1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish]
Ushbu Qonunning maqsadi ov qilish va ovchilik xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.12.00 Hayvonot dunyosidan ularning hayot faoliyati mahsulotlari yoki hayvonlarning boshqa xususiyatlarini olish maqsadida foydalanish]
Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni ta’qib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilishdir. Quyidagilar ov qilishga tenglashtiriladi:
g‘ilofi yechib qo‘yilgan holatdagi (yig‘ilgan tarzdagi) ov quroli va ov qilish qurollarining boshqa turlari yoki ov mahsuloti bilan ov qilish joylari hududida bo‘lish;
(3-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1004-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
shaxslarning g‘ilofi yechib qo‘yilgan holatdagi (yig‘ilgan tarzdagi) ov quroli bilan, ov mahsulotining qo‘lga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (ovchilik guvohnomasisiz, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomasiz, ovchilik yo‘llanmasisiz (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasisiz) umumiy foydalanishdagi yo‘llarda bo‘lishi.
Ovchilik xo‘jaliklari qo‘riqlash xodimlarining o‘z lavozim majburiyatlarini bajarayotganda xizmat quroli bilan ovchilik xo‘jaliklari hududida bo‘lishi ov qilish hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi.
4-modda. Ovchilik xo‘jaligi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.02.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish]
Ovchilik xo‘jaligi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir biotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yovvoyi hayvonlar sonining hisobini hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun ov qilish joylari hududida tashkil etiladi.
5-modda. Ovchi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Haqiqiy ovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan va ov qilish sohasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan chet ellik fuqaro ovchidir.
Ovchilik xo‘jaligining qo‘riqlash xodimi o‘z lavozim majburiyatlarini bajarayotganda ovchi hisoblanmaydi.
6-modda. Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamg‘armalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.02.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.04.00 Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.11.00 Madaniy, tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va estetika maqsadlarida hayvonlardan foydalanish;
6.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
7.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
ovchilik resurslarining va ov qilish joylarining muhofaza qilinishini, ulardan oqilona foydalanilishini, ularning saqlanishini ta’minlash;
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat tomonidan normalar belgilash;
ovchilik turizmini rivojlantirish;
ov qilishni hamda ovchilik xo‘jaliklarini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
davlat nazoratini amalga oshirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
7-modda. Davlat ovchilik fondi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.02.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi]
Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan, shuningdek ov qilish joylariga, shu jumladan ular yetishtirilgan ovchilik xo‘jaligidan tashqariga qo‘yib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir va Davlat ovchilik fondini tashkil etadi.
Fermalarda, pitomniklarda, inkubatorlarda, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlar Davlat ovchilik fondiga kirmaydi hamda fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklari qaysi shaxslarga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxslarning mulki bo‘ladi.
Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifadagi yerlar va suv obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish hamda ularni tasarruf etish huquqidan ajratilgandir.
2-bob. Ovchilik resurslari va ov qilish joylari
8-modda. Ovchilik resurslari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
Ov qilish maqsadida foydalaniladigan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvonlar, shuningdek yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari ovchilik resurslari jumlasiga kiradi.
9-modda. Ov qilish joylari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.06 Boshqa maqsadlarda suvdan foydalanish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.03 Boshqa foydalanish turlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish]
Ov qilish joylari ov qilish uchun foydalaniladigan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan, yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylari, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llari bo‘lgan yerlar, suv obyektlari va o‘rmonlardan iborat bo‘ladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 O‘rmonlarni va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yong‘in, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish]
Ov qilish joylari hududida quyidagilar taqiqlanadi:
qishloq xo‘jaligi, meliorativ, o‘rmon xo‘jaligi ishlarini va boshqa ishlarni yovvoyi hayvonlarning nobud bo‘lishiga olib keladigan usullarda amalga oshirish;
o‘zboshimchalik bilan yovvoyi qushlarning tuxumlarini yig‘ish, uyalarini vayron qilish, yovvoyi hayvonlarning uychalarini, inlarini va boshqa uyalarini buzish, bundan yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish bilan bog‘liq hollar mustasno;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda hamda boshqa toifadagi yerlarda qurigan dov-daraxtlarni va ularning qoldiqlarini ildizi bilan yoqish;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylarida, shuningdek ularning ko‘chib o‘tish yo‘llari bo‘lgan joylarda dov-daraxtlarni yo‘q qilib yuborish, qiyoq, qamish va yovvoyi holda o‘suvchi boshqa o‘simliklarning chakalakzorlarini yoqish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.04 Aeroportlar. Aerodromlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.02 Aholi punktlari yerlari;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.04 Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar]
Quyidagilar ov qilish joylariga kirmaydi:
aholi punktlarining yerlari;
sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadga mo‘ljallangan yerlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, agar ularning rejimida ov qilish nazarda tutilmagan bo‘lsa;
(9-modda uchinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
hosil yig‘ishtirib olinguniga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
to‘g‘onlar, suv ayirgichlar, ko‘priklar yonidagi, baliqchilik pitomniklari, hovuz xo‘jaliklari va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari chegaralaridagi uchastkalar, agar ushbu obyektlarni muhofaza qilish rejimida ov qilishga doir taqiq nazarda tutilgan bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari.
10-modda. Ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.03.00 Hayvonlarning davlat hisobi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri va monitoringi]
Ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi ovchilik resurslarining soni hamda populyatsiyasi, ularning yovvoyi hayvonlar turlari bo‘yicha o‘zgarishi dinamikasi va ularning yashash muhiti holati ustidan muntazam kuzatuvlar tizimini ifodalaydi.
Ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi Atrof-muhit davlat monitoringining bir qismidir.
Ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi ma’lumotlari ovchilik resurslaridan hamda ularning yashash muhitidan oqilona foydalanishni ta’minlash, ularni saqlab qolish uchun qo‘llaniladi.
