1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.06.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini litsenziyalash. Litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish. Tanlov va auksionlar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tadbirkorlik subyektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishni elektron online-auksion savdolari asosida amalga oshirish tartibi;
strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari va muddatlari;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, ushbu huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat hisobiga olish tartibi;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish asoslari va tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarning tegishli turlarini olish uchun buyurtmalar ushbu qarorga qat’iy rioya etgan holda ko‘rib chiqilishini;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish tartibi soddalashtirilganligi to‘g‘risida keng jamoatchilik xabardor qilib borilishini ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-iyun,
403-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 403-son qaroriga 1-ILOVA
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom yer qa’ri uchastkalari foydalanishga, shu jumladan, alohida bitimlar asosida foydalanishga berilgan holatlarga nisbatan qo‘llaniladi, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar hamda konsessiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu Nizomning amal qilishi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi uchun litsenziyalar berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
geologik jihatdan o‘rganish uchun strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya — uning egasini tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida (yer qa’ridan foydalanuvchining o‘z mablag‘lari hisobidan) foydali qazilma konlarini qidirish, baholash, razvedka qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
foydali qazilmalarni kavlab olish uchun strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya — uning egasini foydali qazilma konini ishlatish, qazib olingan mineral xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan, agar litsenziya shartlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib chiqarish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur ruxsat beruvchi hujjatlar olinishini hisobga olgan holda foydalanish (qayta ishlash) huquqini tasdiqlovchi hujjat;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya — uning egasini kon qazish va qayta ishlash ishlab chiqarishlarining tarkibida foydali komponentlar mavjud bo‘lgan chiqindilarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur ruxsat beruvchi hujjatlar olinishini hisobga olgan holda qayta ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya — uning egasini yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan, uglevodorodlarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun yer qa’rining muayyan uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya — uning egasini ilmiy va o‘quv poligonlari, geologik qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari hamda ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik bo‘lgan o‘zgacha obyektlarni belgilash, shuningdek, g‘orlar hamda boshqa yer osti bo‘shliqlaridan ilmiy, davolash-sog‘lomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya — uning egasini yer yuzasiga chiqib qolgan tabiiy jinslar, tabiiy yer osti bo‘shliqlari (g‘orlar), ishlatib bo‘lingan konlar, kon qazish korxonalarining ag‘darmalaridan (kon ajratmasi egasi bilan kelishuv bo‘yicha) nodir tosh xomashyosining yakka-yolg‘iz namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni ajratib olish, shuningdek, kon ishlari va maxsus ishlarning boshqa turlarini amalga oshirmasdan (yer qa’ri yaxlitligini buzmasdan) daryolarning qayirlarida namunalarni to‘plash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
kon ajratmasi — litsenziyaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasi;
strategik turdagi foydali qazilmalar — oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, uran, platina va platinoidlar, nodir metallar va nodir elementlar, temir, marganets, uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat), ko‘mir, yonuvchi slanetslar;
mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim, konsessiya va boshqa alohida investitsiya bitimlari — shartnoma hisoblanib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni qazib chiqarish hamda shular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor esa ushbu ishlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini oladi (keyingi o‘rinlarda alohida bitimlar deb ataladi);
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi o‘rinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — elektron online-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan axborot tizimi;
operator — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi “Elektron online-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
elektron online-auksion (keyingi o‘rinlarda auksion deb ataladi) — salohiyatli xaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda Internet tarmog‘idagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli;
elektron buyurtma (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb ataladi) — yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni auksionda realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan operatorga beriladigan elektron buyurtma;
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun elektron ariza bergan va unda ishtirok etishga qo‘yilgan yuridik shaxs;
auksion raqami — savdoda ishtirok etish uchun elektron ariza mavjud bo‘lganda auksionda ishtirok etish uchun ishtirokchiga beriladigan raqam;
kafolatlangan zakalat (keyingi o‘rinlarda zakalat deb ataladi) — elektron savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan to‘lanadigan boshlang‘ich narxning 5 foizi qiymatidagi pul miqdori;
auksion obyekti — auksion natijalari asosida realizatsiya qilishga qo‘yiladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi;
lot — auksionda realizatsiya qilinadigan, strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan muayyan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi;
savdo maydonchasidagi texnik uzilish — ishtirokchilardan biriga auksionda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator xodimiga auksion o‘tkazilishiga xizmat ko‘rsatishning texnik imkoniyatini ta’minlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar.
4. Geologik jihatdan o‘rganish uchun tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida foydali qazilma konlarini qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish va boshqa maqsadlar, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan va ushbu Nizomda nazarda tutilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berish uchun asos litsenziya hisoblanadi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari Davlat geologiya qo‘mitasining buyurtmasi bo‘yicha mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturlari doirasida yer qa’rini geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo bo‘lishi uchun asos hisoblanadi.
Litsenziya ma’lum bir muddat belgilangan aniq chegaralar doirasida uning egasining yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini tasdiqlaydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.
5. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar beruvchi vakolatli organlar (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi):
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan — chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va foydalanish uchun;
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan — yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqining boshqa barcha turlari uchun beriladi.
2-bob. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
6. Strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan (keyingi o‘rinlarda yer qa’ri uchastkalari deb ataladi) foydalanish huquqini beradigan litsenziya quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
geologik jihatdan o‘rganish;
foydali qazilmalarni kavlab olish;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;
muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish;
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.
Litsenziya, qoidaga ko‘ra, ushbu bandda belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turi uchun alohida beriladi.
7. Litsenziyalar elektron savdolar natijalari yoki yuridik shaxslarning litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishi natijasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda beriladi.
8. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar:
geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish (yer qa’ridan foydalanuvchining balansida bo‘lamaganda) uchun auksion natijalari ko‘ra;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish, shu jumladan, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra “birinchi topshirilgan buyurtma” qoidalariga binoan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish yo‘li bilan beriladi.
9. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxslar o‘zlari razvedka qilgan konda foydali qazilmalarning zaxiralari Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasida (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olish yuzasidan mutlaq huquqqa (keyingi o‘rinlarda mutlaq huquq deb ataladi) egadirlar.
Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya yuridik shaxsning mutlaq huquqining amal qilish muddati davomida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasida ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan tartibda beriladi.
Yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxsning mutlaq huquqi berilgan muddat tugaganidan so‘ng foydali qazilmalar zaxiralari balansiga o‘tadi va ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaxs tomonidan razvedka qilingan konda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishga auksion paytida ularning ustun huquqi saqlanib qoladi.
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazgan yuridik shaxs o‘zi razvedka qilgan kondagi foydali qazilmalarni kavlab olish huquqidan voz kechgan taqdirda u ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi mumkin.
Ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlarda yuridik shaxsning qilgan harajatlari, shu jumladan, yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlar qiymati qoplanmaydi.
10. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar quyidagi hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida berilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ular tomonidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ga muvofiq;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksionlarda bir yil davomida o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda;
yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxs tomonidan o‘zi tomonidan qidirilgan kondan Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishingan holda foydali qazilmalarni qazib olishga mutlaq huquq boshqa shaxsga (to‘liq yoki qisman) berilgan taqdirda;
uglevodorod xomashyosi va strategik turdagi foydali qazilmalarning tijorat salohiyatga ega alohida obyektlari bo‘yicha, shuningdek, alohida bitimlar doirasida Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yili 12-dekabrdagi 989-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan hamkorlikda tanlov savdolari asosida eng yaxshi takliflarni tanlash orqali.
