Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 4-iyuldagi 558-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari va vakolatli organlarda tadbirkorlik subyektlari murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 4-iyuldagi 558-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 7-son, 150-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 4-iyuldagi 558-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 43-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Kotibiyat mudiri va masʼul xodimlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda sudga yuborish”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
v)
14-banddagi “Kotibiyat bosh mutaxassislari” soʻzlaridan keyin “va inspektori” soʻzlari qoʻshilsin;
g) quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:
“22. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yigʻmajildlarning tayyorlanishini va saqlash uchun arxivga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi”.
a) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 43-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Bosh vazir qabulxonasi mudiri maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda sudga yuborish”;