11-modda. Ovchilik resurslarini va ov qilish joylarini muhofaza qilish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.04.00 Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.14.00 Hayvonot obyektlarining sonini tartibga solish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish]
Ovchilik resurslarini va ov qilish joylarini muhofaza qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
biologik xilma-xillikni saqlash hamda yovvoyi hayvonlarning barqaror yashashini ta’minlash;
yovvoyi hayvonlardan oqilona foydalanish va ularni takror ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
g‘ayriqonuniy ov qilishga (brakonyerlikka) qarshi kurashish;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylarini, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llarini muhofaza qilish;
ov qilish muddatlariga rioya etilishi va tutiladigan yovvoyi hayvonlarning soni ustidan nazorat qilish;
ov qilish joylari hududida yong‘inga qarshi choralar ko‘rish;
ov qilish joylari hududida yerlarni haydash va dov-daraxtlarni kundakov qilishning oldini olish;
suv obyektlarini suv havzalarining gidrologik va gidrogeologik rejimi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomaqbul hodisalardan muhofaza qilish.
12-modda. Yovvoyi hayvonlarning sonini va tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.14.00 Hayvonot obyektlarining sonini tartibga solish]
Yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olish maydon birligiga nisbatan yovvoyi hayvonlar sonini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olish yagona uslubiyotlar bo‘yicha o‘tkaziladi hamda ov qilishni rejalashtirish va ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun asos bo‘ladi.
Ovchilik xo‘jaliklari hududida yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olishni ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlariga biriktirilgan ov qilish joylari hududlarida, tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xo‘jaliklarida amalga oshiradi.
Tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish tutilgan yovvoyi hayvonlarning turlari bo‘yicha sonini aniqlash uchun amalga oshiriladi hamda ov qilish joylarining mahsuldorligini va yovvoyi hayvonlar turlarining zaxiralarini aniqlash, kelgusida yovvoyi hayvonlarni o‘zining yashash muhitidan ajratib olishni rejalashtirish uchun asos bo‘ladi.
Tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olishni ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlariga biriktirilgan ov qilish joylarining hududlarida, tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xo‘jaliklarida tutilgan yovvoyi hayvonlarni ovchilik xo‘jaliklarining maxsus daftarlarida, shuningdek ovchilik yo‘llanmalaridagi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalaridagi) belgilar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiradi.
13-modda. Yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.05.00 Hayvonot dunyosidan foydalanish va ularning turlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va ko‘paytirish]
Yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish yovvoyi hayvonlarni sun’iy ravishda mahsuldorroq holatda saqlab turish, yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylarini, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llarini muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, shuningdek hayvonlar suv ichadigan joylarni barpo etish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini tiklash, ihota va ozuqa ekinlarini ekish, yovvoyi hayvonlarni oziqlantirish orqali amalga oshiriladi.
14-modda. Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.14.00 Hayvonot obyektlarining sonini tartibga solish]
Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarning soni darajasini va populyatsiyasi tuzilmasini maqbul holatda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarni tutish (otish, tutib olish), shuningdek yovvoyi hayvonlarning sonini ko‘paytirishga, yovvoyi hayvonlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarning boshqa turlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan, shuningdek yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylari, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llari muhofaza qilinishini ta’minlaydigan usullar bilan amalga oshirilishi kerak.
Soni tartibga solinishi lozim bo‘lgan yovvoyi hayvonlarning turlari hamda yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish usullari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan, yovvoyi hayvonlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar belgilari aniqlangan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishuvga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(14-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
15-modda. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.14.00 Hayvonot obyektlarining sonini tartibga solish]
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek yovvoyi hayvonlarning kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olish hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish ma’lumotlari asosida belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarning ko‘p bo‘lmagan miqdorda tutiladigan ommaviy turlariga nisbatan kvotalar belgilanmaydi.
Kelgusi yil uchun yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan joriy yilning 1-noyabridan 15-noyabriga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 1-apreldan 15-aprelga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga topshiriladi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini talabnomalar asosida tayyorlaydi va 25-noyabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 25-aprelga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboradi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani 5-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 5-mayga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga taqdim etadi.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 10-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10-mayga qadar) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (bundan buyon matnda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari deb yuritiladi) yuboradi.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari 20-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 20-mayga qadar) kvotalarni berilgan talabnomalarga muvofiq taqsimlaydi hamda hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.
(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota hamda qo‘shimcha kvota O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(15-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
16-modda. Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun haq to‘lash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar]
O‘zbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.
To‘lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To‘lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi.
Yovvoyi hayvonlarning tutish normalari belgilanmagan turlari, ovda bo‘lish kunlarining sonidan qat’i nazar, to‘lovga muvofiq miqdorda tutiladi.
Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar miqdorlari ushbu Qonunga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
3-bob. Ovchining hamda ovchilik xo‘jaliklarining huquq va majburiyatlari
17-modda. Ovchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.05.00 Hayvonot dunyosidan foydalanish va ularning turlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.11.00 Madaniy, tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va estetika maqsadlarida hayvonlardan foydalanish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.12.00 Hayvonot dunyosidan ularning hayot faoliyati mahsulotlari yoki hayvonlarning boshqa xususiyatlarini olish maqsadida foydalanish]
Ovchi:
yovvoyi hayvonlarning ruxsat etilgan turlarini ov qilishni belgilangan joylarda va belgilangan muddatlarda amalga oshirish;
qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish;
ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslaridan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqiga ega.
Ovchi:
ov qilishni amalga oshirish chog‘ida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) yonida olib yurishi;
ovchilik xo‘jaligining va ov qilishga ruxsat etiladigan hududning chegaralarini aniq bilishi;
ov qilishga ruxsat etiladigan hududdan tashqarida ov qilishni amalga oshirmasligi;
yovvoyi hayvonlarni tutish normalariga va ov qilish muddatlariga rioya etishi, ov qilishni yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan joylarda amalga oshirishi;
ov qilishni boshlash oldidan ovchilik yo‘llanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) ov qilish boshlangan sana to‘g‘risidagi ustunni to‘ldirishi;
ov qilish tugagach, ovchilik xo‘jaligidan yoki ov qilish joylaridan chiqib ketishdan oldin yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tutilgan yovvoyi hayvonlar haqida belgilar qo‘yishi;
ov qilish tugagach, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) ov natijalari to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda, o‘n kundan kechiktirmay qaytarishi;
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etishi;
maishiy chiqindilarni to‘xtash joyidan yig‘ishtirib olishi va maishiy chiqindilarni to‘plash joylariga olib chiqishi;
ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mansabdor shaxslarining talabiga binoan tushuntirishlar berishi, ashyolarni, ov qurolini va transport vositalarini, qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) ko‘zdan kechirish uchun taqdim etishi;
halqalari, mikrochiplari, yorliqchalari, tamg‘alari bo‘lgan yovvoyi hayvonlar tutilganda hududida ov qilish amalga oshirilgan ovchilik xo‘jaligiga yoki ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organiga ular to‘g‘risida axborot taqdim etishi;
(17-modda ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
lavhalar, e’lonlar, oxurlar, yoyib qo‘yilgan qo‘shimcha ozuqalar, sun’iy uyalarga va boshqa biotexnik qurilmalarga shikast yetkazmasligi, shuningdek ushbu Qonun 9-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etmasligi;
ov qilishning xavfsizlik qoidalarini bilishi va ularga rioya etishi shart.