11. Foydali qazilmalarni baholash va razvedka qilish bosqichlarida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan va foydali qazilmalar zaxirasini hisoblab chiqish va uning sifatini baholash uchun yetarli bo‘lgan hajmda tajriba (namuna) va tajriba-sanoat usulida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish geologik o‘rganishga doir litsenziya mavjud bo‘lganda talab qilinmaydi.
12. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya Davlat komissiyasi tomonidan zaxirasi tasdiqlangan foydali qazilma konlariga beriladi.
13. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, agar bu konlarni ishga tushirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasa va konlarning boshqa qismlarini ishga tushirish uchun to‘sqinlik qilmasa, konning alohida uchastkasida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
14. Bir konning bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
15. Agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq konlarning faqat bir nafar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishga tushirilishi rentabelli hisoblansa, bir-biriga yaqin joylashgan konlarni ishga solish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya bir vaqtda berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
16. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaning egasi foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni unga berilgan kon ajratmasi doirasida, ushbu ishlar Davlat geologiya qo‘mitasida davlat hisobiga olinishi sharti bilan qo‘shimcha litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
17. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga mulk huquqi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatida litsenziya egasida saqlanib qoladi. Ushbu holatda texnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.
18. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchining balansida bo‘lmagan ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash uchun yoxud texnogen mineral hosilalar belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga sotilgan yoki berilgan taqdirda beriladi.
19. Texnogen mineral hosilalar boshqa shaxsga belgilangan tartibda sotilgan yoki berilgan taqdirda yoki agar foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddatida texnogen mineral hosilalar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mulkiy ulush sifatida yangi korxonaning ustav fondiga berilgan taqdirda, ulardan foydalanish (qayta ishlash) uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijasida beriladi.
20. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plashga beriladigan litsenziyalardan tashqari faqat yuridik shaxslarga beriladi.
21. Yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya Davlat ekologik ekspertizasi va Davlat komissiyasining foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik materiallar ekspertiza natijalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lganda beriladi.
22. Quyidagilar yer osti inshootlariga kirmaydi:
qurilishning tegishli loyihalari bilan belgilangan chuqurlikda joylashgan binolar va inshootlarning poydevori va yer osti qismi;
yer osti aloqa liniyalari, elektr, gaz, issiqlik va suv ta’minoti hamda kanalizatsiya obyektlari;
metropoliten inshootlari va boshqa transport tunnellari;
magistral va kon quvurlari;
neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun erga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar;
sug‘orish kanallari;
kimyo korxonalarining ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo va materiallarni saqlash uchun erga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar.
23. G‘orlar hamda boshqa yer osti bo‘shliqlaridan davolash-sog‘lomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish maqsadida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya ushbu obyektlarga muhofaza etiladigan geologik obyektlar maqomi berilgandan keyin “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq berilishi mumkin.
24. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun yer uchastkalari berish talab qilinmaydi.
25. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya:
geologiya, mineralogiya, paleontologiya va o‘lkashunoslik muzeylarining ilmiy kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish;
ta’lim muassasalarining o‘quv kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish;
ilmiy-ma’rifiy va estetik maqsaddagi xususiy geologiya va paleontologiya kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish uchun (tarkibida qimmatbaho toshlar va metallar mavjud bo‘lgan namunalardan tashqari) berilishi mumkin.
26. Nodir tosh xomashyosining namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarning to‘plangan namunalari yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblanadi hamda ular tomonidan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy, tijorat maqsadlarida va o‘zga maqsadlarda, badiiy va boshqa hunarmandchilik maqsadlarida foydalanilishi mumkin.
27. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar:
auksionlar natijalariga ko‘ra — ushbu Nizomning 5-bobiga va 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha;
to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra — ushbu Nizomning 6-bobiga va 4, 5, 6 hamda 7-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha beriladi.
3-bob. Strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari
28. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada va/yoki alohida bitimlarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Yer qa’ridan foydalanish turlariga qarab “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 39, 40, 41, 43, 44 va 45-moddalari hamda “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 8, 9, 10, 11, 13, 15, 18, 19 va 20-moddalarida belgilangan shartlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga tegishlidir.
Litsenziya olish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan shartlar ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
30. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga qarab yer qa’ridan foydalanish shartlarida quyidagi qo‘shimcha shartlar:
a) geologik jihatdan o‘rganish uchun:
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Davlat geologiya qo‘mitasiga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslarni taqdim etgan kundan boshlab birinchi yil uchun minimal investitsiya majburiyatlari;
foydali qazilmalarni geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha minimal ish hajmi, ularni amalga oshirish muddatlari;
olingan geologik va boshqa ma’lumotlarni hisobga olish, saqlash va tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish tartibi va muddatlari;
foydali qazilmalarni, shu jumladan, uglevodorodlarni, sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini tajriba (namuna) uchun va tajriba-sanoat usulida kavlab olish shartlari;
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;
kon ishlanmalari va quduqlarini aholi hayoti va sog‘ligi, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish, shuningdek, foydalanilmaydigan kon ishlanmalari va quduqlarini tugatish tartibi;
yer qa’ridan foydalanish sohasida, xavfli ishlar, ishlab chiqarish, xavfli tovarlar va moddalar aylanmasi, portlovchi moddalarga O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida ruxsat berish jarayonlaridan o‘tish tartibi;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan oldin tugatilishi mumkin bo‘lgan shartlar;
b) foydali qazilmalarni kavlab olish uchun:
foydali qazilmalarni kavlab olish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Davlat geologiya qo‘mitasiga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni taqdim etgan kundan boshlab birinchi yil uchun minimal investitsiya majburiyatlari;
texnik loyihalarni va kavlab olish ishlarini rivojlantirish rejalarini, konlarning loyihalarini tayyorlash va o‘zlashtirish tartibi va muddatlari;
foydali qazilmalarni kavlab olish hajmi;
uglevodorodlarni qazishda foydali qazilmalarni kavlab olishning kelishilgan darajalari;
kavlab olingan foydali qazilmalarga mulk huquqi;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun haq to‘lash shartlari;
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
qo‘shilib chiqadigan gazdan foydalanish, shu jumladan, uglevodorodlarni kavlab olish bo‘yicha majburiyatlar;
quvurlardan va umumiy infratuzilmaning boshqa obyektlaridan foydalanish shartlari (zarur bo‘lganda);
sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini olishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan miqdori;
kesishadigan suvli qatlamlarning ifloslanishi yoki siljishini istisno etadigan uglevodorodlarni kavlab olish quduqlari konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablar;
suvli qatlamda yer osti suvlarining yo‘l qo‘yiladigan pasayishi darajasi;
foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish tartibi;
yer qa’ridan foydalanish sohasida, xavfli ishlar, ishlab chiqarish, xavfli tovarlar va moddalar aylanmasi, portlovchi moddalarga O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida ruxsat berish jarayonlaridan o‘tish tartibi;
litsenziyaning egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishi mumkin bo‘lgan shartlar;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan oldin tugatilishi mumkin bo‘lgan shartlar;
v) foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish uchun:
uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni saqlashning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan hajmi;
Davlat ekologik ekspertizasi va geologiya materiallarining davlat ekspertizasi xulosalari hisobga olingan holda belgilanadigan chiqindilar va ularning konsentratsiyasini saqlash va ko‘mib tashlashning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan hajmi;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish tufayli atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish kompensatsiya qilinishi shartlari;
zarurat bo‘lganda sanitariya-himoya zonalari tashkil etish shartlari;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan oldin tugatilishi mumkin bo‘lgan shartlar belgilanishi mumkin.
31. Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish va foydali qazilmalarni kavlab olish bo‘yicha yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga:
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslarni va texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq yer qa’ridan foydalanish parametrlari o‘zgarganda;
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan holatlarda va tartibda, shuningdek, agar qonun hujjatlari bilan ishlarni bexatar olib borish, yer qa’rini, atrof-muhitni va fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
32. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek, litsenziya berilgan paytdagidan jiddiy ravishda farq qiladigan holatlar paydo bo‘lganda mineral xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlariga konyunktura o‘zgarishi munosabati bilan yer qa’ridan foydalanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishi mumkin.
Litsenziya egasi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qo‘mitasini yozma ravishda xabardor qilib, foydali qazilmalar kavlab olishni vaqtincha to‘xtatishi va kon ishlanmalarini va yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish vaqti litsenziya amal qilishining umumiy muddatiga kiritiladi.
4-bob. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari
33. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer qa’ridan foydalanish:
geologik jihatdan o‘rganishga — besh yilgacha muddatga;
foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun — foydali qazilma konini yoki texnogen mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan muddatiga;
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun — ikki yilgacha muddatga;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan, neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun — muddatsiz foydalanishga;
muhofaza etiladigan geologiya obyektlarini barpo etish uchun — muddatsiz foydalanishga beriladi.
34. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada ko‘rsatiladi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
35. Yer qa’ridan foydalanish muddati yer qa’ridan foydalanuvchining Davlat geologiya qo‘mitasiga yo‘llangan arizasi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilganda va yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini tugallash, shuningdek, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarur bo‘lganda yer qa’ridan foydalanish muddati tugashidan olti oydan kechikmay uzaytirilishi mumkin.
36. Yer qa’ridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan ariza tushgan sanadan boshlab o‘n besh kun mobaynida qabul qilinadi.
5-bob. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
1-§. Auksionni tashkil qilish va o‘tkazishning umumiy shartlari
37. Elektron savdo maydonchasida online-auksion orqali realizatsiya qilinadigan strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxati har yili, lekin bir yilda bir martadan kam bo‘lmagan holda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yer qa’ri uchastkaning boshlang‘ich narxi aniqlangan holda shakllantiriladi.
38. Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini shakllantirganidan keyin har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
39. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yer qa’ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 Xalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi);
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;
yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm);
yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda);
yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar;
savdoga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich narxi;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish namunaviy shartlari;
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxslar o‘zlari razvedka qilgan konda kavlash ishlariga mutlaq huquqi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot.
40. Davlat geologiya qo‘mitasi talabgorlarni auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni ko‘radi, shu jumladan, olingan hujjatlar va axborotni, shu jumladan yer qa’ri uchastkalari to‘g‘risidagi umumiy geologik va boshqa ma’lumotlarni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan veb-portal manzilini ko‘rsatgan holda o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Talabgorlar qiziqish bildirgan hollarda Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri to‘g‘risida qo‘shimcha geologik va boshqa ma’lumotlarni, mavjud infrastruktura, investitsiyalarni jalb qilish va yer qa’ridan foydalanuvchilar sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etilishida yordam ko‘rsatadi.
41. Davlat geologiya qo‘mitasi ushbu Nizomning 39-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami tayyorlangandan so‘ng ikki kun mobaynida operatorga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani taqdim qiladi.
42. Ushbu Nizomning 39-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yetarli darajada rasmiylashtirilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilgan holda operator tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani qabul qilish rad etiladi.
Mazkur holatda operator buyurtmani olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan unda mavjud kamchiliklarni ko‘rsatgan holda ularni bartaraf etish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga qaytaradi.
Davlat geologiya qo‘mitasi uch kun mobaynida operator tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va ushbu Nizomning 39-bandi talablariga muvofiq buyurtmani takroran operatorga yuboradi.
43. Ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Operator tomonidan operator va Davlat geologiya qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
44. Yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqat savdo maydonchasida elektron shaklda o‘tkaziladi.
Auksion arizalarni qabul qilish va ishtirok etishni tashkil etish, shuningdek, g‘oliblarni aniqlash jarayonlariga Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tashqaridan aralashish imkoniyatini cheklovchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda o‘tkaziladi.
45. Auksionning boshlanish (o‘tkazish) sanasi va lot haqidagi axborot auksion boshlanishidan kamida ikki oy oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
46. Auksion narxlarni oshirib borish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
47. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi auksionga buyurtmada ko‘rsatilgan boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yiladi.
Belgilangan tartibda auksion o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, yer qa’ridan foydalanish huquqi auksionga takroran boshlang‘ich narxda qo‘yiladi.
48. Auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar uchun operator auksion g‘olibidan shartnomada belgilangan miqdorda haq oladi, bunda olinadigan summa auksion obyekti boshlang‘ich qiymati summasining bir foizidan oshmasligi lozim.
Auksion savdolari o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda, auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarga haq olinmaydi.
2-§. Auksionni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtirish
49. Operator ilova qilingan buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay belgilangan tartibda o‘z veb-portalida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani alohida bo‘lim yaratgan holda joylashtiradi.
50. Xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur:
auksion o‘tkaziladigan sana, shu jumladan, boshlanish va tugashining aniq vaqti;
lot raqami va nomi;
auksionda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishning oxirgi sanasi va vaqti;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish joyi va muddati;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishdan belgilangan maqsad;
yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm);
auksion obyektining boshlang‘ich narxi;
yer qa’ri uchastkasining joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 Xalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi);
yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda);
yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish namunaviy shartlari;
zakalat pulining boshlang‘ich narxdan foizlarda ko‘rsatilgan va aniq summada ifodalangan miqdori, zakalat puli o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatorning bank rekvizitlari;
Davlat geologiya qo‘mitasining manzili, telefon raqami va yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha batafsil axborot joylashtiriladigan veb-sayti to‘g‘risida ma’lumot.
51. Operatorning veb-portalida yuridik shaxslarga xabarnomaning batafsil tarkibi va lot bo‘yicha ma’lumotlar bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Operatorning veb-portalida auksionni o‘tkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Operator ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali va boshqa usullarda tadbirkorlik subyektlarini auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari
52. Auksionda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizalarni taqdim etish va zakalat pulini kiritish orqali ishtirok etiladi.
53. Auksionda ishtirok etish uchun arizalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi.
54. Talabgorlar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda arizalarni topshiradi hamda elektron arizada qayd etilgan lot raqami va nomi bo‘yicha elektron savdolar ochilgan kuni bir kun mobaynida auksionda qatnashadi.
Arizani qabul qilish auksionni o‘tkazish kunidan ikki kun oldin soat 13-00 da yakunlanadi.
