oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trener-oʻqituvchilar bilan butlash hamda olimpiya zaxiralari kolleji faoliyati boʻyicha ayrim masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadi;
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi va ularni bekor qiladi.
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(30-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
31. Olimpiya zaxiralari kollejida direktor huzuridagi kollegial organ hisoblanadigan pedagogik va trenerlar kengashi tashkil etiladi.
Pedagogik va trenerlar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari olimpiya zaxiralari kolleji ustavida belgilanadi.
Olimpiya zaxiralari kollejining rahbar va mutaxassis xodimlariga, shu jumladan, fan oʻqituvchilari, tarbiyachilari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot xodimlariga qoʻyiladigan lavozim malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
32. Olimpiya zaxiralari kollejida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda vasiylik kengashi tuziladi.
33. Olimpiya zaxiralari kollejini attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Taʼlim jarayoni qatnashchilari
34. Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibi, tarbiyachilar va tibbiyot xodimlari olimpiya zaxiralari kolleji taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
35. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari davlat taʼlim standartlariga muvofiq bepul taʼlim olish, qoʻshimcha taʼlim xizmatlaridan foydalanish, taʼlim muassasasining ustavida belgilangan shaklda taʼlim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari olimpiya zaxiralari kollejining ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari shart.
36. Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilingan oʻquvchilar:
umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta professional taʼlim va maxsus sport fanlari boʻyicha oʻqish;
oʻquv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
olimpiya zaxiralari kollejining oʻquvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat meʼyorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan taʼminlanish (isteʼmol qilish);
olimpiya zaxiralari kolleji moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
oʻquvchilar turar joyida bepul yashash;
belgilangan tartibda oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishga haqli.
37. Tegishli kasb taʼlimiga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatga ega boʻlgan shaxslar olimpiya zaxiralari kollejida pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega. Sud qarori bilan pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan hamda ularning sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar olimpiya zaxiralari kollejida pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shugʻullanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarni va tibbiyot xodimlarini olimpiya zaxiralari kollejiga ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
39. Olimpiya zaxiralari kollejining oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarini va tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
40. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilarning pedagogik (trenerlik) yuklamasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
41. Oʻqituvchilar, trener-oʻqituvchilar va tibbiyot xodimlari tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
42. Pedagog xodimlar va trener-oʻqituvchilarning huquqlari va vazifalari qonunchilik hujjatlariga va olimpiya zaxiralari kolleji ustaviga muvofiq belgilanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
43. Oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) olimpiya zaxiralari kollejining taʼlim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.
7-bob. Tibbiy-biologik taʼminlash
44. Tibbiyot xodimlari trener-oʻqituvchilar bilan birgalikda sport mashgʻulotlari, oʻquv-mashq yigʻinlari, musobaqalar, dam olish davrida olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarini tibbiy nazoratdan oʻtkazadilar. Trener-oʻqituvchilar tibbiy kuzatuvlar natijalaridan sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.
45. Oʻquv yili davomida oʻquvchilar ikki marta chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
46. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarini tibbiy taʼminlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega boʻladi.
47. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarni tanlab olish va ularning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qoʻyish, davolash-profilaktika tadbirlari va sportchilarning salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun olimpiya zaxiralari kollejini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori-darmonlar bilan taʼminlaydi.
8-bob. Kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan taʼminlash
48. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun har yili ajratiladigan mablagʻlari hisobidan kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan taʼminlaydi.
49. Olimpiya zaxiralari kollejlari oʻquvchilarini kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan taʼminlash meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatini moliyaviy va moddiy taʼminlash
50. Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatini moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlari;
taʼlim xizmatlarini amalga oshirishdan, pedagogika, ishlab chiqarish va olimpiya zaxiralari kollejining ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(50-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
51. Olimpiya zaxiralari kollejlari belgilangan tartibda tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
52. Olimpiya zaxiralari kolleji xodimlari mehnatga haq toʻlash tartibi va shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
53. Olimpiya zaxiralari kollejlarini tasdiqlangan taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv qurollari, kompyuter texnikasi va laboratoriya anjomlari, sport anjomlari va inventarlari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.
54. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida amalga oshiradi.
55. Olimpiya zaxiralari kollejining mablagʻlari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning mulki hisoblanadi va ulardan ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
56. Olimpiya zaxiralari kolleji belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
57. Olimpiya zaxiralari kollejida xoʻjalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10-bob. Yakuniy qoida
58. Olimpiya zaxiralari kollejini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
3-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kollejiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu Nizom olimpiya zaxiralari kollejiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish tartibini belgilaydi.
2-bob. Olimpiya zaxiralari kollejiga oʻquvchilarni qabul qilish
2. Olimpiya zaxiralari kollejiga bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport taʼlim muassasalarida sport tayyorgarligi oʻquv-mashq bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan hamda olimpiya zaxiralari kollejida oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
Xorijiy mamlakat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning olimpiya zaxiralari kollejida taʼlim olishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Oʻquvchilar olimpiya zaxiralari kollejiga 7-sinfdan qabul qilinadi. Olimpiya zaxiralari kollejining sport turlari boʻyicha kontingenti Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
4. Olimpiya zaxiralari kollejiga oʻquvchilar qabulini samarali tashkil qilish maqsadida taʼlim muassasasida qabul komissiyasi tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi belgilanadi.
Qabul komissiyasi aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
5. Hujjatlar har yili 20-iyun — 20-iyul (shu kuni ham) mobaynida qabul qilinadi.
6. Oʻqishga kiruvchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan olimpiya zaxiralari kolleji direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (guvohnomaning asli qabul komissiyasiga shaxsan koʻrsatiladi), takroran berilgan hollarda tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
tibbiy maʼlumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyurografiya, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, psixonevrologik dispanserdan maʼlumotnoma, yakka kurash turlari uchun umurtqa pogʻonasining koʻkrak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi);
3,5 x 4,5 hajmdagi 8 ta rangli fotosurat;
oʻquvchining sport tayyorgarligi oʻquv-mashq bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport taʼlim muassasalari tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
sport razryadini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi hamda sport razryadni tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma.
7. Hujjatlar qabul komissiyasiga oʻqishga kiruvchi tomonidan shaxsan taqdim etiladi.
8. Mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda qabul komissiyasi oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ikki bosqichda: umumiy hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida amalga oshiriladi.
10. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 balli tizim boʻyicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
11. Sport turlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar meʼyorlari va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oʻquvchilarni qabul qilish uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi ish faoliyatini nazorat qilib borish maqsadida tegishli sport turlari boʻyicha trener va mutaxassislardan iborat boʻlgan ishchi guruh shakllantirilishi mumkin.
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 21 — 28-iyul kunlari davomida oʻtkaziladi.
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 1-avgust kuni eʼlon qilinadi. Imtihondan oʻtmagan oʻquvchilarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
15. Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib va sovrindorlari (1 — 3-oʻrinlar), Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzoligiga hamda ularning zaxirasiga kirgan sportchilar olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari safiga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
16. Qabul komissiyasi qarori asosida oʻquvchilarni qabul qilish toʻgʻrisida olimpiya zaxiralari kolleji direktori tomonidan buyruq chiqariladi va oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Olimpiya zaxiralari kollejiga oʻquvchilarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, oʻquvchilar qabulini shaffof, oshkora va demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida videokuzatuvga olib (yozib) boriladi va ommaviy axborot vositalari jalb qilinishi mumkin.
18. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 24 soat ichida olimpiya zaxiralari kollejining qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish uchun uch nafar mutaxassislardan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon materiallarini koʻrib chiqib, qabul komissiyasiga yozma hisobot topshiradi.
4-bob. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish
19. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari oʻquv yili davomida ikki marotaba (qishki va yozgi) fanlarni oʻzlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga (bosqichdan-bosqichga) oʻtkazish hamda oʻtkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish direktor buyrugʻi asosida tuzilgan attestatsiya komissiyasi qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
20. Attestatsiya olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchisining oʻquv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan sport musobaqalarida erishgan natijalari, oʻquv rejada belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
21. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari 7 — 9 kishini tashkil etadi, olimpiya zaxiralari kolleji direktori — komissiya raisi, sport ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari — komissiya kotibi, taʼlim muassasaning kasaba uyushmasi qoʻmita raisi, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, sinf rahbarlari, trener-oʻqituvchilar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga sport-taʼlim muassasalari va sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma) lar mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
22. Sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarning attestatsiyaga oid maʼlumotlari va hujjatlarini toʻplaydi hamda attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
23. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
yil (oʻquv yili) davomida erishgan natijalari;
yil boshidagi va attestatsiya oʻtkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va sportchi koʻrsatgan natija tahlili;
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
koʻrsatgan eng yaxshi natijasi;
trener-oʻqituvchilar jamoasining tavsiyasi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquv fanlarni oʻzlashtirishi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquvchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
sogʻligʻi toʻgʻrisida vrach xulosasi.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtuvchining faoliyatiga oid qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash huquqiga ega.
24. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida 3 — 5 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan oʻtuvchining sport, maʼnaviy-maʼrifiy va oʻqish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida maʼlumotnoma — attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
25. Attestatsiya varaqasi sport turlari boʻyicha katta trener-oʻqituvchi, sportchining shaxsiy treneri-oʻqituvchisi, boʻlim uslubchisi, boʻlim tarbiyachisi, sinf rahbari va boʻlim vrachi tomonidan imzolanadi.
26. Toʻplangan hujjatlar asosida oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi. Zarur hollarda audio yoki videoga tushiriladi.
27. Attestatsiya natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyaning qarori komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varagʻiga yoziladi va attestatsiyadan oʻtuvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan soʻng eʼlon qilinadi.
29. Attestatsiya natijalariga koʻra komissiya quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi: “Olimpiya zaxiralari kollejida oʻqishga loyiq” yoki “Olimpiya zaxiralari kollejida oʻqishga noloyiq”.
30. Attestatsiya komissiyasi qarori bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi va oʻquvchiga olimpiya zaxiralari kolleji tomonidan maʼlum qilinadi.
31. Attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan oʻtkazish boshqa muddatga koʻchiriladi.
32. Attestatsiya yakunlariga koʻra oʻquvchilar safidan chiqarilgan oʻquvchilar oʻrnini toʻldirish sport turlari boʻyicha tasdiqlangan oʻquvchilar kontingentidan chiqmagan holda, bir yilda ikki marotaba (qishda va yozda) Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Olimpiya zaxiralari kollejining oʻrta professional taʼlim bosqichiga sport tayyogarligi sport takomillashtirish bosqichining ikkinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadilar.
5-bob. Oʻquvchining oʻqishini olimpiya zaxiralari kollejidan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish
33. Oʻquvchining oʻqishini olimpiya zaxiralari kollejidan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) oʻz xohishiga koʻra (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
b) attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra;
v) tibbiy nomuvofiqlik boʻlganda — vrach xulosasiga koʻra;
g) oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilgan taqdirda — pedagogik kengashning qaroriga muvofiq.
Mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan hollarda oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishda oʻquvchi yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
34. Oʻquvchilar safidan chiqarilgan oʻquvchi oʻqishini doimiy turar joyi boʻyicha umumtaʼlim maktabida davom ettiradi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
35. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
4-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kollejlarida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom olimpiya zaxiralari kollejida oʻquvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq, ota-onalar toʻlovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda, bepul (imtiyozli) oziq-ovqat bilan taʼminlanadilar.
3. Taʼtillar davrida (60 kungacha) olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari uchun oʻtkaziladigan oʻquv-mashq yigʻinlari vaqtida oʻquvchilar oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlanadilar.
2-bob. Ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi
4. Olimpiya zaxiralari kollejlariga ota-onalar toʻlovi ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va olimpiya zaxiralari kolleji maʼmuriyati oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida toʻlanadi.
5. Olimpiya zaxiralari kollejiga ota-onalar toʻlovi har oyda, toʻlanadigan joriy oyning oʻninchi kunidan kechikmay toʻlanadi. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) xohishiga koʻra ota-onalar toʻlovi yanada uzoq muddatlar uchun toʻlanishi mumkin.
Ota-onalar toʻlovi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda toʻlanmagan taqdirda olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchisiga tekin (imtiyozli) oziq-ovqat berish toʻlov toʻlanadigan vaqtgacha toʻxtatiladi.
6. Ota-onalar toʻlovi bankka toʻlanadi, keyinchalik olimpiya zaxiralari kollejiga toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi (kvitansiyasi) taqdim etiladi.
Ota-onalar toʻlovi pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlangan taqdirda olimpiya zaxiralari kollejiga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi bilan) taqdim etiladi.
7. Olimpiya zaxiralari kolleji boʻyicha ota-onalar toʻlovi tegishli hududiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga, keyinchalik ulardan foydalanish uchun olimpiya zaxiralari kollejining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
3-bob. Olimpiya zaxiralari kollejida ota-onalar toʻlovini hisoblash
8. Olimpiya zaxiralari kollejida ota-onalar toʻlovi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.
Olimpiya zaxiralari kollejiga ota-onalar toʻlovining bir kunlik miqdorini hisoblash ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ning bir oylik toʻlovi miqdorini qonunchilik hujjatlariga muvofiq olimpiya zaxiralari kollejining oylik ish jadvali boʻyicha ish kunlari soniga taqsimlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchisi oʻzining yoki oila aʼzolarining (u parvarish qilishga majbur boʻlgan) kasalligi sababli olimpiya zaxiralari kollejiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlov ota-onalar toʻlovini keyingi toʻlash chogʻida oʻquvchi olimpiya zaxiralari kollejiga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani chegirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Bunda oʻquvchining yoki uning oila aʼzolarining kasalligi (karantin) sababli olimpiya zaxiralari kollejiga kelmaganligi tegishli davolash muassasasi bergan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi kerak.
10. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchisi oʻquv yili davomida sport turlari boʻyicha terma jamoa tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federatsiya (uyushma) yoki boshqa mablagʻlar hisobidan olimpiya zaxiralari kolleji direktorining buyrugʻi bilan oʻquv-mashq yigʻinlariga jalb etilganda ovqatlanish tabeliga kiritilmaydi va ota-onalar toʻlovi hisoblanmaydi.
Oʻquvchining oʻquv-mashq yigʻinlari davri uchun toʻlov ota-onalar toʻlovini keyingi toʻlash chogʻida oʻquvchi olimpiya zaxiralari kollejiga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq chegirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Oʻquvchi olimpiya zaxiralari kollejiga kelmagan boshqa barcha holatlarda ota-onalar toʻlovi umumiy asoslar boʻyicha undiriladi.
11. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilariga bepul (imtiyozli) ovqatlanish uchun ota-onalar toʻlovi olimpiya zaxiralari kolleji direktori tomonidan tasdiqlangan buyruqqa asosan tarbiyachi yoki guruh rahbari tomonidan direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida taqdim etilgan ovqatlanish uchun kunlik tabel asosida hisoblanadi.
12. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻquvchi olimpiya zaxiralari kollejiga kelishi boshqa taʼlim muassasasiga oʻtishi munosabati bilan toʻxtashidan kamida bir hafta oldin bu toʻgʻrisida olimpiya zaxiralari kolleji maʼmuriyatini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Olimpiya zaxiralari kolleji xabardor qilinmagan taqdirda ota-onalar toʻlovi sifatida toʻlangan toʻlov qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarib berilmaydi.
13. Ota-onalar toʻlovi sifatida toʻlangan mablagʻlarni ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) qaytarib berish tegishli summani ota-onalardan (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan) birining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4-bob. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarini ota-onalar toʻlovidan ozod qilish tartibi
14. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan kam taʼminlangan oila toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma oʻquvchilarni ota-onalar toʻlovidan ozod qilish uchun asos hisoblanadi.
Ushbu hujjat koʻrib chiqish uchun olimpiya zaxiralari kollejiga taqdim etiladi.
15. Kam taʼminlangan oilalarning ota-onalar toʻlovidan (rejalashtirilayotgan oʻquvchilar umumiy sonining 30 foizi doirasida) ozod qilinayotgan oʻquvchilari roʻyxati moliya yili boshlangungacha, ota-onalar kengashi yigʻilishi bayonnomasi asosida olimpiya zaxiralari kolleji direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Bunda kam taʼminlangan oilalarning ota-onasi (ulardan biri yoki ikkalasi ham) I yoki II guruh nogironligi boʻlgan oʻquvchilar ota-onalar toʻlovidan birinchi navbatda ozod qilinadilar.
16. Kam taʼminlangan oila roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchi olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari safidan chiqarilganda uning oʻrniga umumiy kam taʼminlangan oila roʻyxatida boʻlgan, lekin kam taʼminlangan oila sifatida ota-onalar toʻlovidan ozod etilganlar roʻyxatiga kiritilmagan oʻquvchi keyingi oydan roʻyxatga kiritiladi va ota-ona toʻlovidan ozod etiladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan oʻquvchilar direktorning buyrugʻiga asosan sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibida boʻlgan davrda ota-ona toʻlovidan ozod etiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
18. Olimpiya zaxiralari kollejiga ota-onalar toʻlovi boʻyicha mablagʻlarni hisoblash va tushishining buxgalteriya hisobi tegishli olimpiya zaxiralari kollejining buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. Olimpiya zaxiralari kollejlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari ota-onalar toʻlovidan tushadigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
20. Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
5-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kollejlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan olimpiya zaxiralari kollejlari direktorlari, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — direktor oʻrinbosarlari), katta instruktor-metodisti, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari, sport psixologlari va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Olimpiya zaxiralari kollejining direktori, direktor oʻrinbosarlari, katta instruktor-metodisti, instruktor-metodistlari, sport psixologlari (keyingi oʻrinlarda — olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlari), trener-oʻqituvchilari, professional taʼlim boʻgʻini fan oʻqituvchilari va boshqa xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlari ish haqi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga, umumiy oʻrta taʼlimning tayanch taʼlimi boʻgʻini fan oʻqituvchilarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Olimpiya zaxiralari kollejining tibbiyot punkti xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining ish haqi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlariga, trener-oʻqituvchilariga ushbu Nizomga asosan qoʻshimcha haq va ustamalar belgilanadi.
2-bob. Olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlariga ustamalar belgilash
4. Olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash maqsadida ularga, oʻquvchilar yuqori sport natijalariga erishgan taqdirda, bazaviy tarif stavkasiga quyidagi har oylik ustamalar belgilanadi:

Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarining

sportdagi natijalari

Oʻquvchini tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga bir nafar oʻquvchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda

direktorga

direktor oʻrinbosarlari, katta instruktor-metodistga, instruktor-metodistlarga

tibbiyot punkti xodimlari, sport psixologlariga

Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari sovrindori (I III oʻrinlar)

10

8

7

Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori (I III oʻrinlar)

7

6

6

Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindori (I III oʻrinlar)

6

5

4

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibi

5

4

3

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibi

3

3

2

5. Agar sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi turli sport yutuqlariga ega boʻlsa, olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlariga, ushbu oʻquvchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda belgilangan ustamaning eng yuqori miqdori qoʻllanadi.
6. Ustamalarning jami miqdori:
olimpiya zaxiralari kolleji direktori, direktor oʻrinbosarlari, katta instruktor-metodisti va tibbiyot punkti xodimlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan;
olimpiya zaxiralari kollejining sport boʻlimi instruktor-metodistlari va sport psixologlari uchun — biriktirilgan sport turlari boʻyicha erishilgan sport natajalari uchun, lekin bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/735/1580-son)
8. Olimpiya zaxiralari kollejining ushbu Nizom asosida mehnatiga ustama haq belgilanadigan ayrim xodimlari lavozimga tayinlanganda yoki ishga qabul qilingan davrda sportchilarni tayyorlashdagi hissasi boʻlmagan taqdirda birinchi moliya yili uchun terma jamoa aʼzolari va oʻrinbosar tarkibiga tayyorlangan oʻquvchilari uchun keyingi yillarda mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq ustama belgilanadi.
9. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan ustamalarni belgilash kalendar yil boshida, olimpiya zaxiralari kollejining oʻquvchilari kontingentidan va ularning oldingi yildagi sport natijalaridan kelib chiqqan holda olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchilari tarifikatsiyasini va shtatlar jadvalini tuzishda amalga oshiriladi.
Yil davomida ustamalar miqdorlarini oʻzgartirish olimpiya zaxiralari kollejining tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi va olimpiya zaxiralari kolleji rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
10. Olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlari va trener-oʻqituvchilariga ustamalar:
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan (faqat yakkalik) natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) oʻtkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (faqat yakkalik) (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi musobaqalar oʻtkazilgunga qadar saqlab qolinadi. Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — oʻquvchi Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajyorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchining jamoa tarkibida boʻladigan butun davrida saqlab qolinadi.
11. Olimpiya zaxiralari kolleji ayrim xodimlariga oʻquvchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni toʻlash uning olimpiya zaxiralari kolleji tarkibidan rasman chiqib ketish (boshqa taʼlim muassasasiga oʻtish, olimpiya zaxiralari kollejidan chiqarilish, uni bitirish) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran toʻxtatiladi.
3-bob. Trener-oʻqituvchilarga ish haqi va ustamalarni hisoblash
12. Sport tayyorgarligi bosqichi va sport turlarining guruhlaridan kelib chiqib trener-oʻqituvchilarga toʻlanadigan ish haqi va ustamalarning foizlari belgilanadi.
13. Olimpiya zaxiralari kollejida sport tayyorgarligi bosqichlari quyidagilardan iborat:
Oʻquv-mashq bosqichi. Bu bosqichda sportning tanlangan turi boʻyicha bir yildan kam boʻlmagan tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan va umumiy jismoniy hamda maxsus tayyorgarlik boʻyicha qabul qilish meʼyorlarini bajargan sogʻlom oʻquvchilardan tanlov asosida guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda keyingi oʻquv yillariga oʻtkazish oʻquvchilar tomonidan umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazish — nazorat meʼyorlarini bajarish sharti hamda sport toifasining borligi bilan amalga oshiriladi.
Sport takomillashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda oʻquv-mashq bosqichidan oʻtgan hamda maxsus jismoniy va sport tayyorgarligi boʻyicha qabul va oʻtkazish meʼyorlarini, ularning sport mahorati darajasi talablarini bajargan oʻquvchilardan guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda keyingi oʻquv yillariga oʻtkazish sport koʻrsatkichlari dinamikasining ijobiy oʻsishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Oliy sport mahorati bosqichi. Ushbu bosqichga sport mahoratini takomillashtirish bosqichidan oʻtgan, tegishli sport razryadiga ega boʻlgan hamda mintaqa yoki respublika darajasida Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga qabul qilish uchun qoʻyiladigan talablarga javob beradigan, shuningdek, sportda barqaror yuqori natijalar koʻrsatadigan oʻquvchilardan jamlanadi.
Sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻuloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar) va guruhlardagi oʻquvchilar soni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Oʻquvchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari

Oʻquv yili

Oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻuloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar*)

Sport turlari guruhlari

I

II

III

Oʻquv guruhlarining toʻldirilishi (oʻquvchilar soni)

Oliy sport mahorati

Butun davr

32

3 5

6 8

3 5

Sport takomillashtirish

2 yildan koʻp

28

4 6

6 8

4 6

2yil

26

1 yil

24

Oʻquv-mashq

3 yildan koʻp

20

6 8

10 12

6 8

3 yil

18

2 yil

14

Izoh. Oʻquv guruhlari tarkibida kamida bitta Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi (asosiy tarkib) mavjud boʻlsa haftalik oʻquv soati hajmi 36 soatgacha oshirilishi mumkin.
* Oʻquv mashgʻulotlar akademik soat boʻyicha belgilanadi. 1 akademik soat — 45 daqiqadan iborat.
oʻquv yillari boʻyicha meʼyoriy talablar sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha sport razryadlari talabi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Oʻquvchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari

Oʻqitish yili

Oʻquvchilarga sport razryadi talablari

I III sport turlari guruhlari

Oliy sport mahorati

Butun davr

Sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xalqaro toifadagi sport ustasi

Sport takomillashtirish

2 yildan koʻp

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajarigan sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xalqaro toifadagi sport ustasi

2 yil

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajarigan sport ustaligiga nomzod, sport ustasi

1 yil

Sport tayyorgarliginin UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajarigan I razryad, sport ustaligiga nomzod

Oʻquv-mashq

3 yildan koʻp

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajarigan I — III razryad

3 yil

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajarigan I oʻsmirlar, III razryadi

2 yil

Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajarigan II-III oʻsmirlar razryadlari

14. Sport turlari guruhlar boʻyicha quyidagi tartibda taqsimlanadi:
I sport turlarining birinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlaridan tashqari, sportning barcha olimpiya turlari;
II sport turlarining ikkinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlari;
III sport turlarining uchinchi guruhiga — sportning noolimpiya va milliy turlari.
4-bob. Olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchilarining lavozim maoshi
15. Olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchilariga lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkasidan, belgilangan normativlaridan yoki oʻquv mashgʻulot ishlarining rejalashtirilayotgan hajmlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha haqlardan kelib chiqqan holda ularni oʻquv va kalendar yili boshida tarifikatsiyalashda belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash har bir oʻquvchi uchun meʼyor boʻyicha amalga oshiriladi.
17. Bir nafar oʻquvchiga nisbatan olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchisining mehnatiga haq toʻlashda trener-oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlar belgilanadi:

Sport musobaqalari darajasi

Sport natijasi

Oʻquv davri

Bir nafar oʻquvchiga nisbatan bazaviy tarif stavkasiga belgilanadigan foiz miqdori

I

II

III

1

2

3

4

5

6

I. Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira, respublika va xalqaro musobaqalarga oʻquvchilarni tayyorlash

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibiga

butun davrda

55 %

45 %

40 %

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibiga

butun davrda

45 %

35 %

30 %

Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionati va Kubogi sovrindorlari (I III oʻrin)

1-oʻrin

butun davrda

200 %

200 %

200 %

2-oʻrin

180 %

180 %

180 %

3-oʻrin

160 %

160 %

160 %

Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionati va Kubogi sovrindorlari (I III oʻrin)

1-oʻrin

butun davrda

150 %

140 %

130 %

2-oʻrin

140 %

130 %

120 %

3-oʻrin

130 %

120 %

110 %

Oʻzbekiston Respublikasi chempionati va Kubogi sovrindorlari (I III oʻrin)

1-oʻrin

butun davrda

100 %

90 %

80 %

2-oʻrin

90 %

80 %

70 %

3-oʻrin

80 %

70 %

60 %

II. Olimpiya zaxiralari kollejlarida sport zaxirasi tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha oʻquvchilarni tayyorlashda amalga oshiriladigan foizlar miqdori

