toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son farmonlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek sportning olimpiya va milliy turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga;
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga;
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 5-ilovaga;
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 6-ilovaga;
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari toʻgʻrisida nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari huzurida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish va ularda oʻquv-mashq jarayonini 2020/2021 oʻquv yilidan amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
3. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 2018/2019 va 2019/2020 oʻquv yillari uchun oʻquvchilar soni 600 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining oʻquvchilar soni 750 nafar etib belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
4. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 6-sinfga oʻqishga qabul qilish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tashkil etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-avgust,
660-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
1-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Maktab-internat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya va milliy turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi.
3. Maktab-internat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
Maktab-internat ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
4. Maktab-internatning oʻquvchilar soni 550 nafarni tashkil etib, ular 6 — 11-sinflarda oʻqitiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining oʻquvchilari soni 700 nafarni, Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining oʻquvchilari soni 600 nafarni tashkil etadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
5. Maktab-internat yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisob raqamlari va bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maktab-internatga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi.
2-bob. Maktab-internatning maqsadi va asosiy vazifalari
7. Quyidagilar maktab-internatning maqsadi hisoblanadi:
oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli oʻqitish, har tomonlama kamol toptirish va ularning sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini taʼminlash;
yosh sportchilarni istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda oʻz Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy anʼanalarni hurmat qilish tuygʻusini shakllantirish.
8. Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, sport taʼlim muassasalari yoki sport klublaridan dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan hamda sport bilan shugʻullanishga iqtidori boʻlgan, maktab-internatda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar oʻrtasida tanlov asosida maktab-internatda oʻqishni davom ettirish uchun tanlab olish;
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
oʻquvchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur va yetarli boʻlgan kasbiy moyilligini, mahorati va koʻnikmalari chuqur rivojlantirilishini taʼminlash, sport tayyorgarligi taʼlimining navbatdagi bosqichlarida oʻqishini, shuningdek egallangan mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishni davom ettirish;
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni taʼminlash;
davlat taʼlim standarti doirasida umumtaʼlim oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
oʻquv-tarbiya jarayonining sogʻlomlashtiruvchi yoʻnalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, sogʻlom turmush tarzi normalarini joriy etish.
3-bob. Maktab-internatning huquqlari
9. Maktab-internat quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda boshqa tashkilotlar orqali xalqaro musobaqalarda qatnashish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq chet el mamlakatlarida oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish;
maktab-internatning trener-oʻqituvchilar tarkibi xodimlarini va sportchilarini almashish, qoʻshma sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar va shu kabilarni oʻtkazish boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish;
qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish.
10. Maktab-internat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
11. Maktab-internat Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq xorijga (tajriba almashish, tajriba orttirish, turli tadbirlar, musobaqalar, olimpiadalar va shu kabilarda qatnashish maqsadida) yuborish uchun sportchilar va trenerlar tanlashni amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
12. Maktab-internatda oʻquv jarayoni davlat taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasiga asosan amalga oshiriladi.
13. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
14. Oʻquv yili 2-sentabrda boshlanadi va oʻquv rejasiga muvofiq tugallanadi.
15. Maktab-internatda oʻqish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Oʻquv mashgʻulotlarining qancha davom etishi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari davlat taʼlim standartlariga muvofiq belgilanadi.
16. Maktab-internat oʻquv rejasi oʻquv, oʻquv-mashq mashgʻulotlari, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
Oʻquv dasturlari oʻquv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
oʻquv darsi — bu oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlib, taʼlimiy vaziyat, taʼlim ishtirokchilarining oʻzaro bogʻliqlik shakli, taʼlimning maqsadi, mazmuni metod va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizimdir;
maʼruza — oʻqitishni tashkil etishning yetakchi shakli boʻlib, oʻquvchilarni oʻquv materialining asosiy holatlariga, oʻquvchilarni yoʻnaltiruvchanlik, axborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;
seminar — taʼlim beruvchini taʼlim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yoʻnaltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni taʼminlovchi mashgʻulot shakli;
laboratoriya ishi — oʻquvchilar tomonidan mustaqil ravishda eksperimentlar oʻtkazgan holda fanlarni oʻzlashtirishi. Tajribalar shaxsiy yoki guruhga boʻlingan holda tashkil etilishi mumkin;
mustaqil tayyorgarlik — oʻquvchilar tomonidan oʻqituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maxsus oʻquv materiallarini oʻzlashtirish maqsadida qoʻllaniladigan oʻquv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda ogʻzaki yoki yozma ravishda qoʻllanilishi mumkin;
amaliy mashgʻulot — oʻqituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga oʻrgatish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida oʻtkaziladi.
Guruhda va yakka tartibdagi oʻquv-mashq mashgʻulotlarida, oʻquv-mashq yigʻinlarida, musobaqalarda qatnashish oʻquv-tarbiya jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi.
17. Taʼlim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan maktab-internatning bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mazkur Nizomga ilovadagi shaklga muvofiq oʻrta-maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Oʻrta-maxsus maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom maktab-internat bitiruvchisiga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
19. Maktab-internatda oʻqish, sport tayyorgarlik, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha faoliyati, oʻquvchilar yashash sharoitlari, shuningdek ularning taʼminoti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Maktab-internat oʻquvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida taʼtil vaqtida 60 kun davom etadigan oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkazgan holda oʻquvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
21. Maktab-internatga qabul qilingan oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
umumtaʼlim va maxsus sport fanlari boʻyicha oʻqish;
oʻquv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
maktab-internatning oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq oziq-ovqat bilan taʼminlanish (istemol etish);
maktab-internat moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
oʻquvchilar turar joyida bepul yashash;
belgilangan tartibda oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish.
22. Maktab-internatda oʻquvchilar oʻquv sinflarida 25 nafardan iborat boʻladi. Oʻquvchilar umumtaʼlim va maxsus fanlar oʻqitish boʻyicha sinflarga, sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha esa — sport boʻlimlariga birlashadi.
23. Umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlariga muvofiq tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarni navbatdagi sinfga oʻtkazish maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
24. Oʻquvchilar:
boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishda, shu jumladan, oʻquvchilarning oʻz tashabbusi bilan koʻchirishda (oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
tegishli sport normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda va tibbiy nomuvofiqlik holatlarida;
oʻquv intizomi va maktab-internat ichki tartib qoidalari buzilganda, shu jumladan, axloqsizlik, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, shu jumladan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilganda hamda sport bilan shugʻullanish uchun ruxsat etilmaydigan tibbiy nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda oʻquv yili davomida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktab-internatdan chetlatiladi.
25. Maktab-internat oʻquvchilarining sport tayyorgarlik darajasi oʻsib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirish, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etish, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻquv yili davomida ikki marotaba ichki attestatsiya oʻtkaziladi.
26. Oʻquv yili davomida turli sabablarga koʻra oʻquvchilar safidan chiqarilganlar oʻrni umumiy oʻquvchilar kontingentidan chiqmagan holda, chorak yakuni boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar hisobidan toʻldiriladi.
5-bob. Maktab-internatni boshqarish
27. Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
28. Maktab-internatga jismoniy tarbiya va sport sohasida tegishli oliy maʼlumotga va sport-taʼlim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega shaxslar orasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vakillari olimpiya zaxiralari maktab-internati direktorini tanlash, tayinlash va attestatsiya qilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
29. Direktor:
maktab-internat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trener-oʻqituvchilar va oʻqituvchilar tarkibining tarif jadvalini tasdiqlaydi;
maktab-internat nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
maktab-internat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va taʼlim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida maktab-internat oʻquvchilari va barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
maktab-internatning oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, oʻquv-mashq va oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trener-oʻqituvchilar bilan butlash hamda maktab-internat faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha ayrim masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi tegishli organlariga takliflar kiritadi;
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi va ularni bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
30. Maktab-internatda direktor huzuridagi kollegial organ hisoblanadigan pedagogika va trenerlar kengashi tashkil etiladi.
Pedagogika va trenerlar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari maktab-internat ustavida belgilanadi.
31. Maktab-internatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat boʻladigan vasiylik kengashi tuziladi.
32. Maktab-internatni attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Taʼlim jarayoni qatnashchilari
33. Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibi, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari va oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) maktab-internat taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
34. Maktab-internat oʻquvchilari davlat taʼlim standartlariga muvofiq bepul taʼlim olish, qoʻshimcha taʼlim xizmatlaridan foydalanish, taʼlim muassasasining ustavida belgilangan shaklda taʼlim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Maktab-internat oʻquvchilari maktab-internatning ustaviga rioya qilishlari shart.
35. Tegishli kasb taʼlimiga, kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan va yuksak axloqiy fazilatli shaxslar maktab-internatda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega. Sud qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan hamda ularning sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar maktab-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga qoʻyilmaydi.
36. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarni va tibbiyot xodimlarini maktab-internatga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Maktab-internatning oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini, tarbiyachilarini va tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilarning pedagogik yuklamasi qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
39. Oʻqituvchilar va trener-oʻqituvchilar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40. Pedagog xodimlar va trener-oʻqituvchilarning huquqlari va vazifalari qonun hujjatlariga va maktab-internat ustaviga muvofiq belgilanadi.
41. Oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) maktab-internatning taʼlim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.
7-bob. Tibbiy-biologik taʼminlash
42. Tibbiyot xodimlari trener-oʻqituvchilar bilan birgalikda sport mashgʻulotlari, oʻquv-mashq yigʻinlari, musobaqalar, dam olish davrida maktab-internat oʻquvchilarini tibbiy nazoratdan oʻtkazadilar. Trener-oʻqituvchilar tibbiy kuzatuvlar natijalaridan sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.
43. Maktab-internat oʻquvchilarini tibbiy taʼminlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega boʻladi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarni tanlab olish va ularning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qoʻyish, davolash-profilaktika tadbirlari va sportchilarning salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish uchun maktab-internatga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori-darmonlar bilan taʼminlaydi.
8-bob. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy va moddiy taʼminlash
45. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy taʼminlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
taʼlim xizmatlarini amalga oshirishdan, pedagogika, ishlab chiqarish va maktab-internatning ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
maktab-internat oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
46. Maktab-internat belgilangan tartibda tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
47. Maktab-internat xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
48. Maktab-internat oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida amalga oshiradi.
49. Maktab-internatning mablagʻlari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning xoʻjalik tasarrufida boʻladi va ulardan ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
50. Maktab-internat belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
51. Maktab-internatda xoʻjalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Yakuniy qoida
52. Maktab-internatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