Arizalarni qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
55. Auksion ishtirokchilarning arizalarini qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
arizalar ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq elektron shaklda kiritiladi;
ariza beruvchi veb-portaldan ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tadi hamda avtomatik tarzda unga shaxsiy kabinet va shaxsiy hisobvarag‘i ochiladi (chet ellik ishtirokchilarga xorijiy valyutada — AQSh dollarida hisob varag‘i ochiladi);
ishtirokchi o‘zi tomonidan tanlangan lotning zakalat pulidan kam bo‘lmagan miqdorda shaxsiy hisobvarag‘ini to‘ldiradi va ariza yuboradi. Zakalat puli ishtirokchining shaxsiy hisobvarag‘idan avtomatik tarzda yechib olinadi.
Agar ishtirokchining shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘i yetarli bo‘lmasa, uning arizasi rad etiladi.
Chet ellik ishtirokchilar zakalat pulini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha xorijiy valyutada kiritishi mumkin.
56. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli auksion obyekti boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
57. Auksion ishtirokchisi arizasini online-auksionda qatnashish uchun arizalar qabul qilinishining yakuniga qadar chaqirib olish imkoniyatiga ega.
Auksionda ishtirok etish uchun ariza chaqirib olingan hollarda operator to‘langan zakalat pulini ariza chaqirib olingan zahoti avtomatik tarzda auksion ishtirokchisining hisobvarag‘iga qaytaradi.
Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda bank hisobvarag‘i noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘lov operatorning bank hisobvarag‘iga qaytib tushgan holatda operator auksion ishtirokchisini bu haqda ogohlantiradi va aniq bank ma’lumotlari berishni so‘raydi. Bu holatda zakalat puli auksion ishtirokchisi tomonidan aniq bank ma’lumotlari berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytariladi.
58. Ishtirokchilarning arizalari avtomatik tarzda tekshiriladi.
Auksion ishtirokchilariga ular auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlari beriladi.
59. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilgan va yuborilgan, shuningdek zakalat puli shaxsiy hisobvarag‘idan to‘liq tushgandan keyin avtomatik tarzda qabul qilinadi.
60. Agar ariza va unga ilova qilingan hujjat belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilmagan va jo‘natilmagan, zakalat puli operatorning bank hisobvarag‘iga to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan hollarda ariza avtomatik tarzda rad qilinadi va bu haqda ishtirokchining elektron pochtasiga bildirishnoma yuboriladi.
61. Auksion ishtirokchisi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqt yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga arizani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.
62. Operator arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini va ularning sir tutilishini ta’minlaydi.
Arizalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksionni o‘tkazish davrida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning aks ettirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-§. Auksionda ishtirok etish tartibi
63. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada ko‘rsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.
64. Auksion ikki va undan ortiq ishtirokchi qatnashganda o‘tkaziladi.
65. Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlangach veb-portalda auksion boshlangani haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.
66. Auksion ish kuni mobaynida 9-00 dan 18-00 gacha o‘tkaziladi.
67. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qo‘yishning boshlang‘ich narxi:
geologik qidiruv ishlari uchun — “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda aniqlangan imzoli bonus stavkasi miqdorida;
foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanganlik uchun — “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda aniqlangan tijoratbop topilma bonusi stavkasi miqdorida belgilanadi.
68. Yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxslarga u tomonidan qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga litsenziya olish uchun berilgan mutlaq huquq muddati tugagandan so‘ng auksionda ishtirok etgan taqdirda kondan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga ustun huquq saqlab qolinadi.
Ustun huquq zakalat summasini to‘lamagan holda auksionda ishtirok etishga imkoniyat beriladi va auksionda ishtirok etish uchun auksion hajmi dastlabki qiymatining besh foizi miqdorida zakalat summasi bekor qilinadi.
Yuridik shaxs ustun huquqdan foydalanish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga arizalar qabul qilish tugaguniga qadar besh ish kunidan kechiktirmay auksionda ishtirok etishi to‘g‘risida xabar beradi.
Davlat geologiya qo‘mitasi bir kun muddatda elektron buyurtmani operatorga ustun huquqi mavjud yuridik shaxsning auksionda ishtirok etayotganligi haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.
Davlat geologiya qo‘mitasining buyurtmasi olingandan keyin operator ustun huquqi mavjud yuridik shaxsning arizasini zakalat summasini talab qilmagan holda ariza va unga ilovalarni to‘ldirish talablari buzilmasligi sharti bilan qabul qiladi.
69. Auksion bosqichi auksion obyekti boshlang‘ich narxining 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.
70. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta bosqichga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
71. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan bosqichga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
72. Agar tasdiqlangan oxirgi taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibiga aylanadi.
73. Agar lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi taklifini auksion o‘tkazish vaqti yakunlanishiga 10 daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi 10 daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif auksion o‘tkazish vaqtini 10 daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda auksion o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21.00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha oxirgi taklifni soat 21.00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
74. Savdo maydonchasida auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
75. Auksion yakunlangandan keyin veb-portalda auksion yakunlangani va uning natijalari haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi bosqichlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha shakllangan narxlar);
auksion g‘olibi va oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisi haqidagi tegishli ma’lumotlar.
76. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb hisoblanadi:
auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ariza tushmagan bo‘lsa;
auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ishtirokchi qatnashmagan bo‘lsa;
auksion ishtirokchilari tomonidan birorta ham taklif tasdiqlanmasa;
auksionda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi qo‘yilgan bo‘lsa;
ushbu Nizomning 79-bandida belgilangan tartibda aniqlangan auksion g‘olibi va oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan auksion obyekti qiymatining 100 foizi belgilangan muddatda to‘liq to‘lanmasa.
77. Auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanganda:
operatorning veb-portalida avtomatik tarzda bu haqda uning sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi haqida ma’lumot aks ettiriladi;
yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 49 — 77-bandlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan auksionga avtomatik tarzda qayta qo‘yiladi.
Bunda auksionning takroran boshlanish (o‘tkazish) vaqti bir oydan erta bo‘lmagan muddatda operator xabarnomani auksion o‘tkazilishi va lot haqida ma’lumotni o‘zining veb-portaliga joylashtirgan kundan belgilanadi.
78. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 76-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra realizatsiya qilinmasa, auksion obyekti boshlang‘ich narxda takroriy auksionlarga qo‘yiladi. Takroriy auksionlar auksion obyekti realizatsiya qilingunga qadar bir yil davomida o‘tkaziladi.
Agar auksionni o‘tkazish davomida ariza:
ustun huquqi mavjud faqat bitta ishtirokchidan qabul qilingan bo‘lsa, ushbu ishtirokchi birinchi auksion natijalariga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilinadi;
faqat bitta va bir xil yagona ishtirokchidan uch marotaba bir xil yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha qabul qilingan bo‘lsa, bunday ishtirokchi uchinchi auksion natijalariga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilinadi.
Bir yil mobaynida auksionlar o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda, operator Davlat geologiya qo‘mitasini bu haqda elektron xat bilan xabardor qiladi hamda auksion obyektini savdodan oladi.
5-§. Auksion natijalari bo‘yicha haq to‘lash, auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibi
79. Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay auksionda sotilgan yer qa’ri uchastkasining qiymatini operatorning hisobvarag‘iga to‘liq to‘lab berishi lozim.
Auksion g‘olibi yer qa’ri uchastkasining qiymatini shaxsiy hisobvarag‘idan to‘laydi.
Bunda ushbu auksion obyekti bo‘yicha avval to‘langan zakalat puli auksion obyekti qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
G‘olib tomonidan auksion obyektining 100 foiz qiymati to‘liq to‘langandan so‘ng operator bir kun davomida maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.