Oliy sport mahorati

Butun davr

40

25

35

Sport takomillashtirish

Butun davr

30

15

20

Oʻquv-mashq

Butun davr

12

8

10

18. Oʻquvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy tarkibiga va stajyorlarini, respublika va xalqaro sport musobaqalari sovrindorlarini tayyorlash uchun olimpiya zaxiralari kollejlari trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash normativlari miqdorlari eng yuqori hisoblanadi. Bir nafar oʻquvchi uchun trener-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash normativlarining aniq miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi qaror olimpiya zaxiralari kolleji direktori tomonidan, mehnatga haq toʻlashning belgilangan miqdorlari va fondi doirasida qabul qilinadi.
19. Bir nafar oʻquvchi uchun normativlar boʻyicha oʻquv mashgʻulot ishlari uchun olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlashda trener-oʻqituvchining lavozim maoshini ustamalar va qoʻshimcha haqlarsiz hisoblab chiqarish unga belgilangan bazaviy tarif stavkasini uning mehnatiga haq toʻlashning foizlar hisobidagi normativiga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Trener-oʻqituvchi tomonidan bir nechta oʻquvchi tayyorlangan taqdirda ushbu trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash normativi har bir oʻquvchi boʻyicha uning sportdagi yutuqlarini va tayyorlash bosqichlarini hisobga olgan holda, belgilangan normativlar miqdorlarini jamlash yoʻli bilan belgilanadi.
Bunda trener-oʻqituvchining ustama va qoʻshimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining uch yuz foizidan oshmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi olimpiya zaxiralari kollejining yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan oʻquvchilarning (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan) ayrim trener-oʻqituvchilariga bazaviy tarif stavkasi miqdorining besh yuz foizigacha miqdorda lavozim maoshi belgilashi mumkin.
20. Bir nafar oʻquvchi uchun mehnatga haq toʻlash normativi miqdori olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchisiga:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun — oʻquvchi Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajyorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchi jamoa tarkibida boʻladigan butun davrda saqlanib qoladi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (faqat yakkalik) (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) oʻtkazilgungacha saqlanib qoladi;
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (faqat yakkalik) (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va shu kabi keyingi Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari oʻtkazilgungacha, biroq bir yildan koʻp boʻlmagan davrga saqlanib qoladi.
21. Agar olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibi aʼzosi Osiyo oʻyinlari sovrindori boʻlsa), u holda trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori, oʻquvchi yutuqlarini hisobga olgan holda eng yuqori koʻrsatkich boʻyicha tegishli ravishda qayta koʻrib chiqiladi va uning yangidan hisoblab chiqilgan amal qilish muddati belgilanadi.
22. Agar olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi mazkur trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener-oʻqituvchi rahbarligidagi boshqa oʻquv guruhiga, boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazilsa va shu kabi holatlarda) u holda trener-oʻqituvchi mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun oʻquvchi trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran kamayish tomoniga qayta koʻrib chiqiladi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi.
23. Oʻquv guruhiga yil mobaynida boshqa trener-oʻqituvchi rahbarligida, shuningdek, boshqa taʼlim muassasasidan oʻquvchilar safiga qabul qilingan, yuqori sport natijalariga erishgan oʻquvchi oʻtkazilgan olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) kirgan oʻquvchi uchun mazkur trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibiga rasman qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari gʻolib yoki sovrindori boʻlgan oʻquvchi biriktirilgan trener-oʻqituvchi rahbarligida koʻrsatib oʻtilgan musobaqalarda takroran natijaga erishgunga qadar belgilanmaydi;
Boshqa taʼlim muassasasidan oʻquvchilar safiga qabul qilingan oʻquvchi uchun trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash, oʻquvchining sport tayyorgarlik guruhiga mos ravishda rasman oʻquvchilar safiga qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi.
24. Sport tayyorgarlik faoliyatini amalga oshirish, yuqori malakali oʻquvchilarni tayyorlashda samaradorlikni oshirish maqsadida olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin:
oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan oʻquv-mashq jarayoniga bir-biriga yaqin boʻlgan sport turlariga xoreograf, akrobat va sport psixologini jalb etish;
oʻquvchilar bilan oʻquv-mashq jarayonini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida brigadaga birikishi.
Brigadaga jalb qilingan trener-oʻqituvchilar va oʻquvchilar tarkibi olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra olimpiya zaxiralari kolleji direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, brigada ishtirokida erishilgan sport natijasi, ularni tayyorlashdagi mehnatga haq toʻlash meʼyori brigadaning barcha aʼzolariga nisbatan hisoblanishi mumkin.
Brigadaga aʼzo boʻlgan har bir trener-oʻqituvchining oʻquvchini tayyorlashdagi ulushi trener-oʻqituvchilarning umumiy yigʻilishida aniqlanadi va olimpiya zaxiralari kolleji direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
25. Direktor, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, katta instruktor-metodistlar, instruktor-metodistlar oʻzlarining asosiy lavozimi boʻyicha ish vaqti mobaynida, tegishli maʼlumotga va malaka toifasiga ega boʻlgan sport boʻyicha trener-oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan haq toʻlangan holda oʻz olimpiya zaxiralari kollejlarida oʻquv-mashq mashgʻulotlari olib borishlari mumkin. Ularning trener-oʻqituvchilik ishlari hajmi olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchisining belgilangan oʻquv mashgʻulot ishlari hajmining 50 foizidan oshmasligi kerak.
26. Olimpiya zaxiralari kolleji trener-oʻqituvchilarining mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrishi, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni olib borishi, shuningdek, jamoani (oʻquvchini) musobaqaga tayyorlash uchun sarflagan vaqtiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi. Trener-oʻqituvchining sport tadbirlarida (respublika va xalqaro miqyosda) ishtiroki davri uchun oylik ish haqi saqlanib qoladi.
27. Olimpiya zaxiralari kollejining sport turlari boʻyicha katta trener-oʻqituvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida har oylik toʻlovlar belgilanadi.
28. Faxriy unvonga ega boʻlgan trener-oʻqituvchilarga Vazirlar Mahkamasining “Farxiy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga asosan toʻlovlar belgilanadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
29. Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblari qonunchilik hujjatlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va olimpiya zaxiralari kollejiga yetkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
30. Ayrim xodimlarga va trener-oʻqituvchilarga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqish va toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu olimpiya zaxiralari kollejlarining rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
31. Olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlariga va trener-oʻqituvchilarga qoʻshimcha haq va ustamalarni toʻlash ularning ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
32. Olimpiya zaxiralari kolleji ayrim xodimlari va trener-oʻqituvchilariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
6-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kolleji boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining
NAMUNAVIY SHTATLAR JADVALI

T/r

Lavozimlar nomi

Shtat birligi soni

I. Boshqaruv xodimlari

1.

Direktor

1

2.

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

3.

Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

4.

Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

1

5.

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

6.

Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari

1

II. Oʻquv-yordamchi xodimlar

7.

Kotib-ish yurituvchi

1

8.

Kadrlar boʻyicha bosh inspektor

1

9.

Kadrlar va oʻquvchilar boʻyicha inspektor

1

10.

Yuriskonsult

1

11.

Bosh muhandis-energetik

1

12.

Psixolog

1

13.

Sport psixologi

3

14.

Ish yurituvchi

1

15.

Bosh buxgalter

1

16.

Buxgalter

3

17.

Kassir

1

18.

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi

1

19.

Oʻquv boʻlimi mudiri

1

20.

Yoshlar yetakchisi

1

21.

Sport zaxirasini tayyorlash va monitoringini yurituvchi boʻlim katta instruktor-metodisti

1

22.

Instruktor-metodist

8

23.

Sport shifokori (Tibbiyot punkti mudiri)

1

24.

Shifokor-travmatolog

1

25.

Shifokor-pediator (oliy toifali)

1

26.

Shifokor-diyetolog

1

27.

Hamshira (oliy toifali)

2

28.

Hamshira (1-toifali)

2

29.

Uqalovchi

2

30.

Sanitarka (kichik tibbiy xodim)

1

31.

Bosh oshpaz

1

32.

Oshpaz

7

33.

Oshxona ishchisi

4

34.

Idish-tovoq yuvuvchi

4

35.

Yordamchi ishchi

1

36.

Yukchi

1

37.

Ombor mudiri

1

38.

Omborchi

2

39.

Taʼminot boʻyicha agent

1

40.

Katta tarbiyachi

1

41.

Kir yuvish boʻyicha mashinist

2

42.

Kiyim va choyshablarni taʼmirlash boʻyicha tikuvchi

1

43.

Dazmolchi (Gladilshik)

1

44.

Maxsus oyoq kiyimlarini taʼmirlovchi ishchi

1

45.

Bino va inshootlarni tashkil etish, ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash ishlari byicha muhandis

1

46.

Kutubxonachi

2

47.

Video-yozuv operatori

2

48.

Suv uzatish tarmoqlarini taʼmirlovchi ishchi

1

49.

Arxivarius

1

50.