‎‎Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari
‎bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat
‎NAMUNASI


‎ Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati diplomining
‎TAVSIFI

‎‎‎ Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati diplomi namunasi 150 x 100 mm oʻlchovda toʻq-koʻk (aʼlo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” soʻzlari yozilgan.
‎Aʼlo darajali diplomlar uchun “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” va “TNE REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF SPECIALISED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC RESERVES” soʻzlaridan quyida davlat tilida “Aʼlo darajali” va ingliz tilida “With honour`s” soʻzlari yoziladi.
‎ Diplomning ichki varaq oʻlchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, boʻyoqlar soni “oddiy” — 4+№ , “aʼlo darajali” — 5+№ .
‎ Diplomning har ikki varagʻida sakkizta pozitsiyada: I harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
‎Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — toʻq koʻk, “aʼlo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. Toʻgʻri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qogʻoz qatlami asosi polivinilxlorid) toʻq koʻk va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170+20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda, diametri 45 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yoʻli bilan yoziladi.
‎ Qogʻoz tafsiloti:
‎ qogʻoz — 100% paxta, qalinligi 140+5 g/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
‎ yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
‎ koʻrinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz koʻrinadi;
‎ koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
‎ Bosma tafsiloti:
‎ bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
‎ ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa koʻchirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
‎ tangir setkalarining biri “iris” effektini qoʻllash bilan chop etiladi, yaʼni markazda yashil rangdan chetlari boʻyicha havo rangga ravon oʻtadi;
‎ ichki varaq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;
‎ blankaning toʻrt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa koʻchirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
‎ ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi;
‎ kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI” soʻz birikmasidan iborat. Kichik matn yuqori qismida “SPECIALISED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC RESERVES” soʻzi “DIPLOM” soʻzi ostida oʻng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;
‎ seriya “I” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.






‎‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)


‎O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI
‎MAKTAB INTERNATI DIPLOMI
‎I № 0000000

_________________________________________________________________________________________________‎‎(ismi, otasining ismi, familiyasi)

‎‎_______ yilda______________________________________________________________________________________ (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati nomi)

‎‎ga kirib, ________ yilda______________________________________________________________________________
‎_______________ning toʻla kursini_____________________________________________________________________ __________________________________________________________________________yoʻnalishi boʻyicha tamomladi.
‎Davlat attestatsiya komissiyasining 20__ yil “____”______dagi qaroriga binoan unga_______________________________ _________________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________kasbi va
‎_________________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________ixtisoslik(lar) berildi.

‎‎Davlat attestatsiya
‎komissiyasi raisi

‎‎Direktor
‎Kotib

M.Oʻ‎
‎‎_________shahri (tumani),____ yil

‎‎Roʻyxat raqami____




‎‎Diplomning ichki oʻng tarafiga

‎‎TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
‎DIPLOMA OF SPECIALISED BOARDING SCHOOL
‎OF OLYMPIC RESERVES

‎I № 0000000

_____________________________________________________________________________________
‎‎‎(full name)

‎‎in 20__ entered_____________________________________________________________________________________
‎ (name of specialized boarding school of olympic reserves) _________________________________________________________________________________________________
‎and in 20___completed a full course offered by the __________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________
‎ (name of specialized boarding school of olympic reserves)
‎Having specialized___________________________________________________________________________________
‎ (field of study)
‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎By the decision of the State Attestation Commission on “______”________20_______

‎‎He/she is qualified as a _______________________________________________________________________________
‎ (name of profession)
‎_________________________________________________________________________________________________
‎ and has the following speacialities:______________________________________________________________________


(Seal) ‎ ‎‎Chairman of the State
‎Attestation Commission

‎‎Director
‎Secretary

‎‎______City(district)____20__year

‎‎‎‎Registration Number______



‎‎Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati bitiruvchisi diplomiga koʻchirma varaq:

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

‎IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI
‎MAKTAB INTERNATI DIRLOMIGA ILOVA
‎_________ RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA
‎(dirlomsiz kuchga ega emas)


_________________________________________________________________________________________________
‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20__yilda____________________________________________________________________________________ga kirib
‎ (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati nomi) 20__yilda__________________________________________________________________________________________
‎ (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati nomi)

‎‎‎maktab internatini tamomladi va o`qish davrida quyidagi fanlarni o`rgandi hamda ushbu baholarni oldi:

TT/r‎

Fanlar nomi‎‎‎‎

‎‎O`quv rejasida belgilangan soatlar miqdori

‎‎To`plangan reyting ballari

1‎

‎‎2

‎‎3

‎‎4

‎‎I. UMUMTA`LIM FANLARI

1.‎

‎‎Ona tili va adabiyot ‎‎ ‎‎

2.‎

Chet tili ( )‎‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

O`zbek (rus) tili‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

Tarix (O`zbekiston tarixi, jahon tarixi)‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

Matematika‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

Informatika va axborot texnologiyalari‎‎ ‎‎ ‎‎

7.‎

Fizika. Astronomiya‎‎ ‎‎ ‎‎

8.‎

Kimyo‎‎ ‎‎ ‎‎

9.‎

Biologiya‎‎ ‎‎ ‎‎

10.‎

Amaliy geografiya‎‎ ‎‎ ‎‎

11.‎

Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik‎‎ ‎‎

12.‎

Jismoniy tarbiya‎‎ ‎‎ ‎‎

13.‎

Ma`naviyat asoslari‎‎ ‎‎ ‎‎

14.‎

Falsafiy fanlar: (Shaxs va jamiyat, dinshunoslik asoslari, estetika)‎‎ ‎‎ ‎‎

15.‎

Oila psixologiyasi‎‎ ‎‎ ‎‎

16.‎

Nuquqshunoslik‎‎ ‎‎ ‎‎

17.‎

O`zbekiston Konstitutsiyasi‎‎ ‎‎ ‎‎

18.‎

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎II. KASBIY FANLAR ‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