18-modda. Ovchilik xo‘jaliklarining huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va ko‘paytirish]
Ovchilik xo‘jaliklari:
jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir olingan kvotalar doirasida ovchilik yo‘llanmalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) berish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir olingan kvotalar doirasida yovvoyi hayvonlarni tutish uchun shartnomalar tuzish;
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomaga muvofiq ov qilishni amalga oshirishda qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini qayta ishlash;
ov mahsulotini tutishning yoki qo‘lga kiritishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar, mahsulotga doir sifat sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ov mahsulotini realizatsiya qilish;
yovvoyi hayvonlarni tabiatga moslashtirish yoki ulardan boshqa maqsadda foydalanish uchun ko‘paytirish;
fermalarda, pitomniklarda, inkubatorlarda, hovuz xo‘jaliklarida va boshqa xo‘jaliklarda saqlanayotgan hamda yetishtirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish;
g‘ayriqonuniy ov qilishga (brakonyerlikka) qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish, shu jumladan ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar bilan birgalikda ishtirok etish;
ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan dalolatnomalar tuzish, ularni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga topshirish;
(18-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga ov qilishni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek ovchilik xo‘jaliklarini yuritish masalalari yuzasidan takliflar taqdim etish huquqiga ega.
(18-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.14.00 Hayvonot obyektlarining sonini tartibga solish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va ko‘paytirish;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yong‘in xavfsizligi]
Ovchilik xo‘jaliklari:
ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
yovvoyi hayvonlarni va ov qilish joylarini muhofaza qilishi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazishi;
yovvoyi hayvonlar sonining hisobini yuritishi;
tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritishi;
yovvoyi hayvonlarning takror ko‘paytirilishini ta’minlashi;
yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish bo‘yicha yovvoyi hayvonlar ayrim turlarining sonini ularning yashash joylari doirasida saqlab turishga, ko‘paytirishga yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishi;
ovchilik xo‘jaligi hududida chegara ustunlari, e’lonlar va ko‘rsatkichlar, ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi to‘liq axborotni o‘z ichiga olgan xarita-sxema o‘rnatilishini ta’minlashi;
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etishi;
yovvoyi hayvonlarning egasiz tanalarini, ularning qismlarini va ichki a’zolari ko‘milishini tashkil etishi, ovchilarni bunday chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning belgilangan tartibi to‘g‘risida xabardor qilishi;
ov qilish ustidan nazoratni amalga oshirishi — ovchilarda zarur hujjatlar mavjudligini va ular tomonidan ushbu Qonunning 5-bobida nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini tekshirishi;
ovchilik yo‘llanmalari blankalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) hisobga olish, saqlash, to‘ldirish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishi;
har yili ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga ovchilik xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq axborotni taqdim etishi;
(19-moddaning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
ovchilik xo‘jaligini yuritish jarayonida atrof-muhitga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
o‘z zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;
yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan chatishtirishga, ko‘chirishga yoki iqlimga moslashtirishga yo‘l qo‘ymasligi;
ovchilik xo‘jaliklarida itlarning tumshuqbog‘larsiz, bog‘lovsiz yoki o‘ralgan maydonchadan tashqarida saqlanishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan itlar bilan ov qilish yoki itlarni ovga o‘rgatish mustasno;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlarining mansabdor shaxslarini ov qilish joylarining, yovvoyi hayvonlar hamda qayta ishlangan ov mahsuloti saqlanadigan, realizatsiya qilinadigan obyektlarning holatini o‘rganish uchun moneliksiz kiritishi shart.
(19-moddaning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
4-bob. Ov qilishni amalga oshirish
20-modda. Ov qilish turlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.05.00 Hayvonot dunyosidan foydalanish va ularning turlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.11.00 Madaniy, tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va estetika maqsadlarida hayvonlardan foydalanish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.14.00 Hayvonot obyektlarining sonini tartibga solish;
5.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ov qilish turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
sport va havaskorlik maqsadida ov qilish;
sanoat maqsadida ov qilish;
o‘lja olish maqsadida ov qilish;
yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki sun’iy yaratilgan yashash muhitida saqlash va ko‘paytirish maqsadida ov qilish;
ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun ov qilish;
yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish.
Sport va havaskorlik maqsadida ov qilish jismoniy shaxslar tomonidan ov mahsulotini shaxsiy iste’mol qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Sanoat maqsadida ov qilish ov mahsulotini tijorat maqsadida realizatsiya qilish uchun amalga oshiriladi.
O‘lja olish maqsadida ov qilish muayyan belgilariga ko‘ra baholanadigan ov o‘ljalarini (mo‘ynalar, shoxlar, patlar, terilar, bosh suyaklarini, qoziqtishlarni, boshqa hayotiy organlarni) olish maqsadida amalga oshiriladi.
Yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki sun’iy yaratilgan yashash muhitida saqlash va ko‘paytirish maqsadida ov qilishga, basharti yovvoyi hayvonlarga yopiq makonda yashaydigan sharoitlar yaratilsa, yo‘l qo‘yiladi.
Ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun ov qilish yovvoyi hayvonlarni o‘rganish hamda saqlab qolish, shuningdek ular kasallanganda, nobud bo‘lish, o‘lat xavfi bo‘lgan hollarda va boshqa sabablar tufayli yovvoyi hayvonlarga yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish yovvoyi hayvonlarning soni darajasini va populyatsiyasi tuzilmasini maqbul holatda saqlab turish, shuningdek o‘ta xavfli infeksiyalar tarqatuvchilari bo‘lgan hayvonlarga qarshi kurashish uchun amalga oshiriladi.