Ovoz operatori

1

Izoh:
1. Ot sporti turi mavjud boʻlgan olimpiya zaxiralari kollejlarining qoʻshimcha shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
2. Olimpiya zaxiralari kollejlarida tibbiy xodimlar shtat birliklari doirasida sport farmakologi lavozimi kiritilishi mumkin.
3. Olimpiya zaxiralari kollejlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish normalari ushbu namunaviy shtatlar ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Olimpiya zaxiralari kolleji boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvaliga
ILOVA
Olimpiya zaxiralari kolleji boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
NORMALARI
1-bob. Umumiy qoida
1. Olimpiya zaxiralari kolleji boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilmagan olimpiya zaxiralari kolleji boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.
2-bob. Olimpiya zaxiralari kollejlarida alohida lavozimlarni kiritish meʼyorlari
2. Olimpiya zaxiralari kollejida oʻquv yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilar soni 300 nafar va undan ortiq boʻlsa — 1,0 birlik boʻlim mudiri lavozimi kiritiladi.
3. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquv rejasida oʻquv-laboratoriya amaliy mashgʻulotlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilish uchun jihozlangan har bir oʻquv-laboratoriya xonasi mavjud boʻlsa — 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi.
4. Olimpiya zaxiralari kollejining lingafon, kompyuter va oʻquv-texnika jihozlari oʻrnatilgan xonalariga xizmat koʻrsatish uchun — 1,0 birlik lingafon, kompyuter va oʻquv-texnika jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi texnik lavozimi kiritiladi.
5. Olimpiya zaxiralari kollejining trener-oʻqituvchilar shtat birligi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi faoliyatini tizimli tashkil etish, ularni boshqarishni yoʻlga qoʻyish va iqtidorli sportchilarni tanlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida, har bir sport turi boʻyicha Bosh trener-seleksioner lavozimi kiritiladi.
6. Olimpiya zaxiralari kolleji tibbiyot punkti uchun har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan tibbiyot punktining navbatchi hamshirasi lavozimi kiritiladi.
7. Olimpiya zaxiralari kollejining garderob xonasidagi mavjud 250 ta va undan ortiq jihozlangan kiyim saqlash joylari uchun — 1,0 birlik garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi mavsumiy 5 oyga kiritiladi.
8. Olimpiya zaxiralari kollejining 2500 kv.m va undan ortiq qoplama toʻshalgan (asfalt, beton, bruschatka) maydonini supurish uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Qoplama toʻshalgan maydonning keyingi har 2500 kv.m uchun 1,0 birlikdan hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
9. Olimpiya zaxiralari kollejining mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga.dan 2,0 ga.gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga. maydon uchun — 1,0 birlik bogʻbon lavozimi kiritiladi. Ijaraga bergan maydoni bundan mustasno.
10. Olimpiya zaxiralari kollejini kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir kirish darvozasi postiga 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda, taʼlim muassasasi hududidan tashqarida joylashgan binolarning ham har bir darvoza posti uchun alohida 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
11. Har bir alohida bino, shu jumladan oʻquvchilar turar joyi, sport inshootlari, futbol stadioni uchun — alohida komendant 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi (ochiq sport maydonlaridan tashqari).
12. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi:
elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va korobka) (taʼlim muassasasi balansida boʻlgan koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, har 700 ta yoritish nuqtalari uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 4,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan xar 2800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
chilangar lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
duradgor lavozimi — olimpiya zaxiralari kolleji binosining foydalaniladigan 3500 kv.m. va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik (taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda) kiritiladi.
Olimpiya zaxiralari kolleji balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
13. Binolarning ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar, majlislar zali va sport zali hamda oʻquv-auditoriya (yotoqxonaning oʻquvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
14. Binolarning ichki qismidagi, sport zallaridagi hojatxona va choʻmilish xonalarini tozalovchi farrosh lavozimi har 50 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
15. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan olimpiya zaxiralari kollejlarida isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼiy nazar) har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq boʻlsa — 2,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 ta pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 ta pech uchun qoʻshimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda) kiritiladi.
16. Olimpiya zaxiralari kollejida har ikkita binoga 1,0 birlikda binoni taʼmirlovchi va kompleks xizmat koʻrsatuvchi ishchi lavozimi kiritiladi.
17. Tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har 25 nafar oʻquvchiga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
18. Olimpiya zaxiralari kollejining har bir alohida joylashgan oʻquvchilar turar joyi uchun ularning har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 4,0 birlik oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda) oʻquvchilar turar joyining navbatchi tarbiyachisi lavozimi kiritiladi.
19. Olimpiya zaxiralari kollejining oʻquvchilar turar joyida 300 nafar va undan ortiq oʻquvchilar istiqomat qilayotgan boʻlsa — 0,5 birlik pasportist lavozimi kiritiladi.
20. Xoʻjalik bekasi lavozimi olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilar turar joyida yashovchi oʻquvchilar soni 150 nafardan 300 nafargacha — 1,0 birlik, 300 nafardan ortik boʻlsa — 2,0 birlik shtat kiritiladi.
21. Liftchi lavozimi bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan har bir lift yoki liftlar guruhiga har bir oʻrin almashish ish vaqtida uchun — 1,0 birlik (biroq 2,5 oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda) kiritiladi.
22. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralar apparatlari, ularga boʻysunuvchi tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari yengil xizmat avtomashinalari cheklangan miqdorlariga muvofiq transport vositalarining cheklangan sonidan (limitidan) kelib chiqib, soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun — 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi.
23. Olimpiya zaxiralari kolleji balansiga kiritilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” musobaqasida va boshqa sport tadbirlarida gʻolib boʻlganlik uchun berilgan transport vositalari uchun taʼlim muassasasining xarajatlar smetasida yoqilgʻi-moylash materiallari uchun mablagʻlar rejalashtirilib, 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi. Taʼlim muassasasi rahbari uchun xizmat avtomashinasi sifatida foydalanilayotgan transport vositalari bundan mustasno.
24. Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilarining turli xil tadbirlarda xavfsiz qatnashishini taʼminlash uchun moʻljallangan maxsus avtotransport (avtobus, mikroavtobus) vositasi mavjud boʻlsa, ularning har biri uchun alohida 1,0 birlik avtobus haydovchisi lavozimi kiritiladi.
25. Sport inshootlari, yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud boʻlgan olimpiya zaxiralari kollejlarida 1,0 birlikdan dezinfektor hamda suvdan har biriga alohida qutqaruvchi, taʼmirlovchi va tozalovchi lavozimlari kiritiladi.
26. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlari nasos stansiyasi operatorlari hamda basseynlari mavjud boʻlgan 1,0 birlikdan operator kecha-kunduz ishlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4,0 birlik operator lavozimi kiritiladi.
27. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlariga alohida xlor bilan ishlov beruvchi 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi.
28. Futbol maydoni mavjud boʻlgan olimpiya zaxiralari kollejida futbol maydonini taʼmirlovchi va tozalovchi uchun — 1,0 birlik shtat birligi kiritiladi.
29. Olimpiya zaxiralari kollejining balansidagi mavjud soz holatdagi traktor texnikasi uchun — 1,0 birlik texnikani boshqarish traktorist lavozimi kiritiladi.
30. Har bir alohida joylashgan sport inshootlari va sport maydonlari uchun tozalovchi, taʼmirlovchi 1,0 birlik shtat birligi lavozimi kiritiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
31. Ushbu Meʼyorlar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilishda, unga olimpiya zaxiralari kollejining asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻquvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) muassasa rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
32. Shtatlar jadvaliga boshqaruv, texnik, xizmat koʻrstuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning kiritilishining toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu taʼlim muassasa rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
33. Shtatlar jadvalini tuzishda olimpiya zaxiralari kollejining yilning 1-yanvar holatidagi roʻyxatida mavjud boʻlgan oʻquvchilar soni hisobga olinadi va u oʻquvchilar soni oʻzgarishiga koʻra yilning 1-sentabrdagi holati boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
7-ILOVA
Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat
NORMASI

T/r

Mahsulotlar nomi

Gramm

(brutto)

1.

Bugʻdoy noni, 1-nav

600

2.

Bugʻdoy uni, 1-nav

30

3.

Yorma, makaron mahsulotlari

160

4.

Qand-shakar

100

5.

Asal

30

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

120

7.

Sariyogʻ

80

8.

Oʻsimlik yogʻi

30

9.

Sut-qatiq

600

10.

Qaymoq

50

11.

Tvorog

100

12.

Pishloq

50

13.

Goʻsht, parranda goʻshti

410

14.

Kolbasa mahsulotlari

70

15.

Baliq

100

16.

Tuxum (dona)

2

17.

Kartoshka

500

18.

Sabzavotlar, shu jumladan, pomidor pastasi

700

19.

Meva-rezavorlar, sharbatlar, vitaminli ichimliklar

800

20.

Quruq mevalar, shu jumladan, naʼmatak 5 gr, bargak

50

21.

Choy

3

22.

Kakao

5

23.

Yodlangan tuz

10

24.

Xamirturush

1

25.

Mineral suv

500

26.