7.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

8.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

9.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

10.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

11.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

12.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

13.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

14.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

15.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

16.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

17.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

18.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

19.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

20.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

21.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎


‎‎‎Maktab internat direktori
‎Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha direktor o`rinbosari
‎20___ yil “___” __________da berildi
‎Ro`yxatga olish raqami ____________
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
2-ILOVA
Ixtisoslashtiril gan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
2-bob. Maktab-internatga oʻquvchilarni qabul qilish
2. Maktab-internatga bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, sport taʼlim muassasalari yoki sport klublarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan hamda sport bilan shugʻullanishga iqtidori boʻlgan hamda maktab-internatda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
3. Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab- internatiga 6-sinfdan, olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 5-sinfdan qabul qilinadi. Sport turlari boʻyicha oʻquvchilar kontingenti Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda maktab-internat tomonidan belgilanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Maktab-internatga oʻquvchilar tanlov shartlari boʻyicha oʻzlashtirish tabeli asosida qabul qilinadi.
4. Maktab-internatga oʻquvchilar qabulini samarali tashkil qilish maqsadida taʼlim muassasasida qabul komissiyasi tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi tayinlanadi.
Qabul komissiyasi aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
5. Hujjatlar 20-iyun — 20-iyul mobaynida qabul qilinadi.
6. Oʻqishga kiruvchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan maktab-internat direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (guvohnomaning asli komissiyaga shaxsan koʻrsatiladi), takroran berilgan hollarda tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
tibbiy maʼlumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyurografiya, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, psixonevrologik dispanserdan maʼlumotnoma, yakka kurash turlari uchun umurtqa pogʻonasining koʻkrak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi);
turar joyidan maʼlumotnoma;
3,5 x 4,5 hajmdagi 8 ta rangli fotosurat.
7. Hujjatlar qabul komissiyasiga oʻqishga kiruvchi tomonidan shaxsan taqdim etiladi.
8. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda qabul komissiyasi oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ikki turda: umumiy hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida amalga oshiriladi.
10. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 balli tizim boʻyicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
11. Sport turlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oʻquvchilarni qabul qilish uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi ish faoliyatini nazorat qilib borish maqsadida sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar, oliy sport mahorati maktablari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vakili, sport taʼlim muassasalari xodimlaridan iborat boʻlgan ishchi guruh shakllantirilishi mumkin.
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 21-iyul — 28-iyul mobaynida oʻtkaziladi.
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 1-avgust kuni eʼlon qilinadi. Imtihondan oʻtmagan oʻquvchilarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
15. Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib va sovrindorlari, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzoligiga hamda ularning zaxirasiga kirganlar maktab-internat oʻquvchilari safiga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
16. Qabul komissiyasi qarori asosida oʻquvchilarni qabul qilish toʻgʻrisida maktab-internat direktori tomonidan buyruq chiqariladi va oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Maktab-internatga oʻquvchilarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, oʻquvchilar qabulini oshkora va demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida videokuzatuvni olib (yozib) borish lozim va ommaviy axborot vositalari jalb qilinishi mumkin.
18. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan keyin uch kun muddatda maktab-internatning qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish uchun uch kishidan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon materiallarini koʻrib chiqib, qabul komissiyasiga yozma hisobot topshiradi.
4-bob. Maktab-internat oʻquvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish
19. Maktab-internat oʻquvchilari oʻquv yili davomida ikki marotaba (har ikki chorakda bir marta) fanlarni oʻzlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga oʻtkazish hamda oʻtkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish direktor buyrugʻi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
20. Attestatsiya maktab-internat oʻquvchisining oʻquv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq oʻtkazilgan sport musobaqalarida erishgan natijalari, oʻquv rejada belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
21. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari 7 — 9 kishini tashkil etadi, maktab-internat direktori – komissiya raisi, sport ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari – komissiya masʼul kotibi, taʼlim muassasaning kasaba uyushmasi qoʻmita raisi, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, sinf rahbarlari, trener-oʻqituvchilar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga sport taʼlim muassasalari va sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar mutaxassislari hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vakili jalb qilinishi mumkin.
22. Sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarning attestatsiyaga oid maʼlumotlari va hujjatlarini toʻplaydi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
23. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
yil (oʻquv yili) davomida erishgan natijalari;
yil boshidagi va attestatsiya oʻtkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va sportchi koʻrsatgan natija tahlili;
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
koʻrsatgan eng yaxshi natijasi;
trener-oʻqituvchilar jamoasining tavsiyasi;
yil (oʻquv yili) davomida umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʻzlashtirishi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquvchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
sogʻligʻi toʻgʻrisida vrach xulosasi.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtuvchining faoliyatiga oid qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash huquqiga ega.
24. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida 3 — 5 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan oʻtuvchining sport, maʼnaviy-maʼrifiy va oʻqish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida maʼlumotnoma — attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
25. Attestatsiya varaqasi sport turlari boʻyicha katta trener-oʻqituvchi, sportchining shaxsiy treneri-oʻqituvchisi, boʻlim uslubchisi, boʻlim tarbiyachisi, sinf rahbari va boʻlim vrachi tomonidan imzolanadi.
26. Toʻplangan hujjatlar asosida oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi. Zarur hollarda audio yoki videoga tushiriladi.
27. Attestatsiya natijalari boʻyicha komissiyaning xulosasi komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Attestatsiya komissiyasi xulosasi attestatsiya varagʻiga yoziladi va attestatsiyadan oʻtuvchiga toʻgʻridan toʻgʻri attestatsiyadan soʻng eʼlon qilinadi.
29. Attestatsiya natijalariga koʻra komissiya quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi: Maktab-internatida oʻqishga “Loyiq” yoki “Noloyiq”.
30. Attestatsiya komissiyasi xulosalari bayonnomalar bilan tasdiqlanadi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi.
31. Attestatsiyadan oʻtuvchi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan oʻtkazish boshqa muddatga koʻchiriladi.
32. Attestatsiya yakunlariga koʻra oʻquvchilar safidan chiqarilgan oʻquvchilar oʻrniga umumiy oʻquvchilar kontingentidan chiqmagan holda, oʻquv yilining har choragi davomida iqtidorli oʻquvchilar oʻrnatilgan tartibda qabul qilinadi.
5-bob. Oʻquvchining oʻqishini maktab-internatdan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish
33. Oʻquvchining oʻqishini maktab-internatdan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) oʻz xohishiga koʻra (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
b) attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra;
v) tibbiy nomuvofiqlik boʻlganda — vrach xulosasiga koʻra;
g) oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilgan taqdirda — pedagogik kengashning qaroriga muvofiq.
Mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan hollarda oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasaga koʻchirishda oʻquvchi yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
34. Oʻquvchilar safidan chiqarilgan oʻquvchi oʻqishini doimiy turar joyi boʻyicha umumtaʼlim maktabida davom ettiradi.
6-bob. Yakuniy qoida
35. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
3-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
nizom
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati xamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) oʻquvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
2. Maktab-internat oʻquvchilari sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq, ota-onalar toʻlovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda, bepul (imtiyozli) oziq-ovqat bilan taʼminlanadilar.
3. Taʼtillar davrida (60 kungacha) maktab-internat oʻquvchilari uchun oʻtkaziladigan oʻquv-mashq yigʻinlari vaqtida oʻquvchilar oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlanadilar.
2-bob. Ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi
4. Maktab-internatlarga ota-onalar toʻlovi ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va maktab-internat maʼmuriyati oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida toʻlanadi.
5. Maktab-internatga ota-onalar toʻlovi har oyda, toʻlanadigan joriy oyning oʻninchi kunidan kechikmay toʻlanadi. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) xohishiga koʻra ota-onalar toʻlovi yanada uzoq muddatlar uchun toʻlanishi mumkin.
Ota-onalar toʻlovi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatdan keyin bir hafta mobaynida toʻlanmagan taqdirda maktab-internat oʻquvchisiga tekin (imtiyozli) oziq-ovqat berish toʻlov toʻlanadigan vaqtgacha toʻxtatiladi.
6. Ota-onalar toʻlovi bankka toʻlanadi, keyinchalik maktab-internatga toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi (kvitansiyasi) taqdim etiladi.
Ota-onalar toʻlovi pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlangan taqdirda maktab-internatga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi bilan) taqdim etiladi.
7. Maktab-internat boʻyicha ota-onalar toʻlovi tegishli hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan foydalanish uchun maktab-internatning gʻaznachilik boʻlinmalaridagi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
3-bob. Maktab-internatlarda ota-onalar toʻlovini hisoblash
8. Maktab-internatda ota-onalar toʻlovi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Maktab-internatga ota-onalar toʻlovining bir kunlik miqdorini hisoblash ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning bir oylik toʻlovi miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq maktab-internatning oylik ish jadvali boʻyicha ish kunlari soniga taqsimlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
9. Maktab-internat oʻquvchisi oʻzining yoki oila aʼzolarining (u parvarish qilishga majbur boʻlgan) kasalligi sababli maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun toʻlov ota-onalar toʻlovini keyingi toʻlash chogʻida oʻquvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani chegirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Bunda oʻquvchining yoki uning oila aʼzolarining kasalligi (karantin) sababli maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash muassasasi bergan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi kerak.
10. Maktab-internat oʻquvchisi oʻquv yili davomida sport turlari boʻyicha terma jamoa tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federatsiya (uyushma) yoki boshqa mablagʻlar hisobidan maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan oʻquv-mashq yigʻinlariga jalb etilganda ovqatlanish tabeliga kiritilmaydi va ota-ona toʻlovi hisoblanmaydi.
Oʻquvchining oʻquv-mashq yigʻinlari davri uchun toʻlov ota-onalar toʻlovini keyingi toʻlash chogʻida oʻquvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq chegirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Oʻquvchi maktab-internatga kelmagan boshqa barcha holatlarda ota-onalar toʻlovi umumiy asoslar boʻyicha undiriladi.
11. Maktab-internat oʻquvchilariga bepul (imtiyozli) ovqatlanish uchun ota-ona toʻlovi direktor tomonidan tasdiqlangan buyruqqa asosan tarbiyachi yoki guruh rahbari tomonidan direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida taqdim etilgan ovqatlanish uchun kunlik tabel asosida hisoblanadi.
12. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻquvchi maktab-internatga kelishi boshqa taʼlim muassasasiga oʻtishi munosabati bilan toʻxtashidan kamida bir hafta oldin bu toʻgʻrida maktab-internat maʼmuriyatini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Maktab-internat xabardor qilinmagan taqdirda ota-onalar toʻlovi sifatida toʻlangan toʻlov qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarib berilmaydi.
13. Ota-onalar toʻlovi sifatida toʻlangan mablagʻlarni ota-onalarga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) qaytarib berish tegishli summani ota-onalardan (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan) birining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4-bob. Maktab-internat oʻquvchilarini ota-onalar toʻlovidan ozod qilish tartibi
14. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan kam taʼminlangan oila toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma oʻquvchilarni ota-onalar toʻlovidan ozod qilish uchun asos hisoblanadi.
Ushbu hujjat koʻrib chiqish uchun maktab-internatga taqdim etiladi.
15. Kam taʼminlangan oilalarning ota-onalar toʻlovidan (rejalashtirilayotgan oʻquvchilar umumiy sonining 30 foizi doirasida) ozod qilinayotgan oʻquvchilari roʻyxati moliya yili boshlangungacha, ota-onalar kengashi yigʻilishi bayonnomasi asosida maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida taʼlim olayotgan kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan oʻquvchilar ota-onalar toʻlovidan (rejalashtirilayotgan oʻquvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) ozod qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Bunda kam taʼminlangan oilalarning ota-onasi (ulardan biri yoki ikkalasi ham) I yoki II guruh nogironlari boʻlgan oʻquvchilari ota-onalar toʻlovidan birinchi navbatda ozod qilinadilar.
16. Kam taʼminlangan oila roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchi maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilganda uning oʻrniga umumiy kam taʼminlangan oila roʻyxatida boʻlgan, lekin kam taʼminlangan oila sifatida ota-onalar toʻlovidan ozod etilganlar roʻyxatiga kiritilmagan oʻquvchi keyingi oydan roʻyxatga kiritiladi va ota-ona toʻlovidan ozod etiladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan oʻquvchilar direktorning buyrugʻiga asosan sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibida boʻlgan davrda ota-ona toʻlovidan ozod etiladi.
18. Maktab-internatga ota-onalar toʻlovi boʻyicha mablagʻlarni hisoblash va tushishining buxgalteriya hisobi tegishli maktab-internatning buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
19. Maktab-internatlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari ota-onalar toʻlovidan tushadigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
20. Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
4-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) direktorlari, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda direktor oʻrinbosarlari deb ataladi), katta instruktor-metodisti, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari, sport psixologlari va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
2. Maktab-internatning direktori, direktor oʻrinbosarlari, katta instruktor-metodisti, instruktor-metodistlari, sport psixologlari (keyingi oʻrinlarda maktab-internatning ayrim xodimlari deb ataladi), trener-oʻqituvchilari va boshqa xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlari ish haqi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga, fan oʻqituvchilarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Maktab-internatning tibbiyot punkti xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining ish haqi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Maktab-internatning ayrim xodimlariga, trener-oʻqituvchilariga ushbu Nizomga asosan qoʻshimcha va ustamalar belgilanadi.
2-bob. Maktab-internatning ayrim xodimlariga ustamalar belgilash
4. Maktab-internatning ayrim xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida ularga, oʻquvchilar yuqori sport natijalariga erishgan taqdirda, bazaviy tarif stavkasiga quyidagi har oylik ustamalar belgilanadi:

Maktab-internat oʻquvchilarining

sportdagi natijalari

Oʻquvchini tayyorlashda bevosita

qatnashgan xodimlarga bir nafar oʻquvchi
uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif
stavkasiga nisbatan foizlarda

direktorga

direktor

oʻrinbosarlari,

katta instruktor-

metodistga, instruktor-

metodistlarga, sport

psixologlariga

tibbiyot punkti

xodimlariga

Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)

10

8

7

Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)

7

6

6

Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)

6

5

4

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibi

5

4

3

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibi

3

3

2

5. Agar sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi turli sport yutuqlariga ega boʻlsa, maktab-internatning ayrim xodimlariga, ushbu oʻquvchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda belgilangan ustamaning eng yuqori miqdori qoʻllanadi.
6. Ustamalarning jami miqdori:
maktab-internat direktori, direktor oʻrinbosarlari, katta instruktor-metodisti va tibbiyot punkti xodimlari uchun – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan;
maktab-internatning sport boʻlimi instruktor-metodistlari va sport psixologlari uchun — biriktirilgan sport turlari boʻyicha erishilgan sport natajalari uchun, lekin bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan oshmasligi kerak.
7. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan ustamalarni belgilash kalendar yil boshida, maktab-internatning oʻquvchilari kontingentidan va ularning oldingi yildagi sport natijalaridan kelib chiqqan holda maktab-internatning trener-oʻqituvchilari tarifikatsiyasini va shtatlar jadvalini tuzishda amalga oshiriladi.
Yil davomida ustamalar miqdorlarini oʻzgartirish maktab-internatning tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshiriladi va maktab-internat rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
8. Maktab-internatning ayrim xodimlari va trener-oʻqituvchilariga ustamalar:
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) oʻtkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran belgilanadi va bir kalendar yil mobaynida saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — oʻquvchi Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchining jamoa tarkibida boʻladigan butun davrida saqlab qolinadi.
9. Maktab-internat ayrim xodimlariga oʻquvchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni toʻlash uning maktab-internat tarkibidan rasman chiqib ketish (boshqa taʼlim muassasasiga oʻtish, maktab-internatidan chiqarilish, uni bitirish) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran toʻxtatiladi.
3-bob. Trener-oʻqituvchilarga ish haqi va ustamalarni hisoblash
10. Sport tayyorgarlik bosqichi va sport turlarining guruhlaridan kelib chiqib trener-oʻqituvchilarga toʻlanadigan ish haqi va ustamalarning foizlari belgilanadi.
11. Maktab-internatda sport tayyorlash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Oʻquv-mashq bosqichi. Bu bosqichda sportning tanlangan turi boʻyicha bir yildan kam boʻlmagan tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan va umumiy jismoniy hamda maxsus tayyorgarlik boʻyicha qabul qilish meʼyorlarini bajargan sogʻlom oʻquvchilardan tanlov asosida guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda oʻquv yillariga oʻtkazish oʻquvchilar tomonidan umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazish — nazorat meʼyorlarini bajarish sharti hamda sport toifasining borligi bilan amalga oshiriladi.
Sport mahoratini takomillashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda oʻquv-mashq bosqichidan oʻtgan hamda maxsus jismoniy va sport tayyorgarligi boʻyicha qabul va oʻtkazish meʼyorlarini, ularning sport mahorati darajasi talablarini bajargan oʻquvchilardan guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda oʻquv yillariga oʻtkazish sport koʻrsatkichlari dinamikasining ijobiy oʻsishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Oliy sport mahorati bosqichiga sport mahoratini takomillashtirish bosqichidan oʻtgan, tegishli sport razryadiga ega boʻlgan hamda mintaqa yoki respublika darajasida Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga qabul qilish uchun qoʻyiladigan talablarga javob beradigan, shuningdek, sportda barqaror yuqori natijalar koʻrsatadigan oʻquvchilardan jamlanadi.
Sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻuloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar) va guruhlardagi oʻquvchilar soni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

Oʻquvchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari

Oʻquv yili

Oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻuloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar*)

Sport turlari guruhlari

I

II

III

Oʻquv guruhlarining toʻldirilishi (oʻquvchilar soni)