21-modda. Ov qilish qurollari va usullari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ov qilish:
ov qurolidan;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.
ovchi zotiga mansub itlardan, boshqa ovga o‘rgatilgan hayvonlar va qushlardan (ovchilik guvohnomasida tegishli qayd mavjud bo‘lgan taqdirda);
yovvoyi hayvonlarni tirik holda tutib olish uchun to‘rlar va tuzoqlardan (yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tegishli belgi mavjud bo‘lgan taqdirda);
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1004-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
minoralardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Qarmoqlar, ikki tomonlama mahkamlanadigan o‘ntadan ko‘p bo‘lmagan ilgakli vositalar (peremetlar), katak o‘lchami ruxsat etilgan hajmdagi to‘rlar baliq ovlash qurollaridir.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1004-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
Ov qilish amalga oshiriladigan ov qurollaridan foydalanilgan holdagi usullar va harakatlar majmui ov qilish usullaridir.
Yovvoyi hayvonlarni tutishda ov qurollarining quyidagi turlaridan foydalanish taqiqlanadi:
o‘ziotar qurollardan;
kamonlar, arbaletlar va nayzalardan, bundan ov qurollaridan yovvoyi hayvonlarni immobilizatsiya qilish (qimirlamaydigan qilib qo‘yish) hamda tamg‘a qo‘yish bilan bog‘liq ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun foydalanish mustasno;
ilgaklardan va to‘rlardan, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan baliq ovlash qurollari mustasno;
tuyoqli yovvoyi hayvonlar uchun qopqonlardan.
(21-modda to‘rtinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1004-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Yovvoyi hayvonlarni tutishda ov qilishning quyidagi usullaridan foydalanish taqiqlanadi:
ov uchun chuqurlar qazib qo‘yish;
portlovchi, kimyoviy moddalarni va biologik preparatlarni qo‘llash;
elektr tokini qo‘llash;
dov-daraxtlarni yoqish;
tovushsiz otish moslamalarini qo‘llash;
yovvoyi hayvonlarni jalb etish uchun ovoz chiqaruvchi apparatlarni qo‘llash;
suvdan kechib o‘tish joylarida, yong‘inlardan, toshqinlardan va boshqa tabiiy ofatlardan qochayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlash;
yovvoyi hayvonlarni muzga, qalin qorga, suvga yoki ular uchun xos bo‘lmagan o‘zga yashash muhitiga haydab kiritish;
sutkaning qorong‘i vaqtida yoritish anjomlari bilan (bundan to‘ng‘iz, bo‘rsiq, jayra ovlash mustasno) transport vositalarini, shu jumladan yer ustida harakatlanadigan, havoda parvoz qiladigan vositalarni va kichik o‘lchamli kemalarni qo‘llash.
22-modda. Ov qilishning xavfsizlik qoidalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish]
Ovchi o‘ziga tegishli ov qurolining tuzilishini, ushbu quroldan foydalanishda qismlarining bajaradigan vazifasini va o‘zaro ta’sirini, ishlatiladigan o‘q-dorilarning texnik hamda ballistik ko‘rsatkichlarini, shuningdek ov qurolini va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish va qo‘llash qoidalarini bilishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.04.00 Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Quyidagilar taqiqlanadi:
texnik jihatdan nosoz bo‘lgan ov qurolini va uning o‘q-dorilarini, shu jumladan metalli qismida ko‘zga ko‘rinadigan zang alomatlari paydo bo‘lgan patronlarini qo‘llash;
“Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq muomalada bo‘lishi cheklangan qurolni va uning o‘q-dorilarini qo‘llash;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi.
o‘qlangan ov quroli bilan transport vositasiga chiqish va undan tushish;
yig‘ilgan ov qurolini transport vositalaridan, shu jumladan yer ustida harakatlanadigan, havoda parvoz qiladigan vositalardan, kichik o‘lchamli kemalardan, aravalardan, chanalardan yoki boshqa transport vositasidan stvolining og‘zini o‘ziga qaratgan holda olish;
shovqinga, shitirlashga, aniq ko‘rinmayotgan nishonga qarata, tuman paytida, kuchli qor yog‘ayotganida, sutkaning qorong‘i vaqtida, quyoshga qarata va yaxshi ko‘rinmaydigan boshqa sharoitlarda, shuningdek ko‘rinish cheklangan sharoitlarda 2,5 metrdan (yer yoki suv yuzasidan) pastlikda uchayotgan qushga qarata o‘q uzish;
aholi punktlariga bir kilometrdan yaqin masofada, avtobus qatnaydigan avtomobil yo‘llariga uch yuz metrdan yaqin masofada o‘qlangan ov quroli bilan bo‘lish;
ov qurolini, shu jumladan o‘qlanmagan ov qurolini odamga o‘qtalish, odamlarga, uy hayvonlariga, transport vositalariga qarata o‘q uzish;
aholi punktlariga bir kilometrdan kam masofadan silliq stvolli ov qurolidan va ikki kilometrdan kam masofadan soyli stvolli ov qurolidan o‘q uzish;
zaruratsiz o‘q uzish, tashqi tepkili qurolning tepkisini ko‘tarish yoki ichki tepkili qurolni saqlagichdan chiqarish;
kichik o‘lchamli kemadan undagi eshkakchilar yoki boshqa ovchilar uzra o‘q uzish;
yaralangan yovvoyi hayvonni ov qurolining qo‘ndog‘i bilan urib o‘ldirish;
hosil yig‘im-terimi jarayonida qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida ov qilishni amalga oshirish;
alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatida ov qilishni amalga oshirish.
23-modda. Ov qilish mavsumi va muddatlari
Ov qilish mavsumi yilning yovvoyi hayvonlarni ov qilish ruxsat etilgan davridir.