Bugʻdoy maysalari kukuni mahsuloti

3

Oqsillar

231,8

Yogʻlar

228,8

Uglevodlar

957,9

Kaloriyasi

6693,8

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
a) 1-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Lavozimlar nomi” ustunida “instruktor-metodisti” soʻzlaridan keyin “, sport psixologi” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 2-ilovaning 2.7-pozitsiyasidagi “Lavozimlar nomi” ustunida “direktorining oʻrinbosari” soʻzlaridan keyin “, filial direktorlari” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 43-modda) 1-bandidan toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 102-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Taʼlim muassasalarining sport inshootlari oʻquv mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtda, ularni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha investitsiya majburiyatini olgan tadbirkorlik subyektlariga (amalga oshirilgan ishlarining qiymatidan kelib chiqib) ijara toʻlovlarisiz foydalanishga beriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 9-son, 50-modda):
62-bandning birinchi xatboshisidan “yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli va kamida uch yil trener-oʻqituvchilik tajribasiga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
64-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga ishga qabul qilinadigan futbol va regbi boʻyicha trenerlikka nomzodlar majburiy tartibda tegishlicha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bilan kelishiladi”;
28-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Quyidagi hollarda, sport muassasalarining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, oʻquvchi-sportchilarni tayyorlashni bevosita amalga oshiradigan trener-oʻqituvchilarga bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik mukofot puli toʻlanadi:
sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda, yaʼni u boshqa yuqori darajadagi sport taʼlimi muassasasiga oʻtkazilganda;
futbol trenerlari tomonidan tarbiyalangan oʻquvchi-sportchi milliy terma jamoa va professional futbol klublari aʼzoligiga oʻtganda”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari oʻtkazilishi yakunlari toʻgʻrisida” 2014-yil 1-iyuldagi 175-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 27-son, 328-modda) 8-bandidagi “ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida” soʻzlari “kollejlarida” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2015-yil 3-martdagi 41-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 9-son, 101-modda) 3-bandi yettinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 331-son qaroriga 2-ilovada:
a) 7-pozitsiyaning birinchi xatboshisi “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “olimpiya zaxiralariga ixtisoslashgan maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14 va 31-pozitsiyalarning “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “maxsus maktab-internatlarini” soʻzlari “kollejlarini” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 17 va 29-pozitsiyalarning “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “maxsus maktab-internatlari” soʻzlari “kollejlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 30-pozitsiyaning “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “maxsus maktab-internatlarining” soʻzlari “kollejlarining” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorida:
“a” kichik bandning sakkizinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 131-band qoʻshilsin:
“131. Quyidagilar:
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga;
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga;
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) quyidagi mazmundagi 4, 5, 6-ilovalar bilan qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga
4-ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining (keyingi oʻrinlarda — maktab-internat) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Maktab-internat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya va milliy turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi.
3. Maktab-internat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
Maktab-internat ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
4. Maktab-internatning oʻquvchilar soni 350 nafarni tashkil etib, ular 5 — 11-sinflarda oʻqitiladi.
5. Maktab-internat yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maktab-internatga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi.
2-bob. Maktab-internatning maqsadi va asosiy vazifalari
7. Maktab-internatning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli oʻqitish, har tomonlama kamol toptirish va ularning sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini taʼminlash;
yosh sportchilarni istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda oʻz Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy anʼanalarni hurmat qilish tuygʻusini shakllantirish.
8. Maktab-internatning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, sport taʼlim muassasalari yoki sport klublaridan dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan hamda sport bilan shugʻullanishga iqtidori boʻlgan, maktab-internatda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar oʻrtasida tanlov asosida maktab-internatda oʻqishni davom ettirish uchun tanlab olish;
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
oʻquvchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur va yetarli boʻlgan kasbiy moyilligini, mahorati va koʻnikmalari chuqur rivojlantirilishini taʼminlash, sport tayyorgarligi taʼlimining navbatdagi bosqichlarida oʻqishini, shuningdek egallangan mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishni davom ettirish;
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni taʼminlash;
davlat taʼlim standarti doirasida umumtaʼlim oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
oʻquv-tarbiya jarayonining sogʻlomlashtiruvchi yoʻnalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, sogʻlom turmush tarzi normalarini joriy etish.
3-bob. Maktab-internatning huquqlari va majburiyatlari
9. Maktab-internat quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda boshqa tashkilotlar orqali xalqaro musobaqalarda qatnashish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq chet el mamlakatlarida oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish;
maktab-internatning trener-oʻqituvchilar tarkibi xodimlarini va sportchilarini almashish, qoʻshma sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar va shu kabilarni oʻtkazish boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish;
qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish.
10. Maktab-internat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
11. Maktab-internat Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq xorijga (tajriba almashish, tajriba orttirish, turli tadbirlar, musobaqalar, olimpiadalar va shu kabilarda qatnashish maqsadida) yuborish uchun sportchilar va trenerlar tanlashni amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
12. Maktab-internatda oʻquv jarayoni davlat taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasiga asosan amalga oshiriladi.
13. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
14. Oʻquv yili 2-sentabrda boshlanadi va oʻquv rejasiga muvofiq tugallanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan 2022-yil 3-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son)
16. Maktab-internat oʻquv rejasi oʻquv, oʻquv-mashq mashgʻulotlari, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
Oʻquv dasturlari oʻquv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
oʻquv darsi — bu oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlib, taʼlimiy vaziyat, taʼlim ishtirokchilarining oʻzaro bogʻliqlik shakli, taʼlimning maqsadi, mazmuni metod va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizimdir;
maʼruza — oʻqitishni tashkil etishning yetakchi shakli boʻlib, oʻquvchilarni oʻquv materialining asosiy holatlariga, oʻquvchilarni yoʻnaltiruvchanlik, axborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;
seminar — taʼlim beruvchini taʼlim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yoʻnaltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni taʼminlovchi mashgʻulot shakli;
laboratoriya ishi — oʻquvchilar tomonidan mustaqil ravishda eksperimentlar oʻtkazgan holda fanlarni oʻzlashtirishi. Tajribalar shaxsiy yoki guruhga boʻlingan holda tashkil etilishi mumkin;
mustaqil tayyorgarlik — oʻquvchilar tomonidan oʻqituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maxsus oʻquv materiallarini oʻzlashtirish maqsadida qoʻllaniladigan oʻquv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda ogʻzaki yoki yozma ravishda qoʻllanilishi mumkin;
amaliy mashgʻulot — oʻqituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga oʻrgatish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida oʻtkaziladi.
Guruhda va yakka tartibdagi oʻquv-mashq mashgʻulotlarida, oʻquv-mashq yigʻinlarida, musobaqalarda qatnashish oʻquv-tarbiya jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi.
17. Taʼlim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan maktab-internatining bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mazkur nizomga ilova muvofiq shaklda oʻrta-maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Oʻrta-maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom maktab-internat bitiruvchisiga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
19. Maktab-internatda oʻqish, sport tayyorgarlik, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha faoliyati, oʻquvchilar yashash sharoitlari, shuningdek ularning taʼminoti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Maktab-internat oʻquvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida taʼtil vaqtida 60 kun davom etadigan oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkazgan holda oʻquvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
21. Maktab-internatga qabul qilingan oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
umumtaʼlim va maxsus sport fanlari boʻyicha oʻqish;
oʻquv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
maktab-internatning oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq oziq-ovqat bilan taʼminlanish (istemol etish);
maktab-internat moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
oʻquvchilar turar joyida bepul yashash;
belgilangan tartibda oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish.
22. Maktab-internatda oʻquvchilar oʻquv sinflarida 25 nafardan iborat boʻladi. Oʻquvchilar umumtaʼlim va maxsus fanlar oʻqitish boʻyicha sinflarga, sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha esa — sport boʻlimlariga birlashadi.
23. Umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlariga muvofiq tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarni navbatdagi sinfga oʻtkazish maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
24. Oʻquvchilar:
boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishda, shu jumladan, oʻquvchilarning oʻz tashabbusi bilan koʻchirishda (oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
tegishli sport normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda va tibbiy nomuvofiqlik holatlarida;
oʻquv intizomi va maktab-internat ichki tartib qoidalari buzilganda, shu jumladan, axloqsizlik, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, shu jumladan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilganda hamda sport bilan shugʻullanish uchun ruxsat etilmaydigan tibbiy nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda oʻquv yili davomida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktab-internatdan chetlatiladi.
25. Maktab-internat oʻquvchilarining sport tayyorgarlik darajasi oʻsib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirish, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etish, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻquv yili davomida ikki marotaba ichki attestatsiya oʻtkaziladi.
26 Oʻquv yili davomida turli sabablarga koʻra oʻquvchilar safidan chiqarilganlar oʻrni umumiy oʻquvchilar kontingentidan chiqmagan holda, chorak yakuni boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar hisobidan toʻldiriladi.
5-bob. Maktab-internatni boshqarish
27. Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
28. Maktab-internatga jismoniy tarbiya va sport sohasida tegishli oliy maʼlumotga va sport-taʼlim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega shaxslar orasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
29. Direktor:
maktab-internat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trener-oʻqituvchilar va oʻqituvchilar tarkibining tarif jadvalini tasdiqlaydi;
maktab-internat nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
maktab-internat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va taʼlim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida maktab-internat oʻquvchilari va barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
maktab-internatning oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, oʻquv-mashq va oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trener-oʻqituvchilar bilan butlash hamda maktab-internat faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha ayrim masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi tegishli organlariga takliflar kiritadi;
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi va ularni bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
30. Maktab-internatda direktor huzuridagi kollegial organ hisoblanadigan pedagogika va trenerlar kengashi tashkil etiladi.
Pedagogika va trenerlar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari maktab-internat ustavida belgilanadi.
31. Maktab-internatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat boʻladigan vasiylik kengashi tuziladi.
32. Maktab-internatni attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Taʼlim jarayoni qatnashchilari
33. Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibi, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari va oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) maktab-internat taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
34. Maktab-internat oʻquvchilari davlat taʼlim standartlariga muvofiq bepul taʼlim olish, qoʻshimcha taʼlim xizmatlaridan foydalanish, taʼlim muassasasining ustavida belgilangan shaklda taʼlim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Maktab-internat oʻquvchilari maktab-internatning ustaviga rioya qilishlari shart.
35. Tegishli kasb taʼlimiga, kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan va yuksak axloqiy fazilatli shaxslar maktab-internatda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega. Sud qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan hamda ularning sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar maktab-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga qoʻyilmaydi.
36. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarni va tibbiyot xodimlarini maktab-internatga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Maktab-internatning oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarini va tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilarning pedagogik yuklamasi qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
39. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40. Pedagog xodimlar va trener-oʻqituvchilarning huquqlari va vazifalari qonun hujjatlariga va maktab-internat ustaviga muvofiq belgilanadi.
41. Oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) maktab-internatning taʼlim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.
7-bob. Tibbiy-biologik taʼminlash
42. Tibbiyot xodimlari trener-oʻqituvchilar bilan birgalikda sport mashgʻulotlari, oʻquv-mashq yigʻinlari, musobaqalar, dam olish davrida maktab-internat oʻquvchilarini tibbiy nazoratdan oʻtkazadilar. Trener-oʻqituvchilar tibbiy kuzatuvlar natijalaridan sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.
43. Maktab-internat oʻquvchilarini tibbiy taʼminlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega boʻladi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarni tanlab olish va ularning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qoʻyish, davolash-profilaktika tadbirlari va sportchilarning salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish uchun maktab-internatga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori-darmonlar bilan taʼminlaydi.
8-bob. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy va moddiy taʼminlash
45. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy taʼminlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
taʼlim xizmatlarini amalga oshirishdan, pedagogika, ishlab chiqarish va maktab-internatning ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
maktab-internat oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
46. Maktab-internat belgilangan tartibda tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
47. Maktab-internat xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
48. Maktab-internat oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida amalga oshiradi.
49. Maktab-internatning mablagʻlari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning xoʻjalik tasarrufida boʻladi va ulardan ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
50. Maktab-internat belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
51. Maktab-internatda xoʻjalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Yakuniy qoida
52. Maktab-internatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat
NAMUNASI
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati diplomining
TAVSIFI
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati diplomi namunasi 150 x 100 mm oʻlchovda toʻq-koʻk (aʼlo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan.
Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BOʻYICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” soʻzlari yozilgan. Aʼlo darajali diplomlar uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BOʻYICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI” va “GOVERNMENTAL SPECIALIZED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC AND NATIONAL SPORT” soʻzlaridan quyida davlat tilida “Aʼlo darajali” va ingliz tilida “With honourʻs” soʻzlari yoziladi.
Diplomning ichki varaq oʻlchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, boʻyoqlar soni “oddiy” — 4+№, “aʼlo darajali” — 5+№. Diplomning har ikki varagʻida sakkizta pozitsiyada: I harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — toʻq-koʻk, “aʼlo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. Toʻgʻri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qogʻoz qatlami asosi polivinilxlorid) toʻq-koʻk va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170+20 mkm.
Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda, diametri 45 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BOʻYICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yoʻli bilan yoziladi.
Qogʻoz tafsiloti: qogʻoz — 100% paxta, qalinligi 140+5 g/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri; yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi; koʻrinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz koʻrinadi; koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti: bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi; ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa koʻchirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; tangir setkalarining biri “iris” effektini qoʻllash bilan chop etiladi, yaʼni markazda yashil rangdan chetlari boʻyicha havo rangga ravon oʻtadi; ichki varaq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi; blankaning toʻrt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi.
Qalbakilikdan nusxa koʻchirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi; kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BOʻYICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI” soʻz birikmasidan iborat.
Kichik matn yuqori qismida “GOVERNMENTAL SPECIALIZED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC AND NATIONAL SPORT” soʻzi “DIPLOM” soʻzi ostida oʻng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi; seriya “I” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BOʻYICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI
‎ I № 0000000