Oliy sport mahorati

Butun davr

32

3 — 5

6 — 8

3 — 5

Sport mahoratini takomillashtirish

1 yildan koʻp

28

4 — 6

6 — 8

4 — 6

1 yil

26

5 — 7

8 — 10

5 — 7

Oʻquv-mashq

2 yildan koʻp

20 — 24

6 — 8

10 — 12

6 — 8

2 yil

18 — 24

6 — 10

10 — 14

6 — 10

Izoh: Oʻquv guruhlari tarkibida bir yoki bir necha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi (asosiy tarkib) mavjud boʻlsa haftalik oʻquv soati hajmi 36 soatgacha oshirilishi mumkin.
* Oʻquv mashgʻulotlar akademik soat boʻyicha belgilanadi. 1 akademik soat — 45 daqiqadan iborat.
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
oʻquv yillari boʻyicha meʼyoriy talablar sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha sport razryadlari talabi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

Oʻquvchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari

Oʻqitish yili

Oʻquvchilarga sport razryadi talablari

IIII sport turlari guruhlari

Oliy sport mahorati

Butun davr

Sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xalqaro toifadagi sport ustasi

Sport mahoratini takomillashtirish

1 yildan koʻp

I razryad, sport ustaligiga nomzod

1 yil

I IIIrazryad

Oʻquv-mashq

2 yildan koʻp

I-oʻsmirlar, III razryadi

2 yil

III-oʻsmirlar razryadi

12. Sport turlari guruhlar boʻyicha quyidagi tartibda taqsimlanadi:
I sport turlarining birinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlaridan tashqari, sportning barcha olimpiya turlari;
II sport turlarining ikkinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlari;
III sport turlarining uchinchi guruhiga — sportning noolimpiya va milliy turlari.
4-bob. Maktab-internat trener-oʻqituvchilarining lavozim maoshi
13. Maktab-internatning trener-oʻqituvchilariga lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkasidan, belgilangan normativlaridan yoki oʻquv mashgʻulot ishlarining rejalashtirilayotgan hajmlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha haqlardan kelib chiqqan holda ularni oʻquv va kalendar yili boshida tarifikatsiyalashda belgilanadi.
14. Maktab-internatning trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash har bir oʻquvchi uchun meʼyor boʻyicha amalga oshiriladi.
15. Bir nafar oʻquvchiga nisbatan maktab-internat trener-oʻqituvchisining mehnatiga haq toʻlashda trener-oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlar belgilanadi:
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)

Sport musobaqalari darajasi

Sport

natijasi

Oʻquv

davri

Bir nafar oʻquvchiga nisbatan

bazaviy tarif stavkasiga

belgilanadigan foiz miqdori

I

II

III

1

2

3

4

5

6

I.Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira,

respublika va xalqaro musobaqalarga oʻquvchilarni tayyorlash

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibiga

butun davrda

55 %

45 %

40 %

Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibiga

butun davrda

45 %

35 %

30 %

Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionati va Kubogi sovrindorlari (I-III oʻrin)

1-oʻrin

butun davrda

200 %

200 %

200 %

2-oʻrin

180 %

180 %

180 %

3-oʻrin

160 %

160 %

160 %

Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionati va Kubogi sovrindorlari (I-III oʻrin)

1-oʻrin

butun davrda

150 %

140 %

130 %

2-oʻrin

140 %

130 %

120 %

3-oʻrin

130 %

120 %

110 %

Oʻzbekiston Respublikasi chempionati va Kubogi sovrindorlari (I-III oʻrin)

1-oʻrin

butun davrda

100 %

90 %

80 %

2-oʻrin

90 %

80 %

70 %

3-oʻrin

80 %

70 %

60 %

II.Maktab-internatlarda sport zaxirasi tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha

oʻquvchilarning tayyorlashda amalga oshiriladigan foizlar miqdori

Oliy sport mahorati

Butun davr

40

25

35

Sport mahoratini takomillashtirish

Butun davr

30

15

20

Oʻquv-mashq

Butun davr

12

8

10

16. Oʻquvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy tarkibiga va stajorlarini, respublika va xalqaro sport musobaqalari sovrindorlarini tayyorlash uchun maktab-internatlari trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash normativlari miqdorlari eng yuqori hisoblanadi. Bir nafar oʻquvchi uchun trener-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash normativlarining aniq miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi qaror maktab-internat direktori tomonidan, mehnatga haq toʻlashning belgilangan miqdorlari va fondi doirasida qabul qilinadi.
17. Bir nafar oʻquvchi uchun normativlar boʻyicha oʻquv mashgʻulot ishlari uchun maktab-internatning trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlashda trener-oʻqituvchining lavozim maoshini ustamalar va qoʻshimcha haqlarsiz hisoblab chiqarish unga belgilangan bazaviy tarif stavkasini uning mehnatiga haq toʻlashning foizlar hisobidagi normativiga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Trener-oʻqituvchi tomonidan bir nechta oʻquvchi tayyorlangan taqdirda ushbu trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash normativi har bir oʻquvchi boʻyicha uning sportdagi yutuqlarini va tayyorlash bosqichlarini hisobga olgan holda, belgilangan normativlar miqdorlarini jamlash yoʻli bilan belgilanadi.
Bunda trener-oʻqituvchining ustama va qoʻshimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining uch yuz foizidan oshmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maktab-internatning yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan oʻquvchilarning (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan) ayrim trener-oʻqituvchilariga bazaviy tarif stavkasi miqdorining besh yuz foizigacha miqdorda lavozim maoshi belgilashi mumkin.
18. Bir nafar oʻquvchi uchun mehnatga haq toʻlash normativi miqdori maktab-internatning trener-oʻqituvchisiga:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun — oʻquvchi Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchi jamoa tarkibida boʻladigan butun davrda saqlanib qoladi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) oʻtkazilgungacha saqlanib qoladi;
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va shu kabi keyingi Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari oʻtkazilgungacha, biroq bir yildan koʻp boʻlmagan davrga saqlanib qoladi.
19. Agar maktab-internatning trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibi aʼzosi Osiyo oʻyinlari sovrindori boʻlsa), u holda trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori, oʻquvchi yutuqlarini hisobga olgan holda eng yuqori koʻrsatkich boʻyicha tegishli ravishda qayta koʻrib chiqiladi va uning yangidan hisoblab chiqilgan amal qilish muddati belgilanadi.
20. Agar maktab-internat trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi mazkur trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener-oʻqituvchi rahbarligidagi boshqa oʻquv guruhiga, boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazilsa va shu kabi holatlarda), u holda trener-oʻqituvchi mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun oʻquvchi trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran kamayish tomoniga qayta koʻrib chiqiladi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi.
21. Oʻquv guruhiga yil mobaynida boshqa trener-oʻqituvchi rahbarligida, shuningdek, boshqa taʼlim mussasasidan oʻquvchilar safiga qabul qilingan, yuqori sport natijalariga erishgan oʻquvchi oʻtkazilgan maktab-internat trener-oʻqituvchisi mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun oʻquvchi mazkur trener-oʻqituvchining oʻquv guruhi tarkibiga rasman qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi;
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun oʻquvchi mazkur trener-oʻqituvchi rahbarligida koʻrsatib oʻtilgan musobaqalarda mazkur natijaga (I — III oʻrinlar) takroran erishgungacha belgilanmaydi;
Boshqa taʼlim muassasasidan oʻquvchilar safiga qabul qilingan oʻquvchi uchun trener-oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlash, oʻquvchining sport tayyorgarlik guruhiga mos ravishda rasman oʻquvchilar safiga qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi.
22. Sport tayyorgarlik faoliyatini amalga oshirish, yuqori malakali oʻquvchilarni tayyorlashda samaradorlikni oshirish maqsadida maktab-internat trener-oʻqituvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin:
oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan oʻquv-mashq jarayoniga bir-biriga yaqin boʻlgan sport turlariga xoreograf, akrobat va psixolog trener-oʻqituvchilarni jalb etish;
oʻquvchilar bilan oʻquv-mashq jarayonini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida brigadaga birikishi.
Brigadaga jalb qilingan trener-oʻqituvchilar va oʻquvchilar tarkibi maktab-internat trener-oʻqituvchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, brigada ishtirokida erishilgan sport natijasi, ularni tayyorlashdagi mehnatga haq toʻlash meʼyori brigadaning barcha aʼzolariga nisbatan hisoblanishi mumkin.
Brigadaga aʼzo boʻlgan har bir trener-oʻqituvchining oʻquvchini tayyorlashdagi ulushi trener-oʻqituvchilarning umumiy yigʻilishida aniqlanadi va maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
23. Direktor, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, katta instruktor-metodistlar, instruktor-metodistlar oʻzlarining asosiy lavozimi boʻyicha ish vaqti mobaynida, tegishli maʼlumotga va malaka toifasiga ega boʻlgan sport boʻyicha trener-oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan haq toʻlangan holda oʻz maktab-internatlarida oʻquv-mashq mashgʻulotlari olib borishlari mumkin. Ularning trener-oʻqituvchilik ishlari hajmi maktab-internat trener-oʻqituvchisining belgilangan oʻquv mashgʻulot ishlari hajmining 50 foizidan oshmasligi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
24. Maktab-internat trener-oʻqituvchilarining mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrishi, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni olib borishi, shuningdek, jamoani (oʻquvchini) musobaqaga tayyorlash uchun sarflagan vaqtiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi. Trener-oʻqituvchining sport tadbirlarida (respublika va xalqaro miqyosda) ishtiroki davri uchun oylik ish haqi saqlanib qoladi.
25. Maktab-internatning sport turlari boʻyicha katta trener-oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida har oylik toʻlovlar belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
26. Faxriy unvonga ega boʻlgan trener-oʻqituvchilarga Vazirlar Mahkamasining “Farxiy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga asosan toʻlovlar belgilanadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
27. Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va maktab-internatga yetkaziladi.
28. Ayrim xodimlarga va trener-oʻqituvchilarga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqish va toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu maktab-internatlarning rahbari va bosh hisobchi zimmasiga yuklanadi.
29. Maktab-internat ayrim xodimlariga va trener-oʻqituvchilarga qoʻshimcha haq va ustamalarni toʻlash ularning ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
30. Maktab-internat ayrim xodimlariga va trener-oʻqituvchilariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
5-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining
NAMUNAVIY ShTATLAR JADVALI