Ov qilish muddati yilning ma’lum davri bo‘lib, bu davr mobaynida muayyan turdagi yovvoyi hayvonlarni ovlash amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida ov qilish muddatlari ushbu Qonunga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ov qilish mavsumida haftaning ikki kuni — seshanba, chorshanba — O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qushlarni ov qilish uchun yopiqdir. Bundan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun qushlarni tutish hollari mustasno.
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Sinovdan o‘tkaziladigan har bitta itga to‘g‘ri keladigan uch bosh qushni otgan holda ovchi itlarning baliqchi qushlarga doir dala sinovlarini — 15-martdan 1-mayga qadar va bedanaga doir dala sinovlarini — 1-apreldan 15-mayga qadar o‘tkazishga ruxsat beriladi. Sinovlarni o‘tkazish joylari hamda tartibi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari bilan kelishuvga ko‘ra ovchilik xo‘jaliklari tomonidan aniqlanadi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
24-modda. Ov mahsuloti
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.12.00 Hayvonot dunyosidan ularning hayot faoliyati mahsulotlari yoki hayvonlarning boshqa xususiyatlarini olish maqsadida foydalanish]
Quyidagilar ov mahsulotidir:
yovvoyi hayvonlar — quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda yashovchi, xonakilashtirilmagan umurtqasizlar, baliqlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar;
yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan asal, yog‘, go‘sht, sut, tuxum, mum, uvildiriq, zahar, safro, mo‘yna, shoxlar, patlar, terilar va boshqa mahsulotlar.
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomaga muvofiq qo‘lga kiritilgan ov mahsuloti berilgan ruxsatnomaning haqi to‘langanidan keyin ovchining mulki bo‘ladi.
Ov mahsulotini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Ov mahsulotining tutilganligi yoki qo‘lga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz mazkur mahsulotni olib kirish, olib chiqish, tashish va jo‘natish taqiqlanadi.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
25-modda. Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlarni otish (tutib olish)
Ovchilik xo‘jaligi hududida muayyan vaqt oralig‘ida uyalarni buzadigan, yosh yovvoyi hayvonlarni qirib tashlaydigan, boshqa yovvoyi hayvonlarga mo‘ljallangan ozuqani yeb qo‘yadigan, qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazadigan, shuningdek hayvonlar va inson uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchilar bo‘lgan sutemizuvchilar, qushlar yoki yovvoyi hayvonlarning boshqa turlari ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlar deb e’tirof etilishi mumkin.
Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvonlarning turlari ovchilik xo‘jaliklarining talabnomalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlarni otish (tutib olish) ovchilik xo‘jaligining yovvoyi hayvonlarni hamda ov qilish joylarini muhofaza qilish, yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajaradigan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlarni otish (tutib olish) uchun zararli hamda quturgan hayvonlarni yo‘q qilish bo‘yicha brigadalardan ovchilar jalb etilishi mumkin.
Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilgan tutib olingan yovvoyi hayvonlar hisobga olinishi lozim. Tutib olingan hayvonlar to‘g‘risidagi (turlari, soni, tutib olingan joyi va muddati bo‘yicha) axborot ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlariga kalendar yil tugaganidan keyin o‘n besh kun ichida taqdim etiladi.
(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
26-modda. Chet ellik fuqarolar uchun ovni tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]
Ushbu Qonunga muvofiq ov qilish huquqiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar uchun ovni tashkil etish chet ellik fuqarolar va turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda ovchilik xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada ov qilishni amalga oshirish shartlari, ko‘rsatilgan xizmatlar va tutilgan ov mahsuloti uchun haq to‘lash miqdori belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning IV-bobi.
27-modda. G‘ayriqonuniy ov qilish (brakonyerlik)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.10.00 Ov va baliqchilik obyektlariga kiritilmagan hayvonlarni ovlash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Quyidagi harakatlar g‘ayriqonuniy ov qilish (brakonyerlik) deb e’tirof etiladi:
ov qilish joylari bo‘lmagan joylarda, shuningdek muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ov qilish, bundan muhofaza qilish va foydalanish rejimiga muvofiq hududida cheklangan tarzda ov qilishga ruxsat etilgan joylarda ov qilishni amalga oshirish hollari mustasno;
ov qurollarining taqiqlangan turlaridan va ov qilishning taqiqlangan usullaridan foydalangan holda ov qilish;
taqiqlangan joylarda, ov qilish taqiqlangan mavsumlarda va muddatlarda ov qilish hamda yovvoyi hayvonlarning taqiqlangan turlarini ovlash;
ovchilik guvohnomasisiz, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasiz, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomasiz hamda ovchilik yo‘llanmasisiz (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasisiz) ov qilish (bundan tabiiy suv oqimlarida, shuningdek kanallarda va kollektor-drenaj tarmoqlarida umumiy foydalanish tartibida jismoniy shaxslar tomonidan baliq tutish mustasno);
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan yovvoyi hayvonlarni tutib olish yoki otish normalarini oshirib yuborish;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlarining maxsus ruxsatnomasisiz yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlarini yig‘ish, qushlarning makonlariga borish, yovvoyi qushlarning uyalarini, yovvoyi hayvonlarning uychalarini, inlarini hamda boshqa uyalarini o‘zga joyga ko‘chirish va vayron qilish, shuningdek yovvoyi hayvonlarning urchishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa harakatlar.
(27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
G‘ayriqonuniy ov qilish (brakonyerlik) natijasida qo‘lga kiritilgan ov mahsuloti olib qo‘yilishi lozim. Bunda ovchilik resurslariga yetkazilgan zarar undiriladi.
5-bob. Ov qilish sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar
28-modda. Ovchilik guvohnomasi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.02.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar]
Ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ovchilik minimumi bo‘yicha sinov imtihonini topshirgan jismoniy shaxslarga ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan beriladi.
Ovchilik guvohnomasida to‘langan a’zolik badallari va davlat boji haqidagi ma’lumotlar, shuningdek ov quroli hamda uning o‘q-dorilari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Ovchilik guvohnomasi tegishli davr uchun a’zolik badallari to‘langanligi haqidagi belgi mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasi.