____________________________________________________________________________

(ismi, otasining ismi, familiyasi)

______ yilda__________________________________________________________________

(olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati nomi)

ga kirib, ________ yilda_________________________________________________________
‎‎_______________ning toʻla kursini________________________________________________
‎_________________________________________________yoʻnalishi boʻyicha tamomladi. Davlat attestatsiya komissiyasining 20__ yil “____”______dagi qaroriga binoan unga ________
‎________________________________________________________________ kasbi berildi.

Davlat attestatsiya komissiyasi raisi

Direktor
‎Kotib

M.Oʻ
_________shahri (tumani), ____ yil‎

Roʻyxat raqami_______

‎‎Diplomning ichki oʻng tarafiga

TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
‎ DIPLOMA OF GOVERNMENTAL SPECIALIZED BOARDING SCHOOL
‎ OF OLYMPIC AND NATIONAL SPORT

‎I № 0000000

____________________________________________________________________________

(full name)

in 20__ entered________________________________________________________________

(name of governmental specialized boarding school of olympic and national sport)

____________________________________________________________________________
‎_____________________ and in 20___completed a full course offered by the ______________
‎____________________________________________________________________________

(name of governmental specialized boarding school of olympic and national sport)

____________________________________________________________________________

By the decision of the State Attestation Commission on “______”________20__________

‎He/she is qualified as a _________________________________________________________

(name of profession)

____________________________________________________________________________
‎_____________________ and has the following qualification:___________________________

(Seal)

Chairman of the State Attestation Commission‎

Director Secretary

______City(district)____20__year

Registration Number____

‎‎Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi diplomiga koʻchirma varaq:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

OLIMPIYA VA MILLIY SPORT TURLARI BOʻYICHA DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI DIRLOMIGA ILOVA
‎_________ RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA
‎(dirlomsiz kuchga ega emas)

____________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__yilda______________________________________________________________ga kirib

(olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati nomi)

20__yilda____________________________________________________________________

(olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati nomi)

Maktab-internatini tamomladi va oʻqish davrida quyidagi fanlarni oʻrgandi hamda ushbu baholarni oldi:

T/r

Fanlar nomi

Oʻquv rejasida belgilangan soatlar miqdori

‎‎‎‎Toʻplangan reyting ballari

1‎

2

3

4

I. UMUMTAʼLIM FANLARI

1.‎

Ona tili va adabiyot

2.‎

Oʻzbek tili/rus tili

3.‎

Chet tili

4.‎

Tarix

5.‎

Davlat va huquq asoslari

6.‎

Vatan tuyg`usi

7.‎

Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari

8.‎

Matematika

9.‎

Informatika va axborot texnologiyalari

10.‎

Fizika va astronomiya

11.

Kimyo

12.‎

Biologiya

13.‎

Geografiya

14.‎

Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlik asoslari

15.‎

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik

II. MAXSUS FANLAR

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.

‎‎ ‎‎ ‎‎

III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI

1.‎

2.‎

3.‎

4.