T/r

Lavozimlar nomi

Shtat birligi soni

1.

Direktor

1

2.

Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

3.

Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

4.

Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

1

5.

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

6.

Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari

1

7.

Kotib-ish yurituvchi

1

8.

Kadrlar boʻyicha bosh inspektor

1

9.

Kadrlar va oʻquvchilar boʻyicha inspektor

1

10.

Yuriskonsult

1

11.

Bosh muhandis-energetik

1

12.

Psixolog

1

13.

Sport psixologi

3

14.

Ish yurituvchi

1

15.

Bosh buxgalter

1

16.

Buxgalter

3

17.

Kassir

1

18.

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi

1

19.

Oʻquv boʻlimi mudiri

1

20.

Oʻquv boʻlimi uslubchisi*

1

21.

Yoshlar yetakchisi**

1

22.

Sport zaxirasini tayyorlash va monitoringini yurituvchi boʻlim katta instruktor-metodisti

1

23.

Instruktor-metodist

8

24.

Sport shifokori (Tibbiyot punkti mudiri)

1

25.

Shifokor-travmatolog

1

26.

Shifokor-pediator, oliy toifali

1

27.

Shifokor-diyetolog

1

28.

Hamshira, oliy toifali

2

29.

Hamshira, 1-toifali

2

30.

Massajist

2

31.

Sanitarka (kichik tibbiy xodim)

1

32.

Bosh oshpaz

1

33.

Oshpaz

7

34.

Oshxona ishchisi

4

35.

Idish-tovoq yuvuvchi

4

36.

Yordamchi ish�i

1

37.

Yukchi

1

38.

Ombor mudiri

1

39.

Omborchi (kladovshik)

2

40.

Taʼminot boʻyicha agent

1

41.

Katta tarbiyachi

1

42.

Kir yuvish boʻyicha mashinist

2

43.

Kiyim va belyoni taʼmirlash boʻyicha ishchi

1

44.

Dazmolchi

1

45.

Maxsus oyoq kiyimlarini taʼmirlovchi ishchi

1

46.

Bino va inshootlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha muhandis

1

47.

Kutubxonachi

1

48.

Video-yozuv operatori

2

50.

Suv uzatish tarmoqlarini taʼmirlovchi ishchi

1

51.

Arxivarius

1

52.

Ovoz operatori

1

* 2020-yil 1-iyulgacha faoliyat olib boradi.
** 2020-yil 1-iyuldan ish faoliyatini boshlaydi.
Izoh:
1. Ot sporti turi mavjud boʻlgan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining qoʻshimcha shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
2. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish meʼyorlari ushbu namunaviy shtatlar ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga
ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
MEʼYORLARI
1-bob. Umumiy qoida
1. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilgan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.
2-bob. Maktab-internatlarda alohida lavozimlarni kiritish meʼyorlari
2. Maktab-internatda oʻquv yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilar soni 300 nafar va undan ortiq boʻlsa — 1,0 birlik boʻlim mudiri lavozimi kiritiladi.
3. Maktab-internat oʻquv rejasida oʻquv-laboratoriya amaliy mashgʻulotlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilish uchun jihozlangan har bir oʻquv-laboratoriya xonasi mavjud boʻlsa — 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi.
4. Maktab-internatning lingafon, kompyuter va oʻquv-texnika jihozlari oʻrnatilgan xonalariga xizmat koʻrsatish uchun — 1,0 birlik lingafon, kompyuter va oʻquv-texnika jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi texnik lavozimi kiritiladi.
5. Maktab-internatning garderob xonasidagi mavjud 250 ta va undan ortiq jihozlangan kiyim saqlash joylari uchun — 1,0 birlik garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi mavsumiy 5 oyga kiritiladi.
6. Maktab-internatning 2500 kv. m va undan ortiq qoplama toʻshalgan (asfalt, beton, bruschatka) maydonini supurish uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Qoplama toʻshalgan maydonning keyingi har 2500 kv. m uchun 1,0 birlikdan hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
7. Maktab-internatning mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga.dan 2,0 ga.gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga. maydon uchun — 1,0 birlik bogʻbon lavozimi kiritiladi. Ijaraga bergan maydoni bundan mustasno.
8. Maktab-internatni kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda hududdan tashqarida joylashgan binolar uchun ham alohida 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
9. Har bir alohida bino, shu jumladan oʻquvchilar turar joyi, sport inshootlari uchun — alohida komendant 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi (ochiq sport maydonlaridan tashqari).
10. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi:
elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va korobka) (taʼlim muassasasi balansida boʻlgan koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, har 700 ta yoritish nuqtalari uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan xar 2800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 5,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
chilangar lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 5,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
duradgor lavozimi — taʼlim muassasasi binosining foydalaniladigan 3500 kv.m. va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik (taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda) kiritiladi.
Muassasa balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
11. Binolarning ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar, majlislar zali va sport zali hamda oʻquv-auditoriya (yotoqxonaning oʻquvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
12. Binolarning ichki qismidagi, sport zallaridagi hojatxona va choʻmilish xonalarini tozalovchi farrosh lavozimi har 50 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
13. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan maktab-internatlarda isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan xar bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun -2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan xar bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼi nazar) har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun -1,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq boʻlsa — 2,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 ta pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 ta pech uchun qoʻshimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda) kiritiladi.
14. Maktab-internatda 1,0 birlikda har ikkita binoga kompleks xizmat koʻrsatuvchi va binolarni joriy taʼmirlash ishchisi lavozimi doimiy kiritiladi.
15. Tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, maktab-internatning oʻquvchilar turar joyida yashovchi har 25 nafar oʻquvchiga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
16. Maktab-internatning har bir alohida joylashgan oʻquvchilar turar joyi uchun ularning har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 4,0 oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda) oʻquvchilar turar joyining navbatchi tarbiyachisi lavozimi kiritiladi.
17. Maktab-internatning oʻquvchilar turar joyida 300 nafar va undan ortiq oʻquvchilar istiqomat qilayotgan boʻlsa — 0,5 birlik pasportist lavozimi kiritiladi.
18. Xoʻjalik bekasi lavozimi maktab-internat oʻquvchilar turar joyida yashovchi oʻquvchilar soni 150 nafardan 300 nafargacha — 1,0 birlik, 300 nafardan ortik boʻlsa — 2,0 birlik shtat kiritiladi.
19. Liftchi lavozimi bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan har bir lift yoki liftlar guruhiga har bir oʻrin almashish ish vaqtida uchun — 1,0 birlik (biroq 2,5 oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda) kiritiladi.
20. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralar apparatlari, ularga boʻysunuvchi tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari yengil xizmat avtomashinalari cheklangan miqdorlariga muvofiq transport vositalarining cheklangan sonidan (limitidan) kelib chiqib, soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun — 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi.
21. Maktab-internat balansiga kiritilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” musobaqasida va boshqa sport tadbirlarida gʻolib boʻlganlik uchun berilgan transport vositalari uchun taʼlim muassasasining xarajatlar smetasida yoqilgʻi-moylash materiallari uchun mablagʻlar rejalashtirilib, 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi. Taʼlim muassasasi rahbari uchun xizmat avtomashinasi sifatida foydalanilayotgan transport vositalari bundan mustasno.
22. Maktab-internat oʻquvchilarining turli xil tadbirlarda xavfsiz qatnashishini taʼminlash uchun moʻljallangan maxsus avtotransport (avtobus, mikroavtobus) vositasi mavjud boʻlsa, ularning har biri uchun alohida 1,0 birlik avtobus haydovchisi lavozimi kiritiladi.
23. Sport inshootlari, yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud boʻlgan maktab-internatlarda 1,0 birlikdan dezinfektor hamda suvdan har biriga alohida qutqaruvchi, taʼmirlovchi va tozaluvchi lavozimlari kiritiladi.
24. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlari nasos stansiyasi operatorlari hamda basseynlari mavjud boʻlgan 1,0 birlikdan operator kecha-kunduz ishlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4,0 birlik operator lavozimi kiritiladi.
25. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlariga alohida xlor bilan ishlov beruvchi 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi.
26. Futbol maydonini taʼmirlovchi va tozalovchi uchun — 1,0 birlik shtat birligi.
27. Maktab-internatning balansidagi mavjud soz holatdagi traktor texnikasi uchun — 1,0 birlik texnikani boshqarish traktorist lavozimi kiritiladi.
28. Har bir alohida joylashgan sport inshootlari va sport maydonlari uchun tozalovchi, taʼmirlovchi 1,0 birlik shtat birligi lavozimi kiritiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
29. Ushbu Meʼyorlar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilishda, unga maktab-internatning asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻquvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) muassasa rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
30. Shtat jadvalini tuzishda maktab-internatning yilning 1-yanvar holatidagi roʻyxatida mavjud boʻlgan oʻquvchilar soni hisobga olinadi va u oʻquvchilar soni oʻzgarishiga koʻra yilning 1-sentabrdagi holati boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
6-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati oʻquvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat
NORMASI