29-modda. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organlari tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq, ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov kiritilganidan keyin beriladi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomaning raqami (jismoniy shaxslar uchun);
ovchilik guvohnomasining raqami (jismoniy shaxslar uchun);
ov qilish turi;
ov qilishga ruxsat etiladigan hudud;
yovvoyi hayvon turining nomi;
tutish uchun ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlarning soni;
ov qilish muddati;
yovvoyi hayvonlarni tutish joyi (jismoniy shaxslar uchun);
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma uning amal qilish muddati tugagach (o‘n kun ichida), ruxsatnomani bergan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organiga tutilgan yovvoyi hayvonlar haqidagi hisobot bilan birga qaytariladi.
(29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
30-modda. Kamyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishning alohida tartibi
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga ushbu Qonun qoidalariga muvofiq alohida tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
yovvoyi hayvonlarni tutish maqsadi;
ovchilik guvohnomasining raqami (jismoniy shaxslar uchun);
ov qilishga ruxsat etiladigan hudud;
yovvoyi hayvon turining nomi;
tabiiy muhitdan ajratib olish ruxsat etiladigan yovvoyi hayvonlarning soni;
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir ruxsatnoma unga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hududiy organining belgisi qo‘yilganidan keyin haqiqiy bo‘ladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir ruxsatnoma uning amal qilish muddati tugagach (o‘n kun ichida) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratib olingan yovvoyi hayvonlar haqidagi hisobot bilan birga qaytariladi.
(30-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi to‘g‘risidagi nizom.
Ovchilik yo‘llanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) yovvoyi hayvonlarni tutishga doir olingan kvotalar asosida beriladi va uning egasiga mavsumiy yoki bir martalik ovni amalga oshirish huquqini taqdim etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
davlat o‘rmon fondi uchastkalarida — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari tomonidan;
(31-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
o‘zlariga biriktirilgan ovchilik xo‘jaliklarining yerlarida — xususiy ovchilik xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan;
o‘zlariga biriktirilgan ovchilik xo‘jaliklarining yerlarida, shuningdek boshqa ov qilish joylarining hududida, o‘zlari ushbu hududlarda yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olishni amalga oshirishi sharti bilan, — ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar]
Ovchilik yo‘llanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) uni olganlik uchun to‘lov kiritilganidan keyin beriladi.
Ov qilishni amalga oshirish vaqtida ovchi ovchilik yo‘llanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) tutilgan yovvoyi hayvonlar to‘g‘risida belgilar qo‘yadi. Ovchilik yo‘llanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) ov qilish tugaganidan keyin o‘n kun ichida ovchilik xo‘jaligiga qaytariladi.
Ovchilik yo‘llanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalari) berilganligi uchun to‘lov miqdori ovchilik xo‘jaliklari tomonidan belgilanadi.
6-bob. Ovchilik xo‘jaligini yuritish
32-modda. Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi]
Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza hamda takror ko‘paytirish tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini ilmiy-asoslantirilgan tarzda rejalashtirish va amalga oshirish ovchilik xo‘jaligini yuritishdir.
Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma, agar ov qilish joylari o‘rmon fondi yerlarida joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan yoki, agar ov qilish joylari o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan yerlarda joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan imzolangan kundan e’tiboran yuzaga keladi.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Ovchilik xo‘jaligini ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan yuritish texnik-iqtisodiy asosnoma hamda, agar ov qilish joylari davlat o‘rmon fondi uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan yoki, agar ov qilish joylari davlat o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan uchastkalarda joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan tuzilgan ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Texnik-iqtisodiy asosnoma materiallari va ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma ovchilik xo‘jaliklarini yuritishning kompleks tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek ovchilik resurslaridan oqilona, barqaror foydalanishga, ularni muhofaza qilishga, takror ko‘paytirishga hamda biriktirilgan ov qilish joylarining hududini ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun yaroqli holatda saqlab turishga qaratilgan joriy va istiqboldagi rejalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda yuritish uchun asosiy normativ-texnik hujjatlardir.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
Ovchilarning jamoat birlashmalariga ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi:
ov qilish joylarining holati to‘g‘risidagi axborot hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va uning mintaqaviy bo‘limlari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining biolog-mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olish materiallari;
hududida ovchilik xo‘jaligini tuzish rejalashtirilayotgan yer egalarining yoki yerdan foydalanuvchilarning roziligi asosida beriladi.
Texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formati hamda namunaviy shartnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqini berish yer egalaridan yoki yerdan foydalanuvchilardan yerlarni olib qo‘ymagan holda amalga oshiriladi.
33-modda. Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqini tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganda;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda.
34-modda. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma uch yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi. Shartnoma ushbu Qonun 32-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar hamda tasarrufida ov qilish joylari bo‘lgan davlat organlari o‘rtasida tuziladi.
Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar;
(34-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
shartnomaning amal qilish muddati;
ovchilik xo‘jaligining joylashgan yeri, chegaralari va maydoni, shu jumladan biotoplar bo‘yicha — tog‘lar, cho‘l, o‘rmon yoki suv bilan qoplanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ov qilish joylari hududida yashayotgan yovvoyi hayvonlar turlarining shartnomani tuzish sanasidagi soni haqidagi ma’lumotlar;
ov qilish uchun yopiq bo‘lgan takror ko‘paytirish uchastkasining tavsifi (ovchilik xo‘jaligi umumiy maydonining kamida 10 foizi);
shartnomani tuzgan shaxsning ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlari;
davlat organining shartnomani tuzgan shaxsga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani berish majburiyati;
taraflarning shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi;
chegaralari, borish yo‘llari, takror ko‘paytirish uchastkasining, kordonlar hamda boshqa inshootlar va obyektlarning joylashuvi ko‘rsatilgan holda ovchilik xo‘jaligi hududining xarita-sxemasi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish chog‘ida ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash miqdori;
shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish asoslari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomaning namunaviy shakli, shuningdek ovchilik xo‘jaligini yuritish chog‘ida ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan haq miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
35-modda. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat:
taraflarning kelishuvi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida o‘zi bilan shartnoma tuzilgan yuridik shaxsning tugatilganligi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida o‘zi bilan shartnoma tuzilgan jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida o‘zi bilan shartnoma tuzilgan jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining vafot etganligi, belgilangan tartibda muomala layoqati cheklanganligi, muomalaga layoqatsiz deb topilganligi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran ovchilik xo‘jaligining bir yildan ortiq vaqt yuritilmaganligi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan to‘lov muddati o‘tgach to‘lovning (ketma-ket ikki martadan ziyod) kiritilmaganligi;
ovchilik xo‘jaligini yuritishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarning belgilangan muddatda ovchilik xo‘jaligi tomonidan bartaraf etilmaganligi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning muntazam ravishda (bir yil davomida ikki martadan ortiq) buzilganligi;
hayvonot dunyosidan belgilanmagan maqsadda foydalanilganligi;
ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi o‘zboshimchalik bilan boshqa shaxsga berilganligi.