80. Agar auksion natijalariga ko‘ra auksion g‘olibi uch kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishdan bosh tortsa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga u auksion davomida taklif etgan narxda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishini taklif qiladi.
Agar oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi uch kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishga rozilik bildirsa, u ushbu Nizomning 79, 81 va 82-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilishi bilan auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi.
81. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) auksion o‘tkazilgan sana;
b) Davlat geologiya qo‘mitasining yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish uchun bergan buyurtmasi;
v) lot raqami;
g) auksion obyektining boshlang‘ich narxi;
d) auksion obyektining sotilgan narxi;
e) auksion g‘olibining nomi va rekvizitlari;
yo) auksion obyekti, shu jumladan:
yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami), u joylashgan joy;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirishning belgilangan maqsadi.
82. Operator bir kun mobaynida o‘tkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga va Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etadi hamda tegishli axborotni o‘z veb-portalida joylashtiradi.
Operator tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga auksion g‘olibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar (yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjat bo‘yicha to‘liq nomi va STIR raqami, korxona rahbarining pasporti nusxasi) taqdim etiladi.
Operator elektron pochta orqali bayonnoma nusxasini yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga jo‘natadi.
83. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma quyidagilar uchun asos hisoblanadi:
Davlat geologiya qo‘mitasiga — auksion g‘olibiga tegishli yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamini berish;
Davlat geologiya qo‘mitasiga — auksion g‘olibiga tegishli litsenziyani rasmiylashtirish;
tegishli tuman (shahar) hokimligiga — auksion g‘olibiga yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorni qabul qilish.
84. Auksion g‘olibi o‘n kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Agar auksion g‘olibi o‘ttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, auksion g‘olibi maqomi bekor qilinadi va yer qa’ri uchastkasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda qaytadan auksionga qo‘yiladi.
85. Litsenziya, auksion g‘olibi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolagandan boshlab ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Auksion g‘olibiga litsenziya bilan birgalikda maxfiylik to‘g‘risidagi shartnoma asosida so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami bepul taqdim etiladi.
Geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamida yer qa’ri uchastkasi maydonining konturi, kon-texnik, texnologik va boshqa ma’lumotlar yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun yetarli hajmda bo‘lishi kerak.
86. Auksion g‘olibi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga online-auksion natijalari bo‘yicha litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan 6 oy ichida tegishli yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha quyidagi hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi:
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar — litsenziya yer qa’ri uchastkasini geologik o‘rganish uchun berilganda;
belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan texnik-iqtisodiy asoslar — litsenziya strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi.
87. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqadi hamda o‘rganish natijasi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan xollarda tegishli yer qa’ridan foydalanuvchilar o‘n ish kunida kamchiliklarni bartaraf etishlari va Davlat geologiya qo‘mitasiga bu haqda ma’lumot taqdim etishlari lozim.
Kamchiliklarni ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etmaslik va Davlat geologiya qo‘mitasiga ma’lumot taqdim etmaslik rasmiylashtirilgan litsenziya va yer qa’ri uchastkasini ajratish haqidagi qarorni bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
88. Litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan olti oy ichida ushbu Nizomning 86-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirilmagan holda, rasmiylashtirilgan litsenziya va yer uchastkasini ajratish haqidagi qaror bekor qilinadi.
6-§. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari hamda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish
89. Ushbu Nizomning 90 va 91-bandlarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, qoidaga ko‘ra, auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganidan so‘ng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:
oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab o‘n ikki ish kuni mobaynida;
auksionda ishtirok etishga qo‘yilgan yagona ishtirokchiga — xabarnomada ko‘rsatilgan auksion o‘tkazish kunidan boshlab olti ish kuni mobaynida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganidan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.
Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot bo‘yicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobvarag‘ida qoldirilishi mumkin.
90. Auksion g‘olibiga zakalat puli qaytarilmaydi va u auksion obyektining sotilgan qiymati tarkibida hisoblanadi.
91. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 79 va 82-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lamagan auksion ishtiroklariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
92. Operator tomonidan bir kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari va ushlab qolingan zakalat summasi auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun (yer qa’ri uchastkasining boshlang‘ich narxidan bir foiz operator hisobvarag‘iga va uch foiz Davlat geologiya qo‘mitasining hisobvarag‘iga) to‘lov summalari chegirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
6-bob. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha berish tartibi
1-§. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
93. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun ariza beruvchilarga so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami maxfiylik to‘g‘risidagi bitim asosida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami ariza beruvchi bilan kelishilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining konturi, kon-texnik, texnologik va boshqa ma’lumotlar yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun yetarli hajmda bo‘lishi kerak.
94. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi yozma yoki elektron tizimda, mazkur nizomning 95-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida berish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
95. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
ariza beruvchining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq to‘liq nomi;
ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);
so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilayotgan turi;
rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud xodimlar (geologlar, konchilar, marksheyderlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mutaxassis (mutaxassislar) bo‘lmaganda esa — tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilot bilan shartnoma;
soliq organlari tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalari budjeti oldida qarzdorlik mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar, ariza beruvchida yer qa’ri uchastkasini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun zarur miqdordagi o‘ziga tegishli va jalb qilinadigan mablag‘larning mavjudligi;
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar — yer qa’ri foydali qazilmalarning strategik turlari yuzasidan geologik o‘rganish uchun berilganda;
belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan texnik-iqtisodiy asoslar — yer qa’rini foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen hosilalardan foydalanishga berishda;
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
ariza beruvchining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni ta’minlash uchun texnik, texnologik va moliyaviy imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot;
yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini amalga oshirish uchun tegishli yer uchastkasi ajratilishini kafolatlovchi hujjat;
geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olishga doir arizalarni ko‘rib chiqish uchun Davlat geologiya qo‘mitasi hisobvarag‘iga qonun hujjatlari bilan belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt barobar miqdorida to‘lov o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.
96. Ariza beruvchilarning hujjatlari, shu jumladan, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslar ekspertizasi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan topshirilgan vaqtdan boshlab o‘n ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
97. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi uch ish kuni mobaynida materiallarni umumlashtiradi va strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
98. Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng bir kun muddatda ariza beruvchini yozma shaklda yoki uning elektron manziliga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ilova qilib, uni imzolash muddatini ko‘rsatgan holda xabardor qiladi.
99. Ariza beruvchi uch kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Agar, ariza beruvchi o‘ttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
100. Litsenziya, ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari imzolangan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga kiritilishi shart.
Agar, yer qa’ri uchastkalari foydalanish uchun alohida bitim shartlari asosida berilsa, litsenziya alohida bitim imzolanganidan so‘ng besh ish kuni muddatida beriladi.
101. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda;
ariza beruvchi o‘zi haqida ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganda;
ariza beruvchi ishlarni samarali olib borilishi uchun malakali mutaxassislar, zarur moliyaviy va texnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etmaganda;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga doir ishlarni olib borish metodikasi geologiya-qidiruv ishlarini olib borish yoki yer qa’ri uchastkalarini oqilona o‘zlashtirish bo‘yicha belgilangan talablarga mos kelmaganda;
qazib olinadigan xomashyo qiymati noto‘g‘ri hisoblanganda;
ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini o‘ttiz kun muddatda imzolamaganda.
Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligiga norozilik bo‘lganda, ariza beruvchi qonun bilan belgilangan tartibda rad etilganlik yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
102. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng Davlat geologiya qo‘mitasi bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik to‘g‘risida yozma va elektron shakldagi xabarnomani yo‘llaydi, unda rad etilish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchi rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etib, qayta ko‘rib chiqish uchun topshirishga haqli bo‘lgan muddat bunda o‘ttiz kalendar kun etib belgilanadi.
103. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishni rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan holda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, rad qilinish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan ariza olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
104. Arizani takroran ko‘rib chiqishda litsenziya berishning oldingi rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bilan xabarda ko‘rsatilgan yangi sabablar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, oldingi qoidabuzishlar bartaraf etilishini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari ko‘rsatilishi bundan mustasno.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun haq olinmaydi.
105. Ariza beruvchi tomonidan rad etilganlik to‘g‘risida xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tib bo‘lganidan so‘ng berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va ushbu Nizomning 95-bandida keltirilgan shartlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
2-§. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
106. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 107-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi:
Davlat ekologiya qo‘mitasiga — chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun;
Davlat geologiya qo‘mitasiga — uglevodorodlarni yer ostida saqlash uchun.
Yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
107. Arizada davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi, so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turi ko‘rsatiladi.
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati bilan kuzatuv xati;
ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);
rejalashtirilayotgan faoliyat turi uchun uchastka tanlanishining asoslanganligi bo‘yicha Davlat komissiyasining bayonnomasi nusxasi;
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
ish olib boriladigan hududning 1:1000000 masshtabdagi sharhli xaritasi va joydagi burg‘ilash qudug‘i(lar) joylashishi sxemasi;
ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish uchun arizalarini ko‘rib chiqishga doir bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida yig‘im vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.
Vakolatli organ kerakli bo‘lgan hujjatlarni va boshqa vakolatli organlardagi mavjud axborotlarni belgilangan tartibda hamkorlik qilish orqali mustaqil ravishda oladi, shu jumladan, elektron shaklda, mazkur bandda ko‘zda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
108. Ariza qabul qilinganidan so‘ng vakolatli organ o‘n kun muddatda litsenziyaga kiritilayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.
109. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi tanishish va imzolash uchun ariza beruvchiga taqdim etiladi. Ariza beruvchi besh kundan oshmaydigan muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ko‘rib chiqadi.
110. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolanganidan so‘ng vakolatli organ uch kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
111. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilsa, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda;
ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini o‘ttiz kun muddatda imzolamaganda.
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya boshqa sabablarga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligidan norozi bo‘linganda, ariza beruvchi qonun bilan belgilangan tartibda rad etilganlik yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
112. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng vakolatli organ bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik to‘g‘risida yozma va elektron shakldagi xabarnomani yo‘llaydi, unda rad etish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
113. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan holda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, rad qilinish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan ariza olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun haq olinmaydi.
3-§. Muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
114. Muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 115-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga yozma yoki elektron shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.
Muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
115. Buyurtmada davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq holda o‘zining to‘liq nomini, so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomini va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini ko‘rsatadi.
Geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun buyurtmaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati bilan kuzatuv xati;
ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);
so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining muhofaza etiladigan geologik obyekt ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
yer qa’ri uchastkasini tanlash tegishlicha asoslangan holda muhofaza etiladigan geologik obyektni barpo etish loyihasi;
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
tegishli yer uchastkasi ajratilishini kafolatlovchi hujjat;
ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish haqidagi buyurtma ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida yig‘im Davlat geologiya qo‘mitasining hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Buyurtmalar ko‘rib chiqish uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.
Davlat geologiya qo‘mitasi zarur hujjatlarni va boshqa vakolatli organlardagi mavjud axborotlarni belgilangan tartibda hamkorlik qilish orqali, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
116. Buyurtmalar ekspertizasi ular taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir haftalik muddatda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
117. Buyurtmalar ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan bir kun muddatda litsenziyaga kiritilayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi tayyorlanadi va tanishib chiqish hamda imzolash uchun ariza beruvchiga taqdim etiladi.
118. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolanganidan so‘ng Davlat geologiya qo‘mitasi bir kun muddatda muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
119. Muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilganda, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda;
ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini o‘ttiz kun mobaynida imzolamaganda.
Muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya boshqa sabablarga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligidan norozi bo‘lganda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad etilganlik yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
120. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Davlat geologiya qo‘mitasi bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik to‘g‘risida yozma va elektron shakldagi xabarnomani yo‘llaydi, unda rad etilish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
121. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, rad qilish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan buyurtma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun haq olinmaydi.
4-§. Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
122. Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 123-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga yozma yoki elektron shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.
Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berish ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
123. Buyurtmada davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi, so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning rejalashtirilayotgan turi ko‘rsatiladi.
Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar olish uchun buyurtmaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati bilan kuzatuv xati;
ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aloqa va pochta ma’lumotlari);
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash loyihasi;
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik ekspertizasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qaroriga muvofiq beriladigan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasi bo‘yicha Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish uchun buyurtmalar ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdoridagi yig‘im Davlat geologiya qo‘mitasining hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Buyurtmani ko‘rib chiqish uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.
Davlat geologiya qo‘mitasi zarur hujjatlarni va boshqa vakolatli organlardagi mavjud axborotlarni belgilangan tartibda axborotlar bilan hamkorlik qilish orqali, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
124. Buyurtma ekspertizasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
125. Buyurtma ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan bir kun muddatda litsenziyaga kiritilayotgan nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi tayyorlanadi va tanishib chiqish va imzolash uchun ariza beruvchiga taqdim etiladi.
126. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolanganidan so‘ng Davlat geologiya qo‘mitasi bir kun muddatda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
127. Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda, shu jumladan, litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda;
ariza beruvchi yer qa’ridan foydalanish shartlarini o‘ttiz kun mobaynida imzolamaganda.
Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya boshqa sabablarga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchatkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berilishi rad etilganligidan norozi bo‘linganda, ariza beruvchi qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
128. Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Davlat geologiya qo‘mitasi bir kun ichida ariza beruvchiga rad etilganlik to‘g‘risida yozma va elektron shakldagi xabarnomani yo‘llaydi, unda rad etilish sabablari hamda ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
129. Ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish rad qilish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan birga topshiriladigan ariza olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun haq olinmaydi.
7-bob. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, ushbu huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat hisobiga olish tartibi
130. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziyalarni vakolatli organ rahbari imzolaydi.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasiga berilgan taqdirda litsenziya bunday birlashmaning qatnashchilaridan bittasiga beriladi, ushbu litsenziyada mazkur qatnashchining birlashma nomidan vakillik qilishi, shuningdek, barcha qatnashchilar ko‘rsatiladi.
131. Litsenziyalar vakolatli organning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadigan maxsus blankalarda ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoya darajasiga ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi. Litsenziyaga litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadigan quyidagi matnli, chizma va boshqalar ilova qilinadi:
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining dastlabki parametrlari;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha texnik hujjatlar;
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi chizma materiallar;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari;
tegishli yer uchastkasi ajratilishini kafolatlovchi hujjat.
132. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
133. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Litsenziya berishga vakolatli organ reyestrlarni yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning har bir turi bo‘yicha belgilangan tartibda alohida-alohida yuritadi.
134. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
yer qa’ridan foydalanuvchi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi;
yer qa’ri uchastkasining turi va undan foydalanish maqsadi;
litsenziya berilgan sana va tartib raqami;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatishning asosi va sanasi.
135. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarga tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Foydali qazilmalarni qazib chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya reyestrlaridagi ma’lumotlar faqat vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
136. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestridan yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchi bo‘yicha ma’lumotlar berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumotlar bepul beriladi.
137. Reyestrdan ma’lumotlar berilganligi uchun yig‘im summasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarning tegishli reyestrini yurituvchi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
138. Yer qa’ridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi davlat hisobiga olinadi.
139. Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish vakolatli organ tomonidan tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish materiallari olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
8-bob. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish
140. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, alohida bitimlarda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
141. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish yoki muddatidan oldin to‘xtatish vakolatli organ tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat nazorati organlarining taqdimnomalari asosida amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq foydali qazilmalarni qazib chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalari bundan mustasno.
142. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash barcha uchastkada yoxud uning bir qismida paydo bo‘lgan xavf-xatarlar yoki yer qa’ridan foydalanish talablari va shartlarining, yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni yuritish normalari va qoidalarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari bartaraf etilgungacha, biroq uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ishlarning muayyan turlari amalga oshirilishi taqiqlab qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.
143. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining to‘xtatib turilishi to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgungacha, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ishlarning barcha turlari amalga oshirilishining taqiqlab qo‘yilishiga sabab bo‘ladi, kon ishlanmalarining saqlanishini ta’minlash, imoratlar, inshootlar va asbob-uskunalarni avariyasiz, odamlar va atrof-muhit uchun xavfsiz holatda saqlash ishlari bundan mustasno.
144. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin:
agar yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil davomida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan bo‘lsa;
yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlari buzilganligi (yer qa’ri uchastkasini davlat ro‘yxatiga qo‘yish, ekologik talablarga rioya qilish, geologiya-qidiruv ishlari va/yoki qazib olishning mo‘ljallanayotgan hajmini ta’minlash, ijtimoiy va investitsiya majburiyatlarini bajarish);
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning ta’siri doirasida aholi hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga tahdid yuzaga kelishi;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni muntazam ravishda to‘lamagan taqdirda;
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33, 36, 37, 40 va 401-moddalarida nazarda tutilgan talablar qoidalar bajarilmagan taqdirda;
agar qoidabuzarliklar muntazam ravishda amalga oshirilsa yoxud ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga nisbatan oldin cheklov va/yoki to‘xtatib turish qo‘yilgan bo‘lsa.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi qaror yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish davlat nazorati organlaridan yozma xabar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda qabul qilinishi kerak.
Yer qa’ridan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni ulardan kelgusida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ishlarini amalga oshirishga, shuningdek, kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va/yoki yo‘q qilish ishlarini boshlashi shart.
145. Yer qa’ri uchastkasi foydalanishga berilgan yuridik shaxs tugatilishi sababli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya yoki alohida bitimlar shartlariga binoan yer qa’ri uchastkalari taqdim etilgan taqdirda “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqaruv qo‘mitasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan bog‘liq kon ishlanmalari va infratuzilma obyektlarini tugatish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda yer qa’ri uchastkasi litsenziya bergan organ balansiga o‘tadi.
146. Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi to‘xtatib turilganda va (yoki) to‘xtatilganda bu to‘g‘rida Davlat geologiya qo‘mitasi uch kun mobaynida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va yer qa’ri foydalanishga berilgan yuridik shaxsga qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli axborotni jo‘natadi.
9-bob. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqidan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish
147. Foydali qazilmalarning strategik turlarini qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziya egasi Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga, agar ushbu shaxs litsenziyada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa, berishi mumkin.
Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi o‘ziga o‘tayotgan shaxs litsenziya egasiga qo‘yilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
148. O‘zi tomonidan qidirilgan konda foydali qazilmalarni kavlash ishlariga litsenziya olishga mutlaq huquqi mavjud bo‘lgan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxs ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda boshqa shaxsga (to‘liq yoki qisman) berishi mumkin.
149. Alohida bitimlar shartlarida berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish “Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga yoki “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
150. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishni kelishib olish litsenziya egasi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizada yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish sabablari, yer qa’ridan foydalanish huquqi boshqa shaxsga qisman berilgan taqdirda esa — talabgorning foydali qazilmalarning strategik turlarini yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olish, qayta ishlash bilan bog‘liq faoliyatining mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatiladi. Arizaga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi o‘ziga o‘tayotgan shaxsning litsenziya egasiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
151. Davlat geologiya qo‘mitasi ariza olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qaror ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda qabul qilingan qaror asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni qayta kelishib olishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni kelishib olish rad etilgan avvalgi qarorda ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha uni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqining boshqa shaxsga berilishi to‘g‘risidagi Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan qaror tomonlarning huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi tegishli shartnomani tuzish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi (to‘liq yoki qisman) berilayotgan shaxsga litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi.
10-bob. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish
152. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi o‘zgarganda;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi boshqa shaxsga berilganda;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari o‘zgarganda;
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati uzaytirilganda.
153. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani bergan organ tomonidan litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi o‘zgarganda ariza litsenziya egasi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun muddatda berilishi kerak.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
154. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda tegishli reyestrga o‘zgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda ilgari berilgan litsenziya litsenziyani bergan organda qoladi.
155. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida amalga oshiriladi, ushbu Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatini uzaytirish uchun litsenziya qayta rasmiylashtirilganda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarining bajarilishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqiladi.
156. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya berishga buyurtmanoma ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im summasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani berishga vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
157. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
158. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni elektron online-auksion orqali berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
I bosqich (tayyorgarlik bosqichi)
Davlat geologiya qo‘mitasi
Yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Har yili
Davlat geologiya qo‘mitasi
Yer qa’ridan foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun buyurtmanomalarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron online — auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasiga (operatorga) taqdim etadi.
Tayyor bo‘lishi bilan
Operator
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z veb-portalida joylashtiradi.
Buyurtma olingan kundan boshlab
Ariza beruvchi
Auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda ariza topshiradi, unda lot raqami va yer qa’ri uchastkasi nomini ko‘rsatadi.
2 oy mobaynida
II bosqich (auksionni o‘tkazish)
Operator
Lot bo‘yicha elektron auksion savdolari o‘tkazadi va auksion g‘olibini e’lon qiladi.
1 kun mobaynida
Auksion g‘olibi
Taklif summasining 100 foizini to‘laydi.
10 kun mobaynida
Operator
O‘tkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va auksion g‘olibiga hamda Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etadi.
1 kun mobaynida
III bosqich (litsenziya berish)
Auksion g‘olibi
Strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
10 kun mobaynida
Davlat geologiya qo‘mitasi
Auksion g‘olibiga tegishli litsenziyani rasmiylashtiradi va beradi.
2 kun mobaynida
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Foydali qazilmalarning strategik turlarini o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron online-auksion tashkil qilishga ELEKTRON BUYuRTMA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) va “Elektron online-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida 20___ yil “____” _________da tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi quyidagi strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi: 1. Yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami) va joylashgan joyi: __________________________________________________________________________________________
(geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 xalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi)
2. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishdan maqsad ___________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ 3. Yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm) 4. Yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda)______________________________________________________; 5. Yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar ______________________________; 6. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi savdoga qo‘yilishining boshlang‘ich narxi (so‘mda)__________________________________________________________________________________________; 7. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning namunaviy shartlari ______________________________________; 8. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni o‘tkazish uchun bank rekvizitlari: ___________________________________________________________________________________________
Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi. Davlat geologiya qo‘mitasi raisi ____________________________________
(F.I.O.)