T/r

Mahsulotlar nomi

Gramm

(brutto)

1.

Bugʻdoy noni, 1-nav

600

2.

Bugʻdoy uni, 1-nav

30

3.

Yorma, makaron mahsulotlari

160

4.

Qand-shakar

100

5.

Asal

30

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

120

7.

Sariyogʻ

80

8.

Oʻsimlik yogʻi

30

9.

Sut-qatiq

600

10.

Qaymoq

50

11.

Tvorog

100

12.

Pishloq

50

13.

Goʻsht, parranda goʻshti

410

14.

Kolbasa mahsulotlari

70

15.

Baliq

100

16.

Tuxum (dona)

2

17.

Kartoshka

500

18.

Sabzavotlar, shu jumladan, pomidor pastasi

700

19.

Meva-rezavorlar, sharbatlar, vitaminli ichimliklar

800

20.

Quruq mevalar, shu jumladan, naʼmatak - 5 gr, bargak

50

21.

Choy

3

22.

Kakao

5

23.

Yodlangan tuz

10

24.

Xamirturush

1

25.

Mineral suv

500

26.

Bugʻdoy maysalari kukuni mahsuloti

3

Oqsillar

231,8

Yogʻlar

228,8

Uglevodlar

957,9

Kaloriyasi

6693,8

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
7-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlarining (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Markaz yuridik shaxs hisoblanmaydi.
2. Markaz oʻz faoliyati haqida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hisobot beradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Markazning ixtisoslashuvi mintaqalarda shakllangan maktablarni, milliy anʼanalarni, trener-oʻqituvchilar tarkibini hamda erishilgan sport natijalarini hisobga olgan holda belgilanadi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) mutaxassislarni, trener-oʻqituvchilar, sport psixologlari va instruktor-metodistlarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali markaz trener-oʻqituvchilari tarkibini mustahkamlash;
sportchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
yosh istiqbolli sportchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari boʻyicha umumtaʼlim maktab sport maktablari, oliy taʼlim muassasasi, tashkilot hamda federatsiya (uyushma)lar bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-metodik hamda meʼyoriy-axborot yordami koʻrsatishni taʼminlash;
maktab-internat bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish va muntazam ravishda oʻtkazib borish, trener-oʻqituvchilar hamda sportchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish boʻyicha xorijiy klublar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
4. Markaz yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
iqtidorli va istiqbolli sportchilarning sport kamolotiga erishishi uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratadi;
manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tanlash va tayyorlashning metodik va tibbiy taʼminlanishini amalga oshiradi;
oʻqitishning barcha bosqichlarida sportchilar sport tayyorgarligining ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻquv-mashq jarayonining tashkil etilishi va oʻtkazilishini, unga ilgʻor ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini tashkil etadi;
oʻquv-mashq jarayoni natijalarini, sportchilarning jismoniy rivojlanishining yakka tartibdagi koʻrsatkichlari oʻsishi dinamikasini, sport turi texnikasining asoslari oʻzlashtirilishini tahlil qiladi;
sportchilarning oʻquv-mashq yigʻinlarida, tuman, shahar, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini taʼminlaydi;
sport turlari boʻyicha eng yangi jahon ilmiy-metodik tavsiyalarni va texnologiyalarini qoʻllagan holda kuchli sportchilar – respublikaning milliy terma jamoalariga nomzodlarni va ularning zaxiralarini tayyorlaydi;
sportchilarning sport musobaqalarida, chempionat va kuboklarda, turnirlarda, festivallarda, konferensiyalarda, simpoziumlarda, seminarlarda, yigʻinlarda va boshqa sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarda, shu jumladan xalqaro tadbirlarda ishtiroki orqali sportchilarning sport mahoratini, markazning va maktab-internat trener-oʻqituvchilari va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish tadbirlarini oʻtkazadi.
3-bob. Markazning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
5. Markaz:
tayyorlash davri va bosqichiga koʻra oʻquv mashgʻulot ishlarining bir haftalik rejimini belgilash;
oʻqitish va tarbiyalashning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakli, vositalari va usullarini tanlash;
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun maktab-internatga biriktirilgan moddiy-texnik baza va mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega.
6. Markaz:
oʻquv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, sportchilar tomonidan oʻz majburiyatlari, oʻquv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini taʼminlashga;
sport turlari boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida markazning yillik oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqishga;
sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlari talablariga va oʻquv rejalariga muvofiq oʻquv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishga;
oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish davrida markazning sportchilari xavfsizligini taʼminlashga;
maktab-internat moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini, ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlashga majbur.
7. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
oʻquv-mashq jarayonining qoʻllaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining sportchilarning yoshi bilan bogʻliq ruhiy-jismoniy xususiyatlariga, mayllariga, qobiliyatlariga, qiziqishlariga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
sportchilar va xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi;
yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Markazga sportchilarni qabul qilish va sport oʻquv guruhlarini toʻldirish
8. Sportchilarni markazga qabul qilish oʻqish va ishlash joyidan qatʼi nazar sport turlari boʻyicha yoshlar milliy terma jamoalarining asosiy tarkibi aʼzolari va zaxirasidan, sportning muayyan turi bilan shugʻullanish uchun zarur sport koʻrsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchi salohiyatiga ega boʻlgan istiqbolli sportchilar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Markazga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq kontingentdagi sportchilar qabul qilinadi.
9. Sportchilarni markazga qabul qilish belgilangan tartibda maktab-internat direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
10. Markazga sportchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish, chetlatish va tiklash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Markaz sportchilari:
oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq trener-oʻqituvchining rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtish, oʻquv-mashq jarayonida va sport musobaqalarida qatnashish;
markaz tomonidan belgilangan tartibda markazning axborot resurslari, jismoniy tarbiya-sport inshootlari, sport anjomlari va asbob-uskunalaridan foydalanish;
yakka tartibda foydalaniladigan sport formasi va anjomlarini belgilangan tartibda olish;
oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida sogʻligʻining xavfsiz shart-sharoitlari va muhofaza qilinishi, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
12. Markaz sportchilari:
oʻz nazariy, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib borishga, sport mahoratini takomillashtirishga;
yakka tartibdagi va guruhli mashgʻulotlarning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini bajarishga;
sport rejimiga va gigiyenik talablariga rioya qilishga;
trener-oʻqituvchilar va boshqa sportchilarning shaʼni va shaxsiy huquq va erkinliklarini hurmat qilishga;
maktab-internatning mol-mulkiga vijdonan munosabatda boʻlishga, markazning ichki tartibiga rioya etishga;
tibbiy nazorat talablariga qatʼiy rioya qilishga, muntazam ravishda, 6 oyda kamida bir marta dispanser koʻrigidan oʻtishga majbur.
5-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
13. Oʻquv yilining qancha davom etishi sport turining oʻziga xosligiga, sport musobaqalari taqvimiga, sport tayyorgarligining davriylashtirilishiga bogʻliq boʻladi va sportning har bir turi uchun maktab-internat tomonidan yakka tartibda belgilanishi mumkin.
14. Sportchilar bilan oʻquv-mashq mashgʻulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv dasturlari va yillik oʻquv rejasi boʻyicha oʻtkaziladi.
15. Oʻquv-mashq mashgʻulotlarining mazmuni belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq boʻlishi kerak.
16. Oʻquv-mashq jarayoni oʻqitishning texnik vositalari keng qoʻllangan, tiklash tadbirlari oʻtkazilgan holda sport mashqlarining zamonaviy metodikalari asosida trener-oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashq qilish va musobaqalashish faoliyatini birga qoʻshib olib borish negizida quriladi.
17. Markazda sportchilarni tayyorlash boʻyicha har yilgi sportchilar uchun nazorat normativlari sport federatsiya (uyushma)larining taqdimnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oʻquv yili boshlangunga qadar tasdiqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
18. Markazda sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport federatsiya (uyushma)lari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
19. Markazda sportchilarning koʻp yillik sport tayyorgarligi oʻquv-mashq bosqichida, sport kamoloti va oliy sport mahorati bosqichlarida amalga oshiriladi.