36-modda. Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasi yangilab turiladigan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi;
ov qilish taqiqlangan joylar haqidagi;
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ajratilgan kvota to‘g‘risidagi;
ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilgan yovvoyi hayvonlar haqidagi;
muayyan ov qilish joylarida ov qilish uchun taqiq belgilanganligi to‘g‘risidagi;
yovvoyi hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi haqidagi;
muayyan jinsdagi va yoshdagi yovvoyi hayvonlarga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi to‘g‘risidagi.
Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
37-modda. Zararning o‘rnini qoplash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.17.00 Hayvonot olamidan foydalanish va muhofaza qilish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish (taksalar)]
Yuridik hamda jismoniy shaxslar ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashi shart.
Zararning o‘rni qoplanishi aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
38-modda. Nizolarni hal etish
Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
39-modda. Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.17.00 Hayvonot olamidan foydalanish va muhofaza qilish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish (taksalar)]
Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 90-moddasi.
40-modda. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda) 2-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ov qilishni amalga oshirishning hamda ovchilik xo‘jaligini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
(41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
42-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
(42-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
43-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyul,
O‘RQ-627-son
O‘zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga 1-ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar
MIQDORLARI
Jinsi va yoshidan qat’i nazar, 1 ta yovvoyi hayvonni tutish narxlari
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari uchun bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda (ov qilish turlari bo‘yicha)
Chet ellik jismoniy
va yuridik shaxslar
uchun, AQSH dollarida
sanoat maqsadida
sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida
ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida
ov qilishning barcha turlari bo‘yicha
SUTEMIZUVCHILAR
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar
Tulki, chiyabo‘ri, cho‘l va to‘qay mushuklari, nutriya, latcha, ondatra, qizil sug‘ur
0,2
0,1
0,05
30
Bo‘ri
-
-
-
75
Bo‘rsiq, jayra
0,3
0,15
0,03
20
Quyon
0,1
0,05
0,02
25
O‘rmon, qishloq va ovchilik xo‘jaliklari zararkunandalaridan, odam va hayvonlar kasalliklarini tarqatuvchilardan tashqari boshqa sutemizuvchilar
0,02
0,01
0,01
1
Izoh:
Agar biron-bir hayvon ovchilik xo‘jaligiga yoki insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi hayvon sifatida tutiladigan bo‘lsa, uning uchun to‘lov undirilmaydi.
* O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslariga bitta yovvoyi hayvonni tutish uchun narx chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar uchun bo‘lgan o‘sha summada AQSH dollarida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan u to‘langan kunda belgilangan kurs bo‘yicha to‘laydi.
QUSHLAR
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar
Qiyqirdoq va vishildoq oqqushlar, pushti va jingalak soqoqushlar, tog‘ kalxati (qumoy), qora laylak, suvqiyg‘ir (skopa), uzun dumli va oq dumli suvburgutlari, oq turna, kichik burgut, qironqora, boltayutar, burgut, qirg‘iy burgut, ilonxo‘r burgut, katta olachipor burgut, oqbosh o‘rdak, qiziltomoq g‘oz, kichik oqqo‘ton, qizilg‘oz (flamingo), oq peshanali kichik g‘oz, sariq qo‘ton (qarqara), bizg‘aldoq
100
50
8
3000
Oq laylak, qoravoy, qoshiqburun, tasqara, oq boshli qumoy, cho‘l bo‘ktargisi, cho‘l burguti, cho‘l miqqiysi, qorabosh baliqchi, cho‘l jiqtog‘i, targ‘oq, kichik uzunburun, Osiyo moki loyxo‘ragi, oqbovur
25
15
5
1000
Qorabuzov, marmar churrak, oqko‘z (ola qanotli o‘rdak), Zarafshon qirg‘ovuli, qora kabutar, oddiy g‘urrak va boshqa turlar
15
10
3
500
Qushlarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun)
Ov qilish maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turini tutish uchun to‘lov miqdorining 40 foizi
Sanoat, sport yoki xavaskorlik maqsadida ov qilish obyektlari bo‘lmagan hayvonlar turlari
Turnalar, ukki, kichik oqqush, boshqa yirtqich qushlar
2
300
Yapaloqqushlar, qarqaralar, quzg‘un, klushitsa, Alp zog‘chasi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra ovchilik xo‘jaligiga yoki insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlarni tutish to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi. Bunday hayvonlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan aniqlanadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
* O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslariga bitta yovvoyi hayvonni tutish uchun narx chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar uchun bo‘lgan o‘sha summada AQSH dollarida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan u to‘langan kunda belgilangan kurs bo‘yicha to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar
Kobra, bo‘zechkemar
10
10
4
1000
Cho‘l toshbaqasi
0,2
0,05
0,02
6
Boshqa noyob turlar
7
7
2
500
Sudralib yuruvchilarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun)
Ov qilish maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turini tutish uchun to‘lov miqdorining 40 foizi
Boshqa turlar
Qum charxiloni, bushilon, qora ilon, ko‘lvor ilon
5
2,5
1
100
Zaharsiz ilonlar
0,5
0,25
0,05
15
Kaltakesakchalar, gekkonlar, kaltakesaklar, agamalar, sariqilon va boshqa turlar
0,2
0,05
0,01
5
Sudralib yuruvchilarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun)
Ov qilish maqsadini hisobga olgan holda mazkur hayvon turini tutish uchun to‘lov miqdorining 30 foizi
HAM SUVDA, HAM QURUQLIKDA YASHOVCHI HAYVONLAR
Ko‘l baqalari, qurbaqalar
0,05
0,03
0,01
2
BALIQLAR
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar
Orol so‘zanbalig‘i, Orol bakra balig‘i, Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni va Amudaryo katta kurakburuni, Orol sulaymonbalig‘i, cho‘rtansimon oqqayroq, Amudaryo gulbalig‘i
15
10
5
500
Boshqa turlar
5
3
1
250
Sanoat ahamiyatiga molik baliqlar va ularning boshqa turlari
Tovonbaliq, Samarqand xramulyasi, ilonbosh, leshch, cho‘rtanbaliq, tarasha baliq, xonbaliq, qorabaliq
3
0,01
0,01
5
Qizilko‘z va boshqa qiymati past turlar
1
0,005
0,001
1
Izoh:
Sanoat ahamiyatiga molik baliqlarni va ularning boshqa turlarini tutishga doir narxlar:
birinchi ustunda sanoat maqsadidagi 1 tonna uchun;
ikkinchi ustunda sport va boshqa maqsadlardagi 1 kg uchun ko‘rsatilgan.