‎‎ ‎‎ ‎‎
Maktab-internat direktori
‎Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari
‎20___ yil “___” __________da berildi
‎Roʻyxatga olish raqami ____________
‎‎
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga
5-ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu Nizom olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi oʻrinlarda — maktab-internat) oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish tartibini belgilaydi.
2-bob. Maktab-internatga oʻquvchilarni qabul qilish
2. Maktab-internatga bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport taʼlim muassasalarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan hamda sport bilan shugʻullanishga iqtidori boʻlgan hamda maktab-internatda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
3. Oʻquvchilar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 5-sinfdan qabul qilinadi. Sport turlari boʻyicha oʻquvchilar kontingenti Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktab-internatga oʻquvchilar tanlov shartlari boʻyicha oʻzlashtirish tabeli asosida qabul qilinadi.
4. Maktab-internatga oʻquvchilar qabulini samarali tashkil qilish maqsadida taʼlim muassasasida qabul komissiyasi tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi belgilanadi.
Qabul komissiyasi aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
5. Hujjatlar 20-iyun — 20-iyul (shu kun ham) mobaynida qabul qilinadi.
6. Oʻqishga kiruvchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan maktab-internat direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (guvohnomaning asli qabul komissiyasiga shaxsan koʻrsatiladi), takroran berilgan hollarda tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
tibbiy maʼlumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyurografiya, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, psixonevrologik dispanserdan maʼlumotnoma, yakka kurash turlari uchun umurtqa pogʻonasining koʻkrak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi);
turar joyidan maʼlumotnoma;
3,5 x 4,5 hajmdagi 8 ta rangli fotosurat.
7. Hujjatlar qabul komissiyasiga oʻqishga kiruvchi tomonidan shaxsan taqdim etiladi.
8. Mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda qabul komissiyasi oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ikki turda: umumiy hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida amalga oshiriladi.
10. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 balli tizim boʻyicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
11. Sport turlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oʻquvchilarni qabul qilish uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi ish faoliyatini nazorat qilib borish maqsadida sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar, oliy sport mahorati maktablari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vakili, sport taʼlim muassasalari xodimlaridan iborat boʻlgan ishchi guruh shakllantirilishi mumkin.
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 21-iyul — 28-iyul mobaynida oʻtkaziladi.
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 1-avgust kuni eʼlon qilinadi. Imtihondan oʻtmagan oʻquvchilarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
15. Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib va sovrindorlari, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzoligiga hamda ularning zaxirasiga kirgan sportchilar maktab-internat oʻquvchilari safiga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
16. Qabul komissiyasi qarori asosida oʻquvchilarni qabul qilish toʻgʻrisida maktab-internat direktori tomonidan buyruq chiqariladi va oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Maktab-internatga oʻquvchilarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, oʻquvchilar qabulini oshkora va demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida videokuzatuvga olib (yozib) boriladi va ommaviy axborot vositalari jalb qilinishi mumkin.
18. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan keyin uch kun muddatda maktab-internatning qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish uchun uch kishidan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon materiallarini koʻrib chiqib, qabul komissiyasiga yozma hisobot topshiradi.
4-bob. Maktab-internat oʻquvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish
19. Maktab-internat oʻquvchilari oʻquv yili davomida ikki marotaba (har ikki chorakda bir marta) fanlarni oʻzlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga oʻtkazish hamda oʻtkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish direktor buyrugʻi asosida tuzilgan attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
20. Attestatsiya maktab-internat oʻquvchisining oʻquv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq oʻtkazilgan sport musobaqalarida erishgan natijalari, oʻquv rejada belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
21. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari 7 — 9 kishini tashkil etadi, maktab-internat direktori — attestatsiya komissiyasi raisi, sport ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari — attestatsiya komissiyasi masʼul kotibi, taʼlim muassasaning kasaba uyushmasi qoʻmita raisi, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, sinf rahbarlari, trenerlar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga sport taʼlim muassasalari va sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar mutaxassislari hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vakili jalb qilinishi mumkin.
22. Sport turlari boʻyicha trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarning attestatsiyaga oid maʼlumotlari va hujjatlarini toʻplaydi hamda attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
23. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
yil (oʻquv yili) davomida erishgan natijalari;
yil boshidagi va attestatsiya oʻtkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va sportchi koʻrsatgan natija tahlili;
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
koʻrsatgan eng yaxshi natijasi;
trenerlar jamoasining tavsiyasi;
yil (oʻquv yili) davomida umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʻzlashtirishi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquvchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
sogʻligʻi toʻgʻrisida vrach xulosasi.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtuvchining faoliyatiga oid qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash huquqiga ega.
24. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida 3 — 5 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan oʻtuvchining sport, maʼnaviy-maʼrifiy va oʻqish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida maʼlumotnoma — attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
25. Attestatsiya varaqasi sport turlari boʻyicha katta treneri, sportchining shaxsiy treneri, boʻlim uslubchisi, boʻlim tarbiyachisi, sinf rahbari va boʻlim vrachi tomonidan imzolanadi.
26. Toʻplangan hujjatlar asosida oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi. Zarur hollarda audio yoki videoga tushiriladi.
27. Attestatsiya natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyasining qarori uning aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varagʻiga yoziladi va attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan soʻng eʼlon qilinadi.
29. Attestatsiya natijalariga koʻra komissiya quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi: “Maktab-internatida oʻqishga loyiq” yoki “Maktab-internatida oʻqishga noloyiq”.
30. Attestatsiya komissiyasi qarori bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi.
31. Attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan oʻtkazish boshqa muddatga koʻchiriladi va oʻquvchiga maktab-internat tomonidan maʼlum qilinadi.
32. Attestatsiya yakunlariga koʻra oʻquvchilar safidan chiqarilgan oʻquvchilar oʻrniga umumiy oʻquvchilar kontingentidan chiqmagan holda, oʻquv yilining har choragi davomida iqtidorli oʻquvchilar oʻrnatilgan tartibda qabul qilinadi.
5-bob. Oʻquvchining oʻqishini maktab-internatdan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish
33. Oʻquvchining oʻqishini maktab-internatdan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) oʻz xohishiga koʻra (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
b) attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra;
v) tibbiy nomuvofiqlik boʻlganda — vrach xulosasiga koʻra;
g) oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilgan taqdirda — pedagogik kengashning qaroriga muvofiq.
Mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan hollarda oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishda oʻquvchi yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
34. Oʻquvchilar safidan chiqarilgan oʻquvchi oʻqishini doimiy turar joyi boʻyicha umumtaʼlim maktabida davom ettiradi.
6-bob. Yakuniy qoida
35. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
36. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga
6-ILOVA
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida (keyingi oʻrinlarda — maktab-internat) oʻquvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Maktab-internat oʻquvchilari sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq, ota-onalar toʻlovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda, bepul (imtiyozli) oziq-ovqat bilan taʼminlanadilar.
3. Taʼtillar davrida (60 kungacha) maktab-internat oʻquvchilari uchun oʻtkaziladigan oʻquv-mashq yigʻinlari vaqtida oʻquvchilar oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlanadilar.
2-bob. Ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi
4. Maktab-internatlarga ota-onalar toʻlovi ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va maktab-internat maʼmuriyati oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida toʻlanadi.
5. Maktab-internatga ota-onalar toʻlovi har oyda, toʻlanadigan joriy oyning oʻninchi kunidan kechikmay toʻlanadi. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) xohishiga koʻra ota-onalar toʻlovi yanada uzoq muddatlar uchun toʻlanishi mumkin.
Ota-onalar toʻlovi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatdan keyin bir hafta mobaynida toʻlanmagan taqdirda maktab-internat oʻquvchisiga tekin (imtiyozli) oziq-ovqat berish toʻlov toʻlanadigan vaqtgacha toʻxtatiladi.
6. Ota-onalar toʻlovi bankka toʻlanadi va maktab-internatga toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi (kvitansiyasi) taqdim etiladi.
Ota-onalar toʻlovi pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlangan taqdirda maktab-internatga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi bilan) taqdim etiladi.
7. Maktab-internat boʻyicha ota-onalar toʻlovi tegishli hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan foydalanish uchun maktab-internatning gʻaznachilik boʻlinmalaridagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
3-bob. Maktab-internatlarda ota-onalar toʻlovini hisoblash
8. Maktab-internatda ota-onalar toʻlovi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.
Maktab-internatga ota-onalar toʻlovining bir kunlik miqdorini hisoblash ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning bir oylik toʻlovi miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq maktab-internatning oylik ish jadvali boʻyicha ish kunlari soniga taqsimlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
9. Maktab-internat oʻquvchisi oʻzining yoki oila aʼzolarining (u parvarish qilishga majbur boʻlgan) kasalligi sababli maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlov ota-onalar toʻlovini keyingi toʻlash chogʻida oʻquvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani chegirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Bunda oʻquvchining yoki uning oila aʼzolarining kasalligi (karantin) sababli maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash muassasasi bergan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi kerak.
10. Maktab-internat oʻquvchisi oʻquv yili davomida sport turlari boʻyicha terma jamoa tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federatsiya (uyushma) yoki boshqa mablagʻlar hisobidan maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan oʻquv-mashq yigʻinlariga jalb etilganda ovqatlanish tabeliga kiritilmaydi va ota-onalar toʻlovi hisoblanmaydi.
Oʻquvchining oʻquv-mashq yigʻinlari davri uchun toʻlov ota-onalar toʻlovini keyingi toʻlash chogʻida oʻquvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq chegirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Oʻquvchi maktab-internatiga kelmagan boshqa barcha holatlarda ota-onalar toʻlovi umumiy asoslar boʻyicha undiriladi.
11. Maktab-internat oʻquvchilariga bepul (imtiyozli) ovqatlanish uchun ota-onalar toʻlovi maktab-internat direktori tomonidan tasdiqlangan buyruqqa asosan tarbiyachi yoki guruh rahbari tomonidan direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida taqdim etilgan ovqatlanish uchun kunlik tabel asosida hisoblanadi.
12. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻquvchi maktab-internatga kelishi boshqa taʼlim muassasasiga oʻtishi munosabati bilan toʻxtashidan kamida bir hafta oldin bu toʻgʻrisida maktab-internat maʼmuriyatini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Maktab-internat xabardor qilinmagan taqdirda ota-onalar toʻlovi sifatida toʻlangan toʻlov qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarib berilmaydi.
13. Ota-onalar toʻlovi sifatida toʻlangan mablagʻlarni ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) qaytarib berish tegishli summani ota-onalardan (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan) birining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4-bob. Maktab-internat oʻquvchilarini ota-onalar toʻlovidan ozod qilish tartibi
14. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan kam taʼminlangan oila toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma oʻquvchilarni ota-onalar toʻlovidan ozod qilish uchun asos hisoblanadi.
Ushbu hujjat koʻrib chiqish uchun maktab-internatga taqdim etiladi.
15. Kam taʼminlangan oilalarning ota-onalar toʻlovidan (rejalashtirilayotgan oʻquvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) ozod qilinayotgan oʻquvchilari roʻyxati moliya yili boshlangungacha, ota-onalar kengashi yigʻilishi bayonnomasi asosida maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Bunda kam taʼminlangan oilalarning ota-onasi (ulardan biri yoki ikkalasi ham) I yoki II guruh nogironlari boʻlgan oʻquvchilari ota-onalar toʻlovidan birinchi navbatda ozod qilinadilar.
16. Kam taʼminlangan oila roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchi maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilganda uning oʻrniga umumiy kam taʼminlangan oila roʻyxatida boʻlgan, lekin kam taʼminlangan oila sifatida ota-onalar toʻlovidan ozod etilganlar roʻyxatiga kiritilmagan oʻquvchi keyingi oydan roʻyxatga kiritiladi va ota-ona toʻlovidan ozod etiladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan oʻquvchilar direktorning buyrugʻiga asosan sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibida boʻlgan davrda ota-ona toʻlovidan ozod etiladi.
18. Maktab-internatga ota-onalar toʻlovi boʻyicha mablagʻlarni hisoblash va tushishining buxgalteriya hisobi tegishli maktab-internatning buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
19. Maktab-internatlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari ota-onalar toʻlovidan tushadigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
20. Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/355/0589-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida:
a) 4-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 8-pozitsiyasidagi “ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotganQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi 418-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” soʻzlari “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 820-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi mavjud oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarining pedagogik amaliyot oʻtashi belgilangan muassasalar roʻyxatining 1-pozitsiyasi “Pedagogik amaliyotga yuboriladigan muassasalar nomi” ustunidagi “Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati” soʻzlari “Andijon olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 90-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2024-yillarda bosqichma-bosqich tashkil etiladigan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining filiallari roʻyxatining 11 va 12-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Sirdaryo viloyati

11.

Xovos tumani 2-sonli BOʻSM

2020-yil

12.

Boyovut tumani 2-sonli BOʻSM

2022 yil

.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 8-son, 208-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 15-yanvardagi 32-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 1-son, 6-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga respublika oliy sport mahorati maktablari va maktab-internatlarining faoliyatini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyuldagi 583-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 7-son, 162-modda) ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 20.11.2020-y., 09/20/735/1580-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son; 05.07.2022-y., 09/22/355/0589-son; 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son)