20. Quyidagilar markaz oʻquv-mashq jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
guruhlar boʻyicha va yakka tartibdagi oʻquv-mashq va nazariy mashgʻulotlar;
oʻquv-mashq yigʻinlari;
sportchilarning sogʻligʻini tiklash, profilaktika va sogʻlomlashtirish tadbirlarini, tibbiy-biologik tekshirishlarni, pedagogik testdan oʻtkazishni amalga oshirish;
sportchilarning musobaqalarda va turli darajadagi musobaqa uchrashuvlaridagi ishtirokini tashkil etish;
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlarida sportchilar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish;
oʻquv videoyozuvlarini, kinodasturlarini, shuningdek yetakchi sportchilar ishtirokidagi sport musobaqalarini koʻrish va tahlil qilish.
21. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qoʻyilgan jamoalar va sportchilarni tayyorlash sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazadi.
22. Oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish belgilangan tartibda markazning kalendar yil boshlanishidan ikki oy oldin tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Oʻquv-mashq yigʻinlarining vazifalari tuman, shahar, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarining kalendar rejasini hisobga olgan holda maktab-internatlar trener-oʻqituvchilar kengashi tomonidan aniqlanadi. Oʻquv-mashq yigʻinlari sportchilarning sport mahoratini oshirishni taʼminlashi kerak, ular maqbul sharoitlarda va mashq tizimining muayyan davrlarida oʻtkaziladi.
24. Markazning turli sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlardagi, shu jumladan turli tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlardagi ishtiroki tasdiqlangan kalendar rejasiga va ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy takliflarga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Markaz oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida direktor tasdiqlagan rejaga muvofiq sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Markazning tarbiyaviy ishlari shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi va sportchilarda vatanparvarlik tuygʻusini, jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga ehtiyojni, ularning oʻz bilimlari, mahorati va koʻnikmalarini doimiy ravishda toʻldirib borishiga yoʻnaltiriladi.
6-bob. Markazni boshqarish
26. Markazni boshqarish ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga va markaz ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Maktab-internat direktori markazga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi.
28. Maktab-internat direktori markaz ishlariga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan toʻliq javob beradi, trener-oʻqituvchilar jamoasi bilan birgalikda markazni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, markaz kadrlarini tanlaydi, xodimlarni, shu jumladan trener-oʻqituvchilarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
29. Markazda tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va metodik ishlarni oliy jismoniy tarbiya maʼlumotiga va trener-oʻqituvchilik ishida kamida bir yil tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadigan instruktor-metodist amalga oshiradi.
Instruktor-metodist oʻquv-mashq mashgʻulotlarining oʻtkazilishi, sport turlari boʻyicha dasturlar, oʻquv rejalari va mashgʻulotlar jadvalining bajarilishi, oʻquv-metodik hujjatlarning yuritilishi, markazning razryadchilari va sport rekordlarining hisobga olinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, markazning metodik kabineti ishlariga rahbarlik qiladi, tibbiyot muassasalari, taʼlim muassasalari va oʻquv-tarbiya jarayoni masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani taʼminlaydi.
30. Markazning trener-oʻqituvchilar tarkibi oliy yoki oʻrta maxsus, jismoniy tarbiya boʻyicha kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan toʻldiriladi.
Sport boʻyicha trener-oʻqituvchilar oʻquv guruhlarini tanlash va toʻldirishni, sportchilar bilan tarbiya va oʻquv-mashq ishlarini amalga oshiradi, sportchilarning tibbiy va dispanserizatsiya koʻrigidan oʻz vaqtida oʻtishini nazorat qiladi, sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchun oʻquv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, oʻquv-mashq jarayoniga eng samarali hamda zamonaviy shakllar va metodlarni joriy etish hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.
31. Sportchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) markazda oʻtkaziladigan oʻquv-mashq va tarbiya jarayoni bilan tanishish, shuningdek markazning nizomida nazarda tutilgan tartibda unda qatnashish huquqiga ega.
7-bob. Tibbiy nazorat
32. Markaz sportchilari uchun belgilangan namunadagi tibbiy-nazorat kartasi toʻldiriladi, unda sportchilar sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va doimiy nazorat maktab-internat tibbiyot xodimlari tomonidan olib boriladi va hujjatlar jamlanmasi tibbiyot punktida saqlanadi.
33. Markaz sportchilarini puxta tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish uchun sogʻliqni saqlash muassasaslari tomonidan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
8-bob. Markazning moddiy taʼminoti, uning moliyalashtirilishi va hisobotlari
34. Markazning sport asbob-uskunalarini, anjomlarini, metodik adabiyotlarini va koʻrgazmali qoʻllanmalarini, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek sportchilarning sport tadbirlarida va oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashishini taʼminlash maktab-internatga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan yillik rejada nazarda tutilmagan tadbirlar oʻtkaziladigan taqdirda ularni tashkil etish maktab-internatning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
35. Markaz sportchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq maktab-internatga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
36. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
37. Markaz belgilangan tartibda monitoring va statistika hisoboti maktab-internatning buxgalteriya xizmati tomonidan yuritiladi.
38. Markaz sportchilari ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
9-bob. Yakuniy qoida
39. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi Olimpiya zaxiralari markazining qabul
KONTINGENTI

T/r

Taʼlim muassasasi nomi

Kontingent soni

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

2.

Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

3.

Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

4.

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

5.

Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

6.

Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

7.

Fargʻonaixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

8.

Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

9.

Buxoro ixtisoslashtirilgan �limpiya zaxiralari
maktab-internati

50

10.

Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

11.

Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

12.

Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

13.

Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

14.

Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internati

50

Jami:

700

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda hududiy markazlar kontingentiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi Olimpiya zaxiralari markazi sportchilari uchun sutkalik oziq-ovqat
NORMASI

T/r

Mahsulotlar nomi

Gramm

(brutto)

1.

Bugʻdoy noni, 1-nav

600

2.

Bugʻdoy uni, 1-nav

30

3.

Yorma, makaron mahsulotlari

160

4.

Qand-shakar

100

5.

Asal

30

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

75

7.

Sariyogʻ

80

8.

Oʻsimlik yogʻi

30

9.

Sut-qatiq

600

10.

Qaymoq

50

11.

Tvorog

100

12.

Pishloq

50

13.

Goʻsht, parranda goʻshti

410

14.

Kolbasa mahsulotlari

70

15.

Baliq

100

16.

Tuxum (dona)

2

17.

Kartoshka

500

18.

Sabzavot�ar, shu jumladan, pomidor pastasi

600

19.

Meva-rezavorlar, sharbatlar, vitaminli ichimliklar

800

20.

Quruq mevalar, shu jumladan, naʼmatak - 5 gr, bargak

50

21.

Choy

3

22.

Kak�o

5

23.

Yodlangan tuz

10

24.

Xamirturush

1

25.

Mineral suv

200

26.

Bugʻdoy maysalari kukuni mahsuloti

3


Oqsillar

238,4

Yogʻlar

238,4

Uglevodlar

1017,9

Kaloriyasi

7133,04

Izoh. Markazga aʼzo boʻlgan sportchilar (sportchi-oʻquvchilar) uchun alohida taomnoma tuziladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlarida sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 2-avgustdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 50-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-iyuldagi 221-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 7-son, 67-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-394-son Qonuni)” 2016-yil 20-oktabrdagi 355-son qaroriga ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 10-son, 95-modda) 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarori)” 2017-yil 16-maydagi 288-son qaroriga ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 20-son, 367-modda) 13-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/660/1762-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son; 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)