Baliqlarning ko‘paytirilgan turlarini sanoat miqyosida ovlaganlik uchun to‘lov summasi ko‘paytirilganlik tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda mazkur tur qiymatining 30 foizini tashkil etadi.
UMURTQASIZLAR
Kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar:
Turkiston qisqichbaqasi (Sirdaryo havzasi), tibbiyot zulugi (10 donasi uchun) va boshqalar
0,05
0,02
0,01
20
Zaharli umurtqasizlar
0,01
-
0,002
3
Tor panjali qisqichbaqa (Zarafshon daryosi havzasi) 1 kg uchun
0,08
0,05
0,01
3
Artemiya (Artemia) sistalari 1 kg uchun
0,1
-
0,01
5
Umurtqasizlar g‘umbaklari (motil, trubochnik va boshqalar) 1 kg uchun
0,02
-
0,005
0,1
Mayda qisqichbaqasimonlar (gammarus, dafniyalar va hokazo) 1 kg uchun
0,01
0,01
0,005
0,1
Mollyuskalar chig‘anoqlari (1 kg uchun)
0,01
0,01
0,005
0,5
Maishiy, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalaridan, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilardan, shuningdek baliq ovida xo‘rak sifatida foydalaniladigan jonivorlardan tashqari boshqa umurtqasizlar
0,01
0,01
0,001
1
Mumiyo (1 g uchun)
0,05
-
0,01
1
Izoh:
Pitomniklarda yetishtirilgan va ovchilik-baliqchilik joylariga qo‘yib yuborilgan hayvonlarni tutish uchun to‘lov miqdori, basharti joylarga qo‘yib yuborilgan hayvonlar soni tutish uchun mo‘ljallanadigan hayvonlarning sonidan uch barobar ortiq bo‘lsa, ushbu pitomniklar egalari bo‘lgan shaxslar uchun mazkur yovvoyi hayvon turini tutish uchun to‘lov miqdorining 50 foizini tashkil etadi.
Pitomniklarda, fermalarda, hovuz xo‘jaliklarida va boshqalarda yetishtirilgan hamda ularning hududida joylashgan hayvonlar uchun to‘lovlar miqdori ushbu xo‘jaliklarning egalari tomonidan belgilanadi.
Ko‘paytirish yoki boshqa joylarga ko‘chirish maqsadida tutib olinadigan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma uchun to‘lovning miqdori mazkur turni tutish uchun belgilangan to‘lov miqdorining 30 foizini tashkil etadi.
Tabiiy, texnogen va antropogen omillardan zarar ko‘rgan hayvonlarni reabilitatsiya qilish hamda keyinchalik tabiatga chiqarib yuborish maqsadida tabiiy muhitdan majburiy tarzda ajratib olish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan maxsus kelishuvga ko‘ra ularni tutganlik uchun haq to‘lamagan holda amalga oshiriladi.
Pitomniklarda yetishtirilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (uchinchi va keyingi avlod) hayvonlardan ovchi yovvoyi qushlarning mashqini o‘tkazish uchun yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda foydalanishga yo‘l qo‘yilib, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga foydalaniladigan hayvonning soni va turlari, mashq o‘tkazish joyi va muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, halqalar, mikrochiplar identifikatsiya raqamlarining hamda boshqa identifikatsiya belgilarining ro‘yxati taqdim etiladi.
O‘rmon, qishloq va ovchilik xo‘jaliklari zararkunandalarining, inson va hayvonlar xavfli kasalliklarini tarqatuvchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, ovchilar jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga 2-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OV QILISH MUDDATLARI
Tur
Ov qilish muddatlari
To‘ng‘iz
15-sentabr — 30-dekabr, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarida yerdan foydalanuvchilarning talabnomalari bo‘yicha 15-iyuldan boshlab.
Tog‘ takasi
15-sentabr— 30-dekabr
Yelik (bug‘u)
1-sentabr— 30-noyabr
Qum tovushqoni
15-oktabr— 31 yanvar
Jayra, bo‘rsiq
15-sentabr— 30-noyabr
Ondatra
15-oktabr— 15-dekabr
Qarsoq tulki, chiyabo‘ri, yovvoyi mushuklar
15-noyabr— 31 yanvar
Tulki, qorakuzan (norka), tog‘ suvsari, sariq sassiqkuzan
15-noyabr— 31 yanvar
Nutriya
15-oktabr— 15-dekabr
Bedana
15-avgust — 30-noyabr
Kabutarlar (g‘urraklar va kabutarlar)
15-avgust — 28-fevral
Kaklik, chillar, ular
15-oktabr— 28-fevral
Qirg‘ovullar
15-oktabr— 30-dekabr
Suvda suzuvchi qushlar (g‘ozlar, o‘rdaklar, qashqaldoqlar), katta qoravoy, qo‘ng‘irlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida: 1-sentabr— 15-dekabr;
qolgan hududlarda: 1-oktabr— 28 fevral.
Balchiqchi qushlar (balchiqchilar, suv tovug‘i, suvmoshaklar, tartar), yilqichi, churraklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida: 15-avgust — 15-dekabr;
* Baliqlarni ovlash muddatlari ob-havo sharoitiga qarab, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi talabnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(izoh O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 03/20/627/1047-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)