Elektron raqamli imzo
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Elektron online-auksionda ishtirok etish uchun ELEKTRON ARIZA _______________________________________________________________________________
(yuridik yoki jismoniy shaxsning to‘liq nomi, pochta manzili, bank rekvizitlari) ___________________________________________________________________________________________
(keyingi o‘rinlarda ishtirokchi deb ataladi) yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish to‘g‘risida elektron online-auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim: Elektron online-auksionda ishtirok etish uchun to‘langan zakalat pulini tasdiqlovchi hujjat: ______________________________________________________________________
(to‘lov hujjatining rekvizitlari)
Ishtirokchi yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron online-auksion o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb ataladi) bilan tanishdim, 20___ yil “_____” ______ soat _______da veb-portalida o‘tkaziladigan elektron online-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani topshirdi. Ishtirokchi elektron online-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron online-auksionni o‘tkazish bo‘yicha qoidalarda belgilangan shartlarni tasdiqlayman. Ishtirokchi uning ma’lumotlari noto‘g‘ri bo‘lgan taqdirda yoki to‘liq ko‘rsatilmaganda, auksion natijalari xaqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi haqida ogohlantirildi. Ishtirokchi elektron online-auksionga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxati asosida realizatsiya qilinayotgani to‘g‘risida xabardor qilindi va ishtirokchi elektron online-auksion g‘olibi deb topilganda belgilangan talablarga va unga yuklanadigan majburiyatlarga rioya etishni zimmasiga oladi. Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi operatoridan har qanday bildirishnomani ishtirokchining quyidagi elektron pochta manzilida olishini rasman tasdiqladi _______________________________________________________________________.
(elektron pochta manzili)
Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi operatori ushbu elektron pochta manziliga yuborgan bildirishnomalar jo‘natilgan vaqtda rasman olingan deb hisoblanishini va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi ishtirokchisi ushbu bildirishnomalarni o‘z vaqtida o‘qimagani uchun javob bermasligini tasdiqlaydi. Zakalat pulini ishtirokchiga qaytarish uchun bank rekvizitlari: ___________________________________________________________________________________________
Ilova: ishtirokchi elektron online-auksion o‘tkazish haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga zakalat pulini o‘tkazganini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron nusxasi; davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq to‘liq nomi; rahbar pasport ma’lumotlari; mo‘ljallanayotgan yillik qazib olinadigan strategik turdagi foydali qazilmalar hajmi haqida ma’lumotlari elektron (skaner qilingan) nusxalari.
To‘ldirilgan sana: 20___ yil “___” __________
Ishtirokchining ERI
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Strategik turdagi foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich (litsenziya olgunga qadar)
Ariza beruvchi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga buyurtma beradi.
Zarur bo‘lganda
Davlat geologiya qo‘mitasi
So‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik yoki boshqa ma’lumotlar to‘plamini yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslarni va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun taqdim etadi.
20 kun mobaynida
II bosqich
Ariza beruvchi
Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslar, rejalashtirilayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasini tayyorlaydi va ularni ekspertizadan o‘tkazadi va hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga buyurtma beradi.
Zarur bo‘lganda
III bosqich
Davlat geologiya qo‘mitasi
Buyurtmani o‘rganib chiqadi, ariza beruvchilarning hujjatlarini, shu jumladan, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslarni ekspertizadan o‘tkazadi.
12 kun mobaynida
IV bosqich
Davlat geologiya qo‘mitasi
Ekspertiza materiallarini umumlashtiradi va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
3 kun mobaynida
Davlat geologiya qo‘mitasi
Ariza beruvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolash muddatini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
1 kun mobaynida
Buyurtma beruvchi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
3 kun mobaynida
Davlat geologiya qo‘mitasi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va beradi.
1 kun mobaynida
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ishlatish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Ariza beruvchi
Vakolatli organ zarurhujjatlarni ilova qilgan holdabuyurtma beradi.
Zarur bo‘lganda
I bosqich
Vakolatli organ
Litsenziyaga kiritiladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.
10 kun mobaynida
III bosqich
Vakolatli organ
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini tanishish uchun ariza beruvchiga taqdim etadi.
3 kun mobaynida
Ariza beruvchi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
5 kun mobaynida
Vakolatli organ
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
3 kun mobaynida
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni tashkil qilish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Ariza beruvchi
Zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga buyurtma beradi.
Litsenziyaga kiritiladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.
1 kun mobaynida
Davlat geologiya qo‘mitasi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini tanishish va imzolash uchun taqdim etadi.
1 kun mobaynida
Ariza beruvchi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
3 kun mobaynida
Davlat geologiya qo‘mitasi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
1 kun mobaynida
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Ariza beruvchi
Zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga buyurtma beradi.
Litsenziyaga kiritiladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini ishlab chiqadi.
1 kun mobaynida
Davlat geologiya qo‘mitasi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasini tanishish va imzolash uchun taqdim etadi.
1 kun mobaynida
Ariza beruvchi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
3 kun mobaynida
Davlat geologiya qo‘mitasi
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
1 kun mobaynida
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
___________________________________________________________________________________________ (litsenziya berishga vakolatli organning nomi) Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun LITSENZIYA
SERIYASI
TARTIB RAQAMI
LITSENZIYA TURI
Litsenziya______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ga berildi.
(ushbu litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs)
Litsenziya __________________________________________________________________________________ uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi. Yer qa’ri uchastkasi ________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________ da joylashgan.
(Qoraqalpog’iston Respublikasi yoki viloyat tumani, aholi punkti nomi)
Yer qa’ri uchastkasi chegaralarining tavsifi, burchak nuqtalari koordinatalari, topografiya plani, kesimlar nusxalari va boshqalar ilovada keltiriladi _____________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________
(tegishli hujjatning turi, nomi, tartib raqami va qabul qilingan sanasi)
(davlat organi nomi, hujjatning turi, sana, tartib raqami)
qarori asosida yer qa’ridan foydalanish bilan bog’liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish kafotlangan. Litsenziyaning amal qilish muddati ________________________________________________________________
(kun, oy, yil)
Quyidagilar litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanadi: Yer qa’ridan foydalanish shartlari _________________________________________________________________
Litsenziya berilgan sana ________ y. “____” ______________
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya berishga vakolatli organning rahbari
M.O'. _____________________ ___________________
(imzo)
(F.I.SH.)
20 ____ y. “____” ____________
(Litsenziya uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan zarur ilovalar mavjud bo’lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 403-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qattiq foydali qazilmalar va konlarni geologik o‘rganish maqsadida dasturiy istiqbolli tanlangan maydonlarni va foydali qazilmalarning strategik muhim turlari sanoatini o‘zlashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mezonlarini tasdiqlash haqida” 2017-yil 31-maydagi 328-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 22-son, 432-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Qattiq foydali qazilmalar va konlarni geologik o‘rganish maqsadida dasturiy istiqbolli tanlangan maydonlarni va foydali qazilmalarning strategik muhim turlari sanoatini o‘zlashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mezonlarini tasdiqlash haqida” 2017-yil 31-maydagi 328-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 246-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/403/0801-son)